Научная статья на тему 'TRANSPORT LOGISTIK TIZIMIDA ISTE’MOLCHI MANZILGA ALOHIDA TASHISH XIZMATI KOʻRSATISH JARAYONLARINI BOSHQARISH MODELLARI.'

TRANSPORT LOGISTIK TIZIMIDA ISTE’MOLCHI MANZILGA ALOHIDA TASHISH XIZMATI KOʻRSATISH JARAYONLARINI BOSHQARISH MODELLARI. Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
64
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Transport logistik tizim / iste’molchi / alohida tashish / xizmat koʻrsatish / jarayonlarni boshqarish / iste’molchi manzilga / radial marshrutlar / yuk tashish / xalq xoʻjaligi / marshrutlashtirish. / Система транспортной логистики / потребитель / отдельный транспорт / сервис / управление процессами / потребитель до пункта назначения / радиальные маршруты / грузоперевозки / народное хозяйство / маршрутизация

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Raxmatullaev Mustafoqul, Mamarajabov Xurshid Mamaziyayevich

Maqolada iste’molchi manzilga alohida tashish xizmati koʻrsatish jarayonlarini boshqarish modellari, marshrutlashtirishning xilma-xil metodlarini, jumladan, radial marshrutlar yuklar bir joʻnatuvchidan bir necha oluvchilarga yoki aksincha bir qancha joʻnatuvchilardan yagona oluvchiga tashilganda qoʻllanilanilishi koʻrsatilib oʻtilgan. Xulosa qilib aytganda tutashma manzillarga tashish xizmatini koʻrsatish jarayonlarini boshqarish masalasini matematik modellarini xarakterli holatlar uchun oddiydan murakkabga oʻtish ketmaketligida tavsiya etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Models of management processes for the provision of individual transport services at the consumer address in the transport logistics system

В статье показаны модели управления отдельными транспортными услугами в адрес клиента, различные способы маршрутизации, в том числе радиальные маршруты, используемые при транспортировке грузов от одного отправителя к нескольким получателям или, наоборот, от нескольких отправителей к одному получателю. В заключение рекомендуются математические модели управления транспортными услугами по стыковочным направлениям в последовательности перехода от простого к сложному для типичных случаев.

Текст научной работы на тему «TRANSPORT LOGISTIK TIZIMIDA ISTE’MOLCHI MANZILGA ALOHIDA TASHISH XIZMATI KOʻRSATISH JARAYONLARINI BOSHQARISH MODELLARI.»

UDK 656.062(075)

TRANSPORT LOGISTIK TIZIMIDA ISTE'MOLCHI MANZILGA ALOHIDA TASHISH XIZMATI KO'RSATISH JARAYONLARINI BOSHQARISH MODELLARI.

Raxmatullaev Mustafoqul JizPI, dots.

Mamarajabov Xurshid Mamaziyayevich

JizPI

Annotatsiya. Maqolada iste'molchi manzilga alohida tashish xizmati ko'rsatish jarayonlarini boshqarish modellari, marshrutlashtirishning xilma-xil metodlarini, jumladan, radial marshrutlar yuklar bir jo'natuvchidan bir necha oluvchilarga yoki aksincha bir qancha jo'natuvchilardan yagona oluvchiga tashilganda qo'llanilanilishi ko'rsatilib o'tilgan. Xulosa qilib aytganda tutashma manzillarga tashish xizmatini ko'rsatish jarayonlarini boshqarish masalasini matematik modellarini xarakterli holatlar uchun oddiydan murakkabga o'tish ketma-ketligida tavsiya etilgan.

Аннотация. В статье показаны модели управления отдельными транспортными услугами в адрес клиента, различные способы маршрутизации, в том числе радиальные маршруты, используемые при транспортировке грузов от одного отправителя к нескольким получателям или, наоборот, от нескольких отправителей к одному получателю. В заключение рекомендуются математические модели управления транспортными услугами по стыковочным направлениям в последовательности перехода от простого к сложному для типичных случаев.

Annotation. The article shows models for managing individual transport services to the client, various routing methods, including radial routes used when transporting goods from one sender to several recipients or, conversely, from several senders to one recipient. In conclusion, mathematical models for managing transport services in connecting directions are recommended in the sequence of transition from simple to complex for typical cases.

Kalit so'zlari. Transport logistik tizim, iste'molchi, alohida tashish, xizmat ko'rsatish, jarayonlarni boshqarish, iste'molchi manzilga, radial marshrutlar, yuk tashish, xalq xo'jaligi, marshrutlashtirish.

Ключевые слова. Система транспортной логистики, потребитель, отдельный транспорт, сервис, управление процессами, потребитель до пункта назначения, радиальные маршруты, грузоперевозки, народное хозяйство, маршрутизация.

Keywords. Transport logistics system, consumer, individual transport, service, process management, consumer to destination, radial routes, cargo transportation, national economy, routing.

Bugungi kunda Respublikamizda intellektual transport tizimini yaratishga katta e'tibor berilmoqda. Hozirda dunyo bo'ylab avtomobillar harakati juda tez sur'atda ko'paymoqda. Avtomobillarning sezilarli darajada ko'payishi va yo'l tarmog'ining cheklangan imkoniyatlari tufayli juda ko'p ziddiyatli vaziyatlar yuzaga keladi va transportning harakatchanligi keskin kamayadi. Dunyodagi yirik shaharlarning tajribasi shuni ko'rsatadiki, yo'llar-ning tirbandligi muammosini faqat magistral yo'llarni qurish bilan hal qilib bo'lmaydi: juda ko'p sonli avtomobillar darhol yo'lning yangi qismiga shoshilib o'tishi, tirbandlikni keltirib chiqaradi. Transport oqimini samarali tartibga solish uchun intellektual transport tizimlarini joriy qilish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Yo'l harakati holatini nazorat qilish vazifasi, aslida, tezlik bilan harakatlanayotgan ko'plab obyektlarni kuzatishdan iboratdir. Inson bunday mashaqqatli muntazam bajariladigan faoliyatga moslasha olmaydi, unda tezda charchash holatlari yuzaga keladi va transport holatini to'liq nazorat qila olmaydi. Ushbu muammoni "Avto-Intellekt" yo'l-transport holatini intellektual nazorat qilish va avtomobil raqamlarini aniqlash orqali tezda hal qiladi. Nazorat zonasidan o'tgan barcha transport vositalarining ma'lumotlar bazasi shakllantiriladi. Yagona tizimga cheksiz miqdordagi videokameralar, ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlash serverlari, shuningdek, avtomatlashtirilgan operator ish o'rinlarini birlashtirilishi mumkin.

Olib borilgan ilmiy izlanishlarda marshrutlashtirishning xilma-xil metodlarini ko'rib chiqdiqilgan. Marshrutlashtirish samaradorligi asosan yo'ldan foydalanish koeffitsiyentining oshishi va buning natijasida harakatlanuvchi sostav ish unumdorligining ko'payishi hamda yuk tashish tannarxining kamayishi hisobiga bo'ladi. Hozirgi paytda mamlakatimiz avtomobil transportida yo'ldan foydalanish koeffitsiyentining erishilgan o'rtacha qiymati 0.5dan sal ortiqroq bo'lib, bunday xol ratsional marshrutlarda yuk tashish hali ham nisbatan kam qo'llanilayotganini hamda yo'ldan foydalanish darajasini oshirish natijasida tashish samaradorligini ko'tarishning real imkoniyatlari mavjudligini ko'rsatadi.

Ko'p hollarda yuk tashishni ratsional marshrutlarda amalga oshirishga imkoniyat bo'lmaydi. Masalan, yuk tashish maxsus avtomobillarda amalga oshirilganda, yuk punktlari bir-birlaridan uzoq masofada joylashganda ratsional marshrutlarni qo'llab bo'lmaydi. Bunday hollarda yuk tashish radial marshrutlarda amalga oshiriladi. Radial marshrutlar yuklar bir jo'natuvchidan bir necha oluvchilarga yoki aksincha bir qancha jo'natuvchilardan yagona oluvchiga tashilganda qo'llaniladi. Bunda harakatlanuvchi sostav yukni jo'natuvchidan oluvchiga yetkazib bergandan keyin qaytishda yuksiz keladi. Jo'natuvchi va oluvchini bog'laydigan marshrut sxemasi yuk tashish liniyasi deyiladi. Shunday qilib yuk tashish liniyalari yagona punktga yig'ilish yoki yagona punktdan tarqatilishi mumkin. Bunday sxemalarni mos ravishda yig'iladigan yoki tarqaladigan radial marshrutlar deyiladi (1 va 2-rasmlar).

Radial marshrutlar sistemasi deb, biror iqtisodiy regiondagi yuklar tashishni amalga oshirish uchun kerak bo'ladigan marshrutlar kompleksiga aytiladi. Boshqacha aytganda, radial marshrutlar sistemasi ma'lum bir territoriyadagi hamma korxonalar va tashkilotlardan ketadigan va ularga keladigan yuklarni tashishning radial sxemalarini o'z ichiga oladi.

1-rasm. Yig'iladigan radial marshrutlar 2-rasm. Tarqaladigan radial marshrutlar

Ratsional marshrutlar tuzish bu yuqori darajadagi yo'ldan foydalanish koeffitsiyentini ta'minlaydigan punktlararo yurish yoki yuk tashish liniyalari ketma-ketligini aniqlashdan iboratdir. Demak, ratsional marshrutlar radial marshrutlarning ayrim liniyalarini o'zaro

birlashtirib tuziladi. Ammo yuqorida ta'kidlaganimizdek bunday marshrutlarda tashilayotgan yuklar xajmi umumiy tashish xajmining juda kam qismini tashkil etadi.

Radial marshrutlar yuk tashish xalq ho'jaligining turli tarmoqlarida nihoyatda keng qo'llaniladi. Qishloq xo'jaligiga oid yuklar, qurilish materiallari qayta ishlash sanoati mahsulotlari va shu kabi ko'plab yuklar radial marshrutlarda tashiladi.

Radial marshrutlarda yuk tashishni rejalashtirish o'ziga xos xususiyatlarga ega.

1. Rejalashtirish ma'lum bir yuk oluvchi yoki jo'natuvchi miqyosida tashiladigan yuklar bo'yicha amalga oshirilishi mumkin. Masalan, ma'lum bir paxta zavodiga tayyorlov punktlaridan paxta yoki yog'-moy kombinatiga paxta zavodlaridan chigit tashish yoxud g'isht zavodidan qurilishlar va stansiyalariga g'isht yetkazib berish va shu kabilar. Bunda yuk oqimlarini optimallashtirish masalasini yechish natijasida ma'lum bir territoriyadagi har bir oluvchi yoki jo'natuvchilar uchun tegishli yuk beruvchi yoki iste'molchi punktlar belgilangan bo'ladi. Bundan tashqari rejalashtirilgan marshrutlarda yuk tashishni amalga oshiruvchi Avtotransport korxonalari aniqlanadi.

Kunlik yuk olish yoki jo'natish hajmlarining notekisligi bajarilishi lozim bo'lgan transport ishining vaqt mobaynida o'zgarib turishini taqozo qiladi. Bu esa avtotransport vositalariga bo'lgan ehtiyojni kunlar bo'yicha xar xil bo'lishiga olib keladi. Yuk tashish alohida jo'natuvchi yoki oluvchi miqyosida planlashtirilganda transport ishiga bo'lgan notekis ehtiyojni ta'minlash imkoniyatlari bir muncha cheklangan bo'ladi.

2. Markazlashgan yuk tashish sistemasida ma'lum rayon yoki tarmoq miqyosidagi hamma jo'natuvchi va oluvchilarni o'z ichiga oladigan plan tuziladi. Bunda ma'lum regiondagi transport ishlarini bajarishda ishtirok etadigan hamma transport korxonalari uchun eng samarali tashish plani tuzishga hamda ayrim korxonalarni transport xizmatiga b o'ladigan ehtiyojlarining mavsumiy notekisliklarini ta'minlash imkoniyatlari oshadi.

3. Radial marshrutlar har xil masofali liniyalardan iborat bo'lib, ularning har birida har xil yuk ko'taruvchanlikka ega bo'lgan harakatlanuvchi sostavlar qo'llash mumkin. Yuk tashish liniyalarining masofasi bir tomondan bu liniyalarda eng samarali ishlatilishi mumkin bo'lgan harakatlanuvchi sostav turlarini belgilasa, ikkinchi tomondan esa cheklangan sondagi avtomobil parkining liniyalarga taqsimlanishiga qarab oluvchiga yetkaziladigan yoki j o'natuvchidan olib chiqiladigan yuk hajmlarini belgilaydi. Shunday qilib cheklangan sondagi harakatlanuvchi sostav parkini ma'lum rayonning radial marshrutlar kompleksidagi ayrim liniyalar bo'yicha shunday taqsimlash kerak bo'ladiki, bunda iste'molchilarning yuk tashishga bo'lgan ehtiyoji butunlay qondirilsin yoki bajarilmagan tashish hajmlari uchun iste'molchilar yo'qotadigan samardorlik hamda transport ishlari xarajatlari eng kam bo'lsin .

4. Ayrim liniyalarda ishlaydigan harakatlanuvchi sostavlar soni istalgancha katta yoki kichik bo'lishi mumkin emas. Chunki liniyalarga taqsimlangan avtomobillar soni j o'natuvchi yoki qabul qiluvchi punktlarning ortish yoki tushirish imkoniyatlaridan oshmasligi hamda shu imkoniyatlardan to'laroq foydalanadigan darajada bo'lishlari kerak.

5. Aksariyat hollarda avtomobil parkining liniyalar bo'yicha taqsimlanishi har bir harakatlanuvchi sostavni butun kun mobaynida faqat bir liniyada ishlashini taqozo qiladi. YUk tashish masofasi 65-90 kmlik liniyalarda bir aylanish vaqti kunlik ish vaqtidan kichik, ikki marta aylanish vaqti esa juda katta bo'ladi. Shuning uchun ikkinchi aylanish uchun avtomobil boshqa liniyaga jo'natilishi mumkin. Jo'natiladigan liniyaning masofasi shunday bo'lishi kerakki, avtomobil birinchi va ikkinchi aylanish vaqtlari yig'indisi kunlik ish vaqti atrofida bo'lsin.

Yuqorida bayon etilgan tafsilotlar shuni ko'rsatadiki, radial marshrutlarda yuk tashishni planlashtirish o'z mohiyati bilan optimallik funksiyasi va cheklash tenglamalariga ega bo'lgan ekstremal masaladir. Bunda optimallik funksiyasi va cheklash tenglamalariga chiziqli xarakterga

egadir. Shunday qilib radial marshrutlarda yuk tashishni rejalashtirish masalalarini chiziqli programmalashtirishning modellari ko'rinishiga keltirishimiz mumkin.

Iste'molchi manzillarni tashishga bo'lgan ehtiyojlarini o'z muddatida va sifatli qondirish ko'p jihatdan avtotransport vositalari parkini tashish liniyalari bo'yicha taqsimlash masalasini echimiga bog'liqdir. Mazkur taqsimlash masalasini qo'yilishida turli-tuman tashish sharoitlaridan kelib chiqadigan holatlarni, jumladan iste'molchi manzillar ish faoliyati, yuk ortish-tushirish, jo'natish va qabul qilish ishlari tartibi va xususiyatlari, yuklarni saqlash va shu kabi ko'plab talablarni hisobga olish lozim bo'ladi. Shu tufayli yuklarni tashish, jo'natish va qabul qilish sharoitlarini ilmiy asoslangan guruhlashtirish va har bir guruh talablarini hisobga oladigan holda transport vositalari parkini tashish liniyalariga optimal taqsimlash masalasini matematik modellarini ishlab chiqish talab etiladi.

Iste'molchilarni talablari asosan tutashma manzillarga yetkazib beriladigan va har bir liniyadagi tashish hajmlarini belgilaydi. Bunday talablar taqsimlash modelidagi tashish hajmlari ma'lum kattalikdan kichik emas, katta yoki teng qabilidagi cheklashlar asosida hisobga olinadi. Marshrutda yuk jo'natish va qabul qilish, yo'l va yo'l harakatini tashkil etish sharoitlari avtotransport vositasini yuk ortish va tushirish ishlarida turish, yuk bilan va yuksiz harakatlanish vaqtlarini belgilaydi. Mazkur parametrlar esa pirovard-natijada avtomobilni kunlik ish unumdorligini doimiy yoki ehtimoliy taqsimlanadigan kattalik sifatida shakllantiradi.

Tashishda ishtirok etishga chiqarilgan harakatlanuvchi tarkiblar parkini liniyalarga optimal taqsimlanishi ichki va tashqi mezonlar vositasida o'lchanadi. Turli tipdagi transport vositalarining turli marshrut va liniyalarda har xil darajadagi tashish tannarxi va ish unumdorligini ta'minlaydi. Shu tufayli ekspluatatsiya qilinayotgan avtotransport vositalarini turli tashish liniyalariga shunday taqsimlash variantini aniqlash mumkinki, bunda tashish harajatlari eng kam yoki tashish hajmi eng ko'p bo'ladi.

Avtotransport vositalari parkini tashish liniyalariga optimal taqsimlash modelini tarkibi avvalo yuklarni qabul qiluvchi (jo'natuvchi) tutashma manzillar va ularni ta'minlovchi tashish liniyalari xususiyatlari, sharoitlari va ular uchun tashish hajmlariga shakllanayotgan cheklov talablariga hamda tashishda foydalanilayotgan transport vositalari turlari va miqdoriy kattaliklariga bog'liqdir. Model, eng avvalo, jo'natuvchi va qabul qiluvchi yuklar hajmlarini hamda parkni tashish imkoniyalarini o'zaro tengligini ta'minlashi lozim. Bundan tashqari har bir tashish liniyasi uchun ajratilayotgan avtomobillar soni bu liniyani yuk j o'natish va qabul qilish imkoniyalariga mos kelishi kerak.

Iste'molchi manzillarga tashish xizmati ko'rsatish - bu ularni xom ashyo, turli mahsulot va tovarlarga bo'lgan ehtiyojlarini o'z vaqtida to'la qondirish va shu asosda avtokorxonaga mazkur faoliyatdan keladigan foydani ko'paytirishdan iboratdir. Bunday tashish xizmati ko'rsatishni tashkil etish masalalari o'ziga xos xususiyatlarga ega. Ular quyidagilardan iboratdir:

1. Iste'molchilar ehtiyojini qondirishga qaratilgan tashish xizmati marshrutlarda faoliyat ko'rsatayotgan "haydovchi-harakatlanuvchi tarkib" elementlari bajarayotgan transport ishlari yig'ilmasi sifatida shakllanadi. Shu tufayli iste'molchilar ehtiyojini o'z vaqtida to'loqonli qondiradigan transport ishi hajmini avtokorxonaning tashuvchi elementlari "haydovchi -harakatlanuvchi tarkib"bo'yicha taqsimlash lozim bo'ladi. Bunday taqsimlashda qator texnologik talablar va iqtisodiy mezonlar bajarilishi ko'zda tutiladi:

• avtotransport vositasi turini tashilayotgan yukni sifatini saqlash va yuqori ish unumdorligini ta'minlash talablariga javob berishi;

• yukni ortish-tushirish, marshrutdagi yo'l va yo'l harakatini tashkil etish sharoitlariga mos kelishi;

• belgilangan tashish xajmlarini har bir yuk turi bo'yicha o'z muddat lari va eng kam

harajatlarda bajarilishi va sh.k.

2. Iste'molchilarni tutashgan manzillariga tashish xizmatini ko'rsatishni turli texnik-texnologik va tashkiliy boshqaruv variantlarini mavjudligi:

• tashishni turli tipdagi avtotransport vositalari (AV) da, amalga oshirish;

• yuklarni turli darajada paketlashtirish;

• tashish jarayonlarini tirkama va yarim tirkamalarni yuk ortish-tushirish manzillarida almashtirish usulida tashkil etish;

• yuk jo'natuvchi va qabul qiluvchi manzillarga alohida yoki marshrutli xizmat k o'rsatish va hokazo. Bunda har bir tashish liniyasiga turli tipdagi va sondagi avtotransport vositalarini taqsimlanishi, ishlayotgan har bir "haydovchi-harakatlanuvchi tarkib"elementiga turlicha kunlik ish vaqti, tashish hajmi va qatnovlar soni kabi ko'rsatkichlarni o'z ichiga oluvchi reja-topshiriqlari belgilanadi.

3. Qo'llanilayotgan tashish jarayonlarini turli variantlari avtokorxonadan ishga chiqayotgan avtotransport vositalarini parkining texnik-texnologik imkoniyatlari doirasida bo'lib, ularni faoliyati iste'molchi manzillarni tashishga bo'lgan ehtiyojlarini qondirishga (tashqi mezon) va bunda tashish imkoniyatlaridan samarali (eng kam harajat yoki eng yuqori ish unumdorligini ta'minlaydigan) foydalanishga (ichki mezon) qaratilgan bo'ladi.

4. Ma'lum bir iqtisodiy hududning iste'molchi manzillariga tashish xizmati ko'rsatish varianti (alohida yoki marshrutli xizmat), ularni xudud territoriyasida o'zaro joylashuvi, tashish xizmatini ko'rsatayotgan AV parkini imkoniyatlari, undagi AV lari turlari, yuklar turlari bo'yicha tashishga qo'yiladigan talablar, tashish marshrutidagi yo'l va yo'l harakatini tashkil etish sharoitiga bog'liq ravishda belgilanadi.

5. Hozirgi paytda mayda va yirik partiyali yuk tashishni marshrutlashtirish masalasi ilmiy-uslubiy jihatdan asoslangan holda ishlab chiqilgan. Ammo shunga qaramasdan turli mamlakatlarda avtotransport vositalarida tashilayotgan yuklar hajmidan juda kam qismi ratsional marshrutlarda tashiladi. Avtomobillarda yuk tashish hajmining asosiy qismi yuk jo'natuvchi va qabul qiluvchi manzillarga alohida xizmat ko'rsatish usulida amalga oshiriladi. Bunda tashish jarayoni tutashma manzillarga yig'iladigan yoki ulardan tarqatiladigan alohida liniyalarda ro'yobga chiqadi. Bunda har bir tashish liniyasi mayatnik marshrut sifatida shakllanadi va marshrutni bir yo'nalishda yukli, teskari yo'nalishda esa yuksiz katnov amalga oshiriladi. Ko'plab ana shunday marshrutlar bitta tutashma manzilga yig'iladi yoki undan tarqaladi. Har bir tutashma manzilda yig'iluvchi yoki undan tarqatiluvchi tashish liniyalari (marshrutlari) radial marshrutlar deyiladi. Qishloq xo'jalik mahsulotlari, qurilish materiallari va shu kabi ko'plab yuklar ana shunday radial marshrutlar tizimida tashiladi.

6. Avtomobillarda yuk tashishni tashkil etish yo'nalishidagi ilmiyuslubiy nashrlarda keng ishlatiladigan fikr-mulohaza, ya'ni «yo'ldan foydalanish koeffitsiyentini 1% ga oshirish tashish tannarxini 0,5% ga, avtomobilni ish unumdorligini esa 0,9 % ga ko'paytirishi» haqidagi xulosaga tanqidiy yonadoshish lozim. Chunki yo'ldan foydalanish koeffitsiyentini tashish tannarxi va avtomobilni ish unumdorligiga ta'sir etish darajasi yuk tashish masofasiga bog'liqdir. Bunday ta'sir katta tashish masofasida, masalan, mamalakatlararo yuk tashishda katta bo'ladi. Ammo avtomobib transportida asosan nisbatan kichik masofalarga yuk tashiladi. Bundan tashqari yuqorida ta'kidlangan yo'ldan foydalanish koeffitsiyentini oshishidan kelib chiqadigan tashish tannarxini pasayishi va avtomobilni ish unumdorligini ortishi foizlarini aniqlashda mazkur koeffitsiyent ß ni ko'payishi bilan boshqa faktorlarda bo'ladigan o'zgarishlar ta'siri hisobga olinmagan.

7. Ma'lumki marshrutda yo'ldan foydalanish koeffitsiyentini oshirilishi bitta aylanish doirasida bajariladigan yukli qatnovlar sonini ko'paytirish hisobiga amalga oshirilishi mumkin.

Bu esa bitta aylanishga to'g'ri keladigan yuk ortish-tushirish vaqtini oshishiga, o'rtacha texnik tezlikni esa kamayishiga olib keladi va natijada ish unumdorligini pasayishini, tashish tannarxini esa oshishini taqozo etadi.

Ko'rinib turibdiki agar ko'rsatkichning oshishi marshrutni aylanish sxemasiga yuksiz qaytash o'rniga bir nechta yukli qatnov qo'shilishi hisobiga yuz beradigan bo'lsa, unda mazkur o'zgarish avtomobilni tonna kilometr (tkm) dagi o'rtacha bir soatlik ish unumdorligini pasayishi-ga olib kelishi mumkin. Bunday holatni sababi shundaki, avtomobilni marshrut bo'ylab aylanish mobaynida yukli qatnovlar sonini oshishi bir aylanishga ketayotgan vaqt doirasida yuk ortish-tushirish vaqtini salmog'ini ortishiga olib keladi. Bu esa aylanish vaqtida yukli yurishga ketadigan vaqtni salmog'ini kamaytiradi va natijasida avtomobilni tkmdagi ish unumdorligini pasayishiga olib keladi. Bundan tashqari avtotransportda o'rtacha yuk tashish masofasini kichikligi va avtomobilb texnikasini ishlab chiqarishda yuk turlari bo'yicha ixtisoslashgan avtomobillar hamda tirkamalar ishlab chiqarishni yildan-yilga o'sishi turli-tuman yuklar tashishni ratsional marshrut sxemasiga kiritib yagona tipdagi avtotransport vositalarida tashish imkoniyatlarini pasaytiradi. Bu esa iste'molchi manzillarga alohida tashish xizmati ko'rsatishni yanadi kengaytirishga olib keladi.

Ta'kidlash lozimki, ishlab chiqilgan moddelar tashish shartlari va jarayonlarining oddiy va ma'lum bir xususiy holatlariga xosdir. Masalan, boshqaruv moddelari faqat yagona tutashgan manzilga tashish xizmati ko'rsatish (TXK) bir turdagi yuklar tashishda qo'llash mumkinligi, TM faqat alohida tashish xizmatini ko'rsatish holatlari uchun ishlab chiqilgan. Аmmo, tashish xizmati real sharoitida ma'lum bir iqtisodiy hududda joylashgan ko'plab tutashma manzillarga turli-tuman yuklarni ma'lum bir liniyalar orqali olib kirish (chiqish) xizmatlarini turli avtokorxonalarga tegishli har xil tipdagi avtotransport vositalarini larida ko'rsatish lozim bo'ladi. Bunda har bir turdagi avtotransport vositalarini yuk tashishda texnologik jihatdan qo'llash mumkini bo'lgan liniyalar va yuk turlari ma'lum darajada cheklangan bo'ladi va turli xil avtomobillarni turli tashish liniyalari va yuk turlari uchun ish unumdorligi va xarajatdorligi har xil ekanlgini hisobga olish lozim bo'ladi. Shu asosda real va murakkab bo'lgan mumumiy holatlar uchun turli xil xizmat ko'rsatish vapianlarini hisobga olgan holda tashish jarayonining boshqarish moddellarini ishlab chiqarish mumkin bo'ladi.

Ma'lumki, iste'molchilarga tashish xizmati ko'rsatishning asosiy sifat ko'rsatkichi ularni tashish hajmiga bo'lgan ehtiyojlarini belgilangan muddat mobaynida qondirshdan iborat. Iste'molchilarni ehtiyojlarini qondirish esa belgilangan muddatda bajarilishi ko'zda tutilgan shartnomaviy tashish xizmatlarida o'z aksini topadi. Shu tufayli tashish ko'rsatish xizmati amaliyotida iste'molchilarni tutashma manzillari uchun belgilangan tashish xizmatlarini bajarish holati doimo nazorat etiladi va kelgusi har bir davr uchun ishlab chiqilayotgan boshqaruv yechimida hisobga olinadi. Shunday qilib iste'molchi manzillarga tashish xizmati ko'rsatish jarayonlarini boshqarish masalasini chiziqli matematik modeli quyidagi holat va talablarga muvofiq shakllantiriladi:

• iste'molchi tutashma manzillar va ularni har biri bilan bog'langan tashish liniyalari turi, xarakteri va xususiyatlari ;

• tutashma manzilga tashishi lozim bo'lgan yuklar turlari va hajmlari, ularni tashish liniyalari, har bir liniyada ma'lum birlik vaqt mobaynida mumkin bo'lgan yuk tashish hajmi;

• tashish hajmlaridagi va imkoniyalaridagi balans-tenglik munosabatlarini ta'minlash: yuk jo'natish va qabul qilish hajmlari har bir yuk turi bo'yicha o'zaro teng bo'lishi, bajarilayotgan transport ishi tashishga ajratilayotgan avtotransport vositalarining tashish (ish bajarishi) imkoniyatlariga teng bo'lishi, liniyalardagi tashish hajmlarini

ulardagi yuklarni jo'natish va qabul qilish (ortish, tushirish) imkoniyatlariga mos kelishi va hokazo.

Bundan tashqari boshqarish masalalarida ma'lum tarkibiy balanslarni ta'minlash zarur:

• har bir tutashma manzilga(dan) tashib kiritiluvchi (chiqariluvchi) yuk turi bo'yicha tashish hajmlarini ta'minlash va bunda qaysi yuk turi qaysi liniyalarda va transport vositalarini qanday ish unumdorligida tashilishini hisobga olish;

• ma'lum turdagi yuklarni tashishda va ma'lum liniyalarda faqat ma'lum tipdagi (markadagi) avtotransport vositalarini qo'llash lozimligi va hokazo;

Xulosa qilib aytganda tutashma manzillarga tashish xizmatini ko'rsatish jarayonlarini boshqarish masalasini matematik modellarini quyidagi xarakterli holatlar uchun oddiydan murakkabga o'tish ketma-ketligida tavsiya etamiz.

1) bitta tutashgan manzilga yo'lovchilarni yoki bir turdagi yuklarni turli liniyalarda (jo'natuvchilardan) tashib kiritish;

2) bitta tutashgan manzildan yo'lovchilarni yoki bir turdagi yuklarni turli liniyalarda (qabul qiluvchilarga) tashib chiqarish;

3) bitta tutashma manzillarga (dan) bir turdagi yuklarni yoki yo'lovchilarni bir qancha liniyalarda tashib kiritish va chiqarish;

4) bitta tutashma manzillarga bir necha turdagi yuklarni bir qancha liniyalarda tashib kiritish va chiqarish;

5) bitta jo'natuvchi yoki qabul qiluvchi yoki jo'natuvchi va qabul qiluvchi tutashma manzillarga turli transport vositalarinini qisman, ya'ni ma'lum guruhlar ichida o'zaro almashtirish sharoitida tashish xizmatini ko'rsatish.

ADABIYOTLAR

1. Бутаев Ш.О., Мадаминов Ю.И. Совершенствование методов управления процессами автомобильных перевозок грузов.Ташкент:Фан, 1988.-150 s.

2. Модели и методы теории логистики: Учеебное пособи. 2-e изд./Под ред. Лукинского В.С. СП: Питер. 2007. -448 С.

3. Raxmatullaev M. Qosimov S.X. Yuk oqimini logistik kuzatuvi va komplekslarini mahalliylashtirish omillari. Ilmiy-tex. jur. 23 (8) 52.

4. Raxmatullaev M. Qosimov S.X. Современные инновации и технологии организации перевозки. Ilmiy - texnik jurnal 23 (9) 167.

5. Aleksander Sladkowski. Intelligent transport systems-problems and perspectives. Springer.-2016. - 307 ps.

6. Barbara Flugge. Smart mobility - connecting everyone. 2017.

7. Косимов, С. Х., & Нишонов, А. О. У. (2021). Пути развития логистической системы при организации перевозки грузов на международных маршрутах. Academic research in educational sciences, 2(3).

8. Косимов, С. (2021). ПРИМЕНЕНИЕ ОБУЧАЮЩИХ ПРОГРАММ-ТРЕНАЖЕРОВ В ОБУЧЕНИИ ПРЕДМЕТА «ЛОГИСТИКА ТРАНСПОРТА». InterConf.

9. Косимов, С., & Косимов, Б. (2021). ФАКТОРЫ ФОРМИРОВАНИЯ И РАЗВИТИЯ СОВРЕМЕННЫХ ТЕРМИНАЛОВ В ЛОГИСТИЧЕСКОЙ СИСТЕМЕ. InterConf.

10. Qosimov, S. (2021). METHODICAL BASIS FOR TEACHING ELECTRONIC EDUCATION. InterConf.

11.Шарипова, Н., & Рахматуллаев, М. (2021). К ВОПРОСУ О НАЗНАЧЕНИИ И КЛАССИФИКАЦИИ ДОРОЖНЫХ КОНТРОЛЕРОВ В СИСТЕМЕ ДОРОЖНОГО

УПРАВЛЕНИЯ. InterConf

12. Турдалиев, В. М., Кучкаров, С. К., & Касимов, А. А. (2017). ОБОСНОВАНИЕ ФОРМЫ, УПЛОТНЯЮЩЕЙ ПОВЕРХНОСТЬ РАБОЧЕГО ОРГАНА ВЫРАВНИВАТЕЛЯ. Научное знание современности, (3), 277-283.

13. Abduvahidovich, A. D., Jobirhon, M., & Hakimovich, U. A. (2016). Layout diagram of the hinged oscillatory spike-tooth harrow and determination of its row-spacing width. European science review, (5-6), 175-176.

14. Imomqulov, U. B., Imomov, M. H., Akbaraliyev, X. X., Nabijonov, U. A., & Mirzaabdullayev, M. M. Substantiation Angle of Incidence of the Device with a Changing Curvilinear Surface to the Drum. International Journal on Integrated Education, 3(12), 481-483.

15. Умурзаков, А. Х., Турдалиев, В. М., & Хакимов, У. А. (2022). Экспериментальные исследования водяного двигателя. Машины, агрегаты и процессы. Проектирование, создание и модернизация, 8-10.

16. Шаропов, Б. Х. У., Угли, M. Ф. Р., & Акбаралиев, Х. Х. У. (2022). Куёш энергиясидан фойдаланиб биноларни энергия самарадорлигини ошириш тадбирлари. Механика и технология, 2(7), 186-191.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.