Научная статья на тему 'LOGISTIKA MARKAZI VA UNING IQTISODIY-IJTIMOIY AHAMIYATI'

LOGISTIKA MARKAZI VA UNING IQTISODIY-IJTIMOIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
9
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
logistika markazi / mezon / hudud / taminot zanjiri / transport turlari.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Samatov G‘.A, Absattorov I.X, Xakimov D.Q

Ishlab chiqarish sanoatining o‘sishi ortidan transport xizmatlariga bo‘lgan talab oshmoqda. Bu esa o‘z o‘rnida transport xizmatlarini sifatli bajarish uchun logistika markazlariga bo‘lgan talabning oshishiga olib kelmoqda. Ushbu maqolada logistika markazlari, ularning ahamiyati, funksiyalari va iqtisodiy ijtimoiy ahamiyati yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «LOGISTIKA MARKAZI VA UNING IQTISODIY-IJTIMOIY AHAMIYATI»

LOGISTIKA MARKAZI VA UNING IQTISODIY-IJTIMOIY AHAMIYATI 1Samatov G'.A, 2Absattorov I.X, 3Xakimov D.Q.

1i.f.d, professor

Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent, O'zbekiston

2Toshkent davlat transport universiteti doktaranti Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent, O'zbekiston 3Toshkent davlat transport universiteti Transport logistikasi kafedrasi assistenti Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent, O'zbekiston https://doi.org/10.5281/zenodo.11005252

Annotatsiya. Ishlab chiqarish sanoatining o'sishi ortidan transport xizmatlariga bo'lgan talab oshmoqda. Bu esa o'z o'rnida transport xizmatlarini sifatli bajarish uchun logistika markazlariga bo'lgan talabning oshishiga olib kelmoqda. Ushbu maqolada logistika markazlari, ularning ahamiyati, funksiyalari va iqtisodiy ijtimoiy ahamiyati yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: logistika markazi, mezon, hudud, taminot zanjiri, transport turlari.

Аннотация. Вслед за ростом обрабатывающей промышленности растет спрос на транспортные услуги. Это, в свою очередь, приводит к увеличению спроса на логистические центре для качественного выполнения транспортных услуг. В данной статье освещены логистические центры, их значение, функции и экономическое и социальное значение.

Ключевые слова: логистический центр, критерий, территория, цепочка поставок, виды транспорта.

Abstract. Following the growth of the manufacturing industry, the demand for transport services is increasing. This, in turn, leads to an increase in the demand for logistics centres for high-quality performance of transport services. In this article, logistics centers, their importance, functions and economic and social importance are highlighted.

Key words: logistics center, criterion, area, supply chain, types of transport.

Logistika markazlari yuk tashish jarayonida amalga oshiriladihan transport xizmatlarini bir joyda to'plash orqali tez va sifatli xizmat ko'rsatishni ta'minlaydi. Logistika markazlari o'tgan asrning oltmishinchi yillaridan paydo bo'lgan bo'lib, bugungi davrgacha shakillanayotgan talabga qarab faoliyat darajasini oshirib, rivojlanib kelmoqda. Bugungi kunda logistika markaz (LM) lari joylashgan hududida aholini ish bilan taminlash va qo'shimcha xizmat ko'rsatish orqali huhudning ijtimoiy-iqtisodoy jihatdan rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. Shu o'rinda logistika markazlari va ularning faoliyat doirasi nimalarni o'z ichiga oladi degan tabiy savol vujudga keladi. LM milliy va xalqaro miqyosda transport, logistika va tovarlarni taqsimlash bilan bog'liq barcha faoliyatlar turli operatorlar tomonidan amalga oshiriladigan muayyan hududni belgilaydi. LM lari transport, intermodal faoliyat va logistika faoliyatiga e'tibor qaratadi va bu markazlar odatda transport turlari o'zaro tutashadigan hududga yaqin joyga quriladi. LM uchun bugungi kungacha aniq bir tarif mavjud emas. Adabiyotlarda turli davlatlarda logistika markazlari deyilganda quyidagi joylarga urg'u berilishi takidlanadi:

LM lari joylashuv joyi va bajaradigan transport ishlari bo'yicha odatda to'rtta darajada ko'rib chiqiladi: global, xalqaro, mintaqaviy va mahalliy.

• yuk tashish logistika markazlari

• yuk avtovokzallari

• logistika parki

• platforma yuk terminali

• interport

• integratsiyalashgan savdo markazi

• yuk tashish markazi

• transport markazi

• yuk tashish qishlog'i

• logistika markazi [1]

Global logistika markazi

Global logistika markazi iqtisod va geografik jihatdan qit'aning eng qulay hududida joylashtirilgan bo'lib u barcha transport turlaridan to'liq foydalanish imkoniyatini yaratadi va ko'plab davlatlar uchun xizmat ko'rsatadi. Ishlab chiqarish va istemolchilarni global tarzdagi bunday bog'lanishi iqtisodiy o'sishni ta'minlaydi [2].

Xalqaro logistika markazi

Xalqaro logistika markazlari qit'alarning ma'lum geografik mintaqasida va transport turlari kesishmalariga yaqin hududida joylashgan bo'lib, ikki va undan ortiq davlatlar o'rtasida yuk oqimini tashkil etishda foydalaniladi.

Mintaqaviy logistika markazi

Logistika markazlarining yana bir turi bo'lgan mintaqaviy logistika markazlari strategik portlar va xalqaro tashish hududlariga yaqin joylashtiriladi. Ular xalqaro yuk jo'natuvchilar va tashuvchilar uchun mahsulotlarni o'tkazish, tashish, saqlash va tarqatishga xizmat ko'rsatadi.

Mahalliy logistika markazi

Mahalliy transport va tarqatish markazlari odatda milliy miqyosda ishlaydi va ular joylashgan mamlakatlarning ishlab chiqarish va iste'mol markazlari bilan eksport-import harakati nuqtai nazaridan imtiyozlar beradi. Ularning afzalliklari shundaki, ular milliy miqyosda ishlaydi, bojxona va qonunchilik asoslari kabi byurokratik jarayonlar mavjud emas. Hudud iqtisodiyotining hayotiyligida muhim ahamiyatga ega bo'lgan ushbu logistika markazlari muayyan mahsulot guruhlarini tashishga ixtisoslashgan [3].

Logistika markazlarining asosiy afzalliklari - xarajatlarni kamaytirish orqali tarmoqning global miqyosda raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, shaharning turli joylarida tarqalgan transport faoliyatni bir joyda birlashtirish orqali atrof-muhitga yetkaziladigan zararni kamaytirishdir. LM larini tashkil etishning samaradorligini quyidagicha sanab o'tish mumkin:

• tashkil etilgan hududning raqobatbardoshligini oshiradi

• mintaqaning savdo salohiyati va iqtisodiy rivojlanishiga katta hissa qo'shadi

• hudud aholisini ish bilan taminlanish darajasini oshiradi

• biznes jarayonlarini tashkil qiladi va takomillashtiradi

• shahardagi mavjud ombor maydonlarini LM ga ko'chirish orqali atrof-muhit ifloslanishi va shahar transporti zichligini kamaytiradi

• qiymat zanjirini tashkil etuvchi tomonlar o'rtasida muvofiqlashtirish va jismoniy yaqinlikni ta'minlaydi;

• markazda rasmiy birliklarni bir joyga to'plash orqali rasmiy operatsiyalar muddatini qisqartiradi;

• kompaniyalar uchun tezlik, samaradorlik, vaqtni tejash va ishonchni ta'minlaydi [4].

LM yuqorida sanab o'tilgan afzalliklarga to'liq ega bo'lishi uchun to'g'ri tuzilgan reja

asosida loyihalanishi kerak. Quyidagi 1-jadvalda logistika markazlarini loyihalarini baholash mezonlari keltirilgan.

1-jadval

Logistika markazi loyihalarini baholash mezonlari (manba [5]) № Mezon nomi Ulushi

1 Joylashuv 20%

2 Yuqori trafik potentsiali 20%

3 Manfaatdor tomonlar uchun samaradorlik 20%

4 Manfaatdor tomonlar majburiyati 15%

5 Loyiha holati 10%

6 Ijobiy ijtimoiy ta'sir 5%

7 Noqulay atrof-muhit 5%

8 Jiddiy huquqiy omillar yo'q 5%

Umumiy 100%

1-jadvaldan malumki LM ni loyihalashda markazning joylashuv o'rni, transport turlarining kesishmalariga yaqinligi va manfaatdor tamonlar uchun markazning samarali faoliyat yuritishi eng muhum mezonlardan xisoblanar ekan. LM uchun to'g'ri joy tanlash muammosi har doim muhum masala bo'lgan va bugungi kunda ham ilmiy tadqiqotchilar tamonidan izchil tadqiqotlar olib borilmoqda. Shuningdek bugungi davrda o'sib borayotgan ekologik muammolarni hal qilishda shaharlar hududiga og'ir yuk avtomabillari harakatida cheklanishlar o'rnatilayotganligi sababli LM larini shaharlar hududi yaqininga joylashtirish amaliyoti qo'llanilmoqda. Ushbu omillar ta'sirida LM lari ish faoliyatini o'rganish va ularni yanada yaxshilash bo'yicha ilmiy tahlillarni olib borish zaruratini vujudga keltiradi. Umuman olganda LM lari rivojlanish bosqichlarini 4 bosqichga ajratish mumkin: 1) jismoniy taqsimlash - tovarlarning harakatlanishi va saqlanishi bilan bog'liq bosqich; 2) ichki integratsiyalashgan logistika - moddiy oqimlarni boshqarishga kompleks yondashuv bilan tavsiflangan bosqich; 3) tashqi integratsiyalashgan logistika -qo'shimcha qiymat xizmatlarini ko'rsatish va kompaniyalarning birgalikdagi ishini tashkil etish bosqichi (1990-yillarning boshlari); 4) Global ta'minot zanjiri boshqaruvi - ushbu bosqichda qo'shimcha qiymatli xizmatlar ta'minot zanjirining muhim elementiga aylandi va butun dunyo bo'ylab logistika markazlari soni sezilarli darajada oshdi [6].

LM yuqorida sanab o'tilgan rivojlanish bosqichlarida bajaradigan funksiyalari va xizmat turlarining oshishi 2-jadvalda tasvirlangan. Bu yerda keng funksiyalar, intermodal ob'ektlar, transport xizmatlari, ananaviy logistika xizmatlari, yangi logistik xizmatlar va qo'shimcha qiymatli logistika xizmatlari alohida tasvirlangan. LM lari qarib 70 yil davomida omborxona xizmatlarini bajarishdan tortib bugungi kunda ko'rsatayotgan xizmatlar sohasigacha rivojlandi.

LM tasniflash xususiyatlaridan ko'rishimiz mumkinki ular joylashuv joyi, xizmat ko'rsatish yo'nalishi bo'yicha va qamrab olgan transport turlari bo'yicha ularning xizmat ko'rsatish imkoniyati va quvvatiga baho berishimiz mumkun ekan. LM va ulari joylashgan hududining iqtisodiy jihatdan rivojlanishiga ta'sir ko'rsatishi sababli ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan mumum ob'ekt deb baholash mumkun.

2-jadval

Keng funksiyalar

Mahalliy ishlab

chiqarish/Tijorat firmalari Ombor va lizing Yuki tashish

Konteyner yuk stansiyasi Tarqatish xizmatlari Xalqaro yuk tashish Yuk bo'limi

Elektron tijorat 3-4PL faoliyatini amalga oshirish/yordam berish Sanoat integratsiyasi

Intermodal ob'ektlar

Temir yo'l Dengiz porti » Aeroport

Konteyner terminali Ko'p tarmoqli terminal Yaqin atrofdagi aeroportga temir yo'l aloqasi

Portga temir yo'l orqali ulanish

Temir yo'l terminali Yuk tashish/yuklash tushirish jihozlari

Transport xizmatlari

• Xalqaro logistika • Kemalarni/poezdlarni/yuk • Oxirgi manzilga yetkazib

• Mahalliy logistika mashinalarini yuklash tushirish berish

• Hovo transporti • Roll-on/Roll-of infratuzulmasi

xizmatlari • Cross docking/transit birlashtirish

Ananaviy logistika xizmatlari

• Tarqatish • Omborlashtirish • Asosiy konteyner bilan

• Yuk tashish • Omborxona lizingi ishlash

• Saqlash

Yangi logistik xizmatlar

• Yuk tashish • Hovo transporti yuklarini qabul • Mahalliy yuklarni

• Konteyner qilsh tarqarish/shaharlararo

ombori(yuklash, • Mahalliy tarqatish/shaharlararo yuk tashish

tushirish, tamirlash, yuk tashish uchun vositachilik • Yangi maxsulotlarni

tekshirish, tozalash) ekspress yetkazib berish

Qo'shimcha qiymatli logistika xizmatlari

• Erkin/Tashqi savdo • O'rash • O'lchash

hududlari • Yig'ish/qayta yig'ish • Yukni to'ldirish

• Shtrix kodlash • Qayta ishlash • Samaradorlik tahlili

• Onlayn kuzatish • Bojxona rasmiylashtiruvi • Ajratish

• Sifatni ta'minlash va • Bojxona talablarini boshqarish • Xarid qilish

nazorat qilish • Namuna olish • Mijozlar talablarini

• Tanlash o'rganish

• Qadoqlash/qayta • Xaridorlar o'rtasida

qadoqlash elektron malumotlar

• Yorliqlash oqimini osonlashtirish

Logistika markazining funktsiyalari Manba [4] asosida to'ldirilgan.

LM lari tasniflash xususiyatlariga ko'ra 3-jadvalda tasvirlangan ko'rinishda turlarga bo'lish mumkin.

3-jadval

Logistika markazlarining tasniflash xususiyatlari Logistika markazlarining turlari

Global Xalqaro

Mintaqaviy va Respublika Tuman

Shahar va mahalliy Shaxsiy

Davlat-xususiy sheriklik Davlat

Tijorat tuzilmalari uyushmalari Temir yo'l - suv Temir yo'l - avtomobil Temir yo' l-avtomobil-hovo

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Temir yo'l-avtomobil-suv-havo Avtomobil-suv-havo transporti va boshqalar

Kichik va o'rta (100 gektardan kam): logistika parki, intermodal terminal, yuk markazi

Katta (100 dan 800 gektargacha): logistika qishlog'i, logistika texnoparki

Ultra-katta (800 gektardan ortiq): logistika shahri Universal Konteynerli Paketlangan Suyuq yuk

Maxsus saqlash va tashish usullari bilan Sanoat maxsulotlari bo'yicha ixtisoslashgan

Tasniflash xususiyati

Xizmat ko'rsatilayotgan hududning miqyosi va ma'muriy darajasi

bo'yicha

Mulk turi bo' yicha

Ishtirokchi transport turlari bo'yicha

Egallagan hududining kattaligi va bajaradigan funktsiyalari bo'yicha

Qayta ishlangan yuk turi bo'yicha

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Logistics centres. Directions for use. EUROPLATFORMS EEIG. January 2004

2. Sengi, Selin Bahar. "Lojistik Merkezlerde Yonetim ve Organizasyon Trakya Master Plan Ornegi", Namik Kemal Universitesi Fen Bilimleri Enstitusu Yuksek Lisans Tezi, Tekirdag, 2013.

3. Akandere, Gokhan. Lojistik Koylerin Etkin Yonetimi: Konya iline Yonelik Bir Model

Onerisi",Sel9uk Universitesi Sosyal Bilimler Enstitusu Yuksek Lisans Tezi, Konya,

2013.

4. Boile M., Theofanis S., Gilbert P. (2010) Feasibility of Freight Villages in the NYMTC Region. The State University of New Jersey, pp.11-15, 4 October 2010, New York

5. Qelik, M. (2009). "Lojistik Sektor Planlamasi, Organize Lojistik Bolgeleri ve Mersin Kenti Lojistik Plani", Planlama, 2009/1, 13-19.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.