Научная статья на тему 'TAJRIBA DALASI TUPROG‘INING MEXANIK VA AGROKIMYOVIY TAHLILLARI'

TAJRIBA DALASI TUPROG‘INING MEXANIK VA AGROKIMYOVIY TAHLILLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
128
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
SIDERAT / MORFOLOGIK / AGROFIZIKAVIY / AGROKIMYOVIY / MIKROBIOLOGIK / TABIIY-IQLIM

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Osmanov Sh.Z.

Andijon viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlarining hozirgi morfologik, agrofizikaviy, agrokimyoviy va mikrobiologik xossalarini o‘rganish hamda uning biologik faolligi, unumdorligi va g‘o‘za hosildorligini oshirishda yozgi muddatlarda siderat ekinlar yetishtirishning samaradorligi aniqlab berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MECHANICAL AND AGROCHEMICAL ANALYSIS OF SOIL IN THE EXPERIMENTAL FIELD

In this article the current morphological, agrophysical, agrochemical and microbiological properties of the meadow gray soils in Andijan region, as well as the effectiveness of growing siderate crops what is increasing its biological activity, fertility and cotton yield in the summer period that was determined.

Текст научной работы на тему «TAJRIBA DALASI TUPROG‘INING MEXANIK VA AGROKIMYOVIY TAHLILLARI»

Osmanov Sh.Z.

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar

instituti tayanch doktaranti

TAJRIBA DALASI TUPROG'INING MEXANIK VA AGROKIMYOVIY

TAHLILLARI

Annotatsiya. Andijon viloyatining o'tloqi bo'z tuproqlarining hozirgi morfologik, agrofizikaviy, agrokimyoviy va mikrobiologik xossalarini o'rganish hamda uning biologik faolligi, unumdorligi va g'o'za hosildorligini oshirishda yozgi muddatlarda siderat ekinlar yetishtirishning samaradorligi aniqlab berilgan.

Kalit so'zlar. Siderat, morfologik, agrofizikaviy, agrokimyoviy, mikrobiologik, mikrobiologik, tabiiy-iqlim.

Osmanov Sh.Z. doctoral student

Andijan Institute of Agroculture and Agrotechnology

MECHANICAL AND AGROCHEMICAL ANALYSIS OF SOIL IN THE

EXPERIMENTAL FIELD

Annotation. In this article the current morphological, agrophysical, agrochemical and microbiological properties of the meadow gray soils in Andijan region, as well as the effectiveness of growing siderate crops what is increasing its biological activity, fertility and cotton yield in the summer period that was determined.

Key words. Siderate, morphological, agrophysical, agrochemical, microbiological, natural-climatic.

Bugungi kunda «dunyo bo'yicha yer resurslari 13,4 mlrd. gektarni, shundan, 12% qishloq xo'jalik yerlari, 24% yaylovlar, 31% o'rmonlar va 33% boshqa turdagi yerlar hisoblanadi. Qishloq ho'jaligida foydalaniladigan yerlarning yiliga 8-10 mln gektari degradatsiyaga uchramoqda. BMT ma'lumotiga ko'ra, dunyo bo'yicha har yili tuproq degradatsiyasi oqibatida o'rtacha 40 mlrd dollar zarar ko'rilmoqda.

Dunyoda hozirgi kunda tuproqlarning agrofizikaviy, agrokimyoviy va mikrobiologik xossalari, gumuslilik holati hamda tuproqning biologik faolligini tashqi muhit omillari bilan o'zaro bog'liqligini tahlil qilish bo'yicha bir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Shuningdek, tuproq degradatsiyasi jarayonlarining dastlabki bosqichini zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda aniqlash va tuproq unumdorligini oshirish, organik dehqonchilik ishlarini yuritish, siderat ekinlardan foydalangan holda qishloq xo'jaligi ekinlaridan

yuqori hamda sifatli ekologik sof mahsulot yetishtirishga doir ilmiy-amaliy ishlarga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Respublikamiz qishloq xo'jaligida sug'oriladigan yer maydonlari tuproqlarining unumdorligini va qishloq xo'jalik ekinlari hosildorligini oshirishga yo'naltirilgan bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan. O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo'ljallangan Harakatlar strategiyasida: «...sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida intensiv usullarni, eng asosiysi, zamonaviy suv va resurs tejamkor zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy qilish va mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash» bo'yicha muhim vazifalar belgilab berilgan. Mazkur vazifalarni bajarishda samarali uslub va vositalarni ishlab chiqish, tuproq unumdorligi va g'o'za hosildorligini oshirish hamda qishloq xo'jaligi amaliyotiga joriy qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Farg'ona vodiysi yer sathi asosan tekisliklardan iborat bo'lib, relyefi g'arbdan sharqqa tomon vodiy dengiz sathidan 350-1010 metrgacha yuqorilashib boradi.

Bizni ilmiy izlanishlarimiz Andijon viloyatining Andijon tumanida joylashgan Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar institutining axborot maslaxat markazi (extension center) o'quv tajriba stansiyasida 2022-2024 yillarda o'tloqi bo'z tuproqlarida o'tkaziladi. Bo'z tuproqlar dengiz sathidan 1200-1300 m balandlikda joylashgan bo'lib, janubiy rayonlarda 1500-1600 m gacha boradi.

O'tloqi bo'z tuproqlarni chirindili qatlami 12-15 sm bo'lib, bu unsurni miqdori 1,0-1,5 % ni tashkil etadi. Chirindi qatlamini izi yetib borgani 40-60 sm bo'lib, 2 m. li qatlamida chirindi zahirasi 50-70 t/ga ni tashkil etadi. Karbonatli qatlamlar yuqoridan 12-20 sm, pastdan esa 50-100 sm da bo'lib, SO2 miqdori 69 % dir.

Bo'z tuproqlardagi chirindi tarkibidagi umumiy azotni miqdori yuqori bo'lib, uglerod va azotni nisbatani (C:N) 7:9 ga tengdir. Umumiy fosfor yuqori bo'lishiga qaramay bu tuproqlarda o'simlik uchun zarur bo'lgan (o'simlik o'zlashtira oladigan) qismi kam bo'ladi. Harakatchan fosfor odatda 10-13 mg/kg ni tashkil etadi. Lekin yillar davomida qo'llanilayotgan fosforli o'g'itlar ta'sirida ular katta o'rta (30-45 mg/kg) ta'minlanganlik darajasiga ham yetishi mumkin. Kaliyli ma'danlarni bu tuproqlarda ko'p bo'lishi sababli kaliy bilan yaxshi ta'minlangan. Bu tuproqlarda ekinlardan yuqori hosil olish va qo'llanilayotgan ma'dan o'g'itlardan samaraga erishish uchun sug'orish va mavsumiy sug'orish me'yorlarini to'g'ri belgilash kerak bo'ladi.

Tajriba o'tkazilgan xudud Andijon viloyatining markaziy zonalariga kiradi. Bu joyning iqlimi keskin kontinental. Bu yerlarni qishi sovuq, yozi issiq bo'lib keskin o'zgarib turuvchi iqlimdir. Andijon viloyati agrometereologik stansiyasini ma'lumotlariga ko'ra yog'in miqdori 255 mm.ni tashkil qiladi. Bu yog'ingarchilikni asosiy qismi kuz va qish hamda bahor oylariga to'g'ri keladi.

Havo harorati o'rtacha 17-190S tashkil etib yoz oylarida 35-450S gacha ko'tarilishi mumkin.

Andijon tumani relyefi pasttekksilik, qir va adirlardan iborat bu yerning o'ziga xos xususiyat shundan iboratki, bu yer asosan qishloq xo'jaligiga ixtisoslashtirilgan bo'lib, yorug'lik va issiqlik yetarli, iqlimi keskin kontinental o'zgaruvchan va havosi quruqdir. Quyosh yorug'ligining davomiyligi yiliga 2700-3200 soat, bunda yozda quyosh yorug'ligi oyiga 360-400, qishda esa 90130 soatni tashkil etadi. Bir kundagi issiqlikning o'zgaruvchanligi yuqori kuzatiladi. Tajriba maydonining tuproq sharoiti sug'orma, yer osti sizot s uvlari chuqur joylashgan o'tloqi bo'z tuproq, sug'orish sun'iy bo'lib, ariqlar orqali o'tkaziladi. Tadqiqotlar dala va laboratoriya sharoitlarida olib borilishi rejalashtirilgan bo'lib, bunda dala tajribalarini joylashtirish, hisoblashlar va kuzatuvlar "Dala tajribalarini o'tkazish uslublari", "Методика Государственного сортоиспытания селскохозяйственных култур", tuproq va o'simliklardagi tahlillar "Методы агрохимических, агрофизических и микробиологических исследований в поливных хлопковых раёнах" uslubiy qo'llanmalari asosida olib boriladi. Olingan natijalarning statistik tahlili Microsoft Excel dasturi va B.A.Dospexovning "Методика полевого опыта" uslubiy qo'llanmasi hamda iqtisodiy samaradorlik N.A.Baronov usuli asosida amalga oshiriladi.

Dala tajribalari natijasida 3 dalada olib borilib (vaqt va zamonda), 13 variantni o'z ichiga oladi. 3 takrorlanishda va variantlar 3 ta yarusda joylashtiriladi. Har bir variantning umumiy maydoni 120 m2, shundan hisoblisi 60 m2 ni tashkil etadi. Tajribaning umumiy egallagan maydoni 0,468 gektar. Tajriba tizimi 1-jadvalda keltirilgan. Tajribada tritikalening "Do'stlik-4", xantalning "Kolla", vikaning "Mirzacho'l-1" va g'o'zaning "Andijon-36" navlari ekiladi.

Tajribalar natijasida I va III takrorlashlarining har bir variantlarida maxsus etiketkalangan 100 dona o'simliklarda olib boriladi. Tadqiqotlarni olib borishda foydalanilayotgan qishloq xo'jaligi ekinlarida fyenologik kuzatuvlarni olib borishda «Методика Государственного сортоиспытания

селскохозяйственных култур» (1964, M:. Kolos) qo'llanmasidan foydalaniladi [17]. Fenologik kuzatuvlar natijasida Siderat ekinlar bo'yicha quyidagi xulosalarga kelindi.

-Maysalarni unib chiqish darajasi aniqlanadi.

-O'simlikning ko'chat qalinligi o'suv davri boshida va oxirida har bir variantning 3 ta nuqtasidan 1 m2 maydonda aniqlanadi.

-Har bir variantni 2 ta nuqtasida 1 m2 da ekinlarning ko'k massa va quruq massa hosili aniqlanadi.

G'o'za bo'yicha:

-Chigitni laboratoriya va dala sharoitida unib chiqish darajasini aniqlash.

-Ko'chat qalinligini aniqlash (yaganadan keyin).

-Chin barglar sonini aniqlash (1.06).

-O'simlik bo'yini o'lchash (1.06, 1.07, 1.08). -Tugunchalar sonini aniqlash (1.07, 1.08). -Gullar sonini aniqlash (1.07, 1.08). -Ko'saklar sonini aniqlash (1.08, 1.09). -G'o'zani vilt kasalligi bilan zararlanish darajasini aniqlash. -Terimlar bo'yicha hosildorlikni aniqlash (hosildorlikni aniqlashda barcha takrorlashlarning barcha variantlarida belgilangan maydonchalardan foydalanildi).

-Ko'chat qalinligini aniqlash (vegetasiya oxirida).

-Paxta tolasining texnologik sifat ko'rsatkichlaridan tola uzunligi, tola chiqishi, tola pishiqligi, metrik nomeri, chiziqli zichligi, tolaning yetilganligi, tolaning nisbiy uzulish kuchi aniqlanadi (terimlar bo'yicha).

-Paxta hosili va chigitning sifati terimlar bo'yicha 1,3- qaytariqdan 100 ta ko'sakdagi paxta namunasi terib olinib tahlil qilinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Abduraxmonov E.,Melikov H., Saidov J.,Rahmonov Sh., Otaqulov A. Ekish usullarining tuproq zichlanishi va begona o'tlarga ta'siri//J. O'zbekiston qishloq xo'jaligi. - Toshkent, 2020. - №1. - B. 38-39.

2. Baxromova N.N., Jurayeva D.U. Vliyaniye povtornbix i promejutochntix kultur na razvitiye xlopchatnika v kratko vremennoy sisteme cheredovaniya poseva// J.Aktualntiye problemti sovremennoy nauki. - Moskva, 2020. №2(111). - S. 131-134.ISSN 1680-2721.

3. Bbikovskiy Yu.A. Mnogoletniye travw-luchshiy predshestvennik baxchevwx kultur// J. Kartofel i ovo^i. - M.: 2004. - №6. - B. 22.

4. Dala tajribalarini o'tkazish uslublari - Toshkent. 2007. 180 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.