Научная статья на тему 'TUPROQLARNING SHAMOL EROZIYASIGA XAVFLILIK DARAJALARIGA AJRATILISHI (Sirdaryo viloyati misolida)'

TUPROQLARNING SHAMOL EROZIYASIGA XAVFLILIK DARAJALARIGA AJRATILISHI (Sirdaryo viloyati misolida) Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Shamol eroziyasi / qishloq xo‘jaligi ekinlari / tuproq unumdorligi / deflyatsiya / tajriba maydoni.

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Muxammad Ismatullayevich Umarov, Ergasheva Olimaxon Xaliqjonovna, Karimova Nilufar Olimjonovna, Baxramova Lobar To‘Lqin Qizi, Nematullaev Quvonchbek Jamshidovich

Ushbu maqolada, Sirdaryo hududida olib borilgan tadqiqotlar bilan tanishish, shuningdek deflyatsiyaning tuproqqa ta’sirini kamaytirish, hududdagi sug‘oriladigan еrlarda turli deflyatsion jarayonlarni kuzatish natijalari keltirilgan. Hududda o‘tkazilgan tajriba natijalari, deflyatsiyalangan tuproqlarning unumdorligini tiklash, oshirish va himoya qilish uchun qishloq xo‘jaligi ekinlari oralig‘iga texnik ekinlarni ekish tavsiya etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TUPROQLARNING SHAMOL EROZIYASIGA XAVFLILIK DARAJALARIGA AJRATILISHI (Sirdaryo viloyati misolida)»

TUPROQLARNING SHAMOL EROZIYASIGA XA VFLILIK DARAJALARIGA AJRATILISHI (Sirdaryo viloyati misolida)

Muxammad Ismatullayevich Umarov1.,

Toshkent davlat agrar universiteti, q.x.f.n., dotsent, E-mail: umarov.7878@mail.ru.

Ergasheva Olimaxon Xaliqjonovna2, M.Ulug'beknomidagiMilliy universiteti, q.x.f.f.d.(RhD), k.i.x.,

Karimova Nilufar Olimjonovna3, Baxramova Lobar To'lqin qizi4, Nematullaev Quvonchbek Jamshidovich5, Sharofiddinova Umida Sharofiddin qizi6.

Toshkent davlat agrar universiteti3'4'5'6 https://doi.org/10.5281/zenodo.11517113 Annotasiya. Ushbu maqolada, Sirdaryo hududida olib borilgan tadqiqotlar bilan tanishish, shuningdek deflyatsiyaning tuproqqa ta'sirini kamaytirish, hududdagi sug'oriladigan erlarda turli deflyatsion jarayonlarni kuzatish natijalari keltirilgan. Hududda o'tkazilgan tajriba natijalari, deflyatsiyalangan tuproqlarning unumdorligini tiklash, oshirish va himoya qilish uchun qishloq xo'jaligi ekinlari oralig'iga texnik ekinlarni ekish tavsiya etiladi.

Kalit so'zlar. Shamol eroziyasi, qishloq xo'jaligi ekinlari, tuproq unumdorligi, deflyatsiya, tajriba maydoni.

Аннотaция. В данной статье представлены результаты исследований, проведенных в Сырдарьинской области, позволяющих снизить влияние дефляции на почвы, а также наблюдать различные дефляционные процессы на орошаемых землях региона. По результатам проведенных в регионе экспериментов рекомендуется сеять технические культуры в интервале сельскохозяйственных культур для восстановления, повышения и защиты плодородия дефлированных почв.

Ключевая слова. Ветровая эрозия, сельскохозяйственные культуры, плодородие почв, дефляция, опытное поле.

Annotation. This article presents the results of studies conducted in the Syrdarya region, which make it possible to reduce the impact of deflation on soils, as well as to observe various deflationary processes on irrigated lands in the region. Based on the results of experiments conducted in the region, it is recommended to sow industrial crops in the interval of agricultural crops to restore, increase and protect the fertility of deflated soils.

Key words. Wind erosion, agricultural crops, soil fertility, deflation, experimental field.

Kirish. SHAMOL HAVO MASSASINING YER UZRA KO'CHIB YURISHIDIR.

Mamlakatimiz qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining asosini sug'oriladigan tuproqlar tashkil etganligi, sug'orma dehqonchilik mintaqalarida xususan, tarixiy maskan bo'lgan Mirzacho'l vohasida turli tabiiy va antropogen omillar ta'sirida tuproqlarni tanazzulga uchrashi holatini chuqur tahlil etish asosida, bunday toifa yеrlardan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini tiklash, saqlash va oshirish qishloq xo'jaligi ekinlari hosildorligini muntazam oshirib borish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biri bo'lib qolmoqda.

Barchamizga ma'lumki, shamol eroziyasi - bu shamol kuchi bilan tuproqni bir joydan ikkinchi joyga ko'chiradigan tabiiy jarayon. Hozirda bu jarayon barcha hududlarda katta iqtisodiy va ekologik zararlarni keltirib chiqarmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan "Harakatlar strategiyasi" yurtimiz qishloq xo'jaligi sohasini hamda undagi tarkibiy o'zgarishlami mantiqan yangi bosqichga olib chiqdi [1].

Jahonda fan texnika taraqqiyotining jadal rivojlanishi munosabati bilan, tabiiy zahiralardan xo'jalik maqsadida tobora ko'proq foydalanishi oqibatida, yer qa'ri bo'shab, karerlar hosil bo'lishi, o'rmonlarning kesilishi, qishloq xo'jalik ekinlaridan ko'proq hosil olish maqsadida, suvdan pala partish foydalanishi, ekin dalalarida og'ir texnikalarning behisob kiritilishi bilan tuproq donadorligining buzilishi kuzatilmoqda [3].

Xalqaro FAO tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra, "bugungi kunda dunyo tuproq qoplamining uchdan bir qismi turli darajada degradatsiyaga uchragan bo'lib, dunyo bo'yicha har minutda 10 gektar tuproq degradatsiyaga uchramoqda, 23 gektar yerda sahrolanish kuzatilmoqda"'.1

Tadqiqot uslubiyati. Tadqiqotlar tuproqshunoslikda umumqabul qilingan uslublar [1, 2, 3, 4, 5, 6] asosida bajarilgan.

Olib borilgan tajribalarda agrotexnik tadbir sifatida - makkajo'xorini himoyalovchi ekin sifatida ekilgan. Makkajo'xori ekishning deflyasiyaga qarshi chidamliligini oshiruvchi vosita sifatida, samaradorligini aniqlash maqsadida, quyidagi 4 ta variantda dala tajribasi qo'yilgan (g'o'za misolida).

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, tadqiqot ob'ekti sharoitida 2003-2006 yillarda Mirzacho'l vohasini qamrab olgan tumanlardan "Guliston" shirkat xo'jaligi (Sayxunobod tumani)dan kalit maydonlari tanlab olingan. "Guliston" shirkat xo'jaligi (Sayxunobod tumani) tuproqlarining deflyatsiyaga xavfliligi karta-sxemasi

1/7 Tuproq ayirmalari va ularning Masshtalrabi 5 000

2008 yil

Kesma joylashgan nuqta

1https://fao.org

Kuchli 133

Tekshirilmagan maydon 22

Tajriba dalasi tuproqlarining tasnifi: Sirdaryoda olib borilgan dala tajribasi ma'lumotlari, tuproqlarning morfologik belgilari va tiplarini aniqlashda, tuproq xossalariga tavsif berishda, shuningdek deflyatsiyaga xavflilik darajalarini aniqlashda muhim diagnostik ahamiyatga ega. O'tkazilgan tadqiqotlar asosida, Sirdaryo hududini kuchsiz, o'rta va kuchli deflyatsiya xavfi bor yerlarga ajratildi. Shu sababli, deflyatsiya xavfi kuchli yerlarni shamol eroziyasi jarayonlaridan himoyalash chora-tadbirlarini ishlab chiqish maqsadida dala tajribalari o'tkazildi. Dala tajribalari yangidan sug'oriladigan yengil mexanik tuproqlarda olib borildi.

Jizzax viloyati Mirzacho'l tekisligi hududlari sug'oriladigan yer maydonining 30% dan ortig'i, Sirdaryo viloyati sug'oriladigan yer maydonining 31,5% ini yengil mexanik tarkibli qumoqlar tashkil etadi. Mirzacho'lning umumiy sug'oriladigan yer maydoni taxminan-530428 gektar bo'lib, shundan 31,2% yer maydoni yengil mexanik tarkiblidir, V.E. Sektimenko, A.J. Ismanov [95].

Tadqiqot natijalari va ularning tahlili. Tuproqning morfologik ko'rsatkichlariga, deflyatsiya jarayonlarga va ularga qarshi o'tkaziladigan chora-tadbirlarning ta'sirini o'rganishda, har qaysi kesmaning gumusli qatlam qalinligi, donodorligi va tuproqning mexanik tarkibiga alohida ahamiyat berildi. Shu o'rinda dala tajriba maydonidan ikkinchi marotaba olingan tuproq kesmasi morfologik yozilmalaridan namunalar keltiramiz.

2 - Kesma M.I. Umarov (25.10.2004 y.). Deflyatsiyaga o'rtacha uchragan, yangidan sug'oriladigan yengil qumoqli, o'rtacha sho'rlangan, bo'z-o'tloqi tuproq. Paxta dalasi, katta yo'ldan 600 m shimolda.

0-30 sm Kul rang, qatlamni yuqori qismi bir oz quruq, quyiga tomon namli, yengil qumoqli, mayda donador, o'rtacha zichlashgan, tuz dog'lari sochilgan va tomirlashgan holda tarqalgan, mayda ildizlar uchraydi, keyingi qatlamga o'tish rangi bo'yicha. 30-57 sm Och kulrang, o'rtacha nam, yengil qumoqli, changsimon mayda, juda zich, ildizchalar va tuzli nuqtalar uchraydi. Keyingi qatlamga o'tish asta-sekinlik bilan. 57-104 sm Och kulrang, nam, yengil qumoqli, mayda donador, zichlashmagan, ildizlar va hasharot izlari hamda chirigan ildizlar ham uchraydi, keyingi qatlamga o'tish mexanik tarkibi bo'yicha. 104-129 sm Kul rang, nam, og'ir qumoqli, qatlamli kesaksimon, o'ta zichlashgan, ildizlar kamroq uchraydi, mayda hashorat inlari mavjud, keyingi qatlamga o'tish rangi bo'yicha.

129-145 sm Och kulrang va to'q kulrang dog'lardan iborat, karbonatlarning yangi yaralmalari va gips zarrachalari paydo bo'lgan, nam, og'ir qumoqli, kesaksimon, zichlashgan, zang dog'lari uchraydi, keyingi qatlamga o'tish rangi va mexanik tarkibi bo'yicha.

Amaliy tadqiqotlarga ko'ra, bug'doy yoki javdari ostida beda changni juda yaxshi ushlab qoladi va tuproqni deflyasiyadan himoya qiladi. Paxta ekish vaqtida (aprel oyining boshida) beda va bug'doyning balandligi 40-50 sm ga, may oyida esa 90-100 sm ga etadi. Ekilgan beda tuproqni shamol eroziyasidan himoya qilib, deflyasiyalangan tuproqlar unumdorligini oshiradi. Tuproq himoya qiluvchilardan bedani eroziyaga qarshi kurash sifatida qo'llash bilan bir vaqtning o'zida paxta-beda almashlab ekish sifatida o'rganildi va joriy qilindi.

Xulosa, taklif va tavsiyalar.

1. Himoyalovchi ekinlarni hosil qilish uchun kulisli ekinlardan kuzgi bug'doy, jo'xori, makkajo'xori(60 kunlik), sudan o'tlari va boshqa tez o'suvchi ekinlardan foydalanish mumkin. Bunda, himoyalovchi ekinlar orasidagi masofa 15-25 m, ularning eni esa, 2-2,5 m dan oshmasligi kerak.

2. Qishki bug'doy va javdarini ekish kuzda amalga oshiriladi va qatorlar oralig'i yumshatgich moslamasida 7-9 sm chuqurlikda oldindan yumshatiladi. Bug'doyni vegetatsiya davrini oxirigacha 2-3 marta sug'orish lozim, bahorda uni o'sishini tezlashtirish uchun gektariga 100 kg/ga sof azot hisobida mineral o'g'it solish tavsiya etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-2021 yillarda "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar Strategiyasi".

2. Елюбаев С.М. Научные основы выявления и оценки эрозионноопасных земел орошаемой зоны республики Узбекистан и пути повышения их производителной способности // Aвтореф. дис... док. с.-х. наук. - Т., 1994. - 44 с.

3. Качинский H.A. Физика почв. - М., ч.И. 1965.- 318 с.

4. Maxsudov X.M. Sug'oriladigan bo'z tuproqlar muhofazasining ayrim jihatlari // Konferen^ya materiallari. 1-qism. - Samarqand, 2002. - B. 98.

5. Maxsudov X.M., Adilov A.A. Eroziyashunoslik. - Toshkent, 1998. - 3-21b.

6. Мирзажонов К. Научные основы борбы с ветровой эрозией на орошаемых землях Узбекистана / Монография. - Ташкент, Изд-во «Фан», 1981. - 213 с.

7. Mirzajonov Q.M. Paxta dalalarida shamol eroziyasi / SoyuzNIXI ilmiy ishlari. -Tashkent, 1970. - №16. - B. 17-22.

8. Низамов C.A., Umarov M.I. Влияние на окружающую среду остатков топлива и дымов, используемых тепловыми электростанциями при выработке тепловой энергии. -International Multidisciplinary Research in Academic Science (IMRAS)., https://zenodo.org/records/10892000 Volume. 7, Issue 03, March (2024).

9. Nizamov S.A, Ris^va X.T, Umarov M.I, Kuziеv J.M, Mirsodikov MM. "Effеct of cadmium on agro^m^! and еш^^! status of irrigatеd soils" E3S Wеb of Conf. Volumе 389, 2023 Ural Environmеntal Sciеncе Forum "Sustainab^ Dеvеlopmеnt of Industrial Rеgion" (UESF-2023).

10. Nizamov S.A, Umarov M.I, Kuziеv J.M "Важность совмещения полос в предотвращении ветровой эрозии" Вестник аграрной науки Узбекистана // Научнопрактический журнал, Ташкент-2023, Спецвыпуск. №3(9/2) 2023

11. Руководство к проведению химических и агрофизических анализов почв при мониторинге земел / Под. ред. A.Ж.Баирова, М.М.Ташкузиева, и др. - Ташкент: «ГосНИИПЛ», 2004. - 260 с.

12. Sektimenko V.E., Ismonov A.J. Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining tuproqlari / Jamoa monografiyasi. - Toshkent: «FAN», 2005. - 6-20 b.

13. Umarov M.I. Mirzacho'l hududidagi deflyasiya jarayonlarini oldini olish yo'llari // Avtoref. diss. q.x.f.n. - T.: 2009. 6-8 b.

14. Umarov M.I. Mirzacho'l hududidagi deflyasiya jarayonlarini oldini olish yo'llari" Monografiya - Toshkent.: "Fan Ziyosi" nashriyoti, 2021 yil, 85-88 b.

15. Umarov M.I. , Inomov B.N. Deflyasiyaga uchragan tuproqlarning morfogenetik xususiyatlari. O'zbekiston zamini // Ilmiy amaliy va innovatsion jurnal, Toshkent-2022-yil, 4-son.

16. Umarov M.I. Inomov B.N. (2022). Morphogenetic characteristics of deflated soils. Uzbekistan the ground Scientific practical and innovative journal 4 pp.4-14

17. Хакбердиев О.Е. Выявление и оценка эрозионной опасности орошаемых земель. - Ташкент, 2002. - С. 95-97.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.