Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF “ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI” DARSLARINI YANGICHA YONDASHUV ASOSIDA TASHKIL ETISH USULLARI'

BOSHLANG‘ICH SINF “ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI” DARSLARINI YANGICHA YONDASHUV ASOSIDA TASHKIL ETISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2605
134
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ilmiylik / tizimlilik / izchillik / onglilik / ko’rsatmalilik / faollik / mustaqillik prinsiplari / ijodiy tafakkurni o’stirish / o‘qish savodxonligi / matn / kommunikativ yondashuv / konstruktiv jarayon / scientific / systematic / consistent / conscious / demonstrative / active / principles of independence / development of creative thinking / reading literacy / text / communicative approach / constructive process.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Jo’Lliyeva, Sojida To’Htamish Qizi

Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilar matnni yodlab olish, she’rlarni takrorlash bilan cheklanmasdan, matnni tushunish, anglash, munosabat bildira olish ko‘nikmalarini shakllantirish borasida mulohazalar bayon qilinadi. Yodakilik va takrorlash asosida tashkil etilgan darslar o‘quvchilarga hech narsa bermasligi, boshlang‘ich ta’limning o‘rni to‘g‘ri anglansa, o‘qituvchi tomonidan o‘rgatilayotgan darslarning ahamiyati oshishi namunalar asosida ko‘rsatib beriladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF ORGANIZING PRIMARY CLASS "MOTHER LANGUAGE AND READING LITERACY" LESSONS ON THE BASIS OF A NEW APPROACH

It is comments on the formation of the skills of understanding, understanding and reacting to the text, not limited to memorizing the text and repeating poems, are described in the lessons of the mother tongue and reading literacy. It is shown on the basis of examples that the lessons organized on the basis of memorization and repetition do not give anything to the students, if the role of primary education is understood correctly, the importance of the lessons taught by the teacher will increase.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF “ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI” DARSLARINI YANGICHA YONDASHUV ASOSIDA TASHKIL ETISH USULLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

BOSHLANG'ICH SINF "ONA TILI VA O'QISH SAVODXONLIGI" DARSLARINI YANGICHA YONDASHUV ASOSIDA TASHKIL ETISH

USULLARI

Ona tili va o'qish savodxonligi darslarida o'quvchilar matnni yodlab olish, she'rlarni takrorlash bilan cheklanmasdan, matnni tushunish, anglash, munosabat bildira olish ko'nikmalarini shakllantirish borasida mulohazalar bayon qilinadi. Yodakilik va takrorlash asosida tashkil etilgan darslar o'quvchilarga hech narsa bermasligi, boshlang'ich ta'limning o'rni to'g'ri anglansa, o'qituvchi tomonidan o 'rgatilayotgan darslarning ahamiyati oshishi namunalar asosida ko 'rsatib beriladi

Kalit so'zlar: ilmiylik, tizimlilik, izchillik, onglilik, ko'rsatmalilik, faollik, mustaqillik prinsiplari, ijodiy tafakkurni o 'stirish, o 'qish savodxonligi, matn, kommunikativ yondashuv, konstruktiv jarayon

Описываются комментарии по формированию навыков понимания, осмысления и реагирования на текст, не ограничиваясь заучиванием текста и повторением стихотворений, на уроках родного языка и грамотности чтения. На основе примеров показано, что уроки, организованные на основе запоминания и повторения, ничего не дают учащимся, при правильном понимании роли начального обучения значение уроков, проводимых учителем, будет возрастать.

Ключевые слова: научный, системный, последовательный, сознательный, демонстративный, активный, принципы самостоятельности, развитие творческого мышления, грамотность чтения, текст, коммуникативный подход, конструктивный процесс.

It is comments on the formation of the skills of understanding, understanding and reacting to the text, not limited to memorizing the text and repeating poems, are described in the lessons of the mother tongue and reading literacy. It is shown on the basis of examples that the lessons organized on the basis of memorization and repetition do not give anything to the students, if the role of primary education is

Jo'lliyeva Sojida To'htamish qizi

Termiz davlat pedagogika inistituti Pedagogika fakulteti Ta'lim va tarbiya nazariyasi (boshlang'ich ta'lim) 2-kurs magistranti

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

understood correctly, the importance of the lessons taught by the teacher will increase.

Keywords: scientific, systematic, consistent, conscious, demonstrative, active, principles of independence, development of creative thinking, reading literacy, text, communicative approach, constructive process.

KIRISH

Kichik yoshlio'quvchilar ma'naviyatini sog'lomlashtirishda o'qish darslarining o'mi muhim ahamiyatga molik hisoblansa-da, afsuski uzoq yillar mobaynida bu amaliyot noto'g'ri bajarilib kelindi. O'qish darslarida o'quvchilar matnni yodlab olish, she'rlarni takrorlash bilan cheklandilar. Yodakilik va takrorlash asosida tashkil etilgan darslar o'quvchilarga hech narza bermasligi bugungu kundagi xato va kamchiiklarimiz misolida ham ko'rinib turibdi. Boshlang'ich ta'limning o'rni to'g'ri anglansa, o'qituvchi tomonidan o'qish kitobidagi asarlarni to'g'ri idrok etishga yo'naltirilgan o'quvchi mustaqil ishlashga, uqib o'qishga, o'zgalarning fikrlarini ilg'ashga, o'zi va boshqalarning tuyg'ular olamini kuzatishga, o'zgani tuyishga o'rgana boradi. Olamni, Odamni va O'zligini kashf qiladi. O'z ichki "men"ning shakllanishida o'zi bevosita ishtirok etadi. [1, 35b]

Talim jarayonini tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishda o'quvchi va o'qituvchi faoliyatiga qo'yiladigan talablar, didaktik qoidalar ta'lim prinsplari hisoblanadi. Bu prinsplar har fanda o'ziga xos tadqiq etiladi. Biz quyida ona tili fanini o'qitishda qo'llaniladigan prinsplar xususida so'z yuritamiz. Tizimlilik va izchillik prinspi. O'zbek tili o'qitishda tizimlilik va izchillik prinsipi muhim o'rin tutadi. [2, 45b] Til fanining bo'limlarini bir tartibda o'rganish shu prinspga mos tushadi. Ma'lumki, yosh avlodni milliy qadriyatlar asosida ma'nan sog'lom qilib tarbiyalashda, shaxsni shakllantirishda badiiy adabiyotning o'rni beqiyos. Lekin badiiy asardagi o'quvchi shaxsiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan jihatlarni, matnda aks etgan hayotiy va badiiy haqiqatlarni ilg'ash, ularning ko'ngilni tozalashga xizmat qiladiganlarini topib, o'z tabiatiga singdirish shakllanayotgan shaxsda osonlik bilan kechadigan jarayon emas. [3, 25b]

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ona tili va o'qish savodxonligi fanini o'rgatishda dastlab fonetika, leksika haqida, shundan so'ng so'z yasash, so'z tarkibi, morfologiya va sintaksis haqida ma'lumot beriladi. Bu esa yuqoridagi prinspga amal qilinganligini bildiradi. Ona tili o'qitishda nazariyani amaliyotga bog'lash ham muhimdir. Buning uchun fonetika va grammatikadan har bir mavzu orfografiya yoki punktuatsiya bilan, orfoepiya yoki

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

lug'at bilan bog'liq holda o'tilishi lozim. [4-8, 45b] Bu prinspni amalga oshirish uchun grammatik qoidalarga mos misollarni jonli nutqdan olish, qoidalarni mustahkamlashda o'quvchilarning ijodiy tafakkurini o'stirishga yordam beradigan mashqlardan foydalanish zarur bo'ladi. Agar har bir o'qituvchi kichik o'quvchilarni matn ustida uzluksiz ravishda namunadagidek ishlata bilsa, bolalar ham bunga asta-sekinlik bilan o'rganib boradilar va ularda badiiy asarlar bilan ishlash borasida istalgan ko'nikma hosil bo'ladi.

Natijada bola shaxsida fikr kishisi shakllanadi. Fikr kishisi hech qachon o'zgalarga ko'r-ko'rona ergashmaydi, munosabat bildirish kerak bo'lganda jim turmaydi. O'qituvchi bolalarda shunday sifatlarni shakllantirishga da'vat etilgan shaxsdir.[9-12, 85b] Buning uchun, avval, uning o'zi shunday sifatlarni egallagan bo'lishi lozim. O'qituvchi o'zida yo'q narsani o'quvchisiga berolmaydi. Ona tili o'qitishda onglilik ham muhim o'rin egallaydi. Onglilik prinspi ta'rif yoki qoidaning o'quvchilar tomonidan ongli o'zlashtirilishiga tirishmoqni talab etadi: 1. O'qitishda ongli verbal-kognitiv ta'limga (OVKT) asoslanish 2. Til materiali va ta'lim oluvchilarning yosh psixologiyasi mutanosibligiga e'tibor berish. 3. O'quvchilarda mustaqil va ijodiy mushohada malakalarini mustahkamlash 4. Darsni ma'lum bir tizimda olib borish 5. Mavzulararo bog'lanishga e'tibor berish 6. Nutqiy malakalarni mustahkamlash va til sezgirligini oshirish Mustaqillik va faollik prinsipi. [13, 36b]

Ona tili va o'qish savodxonligi fanini o'qitishda tamoyillar belgilangan bo'lib, 4-tamoyilda o'qish savodxonligi doirasida o'quvchida to'g'ri, tez, ongli, ifodali o'qish malakalarini shakllantirish, ularni oddiy kitob o'quvchidan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko'tarish; o'qish orqali tevarak-atrof, borliq haqidagi bilimlarini kengaytirish, ularning dunyoqarashini boyitish; tafakkurida elementar adabiy tushunchalarni shakllantirish; har qanday uslubdagi matnni o'qish va uni anglash, tanqidiy va kreativ fíkrlash ko'nikmasini oshirish nazarda tutilganligi ko'rsatib o'tilgan.

O'qish savodxonligi - jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma tilning shakllarini idrok etish va amaliyotda qo'llay olish qobiliyatidir.

O'qish savodxonligi jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma'no hosil qila olish qobiliyati hamdir.

Ushbu nuqtayi nazar o'quvchilarning o'qishdan olingan ma'lumotlardan foydalanish qobiliyatiga tobora ko'proq e'tibor qaratadigan zamonaviy jamiyatda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Asosiy e'tibor tushunishni namoyon qilishdan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

o'zlashtirilgan ma'lumotlarni qanday qilib yangi loyihalar va vaziyatlarda qo'llay olish qobiliyatlarini namoyon qilishga qaratilmoqda. [15-16, 36b]

O'qish savodxonligiga o'rgatishda konstruktiv va interaktiv jarayon sifatida ko'plab o'qish nazariyalarini aks ettiradi. O'quvchining matn bilan ishlashi jarayonida o'quvchi va matn orasidagi muloqot orqali (shuning uchun ham bu jarayon interaktiv deyiladi) o'quvchi ma'noni yaratadi (shuning uchun ham bu jarayon konstruktiv inglizcha «construct» - yaratmoq deyiladi). O'quvchi bu jarayonning faol qatnashuvchisi bo'lib, ma'no yaratadi, matn ustida mushohada yuritadi va samarali o'qish strategiyalarini ongli ravishda tanlab qo'llaydi. Har bir matn turi odatiy shakl va qoidalarga amal qilgan holda o'quvchiga matnni sharhlashga yordam beradi.

Har qanday matn turli shaklga ega bo'lishi mumkin. Bular an'anaviy kitoblar, jurnallar, hujjatlar va gazetalar, shuningdek, raqamli ko'rinishdagi yozma shakllarni ham o'z ichiga oladi. Har bir matn turi odatiy shakl va qoidalarga amal qilgan holda o'quvchiga matnni sharhlashga yordam beradi" deganda ko'proq o'quvchining o'qish strategiyasini nazarda tutmoq muhim. Matn turiga hikoya, ertak, she'r, maqolni kiritsak, shakli kitob, gazeta, jurnal, telefon va boshqa narsalarni hisoblash mumkin. Demak, o'quvchilarning individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ehtiyojlari, qiziqishlari, o'rgangan narsalari muhim ahamiyat kasb etib qolaveradi.

Xalqaro tadqiqotlarda matnni tushunish to'rtta jarayonga asoslanib baholanadi. Bular: diqqatni jamlash va aniq ma'lumotni topish, to'g'ridan to'g'ri xulosalar chiqarish, g'oyalar va axborotni talqin qilish, uyg'unlashtirish, kontekst va matn elementlarini baholash hamda tanqid qilish jarayonlaridir. Shunday qilib, tushunish jarayoni bir etap bilan cheklanib qolmasdan, bir necha sathlar bilan ishlash jarayoni hamdir. O'quvchi matn ichidagi aniq ma'lumotlarni ko'ra olsagina xulosa chiqara olishi, xulosa natijasida ma'lumotlarni talqin qila olishi va e'tirof etish yoki tanqid qilish hukmini ham o'zida paydo qilishu mumkin bo'ladi.

Xulosa qilib aytganda ona tili va o'qish savodhonligi darslarini o'ziga xos xususiyatlarini zamonaviy texnologiyalar asosida o'tish o'quvchilarga adabiyot namunalarini tushunish orqali o'quvchi ongosti uzvlaridagi strukturalarni o'zgartira oladi. Anglashlar asnosida harakterlar o'zgaradi, yaxshi fe'l-atvor, olijanob qarashlar shakllanadi.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tiziminin 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi "Xalq ta'limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5538-son Farmoni ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan umumiy doidalar (3-sahifa).

2. B.To'xliyev, M.Shamsiyeva, T.Ziyadova. "O'zbek tili o'qitish metodikasi" Toshkent. "Yangi asr avlodi" nashriyoti. 2006-y.

3. Turdialiev, M. A. (2022). THE LEGAL ISSUES OF METAVERSE AND PERPECTIVES OF ESTABLISHMENT OF INTERNATIONAL FINANCIAL CENTER IN METAVERSE. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(8), 239-249.

4. Kinza Fatima, & Mukhammad Ali Turdialiyev. (2022). UNDERSTANDING THE SOCIAL CHANGE AND DEVELOPMENT IN THE "THIRD WORLD": A BOOK OVERVIEW. World Bulletin of Management and Law, 6, 1-2. Retrieved from https://scholarexpress.net/index.php/wbml/article/view/439

5. Ammar Younas, & Turdialiev Mukhammad Ali Polatjon Ogli. (2021). Special Features Of International Financial Centres And Its Establishment In Uzbekistan . The American Journal of Political Science Law and Criminology, 3(08), 17-21. https://doi.org/10.37547/tajpslc/Volume03Issue08-04

6. Юнас A., Каландаров A., & Турдиалиев M. A. (2022). Правовой прогресс законодательства об электронной торговле в Центральной Азии в период COVID-19. Общество и инновации, 2(6), 170-176. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss6-pp 170-176

7. Turdialiev, M. A. (2021). REGULATION OF MNES BY DOMESTIC AND INTERNATIONAL POLICIES. Зб1рник наукових праць SCIENTIA.

8. Younas, A. ., & ogli, T. M. A. P. . (2021). Multinational Enterprises in Global Market Economy. International Journal of Development and Public Policy, 1(7), 137-143. Retrieved from https://www.openaccessiournals.eu/index.php/iidpp/article/view/820

9. Турдиалиев, М. А. (2020). Эркин иктисодий зоналар доирасида инглиз хукукини жорий этишнинг хориж ва миллий тажрибаси. Юрист Ахборотномаси, 1(6), 151-158.

10. Turdialiev, M. A., & Komilov, B. (2020). The Legal Issues Of International Investment Activity In Uzbekistan: Critical Analysis And Legal Solutions. The

American Journal of Political Science Law and Criminology, 2(12), 16-21.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

11. Polatjonogli, T. M. A., & Abdulajonovich, S. M. (2022). HUNTING A SUITABLE TYPE OF LEGAL ENTITYFOR CENTRAL ASIAN BUSINESSMEN IN CHINA. IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYNILMIY JURNALI, 2(1), 75-77.

12. Akramov, A., Mirzaraimov, B., Akhtamova, Y., & Turdaliyev, M. A. (2021). Prospects For The Development Of Trust Management In Uzbekistan. Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry, 12(4).

13. Narziev, O. (2021). The Perspectives Of The Establishment Of International Financial Centers In Uzbekistan And The Implementation Of English Law. Turkish Journal of Computer and Mathematics Education (TURCOMAT), 12(4), 1104-1108.

14. A.G'ulomov, M.Qodirov "Ona tili o'qitish metodikasi" Toshkent. "Universitef' nashriyoti. 2001-y. References

15. O'zbekiston Pespublikasining "Ta'lim to'g'risidagi Qonuni" 1997-y 29- avgust.

16. B.To'xliyev, M.Shamsiyeva, T.Ziyadova. "O'zbek tili o'qitish metodikasi" Toshkent. "Yangi asr avlodi" nashriyoti. 2006-y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.