Научная статья на тему 'O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA NAZORATI VA KUZATUVINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA NAZORATI VA KUZATUVINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Прочие сельскохозяйственные науки»

CC BY
722
96
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bojxona organlari / Jahon bojxona tashkiloti / Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi / Bojxona kodeksi / bojxona nazorati / xalqaro yuk tashuvlari / tranzit / transport koridorlari / elektron transport xizmatlar / xavfni boshqarish tizimi / tashqi savdo operatsiyalari / “GPS elektron kuzatuv”.

Аннотация научной статьи по прочим сельскохозяйственным наукам, автор научной работы — Sh. Abduaxatov

Ushbu maqolada xalqaro standartlar va xorijiy tajribalar asosida bojxona nazorati va kuzatuvining shakllarini qо‘llash samaradorligini oshirish masalalari aks ettirilgan. Shuningdek, mazkur maqolada bojxona nazorati va kuzatuvining shakllari xalqaro tajriba va standartlar asosida kо‘rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA NAZORATI VA KUZATUVINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

O ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA NAZORATI VA KUZATUVINING OZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Sh. Abduaxatov

MTD-10 guruhi talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada xalqaro standartlar va xorijiy tajribalar asosida bojxona nazorati va kuzatuvining shakllarini qo'llash samaradorligini oshirish masalalari aks ettirilgan. Shuningdek, mazkur maqolada bojxona nazorati va kuzatuvining shakllari xalqaro tajriba va standartlar asosida ko'rib chiqilgan.

Tayanch so'zlar: bojxona organlari, Jahon bojxona tashkiloti, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, Bojxona kodeksi, bojxona nazorati, xalqaro yuk tashuvlari, tranzit, transport koridorlari, elektron transport xizmatlar, xavfni boshqarish tizimi, tashqi savdo operatsiyalari, "GPS elektron kuzatuv".

Bugungi kunda milliy bojxona tizimini yanada takomillashtirish yo'lida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar bojxona nazorati va kuzatuvining tartib-tamoyillarini jahon standartlariga moslashtirish, mamlakatimizning tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada rivojlantirish, respublika iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash bilan bir qatorda tashqi savdo jarayonlari integratsiyasiga o'z ulushini qo'shayotgan TIF subyektlariga bojxona tartibotlaridan qo'shimcha qulay shart-sharoitlar yaratishga e'tibor qaratilmoqda. Bu esa o'z navbatida, bojxona organlari tomonidan ularga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, ya'ni qo'llanilayotgan bojxona nazorati shakllari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Biroq, bojxona organlari tomonidan toki hozirgi kungacha bo'lgan bojxona nazorati shakllarini yanada samaraliroq bo'lishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ko'rilayotgan chora-tadbirlarning natijaviylik darajasi hamon past ekanligini ko'rsatmoqda.

Zamonaviy jahon iqtisodiyotida xizmatlar ulushining ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga sezilarli ta'siri natijasida xizmat ko'rsatuvchi sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirish, firmalar strategiyasida uzoqni ko'zlovchi choralar tizimini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Xususan, bu borada xalqaro yuklarni tashish bilan shug'ullanuvchi korxonalar ishini bugungi kun talablariga javob beradigan xizmat turlari bilan boyitish masalasi o'z dolzarbligini ko'rsatib turibdi. Shu bilan birga, dunyo bozorlaridagi tovarlar narxiga transport xarajatlarining bevosita ta'sir etishi tashqi savdo ishtirokchilaridan o'z mahsulotlarini tashishda optimal transport yo'llari va vositalaridan foydalanishni talab etadi. O'zbekiston iqtisodiyotining muhim

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

tarmoqlaridan biri bo'lmish transport sohasini rivojlantirish, undagi xizmat turlarini zamonaviy standartlar asosida shakllantirish masalasi ushbu sohada amalga oshirilishi rejalashtirilgan dolzarb vazifalar qatorida e'tirof etiladi. So'nggi yillarda respublika YAIMda xizmatlar, xususan, transport xizmatlari ulushining ortib borayotganligi, ushbu sohani yanada rivojlantirish, tarmoqqa milliy va chet el investitsiyalarini ko'proq jalb etish orqali respublika hududidan harakatlanayotgan xalqaro yuklar hajmini oshirib borish imkonini beradi. O'zbekistonning dunyo miqyosida eng arzon transport yo'li hisoblangan dengiz yo'llariga to'g'ridan-to'g'ri chiqalmasligi, mamlakat transport tizimini bugungi kun talablariga javob beradigan zamonaviy transport xizmatlari orqali takomillashtirish zaruratini yuzaga keltiradi.

Shu sababli, bojxona nazoratida bojxona kuzatuvining samaradorligini oshirish, bunda bojxona nazorati shakllaridan optimal foydalangan holda transport vositalarining manzilga yetib borish uchun sarflanadigan vaqtni qisqartirilishi - xalqaro savdoni rivojlantirishga ko'maklashib, O'zbekistonni Jahon bankining biznesni yuritish ("Doing Business") qoidalari bo'yicha tashqi savdo reytingidagi o'rnini yanada yaxshilashga hamda respublika hududidan harakatlanayotgan xalqaro yuklar hajmini oshirib borish barobarida ularning vaqtini va unga sarflanayotgan xarajatlarni tejashga imkon beradi. Chunki, bu respublikada qulay tashqi iqtisodiy faoliyat va xalqaro savdo muhitini yaratish, biznes va investitsion jozibadorlikni yanada oshirish, faol iqtisodiy o'sishni ta'minlashga zamin yaratadi.

Ma 'lumot uchun, O 'zbekiston Respublikasi Doing Business-2020 reytingida 190 ta mamlakat ichida 69-o 'rinni (Doing Business-2019 reytingida 76-o 'rin) band etdi.

Mavjud ma'lumotlar tahliliga ko'ra, respublika hududi orqali avtotransportda harakatlangan xalqaro yuklar miqdori yildan-yilga kamayib bormoqda. Mamlakat hududidan avtotransportda tashilgan xalqaro, xususan, tranzit yuklarning kamayishini keltirib chiqaruvchi omillardan biri sifatida mamlakat hududiga kirib kelgan xalqaro yuklarning bojxona kuzatuvi bilan bog'liq protseduralaridagi murakkabliklarni keltirish mumkin. Respublika hududiga bojxona kuzatuvi orqali kirib kelayotgan avtotransport vositalari sonining ortib borishi sharoitida yuqoridagi muammoni bartaraf etish, shuningdek, bojxona kuzatuvida inson omilini kamaytirish maqsadida bir qator xorijiy davlatlarda amalda bo'lgan elektron kuzatuv tizimini joriy qilish zarurati yuzaga kelmoqda.

Ta'kidlash joizki, "Bojxona protseduralarini soddalashtirish va uyg'unlashtirish to'g'risidagi xalqaro konvensiya"ning (Kioto konvensiyasi, 18.05.1973 y.) Bosh ilovasida (6.1-standart.) bojxona hududiga olib kirilayotgan va undan olib chiqilayotgan barcha tovar va transport vositalari, bojxona bojlari va soliqlarga tortilishidan qat'iy nazar, bojxona nazoratidan o'tishi ko'zda tutilgan bo'lib, bojxona nazorati bojxona

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

qonunchiligiga rioya etilishini ta'minlash uchun zarur bo'lgan eng kam miqdorga kamaytirilishi (6.2-standart) tavsiya etilgan.

Shuningdek, Jahon bojxona tashkilotining Jahonda savdoni yengillashtirish va xavfsizlikning hadli standartlari (23.06.2005 y.) "Birinchi tayanch ustuni" 2-standartida bojxona ma'muriyati mamlakatda ishlab chiqarilgan, uning hududini tark etayotgan, tranzit orqali o'tayotgan (shu jumladan, transport vositasi bortida turgan) va uning hududiga olib kirilayotgan yuklarni tekshirish (bojxona nazoratidan o'tkazish) huquqiga ega bo'lishi lozimligi belgilangan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, O'zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 21-moddasiga muvofiq: "Bojxona nazorati O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga rioya etilishini ta'minlash uchun bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladigan, shu jumladan xavfni boshqarish tizimi qo'llanilgan holda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmui" ekanligi e'tirof etilgan bo'lib, u hujjatlar va ma'lumotlarni tekshirish, og'zaki so'rov, axborot olish, bojxona ko'zdan kechiruvi, tovarlarning tamg'alanganligini tekshirish, bojxona ko'rigi, shaxsiy ko'rik, bojxona identifikatsiyalashi, bojxona kuzatuvi, binolar va hududlarni tekshirish, tovarlarni va transport vositalarini hisobga olish, ularni hisobga olish tizimini tekshirish hamda ushbu tovarlarni va transport vositalarini inventarizatsiya qilish, tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati kabi shakllarda amalga oshirilishi ta'kidlangan.

"Bojxona hamrohligida kuzatib borish —avtotransport vositalarining bojxona organlari tomonidan xavfsiz harakatlanishini ta'minlash maqsadida bojxona nazorati ostida maxsus jihozlangan avtomobil yordamida kuzatib borilishini anglatadi"

"Bojxona protseduralarini soddalashtirish va uyg'unlashtirish to'g'risidagi xalqaro konvensiya"ga (Kioto konvensiyasi, 18.05.1973y.) muvofiq esa: "Bojxona nazorati -bojxona qonunchiligiga rioya etilishini ta'minlash uchun bojxona organlari tomonidan qo'llaniladigan chora-tadbirlar majmui" hisoblanadi deyilgan.

Statistik ma'lumotlar, avtotransport vositalarida tashilayotgan yuklarning 20 %dan ortig'i bojxona kuzatuvi ostida manzil bojxona postlariga yetkazilayotganini hamda so'nggi yillarda respublika hududi bo'ylab bojxona kuzatuviga olingan avtotransportlar soni ortib borayotganligini ko'rsatmoqda. Bu esa o'z navbatida, unga ajratilayotgan xarajatlarning ko'payishiga olib keladi. Ayni paytga kelib, ayrim uzoq masofali yo'nalishlar bo'yicha yuklarni bojxona kuzatuvi ostida manzil bojxona postlariga yetkazishda ko'p vaqt sarflanayotgani mamlakatdagi tadbirkorlar, respublika hududi bo'ylab yuklarini tranzit tarzida olib o'tayotgan tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) qatnashchilari hamda yo'l harakati boshqa ishtirokchilarining e'tirozlariga sabab bo'lmoqda.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 9 dekabrdagi 323-sonli qarori bilan xorijiy avtotashuvchilarning tranzit harakatlanish yo'nalishlari belgilangan bo'lib, ular orasidagi eng uzun yo'nalish Qoraqalpog'iston Respublikasi "Dautata" chegara bojxona posti va Andijon viloyati "Do'stlik" chegara bojxona kompleksi orasidagi masofa 1730 kmni tashkil qiladi. Ayni shu yo'nalishda bojxona kuzatuvini yakunlash uchun 3-5 kun, qish mavsumida esa, 6 kungacha vaqt sarflanadi.

Bundan tashqari, Adliya vazirligida 2003 yil 27 sentabrda ro'yxatga olingan "Avtomobil yo'llari orqali olib o'tiladigan tovarlarning bojxona kuzatuvi tartibi to'g'risida"gi 1278-sonli yo'riqnomaga asosan chegara bojxona postlarida bojxona kuzatuviga olingan transport vositalari va ularning yuklari rasmiylashtiruvdan o'tkazilgandan keyin olti soat mobaynida bojxona postida kuzatuv guruhi tomonidan jamlanadi. Shundan so'ng bojxona kuzatuviga olingan avtotransportlar chegara bojxona postidan manzil bojxona postiga qadar kolonna bo'lib, 50 km/s tezlikda harakatlanishi belgilangan. Bunda avtotransportlar soni yigirmatagacha bo'lishiga ruxsat berilgan. Respublikada amalda bo'lgan yo'l harakati qoidalariga ko'ra kolonna tarzida harakatlanayotgan avtotransportlar harakatiga boshqa haydovchilar tomonidan to'sqinlik qilish, ular orasiga suqilib kirish ta'qiqlanadi. Bu esa, yo'l harakatining boshqa ishtirokchilari kayfiyatiga hamda xalqaro yo'llarning o'tkazuvchanlik sig'imiga o'z salbiy ta'sirini ko'rsatadi. Bu borada bir qator MDH davlatlari, xususan, Ozarbayjon va Moldova tajribasi o'rganilganda, bu davlatlarda bojxona kuzatuvini amalga oshirishda "GPS-elektron kuzatuv" tizimidan foydalanish yuklarni qisqa vaqt ichida manzil bojxona postlariga yetkazish hamda ular ustidan markazlashgan nazoratni yuritish imkonini bermoqda. Jumladan, Ozarbayjon Respublikasi bojxona organlarida "GPS elektron kuzatuv"dan 2011 yildan boshlab foydalanish yo'lga qo'yilgan. Bunda, chegara bojxona postiga kirib kelgan, bojxona kuzatuviga olinishi lozim bo'lgan avtotransport vositasiga elektron chip o'rnatiladi hamda post inspektori tomonidan uning harakatlanish yo'nalishi belgilab beriladi. Respublika bojxona qo'mitasi elektron kuzatuvni nazorat qilish markazida 6000 ga yaqin videokuzatuv kameralari o'rnatilgan bo'lib, ular yordamida mamlakat hududida bir vaqtning o'zida bojxona kuzatuviga olingan 500 ta transport vositalari ustidan videonazoratni olib borish imkoni mavjud.

Shuningdek, Moldova Respublikasida "GPS-elektron kuzatuv" tizimidan foydalanish 2014 yilda Pridnestrovadagi bojxona postlarida yo'lga qo'yilgan.

Bunda, chegara bojxona postiga kirib kelgan transport vositasiga maxsus "GPS-treker" o'rnatiladi, post inspektori yukning yo'nalishi hamda manzil bojxona punktini ishchi kompyuterida belgilaydi. "GPS-treker"ni transport vositasiga o'rnatish hamda uni harakat yo'nalishiga chiqarish inspektordan 10 daqiqa vaqtni oladi. Bojxona kuzatuvi guruhi inspektori o'z ish joyidan avtotransportning harakatlanish yo'nalishini kuzatadi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Zarur hollarda transport vositasining yo'nalishdan chiqib ketishi hamda uzoq vaqt to'xtab turishi to'g'risidagi ma'lumotlarni holatga aniqlik kiritish maqsadida tegishli oraliq nazorat punktlariga yuboradi. Ekspertlar tomonidan "GPS-elektron kuzatuv"ni O'zbekiston Respublikasi bojxona organlariga joriy qilishning bir qancha afzalliklari ta'kidlanmoqda. Jumladan, elektron kuzatuvni amalga kiritish orqali bojxona kuzatuvi guruhi xodimlari sonini 40 %gacha qisqartirish, ortib qolgan shtat "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2016 yil 4 www.iqtisodiyot.uz birliklarini sohaning boshqa yo'nalishlariga jalb qilish imkonini beradi. Shu jumladan, kuzatuv guruhidagi xodimlarning axborot texnologiyalariga oid ko'nikmalarini oshirish va kuzatuv jarayonida inson omilini kamaytirishga erishiladi. Shuningdek, kuzatuvga olingan transport vositasiga o'z yo'nalishida oraliq bojxona punktlarida to'xtamasdan harakatlanish imkoniyati yaratiladi. Buning natijasida bojxona kuzatuviga sarflanadigan vaqtni ikki barobarga qisqartirishga erishish mumkin. Shu bilan birga, transport vositalarining respublika hududi bo'ylab alohida harakatlanishi yo'l harakatining boshqa ishtirokchilariga xalaqit bermaydi va yo'llardagi transport oqimi muvozanati ta'minlanadi. Bundan tashqari, elektron kuzatuvni joriy qilish orqali ayrim uzoq masofali yo'nalishlarda sarflanayotgan bojxona kuzatuviga ajratilgan mablag'larni qisqartirish mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 noyabrdagi "Bojxona yig'imlari stavkalari to'g'risida"gi 700-sonli qarori asosida belgilangan "bojxona kuzatuviga olganlik uchun" bojxona yig'imi 200 km masofagacha BHMning 2 baravari, 200 km dan ortiq masofagacha BHMninig 5 baravari miqdorida undirilishi belgilangan [11]. Agar, "Daut-ata" chegara bojxona postidan "Do'stlik" bojxona kompleksigacha masofa 1730 kmga tengligini va unga to'lanadigan yig'im miqdori BHMninig 5 baravarini tashkil qilishi hisobga olinsa, bu yo'nalishda bir avtotransportni bojxona kuzatuvini amalga oshirish 1 mln 350 ming so'm miqdoridagi xarajatni talab qiladi. Ekspertlar fikricha, elektron kuzatuvni amalga kiritish yuqoridagi kabi uzoq masofali yo'nalishlarga sarflanadigan xarajatlarni 35-40 %gacha kamaytirish imkonini beradi. Mamlakat hududi orqali avtotransportda tashilayotgan xalqaro yuklarning hajmini oshirishga va ularning harakatini tezlashtirishga yo'naltirilgan choralardan yana biri sifatida, bugungi kunda 31 mamlakat tomonidan imzolangan "TIR-EPD" tizimini keltirish mumkin. Xalqaro miqyosda eksport-import operatsiyalarida qo'llanilayotgan, tovarlarni oldindan elektron deklaratsiyalash (TIR-EPD) amaliyoti tashuvchining chegara bojxona postlaridagi rasmiylashtiruvga sarflanadigan vaqtini qisqartirishga xizmat qiladi

Tizim ayni shu davrdan boshlab, bosqichmabosqich tarzda amaliyotga joriy etilmoqda. Lekin, bu tizim imkoniyatidan faqat xalqaro tashuvlarda TIR Karnet

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

kitobchasi orqali harakatlanayotgan, ya'ni, O'zbekiston avtomobilda tashuvchilar uyushmasiga a'zo bo'lgan avtotashuvchi firmalargina foydalanmoqda. Ayni vaqtda respublikada xalqaro TIR Karnet kitobchasi orqali harakatlanayotgan milliy tashuvchi firmalar soni 205 tadan iborat bo'lib, ular hisobidagi yuk avtotransportlari soni 2500 ga yaqinni tashkil qiladi. Bu esa, xalqaro yuk tashuvlarida qatnashayotgan 530 dan ortiq firma va ular hisobidagi 5500 ta yuk avtotransportining barchasiga yuqoridagi tizimdan foydalanish imkoniyatini bermaydi. Kelgusida mazkur tizim imkoniyatlaridan barcha avtotashuvchi firmalarga foydalanish sharoitini yaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi. "TIR-EPD" tizimi orqali oldindan elektron deklaratsiyalashni amalga oshirayotgan mamlakatlar ro'yxati Manba: O'zbekiston Xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi ma'lumotlari asosida mualliflar ishlanmasi.

Umuman olganda, bugungi kunda respublikada bojxona kuzatuvi sohasidagi mavjud qonunchilikni takomillashtirish, undagi transport xizmatlarini zamonaviy standartlar asosida tashkil etish dolzarb masalalardan biri bo'lib qolmoqda. Bunda, yetakchi xorijiy davlatlarda amalda bo'lgan elektron transport xizmatlarini joriy etish zarurati yuzaga keladi. Shundan kelib chiqib,

- mamlakat tranzit salohiyatini oshirish borasida quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi:

- respublika bojxona organlarida "GPS-elektron kuzatuv"ni joriy etishda investorlar orasida malakaga ega bo'lgan milliy tashkilotlarni aniqlash, ular bilan o'zaro manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yish;

- bojxona organlarida "GPS-elektron kuzatuv"ni joriy qilishning tashkiliy jihatlarini xorijiy davlatlar, xususan, Ozarbayjon va Moldova Respublikalari tajribalarini o'rganish asosida amalga oshirishni taqazo etadi.

REFERENCES

1. "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. (№ 3, may-iyun, 2016yil 2 www.iqtisodiyot.uz)

2. O'zbekiston Respublikasining qonuni "Davlat bojxona xizmati to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida. O'RQ-502-son. 18.10.2018 y

3. Jahon banki sayti ma'lumotlari. // URL: https : \\www. doingbusiness.org.

4. "Bojxona protseduralarini soddalashtirish va uyg'unlashtirish to'g'risidagi xalqaro konvensiya" (Kioto konvensiyasi, 18.05.1973y.).

5. O'zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi. T.: O'zbekiston, 2016. - B. 189.

6. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Bojxona kodeksi (27.11.2009 y.)

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

7. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 9 dekabrdagi "Xorijiy avtotashuvchilarning O'zbekiston Respublikasi hududi bo'ylab tranzit harakat qilishi uchun mo'ljallangan yo'nalishlar ro'yxatini tasdiqlash to'g'risida"gi qarori. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, (2011 y., 50-son, 513-modda.: //www.lex.uz).

8. "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2016yil 3 www.iqtisodiyot.uz)

9. Topalidi V.A., Sidiknazarov K.M. i dr. "Mejdunarodniye avtomobilniye gruzoviye perevozki". Uchebnoye posobiye/ 2-ye izd., dop. i pererab. Tashkent, 2005. Tom I-252 str., Tom II -260 str.

10. http: //www.az-customs .net/rus/1296. html.

11. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 noyabrdagi "Bojxona yig'imlari stavkalari to'g'risida"gi 700-sonli qarori.

12. "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. (№ 3, may-iyun, 2016 yil 5 www.iqtisodiyot.uz)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.