TRENER-O'QITUVCHILAR PEDAGOGIK KOMPETENTLIGI VA MAHORATINI SHAKLLANISHIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLARNING
NAZARIY ASOSLARI
Bobur Normamatovich Mengliyev
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti katta o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada sport maktablarining trener-o'qituvchilari pedagogik kompetentligini shakllanishiga va mahoratini oshishiga sabab bo'luvchi pedagogik-psixologik omillar tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: sport maktabi, trener-o'qituvchi, pedagogik kompetentlik, pedagogik mahorat.
THEORETICAL FOUNDATIONS OF FACTORS INFLUENCING THE FORMATION OF PEDAGOGICAL COMPETENCY AND SKILL OF
TRAINERS-TEACHERS
ABSTRACT
This article analyzes the pedagogical and psychological factors that determine the formation of pedagogical competency and the improvement of the skills of trainers-teachers of sports schools.
Keywords: sports school, coach-teacher, pedagogical competency, pedagogical skill.
KIRISH
Bolalar va yoshlarning maktabdan tashqari sport ta'limi tizimini tubdan takomillashtirish orqali iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya)ning yangi mexanizmlarini joriy qilish, sportchilarning Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o'yinlarida, boshqa nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi hamda yuqori natijalarga erishishini ta'minlash, bu borada trener va sport mutaxassislari mehnatini adolatli asosda rag'batlantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi PQ-268-son "Davlat sport-ta'lim muassasalari faoliyatini mutlaqo yangi tizim asosida tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida" qarori [1] qabul qilinganining o'ziyoq, muammoni ilmiy jihatdan tizimli o'rganish zaruratini
June, 2023
104
keltirib shiqarmoqda.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Ma'lumki, bugungi kunda rivojlangan jamiyat va davlat taraqqiyoti uchun ijtimoiy moslashuvchan, yuqori darajada egiluvchan, faol, ijodkor, zamonaviy o'qitishning universal usullarini egallagan malakali mutaxassislar o'ta zarur. Ilm-fanda nazariy asoslar deganda tadqiq etilayotgan har bir jarayon va (yoki) voqea-hodisalar mazmuni, qonuniyatlari, amal qilishi (rivojlanishi) davri omillari va shart-sharoitlari, shuningdek, o'quv-mashq jarayonlarini tashkil etish mexanizmlari, tamoyillari, metodlari, shakl va vositalari mohiyatini ochib beruvchi, o'z isbotiga ega ilmiy qoidalar hamda tartib-taomillar tushuniladi. Trener-o'qituvchining pedagogik kompetentligi va mahorati bilan bog'liq masalalar asosan ikkita: "kompetentlik" va "mahorat" tushunchalari kontekstida aks etgan bo'ladi.
Pedagogik tadqiqotlarda, "kompetentlik (ingl. "competence" - "qobiliyat") -faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish", deb ta'rif berilgan.
Mahorat tushunchasi esa (arab. "mohirlik", "ustalik", "epchillik") - 1) biror ish, kasb uchun zarur yoki shu sohada orttirilgan ustalik, san'at, mohirlik; 2) bir ish yoki faoliyatni yuksak darajada, hech bir qiyinchiliksiz, o'ta mohirlik bilan bajarish; 3) muayyan ish, xatti-harakat yoki kasbiy faoliyatning ustalik, mohirlik bilan, san'atkorona tashkil etilishiga imkon beradigan bilim, ko'nikma va malakalar majmui sifatida tariflangan.
Shuningdek, psixologik tadqiqotlarda esa "kompetentlik "noan'aviy vaziyatlar, kutilmagan holatlarda mutaxassisning o'zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o'zaro munosabatlarda nostandart yo'ldan borishi noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to'la ma'lumotlardan foydalanishida, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga "egalik" qilishni anglatadi", deya ilmiy yondashilgan.
Pedagogik kompetentlik shakllanishiga ta'sir etuvchi omillar guruhini ta'sir darajasini aniqlash, turli fanlar kesimida pedagogning kasbiy kompetentlik sifatlarini tashxislash masalalari kontekstida o'rganilgan. Bu borada V.N. Batishev, V.V. Davidov, Yu.B. Drobotenko, M.E. Inkov, O.I. Mezenseva, O.E. Permyakov, T.S. Pudochkina, A.I. Subetto, N.V. Chekalyevalar izlanishlarini alohida e'tirof etish mumkin.
Shuningdek, mavjud ilmiy manbalar va uslubiy ishlanmalarda aks etgan ma'lumotlarni tizimli o'rganish asosida nazariy tahlilni amalga oshirish, sport maktablarida faoliyat olib
June, 2023
105
borayotgan trener-o'qituvchilarni pedagogik kompetentligi va mahoratini takomillashtirishga bo'lgan amaliy yondashuvlar hamda "hujjatlar tahlili" usuli metologik asos bo'lib xizmat qiladi.
NATIJALAR
D.D. Oribboyeva ko'ra, "kompetentlik" va "qobiliyat" tushunchari bir-biridan quyidagi:
- har qanday muayyan vaziyatda turli xil jihatlarni hisobga olgan holda bilimlarni o'z o'rnida va tezkorlik bilan to'g'ri qo'llay bilish;
- qarorlarni qabul qila olishga qodirlik va tayyorlik, shu bilan birga, mazkur vaziyat uchun eng maqbul qaror variantlarini tanlay olish;
-ijtimoiy harakatlarni tashkil etish va buning uchun barcha imkoniyatlarni ishga sola bilish;
- faoliyat doirasida boshqa odamlar bilan o'zaro munosabatlarda aniq maqsadlarni ko'zlagan holda kommunikativ ko'nikmalarida maqsadga muvofiq va eng maqbul aloqani o'rnata olish;
- muayyan ma'naviy qadriyatlar, dunyoqarash, umummadaniy va axloqiy sifatlar hamda faoliyatga intilish hissiga ega bo'lish;
- o'zining ijodiy imkoniyalarini rivojlantirish, faoliyatning yangi usullarini egallashga intilish kabi belgilar bilan ajralib turadi [2].
A.K. Markova tadqiqotlarida, pedagogik kompetentlikning tarkibiy asoslari qayd etib o'tilgan. Unga ko'ra, "... pedagogning kasbiy kompetensiyasi pedagogik (o'quv va tarbiya) jarayonni samarali, muvaffaqiyatli tashkil etilishini ta'minlaydi. Kasbiy kompetensiyaga ega bo'lish uchun pedagog o'z-o'zini izchil rivojlantirib borishga e'tiborni qaratishi zarur" [3]. Bizningcha ham sport maktablarining trener-o'qituvchilari o'zini o'zi rivojlantirish jarayonida "individual rivojlanish dasturi"dan foydalanishlari qo'l keladi. Sababi, mazkur dasturda trener-o'qituvchida mavjud bo'lgan pedagogik kompetentlik va rivojlantirilishi zarur bo'lgan sifatlar (xususiyatlar)i, bilimi, ko'nikmasi, malakasi professional standartga xos lavozim majburiyatlarining mohiyati aks etgan bo'ladi.
K.M. Gulyamov fikricha, tadqiqotchilar ko'pincha kompetentlik atamasidan o'z faoliyatining sifatini baholashda, kompetensiyadan esa mutaxassisning kasbiy tayyorgarlik darajalari chegaralarini aniqlash maqsadida foydalanadilar [4].
D.O. Himmataliyev kasbiy faoliyatga tayyorgarlikni diagnostika qilishning harakat tarkibini ishlab chiqishda mazkur jarayonning o'ziga xosligini hisobga olgan holda loyihalash va kommunikativ elementlarini birlashtiradi va baholash-analitik (tahlil)
June, 2023
106
kompetentligini ajratib oladi. Shunga muvofiq, muallif kasbiy faoliyatning loyihalash, tashkillashtirish, kommunikativlik, baholash va analitik (tahliliy) hamda gnostik kabi komponentlarini ishlab chiqdi [5].
G.E.Karlibayeva ilmiy-tadqiqot ishlarida metodik tayyorgarlikning tashkiliy-pedagogik jarayonlari tuzilmasi komponentlari (rejalashtirish, rivojlantirish, tatbiq etish)ni predmetli-metodik va kasbiy-psixologik tayyorgarlik darajasiga amaliy va mantiqiy mushohada elementlarini integratsiyalash (topshiriq, nazorat, tahlil) asosida takomillashtirgan [6].
Mutaxassislaming ta'kidlashlaricha, o'qituvchini kasbiy rivojlantirishi va yangi nuqtai nazarni shakllantirishiga ta'sir etuvchi omillar sifatida quyidagilarni: uzluksiz ta'lim konsepsiyasi va amaliyotining rivojlanishi; axborotlashgan jamiyat sharoitida o'qituvchining bilimlarni o'zlashtirish va berishdagi yangi roli; bilimlar haqidagi yangi tasavvurlar alohida keltirish mumkin [7].
M.J. Shodiyevaga ko'ra, "o'qituvchini uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonining samaradorligi ijtimoiy-iqtisodiy va kasbiy-texnologik omillarga asoslanishi aniqlandi.
I. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar:
- jamiyatning o'qituvchilar uchun ijtimoiy talabi;
- ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar;
- katta yoshli odamning o'qish uchun sarflaydigan vaqtidan uning foydasiga qanday foydalanish lozimligini hisobga olish;
- o'qituvchilarni kasbiy rivojlantirishda natijalarga muammolarni hal qilish orqali emas, balki imkoniyatlardan foydalanish orqali erishish (to'g'ri yo'llarini (kam vaqt va kam xarajat) izlab topish va butun diqqat-e'tiborni ularning resurslariga va harakatlariga j amlash).
II. Kasbiy-texnologik omillar:
- insonning subyektiv faoliyati barqaror ustunlik qiladigan ehtiyojlar, motivlar, qiziqishlar, yo'nalish va boshqalar tizimi; umumiy o'rta ta'lim muassasalarida o'qitish darajasi;
- o'qituvchilarni kasbiy rivojlantirish jarayonini mehnat bozori ehtiyojlari va sifat talablariga muvofiqlashtirish (yoki yaqinlashtirish);
- insonning yosh va fiziologik xususiyatlari, ijtimoiy holati, kasbiy faoliyatning mohiyati, uning o'zini o'zi rivojlantirishga bo'lgan ehtiyoji va o'zini o'zi anglashi.
MUHOKAMA
Shunday qilib, pedagogik kompetentlik - bu kompetensiyalarni amalga oshirishni ta'minlaydigan kasbiy va
June, 2023
107
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,9б7 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: б,1
shaxsiy fazilatlar yig'indisidir. Bunda pedagogik kompetentlikning tarkibi quyidagi: kognitiv (kasbiy-pedagogik eruditsiya) va psixologik (hissiy-emotsional madaniyat, o'quvchilar bilan muloqot qilish, motivlarni shakllantirish va o'quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirish sohasida) kompetensiyalar orqali ifodalansa-da, konstruktiv va (yoki) tashkiliy (boshqaruv) kompetentliklarining roli deyarli yoritilmay qolmoqda.
Fikrimizcha, konstruktiv kompetentlik - bu o'quv-mashq mashg'ulotlari, darsdan tashqari tadbirlar, turli darajali topshiriq va (yoki) vazifalar, o'quvchi-sportchilarning mustaqil ishlari, muloqot va boshqalarni loyihalash qobiliyatini o'z ichiga oladi. Bunda bo'lajak pedagogik faoliyatni (o'quv-mashq va o'quv-yig'inlarni) rejalashtirish va modellashtirish (o'zi va o'quvchilarini, tarkibni tanlash va tuzish, o'quv/tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish vositalari, usullari, shakllari, faoliyat bosqichlarini ajratish va vazifalarni belgilash) alohida ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, sport maktabi trener-o'qituvchisining tashkiliy (boshqaruv) kompetentligi o'z ichiga o'quv-mashq jarayonini, o'quvchi-sportchilarning sport faoliyatini va trener-o'qituvchining xatti-harakatlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish qobiliyatining mazmun-mohiyatini qamrab oladi. Masalan, ushbu kompetentlik o'quv-mashq jarayonida o'quv materialini to'g'ri taqdim etish o'quvchi-sportchilar oldiga aniq vazifalar qo'yish, ularni bajarish mazmunini ochib berish, jismoniy mashqlarni ko'rsatish va tushuntirish, ularni amalga oshirishda o'quvchi-sportchilarga yordam berishda yaqqol namoyon bo'ladi. Bunda o'quvchi-sportchilarni boshqarish deganda, ularning diqqatini to'g'ri yo'naltirish, saflanish va qayta saflanishni aniq amalga oshirish, harakat faoliyatiga tayyorlash, alohida maqsadlardagi mashqlarni o'z o'rnida qo'llash, jismoniy yuklamani to'g'ri taqsimlash nazarda tutiladi.
Umuman olganda, keng qamrovli nazariy tahlillarga qaraydigan bo'lsak, birinchidan, pedagogik faoliyatni amalga oshirishning muvaffaqiyati - bu sport maktablari trener-o'qituvchisining zarur kasbiy kompetensiyalarni qay darajada egallaganligiga bog'liq sanaladi. Ikkinchidan, kasbiy faoliyat sohalariga asoslanib, sport maktablari trener-o'qituvchisining maxsus pedagogik kompetentligining o'ziga xosligini - kognitiv, sog'lomlashtiruvchi, kommunikativ, predmetli-instrumental, kreativ kompetensiyalari mazmunining ochib berilishida - kompetensiyaviy yondashuv alohida ahamiyat kasb etadi.
XULOSA
June, 2023
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi PQ-268-son "Davlat sport-ta'lim muassasalari faoliyatini mutlaqo yangi tizim asosida tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida" qarori // https://lex.uz/uz/docs/-6048725.
2. Oribboyeva D.D. (2022). O'quvchilarni kasb tanlashga yo'naltirishda ijtimoiy kompetentlikni ta'siri. Ta'lim va innovatsion tadqiqotlar, 8, 314-319.
3. Маркова, А.К. (1996). Психология профессионализма. Москва: Знание, 309.
4. Гулямов К.М. (2020). Булажак амалий санъат укитувчиси касбий компетенциясининг таркибий мазмуни. Касбий таълим, 1, 25-27.
5. Химматалиев Д.О. Касбий фаолиятга тайёргарликни диагностика кдлишда педагогик ва техник билимлар интеграцияси (техника олий таълим муассасалари "Касб таълими" йуналишлари мисолида): пед. фан. докт. (DSc) ... дисс. - Тошкент, 2018. - 248 б.
6. Карлыбаева Г.Е. Булажак физика укитувчиларининг методик тайёргарлигини такомиллаштириш: пед. фан. докт. (DSc) ... дисс. - Тошкент, 2019. - 283 б.
7. Шодиева М.Ж. Акмеологик ёндашув асосида бошлангич синф укдтувчилариниузлуксиз касбий ривожлантириш технологияларини такомиллаштириш: пед. фан. докт. (DSc) ... дисс. - Тошкент, 2022. - 256 б.
8. Mengliyev, B.N. (2023). Maktab oquvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiylashda sinfdan tashqari ishlar. Theory and Analytical Aspects of Recent Research, 2 (14),
9. Mengliyev, B.N. (2023). Umumrivojlantiruvchi mashqlarni o'qitish metodikasi. Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities, 11 (4), 450-454.
10. Mengliyev, B. (2022). Pedagogical Competence of a Modern Physical Education Teacher. Science and innovation, 1 (B7), 554-556.
11. Менглиев, Б.Н. (2021). Жисмоний тарбия мутахассисларида педагогик компетентликни шакллантириш: "hard skills"дан "soft skills" сари. Fan-Sportga, (6), 65-68.
12. Mengliev, B.N. (2022). Problems of formation of pedagogical competence of physical education teachers. Eurasian Journal of Sport Science, 2 (1), 79-86.
113-117.
June, 2023