Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONNING XALQARO LOGISTIKA SAMARADORLIGI INDEKSIDAGI O‘RNI VA UNI YAXSHILASH ISTIQBOLLARI'

O‘ZBEKISTONNING XALQARO LOGISTIKA SAMARADORLIGI INDEKSIDAGI O‘RNI VA UNI YAXSHILASH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
114
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
logistika samaradorligi indeksi / logistika ko‘rsatkichlari / bojxona nazorati samaradorligi / transport infratuzilmasi / logistika xizmatlari / sifat / o‘z vaqtida yetkazib berish / transport koridori / eksport / import

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Matkarimov Komoliddin Jurabayevich

Ushbu maqolada logistika samaradorligi indeksining mohiyati, O‘zbekistonning logistika samaradorligi indeksidagi o‘rni, logistika samaradorligi indeksi ko‘rsatkichlarining so‘nggi yillardagi holati tahlil etilgan, shuningdek, logistika samaradorligi indeksi bo‘yicha O‘zbekistonning o‘rnini yaxshilash yuzasidan taklif va tavsiyalar berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONNING XALQARO LOGISTIKA SAMARADORLIGI INDEKSIDAGI O‘RNI VA UNI YAXSHILASH ISTIQBOLLARI»

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

O'ZBEKISTONNING XALQARO LOGISTIKA SAMARADORLIGI INDEKSIDAGI O'RNI VA UNI YAXSHILASH ISTIQBOLLARI Matkarimov Komoliddin Jurabayevich

Namangan muhandislik-texnologiya instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.10142304

Annotatsiya. Ushbu maqolada logistika samaradorligi indeksining mohiyati, O'zbekistonning logistika samaradorligi indeksidagi o'rni, logistika samaradorligi indeksi ko'rsatkichlarining so'nggi yillardagi holati tahlil etilgan, shuningdek, logistika samaradorligi indeksi bo'yicha O 'zbekistonning o'rnini yaxshilash yuzasidan taklif va tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: logistika samaradorligi indeksi, logistika ko'rsatkichlari, bojxona nazorati samaradorligi, transport infratuzilmasi, logistika xizmatlari, sifat, o'z vaqtida yetkazib berish, transport koridori, eksport, import.

Logistika samaradorligi indeksi "LPI" (Logistics Performance Index) - bu jahon banki tomonidan 2007-yildan beri logistika operatorlarining butun dunyo bo'ylab so'rovi asosida tuzilgan va mamlakatdagi ta'minot zanjiridagi butun logistika bo'yicha samaradorlikni o'lchaydigan dunyodagi logistika tizimlarining samaradorligini qiyosiy tahlil qilish uchun reyting indeksidir.

Indeks logistika bilan bog'liq 6 ko'rsatkichni ekspertizadan o'tkazish orqali shakllantiriladi:

chegara nazorati organlari tomonidan bojxona nazorati jarayonining samaradorligi;

savdo va transport infratuzilmasining;

raqobatbardosh narxlarda yetkazib berishni tashkil etishning soddaligi;

mamlakatda taqdim etilayotgan logistika xizmatlarining sifati;

yuklarni kuzatish borish imkoniyati;

yuklarni o'z vaqtida yetkazib berish imkoniyati.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida bu masalaga alohida to'xtalib o'tdi: Bugungi kunda "transport-logistika tizimini takomillashtirish ham eng dolzarb masaladir. Chunki dengizga chiqish imkoniyatimiz cheklangani uchun mahsulotni eksport qilishda ko'plab qiyinchiliklar paydo bo'lmoqda" [1] - deb ta'kidlab o'tgan edi.

Respublika transport salohiyatini rivojlantirishda va eksport imkoniyatlarini kengaytirishda, respublikaning geografik joylashuvini hisobga olgan holda zamonaviy avtomobil yo'llari tarmog'ini rivojlantirish mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishda birinchi darajali vazifalardan hisoblanadi.

O'tgan yillar davomida xalqaro standartlarga muvofiq yo'l-transport infratuzilmasini yaxshilash, zamonaviy avtomobil yo'llarini qurish, yo'l harakati qulayligi va xavfsizligini oshirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Transport tarmog'ining boshqaruvidagi yangicha yondashuvlar o'z navbatida mavjud resurslardan oqilona foydalanish asnosida iste'molchilarning talablarini to'liq qondirishga imkon yaratuvchi zamonaviy usul va uslubiyotlardan foydalanishni taqozo etmoqda.

Mutaxassislarning fikricha mamlakatimizda transport logistikasini rivojlangan mamlakatlar darajasida rivojlanishiga bir qator muammolar to'sqinlik qilmoqda.

Mamlakatimiz transport infratuzilmasining yetarli darajada rivojlanmaganligi eng asosiy va dolzarb muammolardan biridir. Jumladan, xalqaro LPI bo'yicha ma'lumotlarga asoslanib

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

mamlakatimizning xalqaro logistika ko'rsatkichlari indeksiga nazar tashlasak, eng past natijalar aynan infratuzilma (2,4 ball) va kuzatuv va nazorat 2,4 ball) indikatorlariga tegishli ekanligini ko'rishimiz mumkin (1-jadval).

2023-yil ma'lumotlariga ko'ra O'zbekiston 2,6 reyting ko'rsatkichi bilan reytingga kiritilgan 140 mamlakat qatorida 88-o'rinni egallamoqda. Ushbu ko'rsatkichlar bo'yicha dunyoda Singapur (4,3 - 1-o'rin), Finlandiya (4,2 - 2-o'rin), Daniya, Germaniya, Nederlandiya, Shveysariya (4,1 - 3-o'rin) mamlakatlari yetakchilik qilayotgan bo'lsa, Respublikamiz Markaziy Osiyo mamlakatlari Qozog'istondan (2,7 - 79-o'rin) orqada qolayotgan bo'lsa, Tojikiston (2,5 -97-o'rin) va Qirg'iziston (2,3 - 123-o'rin) dan yuqorida bormoqda (Turkmaniston ro'yxatga kiritilmagan). Rossiya respublikamiz kabi 2,6 reyting ko'rsatkichi bilan 88-o'rinni egallagan. Bu reytinda 1,9 ball ko'rsatkich bilan Afg'oniston va Liviya oxirgi o'rinlarni egallagan.

O'zbekistonning keyingi yillardagi o'rni yaxshilanib bormoqda: 2014-yilda - 129-o'rin; 2016-yilda - 118-o'rin; 2018-yilda - 99-o'rin; 2023-yilda - 88-o'rin (2-jadval). Biroq yetakchi mamlakatlar qatoriga kirishi uchun qaysi jihatlarga e'tibor qaratish zarur? - dyegan savol tug'iladi. Bu masalaga aniqlik kiritish uchun har bir ko'rsatkich bo'yicha O'zbekistonning o'rniga e'tibor bersak: kuzatuv va nazorat bo'yicha - 105-o'rin (ya'ni reytingga kiritilgan 35 tagina mamlakatdan respublikamizning reytingi yuqori xolos); o'z vaqtida yetkazish - 101-o'rin; logistika sifati va kompetenligi - 92-o'rin; xalqaro tashuvlar - 91-o'rin; infratuzilma bo'yicha - 89-o'rin; bojxona -74-o'rin. Respublikamizda xalqaro tashuvlar va logistika sifati va kompetenligi ko'rsatkichlari bo'yicha to'plangan ballar yildan-yilga ortib borayotgan bo'lsada, qolgan ko'rsatkichlar bo'yicha to'plangan ballar notekis o'zgarmoqda.

Yuqoridagi tahlillardan logistika indeksida O'zbekiston Respublikasining o'rni dunyo mamlakatlari ichida yuqoriga ko'tarilishi uchun birinchi navbatda kuzatuv va nazorat hamda o'z vaqtida yetkazish tizimi faoliyatiga e'tibor qaratishimiz zarurligi ko'rinadi.

1-jadval

2023-yildagi LPI (Logistics Performance Index) ko'rsatkichlari [6] (140 mamlakat orasida)

Mamlakat LPI dagi o'rni Umumi y reytingi Boj-xona Infra-tuzilma Xalqaro tashuvlar Logisti ka sifati va kompe ten-ligi Kuzatu v va nazorat O'z vaqtida yetkazi sh

Singapur 1 4,3 4,2 4,6 4,0 4,4 4,4 4,3

Finlandiya 2 4,2 4,0 4,2 4,1 4,2 4,2 4,3

Daniya 3 4,1 4,1 4,1 3,6 4,1 4,3 4,1

Germaniya 3 4,1 3,9 4,3 3,7 4,2 4,2 4,1

Nederlandiya 3 4,1 3,9 4,2 3,7 4,2 4,2 4,0

Shveysariya 3 4,1 4,1 4,4 3,6 4,3 4,2 4,2

BAA 7 4,0 3,7 4,1 3,8 4,0 4,1 4,2

Yaponiya 13 3,9 3,9 4,2 3,3 4,1 4,0 4,0

Janubiy Koreya 17 3,8 3,9 4,1 3,4 3,8 3,8 3,3

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

AQSh 17 3,8 3,7 3,9 3,4 3,9 4,2 3,8

Xitoy 19 3,7 3,3 4,0 3,6 3,8 3,8 3,7

Belorus 79 2,7 2,6 2,7 2,6 2,6 2,6 3,1

Qozog'iston 79 2,7 2,6 2,5 2,6 2,7 2,8 2,9

Rossiya 88 2,6 2,4 2,7 2,3 2,6 2,5 2,9

O'zbekiston 88 2,6 2,6 2,4 2,6 2,6 2,4 2,8

Armaniston 97 2,5 2,5 2,6 2,2 2,6 2,3 2,7

Tojikiston 97 2,5 2,2 2,5 2,5 2,8 2,0 2,9

Qirg'iziston 123 2,3 2,2 2,4 2,4 2,2 2,3 2,4

Afg'oniston 139 1,9 2,1 1,7 1,8 2,9 2,3 1,6

Liviya 139 1,9 1,9 1,7 2,0 1,9 2,2 1,8

2012-2023-yillardagi ma'lumotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, bu yillarda kuzatuv va nazorat hamda o'z vaqtida yetkazish ko'rsatkichlari bo'yicha respublikamizning reytingdagi o'rni o'zgarmagan bo'lsada, bu ko'rsatkichlar bo'yicha ballari mos ravishda -0,13 va -0,16 ballarga yomonlashgan. Respublikamizning LPI dagi o'rni 29 pog'onaga yaxshilangan bo'lsa, eng yuqori o'sish bojxona ko'rsatkichi bo'yicha 44 pog'ona va xalqaro tashuvlar bo'yicha 36 pog'onaga yuqorilashgan. Bu ko'rsatkichlar bo'yicha to'plangan ballar ham nisbatan yuqori bo'lgan (mos ravishda 0,35 va 0,22 ballga).

Yuqoridagilardan kelib chiqib, so'nggi yillarda O'zbekiston hududi orqali harakatlanayotgan xalqaro yuk tashuvchilarga yaratilgan sharoitlar va bojxona xizmati sifatining ortib borayotganligini ta'kidlash mumkin.

O'zbekistonda transport-logistikasining rivojlanishiga to'sqinlik qilayotgan eng muhim tashqi omillar qatoriga tashqi iqtisodiy aloqalarni ta'minlaydigan transport infratuzilmasi yetarlicha rivojlanmaganligi ham kiritilayotganligi, respublikada transport tarmog'ini rivojlantirishni taqozo etmoqda.

2-jadval

O'zbekistonda logistika samaradorligi indeksi ko'rsatkichlarining o'zgarishi [6]

Baholash ko'rsatkichlari O'rni Ball Yillar Yaxshilani sh/Yomonl anish +/-

2012 2014 2016 2018 2023

Reytingga kiritilgan mamlakatlar soni 155 160 160 160 140 15

LPI dagi o'rni O'rni 117 129 118 99 88 29

Ball 2,46 2,39 2,4 2,58 2,6 0,14

Bojxona O'rni 118 157 114 140 74 44

Ball 2,25 1,8 2,32 2,1 2,6 0,35

Infratuzilma O'rni 120 148 91 77 89 31

Ball 2,25 2,01 2,45 2,57 2,4 0,15

Xalqaro tashuvlar O'rni 127 145 130 120 91 36

Ball 2,38 2,23 2,36 2,42 2,6 0,22

O'rni 117 122 116 88 92 25

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

Logistika sifati va kompetenligi Ball 2,39 2,37 2,39 2,59 2,6 0,21

Kuzatuv va nazorat O'rni 105 77 143 90 105 -

Ball 2,53 2,87 2,05 2,71 2,4 -0,13

O'z vaqtida yetkazish O'rni 101 88 114 91 101 -

Ball 2,96 3,08 2,83 3,09 2,8 -0,16

Milliy iqtisodiyotni muttasil rivojlantirib borish sohasidagi bosh maqsadga erishish jahon bozorlariga chiqish uchun muqobil (alternativ) transport yo'laklarini rivojlantirish vazifasini hal etish bilan bevosita bog'liqdir.

O'zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan ishlab chiqilgan barqaror rivojlanishning milliy strategiyasida jahon bozoriga chiqish uchun muqobil transport yo'laklarini rivojlantirishga alohida urg'u berilgan. Uning bajarilishi borasida bugungi kunda O'zbekiston o'zi a'zo bir qancha halqaro tashkilotlar doirasida halqaro transport yo'llarini birgalikda qurish loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda faol qatnashmoqda.

Bu yo'llar O'zbekiston uchun janubiy dengiz portlariga, mamlakatlararo transport tarmoqlariga (avtomobil temir yo'l, dengiz yo'llariga) tovar va kapitalni jahon bozorlariga chiqish imkonini beradi.

O'zbekiston iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida makroiqtisodiy barqarorlikka erishish vazifasini hal etib, jahon bozoriga dadil kirib bordi. O'zining eksport mahsulotlarini ko'paytirib, o'z navbatida xorijiy sarmoyalarni keng ko'lamda jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratdi. Endi mamlakatimiz eksport va import aloqalarini rivojlantirishi uchun o'z iqtisodiyotini barqaror o'stirish jarayonida jahon bozori talablariga javob beradigan tovarlarni qaysi yo'llar bilan xorijiy mamlakatlarga olib borib sotish imkoniyatlarining muqobil yo'nalishlarini to'g'ri tanlashi lozim. Bu masalaning ham iqtisodiy, ham siyosiy, ham xalqaro jihatlariga alohida e'tibor berish zarur.

Modomiki, O'zbekistonning jahonshumul iqtisodiy jarayonlar tizimiga kirib borishi ob'yektiv zarurat ekan, uning eksport-import aloqalarini eng avvalo kam mablag' sarflab, tezkor xorijiy mamlakatlar bilan mustaqil aloqalar qilish yo'llarini aniqlash payti keldi.

Yuqorida ko'rsatib o'tilgan omillarga asoslanib, O'zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o'rnini aniq belgilab olishning shakllantirilgan konsepsiyasini rivojlantirish, oqilona va izchillik bilan joriy etish zarurati tug'iladi. Buning uchun, bir tomondan, globallashuv jarayoni bilan bog'liq bo'lgan qiyinchiliklar va yangi imkoniyatlarni, ikkinchi tomondan, vujudga keladigan xatarlarga qarshi turishning yaqqol ichki imkoniyatlarini va ochilayotgan yangi imkoniyatlarini amalga oshirishning mavjud salohiyatini har tamonlama va xolisona baholashni nazarda tutadi.

Mamlakatimizda zamonaviy logistika markazlarini barpo etish va ulardan samarali foydalanish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. O'zbekistonda logistika markazlarini tashkil etish masalasini ko'rib chiqish uchun asos bo'lib respublikada olib borilayotgan iqtisodiyotni modernizatsiyalash siyosati xizmat qildi. Bu borada ham mahalliy, ham eksport, import va tranzit tovar aylanmasini rivojlantirishga ko'maklashuvchi logistika markazlari tashkil etishni o'z ichiga oluvchi mamlakat transport infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasi bir qator asosiy transport konvensiyalari va xalqaro shartnomalariga qo'shilgan bo'lib, bu borada ham transport koridorlarini diversifikatsiyalash ishlari davom etmoqda.

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

2030-yilga borib transport sektoriga investisiyalarning umumiy summasi taxminan 46,7 mlrd. AQSh dollarini tashkil qilishi, har yillik investisiyalar hajmi esa 2015-yildagi 2,1 mlrd.dollardan 2030-yilga borib 5,1 mlrd. AQSH dollarigacha ortishi ko'zda tutilmoqda. Investisiyalar hajmining ortishi bilan bir paytda iqtisodiy transformatsiyalanishning maqsadlariga erishish uchun O'zbekistonda transport siyosati institusional masalalarni takomillashtirishga, iste'molchiga qaratilgan transport-logistika tizimini yanada optimallashtirish, xizmatlar sifatini oshirish va xizmatlar turini kengaytirish bilan birgalikda kelgusida yuklarni eksport/import va tranzit qilish uchun transport marshrutlarini diversifikatsiyalashni ta'minlashga yo'naltirish lozim bo'ladi [2].

Logistika samaradorligi indeksida yuqori ko'rsatkichlarga erishish quyidagilarni amalga oshirish orqali ta'minlanishi mumkin:

- me'yoriy va huquqiy bazani, yuklarni tashishning intermodal va multimodal shakllarini, logistika markazlarining texnik va texnologik reglamentini va standartlarini, xalqaro standartlarni qo'llaydigan transport-ekspeditorlik kompaniyalari faoliyatini uyg'unlashtirish;

- multimodal tashishlarning samarali ishlashini ta'minlash uchun axborotlashtirish bazalarini integratsiyalashtirish;

- transport-logistika operatsiyalari darajasini eng kamida 3 PL darajagacha yetkazish bilan milliy transport-logistika markazlari tarmog'ini shakllantirish;

- O'zbekistonning Xalqaro LPI dagi umumiy to'plash mumkin bo'lgan ballarini va barcha ko'rsatkichlar bo'yicha ballarini 2030 yilga qadar quyidagi darajalarga yetkazish: LPI dagi umumiy ballar - 4,19; bojxona - 4,06; infratuzilma - 4,24; xalqaro jo'natmalar - 4,6; logistika xizmatlarining sifati - 3,94; yuklarni kuzatib borish imkoniyat - 4,38; yuklarni o'z vaqtida yetkazib berish imkoniyati - 4,46 [3];

- respublika hududi orqali tranzit yuklarini tashish hajmini 16 million tonnaga yetkazish;

- Janubiy Osiyo, Yaqin va O'rta Sharq, Afrika mintaqasidagi mamlakatlar bilan mavjud aloqalarni yanada kengaytirish, yangi va istiqbolli yo'nalishlarda o'zaro manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yish, keng mintaqalarni bog'lovchi va O'zbekistonni jahon bozoriga chiqishiga imkon yaratuvchi transport-logistika yo'laklarini shakllantirish [4];

bojxona tartibotlarini yanada takomillashtirish;

yo'l (avtomobil, temir yo'l) infratuzilmasini rivojlantirish;

xalqaro jo'natmalar xizmatidagi son va sifat ko'rsatkichlarini oshirish;

logistika xizmatlarining sifatini oshirish;

yuklarni kuzatib borish va o'z vaqtida yetkazib berish imkoniyatini yaxshilash [5].

Respublika avtomobil transportini rivojlantirish avtomobil tashuvlari sifatini oshirish, avtotransport sektorining atrof muhitga salbiy ta'siri darajasini kamaytirish va ekologiyani yaxshilash, yo'lovchi va yuk avtotransport vositalari saroyini yangilash hamda to'ldirish uchun davlat boshqaruvi tizimiga zamonaviy innovasion g'oyalar, ishlanmalar hamda texnologiyalarni joriy etishni, avtomobil transporti rivojlanishini jadal ilmiy-texnik qo'llab-quvvatlashni, intellektual transport tizimlari tashkil etilishini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashni talab qiladi. Bundan tashqari, avtotransport tarmog'ini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish, jahon transport makoniga integratsiyalashish va respublikaning tranzit salohiyatini amalga oshirish tizimini takomillashtirish, xalqaro avtomobil tashuvlari bozorida mamlakatimiz tashuvchilari raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, kadrlar siyosatini faollashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish zarur.

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

O'zbekistonda avtomobil transporti tizimini rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar va istiqbolda bajarilishi rejalashtirilgan vazifalarni ro'yobga chiqarilishi transport xizmati sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi, natijada respublikamiz transport infratuzilmasi taraqqiy etgan mamalakatlar qatorida o'zining munosib o'rnini egallaydi.

REFERENCES

1. Узбекистан Республикаси Президентининг Олий Мажлисга мурожаатномаси. 2020 йил 24 январь. https://pv.uz/uz/newspapers.

2. Matkarimov Komoliddin Jurabayevich, Transport Logistics: Current Problems, Development Initiatives. The American Journal of Applied Sciences 3 (04), 98-104.

3. Узбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 23 августдаги ПФ-197-сон Фармони "Узбекистон Республикаси Президентининг айрим хужжатларига узгартиришлар киритиш, шунингдек, баъзиларини уз кучини йукотган деб хисоблаш тугрисида". ^онунчилик маълумотлари миллий базаси, 24.08.2022 й., 06/22/197/0765-сон.

4. Узбекистон Республикаси Президентининг 2023 йил 11 сентябрдаги ПФ-158-сон Фармони "Узбекистон - 2030" стратегияси тугрисида. ^онунчилик маълумотлари миллий базаси, 19.09.2023 й., 06/23/158/0694-сон.

5. Узбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 18 майдаги П^-246-сон карори "Халкаро рейтинг ва индекслар билан ишлашда илмий салохият хамда амалий фаолият уйгунлигини таъминлаш чора-тадбирлари тугрисида". ^онунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.05.2022 й., 07/22/246/0437-сон.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

6. https://lpi.worldbank.org/International

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.