Научная статья на тему 'TRANSPORT VOSITASINING TEXNIK HOLAT MASALALARI'

TRANSPORT VOSITASINING TEXNIK HOLAT MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

2972
213
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
texnik holat / texnik diagnostika / texnik prognoz / texnik genetika / transport vositasi / avtomobil / samaradorlik ko’rsatkichi / yo’l-transport hodisasi / texnik xizmat ko’rsatish / technical condition / technical diagnostics / technical forecasting / technical genetics / vehicle / efficiency indicator / road traffic accident / service

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Umid Suvanov, Yorqin Hamraqulov, Jahongir Agzamov

Ushbu maqolada transport vositalarining texnik holatining asosiy masalalari hisoblangan texnik diagnostika, texnik genetika va texnik prognoz masalari transport vositasining texnik holatini aniqlash hamda buzilish va nosozliklar bilan bog’liq vaziyatlarni hal etishning samarali vositasi sifatida tahlil etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TECHNICAL CONDITIONS OF VEHICLES

The article analyzes the issues of technical diagnostics, technical genetics and technical forecasting, which are the main problems of the technical condition of vehicles. Effective means of determining the technical condition of vehicles and solving situations related to breakdowns and malfunctions

Текст научной работы на тему «TRANSPORT VOSITASINING TEXNIK HOLAT MASALALARI»

TRANSPORT VOSITASINING TEXNIK HOLAT MASALALARI

Umid Suvanov

"Yer usti transport vositalari va tizimlari" mutaxassisligi

magistranti Jizzax Politexnika instituti E-mail: [email protected]

Yorqin Hamraqulov

"Transport vositalari muhandisligi" kafedrasi Jizzax Politexnika instituti E-mail: [email protected]

Jahongir Agzamov

"Transport vositalari muhandisligi" kafedrasi Jizzax Politexnika instituti E-mail: [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada transport vositalarining texnik holatining asosiy masalalari hisoblangan texnik diagnostika, texnik genetika va texnik prognoz masalari transport vositasining texnik holatini aniqlash hamda buzilish va nosozliklar bilan bog'liq vaziyatlarni hal etishning samarali vositasi sifatida tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: texnik holat, texnik diagnostika, texnik prognoz, texnik genetika, transport vositasi, avtomobil, samaradorlik ko'rsatkichi, yo'l-transport hodisasi, texnik xizmat ko'rsatish.

TECHNICAL CONDITIONS OF VEHICLES

Umid Suvanov

Master in Land Vehicles and Systems, Jizzakh Polytechnic

Institute E-mail: [email protected]

Yorkin Hamrakulov

Department of "Vehicle Engineering", Jizzakh Polytechnic Institute E-mail: hamraqulovyorqin@,mail ru

Jahongir Agzamov

Department of Land Vehicles and Systems, Jizzakh Polytechnic Institute E-mail: agzamovj [email protected]

ABSTRACT

The article analyzes the issues of technical diagnostics, technical genetics and technical forecasting, which are the main problems of the technical condition of vehicles. Effective means of determining the technical condition of vehicles and solving situations related to breakdowns and malfunctions.

Keywords: technical condition, technical diagnostics, technical forecasting, technical genetics, vehicle, efficiency indicator, road traffic accident, service.

KIRISH

Transport vositasi (agregat, mexanizm, birikma)ning texnik holati deb, uning ishlash qobiliyati va sozlik darajasini baholovchi holat parametrlarining nominal

qiymatidan o'zgarishi (chetga chiqishi) majmuiga aytiladi. Transport vositasining texnik holati konstruktsion parametrlarning joriy qiymati orqali aniqlanadi.

Yo'l o'tishi bilan transport vositasining texnik holati eyilish, nosozlik va boshqa sabablarga ko'ra yomonlashadi. Bunda uning ekspluatatsion sifat ko'rsatkichlari ham pasayadi. Transport vositasining ekspluatatsion sifat ko'rsatkichlari bir vaqtning o'zida uning texnik holati ko'rsatkichlari bo'lib xizmat qiladi.

Transport vositasining texnik holati ko'rsatkichlari texnik xizmat ko'rsatish jarayonida muhim o'rin tutadi. U transport vositasi sozligini nazorat qilish, kerakli sozlash, ta'mirlash ishlari hajmini aniqlash, texnik resurs yoki navbatdagi texnik xizmat ko'rsatishgacha bo'lgan buzilishlarsiz ishlash davomiyligini aniqlash imkonini beradi.

Bu ko'rsatkichlar yangi transport vositasi ishlay boshlaganidan to buzilish sodir bo'lguncha o'zgaradi. Shuning uchun uning chegaraviy me'yorlarini (ish muddatlarini) bilish va mabodo, chegaraviy me'yorlar namoyon bo'lsa, transport vositasi ekspluatatsiyasi to'xtatilishi shart. Undan tashqari, vaqt o'tishi bilan me'yorlarning o'zgarish dinamikasini ham bilish lozim, zero, buning natijasida navbatdagi texnik xizmat ko'rsatish va hamroh joriy ta'mirlashgacha bo'lgan resursni aniqlash mumkin.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Avtomobil transporti korxonalarining ishlab chiqarish texnik bazasini takomillashtirish masalalariga etarlicha e'tibor qaratilgan. Ushbu masalaga V.P.Kartashovning «Razvitie proizvodstvenno-texnicheskoy bazo' avtotransportno'x predpriyatiy» nomli monografiyasi shular jumlasidandir. Monografiyada avtomobil transporti korxonalarining qurulishida asosiy e'tibor bir vaqtdagi kapital xarajatlarni kamaytirish, qilingan xarajatlarni kam vaqtda qaytarilishini ta'minlash maqsadlarida, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini navbatma-navbat ishga tushirilishi qaratilgan

E.S. Kuznetsov va I.P.Kurnikovlarning V knige Kuznetsova E.S. i Kurnikova I.P. «Proizvodstvennaya baza predpriyatey avtomobilnogo transporta» nomli kitobida avtokorxonalarning ishlab chiqarish texnika bazasini hozirgi zamondagi holatini, "Texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash"ning samarador sharoitlarini yaratishga qaratilgan" ishlab chiqarish texnika quvvatini mujassamlanish masalalarini, ishlab chiqarish texnik bazasini qayta jihozlash va rekonistruktsiya qilish, va bu masalalarini amalga oshirish samaradorligi masalalarini tahlil qilishga harakat qilingan.

Bu masalaga Rossiya olimlari V.B.Efimov («Avtomobilno'y transport» jurnali, 1986 yil №6 son va MADI maqolalar to'plami), A.I.Nikolaenko («Avtomobilno'y transport» jurnali, 1985 yil №10 son) o'z e'tiborlarini qaratishgan. Bu ishlarda ishlab chiqarishni markazlashtirish, ishlab chiqarish texnika quvvatini mujassamlantirish, texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash ishlarini markazlashtirishning texnika-iqtisodiy masalalari ko'rib chiqilgan.

G.M.Napolskiy, A.V.Puginlarning "Avtotransport korxonalarini qayta qurish va texnik qayta jihozlash" nomli o'quv qo'llanmasida (Toshkent- 2004) Texnik ekspluatatsiyani omili sifatida TB qator o'ziga xos xususiyatlariga egaligi ko'rsatib o'tilgan.

NATIJALAR

Avtotransport korxonalarida transport vositalarining texnik holati ularning harakat xavfsizligini ta'minlashdagi o'rni va xizmat ko'rsatish madaniyatiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Transport vositalarining texnik holatiga esa o'z navbatida ularga ko'rsatilayotgan texnik xizmatning sifati, demak bu xizmatlarni amalga oshirayotgan ishlab chiqarish texnik bazaning mavjudligi katta rol o'ynaydi.

Ishning bajarish davomida olingan natijalar:

1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xususiy transport xizmatiga bo'lgan talab va taklif qonuniyati ishlab chiqildi.

2. Jizzax shahrida faoliyat ko'rsatayotgan xususiy transport korxonalariga qarashli avtomobillarning texnik holatini ta'minlash bo'yicha ma'lumotlar to'plandi.

3. Xususiy transport korxonalarini loyihalash uchun texnologik hisobni bajarishga Microsoft Excel matn redaktorida elektron dastur yaratildi.

MUHOKAMA

Ob'ektning texnik holatini aniqlashdagi masalalar quyidagilardan iborat:

texnik diagnostika masalalari;

texnik prognoz - oldindan aytib berish masalalari;

texnik genetika - kelib chiqish masalalari.

Agar texnik diagnostikaning vazifasi joriy vaqt ichida ob'ekt texnik holatini aniqlash, texnik prognozning vazifasi esa kelajakda kutiladigan ob'ekt texnik holatini va o'tkaziladigan texnik ta'sir yoki diagnostika davriyligini oldindan aytib berish bo'lsa, texnik genetikaning vazifasi ob'ektning avvalgi vaqtdagi texnik holatini aniqlashdan iborat (masalan, ob'ektning avariya oldi holati).

Texnik holatni prognoz qilish - transport vositasi texnik holatini kelgusi vaqt oralig'i uchun berilgan ehtimollik bilan aniqlash. Prognozda ob'ektning Hozir boshlanadigan holatlari rivojining ehtimoliy yo'llari aniqlanadi.

Transport vositasining zamonaviy rivojlanish bosqichida har bir transport vositasining texnik holatini alohida prognozlash lozim. Ekspluatatsiya jarayonida o'tkaziladigan prognozlash har bir transport vositasining o'ziga xos shartlari va ekspluatatsiya xususiyatlarini hisobga olish imkonini beradi. Bu masalalarning yechimlari transport vositasiga profilaktik xizmat ko'rsatishni rejalashtirish va o'tkazish, yurilgan yo'l bo'yicha emas, real texnik holat bo'yicha qo'llanishi kerak.

Echish usullari bo'yicha texnik prognoz texnik genetika bilan chambarchas bog'liq. Texnik genetika - bu transport vositasi texnik holatini berilgan ehtimollik bilan o'tgan vaqt intervali uchun aniqlash. Yo'l-transport hodisalarini (YTH) tekshirish, kafolat ekspluatatsiyasi davrida yuzaga keladigan buzilishlar bilan bog'liq bo'lgan da'vogarlik ishlari olib borish yoki tadqiq masalalarini hal qilishda texnik genetikaga zarurat tug'iladi. Bunday hollarda transport vositasining hozirgi vaqtdagi texnik holati bundan birmuncha oldingi, buzilish yoki YTH sabablari vujudga kelishi natijasidagi holatidan farq qiladi.

Diagnostikalash masalalarini echish usullarini prognoz qilish masalalariga mexanik qo'llash mumkin emas. Diagnostikalashda model bo'lib ob'ektning hozirgi vaqtdagi tavsifi xizmat qilsa, prognozda model ob'ektning texnik xarakteristikalari vaqt bo'yicha o'zgarishini tavsiflaydi (masofaning o'zgarishi bilan).

Transport vositasi texnik holatining o'zgarishi jarayonida diagnostikalash natijasi bitta nuqtani ifodalaydi.

Texnik diagnostikalash va bashorat bir-biri bilan chambarchas bog'liq. Davriy (yoki uzluksiz) diagnostikalashning natijalari transport vositasi texnik holatining vaqt davomida o'zgarishini tavsiflaydi (masofaning o'zgarishi bilan) va prognozlash uchun foydalaniladi.

Prognozning vazifasi ob'ekt parametrlarining bo'lajak qiymatlarini berilgan ishonchlilik bilan aniqlab, ob'ektning diagnostika o'tkazilganidan keyin erishadigan texnik holatini tavsiflashdan iborat.

Transport vositalari ekspluatatsiya sharoitlarining har xilligi, prognoz ob'ektiga ta'sir etuvchi tasodifiy omillarning borligi tufayli, ob'ekt texnik holatini tavsiflaydigan parametrlar o'zgarishining diagnostikasi tasodifiy xarakterga ega. Bir turli va bir rusumli diagnostikalash ob'ektlarining xususiyatlari har xil tezlik bilan o'zgaradi. Texnik holat parametrlari o'zgarishining tasodifiy xarakteri parametrlar chegaraviy qiymatlariga erishguncha yurilgan yo'llar har xil bo'lishiga olib keladi.

Diagnostika vazifasini bajarishda ikkita yondashish mavjud:

Birinchi yondashish har xil masofalarga taalluqli texnik holat parametrlari qiymatlariga statistik ishlov berish va tahlilga asoslanadi. Bunda parametrlar qiymatlari transport vositalari guruhining ma'lum sharoitlarida (nazorat osti) ekspluatatsiya qilib, to'planadi. Sinovlar natijalari bo'yicha yurilgan yo'l va texnik holat parametrining qandaydir qiymatiga erishish ehtimolligi o'rtasidagi bog'liqlik turini aniqlash mumkin. Bu usulni qo'llaganda ehtimollik nazariyasi matematik apparatidan foydalaniladi.

Ikkinchi yondashish muayyan bashorat ob'ektining texnik holatini belgilaydigan parametrlar o'zgarishi qonuniyatlarini aniqlashdan iborat. Bu holda parametrlar bevosita o'lchanadi va ob'ekt o'zgarishining tendensiyalari aniqlanadi. Bunday bashoratning asosiy maqsadi - ob'ektning qoldiq resursini aniqlashdan iborat.

XULOSA

Maqolada bajarilgan tadqiqot ishlari bo'yicha quyidacha xulosa qilish va takliflar kiritish mumkin:

Xususiy transport xizmatining narxi kam va tashkiliy jihatdan tezkor bo'lishiga qaramay, shahardagi korxonalar tassarufidagi transport vositalarining texnik holati va uning nazorati hali talab darajasida emas. Bozordagi raqobatda ustun kelish uchun ularning oldida xizmat madaniyatini oshirish, transport vositalarini yangilash, ularning va haydovchilarni kundalik nazoratini yaxshilash, texnik xizmat ko'rsatish bazalarini yaratish kabi muammolarni hal qilish turubdi.

Transport xizmatini ko'rsatayotgan har-bir o'rta kichik biznes sub'ekti, zamonaviy talabalarga javob beradigan ishlab chiqarish texnik bazasiga, transport vositalarini kunlik nazoratini amalga oshiruvchi darvoza punktiga, haydovchilarni fiziologik holatini kunlik nazoratini amalga oshiruvchi tibbiy punkti to'g'risida takliflar berildi.

Xususiy transport tizimining nufuzini ko'rsatish, aholiga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish uchun kamchiliklarni kamaytirish yo'lida izlanish, buning uchun xususiy transport sohiblarni huquqiy himoyasini ko'chaytirish, transport tarkibini yangilash va transport xizmati madaniyatini ko'tarish, transport xizmatini muvofiqlashtirish va markazlashtirish borasida joylarda transport xizmatlari uchun buyurtma qabul qiluvchi dispetcherlik punktlarini tashkil qilish bo'yicha taklif berildi.

REFERENCES

1. Автомобил транспорт корхоналари буйича солиштирма капитал маблагларнинг меъёрлари. -М,: РСФСР Автотраснпорт вазирлиги ИТММБ, 1985 й. - 118 б.

2. Автомобил транспорта корхоналари учун технологик лойих,алашнинг умумиттифок меъёрлари, (ОНТП 01-86), -М: РСФСР Автотраснпорт вазирлиги ИТММБ, 1986 й. - 129 б.

3. Автомобил транспорта корхоналари учун технологик лойих,алашнинг умумиттифок меъёрлари, (ОНТП 01-91), -М: Гипроавтотранс, 1991 й. - 184

4. Кузнецов Е.С. «Автомобилларнинг техник эксплуатацияси ривожининг илмий-техникавий тараккиётининг ва истикболининг йуналишлари» -М.: МАДИ, 1987. -90 б.

5. Бегматов, Б. Я. (2020). Техника олий таълим муассасаларида талаба амалиёти тадкики. Academic research in educational sciences, (3).

6. Бегматов, Б., Хдккулов, Б., & Хдккулов, К. (2020). Транспорт воситаларини синаш усуллари та^лили. Academic research in educational sciences, (3).

7. Бегматов, Б. Я., & Хдккулов, Б. А. (2020). Кафолат даврида автомобилларнинг техник хрлатини текшириш. Academic research in educational sciences, (3).

8. Адилов, О. К., Кулмурадов, Д. И., & Бегматов, Б. Я. (2014). Переходные характеристики машины при скачкообразном повороте рулевого колеса. Молодой ученый, (20), 101-104.

9. Нуруллаев, У. А., & Умиров, И. И. У. (2020). Создание программных средств автоматизированной информационной системы транспортных предприятий. Academic research in educational sciences, (1).

10. Адилов, А. К., Сувонкулов, Ш. А., Кулмурадов, Д. И., Умиров, И. И., & Бойжигитова, И. А. (2019). Причины изменения технического состояния автомобиля. Актуальные научные исследования в современном мире, (1-2), 116118.

11. Адилов, О. К., Умиров, И. И., & Уразов, Б. А. (2020). Методика определения деталей, критических по надежности автомобилей. Academic research in educational sciences, (1).

12. Умиров, И. И. У., & Хамракулов, Ё. М. (2020). Автомобиллардан чикаётган газсимон чикиндиларнинг атмосферага аралашиши. Academic research in educational sciences, (1).

13. Адилов, О. К., Умиров, И. И. У., & Барноев, Л. (2020). Транспортни хавфсиз бошкдриш курсаткичларини бахолаш. Academic research in educational sciences, (1).

14. Бегматов, Б. Я., & угли Холиков, Д. Р. (2021). Автотранспорт корхоналари мисолида автомобиллар техник холатининг хдракат хавфсизлигига таъсирини бахолаш. Academic research in educational sciences, 2(1).

15. Нуруллаев, У. А., & Умиров, И. И. (2020). Улучшения эксплуатационных показателей двигателей газобаллонных автомобилей. Academic research in educational sciences, (3).

16. Azimov, A., & Muxtarov, A. (2021). Avtotransport korxonalarida texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash ishchilarini kompetensiyaviy yondoshuv asosida tayyorlash va malakasini oshirish metodikasi. Academic Research in Educational Sciences, 2(1), 258-265.

17. Odilov, N. (2020). The analysis of the development of gas cylinder supply system. Academic research in educational sciences, (3).

18. Azimov, A. (2020). Avtomobilsozlik sanoatida polimer va kompozit materiallardan foydalanishning samaradorlik ko'rsatgichlari. Academic research in educational sciences, (1).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.