Научная статья на тему '“TEMURBEKLAR MAKTABI” HARBIY-AKADEMIK LITSEYLARIDA ONA TILI O‘QITISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI ( “Temur tuzuklari” asari misolida)'

“TEMURBEKLAR MAKTABI” HARBIY-AKADEMIK LITSEYLARIDA ONA TILI O‘QITISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI ( “Temur tuzuklari” asari misolida) Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
129
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Temur tuzuklari” / harbiy atamalar / lug‘atlar bilan ishlash / matnni tushunish / grammatik me’yorlar / nutqiy va lingivistik kompetensiyalar. / “Temur’s regulations” / military terms / working with dictionaries / comprehension of the text / grammar norms / grammar rules / orthographic mistakes / writing accurately / writing down accurately.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Madjidova, Saida Mirbasidovna

Ona tili fani leksik va grammatik me’yorlarni o‘rgatuvchi, shu bilan birga o‘quvchi nutqiy faoliyatida matnlarni tinglab tushunish, so‘zlarning ma’nolarini to‘g‘ri izohlash, mantiqiy va mazmuniy jihatdan to‘g‘ri matn tuza olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladigan fandir. Ushbu maqolada harbiyakademik litseylarda ona tili fanini o‘qitishning o‘ziga xos jihatlari haqida ( “Temur tuzuklari” asari misolida) fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPECIFIC ASPECTS OF MOTHER LANGUAGE TEACHING IN MILITARY-ACADEMIC LYCEUMS "TEMURBEKLAR MAKTABI" (In the example of the work "Timur's Laws")

Uzbek language classes teach lexical and grammatical norms as well as serves to comprehend speaking topics by students and to explain accurately definitions of words. In addition, it develops skills of creating logically and meaningfully texts. Provided article reveals recommendations on teaching methods and peculiarities of Uzbek language at military academic lyceums (on the basis of the novel “Temur’s regulations”).

Текст научной работы на тему «“TEMURBEKLAR MAKTABI” HARBIY-AKADEMIK LITSEYLARIDA ONA TILI O‘QITISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI ( “Temur tuzuklari” asari misolida)»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

" TEMURBEKLAR MAKTABI" HARBIY-AKADEMIK LITSEYLARIDA ONA TILI O'QITISHNING O'ZIGA XOS JIHATLARI ( "Temur tuzuklari" asari misolida)

d https://doi.org/10.5281/zenodo.7601923

Madjidova Saida Mirbasidovna

DXX "Temurbeklar maktabi"HAL ona tili va adabiyot fani bosh o'qituvchisi Xalq ta'limi a'lochisi

ANNOTATSIYA

Ona tili fani leksik va grammatik me'yorlarni o 'rgatuvchi, shu bilan birga o'quvchi nutqiy faoliyatida matnlarni tinglab tushunish, so'zlarning ma'nolarini to'g'ri izohlash, mantiqiy va mazmuniy jihatdan to'g'ri matn tuza olish ko'nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladigan fandir. Ushbu maqolada harbiy-akademik litseylarda ona tili fanini o 'qitishning o 'ziga xos jihatlari haqida ( "Temur tuzuklari" asari misolida) fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: "Temur tuzuklari", harbiy atamalar, lug'atlar bilan ishlash, matnni tushunish, grammatik me'yorlar,nutqiy va lingivistik kompetensiyalar.

ABSTRACT

Uzbek language classes teach lexical and grammatical norms as well as serves to comprehend speaking topics by students and to explain accurately definitions of words. In addition, it develops skills of creating logically and meaningfully texts. Provided article reveals recommendations on teaching methods and peculiarities of Uzbek language at military academic lyceums (on the basis of the novel "Temur's regulations ").

Key words: "Temur's regulations", military terms, working with dictionaries, comprehension of the text, grammar norms, grammar rules, orthographic mistakes, writing accurately, writing down accurately.

АННОТАЦИЯ

Наука о родном языке - это дисциплина, которая учит лексическим и грамматическим нормам, а также служит для развития уровня понимания на слух, правильного чтения, применения орфографических и орфоэпических норм к текстам в рамках выбранной темы, дисциплин в речевой деятельности учащегося. В этой статье мы хотим дать свои рекомендации о методах и специфических аспектах преподавания родного языка в военно-академических лицеях.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

Ключевые слова: «Уложения Темура», военная терминология, работа на основе словарей, понимание текста, грамматические нормы, грамматические правила, орфографические правила, правильное написание, правильный перевод

Ona tili — milliy savodxonlikni o'rgatuvchi fandir. Bu fanni o'qitish mobaynida biz-pedagoglar o'quvchilarga tilimiz tarixi, so'zlarning ma'noviy xilma-xilligi, ularning etimologiyasi, tilshunoslik bo'limlari, tilimizningning boyish manbalari haqida ma'lumot berish bilan bir qatorda eng muhim bo'lgan jihat - o'quvchilarning imloviy va nutqiy savodxonligiga ham alohida e'tibor qaratamiz. Ushbu maqolamizda aynan harbiy-akademik litseylarda ona tili fanini o'qitishning o'ziga xos xususiyatlari haqida fikrlashamiz.

Yurtimizda mard va jasur o'g'lonlarni tarbiyalash uchun harbiy-akademik litseylar faoliyat yuritmoqda. Xususan, "Temurbeklar maktabi"ning tashkil etilishi yosh avlodga sohibqiron Amir Temurning harbiy sarkardalik mahoratini, Vatan ozodligi , ravnaqi yo'lidagi olamshumul xizmatlarini, davlatni boshqarish mahoratini o'rgatish uchun muhim qadam bo'lib xizmat qiladi. Zero, "Temurbeklar maktabi"ning asosiy vazifalaridan biri "xalqimiz tarixi va boy madaniyati, buyuk ajdodlarimiz, eng avvalo, Amir Temur bebaho merosi, Vatan ozodligi va farovonligi yo'lida o'zini qurbon qilgan zamondosh vatandoshlarimizning qahramonligi asosida O'zbekiston xalqiga sodiq, qat'iy hayotiy qarashlar va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo'lgan o'quvchilarni tarbiyalash"dir![1]

Mana shunday shijoatli, qat'iyatli, teran fikrli farzandlarni tarbiyalashdek mas'uliyatli vazifa "Temurbeklar maktabi" tarbiyachilari va pedagoglari zimmasiga yuklatilgan. Prezidentimiz litseyimizga tashrif chog'ida ta'kidlaganlaridek, "Temurbeklar maktabi" yoshlar ham, ota-onalar ham havas qiladigan maskan bo'lishi kerak. Buning uchun ularning mavqei, saviyasi, bilim berish darajasi yuqori bo'lishi zarur" Shunday ekan, yosh avlodning ma'naviy barkamolligi, dunyoqarashining kengligi, milliy madaniyatimiz, urf-odatlarimiz va qadriyatlarimizga muhabbat tuyg'usini shakllantirish uchun biz sidqidildan xizmat qilishimiz zarur.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Harbiy-akademik listeylarda ona tili fani o'qitilishining o'ziga xos jihatlari mavjud. Milliy o'quv dasturi asosida qo'yilgan talablarga mos ravishda mashg'ulotlarda harbiy mavzudagi matnlar va harbiy tushunchalarni izohlovchi lu-g'atlar va ,albatta, "Temur tuzuklari","Boburnoma" kabi asarlardan foydalanamiz "O'zbek tilining izohli lug'ati", Sh.Dolimovning "Harbiy atamalarning yangi izohli lug'ati", Sh.Rahmatullayevning "O'zbek tili omonimlarining izohli lug'ati", Azim Hojiyevning "O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati" H. Dadaboyev va H.

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

Yodgorovning "O'zbek harbiy terminologiyasi" kabi qo'shimcha manbalar bilan ishlaymiz. "O'quvchiga tilni o'qitish orqali shu til bo'yicha egallanadigan nutqiy faoliyatning asosiy to'rt turi: nutqni tinglab tushunish, gapirish, o'qish va yozish amallari bo'yicha har bir sinfda taqozo etiladigan malaka va ko'nikmalar me'yorini rivojlantirish, bunda o'qish hamda mehnat jarayonida, oila va jamoat joylarida yuzaga keladigan turli nutqiy vaziyatlarda mustaqil ravishda fikr almasha olish va fikr bayon eta bilish, eshitilgan materialni idrok etish, shuningdek, yozma manbalarni o'qish orqali axborot olish, voqea-hodisalarga o'z munosabatini bildirish tarzida muloqotga kirish malakasini egallab borish dinamikasi nazarda tutiladi"[2]

O'quvchining tanqidiy, mantiqiy, ijodiy fikrlashi uchun ona tili darslarida o'qib tushunishga alohida e'tibor qaratiladi. Ona tilini yaxshi o'zlashtirgan o'quvchi boshqa fanlarni ham qiyinchiliksiz o'zlashtira oladi. O'qish savodxonligi yuqori bo'lgan o'quvchi boshqa fanlarda berilgan matnlarni o'qish orqali mantiqiy, ijodiy , tanqidiy fikrlay oladi, olgan bilimlarini hayotiy vaziyatlarda qo'llay olish layoqati rivojlantiriladi.

Biz quyida ona tili darslarida qo'llab kelayotgan samarali ba'zi usullarni tavsiya qilmoqchimiz. O'qish savodxonligini oshirish va matn bilan ishlash ko'nikmasini shakllantirish uchun o'quvchilarga "Temur tuzuklari" dan parcha o'qitiladi.

Davlatni boshqarish tuzugi

Saltanat ishlarini qonun va qoidalar (to'ra va tuzukka) solib, uning martabalarini mustahkamladim. Saltanatning martabalari tuzugini quyidagilarga tayanib tuzdim:

Birinchidan, saltanatim martabasini qonun qoidalar asosida shunday saqladimki, saltanatim ishlariga aralashib, ziyon yetkazishga hech bir kimsaning qurbi yetmasdi. Kengash va mashvaratsiz saltanatni barcha qilgan ishlari va aytgan gaplari noto 'g'ri bo 'lgan johil odamga qiyos qilish mumkin;uning aytgan so 'zlari va qilgan ishlari boshga pushaymonlik va nadomat keltirgay.

Ikkinchidan, sipoh-u raiyatni umid va qo 'rquv orasida saqladim. Do 'st dushmanni murosa-yu madora martabasida tutdim. Qilmishlarini, aytgan gaplarini gohida sabr-toqat, gohida bilib bilmaslikka olish bilan o 'tlazdim. Do 'st-dushmandan kimki menga iltijo qilib kelguday bo'lsa, do'stlarga shunday muomala qildimki, do 'stligi yana ortdi, dushmanlarga esa shunday munosabatda bo 'Idimki, ularning dushmanligi do'stlikka aylandi. Menda biron kimsaning haqqi bo'lsa, haqini hech vaqt unutmadim. Biron kimsa bilan tanishgan bo'lsam uni hech vaqt nazarimdan chetda qoldirmadim. Davlatim va saltanatim quyoshi ko'tarilib kelayotgan vaqtda menga iltijo qilib kelgan nekukor va badkirdor odamlar xoh menga yaxshilik qilgan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

bo 'Isinlar xoh yomonlik saltanat taxtiga o 'tirganimdan keyin ularni xayr-ehsonlarim bilan xijolatga qo 'ydim. Menga qilgan yomonliklaridan ko 'z yumib, ularni yomon qilmishlari daftari ustiga afv qalamini tortdim.

Uchinchidan, hech kimdan o 'ch olish payida bo 'Imadim, tuzimni totib, menga yomonlik qilganlarni Parvardigor olamga topshirdim. Ish ko'rgan, sinalgan, shijoatli er yigitlarni qoshimda tutdim. Sofdil kishilar, sayyidlar, olimlar va fozillarga dargohim doim ochiq edi. Nafsi yomon himmatsizlarni, ko 'ngli buzuq qo 'rqoqlarni majlisimdan quvib yubordim.

To 'rtinchidan, ochiq yuzlilik, rahm-shafqat bilan xalqni o 'zimga rom qildim. Adolat bilan ish yuritib, jabr-zulmdan uzoqroqda bo 'lishga intildim.

Keyin matn asosida quyidagi topshiriqlar beriladi.

1. "Mosini tanlang" metodi. Jadvalda berilgan gaplarni mazmuniga muvofiq birikmalar bilan to'ldiring.

1. Saltanatim martabasini qonun qoidalar asosida

shunday saqladimki,_ ziyon

yetkazishga hech bir kimsaning qurbi yetmasdi.

2. Menda biron kimsaning haqqi bo'lsa. haqini_.

3. Biron kimsa bilan tanishgan bo'lsam, uni

4. Odamlar xoh menga yaxshilik qilgan bo'lsinlar, xoh yomonlik saltanat taxtiga o'tirganimdan keyin ularni_

A)hech vaqt unutmadim.

B) xayr-ehsonlarim bilan xijolatga qo'ydim

C) majlisimdan quvib yubordim

D) o'zimga rom qildim.

6. Nafsi yomon himmatsizlarni, ko'ngli buzuq qo'rqoqlarni_

F) saltanatim ishlariga

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(1), Jan., 2023

Matn asosida quyidagicha test topshirig'i ham berish mumkin.

Kengash va mashvaratsiz saltanatni nimaga qiyos qilish mumkin?

A barcha qilgan ishlari ishlari va aytgan gaplari noto'g'ri bo'lgan johil odamga

B sanoqsiz lashkar qilichi qo'rqilashga ojizlik qilgan mamlakat darvozasiga

C davlat ishlarining to'qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan bajo keltiradigan davlat boshlig'iga

D aytgan so'zlari va qilgan ishlari boshga pushaymonlik va nadomat keltiruvchi shohga

Shu bilan birga matn asosida lingivistik topshiriqlar berish orqali darslarda o'rganilayotgan muayyan mavzular bo'yicha bilimlar mustahkamlanib boriladi. Masalan:

1. Berilgan gapni sintaktik tahlil qiling va qaysi gap bo'lagi uyushganini belgilang.

2. Birinchi va ikkinchi gapni qanday grammatik vosita bog'lashi mumkin, natijada qo'shma gapning qaysi turi hosil bo'ladi?

3. Matndagi antonim ( yoki ma'nodosh) so'zlarni topib yozing.

4. Matnda qo'llangan ko'hna so'zlarni tarixiy va arxaik sozlarga ajrating

Yuqoridagi topshiriqlarni bajarish davomida o'quvchilarning nutqiy kompetensiyalari,

xususan, matn bilan ishlash, to'g'ri, aniq nutq tuzish ko'nikmalari oshadi, shuningdek, "Temur tuzuklari"dan o'rganganlarini mustahkamlab boradilar

Qo'shma gaplar mavzusini o'rganishda "Tuzuklar"dan olingan gaplar va ular asosida topshiriqlar beriladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

1 .Hokimlar, sipohlar va raiyatdan qaysi birining xalqqa jabr-zulm yetkazganini e shits am, ularga nisbatan dai*hol adolat-u insof yuzasidan chora ko1 r dim.

2.Kitob~ bai*cha bunyodkorlik , yaratuvchilik va aql-idrokning, ilm-u donishning asosidir hamda hayotni o'igatuvchi murabbiydir.

3. Hamishalig' ta'kid etur erdim: xon bo'lsang-da bog' yarat, birkunmas bir kun mevasini tatirsan.

4. Shijoatli kishilami do'st tut,chunki Alloh jasur kishilami ai*doqlaydi.

5.Men har doim insof bayrog'ini baland ko'tardim va iymon tai*qatishni o'z buyukligimning qudratli zamini deb bildim.

Savol va topshiriqlar. Yuqoridagi qo'shma gaplarda Amir Temurning qaysi sifatlari namoyon bo'lgan? (Javoblar og'zaki yoki yozma shaklda berilishi mumkin)

Qo'shma gaplarni har xil ifoda shakllari bilan boshqa turdagi qo'shma gaplarga aylantiring. Qanday gaplarda mazmun ta'sirli, bo'yoqdor bo'ladi?

"Temur tuzuklari" da qo'shma gaplarning qaysi turlari ko'proq qo'llangan?

Dars jarayonida bajariladigan mashqlarda ham "Temur tuzuklari"ga murojaat qilamiz. "Ma'nodoshlar uslubiyati" mavzusini o'rganishda mana bunday topshiriqli mashqlar o'quvchilarga grammatik mavzuni o'zlashtirish bilan birga "Tuzuklar"ni o'rganishga ham yordam beradi.

Topshiriq. Quyidagi gaplarni nuqtalar o'rniga qavs ichidagi so'zlardan mosini qo'yib ko'chiring.

1. Davlat ishlarining to'qqiz...... (qism, bo'lak, ulush, hissa) kengash, tadbir va

mashvarat bilan, qolgan bir......... (qism, bo 'lak, ulush, hissa) esa qilich bilan bajo

keltirishini angladim.

2. Maktubda yozilmish.......... (fikrlar,so 'zlar, maslahatlar, o 'gitlar, tavsiyalar)

esa saltanat ishlarida men uchun eng to'g'ri yo'lboshchi edi.

3. Men yana tajribamda ko'rdimki,......... (dushman, yov, g^anim, yog'i, ag'yor)

lashkarini yengish qo'shinning ko'pligi bilan emas, mag'lub bo'lish esa sipohning kamligidan bo'lmaydi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

4. Donishmandlar demishlarkim, o'z o'rnida qilingan tadbir bilan......... (sonsiz,

sanoqsiz ,beadad, bisyor). lashkar qilichi ojizlik qilgan har qanday......... (yurt, diyor,

mulk, mamlakat) darvozasini ochib, behisob lashkarni yengib bo'lar.

Ona tili darslarida lug'atlar bilan ishlash o'quvchilarga so'zlarning mazmun -mohiyatini anglagan holda qo'llashga yordam beradi. "Zakovatli zukko" usulida berilgan tezkor savollarga o'quvchilar qisqa javob qaytaradilar yoki atamalarni aytib,ularga izoh berish so'raladi.

Qo' qon va Buxoro xonliklarida 10 nafar piyodajangchilardan iborat bo'lim boshlig'i.................

(Dahboshi— dah tojik tijida 10 sonini bildiradi)

Kichik ofitserlar tarkibiga mansub ilk bor XV asrda Fransiyada ta'sis etilgan harbiy unvon............

(ley tenant)

Buxoro amirligidagi oliy man s ab yettinchisi, o'ztug'iga ega harbiy turlmma qo'mondoni qanday nomlangan, bugungi kundagi muqobili.........

(to 'qsoba, polkovnik)

£ng oliy harbiy unvon. Buunvonga dunyoda30 dan ortiq shaxs inuyassarbo'lgan.

(generalissimus)

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Kichik qo'mondonlartarkibining, odatda, quyipog'onadagibo1 linma, guruh qo'mondoni ..........

(serjant)

"Zakovatli zukko" usulidagi so'rovlarni og'zaki yoki yozma shaklda qo'shin turlari, qurol-yarog', harbiy inshoot nomlarini ifodalovchi terminlar asosida ham o'tkazish mumkin

Yana bir "Xatosini toping" usuli

Topshiriq. Berilgan izohlarga mos atamalarni toping (bu jadvalda atamalar o 'rni o 'zgartirib beriladi)

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

1.Xabargir A)Qo'shinning o'ng qanoti, o'zbekcha o 'ng qo 7,arabcha maymana va yamin deb yuritilgan

2.Nikovul B)Qo'shinning chap qanoti o'zbekcha so'7 qo'7,arabcha maysara va yasor deb yuritilgan

3.Hirovul- D)Qo'shinning old, ilg'or qismi, avong'or

4.Burong'or- C)Temuriylar qo'shinida yovning yurtiga jo'natiladigan ayg'oqchi, razvedkachi

5.Juvong'or- E)Jang maydonini tashlab qochgan dushmanni ta'qib qiluvchi otliq askarlar

Yuqoridagi usullar bilan harbiy terminlar, ularning qo'llanish o'rinlari, bugungi muqobili haqida tushunchaga ega bo'lish va ularni lug'at daftariga qayd etib borishlari orqali o'quvchilarning so'z zaxirasi, demakki, nutqi muttasil boyib boradi.

"Xotirada saqlaymiz" o'quvchilarning yozma savodxonligini oshirishdagi samarali usullardan biri. Bunda o'quvchilarga "Temur tuzuklari"dan parcha beriladi va matndagi imlosi qiyin so'zlarni eslab qolish vazifasi topshiriladi. Keyingi darsda shu matndan diktant yozilishi aytiladi. O'quvchi diqqat bilan o'qiydi va imlosi qiyin bo'lgan so'zlarni yodlab oladi, chunki diktantni xatosiz yozishga harakat qiladi. O'quvchilarning aksariyati xatosiz "yaxshi" va "a'lo" baholarga yozishadi. Bu esa o'quvchining ham, o'qituvchining ham yutug'idir. Natijada o'quvchi matndagi barcha so'zlarining ma'nosiga e'tibor beribgina qolmay, balki yozilishini ham diqqat bilan o'rganib oladi.

Fikrimizcha, "Temur tuzuklari" asari harbiy-akademik litseylar ona tili xonalarida o'quvchining partasida doimiy turuvchi kitob bo'lishi lozim. Shundagina o'qituvchi har bir mashg'ulot mazmuniga oid turli topshiriqlarni asar matniga tayangan holda tayyorlaydi.

Topshiriqlardan namunalar:

1.Matnda qo'llangan undalmalarning uslubiy vazifalarini izohlang.

2.Matndagi kelishik shakllarini ma'nodoshlari bilan almashtirib ko'ring va ma'nodagi farqlarni tushuntiring.

3.Matndan o'zbek tiliga o'zlashgan arabcha( yoki forscha)so'zlarni toping.

Yuqoridagi kabi lingivistik topshiriqlarni bajarish davomida o'quvchilar qayta-

qayta "Temur tuzuklari"ga murojaat qiladilar, uning mazmun-mohiyati, Amir Temurning sarkardalik salohiyati hamda insoniy fazilatlarini yanada teran anglaydilar.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

Shu o'rinda ta'kidlash joizki, "Temur tuzuklari' nafaqat muhim tarixiy manba, ma'naviy meros, balki bugungi va kelajak avlodlar uchun beqiyos dasturilamal hamdir. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek, "Temur tuzuklari"ni qayta-qayta mutolaa qilish, uning mohiyatini anglab yetish barcha yoshlar uchun, ayniqsa, vatan himoyachilari uchun benihoya foydali va sharafli burchdir"

Ona tili darslarida "Qutadg'u bilig", "Saddi Iskandariy", "Boburnoma"kabi asarlar, turli lingivistik lug'atlar bilan ishlash ham maqsadga muvofiq.Qo'shimcha manbalardan foydalanish o'quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish bilan birga ularni izlanishga undaydi hamda yangiliklarni tez qabul qila olish ko'nikmasini rivojlantiradi. Bu asarlar orqali biz o'quvchilar ongiga mardlik, jasurlik, uddaburonlik, aql-idrokni ishlatish, mulohaza yuritish, tadbirlilik, kabi fazilatlarni singdirib boramiz.

"Muallimlik san'ati o'quvchilar qalbida qiziqish uyg'otish, so'ng bu talabni qondirishdir",- deydi Anatol Frans. Darslarimiz qiziqarli , yangiliklarga boy bo'lsa, o'quvchilarimiz keyingi darsni kutib tayyorlansa, vazifamizga mas'uliyat bilan yondasha olsakkina maqsadga erishamiz. Yuqori texnologiyalar asrida yashar ekanmiz, bir qolipda qolib ketmasligimiz zarur. Zamonaviy yondashuvlar asosida darslarimizda o'quvchilarga hayot uchun kerakli bilimlarni berishimiz lozim. Shundagina harbiy-akademik litsey o'quvchilari "Temur tuzuklari"dan o'rganganlarini o'zlaridagi g'ayrat-shijoat bilan birlashtirgan holda Ona Vatanimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga munosib hissa qo'shadilar.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi 43-75-sonli qarori

2. "Ona tili fani Milliy o'quv dasturi" 2022-2023- o'quv yili uchun

3. Temur tuzuklari/ Forscha matndan A.Sog'uniy va H. Karomatov tarjimasi.-T.:"0'zbekiston",2016-yil

4. O'zbek tilining izohli lug'ati. T:. 2022-yil

5. «Ona tili o'qitish metodikasi» Gulomov A. Kodirov M. Toshkent. 2012-yil

6. H.Dadaboyev, H.Yodgorov "O'zbek harbiy terminologiyasi"

7. Temur tuzuklari. O ' quv qo 'llanma To shkent.2021 -yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.