Научная статья на тему 'TRANSPORT LOGISTIKASIDA “TIR” KARNET KITOBCHASI QOʻLLANILISHINING XALQARO YUK TASHUVLARDAGI AHAMIYATI'

TRANSPORT LOGISTIKASIDA “TIR” KARNET KITOBCHASI QOʻLLANILISHINING XALQARO YUK TASHUVLARDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tashqi savdo siyosati / transport-logistika tizimi / TIR KARNET / Yevropa Ittifoqi / e-TIR / IRU / YAIM / chegara va tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti / COVID-19 pandemiyasi / xalqaro konvensiya. / foreign trade policy / transport and logistics system / TIR CARNET / European Union / eTIR / IRU world road transport organization / GDP / customs post border and foreign economic activity / COVID-19 pandemic / international convention.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Israilov Fazil Ismailovich

Ushbu maqolada TIR KARNET kitobchasining qoʻllanilishi bilan bogʻliq ayrim ilmiy va amaliy mulohazalar yuritilgan. Unda bugungi kunda transportlogistika tizimining global miqiyosda raqamlashib borish jarayonini inobatga olgan holda tahlil qilingan. Tahlillar jarayonida kitobchaning qoʻllanilishi bilan bogʻliq jarayonlarning retrospektiv va perspektiv jihatlariga eʼtibor qaratilgan. Tahlil natijalaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston manfaatlari nuqtayi nazaridan amaliy asoslangan takliflar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SIGNIFICANCE OF THE USE OF "TIR" CARNET BOOKLET IN TRANSPORT LOGISTICS IN INTERNATIONAL CARGO TRANSPORTATION

This article contains some scientific and practical considerations related to the use of the TIR Carnet. In particular, the article analyzes taking into account the process of digitalization of the existing transport and logistics system on a global scale. In the process of analysis, attention is paid to retrospective and prospective aspects of the processes associated with the application of TIR. Ased on the results of the analysis, practical proposals are given from the point of view of the interests of Uzbekistan.

Текст научной работы на тему «TRANSPORT LOGISTIKASIDA “TIR” KARNET KITOBCHASI QOʻLLANILISHINING XALQARO YUK TASHUVLARDAGI AHAMIYATI»

TRANSPORT LOGISTIKASIDA "TIR" KARNET KITOBCHASI QO'LLANILISHINING XALQARO YUK TASHUVLARDAGI AHAMIYATI

Israilov Fazil Ismailovich

Jizzax politexnika instituti "Transport logistikasi " kafedrasi katta o'qituvchisi

fozil. isroilov@gmail. com

Annotatsiya: Ushbu maqolada TIR KARNET kitobchasining qo'llanilishi bilan bog'liq ayrim ilmiy va amaliy mulohazalar yuritilgan. Unda bugungi kunda transport-logistika tizimining global miqiyosda raqamlashib borish jarayonini inobatga olgan holda tahlil qilingan. Tahlillar jarayonida kitobchaning qo'llanilishi bilan bog'liq jarayonlarning retrospektiv va perspektiv jihatlariga e'tibor qaratilgan.

Tahlil natijalaridan kelib chiqqan holda O'zbekiston manfaatlari nuqtayi nazaridan amaliy asoslangan takliflar berilgan.

Kalit so'zlar: tashqi savdo siyosati, transport-logistika tizimi, TIR KARNET, Yevropa Ittifoqi, e-TIR, IRU, YAIM, chegara va tashqi iqtisodiy faoliyat bojxonaposti, COVID-19pandemiyasi, xalqaro konvensiya.

ЗНАЧЕНИЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ КНИЖКИ «TIR» В ТРАНСПОРТНОЙ

ЛОГИСТИКЕ ПРИ МЕЖДУНАРОДНЫХ ГРУЗОПЕРЕВОЗКАХ

Исраилов Фазил Исмаилович

старший преподаватель кафедры «Транспортная логистика» Джизакского

политехнического института

fozil.isroilov@gmail. com

Аннотация: В данной статье приводятся некоторые научные и практические соображения, связанные с применением буклета книжки МДП. В частности, в статье проведен анализ с учетом процесса цифровизации действующей транспортно-логистической системы в глобальном масштабе. В процессе анализа внимание уделяется ретроспективным и перспективным аспектам процессов, связанных с применением книжки. По результатам анализа даны практические предложения с точки зрения интересов Узбекистана.

Ключевые слова: внешнеторговая политика, транспортно-логистическая система, ТИР КАРНЕТ, Европейский Союз, e-TIR, IRU — всемирная автотранспортная организация, ВВП, таможенный пост

приграничный и внешнеэкономической деятельности, пандемия COVID-международная конвенция.

THE SIGNIFICANCE OF THE USE OF "TIR" CARNET BOOKLET IN TRANSPORT LOGISTICS IN INTERNATIONAL CARGO

TRANSPORTATION

Israilov Fazil Ismailovich

Jizzakh polytechnic institute, "Transport logistics " department, Senior teacher

fozil.isroilov@gmail. com

Abstract: This article contains some scientific and practical considerations related to the use of the TIR Carnet. In particular, the article analyzes taking into account the process of digitalization of the existing transport and logistics system on a global scale. In the process of analysis, attention is paid to retrospective and prospective aspects of the processes associated with the application of TIR. Ased on the results of the analysis, practical proposals are given from the point of view of the interests of Uzbekistan.

Key words: foreign trade policy, transport and logistics system, TIR CARNET, European Union, eTIR, IRU - world road transport organization, GDP, customs post border andforeign economic activity, COVID-19pandemic, international convention.

KIRISH

O'zbekiston tovarlarining jahon bozorida raqobatbardoshligini ta'minlashning asosiy shartlaridan biri bu arzon, tezkor hamda xavfsiz transport logistikasini takomillashtirish bo'lib qolmoqda.

Shundan bilish mumkinki, dastlabki iqtisodiy nazariyalardan boshlab xalqlar o'rtasidagi savdoni rivojlantirishning asosiy sharti sifatida transport-logistika tizimiga zarurat borasida bilvosita xulosaga kelish mumkin.

Shu bilan birga, dunyodagi transport logistikasi sohasidagi raqamlar, jahon iqtisodiyotining mazkur tarmog'idagi salohiyati ancha salmoqli ekanligini ko'rish mumkin.

Xususan, 2020-yilga kelib dunyo davlatlarining yalpi ichki mahsulotlarida (YAIM) transport xizmatlarining ulushi 8 foizdan 12 foizgacha tashil qilib, global logistika sanoatining qiymati 9,6 trln. AQSH dollari hamda xalqaro miqyosida yuk tashishlar xizmatlarining narxi esa 4,1 trln. AQSH dollarini tashkil qilmoqda8.

8 https:// data. bts. Gov / stories / s / Transportation-Economic-Trends-Contributionof-Tra/pgc3-e7j9 / Contribution of Transportation to the Economy: Final Demand Attributed to Transportation.

Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan milliy transport tizimini xalqaro maydonda o'z o'rnini topishi borasida ham ko'plab tashabbuslar ilgari surilmoqda.

Xususan, o'tgan yilning 24-26-mart kunlari Davlat rahbari tomonidan Yangi O'zbekistonda ilk marotaba o'tkazilgan "1-Toshkent Investitsiyalar forumi"da so'nggi besh yillikdagi mamlakatda amalga oshirilgan islohotlar borasida nutq so'zlab, amaliy tashabbuslar ilgari surildi. Natijada, anjuman yakunlari bo'yicha dunyoning 56 mamlakatidan 2 mingdan ortiq ishtirokchilar tomonidan 7,8 mlrd. dollarlik aniq shartnomalar va investitsiyaviy bitimlar paketi imzolanishiga erishildi9.

O'z navbatida, 2022-yilning yilning 15-16-sentyabr kunlari Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Samarqand sammitida mintaqaviy transport-logistikasi tizimini rivojlantirish, bunda asosiy e'tiborni savdo-iqtisodiy vektoriga nisbat berilishi ahamiyatga molikdir.

Chunonchi, mazkur nufuzli tadbirda tashkilotning "huquqiy bazasi"ni rekord darajada jami 44 ta hujjat bilan to'ldirilib, uning 10 ga yaqini transport hamda xalqaro savdoga bevosita va bilvosita aloqador ekanligini ko'rish mumkin10.

Shulardan kelib chiqqan holda, ayni kunlarda jahon iqtisodiyotining "qon tomiri" hisoblangan transport logistikasida ham raqamlashish sari dadil qadamlar bilan ildamlab bormoqda.

Xususan, xalqaro yuk tashuvlarda o'zining xavfsizligi, tezkorligi, ixchamligi hamda o'zining ishonchliligi bilan muhim ahamiyatga ega hamda tashqi savdoda juda keng qo'llanilib kelinayotgan TIR CARNET hujjatining o'rni anchayindir.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Mazkur maqola doirasida asosan avtomobil transportida xalqaro tashuvlarni amalga oshirish jarayonlari tahlil qilinib, mazkur tashuvlar milliy iqtisodiyotga ta'sirining o'ziga xos jihatlari bayon qilingan. Shuningdek, tadqiqotning olib borish jarayonida statistic ma'lumotlar tahlili, qo'llanilgan atamalarning etimologik jihatlarini tarixiy nuqtayi nazardan, shu bilan birga analiz, sintez usullari hamda huquqiy tushunchalarning qiyosiy tahlili bo'yicha tadqiqotlar olib borildi. Shuningdek, xalqaro yuk tashuvlarning bugungi kundagi tendensiyalari rasmiy statistik ma'lumotlar asosida tahlil qilingan.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Xalqaro yuk tashuvlarda TIR CARNET kitobchasi (keyingi o 'rinlarda kitobcha deb yuritiladi) 1975-yildan buyon qo'llanilib kelinayotgan bo'lsada, bu borada ilmiy ishlanmalar yetarli darajada emas.

9 https:/ review.uz/oz/post/o-tashkentskom - mejdunarodnom - investicionnom - forume-kommentarii-zarubejnx-ekspertov / Birinchi xalqaro Toshkent investitsiya forumi (xalqaro ekspertlar fikrlari).

10 https://president.uz/uz/lists/view/5544 // Samarqand sammiti yakunida salmoqli hujjatlar to'plami imzolandi.

Bu borada tadqiqot olib borilgan ishlar o'rganilganda, asosan MDH davlatlarida olib borilganligi ko'rish mumkin.

Xususan, tadqiqotchilar K.V.Xolopov hamda O.V.Sokolovalar o'z ishlarida Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqining (keyingi o'rinlarda Yell deb ketiladi) yagona transport makonini tashkil qilish hamda savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda kitobchaning ahamiyati va o'rni borasida fikr yuritgan11.

Rossiyalik tadqiqotchilar P.V.Kurenkov, A.F.Kotlyarenko, M.V.Buzuluskayalar esa kitobchalarni multimodal tashuvlar bilan bog'liq izlanishlar olib borgan. TIR kitobchalarini ushbu yo'sindagi tashuvlarni boshqa transport vositalari bilan o'zaro bog'liqligini o'rgangan. O'rganish davomida multimodal tashuvlarning bir transport vositasida (asosan avtotransport tashuvlarda) uzoq masofali tashuv jarayonlarida xarajat va vaqtni kamayishi natijalari ilmiy asoslab berilgan12.

Shu bilan birga, rus tadqiqotchilaridan E.N.Fuks va V.A.Vikentevlar ham o'z ishlanmalarini Yell misolida ko'rib chiqqan holda tadqiqiotlar olib borishgan bo'lib 2016-2019-yillar oralig'ida xalqaro tashuvlarni matematik-statik tahlil qilishgan. Unga ko'ra avtomobil transportida TIR kitobchalaridan foydalangan holdagi tashuvlar kamayish tendensiyasini qayd etishib, quyidagi omillar ta'sir ko'rsatayotganini qayd etishgan. Xususan,

mamlakat hududdida TIR Carnetga o'xshagan milliy kafolat tizimlarini paydo bo'layotganligi;

YeII doirasida tranzit axborot tizimlarini rivojlanib borayotganligi; - bojxona tranzit tizimida rasmiylashtiruv jarayonida qog'ozsiz hujjatlarni joriy qilinayotganligi kabi omillarni sdanab o'tgan13.

Yuqorida qayd etilgan olimlarning tadqiqotlaridan TIR kitobchasining o'ziga xos jihatlari ochib berilgan bo'lsada,uni raqamlashtirish natijasida qanday amaliy iqtisodiy samaradorlikka erishish borasida yondasahuvlar aks etmaganini bilish mumkin.

TAHLIL NATIJALARI VA MUHOKAMA

Tarixdan ma'lumki 1945-yilda ikkinchi jahon urushi yakunlangandan so'ng bir qator Yevropa mamlakatlarining etakchilari urush natijasida vayronaga aylangan mintaqani qayta qurish hamda mazkur makondagi davlatlarni ijtimoiy-iqtisodiy

11 Холопов К.В., Соколова О.В. "Использование системы МДП во внешней торговле ЕАЭС". Российский внешноэкономический вестник. №3. 2018 й. 84-96 бетлар.

12 Холопов К.В., Забоев А.И. Рынок международных автомобильных перевозок в Российской Федерации в 2016 г. и перспективы его развития в 2017 г. // Российский внешнеэкономический вестник. №2, 2017 й. 98-бет.

13 Куренков П.В., Котляренко А.Ф., Бузулуцкая М.В. Информационное взаимодействие между субъектами рынка транспортных услуг в системе смешанных сообщений // Информационные технологии на железнодорожном транспорте: Материалы третьей международной научно-практической конференции «ИНФОТРАНС-98». - СПб., 1998.- с. 149, 150.

jihatdan yuksaltirish maqsadida o'zaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarini boshlab yuborishadi. Shunga asosan, 1951-yilda ayrim Yevropa davlatlarining temir va po'lat birlashmasi asosida birlashib, bugungi kunda iqtisodiy jihatdan qudratli makonga aylangan Yevorpa Ittifoqi integratsiyalashgan xalqaro transport tizimiga zarurat yuzaga kelgan edi. Natijada 1975-yil 14-noyabrda ushbu mintaqa mamlakatlari "Xalqaro yo 'llarda tashish kitobchasidan foydalangan holda yuklarni xalqaro tashish to'g'risidagi bojxona konvensiyasi"ni qabul qilishdi. Ayni kunlarda mazkur hujjat qabul qilinishi bilan TIR CARNET kitobchalari nafaqat Yevropada balki Osiyo va Sharqiy Afrika davlatlarida ham keng qo'llanilib kelinmoqda. Xususan, ushbu bojxona konvensiyasiga bugungi kunda 77 ta davlat a'zo bo'lib, mazkur davlatlardagi 31115 ta (shundan O'zbekistonda 966 ta) tan olingan milliy transport operatorlari tomonidan kitobchalar qo'llanilib kelinmoqda14.

O'z o'rnida esa CARNET so'zini eski Oksford lug'atidan o'rganilganda qiziq tarixiy ma'lumotlarni ko'rish mumkin. Mazkur so'z Britaniya Imperiyasining Osiyo va Uzoq Sharqdagi mustamlaka davlatlari bilan o'rnatilgan savdo-sotiq munosabatlari natijasida kelib chiqqanligi bilan o'z ifodasini topgan. Jumladan, ingliz savdogarlari Hindiston hamda Janubi-Sharqiy Osiyo davlatidan tovarmoddiy boyliklarini olib kelayotganda Britaniya portlaridan, mamlakat hududidiga kirayotgan paytda alohida bojxona imtiyozlariga ega bo'lish maqsadida maxsus "CARNET" deb yozilgan qog'ozdan foydalangan holda savdo sotiqni amalga oshirganlar. Boshqa manbalarda esa "CARNET" so'zi etimoligik jihatdan fransuz tilidan (o'rta asrla foydalanishda bo 'lgan davriga xos) olingan bo'lib, "quernet - to'rt bog'lamli yoki varaqli kitobcha" so'zi vaqt o'tgan sari so'zning shakl o'zgarishiga uchragan atama hisoblanadi. Bugungi kunda esa, so'zning morfologik ta'sirga uchrashi natijasida "carnet" shakliga kelib qolgan15. Bugungi kunga kelib, ushbu konvensiya qoidalarining tadrijiy o'zgarishlari oqibatida 5 ustun tamoyil asosida xalqaro yuk tashuvlar jarayoniga qo'llanilib kelinmoqda. Shunga ko'ra xalqaro ekspertlarning fikriga ko'ra kitobchadan foydalanishda tashqi savdoda ketadigan vaqtning 80% hamda xarajatlarning 38 %ga qisqarishi amaliyotda o'zining isbotini topgan. Bundan tashqari, jahon logistika bozorida yuk tashish bo'yicha tuzilgan shartnomalar yillik 210 dan 250 mlrd. AQSH dollarigacha baholanib, Xalqaro Jahon Bankining prognozlariga ko'ra esa 2018-2024-yillar oralig'ida dunyo logistika sanoatining qiymatini doimiy o'sib borishi bo'yicha baholamoqda (2019-2020-yillarda boshlangan COVID-19 pandemiya davrini hisobga olmaganda)16.

14 Е. Н. Фукс, В. А. Викентьев. Система таможенного транзита во внешнеторговой деятельности Евразийского Экономического Союза в современных условиях. Технология и система таможенного контроля. Вестник Российской Таможенной Академии. №1 2020 й. 87-94 бетлар.

15 Israilov Fazil Ismailovich. Avtomobil transportida yuklarni tashishda zamonaviy tizimlarini joriy etish samaradorligi. Mexanika va texnalogiya ilmiy jurnali, Namangan muhandislik qurilish institute, Maxsus sjn - 2023, № 2 (5) 88-bet.

16 F.I. Israilov. A.Ya.Norqulov. Yuklarni iste'molchi manziliga yetkazib berish jarayonini boshqarish modeli. Academic Research in Educational Scinces 2(1), 01.2021. 567- 574.

Shuningdek, o'zining tashqi savdosida jahonda AQSHdan so'ng ikkinchi o'rinda turuvchi Xitoy Xalq Respublikasining 2016-yilda mazkur konvensiyaga a'zo bo'lishi bilan, Janubiy Yevropa bilan Janubi-Sharqiy Xitoy o'rtasida avtomobil transportida tashuv vaqti 16 kunga qisqarishi, mazkur hujjatni davlatlararo xalqaro integratsiyaga qay darajada o'zining ijobiy ta'sir ko'rsatilishi bilan izohlash mumkin17.

1-rasm. 2018-2024-yillar jahon transport-logistika tarmog'i xizmatlarining prognoz ko'rsatkichlarining qiymati (trln. AQSH dollari hisobida)

Shu asnoda, mazkur kitobchadan jo'natuvchi bojxona organida och sariq varag'i yirtib olinib qo'yib, qabul qiluvchi bojxona organida och yashil varag'i olib qo'yiladi. Misol tariqasida olinadigan bo'lsa, Tojikistondan "paxta xom ashyosi" tovari avtomobil transportiga Turkiyaga O'zbekiston-Turkmaniston-Eron davlatlari orqali eksport qilinganda TIR kitobchasining qo'llanilishi quyidagicha bo'ladi.

2-rasm. TIR kitobchasidagi rangli varaqlarning rasmiylashtiruv chizmasi

Bunda 1- Tojikiston "paxta xom ashyosi" tovari yuklangan joyda faoliyat olib boruvchi bojxona organi kitobchaning och sariq varag'ini rasmiylashtirib, kitobchadan uni ajratib olib, mamlakatdan chiqib ketish uchun esa yashil varag'i belgilangan joyidan qirqib olinadi. Xuddu shu tartibda tranzit davlatlarning kirishida sariq, chiqishida esa yashil varaqlari qirqib olinib, tashqi savdo yukining oxirgi manzilida qabul qilib oluvchi bojxona organi esa yashil betini olib qolinadi.

O'z navbatida, varaqlar soniga qarab kitobchalar o'zining konvensiyaga a'zo davlatlarining har biri uchun standartlashgan narxlariga ega. Mazkur hujjat 2022-yil 20-sentabr holatida O'zbekiston milliy tashuvchilari uchun 6 varaqlisi 33,21 hamda 14 varaqligisi 66,71 AQSH dollaridan sotilmoqda18. Shuningdek, olib borilgan izlanishlar

17 Ilkhom Umirov, Urazov Bekzod, Utkirjon Rakhmatov, Israilov Fazil, Dildora Zukhurova "Analysis of Practical Calculation Methods of External Speed Characteristics of Engine" INTERNATIONAL CONFERENCE PTLICISPWS-2 Scopus & Web of Science indexed May, 2023

18 https://www.statista.com/statistics/943517/logistics-industry-global-cagr/ Size of the global logistics industry from

tahlili shuni ko'rsatmoqdaki davlatlarning milliy tashuvchilari tomonidan ishlatilgan TIR CARNETlarning ulushi asosan Yevropa davlatlarining ulushiga to'g'ri kelmoqda. Xususan, statistik ma'lumotlarga ko'ra 2001-yildan buyon dunyo mamlakatlari bo'ylab tarqatiladigan kitobchalarning 55-60 foizi Yevropa davlatlarining milliy tashuvchilari tomonidan foydalanib kelinmoqda. Jumladan, IRU ma'lumotlari o'rganilganda 2001-2021-yillar davomida tashkilot tomonidan tarqatilgan 48 787 798 ta TIR kitobchalaridan to'rtdan uch qismi ya'ni 36 626 099 tasi Yevropa mamlakatlari hissasiga to'g'ri keladi19. Mazkur yillar davomida ishlatilgan kitobchalarning asosiy ulushi Turkiya (9 287 999), Polsha (4 368 000), Rossiya (7 135 400), Ukraina (4 815 700) hamda Belorossiya (3 081 849) kabi davlatlari hissasiga to'g'ri keladi. Shu bilan birga, e'tiborli tomoni shundaki tarqatilayotgan kitobchalarning ko'lami 2012-yildan so'ng keskin tushib ketganligini ko'rish mumkin. Xususan, ishlatilgan kitobchalar soni 2010-2021-yillar oralig'ida raqamlarda ko'riladigan bo'lsa yildan-yilga 15-20 foizga kamayib bormoqda.

1-jadval

2010-2021-yillarda IRU tomonidan O'zbekiston hamda dunyoning ayrim davlatlariga tarqatilgan TIR CARNET kitobchalarining soni

2012-y 2013-y 2014-y 2015-y 2016-y 2017-y 2018-y 2019-y 2020-y 2021-y

Turkiya 685000 540500 385500 325100 213900 200000 189000 200000 55000 96999

Rossiya 598000 529700 300400 163900 137800 122600 121000 95200 83200 62000

Eron 85000 105000 90000 85000 118000 115000 165000 85000 120000 100000

Ukraina 376800 434000 95000 154500 140700 143600 106000 103500 71500 109500

O'zbekiston 17500 7500 9000 9000 27000 14000 32400 43000 89000 115000

Jami 3158300 2920150 1945050 1500450 1223400 1154650 1020650 858100 679300

O'zbekiston Respublikasida mazkur jarayon O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi "Bojxona ma'muriyatchiligini isloh etish va O'zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish to'g'risida"gi PF- 6005-sonli Farmonidagi aniq belgilangan tadbirlarda o'z ifodasini topgan.

2018 to 2024. 10. D.Parkinson, J.Noble. Oxford Business English Dictionary. 2006 h. Oxford university press. 644 6. 79- bet.

19 https://www.iru.org/news-resources/newsroom/tir-trade-corridor-betweenchina-and-spain-ready-business // TIR trade corridor between China and Spain ready for business.

Xususan, mazkur Farmon asosida "ye-TIR" loyihasi sinov tariqasida ilk bor 2020-yilning nobyar oyida O'zbekiston va Qozog'iston, 2021-yilning may oyidan esa, O'zbekiston va Tojikiston o'rtasidagi tashuvlarda qo'llanila boshlandi.

115000

■ 2010 S. "2011 й. И2012Й. 2013 й. "2014Й. "2015 й. "2016 й. "2017 й. "2018 й. И2019Й. "20206. "2021 й.

3-rasm. 2010-2021-yillarda ishlatilgan TIR CARNET kitobchalarining soni

Kelgusida O'zbekiston bilan Pokiston, Eron, Xitoy, Qirg'iziston o'rtasidagi tashuvlarda ham ushbu loyiha amaliyotga joriy etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek e'tiborli tomoni shundaki, oxirgi yillarda O'zbekiston milliy tashuvchilari tomonidan TIR kitobchalaridan foydalanish sezilarli darajada oshganligini ko'rish mumkin. Chunonchi, 2001-2021-yilar mobaynida o'zbek tashuvchilari 415700 ta TIR kitobchalaridan foydalanilgan bo'lsa, shundan 2021-yilda 115000 ta kitobchadan foydalanib, boshqa davlatlarga nisbatan eng ko'p TIR KARNETlardan xalqaro tashuvlarda qotashuvlarida o'z o'rnini ijobiy tomonga o'zgarayotganligini ko'rsatmoqda. Xususan, quyidagi diagramma orqali o'zbek tashuvchilarining so'nggi 10 yillikda foydalanilgan kitobchalarning dinamikasini bilish mumkin.

Shu bilan birga kitobchalarning milliy tashuvchilar tomonidan eksport yo'nalishida xalqaro tashuvlarda qo'llanilganda tranzit davlatlarida bojxona kuzatuvi hamda ba'zi bojxona tartibotlaridan ozod etilishini nazarda tutish lozim. Jumladan, bugungi kunda O'zbekiston bilan chegaradosh barcha davlatlarda (shuningdek O'zbekistonda ham) mazkur kitobchani qo'llagan holda xalqaro yuklar tashilganda bojxona kuzatuvi va nazorati shakllaridan ozod etilishi ma'lum. O'z navbatida, yuqorida qayd etilganidek TIR KARNET kitobchasining milliy tashuvchilari tomonidan qo'llanilishi xalqaro yuk tashuvlar vaqtining 80, xarajatlarining esa 38 foizga qisqarishini ta'kidlash joiz. Tahlillarga kelib chiqib, mazkur kitobchadan qo'llanilganda xalqaro tashuvlarda mamlakat imidjini va salohiyatini yaxshilash maqsadida muhim huquqiy vosita bo'lib qolmoqda.

4-rasm. O'zbekiston milliy tashuvchilari tomonidan amalga oshirilgan xalqaro tashuvlarda TIR KARNET kitobchalarining o'rni

Raqamli diagrammadan ko'rish mumkinki, avtomobil transportida milliy tashuvchilar tomonidan umumiy hisobda qo'llanilgan TIR CARNETlar 2017-yilda 15 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2021-yilga kelib 22 foizli ko'rsatkichga erishgan20. Boshqacha aytganda, o'zbek tashuvchilarining har beshta tashuvlaridan faqatginabittasi mazkur "imtiyozli" kitobchalardan foydalanilayotganini ko'rish mumkin. Bundan ko'rish mumkinki, TIR KARNETsiz harakatlangan milliy tashuvchilar oraliq tranzit davlatlarining bojxona ma'muriyatchiligining (ma 'lum bir tarif stavka asosida bodxona kuzatuvi, tovarlar tekshirish bilan bog'liq xarajatlar) qo'llanilishiga olib kelib, tashqi savdo yuklarini ortiqcha xarajatlar bilan dunyo bozoriga kirib borishiga olib keladi.

XULOSA

Tahlillardan kelib chiqib xulosaga kelish mumkinki, O'zbekistonda xalqaro tashuvlarda qo'llanilayotgan TIR KARNET kitobchasining imkoniyatlaridan to'liq foydalanilmayotganini ko'rsatmoqda. Istiqbolda esa, tashqi savdo yuklarini, ayniqsa milliy eksport mahsulotlarini o'zbek tashuvchilari tomonidan TIR kitobchalari asosida tashilishida tashish xarjatlarining kamayishi natijasida O'zbekiston tovarlarining jahon bozorida o'z o'rni va raqobatbardoshligini ishonchli mutahkamlashga olib keladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib quyidagi takliflar beriladi:

O'zbekiston eksport yuklarini tashishda "TIR CARNET" kitobchasi bilan bog'liq xarajatlarni davlat tomonidan kompensatsiya asosida qoplab berish amaliyotini yo'lga qo'yish.

ShHT davlatlari makonida "e-TIR" loyihasini ishga tushirish bo'yicha tashabbusni mintaqaviy tuzilma doirasida o'tkazilishi rejalashtirilayotgan xalqaro anjumanlarning kun tartibiga qo'yish.

Mazkur takliflar amaliyotda o'z aksini topganda ochiq dengizga chiqishda imkonoyati cheklangan (ikki karra yopiq) O'zbekiston eksportyorlarini moliyaviy jihatdan rag'bantlantirish, natijada esa milliy mahsulotlarni dunyo bozorida raqobatbardoshigini oshirishga erishish mumkin.

' https://unece.org/tir-carnet-prices // TIR Carnet Prices.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Contribution of Transportation to the Economy: Final Demand Attributed to Transportation. https:// data. bts. Gov / stories / s / Transportation-Economic-Trends-Contributionof-Tra/pgc3-e7j9 /

2. Birinchi xalqaro Toshkent investitsiya forumi (xalqaro ekspertlar fikrlari) / https:/ review.uz/oz/post/o-tashkentskom - mejdunarodnom - investicionnom -forume-kommentarii-zarubejnx-ekspertov/

3. Samarqand sammiti yakunida salmoqli hujjatlar to'plami imzolandi / https://president.uz/uz/lists/view/5544 //

4. Холопов К.В., Соколова О.В. "Использование системы МДП во внешней торговле ЕАЭС". Российский внешноэкономический вестник. №3. 2018 й. 84-96 бетлар.

5. Холопов К.В., Забоев А.И. Рынок международных автомобильных перевозок в Российской Федерации в 2016 г. и перспективы его развития в 2017 г. // Российский внешнеэкономический вестник. №2, 2017 й. 98-бет.

6. Куренков П.В., Котляренко А.Ф., Бузулуцкая М.В. Информационное взаимодействие между субъектами рынка транспортных услуг в системе смешанных сообщений // Информационные технологии на железнодорожном транспорте: Материалы третьей международной научно-практической конференции «ИНФОТРАНС-98». - СПб., 1998.- с. 149, 150.

7. Е.Н.Фукс, В. А. Викентьев. Система таможенного транзита во внешнеторговой деятельности Евразийского Экономического Союза в современных условиях. Технология и система таможенного контроля. Вестник Российской Таможенной Академии. №1 2020 й. 87-94 бетлар.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

8. Israilov Fazil Ismailovich. Avtomobil transportida yuklarni tashishda zamonaviy tizimlarini joriy etish samaradorligi. Mexanika va texnalogiya ilmiy jurnali, Namangan muhandislik qurilish institute, Maxsus sjn - 2023, № 2 (5) 88-bet.

9. F.I. Israilov. A.Ya.Norqulov. Yuklarni iste'molchi manziliga еtkazib berish jarayonini boshqarish modeli. Academic Research in Educational Scinces 2(1), 01.2021. 567- 574.

10. Ilkhom Umirov, Urazov Bekzod, Utkirjon Rakhmatov, Israilov Fazil, Dildora Zukhurova "Analysis of Practical Calculation Methods of External Speed Characteristics of Engine" INTERNATIONAL CONFERENCE PTLICISPWS-2 Scopus & Web of Science indexed May, 2023

11. Size of the global logistics industry from 2018 to 2024. 10. D.Parkinson, J.Noble. Oxford Business English Dictionary. 2006 й. Oxford university press. 644 б. 79- bet. / https://www.statista.com/statistics/943517/logistics-industry-global-cagr/

12. TIR trade corridor between China and Spain ready for business / https://www.iru.org/news-resources/newsroom/tir-trade-corridor-betweenchina-and-spain-ready-business //

13. TIR Carnet Prices / https://unece.org/tir-carnet-prices //

14. Total amount of TIR Carnets issued by IRU to National Associations 2001 - 2021 / https://unece.org/tir-carnets-//.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.