Научная статья на тему 'TOSHKENT VOXASI TOG‘ VA TOG‘ OLDI FLORASINING BIOXILMA XILLIGI'

TOSHKENT VOXASI TOG‘ VA TOG‘ OLDI FLORASINING BIOXILMA XILLIGI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
G‘arbiy Tyan Shan / Pomir Oloy (Zomin) / Markaziy Qizilqum / yozi issiq qurg‘oqchil / Chimyon tog‘ bag‘ri.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Turdiyev Saydali Ashurovich, Tilovova Gavhar Abdaxatovna

Maqolada, Toshkent voxasining G‘arbiy Tyan Shan tog‘ va tog‘ oldi hududlarida AL672205589 raqamli loyiha doirasida o‘simliklar bioxilma-xilligini o‘rganish jarayonidagi tadqiqotlar bayon etilgan. Toshkent voxasining iqlim va tuproq sharoiti, tabiiy tarqalgan flora vakillari hamda Respublikamizda iqlimlashtirilgan va o‘rmon xo‘jaligi hududlari ko‘chatzorlarida yetishtirilayotgan madaniy o‘simliklar ularning turlari, ilmiy nomlari bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TOSHKENT VOXASI TOG‘ VA TOG‘ OLDI FLORASINING BIOXILMA XILLIGI»

TOSHKENT VOXASI TOG' VA TOG' OLDI FLORASINING

BIOXILMA XILLIGI

1Turdiyev Saydali Ashurovich, 2Tilovova Gavhar Abdaxatovna

1Qishloq xo'jaligi fanlari doktori, professor, Toshkent davlat agrar universiteti 2Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent, Toshkent davlat agrar universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.14002245

Annotatsiya. Maqolada, Toshkent voxasining G'arbiy Tyan Shan tog' va tog' oldi hududlarida AL- 672205589 raqamli loyiha doirasida o'simliklar bioxilma-xilligini o'rganish jarayonidagi tadqiqotlar bayon etilgan. Toshkent voxasining iqlim va tuproq sharoiti, tabiiy tarqalgan flora vakillari hamda Respublikamizda iqlimlashtirilgan va o'rmon xo'jaligi hududlari ko'chatzorlarida yetishtirilayotgan madaniy o'simliklar ularning turlari, ilmiy nomlari bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: G'arbiy Tyan Shan, Pomir Oloy (Zomin), Markaziy Qizilqum, yozi issiq qurg'oqchil, Chimyon tog' bag'ri.

Аннотация. В статье описаны исследования в процессе изучения биоразнообразия растений горных и предгорных районов Западного Тянь-Шаня Ташкентской области в рамках проекта АЛ-672205589. Представлены сведения о климатических и почвенных условиях Ташкентской области, представителях естественно распространенной флоры, а также культурных растениях, выращиваемых в питомниках акклиматизированных и лесных массивов нашей Республики, их видах и научных названиях.

Ключевые слова: Западный Тянь-Шань, Памиро-Алай (Заамин), Центральный Кызылкум, жаркое и сухое лето, горный массив Чимган.

Abstract. The article describes the research in the process of studying plant biodiversity in the Western Tien Shan mountain and mountainous areas of Tashkent oasis within the framework of Project AL - 672205589. This article is provided informations on the climatic and soil conditions of Tashkent oasis, representatives of natural distributed flora and cultural plants grown in the nurseries of acclimatized and forestry regions of our Republic on their types and scientific names.

Keywords: Western Tien Shan, Pamir Oloy (Zomin), Central Kyzylkum, hot and dry summer, Chimyon mountain range.

Yer sharida biologik xilmaxillik barqarorligini saqlash, tabiatni muhofaza qilish o'rganish, ustuvor vazifalaridan biri bo'lib, borliqda cheklangan biologik resurslar mavjudligini va ularni yo'q bo'lib ketishini oldini olish muhim vazifalardan hisoblanadi. Shunga ko'ra bioxilma xillikni har bir mahalliy floralardagi daraxt buta ya'ni o'simlik turlari tarkibini zamonaviy axborot texnologiyalar asosida ro'yxatga olish, biomorfologik ko'rsatkichlarini qiyosiy tahlil qilish hamda ko'p tilli elektron lug'at dasturini yaratish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.

Shunga ko'ra Toshkent voxasining G'arbiy Tyan Shan tog' va tog' oldi hududlarida AL-672205589 raqamli loyiha doirasida hududdagi o'rmon o'simliklari (daraxt buta turlari) biologik xilmaxilligini tadqiq etish borasida tadqiqotlar olib borildi. Tadqiqotlar dastlab Toshkent voxasiga tutash hisoblangan G'arbiy Tyan-Shan tog' va tog' oldi adirliklarida olib borildi (Keyingi tadqiqotlar Pomir Oloy (Zomin) va Nurota tog' va tog' oldi florasini o'rganishga qaratiladi).

Tyan-Shan tog'lari g'arbiy tog' oldi tekislik va tog'li qismni qamrab oladi, ularning balandligi dengiz sathidan 300-400 m dan 4000 m gacha.

Floraning tarqalishi nuqtai nazardan, G'arbiy Tyan-Shan Qurama tog' tizmasida 10002800 (3200) m dengiz sathidan balandliklarida tabiiy ravishda archa o'rmonlari, yovvoyi mevali o'simliklar va yong'oqzor hamda boshqa o'rmon o'simliklari tarqalganligini kuzatish mumkin.

Tyan-Shan tog' tizimi O'zbekiston xududlarida O'rta va Janubiy Tyan-Shanga bo'linadi. O'rta Tyan-Shanga (Chotqol - Qurama tizimi) Maydontol, Pskom, Ugom, Korjantau tog'lari kiradi. Janubiy Tyan-Shan - Zarafshon, Turkiston, Nurota, Markaziy Qizilqum, Zirabuloq, Qoratepa va Xisor tog'larining janubiy-g'arbiy tarmoqlaridan iborat [4]

Faqat Qurama tog' tizmasi alohida ajralib turadi. Chotqol tog' tizmasiga esa janubiy-g'arbiy tomondan Angren tog' platosi tutashganligi bilan ifodalanadi. Ohangaron daryo havzasi g'arbiy Tyan-Shan tog' yo'nalishining ko'pgina qismini egallaydi. Toshkent vohasining iqlimini o'ziga xos o'zgaruvchanligi bilan xarakterlanadi. Shunga ko'ra havo haroratining past va yuqoriligi o'simliklar populyatsiyasida ta'sir etuvchi omillardan hisoblanadi.

1-Rasm. G'arbiy Tyan Shan tog' va tog' oldi hududining tabiiy populyatsiyasi

2-Rasm. G'arbiy Tyan Shan tog' va tog' oldi hududining tabiiy va madaniy o'simliklari

3-Rasm. Tog' va tog' oldi hududining o'simliklarining bioxilma-xilligi

Iqlimning o'zgaruvchanligiga ko'ra, qishi yumshoq, yozi issiq qurg'oqchil. Yillik yog'in miqdori o'rtacha 350 - 400 mm (haroratga ko'ra bu ko'rsatkich o'zgarib turishi mumkin), havoning nisbiy namligi o'rtacha 40 - 45% (iyulda - avgust oyida 28 - 35%). Toshkent vodiysining geografik joylashuvi janubiy-g'arbiy tomonida namlik miqdori bir muncha ko'p, shu sababli bu tog'larda 700-900 mm yog'in yog'ishi kuzatiladi. Shunga ko'ra o'simliklarning vegetatsiya davri 210-280 kunni tashkil etadi.

Toshkent vohasi hududida asosan to'q tusli bo'z tuproqlar tog' oldi hududlarda o'rtacha 1150-1300 m gacha bo'lgan balandliklargacha kuzatish mumkin. Ushbu tuproqlarda gumus miqdori 1,90-2,95 % ni tashkil etadi, chuqurlik ortgani sari uning miqdori ham kamayib boradi.

O'simliklarning bioxilma xilligi tarqalish areallari hududning iqlim va tuproq sharoitiga chambarchas bog'liq.

Tadqiqotlarimizda Toshkent voxasining Brichmullo o'rmon xo'jaligi tasarrufi hududi, Chimyon tog' bag'ri hududi va Ohangaron davlat o'rmon xo'jaligi va voxadagi o'rmon xo'jaligi hududlarida tabiiy tarqalgan va madaniy holda ko'chatxonalarida etishtirilayotgan daraxt buta va lianalar o'rganildi.

Ko'chatxonalarda etishtirilayotgan ko'chatlar o'rmon melioratsiyasida va ko'kalamzorlashtirishda doir ilmiy va amaliy uslublar asosida etishtirilmoqda [1, 2, 3]. Ushbu hududning tog' va tog' oldi erlaridagi o'simliklar, Jumladan;

Jadval 1

G'arbiy Tyan-Shan tog' va tog' oldi hududidagi o'simliklar

bioxilma-xilligi

№ O'zbekcha lotincha ruscha

1 Qora archa Juniperus seravcshanika Можжевелник зеравшанский

2 Saur archa Juniperus semiglobosa Можжевелник полушаровидный

3 O'rik archa Juniperus turkestanika Можжевелник туркестанский

4 Grek yong'og'i Juglans regia Орех грецкий

5 Shirin bodom Amugdalus communis Миндал обыкновенный

6 Achchiq bodom Amugdalus bucharica Миндал бухарский

7 Bodomcha Amugdalus spinosissima Миндал колючейший

8 Yovvoyi olma Malus sieversii Яблония сиверса

9 Tog'olcha Prunus sogdiana Слива согдийская

10 Sariq do'lana Crataegus pontica Боярышник понтийский

11 Qizil do'lana Crataegus turkestanica Боярышник туркестанский

12 Na'matak Rosa Шиповник, Роза

13 Oddiy na'matak Rosa canina Шиповник обыкновенный

14 Fedchenko na'matagi Rosa fedchenkoana Шиповник Федченко

15 Go'zal na'matak Rosa divina Шиповник дивная

16 Oqbura na'matagi Rosa achburensis Шиповник акбурийский

17 Achison na'matagi Rosa ecae Шиповник ачисона

18 Irg'ay Cotoneaster Кизилник

19 To'pgulli irg'ay Cotoneaster racemiflora Кизилник кистецветный

20 Qora mevali irg'ay Cotoneaster melanocarpa Кизилник черноплодный

21 Ko'pgulli irg'ay Cotoneaster Кизилник

multiflora многоцветковый

22 Amur uzumi Vitis amurensis Виноград амурский

23 Bokira uzum Parthenocissus guinguefolia Виноград девичий

24 Xo'jag'at Rubus Ежевика

25 Maymunjon Rubus caesius Ежевика сизая

26 Uzum Vitis Виноград

27 Yovvoyi uzum Vitis vinifera Виноград винный

28 Zarang Acer Клен

29 Turkiston zarangi Acer turkestanicum Клен туркестанский

30 Semenov zarangi Acer Semenovii Клен семенова

31 Qayrag'och Ulmus Илм

32 Sadaqayrag'och Ulmus densa Вяз

33 Qatrang'i Celtis Каркас

34 Kavkaz qatrang'isi Celtis caucasica Каркас кавказский

35 Sharq chinori Platanus orientalis Платан восточный

36 Turkiston qayini Betula turkestanica Бетула Туркестанская

37 Tog' jumrut Rhamnus cathartika Жестер слабителный

38 Zirk qoraqand Berberis oblonga Барбарис продолговатый

39 Tangasimon zirk Berberis nummularia Барбарис монетный

40 Qizil zirk Berberis integerrima Барбарис целнокрайный

41 Shilvi, uchqat Lonicera tatarica Жимолост татарская

42 Efedra Qirqbo'g'imsimon Efedra equvisitina Х.хвощевидная

43 Tog' terak Populus usbekistanica Топол узбекистанский

44 Tyanshan teragi Populus tianschanica Топол Тяншанский

45 Turang'il terak Populus ariana Топол персидский

46 Oqterak Populus alba Топол белый

47 Qoraterak Populus nigra Топол чёрный

48 Qoratol Salix australior Ива южная

49 Ignabargli tol Salix acmophylla Ива иглолистная

50 Echkitol Salix songorica Ива джунгарская

51 Qushjiyda Elaeagnus angustifolia Лох узколистный

52 Sharq jiydasi Elaeagnus orientalis Лох восточный

53 Jumrutsimon chakanda Hippophae rhamnoides Облипеха крушиновая

54 Ching'il, qizqon Halimodendron halodendron Чингил серебристый

Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko'ra G'arbiy Tyan Shan tog' va tog' oldi hududlarida tabiiy tarqalgan va madaniy yetishtirilayotgan o'simliklar assortimenti 100 dan ortiq, 60 turga yaqin mevali va manzarali hamda introduksiya qilingan daraxt va butalar etishtirilmoqda.

Florada mavjud o'simliklar assortimenti ilmiy adabiyotlardan ham ma'lumki iqlim o'zgarishlari, yerlarni degradatsiyaga uchrashi hamda abiotik omillarning ta'siri natijasida o'sish areallarini o'zgartirishi mumkin.

Tadqiqotlarimiz jarayonida iqlimning izgarib borishi natijasida yaylov va adirliklarda daraxt va butalar, jumladan o't o'simliklar ham ayrim hududlarda siyraklashganligi kuzatildi. O'rganish natijasida shuni xulosa qilish mumkinki, G'arbiy Tyan Shan tog' va tog' oldi hududlaridagi tabiiy flora bugungi xolatiga ko'ra o'simliklar turlariga boyligini ko'rsatdi (ro'yxatda tadqiqotlar jarayonida uchratmagan bo'lsakda ilmiy adabiyotlarda nomlari keitirilgan ayrim o'simliklar ham kiritildi). Shu bilan birga O'rmon xo'jaligi ko'chatxonalarida yiliga o'rtacha 10 - 15 millionlab urug'laridan va qalamchalaridan belgilangan hududlarni o'rmonlartirish hamda ko'kalamzorlashtirish maqsadlarida daraxt va butalarni yetishtirilayotganligini guvoxi bo'ldik. Fidoiy o'rmonchilar O'zbekiston hududini yashillikka burkash maqsadida tabiiy va madaniy o'simliklar assortimentini boyitish maqsadida, olib borayotgan tadqiqotlari, o'simlik turlarini ko'paytirish ishlari muhim amaliy ahamiyatga molik ish hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Turdiev S., Polatov B. INFLUENCE OF HETEROAUXIN SOLUTION ON ROOTING OF STEM CUTTINGS AND DEVELOPMENT OF SEEDLINGS OF THE OLEASTER //Science and Innovation. - 2022. - Т. 1. - №. 8. - С. 204-208.

2. Turdiev S. Developing new varieties and improving Elaeagnus orientalis L. through selective breeding in Uzbekistan //E3S Web of Conferences. - EDP Sciences, 2023. - Т. 389. - С. 03087.

3. Kunnazarov A., Turdiev S. STUDY OF MYCORHIZE-PRODUCING MUSHROOMS OF THE ELAEAGNUS ORIENTALIS. L UNDER THE CONDITIONS OF THE ARAL SEA REGION //Science and innovation. - 2023. - Т. 2. - №. D1. - С. 26-30.

4. Nurxodjaev A.K. Qiziqarli geologiya. Bosh muharrir B.F.Islamov. O'zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar davlat qo'mitasi. Geologiya fanlari universiteti. - Toshkent, "Lesson Press" MChJ nashriyoti, 2022. - 185 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.