Научная статья на тему 'TUPROQLARNING OZIQA ELEMENTLARI BILAN TA’MINLANGANLIGI VA TOKSIK ELEMENTLAR BILAN IFLOSLANISH DARAJASI (TOSHKENT VILOYATI MISOLIDA)'

TUPROQLARNING OZIQA ELEMENTLARI BILAN TA’MINLANGANLIGI VA TOKSIK ELEMENTLAR BILAN IFLOSLANISH DARAJASI (TOSHKENT VILOYATI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
123
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi / o‘tloqi tuproqlar / toksik elementlar / atrof-muhitni muhofaza qilish / oziqa zanjiri / gumus / oziqa moddalar / ekologik tanglik.

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Sobirjon Aloyevich Nizamov, Umarov Muhammad Ismatullaevich, Gulomjonov Doniyor Akmal Ogli, Eshtemirov Behroz Hakim Ogli

Ushbu maqolada, dolzarb muammo ya’ni atrof-muhit ifloslanishi, jamiyatning taraqqiyoti hozirgi kunga kelib global muammolarni vujudga kelishi bilan xarakterlidir. Ekologik tanglikni bartaraf etish, ifloslanishning oldini olish uchun yangi ekologik toza energiya turlarini topish, issiqlik ishlab-chiqarishning qoldiqlarini qayta ishlatish, suv manbalarini, tuproqni va atrof-muhitni saqlash yo‘llarini ishlab chiqish hamda ifloslanishni bosqichma-bosqich oldini olish bo‘yicha jumladan, “Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishlari profilaktikasi, ularni aniqlash va oldini olishning samarali mexanizmlarini joriy etish va bu borada Toshkent viloyatining sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi va o‘tloqi tuproqlarining agrokimyoviy holati hamda ularda toksik elementlarning to‘planishi va ruxsat etilgan me’yorlardan ortib borishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TUPROQLARNING OZIQA ELEMENTLARI BILAN TA’MINLANGANLIGI VA TOKSIK ELEMENTLAR BILAN IFLOSLANISH DARAJASI (TOSHKENT VILOYATI MISOLIDA)»

TUPROQLARNING OZIQA ELEMENTLARI BILAN TA'MINLANGANLIGI VA TOKSIK ELEMENTLAR BILAN IFLOSLANISH DARAJASI (TOSHKENT VILOYATI MISOLIDA) 1Sobirjon A'loyevich Nizamov, 2Umarov Muhammad Ismatullaevich, 3Gulomjonov Doniyor Akmal o'g'li, 4Eshtemirov Behro'z Hakim o'g'li ^.xlfd^RhD), k.i.x., Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti 2Toshkent davlat agrar universiteti, q.x.fn, dotsent 3Toshkent davlat agrar universiteti, doktorant 4Toshkent davlat agrar universiteti, talaba https://doi.org/10.5281/zenodo. 8372808

Annotasiya. Ushbu maqolada, dolzarb muammo ya'ni atrof-muhit ifloslanishi, jamiyatning taraqqiyoti hozirgi kunga kelib global muammolarni vujudga kelishi bilan xarakterlidir. Ekologik tanglikni bartaraf etish, floslanishning oldini olish uchun yangi ekologik toza energiya turlarini topish, issiqlik ishlab-chiqarishning qoldiqlarini qayta ishlatish, suv manbalarini, tuproqni va atrof-muhitni saqlash yo'llarini ishlab chiqish hamda ifloslanishni bosqichma-bosqich oldini olish bo'yicha jumladan, "Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlarini belgilash, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishlari profilaktikasi, ularni aniqlash va oldini olishning samarali mexanizmlarini joriy etish va bu borada Toshkent viloyatining sug'oriladigan bo'z-o'tloqi va o'tloqi tuproqlarining agrokimyoviy holati hamda ularda toksik elementlarning to'planishi va ruxsat etilgan me 'yorlardan ortib borishi to'g'risidagi ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: sug'oriladigan bo'z-o'tloqi, o'tloqi tuproqlar, toksik elementlar, atrof-muhitni muhofaza qilish, oziqa zanjiri, gumus, oziqa moddalar, ekologik tanglik.

Abstract. In this article, the current problem, namely environmental pollution, is characterized by the fact that the development of society has become a global problem. In order to eliminate environmental stress, search for new types of clean energy to prevent pollution, reuse thermal waste, develop ways to preserve water sources, soil and the environment, gradually prevent pollution, including: "Defining priorities for state policy in the field of environmental protection environment, prevention of violations of legislation in the field of nature conservation, introduction of effective mechanisms for their detection and prevention, and in this regard, irrigated gray meadow and meadow of the Tashkent region, information on the agrochemical state of the soil, accumulation of toxic elements in them and increasing the permitted standards.

Keywords: irrigated pastures, grassland soils, toxic elements, environmental protection, food chain, humus, nutrients, environmental stress.

Аннотаци. В данной статье актуальная проблема, а именно загрязнение окружающей среды, характеризуется тем, что развитие общества превратилось в глобальную проблему. В целях устранения экологического стресса, поиска новых видов экологически чистой энергии для предотвращения загрязнения, повторного использования отходов теплопроизводства, разработки способов сохранения водных источников, почвы и окружающей среды, постепенного предотвращения загрязнения, в том числе: «Определение приоритетов государственной политики в области области охраны окружающей среды, предупреждение нарушений законодательства в области охраны природы, внедрение эффективных механизмов их обнаружения и предотвращения, и в

1933

связи с этим орошаемый сероземно-луговые, луговые почвы Ташкентской области информatsiя об агрохимическом состоянии почвы накопление в них токсичных элементов и повышение разрешенных норм.

Ключевые слова: орошаемые пастбища, лугопастбищные почвы, токсичные элементы, охрана окружающей среды, пищевая цепь, гумус, питательные вещества, экологический стресс.

Kirish. Jahon miqyosida yuz bergan jarayonlar tahlili shuni ko'rsatadiki, hozirgi vaqtda insoniyat uchun nihoyatda o'tkir va dolzarb bo'lib turgan, jumladan iqlim o'zgarishlari, ozon qatlamining emirilishi, cho'llashish va erning degradsiyasi, bioxilma-xilliklarning qisqarishi, ichimlik suvining ifloslanishi va etishmasligi, aholi sonining ortib borishi, ortiqcha hajmdagi chiqindilarning hosil bo'lishi va ularni zararsizlantirish muammolari, o'rmon va tuproq inqirozi kabi global ekologik muammolar qarshisida turibdiki, bugungi tabiat muvozanatidagi o'zgaruvchan ahvol dunyo jamoatchiligidan jiddiy bosh qotirishi talab qilmoqda. Hozirda ekologik siyosat borasida olib borilayotgan ishlarning samarali, ko'p jihatdan, fuqarolar ekologik ongi va madaniyatini rivojlanishiga bog'liq. Insoniyat ijtimoiy iqtisodiy, ma'naviy-madaniy hayot taraqqiyotining mezonlari tizimida ekologik ong va ekologik madaniyat ustuvorlashuvi qonuniyat maqomiga ega bo'lishi lozim.

Respublikamizda ham mustaqillikning dastlabki yillaridanoq milliy ekologik qonunchilik negizlari asosida inson va millat manfaatlari yaqqol ustuvorlik qildi.

Yer osti qazilma boyliklarimiz turli foydali minerallarga boy bo'lib, ular energiya, metallurgiya, kimyo, qurilish sanoatlarining rivojlanishiga xom-ashyo beradigan asosiy manba hisoblanadi. Yer osti qazilma tabiiy boyliklar tiklanmaydigan zahiralar bo'lib, ular har bir davlatning milliy boyligi hisoblanadi.

Yurtimizda ham xilma-xil qazilmi boyliklar mavjud, ularga oltin, neft, gaz, platina, uran, temir, alyumin, volfram, mis, nikel, qo'rg'oshin, rux, ko'mir kabilar kiradi. Keltirilgan va boshqa mineral xom-ashyolar respublika sanoatining rivojlanishida katta ahamiyatga egadir.

O'zbekiston Republikasini Prezidentining 30.10.2019-yildagi "2030 yilgacha bo'lgan davrda O'zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5863-son Farmonida "Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlarini belgilash, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishlari proflaktikasi, ularni aniqlash va oldini olishning samarali mexanizmlarini joriy etish, respublika aholi punktlarining sanitariya va ekologik holati uchun davlat organlari, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar rahbarlari va fuqarolarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish, shuningdek, 2030 yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalarga erishishni ta'minlash maqsadi"

[1] bo'yicha vazifalar belgilab berilgan.

Tadqiqot usullari. Tadqiqotlar dala va laboratoriya sharoitida olib borildi. Bunda, "Методы агрохимических анализов почв и растений», «Методы агрофизических исследований" uslubiy qo'llanmalar asosida olib borildi. Tuproq tarkibidagi gumus - И.В.Тюрин usulida, umumiy azot - Келдал usulida, umumiy fosfor va kaliy - Е.М.Щеглова ва В.В.Вулфиус usulida, tuproq tarkibidagi harakatchan fosfor va kaliy - 1 foizli ugleammoniy tuzi eritmasida Б.П.Мачигин ва П.В.Протасов usuli bo'yicha, og'ir metallar atom-absorbsion usul bilan aniqlangan.

1934

Tadqiqot natijalari. Toshkent viloyatida tarqalgan sug'oriladigan bo'z-o'tloqi va o'tloqi tuproqlarni mexanik tarkibi o'rganilganda, "Xalqobod" massivida tarqalgan sug'oriladigan bo'z-o'tloqi tuproqning haydov va haydov osti qatlamlari o'rta qumoqli, quyi qatlamlari esa engil qumoqli va qumloqli tuproqlardan iborat ekanligi aniqlandi. A.Navoiy nomli massivda tarqalgan sug'oriladigan o'tloqi tuproqlarni haydov qatlami o'rta qumoqli, haydov osti va keyingi qatlamlar og'ir qumoqli, quyi qatlamlari esa o'rta qumoqli tuproqlarlardan iborat ekanligi aniqlandi.

"Halqaobod" massivda tarqalgan tuproqlardan olingan tuproq namunasining kimyoviy tahlil ma'lumotlariga ko'ra, haydalma qatlamida gumus miqdori 1,042% ni tashkil qiladi va keyingi qatlamlarga asta-sekin kamayib boradi va eng quyi qatlamda uning miqdori 0,792 foizni tashkil qildi va gumus bilan o'rtacha (0,81-1,20%) ta'minlangan (1-jadval). Umumiy azot miqdori ham gumusga muttanosib ravishda qayd qilindi ya'ni haydov qatlamida 0,087%, eng quyi qatlamda 0,071% ni tashkil etdi. Haydalma qatlamida umumiy fosfor miqdori 0,35% bo'lib, keyingi qatlamlar tomon kamayib boradi. Umumiy kaliy miqdori esa haydov qatlamida 1,284% ni tashkil etib, keyingi qatlamlar tomon kamayib boradi.

1-jadval

Sug'oriladigan bo'z-o'tloqi tuproqni agrokimyoviy ko'rsatkichlari

Kesma № Chuqurligi, sm Gumus, % Umumiy, % Harakatchan, mg/kg

azot fosfor kaliy P2O5 K2O

28 0-27 1,042 0,087 0,35 1,284 8,64 163

27-45 1,102 0,085 0,26 1,320 7,68 108

45-80 1,097 0,081 0,27 1,236 5,44 93

80-105 0,969 0,079 0,24 1,416 5,76 96

105-150 0,792 0,071 0,22 1,368 5,44 103

Sug'oriladigan bo'z-o'tloqi tuproqlar harakatchan fosfor bilan juda kam, alamashinuvchi kaliy bilan esa kam darajada ta'minlangan guruhlarga mansub ekanligi qayd qilindi. Bu esa qishloq xo'jaligi ekinlariga mineral o'g'itlarni tabaqalab qo'llashni talab etadi (1 -jadval).

Ushbu massivda tarqalgan sug'oriladigan o'tloqi tuproqning haydov qatlamida gumus miqdori 1,319%, quyi qatlamlarida uning miqdori

0,985 foizgacha kuzatildi. Mazkur kesmadan ko'rinib turibdiki, ushbu tuproqlar ishlab chiqarishda belgilangan gradatsiya bo'yicha gumus bilan ko'p (1,21-1,60%) va o'rtacha (0,81-1,20%) ta'minlangan guruhlarga mansub.

Ta'riflanayotgan sug'oriladigan o'tloqi tuproqlarning haydov qatlamida umumiy azot 0,095% bo'lib, quy qatlamlar tomon kamayib boradi va eng quyi qatlamda uning miqdori 0,073 gacha qayd qilindi.

Umumiy fosfor haydov qatlamida 0,42% bo'lib, haydov osti qatlamlarda 0,41% ni tashkil etadi va pastka qatlamlar tomon kamayib boradi. Umumiy kaliy miqdori esa haydov qatlamida 1,656% ni tashkil etib, keyingi qatlamlar tomon kamayib borishi aniqlangan (2-jadval).

2-jadval

Sug'oriladigan o'tloqi tuproqlarning agrokimyoviy ko'rsatkichlari

Kesma № Chuqurligi, sm Gumus, % Umumiy, % Harakatchan, mg/kg

azot fosfor kaliy P2O5 K2O

28 0-27 1,319 0,095 0,42 1,656 21,12 309

27-45 1,129 0,092 0,41 1,681 17,92 148

1935

45-80 1,113 0,087 0,29 1,262 7,20 117

80-105 1,161 0,078 0,21 1,320 4,8 81

105-150 0,985 0,073 0,2 1,248 6,4 84

Ta'riflanayotgan sug'oriladigan o'tloqi tuproqlar harakatchan fosfor bilan haydov va haydov osti qatlamlarida kam, keyingi qatlamlarda juda kam ta'minlangan guruhlarga mansub. Almashinuvchi kaliy bilan esa haydov qatlamida o'rtacha, keyingi qatlamlarda kam, quyi qatlamlarda esa juda kam ta'minlangan guruhlarga mansub ekanligi qayd qilindi. Mazkur tuproqlar tarkibida umumiy va harakatchan shakldagi azot, fosfor va kaliy moddalari miqdori yuqorida ta'riflangan sug'oriladigan bo'z-o'tloqi tuproqlarga nisbatan yuqori ekanligi kuzatildi.

Toshkent viloyati Yangiyo'l tumanidagi "Xalqobod" va A.Navoiy nomli massivlarida tarqalgan sug'oriladigan tuproqlar tarkibidagi toksik elementlar miqdori aniqlanganda, "Xalqobod" massivida har-xil ekin turlari ekilgan maydonlardan tuproq namunalari olingan bo'lib, sabzavot ekilgan maydondagi tuproqlarni haydov qatlamida marganes elementi 1236 mg/kg ni, g'alla ekilgan maydondan olingan tuproq namunalarda 680 mg/kg ni, gilos ekilgan maydondan olingan tuproq namunasida 730 mg/kg ni, sabzavot ekilgan maydonda 640 mg/kg ni, makkajoxori ekilgan maydonda 740 mg/kg ni, olma ekilgan maydondan olingan tuproq namunasida 700 mg/kg va beda ekilgan maydondan olingan tuproq namunasida 750 mg/kg ekanligi aniqlandi. A.Navoiy nomli massivida ham har-xil ekin turlari ekilgan maydonlardan tuproq namunalari olingan bo'lib, sabzavot ekilgan maydondan olingan tuproqlarning xaydov qatlamida marganes elementi 749 mg/kg ni, olma ekilgan maydondan olingan tuproq namunasida 710 mg/kg ni, sabzi ekilgan maydonda 700 mg/kg ni, bug'doy ekilgan maydonda 680 mg/kg ni, ko'p yillik (bog') daraxt ekilgan maydonda 710 mg/kg ekanligi aniqlandi.

"Xalqobod" massivida sabzavot ekilgan maydondagi tuproqlarni haydov qatlamida kobalt elementi 13,4 mg/kg ni, g'alla ekilgan maydondan olingan tuproq namunalarda 12,0 mg/kg ni, gilos ekilgan maydonda 12,0 mg/kg ni, sabzavot ekilgan maydonda 11,0 mg/kg ni, makkajoxori ekilgan maydonda 12,0 mg/kg ni, olma ekilgan maydondan olingan tuproq namunasida 12,0 mg/kg va beda ekilgan maydonda 12,0 mg/kg ekanligi aniqlandi. A.Navoiy nomli massivda sabzavot ekilgan maydondan olingan tuproqlarning haydov qatlamida kobalt elementi 12,7 mg/kg ni tashkil etib, olma ekilgan maydondan olingan tuproq namunasida 13,0 mg/kg ni, sabzi ekilgan maydonda 12,0 mg/kg ni, bug'doy ekilgan maydonda 12,0 mg/kg ni, ko'p yillik (bog') daraxt ekilgan maydonda 13,0 mg/kg ekanligi aniqlandi.

"Xalqobod" massivida sabzavot ekilgan maydondagi tuproqlarni haydov qatlamida bor elementi 25,8 mg/kg ni tashkil etib, g'alla ekilgan maydondan olingan tuproq namunalarda 19,0 mg/kg ni, gilos ekilgan maydonda 21,0 mg/kg ni, sabzavot ekilgan maydonda 26,0 mg/kg ni, makkajoxori ekilgan maydondan olingan tuproq namunasida 23,0 mg/kg ni, olma ekilgan maydonda 23,0 mg/kg va beda ekilgan maydondan olingan tuproq namunasida 18,0 mg/kg ekanligi aniqlandi. A.Navoiy nomli massivida sabzavot ekilgan maydondagi tuproqlarni haydov qatlamida bor elementi 26,7 mg/kg ni tashkil etib, sabzavot ekilgan maydondan olingan tuproq namunalarda 21,0 mg/kg ni, olma ekilgan maydonda 18,0 mg/kg ni, sabzi ekilgan maydonda 23,0 mg/kg ni, bug'doy ekilgan maydondan olingan tuproq namunasida 17,0 mg/kg ni, ko'p yillik (bog') daraxt ekilgan maydondan olingan tuproq namunasida 18,0 mg/kg ekanligi aniqlandi.

Xulosa qilib aytganda, Toshkent viloyati, Yangiyo'l tumani "Xalqobod" va A.Navoiy nomli massivlarda tarqalgan tuproqlar oziqa elementlari bilan turli darajada ta'minlangan. Toksik elementlar bilan ifoslanish darajasiga ko'ra marganes elementi ruxsat etilgan miqdordan oshmagan. Bor elementi sabzavot ekilgan maydonlarda ruxsat etilgan miqdordan biroz oshganligi

1936

aniqlandi. Kobalt elementi ruxsat etilgan miqdordan ikki barobardan ham yuqori ko'rsatkichlarda aniqlandi. Ushbu ko'rsatkichlar antropogen ta'sir natijasida atrof-muhitning toksik elementlar bilan jadal suratlarda ifloslanishidan dalolat beradi.

Tabiatni turli chiqindi va toksikantlar bilan ifloslanishini kamaytirish uchun quyosh energiyasi, shamol energiyasi va biomassadan olinadigan energiyalardan samarali foydalanishning bugungi kunda ekologik ahamiyati juda ham kattadir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.10.2019 yildagi PF-5863-son «2030 yilgacha bo'lgan davrda O'zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi Farmoni.

2. Iskandarova G.T., Sherqo'zieva G.F., Akramov D.A., Yusupxo'jaeva A.M. Kommunal gigiena fani bo'yicha O'quv-uslubiy majmua // 5510300 - tibbiy proflaktika ishi // Toshkent 2017, 182 b.

3. Otaboev Sh., Hidoyatova Z. Ekologiya, gigiena va sihat-salomatlik // Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti // O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi «FAN» nashriyoti. Toshkent 2007, 182 b.

4. Rahimov O.D., Siddiqov I.X., Murodov M.O. Hayot faoliyat xavfsizligi. Ekologiya. // Oliy ta'lim bakalavriat yo'nalishlari uchun darslik // Toshkent 2017, 18 b.

5. S.A.Nizamov, X.T. Risqieva, M.M. Mirsodiqov. Nishon tumani sug'oriladigan tuproqlarining ekologik holatiga qo'rg'oshin elementining ta'siri // Xorazm ma'mun akademiyasi axborotnomasi. Xiva, 2022, - №5/1. - B. 80-83.

6. S.A.Nizamov, X.T. Risqieva, J.M. Qo'ziev, M.M. Mirsodiqov. Qo'ng'irot tumani sug'oriladigan tuproqlarida og'ir metallarning to'planishi // Science and innovation international scientific journal volume 1 issue 8 uif-2022: 8.2 | issn: 2181-3337 // B. 625-629.

7. Nizamov S.A., Risqieva X.T., Umarov M.I., Qo'ziev J.M., Mirsodiqov M.M., Eshtemirov B.H., Abduxalilova F.G'. Yangiyo'l tumani sug'oriladigan tuproqlarining agrokimyoviy va ekologik holati // Узбекистан аграр фани хабарномаси 3(9/2) 2023 // B. 625-629.

1937

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.