Научная статья на тему 'TOSHKENT VILOYATI SUG‘ORILADIGAN BO‘Z-O‘TLOQI VA O‘TLOQI TUPROQLARINING AGROKIMYOVIY-EKOLOGIK HOLATI (YANGIYO‘L TUMANI MISOLIDA)'

TOSHKENT VILOYATI SUG‘ORILADIGAN BO‘Z-O‘TLOQI VA O‘TLOQI TUPROQLARINING AGROKIMYOVIY-EKOLOGIK HOLATI (YANGIYO‘L TUMANI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
42
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi / o‘tloqi tuproqlar / toksik elementlar / atrof-muhitni muhofaza qilish / oziqa zanjiri / gumus / oziqa moddalar.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sobirjon Aloyevich Nizamov, Umarov Muhammad Ismatullaevich, Gulomjonov Doniyor Akmal Ogli, Gaybulloyeva Aziza Shavkat Qizi

. Mazkur maqolada, ayni kunning eng dolzarb muammosiga aylangan atrof-muhitning ifloslanayotganligi, insoniyat jamiyatining taraqqiyoti hozirgi kunga kelib, bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan va hal etilishi jihatdan ham dolzarb bo‘lgan global muammolarni vujudga kelishi bilan xarakterlidir. Ifloslanishning oldini olish uchun yangi ekologik toza energiya turlarini topish bilan bir qatorda, issiqlik ishlab-chiqarishning qoldiqlarini qayta ishlatish, suv manbalarini, tuproqni va atrof-muhitni saqlash yo‘llarini ishlab chiqish hamda ifloslanishni bosqichma-bosqich oldini olish bo‘yicha jumladan, “Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishlari profilaktikasi, ularni aniqlash va oldini olishning samarali mexanizmlarini joriy etish va bu borada Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanining sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi va o‘tloqi tuproqlarining agrokimyoviy holati hamda ularda toksik elementlarning to‘planishi va ruxsat etilgan me’yorlardan ortib borishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TOSHKENT VILOYATI SUG‘ORILADIGAN BO‘Z-O‘TLOQI VA O‘TLOQI TUPROQLARINING AGROKIMYOVIY-EKOLOGIK HOLATI (YANGIYO‘L TUMANI MISOLIDA)»

TOSHKENT VILOYATI SUG'ORILADIGAN BO'Z-O'TLOQI VA O'TLOQI TUPROQLARINING AGROKIMYOVIY-EKOLOGIK HOLATI (YANGIYO'L TUMANI MISOLIDA) 1Sobirjon A'loyevich Nizamov, 2Umarov Muhammad Ismatullaevich, 3Gulomjonov Doniyor Akmal o'g'li, 4G'aybulloyeva Aziza Shavkat qizi ^.xlfd^RhD), k.i.x., Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti 2Toshkent davlat agrar universiteti, q.x.fn, dotsent 3Toshkent davlat agrar universiteti, doktorant 4Toshkent davlat agrar universiteti, talaba https://doi.org/10.5281/zenodo. 8372801

Annotasiya. Mazkur maqolada, ayni kunning eng dolzarb muammosiga aylangan atrof-muhitning ifloslanayotganligi, insoniyat jamiyatining taraqqiyoti hozirgi kunga kelib, bir-biri bilan bog'liq bo'lgan va hal etilishi jihatdan ham dolzarb bo'lgan global muammolarni vujudga kelishi bilan xarakterlidir. Ifloslanishning oldini olish uchun yangi ekologik toza energiya turlarini topish bilan bir qatorda, issiqlik ishlab-chiqarishning qoldiqlarini qayta ishlatish, suv manbalarini, tuproqni va atrof-muhitni saqlash yo'llarini ishlab chiqish hamda ifloslanishni bosqichma-bosqich oldini olish bo'yicha jumladan, "Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlarini belgilash, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishlari profilaktikasi, ularni aniqlash va oldini olishning samarali mexanizmlarini joriy etish va bu borada Toshkent viloyati Yangiyo'l tumanining sug'oriladigan bo'z-o'tloqi va o'tloqi tuproqlarining agrokimyoviy holati hamda ularda toksik elementlarning to'planishi va ruxsat etilgan me 'yorlardan ortib borishi to'g'risidagi ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: sug'oriladigan bo'z-o'tloqi, o'tloqi tuproqlar, toksik elementlar, atrof-muhitni muhofaza qilish, oziqa zanjiri, gumus, oziqa moddalar.

Abstract. In this state, environmental pollution, which represents the most pressing problem of our time, is characterized by the emergence of global problems associated with drugs and at the same time relevant from the point of view of ix solutions. After searching for a new environmentally friendly form of energy to prevent pollution, reuse heat pipes, develop methods for conserving water sources, soil and the environment, and preventing pollution and the overall issue of " Ecological environment - a priority for public policy and environmental protection" y, warning violations of legislation and the field of nature conservation, the introduction of effective mechanisms, development and prevention, as well as information about the agrochemical state of the soil, the accumulation of toxic elements and an increase in permissible standards.

Keywords: irrigated gray-meadow, meadow soils, toxic elements, trophic chain, humus, nutrients.

Аннотация. В данной статье загрязнение окружающей среды, ставшее самой актуальной проблемой современности, характеризуется возникновением глобальных проблем, связанных друг с другом и одновременно актуальных с точки зрения их решения. Помимо поиска новых экологически чистых форм энергии для предотвращения загрязнения, повторного использования отходов производства тепла, разработки способов сохранения водных источников, почвы и окружающей среды, а также поэтапного предотвращения загрязнения, в том числе «Окружающая среда - определить приоритеты государственная политика в области охраны окружающей среды,

1928

предотвращение нарушений законодательства в области охраны природы, внедрение эффективных механизмов их выявления и предотвращения, в связи с этим орошаемый серый луг и o Информatsiя об агрохимическом состоянии лугов почв и накопления в них токсичных элементов и повышение допустимых норм.

Ключевые слова: орошаемые сероземно-луговые, луговые почвы, токсичные элементы, трофическая цеп, гумус, питателные элементы.

Kirish. Insoniyat jamiyatining taraqqiyoti hozirgi kunga kelib, bir-biri bilan bog'liq bo'lgan va hal etilishi jihatdan ham dolzarb bo'lgan global muammolarni vujudga kelishi bilan xarakterlidir.

Hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biri bu ekologik muammolar bo'lib, u nafaqat bir mintaqa, balki butun insoniyat, hayvonot, nabodot olamiga xavf solmoqda.

Bu muammolarning yechimi barcha davlatlarning moddiy, texnik, texnologik, intellektual imkoniyatlarini birlashtirishdan tashqari, bu jarayonda inson omili rolini rivojlantirishni taqozo etmoqda. Shuni ta'kidlash joizki, hozirda ekologik siyosat borasida olib borilayotgan ishlarning samarali, ko'p jihatdan, fuqarolar ekologik ongi va madaniyatini rivojlanishiga bog'liq. Shunday ekan, insoniyat ijtimoiy iqtisodiy, ma'naviy-madaniy hayot taraqqiyotining mezonlari tizimida ekologik ong va ekologik madaniyat ustivorlashuvi qonuniyat maqomiga ega bo'lishi shart. Shundagina ekologik ong va madaniyat asosida insonlar tabiiy atrof-muhit muhofazasi bilan bog'liq vazifalarni o'rganish, ularni hal etish va bajarish muammolar yechimini topishga urinadilar.

Bugungi kunda yurtimizda issiqlik elektr stansiyalari tomonidan issiqlik energiyasini ishlab chiqishda foydalanayotgan yonilg'i (ko'mir, gaz, neft mahsulotlari) qoldiqlari va tutunlari orqali atrof-muhitni ifloslamoqda. Bu ifloslanishni oldini olish uchun yangi ekologik toza energiya turlarini topish bilan bir qatorda, issiqlik ishlab-chiqarishning qoldiqlarini qayta ishlatish, suv manbalarini, tuproqni va atrof-muhitni saqlash yo'llarini ishlab chiqish hamda ifloslanishini oldini olish bugungi kunning dolzarb muammosiga aylanib bormoqda.

O'zbekiston Republikasi Prezidentining 30.10.2019-yildagi "2030 yilgacha bo'lgan davrda O'zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5863-son Farmonida "Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlarini belgilash, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishlari proflaktikasi, ularni aniqlash va oldini olishning samarali mexanizmlarini joriy etish, respublika aholi punktlarining sanitariya va ekologik holati uchun davlat organlari, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar rahbarlari va fuqarolarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish, shuningdek 2030-yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalarga erishishni ta'minlash maqsadi"

1929

[1] bo'yicha vazifalar belgilab berilgan. Eng katta sanitar ahamiyatga ega bo'lgan chiqindi suvlarga elektr tuzlantirish uskunalaridan hosil bo'ladigan suvlar kiradi. Ushbu suvlarda neft miqdori - 3040 gr/l, xloridlar - 1015 gr/l tashkil qiladi, ularning yuqori minerallanganligi sababli qayta suv ta'minotida ishlatib bo'lmaydi. Neftni qayta ishlovchi korxonalarning qolgan chiqindi suvlari o'z tarkibida bir necha grammdan bir necha ming milligrammgacha parafinlar, vodorod sulfidi, ammiak, merkoptonlar, sul'fidlar, fenollar saqlaydi. Sanoat korxonalarining qanday mahsulot ishlab chiqarishiga qarab 1 tonna neftni qayta ishlash jarayonida 2 dan 3 m3 miqdorda chiqindi suvlari hosil bo'ladi.

Ushbu sanoat korxonalarida hosil bo'lgan chiqindi suvlarini to'liq tozalanmasligi oqibatida, suv havzalarining suv yuzasida neft plyonka (qatlam) hosil bo'lishiga olib keladi, tubiga og'ir neft mahsulotlarining cho'kishi suvga "kerosin" hidini beradi. Suv to'lqinlari va shamol neft plyonkalarini suv havzasi qirg'og'iga yetib kelishiga va qirg'oq o'simliklarining ifloslanishiga olib keladi. Suv ob'ekti tubiga cho'kkan neft ikklamchi ifoslantiruvchi manbaga aylanadi, hattoki suv havzasidagi suvning tashib ketilishi ham ayrim mahsulotlarni ushbu cho'kmalardan ozod qilishga yordam bermaydi [2].

Insoniyatning xo'jalik faoliyati tufayli yuzaga keluvchi antropogen omillar ta'sirida biosferaning sifat jihatidan o'zgarishi insonlar hayoti, o'simlik va hayvonot dunyosiga hamda atrof-muhitga tahdid va katta xavf tug'diruvchi hodisalardir. Bunday xavflar ham inson sog'lig' i va hayotiga, ham atrof-muhitga katta salbiy ta'sir etadi. Shu sababli, ularni ekologik xavflar deb ham atash mumkin.

Bunday ekologik xarakterdagi antropogen xavfarga tuproqni intensiv ravishda degradatsiyalanishi va og'ir metallar (kadmiy, qo'rg'oshin, simob, xrom va b.) hamda boshqa zararli moddalar bilan ifloslanishi, atmosferani zararli kimiyaviy moddalar bilan ifoslanishi, shovqin, elektr magnit maydoni va ionli nurlanishlar bilan ifloslanishi, kislotali yomg'irlar, ozon qatlamini yemirilishi, yirik sanoat shaharlarida harorat inversiyasining («smog»») yuzaga kelishi, suv resurslarini ifloslanishi va shu kabi boshqa inson turmush tarzi sifatiga ta'sir etuvchi, ularning hayotiga tahdid soluvchi hodisalar kiradi [3].

Tadqiqot usullari. Tadqiqotlar dala va laboratoriya sharoitida olib borildi. Bunda, "Metodbi agroximicheskix analizov pochv i rasteniy», «Metodbi agrofzicheskix issledovaniy" uslubiy qo'llanmalar asosida olib borildi. Tuproq tarkibidagi gumus - I.V.Tyurin usulida, umumiy azot - Keldal usulida, umumiy fosfor va kaliy - Ye.M.SHeglova va V.V.Vulfius usulida, tuproq tarkibidagi harakatchan fosfor va kaliy - 1 foizli ugleammoniy tuzi eritmasida B.P.Machigin va P.V.Protasov usuli bo'yicha, og'ir metallar atom-absorbsion usul bilan aniqlangan.

Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi. Yangiyo'l tumanini "Xalqobod" va A.Navoiy nomli massivlarida tarqalgan sug'oriladigan bo'z-o'tloqi va o'tloqi tuproqlarni mexanik tarkibi o'rganilganda, "Xalqobod" massivida tarqalgan sug'oriladigan bo'z-o'tloqi tuproqning haydov va haydov osti qatlamlari o'rta qumoqli, quyi qatlamlari esa yengil qumoqli va qumloqli tuproqlardan iborat ekanligi aniqlandi. A.Navoiy nomli massivida tarqalgan sug'oriladigan o'tloqi tuproqlarni haydov qatlami o'rta qumoqli, haydov osti va keyingi qatlamlar og'ir qumoqli, quyi qatlamlari esa o'rta qumoqli tuproqlarlardan iborat ekanligi aniqlandi.

"Halqaobod" massivida tarqalgan tuproqlardan olingan tuproq namunasining kimyoviy tahlil ma'lumotlariga ko'ra, haydalma qatlamida gumus miqdori 1,042% ni tashkil qiladi va keyingi qatlamlarga asta-sekin kamayib boradi va eng quyi qatlamda uning miqdori 0,792 foizni tashkil qildi va gumus bilan o'rtacha (0,81-1,20%) ta'minlangan.

1930

Umumiy azot miqdori ham gumusga muttanosib ravishda qayd qilindi ya'ni haydov qatlamida 0,087%, eng quyi qatlamda 0,071% ni tashkil etdi. Haydalma qatlamida umumiy fosfor miqdori 0,35% bo'lib, keyingi qatlamlar tomon kamayib boradi. Umumiy kaliy miqdori esa haydov qatlamida 1,284% ni tashkil etib, keyingi qatlamlar tomon kamayib boradi.

Sug'oriladigan bo'z-o'tloqi tuproqlar harakatchan fosfor bilan juda kam, alamashinuvchi kaliy bilan esa kam darajada ta'minlangan guruhlarga mansub ekanligi qayd qilindi. Bu esa qishloq xo'jaligi ekinlariga mineral o'g'itlarni tabaqalab qo'llashni talab etadi.

Ushbu massivda tarqalgan sug'oriladigan o'tloqi tuproqning haydov qatlamida gumus miqdori 1,319%, quyi qatlamlarida uning miqdori

0,985 foizgacha kuzatildi.

Mazkur kesmadan ko'rinib turibdiki, ushbu tuproqlar ishlab chiqarishda belgilangan gradatsiya bo'yicha gumus bilan ko'p (1,21-1,60%) va o'rtacha (0,81-1,20%) ta'minlangan guruhlarga mansub.

Ta'riflanayotgan sug'oriladigan o'tloqi tuproqlarning haydov qatlamida umumiy azot

0.095. bo'lib, quy qatlamlar tomon kamayib boradi va eng quyi qatlamda uning miqdori 0,073 gacha qayd qilindi.

Umumiy fosfor haydov qatlamida 0,42% bo'lib, haydov osti qatlamlarda 0,41% ni tashkil etadi va pastki qatlamlar tomon kamayib boradi. Umumiy kaliy miqdori esa haydov qatlamida 1,656% ni tashkil etib, keyingi qatlamlar tomon kamayib borishi aniqlangan.

Xulosa qilib aytganda, Toshkent viloyatining Yangiyo'l tumani "Xalqobod" va A.Navoiy nomli massivlarda tarqalgan tuproqlar oziqa elementlari bilan turli darajada ta'minlangan. Toksik elementlar bilan ifloslanish darajasiga ko'ra surma elementi ruxsat etilgan miqdordan oshmaganligi aniqlandi. Molibden elementi esa ruxsat etilgan miqdordan uch barobar, sabzavot ekilgan maydonlarda to'rt barobardan ham yuqori ko'rsatkichlari aniqlandi. Ushbu ko'rsatkichlar tuproqlarimizni antropogen ta'sir natijasida toksik elementlarning to'planib borishidan dalolat beradi.

Tuproqlarning ifoslanishi atrof-muhit, suv, havo, aholi salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi va yangi turdagi kasalliklarni keltirib chiqaradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 30.10.2019-yildagi PF-5863-son «2030 yilgacha bo'lgan davrda O'zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi Farmoni.

2. Iskandarova G.T., Sherqo'zieva G.F., Akramov D.A., Yusupxo'jaeva A.M. Kommunal gigiena fani bo'yicha O'quv-uslubiy majmua // 5510300 - tibbiy proflaktika ishi // Toshkent 2017, 182 b.

3. Rahimov O.D., Siddiqov I.X., Murodov M.O. Hayot faoliyat xavfsizligi. Ekologiya. // Oliy ta'lim bakalavriat yo'nalishlari uchun darslik // Toshkent 2017, 18 b.

4. S.A.Nizamov, X.T. Risqieva, M.M. Mirsodiqov. Nishon tumani sug'oriladigan tuproqlarining ekologik holatiga qo'rg'oshin elementining ta'siri // Xorazm ma'mun akademiyasi axborotnomasi. Xiva, 2022, - №5/1. - B. 80-83.

5. S.A.Nizamov, X.T. Risqieva, J.M. Qo'ziev, M.M. Mirsodiqov. Qo'ng'irot tumani sug'oriladigan tuproqlarida og'ir metallarning to'planishi // Science and innovation international scientific journal volume 1 issue 8 uif-2022: 8.2 | issn: 2181-3337 // B. 625-629.

1931

ISSN: 2181-3337 | SCIENTISTS.UZ

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SCIENCE AND INNOVATION

ISSUE DEDICATED TO THE 80TH ANNIVERSARY OF THE ACADEMY OF SCIENCES OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

6. Nizamov S.A., Risqieva X.T., Umarov M.I., Qo'ziev J.M., Mirsodiqov M.M., Eshtemirov B.H., Abduxalilova F.G'. Yangiyo'l tumani sug'oriladigan tuproqlarining agrokimyoviy va ekologik holati // Узбекистан аграр фани хабарномаси 3(9/2) 2023 // B. 625-629.

1932

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.