Научная статья на тему 'TUPROQ HAJM MASSASIGA SIDERAT EKINLARNING TASIRI'

TUPROQ HAJM MASSASIGA SIDERAT EKINLARNING TASIRI Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
siderat ekinlar / shoʻrlanish / tuproq unumdorligi / organik va siderat oʻgʻitlar / hajm massasi / almashlab ekish.

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Ismailov Uzaqbay Embergenovich, Tolibekov Islambek Maxsetovich

Maqolada dala tajribasida qisqa rotatsiyali almashlab ekishda 1:2 (bugʻdoy:gʻoʻza:gʻoʻza) kuzgi bugʻdoydan keyin dukkakli va boshoqli ekinlar siderat ekinlar sifatida ekilib, ularning tuproq agrofizik hossalariga taʼsiri sharhlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TUPROQ HAJM MASSASIGA SIDERAT EKINLARNING TASIRI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

TUPROQ HAJM MASSASIGA SIDERAT EKINLARNING

TASIRI

1Ismailov Uzaqbay Embergenovich, 2Tolibekov Islambek Maxsetovich

1Qishloq xo'jaligi fanlari doktori, professor 2Tayanch doktorant 1,2Qoraqalpog'iston qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.13837781

Annotatsiya. Maqolada dala tajribasida qisqa rotatsiyali almashlab ekishda 1:2 (bug'doy:g'o'za:g'o'za) kuzgi bug'doydan keyin dukkakli va boshoqli ekinlar siderat ekinlar sifatida ekilib, ularning tuproq agrofizik hossalariga ta'siri sharhlangan.

Kalit so'zlar: siderat ekinlar, sho'rlanish, tuproq unumdorligi, organik va siderat o'g'itlar, hajm massasi, almashlab ekish.

Kirish. Qoraqalpog'iston Respublikasi tuproqlari sho'rlangan va unumdorligi past bo'lishi bilan farqlanadi. Bunday tuproqlarda qishloq xo'jaligi ekinlaridan yuqori hosil olish uchun tuproq unumdorligini oshirish choralarini ko'rish zarur.

Dunyo miqyosida ekinlardan yuqori va sifatli hosil olish uchun tuproq unumdorligini saqlash va oshirish hamda boshqa mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Adabiyotlar tahlili. Bozor munosabatlari sharoitida qishloq xo'jaligida qimmat baho o'g'itlardan foydalanishni kam-kamdan qisqartirib, buning o'rniga o'simlik va tuproq uchun kerakli mikroelekmentlarga boy bo'lgan siderat ekinlardan foydalanish maqsadga muvofiq [1].

Organik o'g'itlar sifatida oraliq ekinlardan sideratsiya maqsadida foydalinish ularning yetishmaydigan qismini to'ldirishdan tashqari, ta'siri jihatdan go'ng, kompost va boshqa organik o'g'itlardan qolishmaydi.

Bugungi kunda dunyo dehqonchilik amaliyotida organik o'g'itlardan foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash, tiklash va oshirish asosida ekinlardan sifatli va yuqori hosil olish eng dolzarb muammolardan biri bo'lib qolmoqda. Bu muammoni hal qilishda siderat ekinlarini turli muddatlarida ekib, parvarishlab, gullash va meva tugish fazasida hosil bo'lgan yashil biomassani ko'kat o'g'it sifatida maydalab, yerga ko'mib yuborish orqali erishish mumkin [2].

Tadjiyev M. [3] tadqiqot natijalariga ko'ra, turli takroriy, oraliq va siderat ekinlarining bir ko'sakdagi paxta vazni va paxta hosiliga sezilarli ta'siri etishi aniqlandi. Birinchi terimda g'o'zani takroriy, oraliq va siderat ekinlaridan so'ng ekilganda ko'saklari yirikroq (4,7-5,7 gramm) va ikkinchi terimda esa ko'saklardagi paxta hosili kamayishi (3,6-3,8 gramm) aniqlangan.

Tuproqqa haydalgan siderat ekinlarining yoz davomida chirishi tuproqdagi mikroorganizmlar miqdorining yil mobaynida dinamik ravishda o'zgarib turishiga sabab bo'ladi. Shu bois tuproqning siderat o'g'itlar ta'siridagi biologik xususiyatlarining dinamik o'zgarishini kuzatish amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega [4].

Qoraqalpog'istonning sho'rlangan tuproq sharoitida siderat ekinlarni qisqa rotatsiyali almashlab ekishda qo'llanidagi natijaligi bo'yicha yetarli darajada ilmiy izlanish ishlari olib borilmagan.

Tadqiqot usullari. Tadqiqot dala tajribasi sharoitida o'tkazildi. Tadqiqotda 10 varianttan iborat bo'lib, tizimli usulda joylashtirilgan, uch tarorlanishda. Har bir variant maydoni 120 m2.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

Tajribada 2-10 variantlarda dukkakli va boshoqli ekinlar ayirim va aralash turda kuzlik bug'doydan so'ng siderat ekinlar sifatida ekildi.

1-variantda kuzlik bug'doydan keyin shudgor ishlanib, keyingi ikki yilda g'o'za ekiladi. 24 variantlarda mosh, soya va arpa siderat uchun kuzlik bug'doydan keyin ekiladi, 5-7 variantlarda siderat ekinlar ikki ekindi aralashtirib ekiladi, 5-variantda uch o'simlik aralashtirilib ekiladi, 9 va 10 variantlarda uchta ekin aralashmasi va surim oldidan 10 va 20 tn/ga go'ng beriladi.

Tadqiqot ishlarini olib borishda davomida "Методы агрофизических исследований почв" (Tashkent, 1973), "Методы проведения полевых опытов" (Tashkent, 2007) qo'llanmalaridan foydalanildi.

Tadqiqot natijalari va ularni tahlil qilish.

O'simliklarning ildiz massasi va siderat sifatida ekilgan ekinlarning ko'k massasi tuproqga aralashtiriladi. Tuproq tarkibida organik massaning ortishiga ijobiy ta'sir qiladi.Tuproqga organik massa qancha ko'p bo'lsa uning hajm massasi kamayishiga ijobiy ta'sir qilib, o'simliklarning o'sishi va rivojlanishiga qulay sharoit yaratiladi.

Tadqiqot dalasida tuproqning hajm massasining dastlabki ko'rsatkichi 0-30 sm qatlamda 1,35 g/sm3 bo'ldi. Nazorat variantida 1,32 g/sm3 bo'ldi, siderat ekinlardan keyin 1,24-1,30 g/sm3 bo'lib, bu nazorat variantiga nisbatan 0,02-0,08 g/sm3 ga kam bo'ldi.

Siderat ekilarning har birini alohida ekilganida (var. 2-4) tuproq hajm massasi 1,29-1,30 g/sm3 bo'ldi. Bu nazoart variantiga nisbatan 0,02-0,03 g/sm3 ga kam. Siderat ekinlarin ikki va uch komponentli aralashma shaklida ekilganida tuproq hajm massasi 1,29 g/sm3 bo'ldi va bu nazorat variantidan 0,03 g/sm3 ga kam bo'ldi. Siderat ekinlarni uch komponentli aralashma shaklida ekilib, unga qo'shimcha 10 va 20 t/ga go'ng berilganida 1,26-1,24 g/sm3 bo'lib, (var. 9-10) barcha variantlardan past bo'ldi. Bu, variantlarda ya'niy siderat ekinlaridan keyin tuproqga haydalgan ko'k massa tuproq tarkibidagi organik massa mug'dorin orttiradi. Tuproq tarkibida organik massa qancha ko'b bo'lsa, uning hajm massasi oz bo'ladi.

1-jadval

Siderat ekinlarning tuproq hajm massasiga ta'siri, g.sm3, 2023-y. kuz

Variant-lar Variantlar (siderat ekinlar) Tuproq qatlam lari, sm Dastlabki ko'rsatkichlar 2023 y. g'o'zadan keyin Siderat ekinlardan keyin Farqi, ±

0-30 1,35 - -

1 - 0-30 - 1,32 00

2 Mosh 0-30 - 1,30 -0,02

3 Soya 0-30 - 1,30 -,02

4 Arpa 0-30 - 1,29 -0,03

5 Mosh + arpa 0-30 - 1,29 -0,03

6 Soya + arpa 0-30 - 1,30 -0,02

7 Mosh + soya 0-30 - 1,29 -0,03

8 Mosh + soya + arpa 0-30 - 1,29 -0,03

9 Mosh + soya + arpa + 10 t/ga go'ng 0-30 1,26 -0,06

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" 25-26 SEPTEMBER, 2024

10 Mosh + soya 0-30 - 1,24 -0,08

+ arpa + 20

t/ga go'ng

Xulosalar. Organik o'g'itlar sifatida oraliq ekinlardan sideratsiya maqsadida foydalinish ularning yetishmaydigan qismini to'ldirishdan tashqari, ta'siri jihatdan go'ng, kompost va boshqa organik o'g'itlardan qolishmaydi. Sideratsiya orqali tuproq unumdorligini oshirishga erishiladi. Bu esa sideratsiya qo'llanilgan maydonlarda yetishtirilayotgan qishloq xo'jaligi ekinlaridan ekologik toza, sifatli va yuqori hosil yetishtirishni ta'minlaydi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi tuproqlari kam unumdorligi, tuproqlarida uning agrofizik tarkibini yaxshilash uchun kuzgi bug'doydan keyin dukkakli va boshoqli ekinlarni uch komponentli aralashma turida ekilib, unga qo'shimcha 10 yoki 20 t/ga qora mol go'ngi berilishi va keyingi ikki yilda g'o'za ekilishi maqsadga muvofiq.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. 1. Ismailov U.E. Научные основы повышения плодородия почвы. -Nukus. -Bilim. -186 s.

2. Kenjayev Y. Siderat ekinlari urug'larini ekishning optimal muddatlarini ilmiy asoslash. // O'zbekiston Qishloq va suv xo'jaligi jurnali. 2019. №11. B. 39-40.

3. Tadjiyev M. Kuzgi bug'doydan so'ng ekiladigan takroriy ekinlarning paxta hosildorligiga ta'siri. // Agroilm jurnali. №3 (59) - B 18-19.

4. Xalmanov N. Samarqand viloyatining tipik bo'z tuproqlari mikrobiologik faolligiga siderat o'g'itlarning ta'siri. // Agroilm jurnali. №3 (59) - B 79-80.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.