Научная статья на тему 'QASHQADARYO VILOYATI BALANDLIK MINTAQALARINI TIZIMLI YONDOSHUV ASOSIDA O`RGANISH'

QASHQADARYO VILOYATI BALANDLIK MINTAQALARINI TIZIMLI YONDOSHUV ASOSIDA O`RGANISH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
24
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
litogen omillar / gipsometrik sath / orografiya / geomorfologik mintaqa / elyuvial / delyuvial / avtomorf va gidromorf tuproqlar / landshaft / gorizontal va vertikal zonallik / introzonallik / denudatsiya / arid / semiarid / gumid / namlanish koeffitsienti / joy / urochishche / fatsiya / eroziya. / lithogenic factors / hypsometric belt / orography / geomorphological zonation / eluvial / automorphic and hydromorphic soils / landscape / horizontal and vertical zonation / introsonality / denudation / aridity / semiaridity / humidity / moisture coefficient / place / tract / facies / erosion.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Murtazayev B.Ch., Murtazayev B.Ch.

Maqolada Geografik qobiqning gorizontal va vertikal differentsiyalashuviga oid konsepsiyaning shakllanishi, izlanishlar, qonun va qonuniyatlarni Qashqadaryo viloyatining balandlik mintaqalarini tizimli strukturaviy yondoshuv asosida o`rganish metodida tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE STUDY OF THE HIGH-ALTITUDE BELTS OF THE KASHKADARYA REGION BASED ON A SYSTEMATIC APPROACH

The article analyzes the formation of the concept of horizontal and vertical differentiation of the geographical envelope, the study of laws and patterns in the method of studying the high-altitude belts of the Kashkadarya region based on a system-structural approach.

Текст научной работы на тему «QASHQADARYO VILOYATI BALANDLIK MINTAQALARINI TIZIMLI YONDOSHUV ASOSIDA O`RGANISH»

УДК 915.0.001.2(23.07)(045)

Murtazayev B. Ch.

Qarshi davlat universiteti Geografiya kafedrasi katta o^qituvchisi

QASHQADARYO VILOYATI BALANDLIK MINTAQALARINI TIZIMLI YONDOSHUV ASOSIDA ORGANISH

Annotatsiya. Maqolada Geografik qobiqning gorizontal va vertikal differentsiyalashuviga oid konsepsiyaning shakllanishi, izlanishlar, qonun va qonuniyatlarni Qashqadaryo viloyatining balandlik mintaqalarini tizimli strukturaviyyondoshuv asosida o^rganish metodida tahlil qilingan.

Kalit so'zlar litogen omillar, gipsometrik sath,orografiya,geomorfologik mintaqa, elyuvial, delyuvial, avtomorf va gidromorf tuproqlar, landshaft, gorizontal va vertikal zonallik, introzonallik, denudatsiya, arid, semiarid, gumid, namlanish koeffitsienti, joy, urochishche, fatsiya, eroziya.

Murtazayev B. Ch. senior lecturer Department of Geography Karshi State University

THE STUDY OF THE HIGH-ALTITUDE BELTS OF THE KASHKADARYA REGION BASED ON A SYSTEMATIC APPROACH

Annotation. The article analyzes the formation of the concept of horizontal and vertical differentiation of the geographical envelope, the study of laws and patterns in the method of studying the high-altitude belts of the Kashkadarya region based on a system-structural approach.

Keywords: lithogenic factors, hypsometric belt, orography, geomorphological zonation, eluvial, automorphic and hydromorphic soils, landscape, horizontal and vertical zonation, introsonality, denudation, aridity, semiaridity, humidity, moisture coefficient, place, tract, facies, erosion.

Kirish. Geografik qobiqning gorizontal xilma-xilligi to'g'risidagi tasavvur asosida gorizontal geografik zonallik konsepsiyasi turadi. Bu konsepsiya antik Yunonistonda vujudga kelgan bo'lsada, ilmiy jihatdan dastlab nemis tabiatshunosi A. Gumboldt, keyinroq rus tabiatshunosi V.V.Dokuchayev tomonidan ilmiy jihatdan asoslandi. Geografik zonallik to^risidagi ta'limotning rivojilanishiga keyinroq L.S. Berg va A.A. Grigoryev katta hissa qo'shdilar. Bu ta'limotning ayrim jihatlari G.D. Rixter, K.K. Markov, M.I. Budiko, V.S. Preobrajenskiy, A.M. Ryabchikov, Y.N. Lukashova, D.V. Bogdanov, A.G. Isachenko, F.N. Milkov va boshqa bir qator olimlarning tadqiqotlarining predmeti

bo lib xizmat qildi. Geografik qobiqning tabiatida aniq mavjud bo'lgan va nihoyatda murakkab tabiiy tabaqalanish asosida geografik zonallik qonuni yotadi. Dastlab, A. Gumboldt e'tibor bergan tabiiy zonallik V.V. Dokuchayev tomonidan geografik qonun darajasiga olib chiqilgandi.

A.A. Grigoryev esa ana shu geografik zonallikni turli miqdor ko'rsatkichlari bilan isbotlashga, aniqlashtirishga harakat qildi va geografik qobiqning quruqlik qismida geografik mintaqa va zonalar yagona qonuniy davriy sistemani hosil qilishini aniqladi.

Balandlik mintaqalarining paydo bo'lishi va rivojlanishi sayyoramiz geografik qobig'ining azonalligi bilan bog liqligi aniqlangan. Azonallik, ko'pchilik bu tushunchani balandlik mintaqalanishiga o'xshash deb hisoblaydi, V.V. Dokuchayevdan (1899) keyin ko'pgina olimlar bu atamani, sinonim so'zlar deb hisoblashgan. Ammo balandlik mintaqalanishi okeanlarning chuqurlik zonalligini ham kiritilishini hisobga olinsa, bunday holda, balandlik mintaqalanishi tushunchasi quruqlikdagi azonallikka qaraganda kengroq maydonga ega bo'ladi.

Azonallikda hududning tektonikasi, geologik tuzilmasi, mutlaq balandligi va geomorfologik xususiyatlaridagi farqlar, okeanga nisbatan joylashganligi, «issiqlik va namlikka bo'lgan munosabatlaridagi xilma - xillik yer yuzasining quruqlik va okeanga bo'linishini hamda landshaftlarning tabiatini»belgilaydi. Yuqorida aytib o'tilgan qonuniyatlar - meridional landshaft differentsiatsiyasi yoki sektorliligi va balandlik mintaqalanishi yoki azonallik tushunchalari bo'lib, ularning asosiy omili yer qobig'ining shakllanishi tarixi hamda asosiy geologik va morfologik xususiyatlari hisoblanadi.

Azonallik va intrazonallik zonallik qonuniyatlarini ba'zi rus geograflari (ayniqsa Leningrad geografiya maktabi namoyandalari) juda keng manoda tushunishgan. Masalan, A. G. Isachenkoning yozishicha, «azonallik»nomi bilan ular «umumiy manbaga asoslangan, ammo juda murakkab va xilma-xil ko'rinishlari bilan ajralib turadigan qonuniyatlarning butun majmuasini anglatadi..».(rB03ge^KHH H.A. 1973).

Uzoq geologik davrlarda shakllangan mazkur balandlik mintaqalar o'ziga xos taraqqiyot yo'li, qonuniyatlariga ega. Rus geografi P.P. Semyonov - Tyan-Shanskiy Orta Osiyo tog'lariga sayohati chog'ida (1856) Tyan-Shan tog'larini o'rganib, uning dastlabki orografik va vertikal zonallik sxemasini tuzadi. Tog'lardagi qor chizig'i va muzliklarning katta balandlikda joylashganligini aniqlaydi va buni iqlimning quruqligiga bo'g'liq ekanligini ilmiy asoslaydi.

M.G. Popov Orta Osiyo balandlik mintaqalaridagi qonuniyatlarni, yani balandlik oshishi bilan o'simliklar turi va tarkibidagi o'zgarishlarni avvalo balandlik omiliga bog'liq gidrotermik rejim bilan ifodalasa, R.I. Abolin fikriga ko'ra bu hudud balandlik mintaqalaridagi tizimli o'zgarishlar regional xarakterga ega ekanligini takidlaydi. Y.P. Korovin Turon hududida balandlik mintaqalarining tizimli strukturalaridagi o'zgarishlarni yani arid (chol va chala chol), semiarid (dasht), semigumid (tog" o^rmonlari va o^rmon dashtlar) va

gumid (subalp o ^tloqlari) mintaqalarni tarkib topishi ekspozitsiyalar (shimoliy va janubiy) bilan bogliq ekanligini aytadi, balandlik mintaqalanishining bu hudud uchun eng maqbul varianti va nomini Q.Z Zokirov tavsiya etadi (A.Azatyan,1966).

Q.Z Zokirov - har bir balandlik mintaqasi boshqa qo'shni mintaqalardan farq qiladigan ma'lum bir xususiyatni (o'simlik, zoosenoz, iqlim, tuproqlar va boshqalar) aks ettirishi va barcha geografik elementlarni o'z ichiga olgan umumiy geografik nom bilan belgilanishini va Orta Osiyoda balandlik mintaqlanishi faqat va faqat landshaft - geografik xususiyatlar asosida ajratilishi kerak degan xulosaga keladi.

Material va metodlar. Qashqadaryo viloyatining balandlik mintaqalari tizimli strukturaviy jihatdan o'rganilmagan masala. Bu masalaning ayrim jihatlari L.N. Babushkin, N.A. Kogay (1965 y.), S.A. Nishonov (1966), O.Y. Poslavskaya (1964), M. Rasulov (1964), S.A. Nishonov(1966), A.Mamatov (1967), I. Hasanov (1972), R. Halimov (1980) tomonidan o'rganilgan, ammo Qashqadaryo viloyatining balandlik mintaqalarining tizimli strukturaviy tahlili bayon qilingan ilmiy-tadqiqot ishlari, geografik asar yoki adabiyotlar yo'q.

Qashqadaryo viloyati O'zbekistonning janubiy g'arbiy qismida joylashgan bolib (28,57 ming km2), hudud geomorfologik xususiyatiga ko'ra g'arbdan sharqqa qarab asta-sekin ko'tarilib boradi (250-280 m dan - 4425 m. gacha). U mamlakatimizning tog li tumanlari qatori, relyefining o'zgarib borishiga ko'ra to'rtta geomorfologik mintaqaga bolinadi. Qashqadaryo viloyatining 45,2 % (S.I. Abdullayev, I.Usmonov, 1981) hududi tog' va tog'oldi va 54,8 % tekislik mintaqasiga mansub 1 - jadval.

1-jadval

Qashqadaryo viloyati balandlik mintaqalari_

Balandik mintaqalarining nomi Dengiz sathidan balandligi (metr hisobida) Yer maydoni, ming ga Viloyatning umumiy yer maydoniga nisbatan % hisobida

Chol 250-500 (600) 1567 54,8

Adir 500(600)- 1200-1600 675 23,6

Tog" 1200-1600 - 27002800 546 19,2

Yaylov 2800-3000 dan yuqori 69 2,4

Jami 2857 100,0

Cho'l (tekisliklar) mintaqasi Qashqadaryo viloyatining g'arbiy qismini dengiz sathidan 260 - 500 - 600 m gacha bolgan hududlarini egallagan bolib, juda xilma-xil landshaftlardan tashkil topgan. Qarshi cho'lining hududi Turkmaniston Respublikasining Lebap (ilgarigi Chorjev) va Ozbekiston Respublikasining Qashqadaryo (Qarshi choli hududining eng katta qismi), Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlari doirasida joylashgan bo'lib, uning umumiy maydoni 13,6 ming km2 ni tashkil etadi. Qarshi cho'li maydonining

aksariyat katta qismi (86% dan ortiqrog'i yoki 11,7 ming km2) O'zbekistonda va qolgan qismi (1,9 ming km2) Turkmaniston hududi doirasida joylashgan.

Qarshi cho'lining geomorfologik tuzilishi xilma-xil va murakkab bo'lib, namgarchilik biroz yuqori bo'lgan sharqiy qismlarida asosiy relyef hosil qiluvchi jarayonlar lyossimon (suglinkali) qumoq tuproqli yotqiziqlardan iborat. Bu hududlarda jarlanish, o pirilish, cho'kish, eroziya, suffoziyon - karst jarayonlari ko'plab sodir bo'lsa, garbiy qismi asosan qumlardan iboratligidan bu hududlarda eol jarayonlari ustun hisoblanadi. Geografik o'rni va zonallik qonuniyatiga ko'ra bu hududdda subtropik quruq cho'l tipi va relyef sharoitlariga ko'ra tekislik landshaftlari sinfi ajratiladi.

Bu mintaqaning katta qismi yassi (nishablik 10m/km) yoki biroz to'lqinsimon tekislik bo'lib, tekislik yuzasi chuqurligi 20 - 40 m li sho'rxoklar bilan band bo'lgan Chorog'il, Sho'rsoy va boshqa botiqlar hamda nisbiy balandligi 45 - 90 m bo'lgan supasimon qirlar tufayli biroz murakkablashadi. Shuningdek, yotqiziqlarning qalinligi 20 - 60 m ga yetadigan lyossli jinslar bilan qoplangan yassi yuzali maydonlar, qumtepa marjonlari va qumli massivlari (Xo'jamuborak, Oqqush, Doyqum va b.) xos.

Bu mintaqada asosan paxtachilik, chorvachilik, pillachilik hamda bog'dorchilik tarmoqlari rivojlangan.

Quyosh radiatsiyasining miqdori va atmosfera sirkulyatsiyasining xarakteriga bog'liq holda mintaqada yoz issiq (45 0C gacha), qish esa nisbatan sovuq (-29 0C gacha). Ob-havoning mavsumlar va yil davomida o'zgarishi, yog' in

- sochin miqdorining kamligi (300 mm gacha), havoning quruqligi tufayli bu hudud kontinental iqlimli o'lkalarga kiritiladi.

Qashqadaryo viloyati hududining cho'l zonasida avtomorf tuproqlar (sizot suvlari 5 m dan pastda joylashgan tuproqlar) qatoriga kiradigan taqirli, chol-qumli va sur-qo'ng'ir tuproqlari hamda gidromorf tuproqlar (grunt suvlarining yaqin bo'lishi 0,5-3,0 m) iga mansub bo'lgan o'toqli, taqir tuproqlar hamda sho'rxoklar tarqalgan.

Och tusli bo'z tuproqlar Qashqadaryo havzasining blandligi 280 m dan 450-500 m gacha bo'lgan tekisliklarda lyoss hamda lyossimon va allyuvial -prolyuvial yotqiziqlarda vujudga kelgan. Och tusli bo'z tuproqlar nisbatan kam chirindili bo'lib (yuqori qatlamda 0,8 - 1,7 %) pastki qatlamlarga tomon kamaya boradi. Sizot suvlarining sathiga bog'liq holda turlicha sho'rlanish darajasiga ega 2-jadval.

Adir mintaqasi Qashqadaryo viloyatida dengiz sathidan 500 m dan 1200

- 1600 m balandliklarni o'z ichiga olgan holda, Miroqi, Yakkabog', G'uzor adirlari ushbu mintaqaning asosiy qismini band etgan. Iqlimi ancha quruq; havoning o'rtacha yillik harorati 15o - 16oC, mutloq minimum -29oC, mutloq maksimum 43o- 45oC, yillik yog'inlar miqdori 300 - 600 mm. Adirlarni ko'plab kesib o'tgan daryo, soy va irmoqlarning suvlaridan hamda mahalliy suv resurslaridan samaraliroq foydalanish va daryolarning mavsumiy oqimini boshqarish maqsadida bu mintaqada bir qator suv omborlari qurilgan va

yangilarini qurilishi mo'ljallanmoqda. Ularning suv zahiralari hozirgi paytda sug'orishda unumli foydalanilmoqda. Bu mintaqada 15 ta turli sig'imga ega bo'lgan suv omborlari mavjud bo'lib, ularning umumiy suv sig'imi 2528,7 m3 ni tashkil etadi

Adirlar lyoss jinslar bilan qoplangan, asosiy zonal tuproq tipini tipik bo'z tuproqlar tashkil etadi, balandroq joylarda to'q tusli bo'z tuproqlar bilan almashinadi. Bo'z tuproqlar dengiz sathidan 400 - 1500 m balandliklarda hosil bo'lgan. Tuproq hosil qiluvchi jinslari qumoq, lyossimon va lyosslardan iborat. Bu yerlar asosan g'alla yetishtiriladigan lalmikor dehqonchilik zonasi hisoblanadi. Adirlarni ko'plab kesib o'tgan soy va irmoqlarning suvlaridan unumli foydalanish maqsadida bir nechta suv omborlari qurilgan. Bu yerda deyarli 500 ming ga yer yaylovlar sifatida foydalaniladi. Adir mintaqasining o'simlik qoplami tekislik cho'llariga nisbatan xilma - xilligi, tarkibi va o't qoplamining qalinligi bilan farqlanadi. O'simliklar qoplamida zich efemerlar hamda siyrak shuvoq, sho'ra assotsiayatsi chimli qatlamni hosil qiladi.

Viloyatning togTari va adirlarida sut emizuvchi hayvonlardan tulki, bo'ri, jayra, quyon, ko'rsichqon, kalamush, sug'ur, buxoro taqatumshug'i, o'rmon olmaxoni, korshapalaklar, yovvoyi cho'chqa (to^nglz), tog' echkisi, ilvirs, latcha, olakozan, qo'ng'ir ayiq, taka, kiyik va boshqa hayvonlar, qushlarning xilma-xil turlari, sudralib yuruvchilar tarqalgan. Sut emizuvchlarning ayrimlari (irbis - qor qoploni, oq tirnoqli ayiq, latcha, sug^ur, silovsin va b.) xalqaro va milliy (O'zbeksiton) "Qizil kitob»lariga kiritilgan.

Adir mintaqasidan oqilona foydalanish uchun mahalliy suv resurslaridan samarali foydalanish, agrotexnikaning zamonaviy usullarini ko'plab ekinlarga ishlov berish, tuproq eroziyasi va sel eroziyasiga qarshi, faunaning yovvoyi turlarini muhofaza qilish ishlarini tashkil etish lozim.

2-jadval

Qashqadaryo viloyati balandlik mintaqalarining tizimli tahliliy

ko'rsal tkichlari

Mint aqa nomi Mu tla q bal an dli gi (m. da) Relyefi Harorati 0C da O' rta ch a yil lik y° g'i n (m m his ) Tupr oq qopla mi Asosiy o'simlik formatsiyalari Xo'jalik larda asosiy foydala nish yo'nalis hlari

o'rt ach a yilli k en g Pa st en g bal an d

Chol 260 Yassi, zaif 14- 27 47 18 Cho'l Cho'lli, shuvoqli, Paxtachi

dan yoki kam 15 (I) (V 0- li, sho'rxokli, efemer, lik,

500 II) bo'z- qorako'l

- to'lqinsimo 2O qo'ng yarim butasimon va chilik,

6OO n tekislik O 'ir toq'ay guruhlari go'sht-

m taqirii sut

gac sho'r cho^ac

ha xok hlllgl va boshqala г

Adiï 5OO Tog'oldi 15- 2б- 43- 3O Bo'z, a) Quyi adiï (tog' Lalmi

- shleflaгi, 1б 29 45 0- tipik chala -cho'l), donchili

6OO past tog'lar (I) (V 6O bo'z, plstazoria^ k,

BOO va tog' oldi II) O jlgare so'g' diyona go'sht-

- to'lqinsimo ang shuvog' I, sut

12O n tupгo qo'ziquloq va cho^ac

O parchalang an balandlikla г q va ulaml ng xilma xilligi oqquvray foгmatsiya. b) Yuqori (qumq haг xil o'tli dasht), shuvoq, bug'doyiq, chayiï fomatsiyasi hlllgl, sug'orm a donli eklnlaг, uzumchi lik, bog'dorc hilik

1OO Yassi, tekis б-9 - - 60 Chim a) Quyi (kseгoflt Donll

Tog' 0- suvayirg'ic 0- li, siyгak o^monla^, eklnla^

12O hli tezoqar B0 qora quгuq dash, haг xil Go'sht-

O soylaming 0 mtiг o't^ oгasldagl jun va

25O toг (jigaг Zaгafshon aгchasl haydab

0- vodiylaгi Tang) foгmatslyasl, boqlladl

2BO mavjud tupra b) Yuqori (mezoflt gan

O paгchalang an yonbag'irli o'rtacha baland tog'lar qlaг siyrak o'гmolaг va butazoda^, aгalash butall foгmatslya qo'ychili k

25O Baland - - - BO Och a) Quyi (baland Yozgi

Yayl 0- tog' OA O kulгa tog' chimli va o'tloq-

ov 2BO гelyefli -5 ng va o'tloq dashtla^, yaylovla

O faol 4 o'tloq archa betagall ri

dan parchalang dan dasht fomatslyasl,

bal an yuqori 9 b) Yuqoгl (tog'

and yaгusida muzlik shakllaгi mavjud tog'lar gac ha kserofltlari), alp o'tloqlaridan taгklb topgan tog' kserofit foгmatslayasl

Jadval adabiyotlar asosida muallif tomonidan tuzildi.

Tog' mintaqasi Zarafshon tizmasining g'arbiy tarmoqlari - Chaqilkalon, Qoratepa va Hisor tog'lariga mansub. Umumiy maydoni 546 ming ga.

Qashqadaryo viloyatining shimoli - sharqiy, sharqiy va janubiy - sharqiy qismini egallaydigan o'rtacha baland tog'larni dengiz sathidan 800 - 1200 m dan 2500-2800 m balandliklarni oz ichiga olib, yonbag'irlari kuchli parchalangan, parchalanish chuqurligi 350 - 1000 m gacha yetadi. Yonbag'irlarning qiyaligi 10

- 15oni tashkil etgani holda mintaqa hududidagi daryolardan oqiziqlar oqimi (masalan; Yakkabog^daryo - Tatar kuzatish postidan olingan malumotlarga ko^ra) 73.5 ming tonna/yil, yuvilish moduli esa 145.8 tonna km2/ yil, yuvilish 0.097 mm/yil ni tashkil etgan (Xikmatov F.X., Yunusov G'.X., va b. 2017). Agar Yakkabog' daryosining havzasi 504 km2 ni tashkil etishini hisobga olsak yuvilish xavfini katta ekanligidan dalolat beradi.

Bu mintaqaning iqlimi salqin. Yanvar oyining o'rtacha harorati (-1,7 0C -4,6 0C) manfiy, iyul oyining o'rtacha harorati 20 oC - 24 oC. Yog'in miqdori 400

- 500 mm gacha yetadi. Yillik namlanish 0,5 - 0,7 dan oshmaydi. Qashqadaryo viloyatida uzunligi 10 km dan 200 km gacha bo'lgan 120 dan ortiqroq katta -kichik daryolar bo'lib, asosiy daryolar tog' mintaqasida tarkib topgan. Viloyatining suv resurslari 51,5m3/sek. dan iborat bo'lib, havzaning tog li qismida oqim moduli har 1 km2 maydondan 6,2 l/sek. ni tashkil etadi [2]. Qashqadaryo viloyati doirasida shakllanadigan yuza suvlari asosan shu mintaqada shakllanadi va oqimi 0,7 km3 dan 1,2 km3 gacha o'zgaradi. Muvaqqat suv oqimlari xisobga olinganda bu ko'rsatkich 1,3 km3 ni tashkil etadi.

Tuproqlari to'q bo'z tuproqlar va erozion tektonik yuzalarda jigarrang tuproqlar keng tarqalgan. Landshaft xususiyatlariga ko'ra bu tog'larda a) o'rtacha quruq (semiarid) - tog' dasht, b) nam (gumid) to'g' o'rmon landshaftlari tiplari ajratish maqsadga muvofiq bo'ladi (S.I.Abdullayev, 2001). Tog' dasht landshaftlari azaldan insonning xo'jalik faoliyati ta'sirida bo'lganligidan, o'tmishda keng tarqalgan butali - daraxtli o'simliklar deyarli kesib nobud qilingan, ayrim joylardagina pista, arg'uvon, do'lana uchraydi, asosan o't o'simliklari hukmron bo'lib, ular yuzaning 60 -70 % ini qoplagan.

Tog' o'rmon landshaftlari Chaqilkalon tog'larining yuqori qismlari, Qashqadaryo va Jinnidaryoning yuqori oqimlari oralig'ida, Katta va Kichik O'radaryo yuqori oqimlarini o'z ichiga oladi, o'rmon - jigarrang tuproqlar xarakterli bo'lib ekspozitsiyalarga bog'liq holda siyrak archazorlar, siyrak o'rmonlar va butazorlarda yong'oq, olma, zirk, bodom, pista kabi daraxtlar, ko'p yillik o'simliklar mavjud.

Bu mintaqaning tabiiy salohiyati juda yuqori bo'lib, bu yerlarda chorvachilik, urug'chilik, tamakichilik, dorivor o'simliklar plantatsiyalarini tashkil etish, tuproq eroziyasiga va sel hodisalariga qarshi o'rmon - meliorativ tadbirlarni mutassil olib borish lozim.

Yaylov (baland tog' o'tloqlari) mintaqasi Qashqadaryo havzasi doirasida Hisor tizmasining markaziy qismlari va ularga yaqin joylashgan tog'larda 2800 -3000 m dan yuqorida joylashgan. Baland tog'lar uchun parchalanish chuqurligining kattaligi (1000 m dan ziyod), qadimiy va hozirgi muzliklarning faoliyati bilan bog'liq bo'lgan xususiyatlar xos. 3600 - 4000 m gacha bo'lgan

balandliklarda relyefning muzlik skulptuгasi shakllaгi tarqalgan. Bunday гelyefga Hisor tizmasining Oqsuv, Tamshush va Tanxozdaryoning yuqori oqimidagi o'zak qismi kiгadi.

Qashqadaгyo havzasidagi muzliklar aynan yaylov mintaqasida joylashgan. Bu yeгda jami 58 ta muzlik bo'lib, ulaming umumiy maydoni 20,8 km2 ga teng. Qashqadaryo havzasidagi muzliklar maydoni 2004-yilda 1957-yildagiga nisbatan 20% ga kamaygan (Xikmatov F.X., Yunusov G'.X., va b.).

Yaylov mintaqasi iqlimida quyidagi ko'rsatkichlari xarakterli: havoning yillik haгoгati 4oC dan past, yanvar oyining o'rtacha harorati -6,SoC, iyul oyining o'rtacha harorati 14oC, yillik yog'inlarning miqdori 545 - 680 mm, namlanish koeffitsienti 1,5 dan oгtiq, vegetatsiya davri 50 - 110 kun. Namlik shaгoitlaгi yetarli bo'lsada issiqlik sharoitlari daraxt va butalarning o'sishi uchun imkoniyat yaгatmaydi.

Baland tog' landshaftlarining tupгoqlaгini tub jinslarning elyuvial, ba'zan esa delyuvial yotqiziqlarida vujudga keladigan och tusli qo'ng'iг tuproqlar tashkil etadi. Halqob joylaгda gidromorf tupгoqlaг qatoгiga mansub bo'lgan torf botqoq tupгoqlaг ham uchraydi.

Baland tog' landshaftlari uchun tog' kserofitlari va tog' o'tloqlaгi xaгakteгli bo'lib, quruqroq joylaгda dasht o'simliklaгi (subal'p o'tloqlari - yovvoyi suli, mushukquyrnq, tipchoq va b.), namroq joylarda mezofil botqoqliklaгdan va haг xil o'tlardan iboгat o'tloqlaг, o'tloq - dashtlar ustunlik qiladi. Ayгim joylarda (subal'p mintaqasining quyi qismidagi namroq joylaгda) o'гik aгchaning "orolchalar»ko'rinishidagi archazorlari uchгaydi. Al'p o'tloqlaгi uchun past bo'yli har-xil o'tlilaг (eгbaho, qoqio't, mayda gulli lola, binafsha, chuchmoma va b.) ning tarqalganligi xarakterlidir. Iqlim sharoitlariga bog'liq holda tog'li kserofitlari keng taгqalgan bo'lib, o'simliklar yostiqsimon ko'гinishda o'sadi. Baland tog' landshaftlari yozgi yaylovlar sifatida foydalaniladi. Ammo relyefning murakkab tuzilishi sababli baland tog' o'tloqlarining yaylovlar sifatidagi ahamiyati uncha katta emas.

Yaylov mintaqasining yaylovlik salohiyati (hosildorligi 5-7 s/ga) yoz oylarida mavsumiy mol boqish uchun yaroqlidir. Yer resurslaridan yaylovlar sifatida foydalanishda tabiatni muhofaza qilishga jiddiy e'tibor berish lozim. Chunki yaylovlarning barcha xildagi tuproqlari relyefning xususiyatlariga bo'g'liq holda turli darjada ifodalangan eroziya (yuvilish) jarayonlari ta'siri ostidadir. Shuningdek, yaylovlarning o'simlik qoplamidagi bioekologik sharoitlarini e'tiborga olmasdan foydalanish o'simlik resurslarining tabiiy tiklanish sharoitlarini qiyinlashtiradi va o'simlik qoplamining siyraklashuviga olib keladi. Osimlik qoplamining siyraklashuvi esa o'z navbatida suv va shamol eroziyasini kuchayishiga, tuproqlardagi organik moddalarning yuvilishiga yoki uchirilib ketishiga, pirovard natijada yaylovlar mahsuldorligining keskin pasayishiga olib keladi.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlab o'tish joizki, Qashqadaryo viloyatida balandlik mintaqalarining tizimli salohiyati samaradorligini oshirish va saqlab

qolishning hududiy muammolari mavjud. O z yechimini kutayotgan bu muammolar jumlasiga yer resurslaridan optimal foydalanishda tabiatni muhofaza qilish, tizimlarning strukturali tahlilini e'tiborga olmasdan foydalanishni cheklash tavsiya etiladi.

S.V. Kalesnik takidlaganidek, - geografning muqaddas vazifasi geografik qonunlarni kashf etish emas, balki «yopish», ya'ni tabiatning qonunlarini eng sodda usulda ochib berish uchun geograf nafaqat huquqqa ega, balki o'rganilayotgan mavzuni chuqur va har tomonlama bilishga yordam beradigan barcha tadqiqot usullarini (sof abstraksiyagacha) qo'llashga ham majburdir. Xuddi shunga o'xshash fikrni L. S. Berg ham ta'kidlagan, "...geografiya beradigan majmuali bilimlar oldida, birgina ixtiologiya yoki hattoki butun boshli biologiya ham Yer tabiatining rivojlanish qonuniyatlarini to'liq tushunmoq uchun kamlik qiladi".

Qashqadaryo viloyatida balandlik mintaqalarida tizimli yondoshuvning hozirgi holati bu jarayonni ilmiy asosda tiklash, tashkil etishni taqazo etadi. Bizning nazarimizda tabiatdan tizimli foydalanishni to'g'ri tashkil etishda quyidagi asosiy vazifalar birinchi navbatda amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir:

- tabiiy resurslarning hududiy tarqalishi, zahiralari va normativ ko'rsatkichlarini ozida aks ettiradigan tizimli strukturaviy va unga asoslangan geoekologik xaritasini tuzish;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

- har bir ishlab chiqarish korxonasi tabiat muhofazasi bo'yicha emas, balki tabiatdan tizimli foydalanish ish rejasiga ega bo'lishi va shu reja asosida tabiat muhofazasiga doir amaliy ishlari bajarishlari lozim;

- tizimlarlarning har biriga xos maqbul suv taminotini (mahalliy va tranzit oqimini tartibga solish) tubdan yaxshilash, ozuqabop o'simliklarni sun'iy ekish yo'li bilan mahsuldorlikni oshirish va tizimlardan almashlab foydalanishni tashkil etish;

- tizimlarning lalmikor va obikor dehqonchilik zonalarida ixotazorlar barpo etish;

- daryo havzalarida kechadigan suv eroziyasi jarayonlari qonuniyatlarini o'rganish;

- sug'oriladigan yerlarda suv resurslaridan foydalanishning samaradorligini oshirish, zovur va drenajlarning rekonstruksiyasi va har bir gektariga mo'ljallangan uzunlikni meyoriga yetkazish;

- sug'oriladigan va lalmikor yerlarda tuproq unumdorligi va tuzulmasining buzilishini suv va shamol eroziyasidan qayta sho'rlanish va zax bosishdan himoya qilishga doir agrotexnik va gidromeliorasiya ishlarini amalga oshirish, optimal yuk meyorlarini aniqlash;

- har bir tizim doirasida ekologik muvozanatni funksional va hududiy (joy, urochishche, fatsiya miqyosida) yollar asosida xilma - xilligi va uygunligini saqlash (tizim komponentlaridan oqilona foydalanish, toliq yoki qisman qayta tiklash, ayrim komponentlarni passiv muhofazaga olish);

- tizimlarda yaqin va uzoq kelajakda bo'ladigan strukturaviy o'zgarishlarning yo'nalishi va jadalligini, qonuniyatlarini aniqlash, optimallashtirish, ekologik mezonlarini aniqlash dasturini ishlab chiqish.

Shu nuqtai-nazardan kelib chiqib biz Qashqadaryo viloyati balandlik mintaqalarini har birini tizim sifatida o'rganishni, bu tizimlarga xos qonuniyatlarni tahlil qilishni, tizim strukturasidagi dinamik jarayonlarni o'quvchi, talabalar hamda keng jamoatchilikka olimlarimizning klassik asarlariga, GAT va geografik modellashtirish, tizimli yondoshuv metodlariga tayangan holda geografik qonun va qonuniyatlarni yetkaza olsak ularda biz Ona vatanga, Ona tabiatga bo'lgan munosabatini tubdan o'zgartirgan bo'lamiz. Qashqadaryo viloyati balandlik mintaqalarida sodir bo'lgan hamda bo'lish ehtimoli bor noxush ta'sirlarga qarshi tizimli yondoshuvni hisobga olish tavsiya qilinadi 3-jadval.

3-jadval.

Qashqadaryo viloyati balandlik mintaqalarida tizimli xususiyatlarning

qonuniy o'zgarishi

Tizim xususiyatlarining qonuniy o'zgarishi Balandlik mintaqalarining nomi va dengiz sathidan balandligi (metrda) Tizim strukturalaridagi o'zgarishlar

1.Geologik -tektonik o'zgarishlar; 2.Hududning submeridional joylashuvidagi o'zgarishlar; 3.Geomorfologik o'zgarishlar; 4.Iqlimiy o'zgarishlar; 5.Gidrologik o'zgarishlar; 6.Tuproq hosil bo'lish jarayonidagi o'zgarishlar; 7.O'simlik va hayvonot dunyosidagi o'zgarishlar; 8.Yonbag'irlar ekspozitsiyasi bilan bog'liq o'zgarishlar; Yaylov (2700 - 2800 m dan baland) - firn chegarasining tarkib topishi

- antrpogen ta'sirning kamayib borishi

- landshaftlarda sifat o'zgarishlari

- ob-havo elementlarining o'zgarishi

- eroziyon jarayonlarning ortishi

Tog" (1200 - 27002800) - gravitatsiya jarayonlarining ortishi

- ultrabinafsha nurlarining ortishi natijasida fotosintez jarayonlarining faollashuvi

- havoda bakteriyalarning kamayishi

- nishablikning ortib borishi

- oqim miqdorining oshishi

- antropogen bosim (yuk) ning ortib borishi

- tabiiy geografik jarayonlarning kuchayishi (sel, karst, o'pirilma, ko'chki, surilma)

- ekspozitsiyalarga bog'liq holda bulutlar harakati, bulutlilik darajasining oshishi, vegetatsiya davrining qisqarib borishi

-"markaziy»- gumid tog' landshaftlarining shakllanishi (namlik koeffitsiyenti 1 dan kichik), biota xilma-xilligi

- havo zichligining kamayishi

- havodagi suv bug'I va changlarning kamayishi

- tuproq unumdorligining ortib borishi

- qadimiy, endemik turlarning ko'payishi

Adir - yogin miqdorining ortib borishi

- transportirovka jarayonlarining kuchayib borishi

9.Shamollar yo'nalishiga mosligi va qarama - qarshiligi (baryerligi) bilan bog'liq o'zgarishlar; 10.0keanlardan uzoqligi bilan bog'liq o zgarishlar; 11.Ekvatordan uzoqligi bilan bog'liq o'zgarishlar; 12. Antropogen ta siri va tabiat qonunlari asosida ro'y beradigan o'zgarishlar. (400-1000 1200 - 1600) - havo massalari xususiyatining o'zgarishi

- relyef shakllarining o'zgarishi

- landshaft ekologik muammolarning ortishi

- geotexnikaviy tizimlar (akval antropogen landshaft) bosimining ortishi

- biologik moddalarning almashinuvi

- Quyosh radiatsiyasining intensivligining oshib borishi (har 1 km balandlik oshganda 10%)

- jarlanish jarayonlarining kuchayishi

- kimyoviy elementlar migratsiyasining ortib borishi

Chol (260-280 - 400500) - balandlik oshgan sari bosimning kamayib borishi (har 1 km balandlikda 100 mm)

- balandlik oshgan sari haroratning kamayib borishi (4 km balndlikkacha har 100 m da 0.5 0C)

- vegetatsiya davrining uzoqligi

- arid va ekstroarid landshaftlar (namlik koeffitsiyenti 1 dan kichik)

- suv, shamol eroziyasining faolligi

- eol jarayonlarning kuchayishi

- irrigatsiya eroziyasining rivojlanishi

- akkumulyatsiya relyef shakllarining hosil bolishi

- Inson xo'jalik faoliyati ta'sirida yangi landshaft (texnogen) shakllarini vujudga kelishi

- Uzoq davr mobaynidagi sug'orish hamda texnika tasirida tupoqlarda loyqa va berchlanishning kuchayishi

Jadval adabiyotlar asosida muallif tomonidan tuzildi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Абдуллаев С. И., Муртазаев Б. Ч., Назаров М. Г. The natural potehtial of the landscape // Life Sciences and Agriculture. - № 1. - С. 135-140.

2. Бабушкин Л.Н. (1961) Агроклиматическое районирование Средней Азии. Труды ТашГУ, вып. 236, Ташкент. 1964.

3. Гвоздецский Н.А. (1973) Проблемы физической географии. Тексты лекций. Изд-во МГУ, 1973.

4. Кашкадарьинская область. Т. 1. Природа. - Труды САГУ. Т.,1959

5. Маматов А., Муртазаев Б.Ч. Тогли регион геотизимларини геоморфологик йуналишда урганиш тажрибасидан // Замонавий ижтимоий-иктисодий география: ютукдар, муаммолар ва истикболлар. Уз МУнинг 95 - йиллиги ва проф. А, Солиевнинг 70-йиллиги багишланган Республика илмий-амалий конференция материаллари. Тошкент 27-28 март. 2013 й.

6. Муртазаев Б. Ч. К вопросу изучения физико-географических процессов Юго-Западного Гиссарского хребта на примере Яккабогского лесничества // Экономика и социум. - 2022. - №. 11-2 (102). - С. 518-529.

7. Murtazayev B.Ch. Tabiat zonalari haqidagi talimot va uning rivojlanishi // "Zamonaviy geografik tadqiqotlar: nazariya, amaliyot, innovatsiya»Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya. Samarqand 2023 yil 12-13 may

8. Муртазаев Б.Ч. ^ашкддарё вилоятининг ландшафт тузилмаси // Узбекистан География жамияти YIII-съезди. Тошкент-2007

9. Мустафоев С.М. Растительные ресурсы бассейна реки Кашкадарья // автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата биологических наук. Ташкент - 1966.

10. Нишонов С.А. Ландшафты Кашкадарьинской долины и их сельскохозяйственное использование. // Ландшафты Узбекистана. - Т., 1966.

11. Хасанов И.Х. Оценка природных территориальных комплексов Каршинской степи для оросительной мелиорации. - Т., 1981.

12. Xikmatov F.X., Yunusov G\X.,va b. Daryolar gidrologiyasi. Oquv qo'llanma. Toshkent-2017.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.