Научная статья на тему 'TRANSPORT SOHASI UCHUN MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHDA MATERIALSHUNOSLIK YO‘NALISHINING O‘RNI VA AHAMIYATI'

TRANSPORT SOHASI UCHUN MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHDA MATERIALSHUNOSLIK YO‘NALISHINING O‘RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

124
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TRANSPORT SOHASI UCHUN MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHDA MATERIALSHUNOSLIK YO‘NALISHINING O‘RNI VA AHAMIYATI»

^^pecialists^n^heFieldoimÊamÊpmÊm

TRANSPORT SOHASI UCHUN MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHDA MATERIALSHUNOSLIK YO'NALISHINING O'RNI VA AHAMIYATI

Alimjon Axmadjanovich Risqulov Xushnuda Ashrafovna Sharifxodjayeva Nodirjon Qayumjonovich Tursunov Xurshidbek Ikromovich Nurmetov Toshkent davlat transport universiteti kh_tari@mail .ru

Ma'lumki, materiallarning takomillashish tarixi jamiyatning taraqqiyot tarixi bilan dialektik bog'langan. Barcha tarixiy davrlarda odamlar o'z hayotini yaxshilashga intilib, yangidan yangi materiallarni kashf qilishgan. Tarixiy davrlarning nomlari ham ko'proq ishlatilgan materiallar nomi bilan bog'liq: tosh davrlari (qadimgi, o'rta va yangi), mis davri, bronza davri, temir davri.

Materialshunoslikda faqat tarkib va tuzilishni o'rganib qolmay, balki har bir sinfdagi materiallarning mavjud buyum (konstruktsiya)lardagi holatini kuzatish orqali tuzilish (struktura) va xossalarni birgalikda bog'liqligini o'rganish ham muhimvazifasanaladi. Shuning uchun bugungi kunda materialshunoslikdagi asosiy vazifalar bu materiallarning xossalarini takomillashtirish bo'lib qolmasdan, balki talablardan kelib chiqadigan butunlay yangi konstruktsion materiallarni yaratish bilan ham bog'liqdir.

Materialshunoslik taraqqiyoti muhim muhandislik fani sifatida fizika, kimyo, mexanika ilmlarining rivojiga asoslanadi. Shuning uchun unda ko'rilayotgan masalalarni tushuntirishda termodinamika asoslari, kristallografiya, qattiq jismlarning atom-kristall tuzilishi, tuzilishdagi nuqsonlar nazariyasi, materiallarning deformasiyasi va emirilishning fizik asoslari kabi fundamental ilmlardan keng foydalaniladi [6].

Demak, yuqorida aytilganlardan kelib chiqadigan bo'lsak, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida "Agar tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak, dunyodagi deyarli barcha kashfiyot va texnologiyalarni yaratishda fizika fani fundamental asos bo'lganini ko'ramiz. Haqiqatan ham, fizika qonuniyatlarini chuqur egallamasdan turib, mashinasozlik, elektrotexnika, IT, suv va energiyani tejaydigan texnologiyalar kabi bugun zamon talab qilayotgan sohalarda natijaga erishib

April 21-22

107

^^pecialists^n^heFieldoimÊamÊpmÊm

bo'lmaydi" [1], deb ayni haqiqatni ta'kidlab o'tganligini bilish mumkin.

Chindan ham, materiallar va ularga ishlov berish usullari sanoat mahsulotlarining mukammalligini va tannarxini, shuningdek, ijtimoiy mehnatning unumdorligini va bular orqali, jamiyatning iqtisodiy holatini belgilaydi. Mashinasozlikda ko„p asrlardan beri kuzatilayotgan an'analar: ishchi bosimlarning ko'payishi, tezliklar va haroratlarning oshishi va ayni vaqtda, mashinalarning birligiga to'g'ri keladigan solishtirma massalarning kamayishi, hammasi, shularga mos materiallarning mavjudligi va ularni buyumga aylantirish usullarining ishlab chiqilgani tufayli amalga oshib kelayapti. Bu, materialshunoslikda va u bilan bog'liq ilmiy-texnik infrastrukturada tinimsiz taraqqiyot bo'lib kelayotganidan darak beradi. Mashinasozlikda taraqqiyot sur'atlarining oshishi, resurslarni tejash, ishlab chiqarishning rentabelligi, Yer sayyorasida ekologik muvozanatni saqlash muammolari materialshunoslik fanining ahamiyati naqadar yuqoriligini, muhandislar bu sohada chuqur kasbiy malaka olishlari zarurligini ko'rsatadi.

XX asrning oxirlarida materiallarga ishlov berish bo'yicha original texnologik jarayonlar ishlab chiqilishi metallarni qo'llash imkoniyatlarini misli ko'rilmagan darajada kengaytirib va o'zgartirib yubordi.

Kuzatishlar ko'rsatadiki, mashina va mexanizm detallarining ko'pchiligi qora metall qotishmalar (cho'yan va po„lat)dan tayyorlanmoqda. Buning boisi shundaki, ularning (zichligi, kattaligi, korroziyaga bardoshliliga qaramay) puxtaligi, termik va termo-kimyoviy ishlovlarga berilishi sababli xossalari yaxshilanib, oson kesib ishlanishi va boshqa xususiyatlari qo„l keladi.

Olimlar oldiga yangi avlod materiallarni ishlab chiqish masalasi qo'yildi, ular quyidagi talablarga javob berishi kerak: ilgari ma'lum bo'lmagan xossalarga ega bo'lish; tutash muhit va materiallar bilan faol o'zaro ta'sirga kirish; ekspluatatsiya sharoitlariga muvofiq o'zining strukturasi va xossalarini maqsadga muvofiq o'zgartirishi [5].

XX asrning oxirgi choragida materialshunoslikning asosiy yo'nalishlaridan biri - turli komponentlarni jamlash yo'li bilan kompozit materiallarni hosil qilishdan iborat edi. Materiallarga ishlov berish va ularni o'zgartirish texnologiyalaridagi taraqqiyot tufayli an'anaviy tabiiy materiallar (bazaltlar, diabazalar, yog'och)dan og'ir ekspluatatsiya sharoitlarida ham foydalanish imkoniyati tug'ildi.

Materialshunoslikning zamonaviy taraqqiyot bosqichiga nazar solsak, tarixiy nuqtai nazardan qisqa muddat ichida juda ko„p materiallar texnika vositalari ichiga kirib kelibdi. XXI asrda muhandislarga, materialshunoslik sohasida qo'yiladigan talablar yangi sifat

April 21-22

108

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-107-112

Specialists in the Field

darajasïga ko'tarildi. MDH mamlakatlarida xususiy ishlab chiqarish sektorining paydo bo'lishi, bozor munosabatlarining joriy bo'lishi muhandislarni, o'zlari qabul qiladigan qarorlarning iqtisodiy natijalariga e'tibor beradigan qilib tayyorlashni taqazo etadi.

Zamonaviy muhandis an'anaviy axborot vositalari va internet orqali kelib turadigan kuchli axborot oqimi ichida faoliyat yuritadi. U o'z oldida turgan texnikaviy masalaning, yuzaki qaraganda hammasi bir xil ko'rinadigan yuzlab, minglab yechimlari ichidan eng muqobil (optimal)ini tanlay bilishi kerak. Muhandislik yechimlari to'g'riligining bosh mezoni - optimal materialni tanlash bo'lib qoldi [2]. Bunday yechimni topish uchun materialshunoslik sohasida chuqur bilimlarga ega bo'lish kerak.

Noan'anaviy metall strukturalar: monokristall tolalar, amorf metallar, metastabil qotishmalar va boshqalarning xossalari muvozanat holatdagi dastlabki materiallarning xossalaridan keskin farq qiladi [3]. Texnik materiallar majmuasi avvaldan berilgan xossalar bilan hosil qilingan sun'iy materiallar hisobiga sezilarli kengaydi. Bunday materiallar, dastlabki xom ashyo va yarim mahsulotlar strukturasining turli pog'onalarini tartibga solish yo'li bilan olinadi [4].

Yangi turdagi polimerlarni sintez qilish bilan bir qatorda, ularni qayta ishlash texnologiyasi ham takomillashib bordi. Ayniqsa, polimer materiallarning issiqlikka chidamliligini oshirish, xossalarini barqarorlashtirish ustida katta ishlar olib borildi. Natijada issiqq bardoshli polimerlarni sintez qilish texnologiyasi, polimerlarni ham metall materiallarga o'xshash modifikatsiyalash usuli yaratildi.

Hozirgi ilmiy-texnika taraqqiyoti puxta va engil materiallarni ishlab chiqarishni taqozo etadi. Shuning uchun materialshunoslik fani oldiga qo'yilgan yangi vazifa turli komponentlardan iborat bo'lgan kompozitsion materiallarni ishlab chiqarishning ilmiy asoslarini yaratishdan iborat. Chunki mashina mexanizmlarining yangi konstruksiyalari oldiga ularda qo'llanilgan materialning solishtirma og'irligini kamaytirish, tezlikni oshirish, ishlab chiqarish jarayonining ekologik tozaligini ta'minlash, konstruktsiyaning ishlash muddatini oshirish kabi talablar qo'yilmoqda.

Ishqalanish juftlari mashina va mexanizmlarning juda muhim qismi bo'lib, ularning ishlash sifati va muddatini belgilaydi. Shu sababli materialning ishqalanib emirilishini kamaytirish muhim vazifadir. Keyingi paytda shu muammo ustida ikki yo'nalishda ish olib borilmoqda. Birinchi yo'nalish ishqalanish koeffitsienti kichik va eyilishga chidamli yangi kompozision materiallar va

konstruksiyalarni yaratish bo'lsa, ikkinchi yo'nalish ishqalanish juftlarining ishlash jarayonida yuzalarda sodir bo'ladigan

April 21-22

murakkab fizik-kimyoviy jarayonlarni ilmiy asosda chuqur o'rganishdir.

Materialning samaradorligi mashinasozlikda massa o'lchov birligiga to'g'ri keladigan mashinaning quvvati yoki uning unumdorligi bilan belgilanadi. Demak, mashinasozlikka qo'yilayotgan yangi talab mashina va mexanizmlarning quvvatini, unumdorligini oshirish hamda ular uchun ishlatiladigan materiallarning puxta va yengil bo'lishiga erishishdir. Masalan, keyingi paytda olingan magniy hamda litiy qotishmalari ana shunday talablarga javob beradi. Shunday materiallardan yaratilgan bir xil massali konstruktsiyalarning deformatsiyaga qarshiligi po'lat yoki titandan yasalgan konstruktsiyalarning qarshiligidan ustun turadi. Gaz bilan to'yintirilgan ba'zi materiallar hozirgi zamon texnikasi bo'lmish aviasiya va kosmik kemalarda juda qo„l kelmoqda. Shuning uchun aviatsiya va kosmik texnika uchun bunday materiallarni yetkazib berish muhim muammolardan biridir.

Yuqorida keltirilgan qisqa ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, materialshunoslik fanining yutuqlari oldida turgan muammolar ilmiy-texnika taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga egadir. Mashinasozlik sanoati tez rivojlanib borayotgan mustaqil O'zbekiston uchun bu juda muhim. Chunki yangi materiallarni izlab topish va ta'mirlashning yangi samarali usullarni yaratish hozirning o'zidayoq zarurdir [7].

Xulosa sifatida aytadigan bo'lsak, keyingi yillarda mashinasozlikda texnika va texnologik jarayonlar ildam qadamlar bilan takomillashib rivojlanishi bilan yangi-yangi yuqori puxtalikka, korroziyaga bardosh konstruktsion materiallardan keng foydalanilmoqda. Ularni ishlab chiqarish va ishlatish sohalari, texnologik jarayonlar mexanizatsiyalashib va avtomatlashtirilishi natijasida ish sharoiti yaxshilanib, sifatli, raqobat bardosh, ko'plab xilma-xil mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Rangli metall va ularning qotishmalari qora metall qotishmalaridan ancha qimmat bo'lsada, korroziyaga bardoshligi, elektr va issiqlikni yaxshi o'tkazishi, plastikligi, puxtaligining qoniqarligi, temperatura pasaygan sari elektr o'tkazuvchanligining ortishi, termik ishlanishi va boshqa xossalari tufayli zarur joylarda keng qo'llaniladi. Lekin qimmatbaho rangli metall va ularning qotishmalari o'rniga qora metall qotishmalari va nometall materiallardan foydalanish katta iqtisodiy tejamlik beradi. Bu holni unutmaslik kerak.

April 21-22

110

^^pecialists^n^heFieldoimeSmePmem

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, 29.12.2020, https://president.uz/uz/lists/view/4057.

2. Nurmetov, K. I., Avliyokulov, J. S., & Alimov, M. R. (2021). Features of the structure, composition and technology of composite materials based on polytetrafluoroethylene. Frontline Social Sciences and History Journal, 1(06), 15-18.

3. Nurmetov, K., Riskulov, A., & Avliyokulov, J. (2021). Composite Tribotechnical Materials for Autotractor Units (No. 5039). EasyChair.

4. Nurmetov, K. I., & Riskulov, A. A. (2021). Some aspects of industrial polymer waste recycling system.

5. Нурметов, Х. И., Турсунов, Н. К., Кенжаев, С. Н., & Рахимов, У. Т. (2021). Перспективные материалы для механизмов автомобильных агрегатов. Scientific progress, 2(2), 1473-1479.

6. Nurmetov, K., Riskulov, A., & Avliyokulov, J. (2021). Composite tribotechnical materials for autotractors assemblies. In E3S Web of Conferences (Vol. 264). EDP Sciences.

7. Nurmetov, K., & Riskulov, А. А. (2020). Perspectives on the Use of Composites.

8. Воропаев, В. В., Струк, В. А., Горбацевич, Г. Н., Лавринюк, И. Л., & Юлдашева, Г. Б. (2012). Технология машиностроительных фторкомпозитов с пониженной дефектностью. In Сб. трудов XIX международной научнотехнической конференции. Машиностроение и техносфера XXI века (Vol. 1, pp. 155-164).

9. Toirov, O. T., Tursunov, N. Q., Nigmatova, D. I., & Qo'chqorov, L. A. (2022). Using of exothermic inserts in the large steel castings production of a particularly. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(1), 250256.

10. Texnologiya mashinostroitel'ny'x, V. V. (2012). ftorkompozitov s ponizhenoj defektnost'yu/VV Voropaev, VA Struk, GN Gorbacevich, IL Lavry'nyuk, GB Yuldasheva. Sb. Trydov XXI veka.-Doneck, 155-164.

11. Yuldasheva, G. B., Huzhahmedova, H. S., & Yuldasheva, N. P. (2020). Use of nanomaterials for restoration of rubbing parts of engine. Academy, (4), 25-26.

12. Toirov, O. T., Tursunov, N. Q., & Nigmatova, D. I. (2022, January). Reduction of defects in large steel castings on the example of "Side frame". In International Conference on Multidimensional Research and Innovative Technological Analyses (pp. 19-23).

April 21-22

111

Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 1 | 2022

Google Scholar indexed Prospects for Training International

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-107-112 Specialists in the Field of Transport

13. Антонов, А. С., Абдуразаков, А. А., Рыскулов, А. А., Струк, В. А., & Юлдашева, Г. Б. (2017). Машиностроительные композиционные материалы на основе смесей термопластов. Прогрессивные технологии и системы машиностроения, (1), 3-19.

14. Ryskulov, A. A., Liopo, V. A., Avdeichik, S. V., & Mikhailova, L. V. (2014). Features of the Physicochemical processes in a Metal-Polymer System. International Polymer science and technology, 41(8), 33-40.

15. Турсунов, Н. К., & Тоиров, О. Т. (2021). Снижение дефектности рам по трещинам за счёт применения конструкции литниковой системы.

16. Ryskulov, A. A., Liopo, V. A., Ovchinnikov, E. V., & Eisymont, E. I. (2011). Phase transformations in tribosystems with metal-polymer components. Journal of Friction and Wear, 32(1), 30-36.

17. Турсунов, Н. К., Тоиров, О. Т., Железняков, А. А., & Комиссаров, В. В. (2021). Снижение дефектности крупных литых деталей подвижного состава железнодорожного транспорта за счет выполнения мощных упрочняющих рёбер.

18. Abdurazakov, A. A., Riskulov, A. A., Yuldasheva, G. B., & Avliyokulov, J. S. (2015). Technology of high-strength wear resistant fluorcomposites for mechanical engineering. Europaische Fachhochschule, (10), 43-47.

19. Toirov, O., & Tursunov, N. (2021). Development of production technology of rolling stock cast parts. In E3S Web of Conferences (Vol. 264, p. 05013). EDP Sciences.

April 21-22

112

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.