Научная статья на тему 'O`QUVCHILARDA NUTQIY MALAKANI SHAKLLANTIRISH USULLARI'

O`QUVCHILARDA NUTQIY MALAKANI SHAKLLANTIRISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
537
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ona tili / adabiyot / malaka / ta’lim

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Dilbar Nasriyeva, Dilshoda Isoqulova

Hammamizga ma`lumki, ona tili ta`limining bosh maqsadi har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan,savodxon shaxsni kamol toptirishdir.Chunki til ta`limi o`quvchilarni tarbiyalash aqliy va nutqiy malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirish uchun xizmat qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O`QUVCHILARDA NUTQIY MALAKANI SHAKLLANTIRISH USULLARI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

OQUVCHILARDA NUTQIY MALAKANI SHAKLLANTIRISH USULLARI

Dilbar Nasriyeva, Dilshoda Isoqulova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyi ona tili va adabiyot fani

o'qituvchilari

Hammamizga ma'lumki, ona tili ta'limining bosh maqsadi har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan,savodxon shaxsni kamol toptirishdir.Chunki til ta'limi o'quvchilarni tarbiyalash aqliy va nutqiy malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirish uchun xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: ona tili, adabiyot, malaka, ta'lim

Bugungi kunda yoshlar ta'lim-tarbiyasi masalasi har doimgidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtayi nazardan kelib chiqib, bugungi globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgan bir sharoitda fan sohalarini rivojlantirib, ta'lim-tarbiyani yanada yuksak pog'onalarga ko'tarish uchun yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish maqsadida yurtimizda ko'pgina ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Bu esa Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan Harakatlar strategiyasining maqsad-mazmuni bilan uyg'un bo'lib, unda belgilangan vazifalarning bevosita davomiy ko'rinishi sifatida ta'lim-tarbiyaning rivojida yangi bosqichni boshlab berishi, shubhasizdir.

O'quvchilarning nutq madaniyatini shakllantirish,so'z boyligini oshirish,eng asosiysi, mazmunli va yaxshi gapirishga o'rgatish hisoblanadi. Fransuz olimi Fozev Reman qayd qilganidek:"Yaxshi gapirish bu-- ovoz chiqarib turib o'ylash demakdir"Demak, biz ustozlar zimmasidagi vazifa yosh avlodning nutqiy madaniyatini shakllantirish,ularni yaxshi gapirish,to'g'ri o'ylash, fikrlashga o'rgatish. Ushbu vazifani muvaffaqiyatli hal etish uchun tarbiya jarayonida zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalanish lozim.

Bugun o'qituvchi tayyor elektron resurslar yordamida dars o'tish bilan chegaralanmasdan, balki zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishi kerak.

O'quvchi nutqining tinglovchi uchun tushunarli,ta'sirchan bo'lishi uchun, avvalo, gap tuzayotganda qo'shimchalarni to'g'ri qo'llash muhim ahamiyatga ega. Buning uchun darslarda "Xatosini top" o'yinidan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Bunda o'quvchilarga qo'shimchalari noto'g'ri qo'llanilgan kichik-kichik

ANNOTATSIYA

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

matnlar beriladi. Oquvchilar bunda noto'g'ri qollanilgan qo'shimchalarni tuzatib o'qishi lozim.

Namuna:Hirot boglarining suv beradigan Hirirud daryosi va Injil anhorlarini qirg'oqlarida zafaron yaproqlar to'kilgan

Ushbu gap esa quyidagicha tuzatiladi:Hirot boglariga suv beradigan Hirirud daryosi va Injil anhorining qirg'oqlariga zafaron yaproqlar to'kilgan. Shuningdek, -ga qo'shimchasining - yo,nalish,-ning qaratqich kelishigi qarashlilik manisini bildiruvchi qo'shimcha ekanligi haqida,umuman, gapda qo'llangan har bir kelishik qo'shimchasining xususiyati haqida izoh berilsa,keying gal gap tuzayotganda o'quvchi ushbu xatolarga yo'l qo'ymaydi.

Ona tili talimida "Kartochka "metodi ham juda samarali usullardan biri hisoblanadi. Bunda yozilishi qiyin bolgan so'zlarning qanday yozilishi va o'quvchi xotirasida saqlanib qolishi , uning lug'at boyligidan yangi so'zlar o'rin olishi uchun foydalanilsa ijobiy natijaga erishiladi.

Oqituvchi dars jarayonida o'quvchilarga uchragan notanish so'zlarni yoki yozilishi qiyin bo'lgan so'zlarni o'quvchilar o'zi tayyorlab kelgan kartochkalariga yozdiradi.Masalan :xatboshi, xattot, zaxira, husnixat, zahmat, xud-bexud,hassos,afzal,afv,tavfiq,....Barchamizga ayonki, aksariyat hollarda o'quvchilar x va h harfli v-f harfli so'zlarni yozishda adashishadi. Ayni shu usul esa yuqoridagi muammolarga ajoyib yechim bolib xizmat qiladi. Oquvchiga oz kartochkasiga yozgan so'zlar ishtirokida gaplar tuzdirilsa yanada yaxshi boladi.Oquvchining yozma nutqi bilan birgalikda ogzaki nutqini ham rivojlantirgan bolamiz. Ushbu usulning yana bir qulay tomoni shundaki, yangi so'zlar yozilgan kartochkalarni o'quvchi o'zi bilan xohlagan joyda ,hatto yon

chontaklarida ham bemalol olib yura oladi.Uy yumushlarini bajarib turib ham cho'ntagidan olib .

Kartochka usulidan adabiyot darsida ham foydalanilsa ijobiy natijaga erishiladi.Ayniqsa, mumtoz adabiyot bo'stonini o'rganilayotganda juda qol keladi. Masalan:5-sinf darsligida berilgan ,,Hayrat ul-abror" asaridan olingan " Sher bilan durroj" masalini o'rganayotganda lug'at daftardan tashqari o'quvch o'zi tayyorlagan kartochkaga quyidagicha so'zlarni yozib qo'ysa ,maqsadga muvofiq bo'ladi:durroj-kaptarning bir turi,qirg'ovul Mo'r- chumoli...

O quvchilarda nutqiy malakani rivojlantirishning yana biri o qituvchi o zi bilan savatchada turli xil buyumlar; o'chirg'ich, kitob, qalam, barg,gul, meva, gugurt,...kabilarni keltiradi. Ushbu narsalarni o'quvchilarga tarqatib, berilgan narsalar haqida kichik ogzaki matnlar tuzish buyuriladi. Oqituvchi oquvchilarga matn

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

tuzishda yordam bolishi uchun turli savollar bilan murojaat etadi. Masalan: gugurt berilgan bolaga "Gugurt o'zi nima?,Undan nima maqsadda foydalanamiz? Uning zararli va foydali xususiyatlari haqida nimalar bilasiz?" Ushbu savollarga javob berish uchun ham o'quvchidan fikrlash va oz fikrini ketma - ketlikda, to'g'ri bayon qilish talab etiladi. Bunda o'quvchida og'zaki matn tuzish malakasi shakllanishi bilan bir qatorda yuqoridagi mulohazali savollarga javob izlash orqali o'quvchilar kichik hayotiy tajribaga ham ega bo'ladilar.

Shuningdek, biror mashhur maqol yoki hikmatli so z mazmuniga izoh berish, yoki kengaytirib yozish orqali ham o'quvchilar nutqini shakllantirishda ijobiy natijaga erishiladi. Namuna: Avval o'yla, keyin so'zla. Oquvchi bu kabi maqol va hikmatli sozlarni sharhlash uchun, avvalo, fikr nima haqida ekanligini aniqlashi, so'ng bu haqda batafsil malumot berishi lozim. Bu vaziyatda ham o'qituvchi o'quvchiga ko'makdosh bolishi, yaqindan yordamlashishi lozim.

Malumki, nutq tafakkur bilan bog'liq, shuning uchun u tafakkur bilan uzviy bogliq holda o'stiriladi. Darslarda, amaliy mashqlar jarayonida o'quvchilarga qancha ko'p so'z berilsa, ularning nutqi shunchalik tez rivojlanadi.Bu borada o'quvchining yosh xususiyatlaridan kelib chiqib"Davom ettir" usulidan foydalanilsa,ijobiy samaraga erishiladi.

Chunonchi,9-sinflarda"Ergashgan qo'shma gaplar "mavzusini o'tayotganda o'qituvchi bu o'yinni quyidagicha boshlab beradi. -Yerga mehringni bersang,.... Oquvchilar: -U senga rizq beradi -U seni to'ydiradi -yaxshi yashaysan -obod qilar elingni

....kabi turlicha (nasriy va she'riy) fikrlarni olishimiz mumkin.

Yoki bu usulni biroz boshqacharoq tarzda darsda "Eng chiroyli fikr egasi" nominatsiyasi tashkil etgan holda olib borilsa ham boladi.Masalan: 9-sinf ona tili darsligida berilgan "Ko'rsatish olmoshili ergashgan qo'shma gaplar" mavzusini o'tayotganda o'qituvchi boshlab beradi: -Shunday odamlar borki ,... (o'quvchilar davom ettirishadi) -suhbatidan olam-olam zavq olasan -oldiga yaqinlashsag,kayfiyating tushib ketadi -hamma havas qiladi

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

- hamisha undan nimanidir o'rganging keladi...Ushbu nominatsiyani tashkil etganda o'quvchining badiiy fikrlashiga e'tibor qaratiladi va har bir fikr egasiga alohida izoh bergan holda baho qo'yiladi.

Xuddi shu usulni boshqa mavzularni o'tish jarayonida qo'llasa ham ijobiy natijaga erishiladi.

Shuningdek, nafis sanat turlarini korgazmali obrazlarda aks ettirish orqali o'quvchilar qalbida tasviriy sanatga mehr uyg'otish bilan birgalikda tasviriy sanat orqali faqat ko'rish mumkin bolgan narsalarni tasvirlab qolmay, balki uning ruhiy va g'oyaviy mohiyatini ham tasvirlay olish malakasini shakllantirish mumkin. Ushbu vaziyatda o'qituvchi "Rasmli diktant" metodidan foydalansa, o'rinli boladi. Bu metod ko'proq 5-6- sinflarda qollanilsa , maqsadga muvofiq boladi. Bunda bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilarni jalb etilsa yanada yaxshi samara beradi. Oquvchilar berilgan rasmlarni tasvirlab matn tuzgach ,ushbu tuzgan matnlarini mavzudan kelib chiqib tahlil qilishadi. Masalan:5-sinf ona tili darsligi asosida Sifat mavzusini o'tayotganda qish tasviri tushirilgan rasm qo'yiladi. Oquvchi bola nigohi bilan tasavvur etgan holda rasm asosida butun borliqning oppoq qor bilan burkangaligi, kishilarning issiq kiyimda yurishini tasvirlar ekan,o'zi qo'llagan belgi bildiruvchi so'zlarni darhol topa oladi. Har bir tuzilgan jumlaning adabiy til me'yorlariga to'la amal qilinganligiga e'tibor qaratishi lozim. Chunki adabiy til me'yorlariga amal qilinmasdan tuzilgan nutq to'g'ri nutq bola olmaydi.

Shuningdek, xuddi shunga o'xshash metodlardan yana biri Audio diktant metodidan ham darsni mustahkamlash jarayonida ,dam olish maqsadida foydalanilsa o'rinli boladi. Masalan,7- sinf ona tili darsligi asosida "Yordamchi sozlar"mavzusini o'tayotganda dars so'ngida o'quvchilaga tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan Vatan haqida yoki ona mavzusida qo'shiq qo'yiladi. Oquvchilardan bu tinglagan qo'shiqlari nima haqida ekanligi so'ralgach, qo'shiq matnida ishtirok etgan yordamchi so'zlar birgalikda aniqlanadi.

Dars jarayonida obrazlilikdan foydalanish esa eng samarali usullardan biri deb bilaman .So'z turkumlarini o'tayotganda o'quvchilarning ozidan jonli korgazma sifatida foydalanilsa,oquvchilarning o'zi qaysidir bir so'z turkumi sifatida chiqib o'zi haqida malumot berishi ,o'quvchilarda ham aktyorlik mahoratini,ham nutqini, ham nazariy malumotlarning o'zlashtirilishiga ijobiy tasir etadi.5-sinf ona tili darsligi asosida fe'l so'z turkumi bilan tanishayotgan vaqtda ham shu usuldan foydalanilsa yaxshi natijaga erishiladiNamuna : Men fe'l so'z turkumi bo'laman, menda zamonlar, mayllar,nisbat va shaxs -son qo'shimchalari mavjud.Men doimo harakatdaman. Ayni shu usulni boshqacharoq tarzda tashkil

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

etsa ham boladi.Bunda siz qoida aytasiz,oquvchi xulosa chiqaradi.Ushbu usul darsda o tgan mavzuni yoki yangi mavzuni mustahkamlash jarayonida qo llanilisa, maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunonchi: 7-sinf ona tili darsligida berilgan "Olmoshlarning tuzilishiga kora turlari"mavzusini o tish jarayonida dars avvali da berilgan malumotlar asosida oquvchilarga mashqlar bajartirilgandan song oqituvchi mavzuni mustahkamlash uchun quyidagi qoidalarni aytadi,oquvchilar esa qoidadan kelib -chiqib xulosa chiqarishadi. Namuna:

Oqituvchi:Faqat bir asosdan iborat bolgan olmoshlar...

Oquvchilar:Sodda olmosh deyiladi

Oqituvchi:Ikki asosdan tashkil topgan olmoshlar.

Oquvchilar:Qoshma olmoshlar deyiladi

Oqituvchi:Bir-biriga mazmunan yaqin bolgan olmoshlar birikuvidan...

Oquvchilar:juft olmoshlar sanaladi

Oqituvchi:Bir olmoshning aynan yoki tovush ozgarishishi bilan...

Oquvchi:takroriy olmoshlar hosil boladi.

Ba zan o quvchilar orasida o z maqsadini to g ri ifoda eta olmaydigan,ikki ogiz jumlni tushuntirish uchun qayerdan boshlashni bilmay gapni chozibb otirdigann o quvchilar ham bor.Ayni shu nuqsonlarga baham berish maqsadida matnni qayta tahrirlash metodidan foydalanilsa ko zlangan maqsadga erishiladi. Bunda o quvchiga moslab kichik -kichik matnchalar tuzib beriladi.O quvchi shu matn ichidan asosiy fikrni topa olishi lozim.Masalan:Ilmning foydasi shu qadar ko pki, ta riflagan bilan ado etish mumkin emas. Bizlarni jaholat qoronguligidan qutqaradi. Madaniyat, insoniyat, ma rifat, dunyosiga chiqarib, yomon fe llardan, bema ni ishlardan qaytaradi. Yaxshi xulq va adab sohibi qilib Allohga muhabbat va etiqodimizni orttiradi.

Payg ambarimiz: "Ilmga amal qiluvchilardan bo lingiz ,naql va rivoyat qiluvchilardan bo lmangiz"-deganlar. Demak, dastlab fikr nima haqida ekanligiga e tabor qaratsak , bu matnda fikr ilm haqida ekan.Matndagi asosiy fikr esa: Ilmga amal qiluvchilardan bolingiz (7-sinf ona tili darsligi). Xuddi shu tarzda oquvchuning o'z fikrini bayon qilishida asosiy gapni qisqa va lo'nda qilib ayta olishiga erishiladi

Mazkur mulohazalar xususida tavsiya qilinayotgan didaktik o yinlar turlicha metodlarning zamirida o quvchilarning nutaqiy malakasini rivojlantirish ,tilning Grammatik elementlaridan to g ri foydalanish , o quvchilarda o z shaxsi va xatti-harakatlariga ishonch hissini oshirish kabi maqsadlar nazarda tutilgan.

Foydadanilgan adabiyotlar

1. 5-7-8-9-sinf ona tili darsligi

2. 5-sinf adabiyot darsligi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.