Научная статья на тему 'BO’LAJAK PEDAGOGLARDA TEXNOLOGIK KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISH YO’LLARI'

BO’LAJAK PEDAGOGLARDA TEXNOLOGIK KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISH YO’LLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2209
151
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
kasbiy kompetentlik / qobiliyat / pedagogik texnologiyalar / malaka / metod / pedagogik texnika

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dilafruz Pirmanovna Nazarova

Bo’lajak pedagoglarda texnologik kompetentlikni shakllantirish yo’llari texnologiyalarini o’zlashtirish hamda ulardan ta’lim jarayonida foydalanishni nazarda tutadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK PEDAGOGLARDA TEXNOLOGIK KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISH YO’LLARI»

BO'LAJAK PEDAGOGLARDA TEXNOLOGIK KOMPETENTLIKNI

SHAKLLANTIRISH YO'LLARI

Dilafruz Pirmanovna Nazarova

Buxoro davlat universiteti 2-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Bo'lajak pedagoglarda texnologik kompetentlikni shakllantirish yo'llari texnologiyalarini o'zlashtirish hamda ulardan ta'lim jarayonida foydalanishni nazarda tutadi.

Kalit so'zlar : kasbiy kompetentlik, qobiliyat, pedagogik texnologiyalar, malaka, metod, pedagogik texnika

Yosh avlodni barkamol, komil inson bo'lib yetishishida pedagog, tarbiyachi va o'qituvchilarning ro'li benihoya kattadir. Olimlar ta'kidlaganlaridek, "Birovni o'qitadigan, tarbiya beradigan inson, avvalo, o'zi har tomonlama barkamol bo'lmog'i shart" Shu sababli pedagoglar ish faoliyatini yanada yuksaltirish, kasbiy mahoratini oshirish asosiy birinchi vazifa sifatida qayd etilmoqda. Bugungi kunda ta'lim beruvchilarning kasbiy kompetentligini samarali olib borilishini ta'minlash dolzarb masalaga aylandi. Barcha ta'lim muassasalarida ta'lim beruvchilarning kasbiy kompetenti muhim o'rin egallaydi.

"Kompetentlik" (ingl. "competence" - "qobilyat") - faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, maxorat va iqtidorni namoyon eta olish.

"Kompetentlik" tushunchasi ta'lim sohasiga psixologik ilmiy izlanishlar natijasida kirib kelgan.Psixologik nuqtai nazardan kompetentlik "noan'anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o'zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o'zaro munosabatlarda yangi yo'ltutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to'la ma'lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalikni anglatadi. Kasbiy kompetentlik esa, mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo'llay olishi.

"Kompetent" so'zi lotincha "copeto" so'zidan olingan bo'lib, "erishyapman, munosibman" degan ma'noni anglatadi hamda ma'lum sohadan xabardorlik va tajribaga ega ekanlikni bildiradi. E.Zeyer, D.Zavodchikovlar "kompetent" atamasiga mutaxassisning o'z faoliyatini samarali tashkil qilishga qaratilgan xatti-harakatlar yig'indisi deb qarashadi. Ogayoshtati universiteti olimlari kompetentlik tushunchasini shaxsning ma'lum soxada samarali ishlashi uchun kerak bo'lgan ko'nikma va malakalar

to'plami deb hisoblaydilar. Ushbu sohaning yetakchi tadqiqotchilaridan biri amerikalik olim R.Meyers

"kompetentlik-bo'lajak mutaxassisning qandaydir ma'lum baxolash me'zonlariga javob berishi emas, balki uni ishlab chiqishda qo'llab, isbotlayolishidir", degan xulosani beradi. Pedagogning kasbiy kompetentligi deganda, uning bilim, ko'nikma, qobilyat, qarashlari, malakasi va ta'lim berish qobilyatlarining nomoyon bo'lishini belgilab beradigan shaxsiy sifatlari va qadriyatlar yig'indisini tushunamiz.

Texnologik kompetentlik - kasbiy-pedagogik bilim, ko'nikma, malakalarni boyitadigan ilg'or texnologiyalarni o'zlashtirish, zamonaviy axborot vositalari, texnika va texnologiyalardan foydalana olishdir.

"Texnologik kompetentlik" tushunchasini turli nuqtai nazardan, kasbiy kompetentlikning tarkibiy qismi sifatida ham, shaxsning axborot madaniyatining tarkibiy qismi sifatida ham baholash mumkin. Ahamiyatli belgilar sirasiga axborot texnologiyalari asoslarini bilish, kompyuterdan zaruriy texnik vosita sifatida foydalanish, axborotni izlash, tahlil qilish va foydalanishga oidb ilim, ko'nikma va malakalarning jami kiritiladi. Pedagog faoliyat jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishi, ta'lim berishni va ta'lim olishni yengillashtiradi, tarbiyachi uchun ta'limda qulaylikni ta'minlaydi, ta'lim oluvchilarning bilim olishga qiziqishini, aqliy qobilyatlarini oshirishga yordam beradi. Axborot texnologiyalarining o'ziga xos xususiyatlaridan shu ma'lum bo'ladiki, pedagog texnoligik kompetentligi va mahoratini oshirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish nafaqat ta'lim samarasini, balki tarbiyachi ish faoliyati natijasini ham ijobiy tomonga o'zgatiradi.

Mahorat bu - ta'lim jarayonining barcha shakllarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo'naltirish, bolalarda dunyoqarash, qobilyat ni shakllantirish, ularda jamiyat uchun zarur bo'lgan

Faoliyatga moyillik uyg'otish.Ta'lim jarayonida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o'quvchilarning kommunikativ va bilish faoliyatini sifat o'zgarishlariga olib boradi hamda ta'lim olish usullarining o'zgarishi asosida shaxs sifatlariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Masalan, internet bilan ishlaganlarida o'quvchilarning faolligi ortadi va ta'lim jarayoni individuallashadi, turli ma'lumot manbalari bilan ishlash imkoniyati paydo bo'ladi.

"Mahorat"(arabcha "mahorat" - mohirlik, ustalik, epchillik) - birish yoki faoliyatni yuksak darajada, hech bir qiyinchiliksiz, o'ta mohirlik bilan bajarish demakdir. Pedagogik mahorat esa, pedagogning pedagogic jarayonni tashkiliy, metodik, ruhiy va sub'ektiv jihatdan o'ta mohirlik, ustalik bilan tashkil etish hamda boshqarish qobilyati va malakasiga egaligi hisoblanadi. Pedagog mahorati bevosita kasbiy-pedagogik faoliyatda ko'rinadi. Shu sababli u pedagogic jarayonning umumiy mohiyatini chuqur anglay olishi, bu jarayonda ustuvor ahamiyat kasb etadigan qonuniyatlardan xabardor bo'lishi, pedagogic faoliyatni samarali tashkil etish

mexanizmlarini puxta egallay bilishi lozim.Ta'lim jarayonining faol ishtirikchisi bo'lgan pedagogning pedagogic mahorati uning shaxsi, ish tajribasi, fuqarolik maqomi, mutaxassis sifatidagi mavqei, u tomonidan pedagogic texnikaning yetarli darajada egallanganligi, kasbiy faoliyatning individualligidan dalolat beradi.

Talimning barcha bosqichlarida yangi pedagogic texnologiyalarni joriy etish, ayniqsa, axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali va oqilona foydalanish va yuqori samaradorlikka erishishga alohida ahamiyat berish darkor. Jahon talablariga mos keluvchi raqobatbardosh, malakali kadrlar tayyorlashga, kelajak avlodni yuksak manaviyatga, ijtimoiy hayotda ro'y berayotgan o'zgarishlarga to'g'ri munosabatda bo'lishga, milliy qadriyatlarimiznning mohiyatini chuqur anglab yetadigan barkamol shaxslarni tarbiyalash yo'lida faoliyat olib boruvchi o'qituvchi ijodkorlik, izlanuvchanlik, fidoiylik na'munalarini ko'rsatishi lozim. Shuningdek, o'qituvchida ham mahorat va san'at bo'lishi kerakki, u o'quvchilarni o'zigajalb eta olishi, darsini qiziqarli qilib o'tishi va o'quvchiga bilim va tarbiya beraolishi kerak.

Hozirgi kundagi asosiy vazifalarimizdan biri o'quvchilarni shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy hayotlarida uchraydigan vaziyatlarda egallab turgan turli tipdagi malakalarini samarali ravishda qo'llashga o'rgatish, mustaqil o'rgatish, mustaqil ravishda fanga oid zaruriy axborotlarni izlab topish, tahlil qilish natijasida zaruriy bilimlarni oshirishga oid materiallarni ajrata olish, kozda tutilmagan noaniq, yani muammoli vaziyatlar vujudga kelganda ish beradigan malakalarga alohida ahamiyat berish hamda egallangan bilimlarni kundalik turmush ijara yonida qo'llay oladigan xususiyatlarni egallashni tarbiyalashdan iboratdir .

Bo'lajak pedagoglarning texnologik kompetentligini shakllantirishda pedagogic texnologiyalarninng ahamiyati katta." Texnologiya" so'zi - ishlov

berish, holatni o'zgartirish san'ati, mahorati, malakasi va metodlar yig'indisi degan ma'nolarni bildiradi.

Pedagogik texnologiya esa - natijani qo'lga kiritish uchun ta'lim doirasida zarur bo'lgan vositalar tizimini rejalashtirish va tatbiq etish demakdir.

Pedagogik texnologiyaning muammoli o'qitish texnologiyalari, o'yin texnologiyalari, tanqidiy fikrlashni o'stiruvchi metodlar, mualliflik texnologiyasi, shaxsni ko'zda tutishga asoslangan pedagogic texnologiyalar, o'qitishni jadallashtirish texnologiyasi, o'quv jarayonini samarali boshqarish va tashkil etish asosiga qurilgan pedagogic texnologiyalar, o'qitishni individuallashtirish hamda dasturlashtirilgan o'qitish texnologiyalari kabi yo'nalishlari mavjud.

REFERENCES

1. Azizxojyeva N.N "Pedagogik texnologiyava pedagogic mahorat" T.: 2003y 174bet

2. Tolipov O'.,Usmonboeva M. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. T.: «Fan», 2005.

3. Ahmedova M " Pedagogika nazariyasi va tarixi". T.: "Tafakkur bo'stoni" 2011 yil

4. N. Muslimov, M. Usmonboyeva "Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari" Toshkent - 2015;

5. Кулиева Ш.Х. Методологические основы системного подхода при подготовке учителей // TheWayofScience. № 5 (39) ,2017. - С.66-67.

6. Кулиева Ш.Х. Подготовка учителей профессионального образования на основе системного подхода // Scienceandworld. № 5 (45) , 2017. -С.70-72.

7. Кулиева Ш.Х. Содержание эффективности и качества подготовки будущих учителей трудового образования // Наука без границ. № 7(12)/ 2017. - С.95-98.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.