Научная статья на тему 'TRANSPORT-LOGISTIK SERVISIDA YUKLARNI QAYTA ISHLOVCHI TERMINALLAR VA OMBORXONA KOMPLEKSLARINI MAHALLIYLASHTIRISH OMILLARI'

TRANSPORT-LOGISTIK SERVISIDA YUKLARNI QAYTA ISHLOVCHI TERMINALLAR VA OMBORXONA KOMPLEKSLARINI MAHALLIYLASHTIRISH OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tovarlar oqimi / makrologistik tizim / transport tugunlari / transportlogistik servisi / transport-ekspeditsiya xizmati / terminal / transport harakatlanuvchi qismi / omborxonalar. / товарные потоки / макроэкономические системы / транспортные узлы / транспортные и логистические услуги / транспортные и экспедиционные услуги / терминалы / переносные подвижные части / склады.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Xoshimova Shoira Safarovna, Sharipova Nodira Ilhom Qizi

Maqolada transport-logistik servisida yuklarni qayta ishlovchi terminallar va omborxona komplekslarini mahalliylashtirish omillari masalasi tahlil etilgan. Maqolada logistik markazlar kompleksidan iborat boʻlgan hududiy makrologistik tizimning koordinatsiyalovchi va integratsiyalovchi potensiali ijroiya hokimiyati strukturalariga asoslanishi kerak va rivojlanishning ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal etishga, transport-logistik xizmatlar tufayli iste’molchilarga xizmat koʻrsatishlar samaradorligini oshirishga, jahon standartlariga tobora yaqinlashishga, hududiy moddiy va unga doimiy yoʻldosh (hamroh) boʻlgan axborot va moliya oqimlarini boshqaruvning zamonaviy-logistik texnologiyalarni joriy etishga yoʻnalgan boʻlishi kerakligi koʻrsatilib oʻtilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Factors of localization of cargo processing terminals and warehouse complexes in transport and logistics services

В статье анализируются вопросы локализации грузовых терминалов и складских комплексов в транспортно-логистической службе. В статье основное внимание уделяется координирующему и интеграционному потенциалу регионального макрологического комплекса логистических центров, которые должны основыватся на структурах исполнителной власти и решать вопросы социально-экономического развития, повышать производителность потребительских услуг посредством транспортных и логистических услуг, и внедрение современных логистических технологий в управление информационными и финансовыми потоками следует отметить.

Текст научной работы на тему «TRANSPORT-LOGISTIK SERVISIDA YUKLARNI QAYTA ISHLOVCHI TERMINALLAR VA OMBORXONA KOMPLEKSLARINI MAHALLIYLASHTIRISH OMILLARI»

UDK 656.062(075)

TRANSPORT-LOGISTIK SERVISIDA YUKLARNI QAYTA ISHLOVCHI TERMINALLAR VA OMBORXONA KOMPLEKSLARINI MAHALLIYLASHTIRISH

OMILLARI

Xoshimova Shoira Safarovna JizPI. Phd

Sharipova Nodira Ilhom qizi JizPI. Assistant, nodirailhomovna93@gmail.com, +998995613893

Annotatsiya. Maqolada transport-logistik servisida yuklarni qayta ishlovchi terminallar va omborxona komplekslarini mahalliylashtirish omillari masalasi tahlil etilgan. Maqolada logistik markazlar kompleksidan iborat bo'lgan hududiy makrologistik tizimning koordinatsiyalovchi va integratsiyalovchi potensiali ijroiya hokimiyati strukturalariga asoslanishi kerak va rivojlanishning ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal etishga, transport-logistik xizmatlar tufayli iste'molchilarga xizmat ko'rsatishlar samaradorligini oshirishga, jahon standartlariga tobora yaqinlashishga, hududiy moddiy va unga doimiy yo'ldosh (hamroh) bo'lgan axborot va moliya oqimlarini boshqaruvning zamonaviy-logistik texnologiyalarni joriy etishga yo'nalgan bo'lishi kerakligi ko'rsatilib o'tilgan.

Аннотация. В статье анализируются вопросы локализации грузовых терминалов и складских комплексов в транспортно-логистической службе. В статье основное внимание уделяется координирующему и интеграционному потенциалу регионального макрологического комплекса логистических центров, которые должны основыватся на структурах исполнителной власти и решать вопросы социально-экономического развития, повышать производителность потребительских услуг посредством транспортных и логистических услуг, и внедрение современных логистических технологий в управление информационными и финансовыми потоками следует отметить.

Annotation. The article analyzes the issues of localization of cargo terminals and warehouse complexes in the transport and logistics service. The article focuses on the coordinating and integration potential of the regional macrological complex of a complex of logistics centers, which should be based on executive structures and address socio-economic development, improve the performance of consumer services through transport and logistics services, and introduce modern logistics technologies in information management and financial flows should be noted.

Tayanch so'zlar: tovarlar oqimi, makrologistik tizim, transport tugunlari, transportlogistik servisi, transport-ekspeditsiya xizmati, terminal, transport harakatlanuvchi qismi, omborxonalar.

Ключевые слова: товарные потоки, макроэкономические системы, транспортные узлы, транспортные и логистические услуги, транспортные и экспедиционные услуги, терминалы, переносные подвижные части, склады.

Key words: commodity flows, macrologistic systems, transportation hubs, transportation and logistics services, transportation and forwarding services, terminals, mobile moving parts, warehouses.

Hududlar (regionlar) rivojlanishining eng asosiy masalalaridan biri tovarlar, mablag'lar, odamlar va axborotlarning erkin tarzda harakatlanib yurishlari yo'lidagi to'siqlarni bartaraf etishdan iborat. Geosiyosiy holat hamda Yevropa Ittifoqi bilan O'zbekistonning hamkorlik qilish

integratsion jarayonlarining intensivlashuvini hisobga olinadigan bo'lsa, har ikkala tomon ham tovarlar oqimini tashkillashtirishdan manfaatdordirlar.

Shaharning, umuman olganda hududning rivojlanishida muhim shartlardan biri hududdagi logistik muhitning (transport, telekommunikatsiya, terminal, bojxona) Yevropa Ittifoqi mamlakatlari rçbilan mos bo'lishligidir. Yevropa Ittifoqi mamlakatimizning bozorlarida g'arbdagi tovar ishlab chiqaruvchilar, transport, ekspeditorlik, telekommunikatsion va boshqa kompaniyalar uchun raqobatbardoshlik shart-sharoitlarini yaratishdan manfaatdor va bu holat O'zbekiston ishtirok etgan xalqaro loyihalar va dasturlarning maqsadli yo'nalishlarida o'z ifodasini topgan.

Barcha hududlar uchun makrologistik savdo, transport va axborot tizimlarini shakllantirish va rivojlantirish birinchi darajali ahamiyatga ega, chunki u Yevropa iqtisodiy va axborot tizimlari bilan integratsiyalashuvni tezlashtirishga imkoniyat yaratadi. Bu yo'nalishda ma'lum darajada ijobiy tajriba allaqachon mavjud. Jumladan, hududning barcha shaharlari hududiy transport-logistik va telekommunikatsion tizimlarni savdo va transportda logistik markazlar tarmog'ini yaratishga qaratilgan TCDIM, UNCTAD, TACIS kabi xalqaro loyihalarda faol ishtirok etmoqdalar. Makrologistik tizimning elementlari bo'lgan qator hududiy dasturlar ishlab chiqilgan va joriy etilmoqda.

Ko'p sonli transport , savdo, ekspeditorlik, yuklarni qayta ishlovchi korxonalar, ishlab chiqaruvchi firmalar va mahsulot yyetkazib beruvchilar ishini boshqarish va koordinatsiya qilish, iste'molchilarga samarali xizmat ko'rsatish, o'zagi logistik markazlar kompleksidan iborat bo'lgan hududiy makrologistik tizimsiz umuman mumkin emas. Bu tizimning koordinatsiyalovchi va integratsiyalovchi potensiali ijroiya hokimiyati strukturalariga asoslanishi kerak va rivojlanishning ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal etishga, transport-logistik xizmatlar tufayli iste'molchilarga xizmat ko'rsatishlar samaradorligini oshirishga, jahon standartlariga tobora yaqinlashishga, hududiy moddiy va unga doimiy yo'ldosh (hamroh) bo'lgan axborot va moliya oqimlarini boshqaruvning zamonaviy-logistik texnologiyalarni joriy etishga yo'nalgan bo' lishi kerak.

Bu esa shuni ko'rsatmoqdaki shahar, hudud, mamlakat va xalqaro hamjamiyat manfaatlari masalalarini samarali hal etish uchun o'z tarkibiga transportning barcha turlarini, transport tugunlarini, terminal komplekslarini, yuklarni qayta ishlovchi korxonalarni, bojxonalar va hokazolarni oluvchi hududning transport-logistik tizimini bunyod etish zarur.

Xususan, transport-logistik servisining quyidagi kamchiliklarini aytib o'tish kerak bo'ladi:

-tashish hajmining kamayishi, tariflar darajasining yuqoriligi, chet el tashuvchilari bilan raqobatning kuchayishi hisobiga, transport, omborxona va boshqa ular bilan bog'liq bo'lgan logistik xizmatlarga talabning pasayishi;

-kompleksning faoliyat ko'rsatishida marketing operatsiyalarining mavjud emasligi;

-logistik servis sifatining pastligi va jahon standartlariga javob bermasligi;

-ishlab-chiqarish-texnika bazasi, servis infrastrukturasi, transport-logistik jarayonini qo'llovchi axborot tizimi rivojlanish darajasining pastligi;

-yagona innovatsion va investitsion siyosatning yo'qligi;

-amalda mavjud bo'lgan hujjatlarni rasmiylashtirish va bojxonalarda yuklarni hujjatlashtirish tartibining murakkabligi va mukammal emasligi;

-tashish jarayoni ishtirokchilari, terminallar, omborxonalar, bojxonalar, boshqa korxonalar va ular xizmatlarining iste'molchilari o'zaro aloqalar va axborot almashuv aloqalari darajasining pastligi;

-transport-logistika servisiga partnerlar qiziqishining bir-biridan anchagina farq qilishi;

-yagona normativ-huquq bazaning yo'qligi;

-zamonaviy transport-ekspeditsion faoliyat logistik texnologiyalarining mavjud emasligi.

Undan tashqari, bizning mamlakatimizning yuk tashuvchi, ekspeditsiya qiluvchi, yuklarni qayta ishlovchi va terminal komplekslari tomonidan ko'rsatiladigan transport-logistika servisining sifati yevropa va jahon standartlari talablariga javob bermaydi. Shuning uchun ham tranzit yuk oqimlarining 70-75%ini chet el firmalari egallab olishgan.

Ko'pincha kam quvvatli omborxonalar, yuklarni qayta ishlovchi korxonalar va bojxona terminallari nihoyatda ko'p bo'lishlariga qaramay, odatda, ular yuklarni qayta ishlashning zamonaviy texnologiyalariga ega emaslar, jihozlanganlik darajasi past bo'lib, xizmat ko'rsatish kompleksligi bo'yicha mamlakat va chet ellik mijozlarning talablariga javob bermaydilar. Tovarlar almashuvi, ekologiya, yuklarni qayta ishlashni, konsolidatsiya (jipslashuv, birlashish)ni, yuklarni sortirovka qilishni, mijozlarga servis xizmati ko'rsatishni ta'minlovchi zamonaviy va yuqori darajada mexanizatsiyalashgan, yetarlicha miqdordagi terminal komplekslarining yo'qligi, transport-taqsimlov tizimi faoliyati samaradorligining pastligi tufayli t o'planib qolgan muammolar umumlashgan tarzda xo'jalik kompleksida salbiy aks etadi.

Yuklarni tashishga bo'lgan talabning doimiy tarzda ortib borishi, ishlab-chiqarish xo'jalik aloqalarining kengayib borishi, hudud iqtisodiyotidagi tarkibiy o'zgarishlar sharoitida, transport kompleksining vazifasi va ahamiyati, uning ishi samaradorligi va sifati muammolari dolzarbligi beto'xtov ortib boraveradi.

Hozirgi kunga kelib mamlakatning transport kompleksi rivojlanib borayotgan iqtisodiyotdan ancha orqada qolgan va u yuqori sifatli transport xizmati ko'rsatishga bo'lgan talabni to'liq qoniqtira olmaydi, tashkiliy, tarkibiy, texnologik, ilmiy-texnik, tijorat-huquqiy jihatdan takomillashishga ehtiyoj sezmoqda.

Mamlakat ishlab-chiqarish kompleksini tarkibiy qayta qurish, ishlab-chiqarishni ilmiy-amaliy rivojlanishga yo'naltirishni tezlashtirish, mashinasozlikni ixtisoslashtirish, resurslarni asrab-avaylash bo'yicha olib borilayotgan siyosat yuklarni tashilish hajmining ortishiga stabillashtiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Shu bilan bir paytda savdo-tijorat faoliyatining rivojlanishi barcha hududlar o'rtasida transport-iqtisodiy aloqalarning kengayib borishiga imkoniyat yaratadi, shu jumladan tashqi-iqtisodiy yo'nalishlarda ham.

Yuklarni tashishning takomillashuvi transport tugunlari, saralash punktlari, yuk stansiyalari ishlarini yaxshilash, omborxonalar, port uskunalarini rekonstruksiya qilish, yangi tipdagi harakatlanuvchi qismlarni joriy qilish, transport-ekspeditsiya xizmati ko'rsatish bilan mijozlarni yanada kengroq qamrab olish, zamonaviy, yuqori darajada mexanizatsiyalashgan terminal komplekslarini (vujudga keltirish) yaratish, intermodal yuk tashuvni rivojlantirish, tashish jarayonini tashkil etishni takomillashtirish va boshqaruvning iqtisodiy uslublarini joriy etish zarurati bilan chambarchas bog'liq.

Mijozlarni kafolatlangan transport-ekspeditsiya xizmati ko'rsatish, yuklarni qayta ishlash va yuklarning to'planishini ta'minlovchi, hamda zarur servis xizmatlari kompleksiga ega bo'lgan, zamonaviy va yuqori darajada mexanizatsiyalashgan terminal komplekslarining yo'qligi, shaharlararo va xalqaro yo'nalishlarda yuklarni tashish samaradorligini pasaytiradi, transport harakatlanuvchi qismidan foydalanishni yomonlashtiradi, avtotransportning, shu jumladan katta yuk ko'tarish qobiliyatiga ega bo'lgan avtomobillarning ko'chalarda, yo'llarning qatnov qismida notashkiliy tarzda turib qolishlariga, yuklarning yo'qolishi va ishdan chiqishiga, kriminogen holatning kuchayishiga, ekologiyaning keskin yomonlashuviga, harakat xavfsizligining pasayishiga va yo'l tarmoqlarining yomonlashuviga olib keladi.

Tadbirkorlikning rivojlanishi va u bilan bog'liq tarzda xo'jalik aloqalarining keskin kengayishi shaharlararo va xalqaro yo'nalishlarda yuklarni tashishga bo'lgan talabning

kuchayishiga olib keladi.

Yuklarni jo'natishning jahon tajribasida qabul qilingan terminal texnologiyasiga asoslangan bir maromda ishlovchi transport-ekspeditsion xizmat ko'rsatish tizimining mavjud emasligi, tovarlar almashinuvi jarayonini qiyinlashtiradi, transportning harakatlanuvchi qismidan foydalanish samaradorligini pasaytiradi, umuman olganda barcha xo'jalik kompleksining rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Ko'p miqdordagi og'ir yuk ko'taruvchi avtomobillarning tashkillashtirilmagan turish joylarida uzoq vaqt bekor turib qolishlari huquqbuzarliklarning ortishiga, atrof-muhitni ifloslanishiga va avtomobil yo'llarining o'tkazuvchanlik qobiliyatining qisqarishiga olib keladi.

Katta miqdordagi omborxona maydonlari mavjud bo'lishiga qaramay, chet el importerlarini qoniqtira oladigan va bojxona rejimida ishlay oladigan, tegishli servis xizmatlari ko'rsata oladigan, yuqori darajada mexanizatsiyalashgan, ko'p funksiyali omborxona komplekslari va terminallari yetishmaydi.

Keyingi paytlarda transport ekspeditsion va bojxona ombor xizmatlari bozori intensiv shakllanib bormoqda. Bojxona omborlari, omborxona, tashish transport ekspeditsiya xizmatlari ko'rsatish bo'yicha qator o'rtaliq va tijorat tuzilmalari tarmoqlari ro'yxatga olingan va faoliyat ko'rsatmoqdalar.

Oxirgi sakkiz yil ichida ayniqsa, transport ekspeditsiya xizmatlari bozori intensiv tarzda rivojlandi.

Tovarlarning bemalol harakatlanishidan, ularning ishonchli saqlanishi va qayta ishlanishidan manfaatdor bo'lgan, chet el yoki yirik banklarning qo'llab - quvvatlashlariga ega bo'lgan mamlakatimiz hamda chet el kompaniyalari terminallar qura boshladilar.

Ma'lumki, hududiy iqtisodiyotda tovarlar harakatlanuvi kanallarini tarkiban qayta qurishning eng birinchi va zaururiy bosqichi - bu ko'tara savdo bozorlarining vujudga keltirishdir. Mamlakatimizning ba'zi bir yirik korxonalari evolyusion jarayonning boshlanishida bo'lishiga qaramay, yirik masshtabli ko'tara savdo-sotiqni tashkil etishda, mayda-ko'tara tovarlar taqsimoti va bozor tarmoqlarini rivojlantirishda boy tajriba to'plangan. Albatta, hozirchalik sivilizatsiyalashgan bozor talablariga to'liq javob bermasada, zamonaviy infrastruktura shakllanib bormoqda, bu tajribadan foydalanish mumkin va zarur.

Omborlarning vazifalarini an'anaviy va logistik jihatdan farqlash mumkin.

An'anaviy vazifalari:

- ombor quvvatidan maksimal foydalanish;

- ombor va ortish-tushirish ishlarini ratsional olib borish;

- ombor jixozlariridan samarali foydalanish;

- tovarlarni saqlash va qayta ishlash operatsiyalarida yuzaga keladigan zararlarni yuqotish.

Logistik jihatdan vazifalari:

- istimolchilarni tovar va xizmatlar bilan ta'minlash;

- zaxiralar optimal sarflangan holatida o'z vaqtida o'rnini to'ldirish;

- ishlab chiqaruvchilar va istimolchilarni har qanday ko'zda tutilmagan holatlardan himoya qilish;

- jo'natish partiyalarini konsolidatsiyalash;

- logistik servis darajasini shakllantirish;

- logistik tizimning bir-biriga bog'liq bo'g'inlarining o'zaro hamkorligini muvofiqlashtirish va integratsiyalashishini rivojlantirish;

- qo'shilgan qiymat bilan xizmat ko'rsatish.

Omborlashtirish tizimi, bu omborda moddiy oqimlarning paydo bo'lishi, xarakatlanishi

va shakllanishini ta'minlovchi elementlar yig'indisi va ularni boshqarishdir.

Omborda yuklarni qayta ishlash quyidagi logistik tamoyillar asosida amalga oshiriladi:

• rejalashtirish— omborni asosiy ishchi zonalarga ajratish va yukning bu zonalar orqali o' tish ketma-ketligini aniqlash;

• ratsionallik — moddliy oqimning harakatini operatsiyalar sonini minimal zaruriy kattalikkacha qisqartirish va yuk oqimlarining qaytib kelishini bartaraf qilish bilan rejalashtirish;

• tizimli yondashuv — yuklarning ombor orqali o'tish sxemasini ishlab chiqish ularning barcha tavsiflarini hisobga olish bilan kiruvchi va chiquvchi oqimlarning o'ziga xos xususiyatlari bilan bog'langan bo'lishi lozim;

• ombor quvvatlaridan foydalanish samaradorligi — yukni omborda saqlash omborning maydoni va uning balandligidan maksimal foydalanishni ta'minlashi lozim;

• texnik jihozlanishning optimal darajasi — texnik jihozlanishni tanlash omborning o'zining, qayta ishlov beriladigan yukning o'ziga xos xususiyatlari va iqtisodiy maqsadga muvofiqligi bilan belgilanishi lozim;

• asbob-uskunalarni universallashtirish — qo'llaniladigan ko'tarish-tashish asbob-uskunalari omborda yuklash-tashish asbob-uskunalari parkini minimumgacha qisqartirish uchun turli texnologik operatsiyalarni bajaradigan bo'lishi lozim va hokazolar.

Shu bilan birga har bir alohida olingan aniq omborning ko'rsatkichlari bir-biridan ancha farq qiladi, zero ularning elementlari va o'zining tuzilmasi o'zaro bog'liq bo'ladi. Omborlar tizimini tuzishda uning samardorligiga ta'sir ko'rsatuvchi barcha omillarni to'liq qamrab olgan holda ularga individual yondoshish tamoyiliga amal qilish lozim bo'ladi. Buning uchun omborlarning fuksional vazifalarini aniqlash va yuklarni omborlarning ichida va tashqarisida qayta ishlashning tahlili misol bo'ladi. Har qanday sarf xarajatlar iqtisodiy jihatdan asoslangan bo'lishi lozim, ya'ni sarmoya sarflash bilan bog'liq har qanday texnologik va texnik ishlanma bozordagi rasm bo'lgan anana va texnik imokoniyatlardan emas balki ratsional ravishda maqsadga muvofiqlikdan kelib chiqishi lozim.

Ombor texnologik jarayoni deganda mahsulotni qabul qilishga tayyorlash, uning kelib tushishi, ko'chirilishi, o'ramdan chiqarilishi, mahsulotni soti va sifatiga ko'ra qabul qilish, saqlash uchun joylashtirish, zichlab o'rnatish, saralash, butlash, mahsulotni berib yuborishga tayyorlash va mahsulotni iste'molchiga yuerib yuborish bilan bog'liv ketmaket bajariladigan amaliyotlarning j amulj amligi tushuniladi.

Mahsulotni omborda qayta ishlashning butun jarayoni yoki unign ayrim bosqichlari (mahsulotning kelib tushishi, mahsulotni jo'natish) texnologik kartalar tuziladi. Texnologik karta bu ombor texnologik jarayonini operatsiyadan keyin batafsil ishlanmasini aks ettiruvchi hujatdir.

Transport-ekspeditsiya va omborxona xizmatlari ko'rsatish bozorini tahlil qilish shuni ko'rsatdiki, doimiy tarzda yuklarni qayta ishlash, birinchi navbatda tashqi savdo yuklarini qayta ishlash hajmlari ortib bormoqda.

Tovar omborlarining litsenziyalanmaydigan faoliyati ular ishini tashkil etishda nazoratsizlikka olib keldi. Bunday holatda yuklar oqimini koordinatsiyalash amaliy jihatdan umuman mumkin bo'lmay qoladi, masalan, yuklar bir punktda bojxona hujjatlashtiruvidan o'tkazilsa, uning saqlanishi, qayta ishlanishi va undan keyingi jo'natilishi boshqa omborxonalarda amalga oshiriladi.

Transport-ekspeditorlik va bojxona-omborxona tadbirkorligining bunchalik tez o'sishi, uning yuqori darajadagi kommersiya samaradorligidadir. Daromad keltirish darajasi bo'yicha bojxona-ombor biznesi, faqat reklama ishi va turizmdangina orqada qoladi.

Bojxona omborlari importerlarda katta qiziqish uyg'otadi. Bojxona omborlarining rejimi ularda tovarlarni uch yilgacha boj va soliqlar to'lamasdan saqlashga imkon beradi. Bunday

omborxonalarda tovarlarni saqlash importerlarga davlat chegaralarini kesib o'tish bilan bog'liq bo'lgan boj to'lovlarini keyinroq muddatga cho'zishga imkoniyat yaratadi. Bu "bojxona tozalovi"ga mablag'i bo'lmagan firmalar uchun hamda tovarlarning butun partiyasini sotib oluvchi xaridorlar uchun ayniqsa muhim. Bojxona omborlarining rejimi tovar egasiga bojxona xodimlarining ruxsati bilan bojxona omborxonasining o'zida tovar partiyasini maydaroq qismlarga bo'lish, ularni saralash va upakovka qilishga imkoniyat beradi. Buning ustiga tovar egasi omborxonadan to'liq partiyani yoki realizatsiyaga qarab qismlarga bo'lingan tarzda olib chiqib ketishi mumkin. Shunga muvofiq tarzda bojxona soliqlari ham qismlarga b o'lingan holda to'lanadi, bu esa yuk egasi uchun katta imtiyoz beradi. Omborxonalar biznesining jadallik bilan o'sib borayotganiga qaramay, amalda mavjud bo'lgan bojxona omborlari tizimi na sifat ko'rsatkichlari bo'yicha, na ko'rsatiladigan servis xizmatlarining turlari va darajasi bo'yicha importerlarni qoniqtirmayapti. Bor-yo'g'i bir nechtagina bojxona omborlari xalqaro standartlarga javob beradi.

Ayniqsa, maxsuslashtirilgan omborxonalar yetishmasligi sezilib turadi, kompyuterlar, avtomobillar va ro'zg'orda ishlatiladigan texnikalarni saqlovchi omborlar bundan mustasno.

ADABIYOTLAR

1. Информационные технологии управления: Учебное пособие. Под.ред. проф. Г.А. Титаренко.- 2-е изд., доп. - М.: ЮНИТИ-ДаНА, 2005. - 439с.

2. Икрамов М.А. Автомобильно-дорожный сектор государств центральной Азии: проблемы и перспективы развития /М.А.Икрамов, А.А.Зохидова, В.А.Топалиди. -Ташкент:Изд-во Нас. Библиотеки Узбекистана им.Алишера Навои, 2011.-155с.

3. Ю. М. Неруш. Коммерческая логистика Москва ЮНИТИ 1997г.

4. J. R. Kulmuxamedov. Transport logistikasi asoslari J. 2013g.

5. Lester A. Hoel, Nicholas J. Garber, Adel W.Sadek. Transportation infrastrurture engineering/ A Multimodal integration. Univer sity of Vermont.

6. Бутаев Ш.О., Мадаминов Ю.И. Совершенствование методов управления процессами автомобильных перевозок грузов.Ташкент:Фан, 1988.-150 s.

7. Модели и методы теории логистики: Учеебное пособи. 2-e изд./Под ред. Лукинского В С. СП: Питер. 2007. -448 С.

8. Raxmatullaev M. Qosimov S.X. Yuk oqimini logistik kuzatuvi va komplekslarini mahalliylashtirish omillari. Ilmiy-tex. jur. 23 (8) 52.

9. Raxmatullaev M. Qosimov S.X. Современные инновации и технологии организации перевозки. Ilmiy - texnik jurnal 23 (9) 167.

10. Aleksander Sladkowski. Intelligent transport systems-problems and perspectives. Springer.-2016. - 307 ps.

11. Barbara Flugge. Smart mobility - connecting everyone. 2017.

12. Косимов, С. Х., & Нишонов, А. О. У. (2021). Пути развития логистической системы при организации перевозки грузов на международных маршрутах. Academic research in educational sciences, 2(3).

13. Косимов, С. (2021). ПРИМЕНЕНИЕ ОБУЧАЮЩИХ ПРОГРАММ-ТРЕНАЖЕРОВ В ОБУЧЕНИИ ПРЕДМЕТА «ЛОГИСТИКА ТРАНСПОРТА». InterConf.

14. Косимов, С., & Косимов, Б. (2021). ФАКТОРЫ ФОРМИРОВАНИЯ И РАЗВИТИЯ СОВРЕМЕННЫХ ТЕРМИНАЛОВ В ЛОГИСТИЧЕСКОЙ СИСТЕМЕ. InterConf.

15. Qosimov, S. (2021). METHODICAL BASIS FOR TEACHING ELECTRONIC EDUCATION. InterConf.

16. Шарипова, Н., & Рахматуллаев, М. (2021). К ВОПРОСУ О НАЗНАЧЕНИИ И КЛАССИФИКАЦИИ ДОРОЖНЫХ КОНТРОЛЕРОВ В СИСТЕМЕ ДОРОЖНОГО УПРАВЛЕНИЯ. InterConf

17. Imomqulov, U. B., Imomov, M. H., & Akbaraliyev, X. X. (2020). Theoretical Justification of Some Parameters of the Metering Device. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology, 7(11), 15879-15884.

18. Umurzakov, A. K., Turdaliev, V. M., & Khakimov, U. A. (2022). Low-Power Hydraulic Motor for Mobile Micropower Stations and Pumps. Russian Engineering Research, 42(8), 791-793.

19. Abduvahidovich, A. D., Jobirhon, M., & Hakimovich, U. A. (2016). Layout diagram of the hinged oscillatory spike-tooth harrow and determination of its row-spacing width. European science review, (5-6), 175-176.

20. Мухамедов, Д., & Махмудов, Ф. (2023). ОБОСНОВАНИЕ ПАРАМЕТРОВ КАТКОВ АГРЕГАТА ДЛЯ ПОСЕВА ОЗИМОЙ ПШЕНИЦЫ В МЕЖДУРЯДИЯ ХЛОПЧАТНИКА. International Bulletin of Applied Science and Technology, 3(5), 478-483.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.