Научная статья на тему 'LOGISTIKA XIZMATLARINI KO’RSATUVCHI KORXONALARDA BUXGALTERIYA HISOBINING AYRIM MASALALARI'

LOGISTIKA XIZMATLARINI KO’RSATUVCHI KORXONALARDA BUXGALTERIYA HISOBINING AYRIM MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
80
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
LOGISTIKA / TRANSPORT INFRATUZILMALARI / HARAKATLAR STRATEGIYASI / YO‘L-TRANSPORT / MODERNIZASIYA / RAQAMLI RIVOJLANISH / XARAJATLAR / SOLIQ IMTIYOZLARI / YUK TASHISH OPERATORLIK FAOLIYATLARI / EKSPEDITORLIK KOMPANIYALARI / OMBORXONA KOMPLEKSLARI / TAQSIMLASH MARKAZLARI / TERMINALLAR

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Po'Latov X.O., Isroilov D.I.

Maqolada mamlakatimizda logistika va transport infratuzilmalarini rivojlantirish yo’nalishlari bilan bog’liq yangicha ma’lumotlar bilan tanishtirib chiqilgan. Shuningdek, logistika xizmatlarini ko’rsatuvchi subyektlarda buxgalteriya hisobining ayrim masalalari bo’yicha ko’rsatmalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOME ISSUES OF ACCOUNTING IN ENTERPRISES PROVIDING LOGISTICS SERVICES

The article introduces new information related to the directions of development of logistics and transport infrastructures in our country. Also, instructions are given on some issues of accounting in entities providing logistics services.

Текст научной работы на тему «LOGISTIKA XIZMATLARINI KO’RSATUVCHI KORXONALARDA BUXGALTERIYA HISOBINING AYRIM MASALALARI»

Po'latov X.O.

SamISIkatta o'qituvchsi Isroilov D.I.

SamISI talabasi

LOGISTIKA XIZMATLARINI KO'RSATUVCHI KORXONALARDA BUXGALTERIYA HISOBINING AYRIM MASALALARI

Annotatsiya: maqolada mamlakatimizda logistika va transport infratuzilmalarini rivojlantirish yo'nalishlari bilan bog'liq yangicha ma'lumotlar bilan tanishtirib chiqilgan. Shuningdek, logistika xizmatlarini ko'rsatuvchi subyektlarda buxgalteriya hisobining ayrim masalalari bo'yicha ko'rsatmalar berilgan.

Kalit so'zlar: logistika, transport infratuzilmalari, harakatlar strategiyasi, yo'l-transport, modernizasiya, raqamli rivojlanish, xarajatlar,soliq imtiyozlari, yuk tashish operatorlik faoliyatlari, ekspeditorlik kompaniyalari, omborxona komplekslari, taqsimlash markazlari, terminallar.

Polatov H.O. senior teacher SamISI Israilov D.I. student SamISI

SOME ISSUES OF ACCOUNTING IN ENTERPRISES PROVIDING

LOGISTICS SERVICES

Abstract: the article introduces new information related to the directions of development of logistics and transport infrastructures in our country. Also, instructions are given on some issues of accounting in entities providing logistics services.

Key words: logistics, transport infrastructures, action strategy, road transport, modernization, digital development, costs, tax benefits, cargo transport operator activities, forwarding companies, warehouse complexes, distribution centers, terminals.

KIRISH. Aviakompaniyalar, dengiz laynerlari, temiryo'llar va yuk tashuvchi firmalar kabi logistika va transport sohasida faoliyat yurituvchi subyektlar sof daromadlariga ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan bir qancha buxgalteriya va operatsion muammolarga duch kelishadi. Shuning uchun pul oqimi va likvidligini boshqarish uchun yaxshi buxgalteriya amalyotlariga rioya qilish juda muhimdir.

Mamlakatimizni rivojlantirishning 2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida transport va logistika xizmatlari bozori va infratuzilmasini rivojlantirish bandida "Transport va logistika xizmatlarini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish;18 ta katta, 22 ta o'rta va 80ta kichik shaharlar o'rtasida transport-logistika tizimi va infratuzilmasini rivojlantirish;Jahon bankining "Logistika samaradorligi" indeksida (LPI) O'zbekiston Respublikasining o'rnini 77-pog'onadan past bo'lmagan darajagacha ko'tarish;hududlarda yuklar shakllanishining asosiy nuqtalarini hisobga olgan holda transport-logistika markazlari tarmog'ini tashkil etish; xalqaro yuk

tashishlardagi transport hujjatlarini ("e-Permit", "e-TIR", "e-CMR") elektron

ko'rinishga bosqichma-bosqich o'tkazish;yuk tashish xarajatlarini 30 foizgacha kamaytirish;mavjud konteyner terminallarini davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirish;temir yo'lda konteyner tashishlar ulushini kamida 2 barobarga oshirish.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili: Transport-logistika sohasida respublikamizning iqtisodchi olimlari Q.A.Dadabayev,

J.R.Qulmuxammedov,M.M.Aripjanov, K.M.Nazarov, F.R.Mirzayev o'zlarining ilmiy ishlarida logistika xizmatlarini ko'rsatuvchi korxonalarda ayrim masalalari boyicha ko'plab tadqiqotlar olib borishgan, lekin xozirgi iqtisodiyotni diversifikatsiyalsh sharoitida xizmatlar sohasidagi muammolari yaxlit, kompleks tarzda etarlicha o'rganilmagan. Bu esa, ushbu yo'nalishda ilmiy-tadqiqot olib borish zarurligini taqozo etadi.

Tadqiqot metodologiyasi: Mazkur maqolani yoritishda tadbirkorlik faoliyatida logistika sohasiga oid xorijiy mamlakatlar tajribasi nazariy jihatdan o'rganildi,ushbu jarayonga bog'liq fikrlar o'rganildi va statistik malumotlar tahlili amalga oshirildi.Mazkur jarayonlarda tadqiqot metodologiyasining ekspert baholash, statistik guruhlash,qiyosiy va tarkibiy usullaridan foydalanildi.

Tahlil va natijalar. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar va respublikamiz iqtisodchi olimlar tomonidan olib borilgan tahlil va natijalarni o'rganis h natijasida,mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish va yuksalishi bevosita logistika xizmatlariga bog'liq.

Logistika kompaniyalari har doim operatsion xarajatlardagi noaniqliklar bilan kurashishlariga tog'ri kelgan. Neft narxlari va yuk tashish stavkalarining o'zgarishi ularning foyda marjasi va yuk kotirovkalari rentabelligiga katta ta'sir ko'rsatishi mumkin.Covid-19 pandemiyasi potentsial ravishda onlayn xarid qilishni afzal ko'rish harakatini tezlashtirdi, bu qisqa vaqt ichida yetkazib beriladigan tovarlarga talabning oshishiga sabab bo'ldi.

Shulardan kelib chiqqan holda, bugun mamlakatimizni modernizasiya qilish va yangilash, yangi O'zbekistonni yaratish, iqtisodiyotimizning sifat jihatdan yangi, zamonaviy tarkibiy tuzilmasini shakllantirish, hududlarimizni kompleks rivojlantirish bo'yicha barcha rejalarimizning muvaffaqiyatli amalga

oshirilishi yo'l-transport va kommunikasiya infratuzilma tarmoqlarini yuksak sur'atlar bilan rivojlantirishga uzviy bog'liqdir. O'zbekistonda oxirgi yillarda logistikani,klasterlarni,innovasion faoliyatni, raqamlashtirishni shiddat bilan rivojlantirish masalalari davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lib qoldi.Prezidentning «2018—2022 yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuklarni tashish bo'yicha tashqi savdo yo'nalishlarini diversifikatsiyalash chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori bilan avtomobil tashuvchilar va logistika kompaniyalariga soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etildi.Xalqaro avtomobil tashuvlarini amalga oshiradigan milliy avtotransport korxonalari hamda transport-logistika kompaniyalari 2022 yilgacha qo'shilgan qiymat, mol-mulk soliqlarini to'lashdan, shuningdek, yer solig'idan ozod qilinadi.Shu bilan bir vaqtda ortgan pullar kompaniyalarning o'zavtotransport vositalari parkini kengaytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilishga, zamonaviy omborxona terminallarini yaratishga va bank kreditlarini yopishga sarflanishi kerak.Bundan tashqari, kompaniyalar keltirilayotgan omborxona uskunalari, yuk ortish va tushirish texnikasi, agregatlar, zaxira qismlar va O'zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan boshqa mahsulotlar uchun bojxona to'lovlaridan ozod qilindi.

Xulosa va takliflar: Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, Mamlakatimizda transport-logistika klasterlarini rivojlantirish uchun potentsialdan foydalanish samaradorligini oshirish zarurati iqtisodiyotning raqobatdoshligi va diversifikatsiyasini oshirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu jarayonda yetakchi rolni yuklarni muqobil transport turlariga ko'chirish uchun chegara temir yo'l stansiyalarida xalqaro transport koridorlari kesishmasida yaratilishi kerak bo'lgan transport logistika klasterlari o'ynaydi. Transport infratuzilmasi sohasidagi klaster siyosatining asosiy maqsadi transport va logistika xizmatlarining ichki va jahon bozorida tovarlarni saqlash, tashish, export qilish va yetkazib berishga ixtisoslashgan turli tuzilmalarni, shuningdek infratuzilma va boshqa tashkilotlarga xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlarni birlashtirish orqali raqobatbardoshlikni oshirishdir. Transport-logistika klasteri ma'lum bir tashkiliy shakl sifatida ma'lum bir hududning logistika salohiyatining rivojlanishi va o'sishiga hissa qo'shgan holda, xom ashyo yetkazib beruvchilardan, ishlab chiqarish tuzilmalaridan iste'molchilarga yuk oqimlari harakatining texnologik zanjirlarini boshqarish samaradorligini oshirish muammosini hal qiladi. Transport-logistika klasterlarini shakllantirish bir qator vazifalarni samarali hal etish, tovar aylanmasini optimallashtirish, shu jumladan ekspeditorlik va terminal ombor komplekslarini oqilona qurilishini ta'minlash, transportning bir nechta turlari bilan bog'liq yuklarni tashish jarayonlarini ratsionalizatsiya qilish, tranzit salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanish, operatsion o'zaro ta'sir tizimini shakllantirish, rejalashtirish, transport markazlarida muvofiqlashtirish va dispetcherlik faoliyatini tartibga solish, tovar oqimlariga optimal xizmat ko'rsatishni ta'minlash, klaster a'zolari

o'rtasida samarali ma'lumot almashinuvini ta'minlaydigan logistika axborot tizimini ishlab chiqish kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Ширинов, У. А. (2021). AUDITORY ANALYSIS OF COMMUNICATION ENTERPRISES SEGMENTS. Экономика и социум, (7), 550-553.

2. Ширинов, У. А. (2021). CONCEPTUAL ISSUES OF SEGMENTARY AUDIT IN COMMUNICATION ENTERPRISES. Экономика и социум, (7), 554-558.

3. ШИРИНОВ, У., & НАРЗУЛЛАЕВ, Н. МОЛИЯВИЙ МАЖБУРИЯТЛАР АУДИТИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. ЭКОНОМИКА, 810-813.

4. ШИРИНОВ, У. МОБИЛ АЛО^А ХИЗМАТЛАРИДАН ОЛИНАДИГАН ДАРОМАДЛАР Х,ИСОБИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. ЭКОНОМИКА, 800-803.

5. Ширинов, У. Почта хизматларининг х,исоб ва аудит объекти сифатидаги таснифий асослари. Экономика, 804-809.

6. Ширинов, У., & Нарзуллаев, Н. Молиявий мажбуриятлар аудитини методологик асослари. Экономика, 814-817.

7. Хусанов, М. (2021). Махсус саволлар буйича утказиладиган аудиторлик текширувларининг ташкилий ва методологик асослари. Общество и инновации, 2(4/S), 564-571.

8. Хусанов, М. (2021). THE NEED FOR A SPECIAL QUESTION-LIKED AUDIT. Экономика и социум, (5-2), 539-543.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.