Научная статья на тему 'GEOMORFOLOGIK OMILNING AHOLI JOYLASHUVIGA TA’SIRI'

GEOMORFOLOGIK OMILNING AHOLI JOYLASHUVIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
24
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
aholi / hudud / tumanlar / geomorfologiya / aholi joylashuvi.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Abduvaliyev X.A., Nu’monov Sh Sh

Ushbu maqolada Farg‘ona viloyati aholisini joylashuviga geomorfologik omillarning ta’siri va balandlik mintaqalari bo‘yicha aholining tarqalganligi o‘rganilgan. Hamda, asosli statistik ma’lumotlar asosida Farg‘ona viloyatidagi tumanlaridagi aholi joylashuvi tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GEOMORFOLOGIK OMILNING AHOLI JOYLASHUVIGA TA’SIRI»

Abduvaliyev X.A.

Farg'ona davlat universiteti geografiya kafedrasi dotsenti v.b., PhD.

Nu'monov Sh.Sh.

Farg'ona davlat universiteti Geografiya (o'rganish obyekti bo'yicha)

mutaxasisligi II kurs magistranti

GEOMORFOLOGIK OMILNING AHOLI JOYLASHUVIGA TA'SIRI

Annotatsiya. Ushbu maqolada Farg'ona viloyati aholisini joylashuviga geomorfologik omillarning ta 'siri va balandlik mintaqalari bo 'yicha aholining tarqalganligi o 'rganilgan. Hamda, asosli statistik ma 'lumotlar asosida Farg 'ona viloyatidagi tumanlaridagi aholi joylashuvi tahlil etilgan.

Kalit so 'zlar: aholi, hudud, tumanlar, geomorfologiya, aholi joylashuvi.

Abduvaliyev Kh.A., PhD. associate professor Geography Department Fergana State University Numanov Sh.Sh.

2nd year magistrate student majoring in Geography Fergana State University

EFFECT OF GEOMORPHOLOGICAL FACTOR ON POPULATION

LOCATION

Abstract. In this article, the influence of geomorphological factors on the location of the population of Fergana region and the distribution of the population by altitude regions were studied. Also, on the basis of valid statistical data, the location of the population in the districts of Fergana region was analyzed.

Key words: population, territory, districts, geomorphology, population location.

Kirish. Yer yuzida aholining joylashuviga eng ko'p ta'sir etuvchi omillardan biri bu geomorfologik omil ekanligi barchaga ma'lum. Aynan yer usti tuzilishi aholi va aholi punktlarining joylashuvini belgilovchi omil bo'li shi bilan birga, hududlarning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishida ham o'z o'rniga ega. Shu maqsadda, aholi joylashuvini tadqiq etishda geomorfologik omilning roliga baho berish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Mazkur maqolada respublikamizning o'ziga xos tabiiy-geografik sharoiti hamda aholi eng ko'p to'plangan Farg'ona vodiysida aholi joylashuvining geomorfologik omillari tahlil qilinadi.

Muhokama va natijalar. Farg'ona vodiysi hududida Sirdaryo va uning qayir usti terrasalari vodiyning eng past hududi hisoblanadi. Norin va Qoradaryoning qo'shilishi joyida mutlaq balandlik 393 m ga teng. Qiyalik Sirdaryoning oqimi bo'ylab pasayib borib vodiydan chiqish joyida 330 m ni tashkil etadi. Bu hududlar hozirda Qoraqalpoq, Markaziy Farg'ona cho'llari rayonini hamda chap qirg'oq Sirdaryo terrasalarini tashkil etadi. Bu landshaft zonasida joylashgan aholi maskanlarining GIS usulida aniqlangan balandliklari Ulug'norda 408 m, Yozyovonda 430, Bo'stonda 433 m, Baliqchida 414 m, Oltinko'lda 445 m ni tashkil etadi. Bu hududlarda relyefning aholi manzilgohlarini tashkil etilishiga u qadar salbiy ta'sir ko'rsatmasa-da, qumli barxanlar va ularning gorizontal parchalanganligi, pastqam va botiq joylar aholi maskanlarini tashkil etishda hamda u hududlardan ho'jalikda foydalanish uchun ma'lum cheklovlarni keltirib chiqarishini Qizilqum cho'llari misolida ko'rib chiqilgan (3; 17-b.(. Relyefda nishablik, qiyalikning yo'qligi ham u qadar qulay hisoblanmaydi, aholi va ishlab chiqarishni, ayniqsa, qishloq xo'jaligini rivojlantirishda ma'lum muammolarni keltirib chiqaradi.

Vodiy ma'muriy tumanlarining 23 tasi 400-500 m oralig'idagi hududlarga mos kelishi 1-ilova ma'lumotlaridan ko'rinadi. Shuningdek, aholisi 100 ming kishidan ortiq bo'lgan vodiydagi 5 shaharning (Namangan, Andijon, Qo'qon, Marg'ilon, Farg'ona) 4 tasi shu balandlikda joylashgan. Vodiy maydonining qariyb, 56 foizini 400-500 m li hududlar tashkil etadi (1-jadval).

1-jadval

Farg'ona vodiysi viloyatlari ma'muriy tumanlari markazlarining va

shaharlarining dengiz sathidan balandliklari

Balandlik Qishloq ma'muriy tumanlari Qishloq ma'muriy tumanlari markazi Dengiz sathidan balandligi

350-400 m Mingbuloq Jumasho'y sh-cha 388 m

Buvayda Yangiqo'rg'on sh-cha 390 m

Beshariq Beshariq sh. 392 m

Dang'ara Dang'ara sh-cha 393 m

Furqat Navbahor sh-cha 400 m

400-450 m Ulug'nor Oqoltin sh-cha 410 m

Namangan Toshbuloq sh-cha 410 m

Marhamat Marhamat sh. 412 m

Uchko'prik Uchko'prik sh. 413 m

Qo'qon shahri Qo'qon shahri 416 m

Bag'dod Bag'dod sh-cha 420 m

Baliqchi Baliqchi sh - cha 427 m

Yozyovon Yozyovon sh-cha 428 m

Bo'ston Bo'ston sh-cha 433 m

Norin Haqqulobod sh-cha 436 m

Pop Pop sh. 442 m

O'zbekiston Yaypan sh. 445 m

Namangan shahri Namangan shahri 445 m

Oltinko'l Oltinko'l sh - cha 447 m

Qo'shtepa Langar sh-cha 447 m

450-500 m Shahrixon Shaxrixon sh. 452 m

Andijon Kuyganyor sh - cha 460 m

Izboskan Poytug' sh. 461 m

Oltiariq Oltiariq sh-cha 463 m

Uychi Uychi sh-cha 470 m

Rishton Rishton sh. 477 m

Toshloq Toshloq sh-cha 484 m

Andijon shahri Andijon shahri 490 m

Marg'ilon shahri Marg'ilon shahri 495 m

Asaka Asaka sh. 500 m

Uchqo'rg'on Uchqo'rg'on sh. 500 m

Quva Quva sh. 500 m

500-550 m Paxtaobod Paxtaobod sh. 515 m

550-600 m To'raqo'rg'on To'raqo'rg'on sh. 554 m

Farg'ona shahri Farg'ona shahri 578 m

600-650 m Buloqboshi Buloqboshi sh-cha 648 m

650-700 m Chust Chust sh. 670 m

Xo'jaobod Xo'jaobod sh. 674 m

Jalaquduq Oxunboboyev sh. 681 m

700-750 m Qo'rg'ontepa Qo'rg'ontepa sh. 708 m

Chortoq Chortoq sh. 736 m

750-800 m Yangiqo'rg'on Yangiqo'rg'on sh-cha 752 m

Quvasoy shahri Quvasoy shahri 828 m

800 m dan baland Kosonsoy Kosonsoy sh. 896 m

Farg'ona Vodil sh-cha 905 m

So'x Ravon sh-cha 1167 m

Jadval www.google.earth.com sayti ma'lumotlari asosida muallif

tomonidan tuzilgan [4].

A.Maqsudovning (1990) ma'lumotlariga ko'ra bu hududda voha landshaftlari shakllanib, tuproqning eng unumdor qoplamlari vujudga keladi. Agroirrigatsion qatlamning qalinligi mazkur hududlarda aholi yashashi va ishlab chiqarishni rivojlantirishda eng yuqori ball bilan baholanadi. Mazkur hududning quyi chegarasidagi aholi maskanlarining dengiz sathidan balandligi 350-400 m ni (Beshariq 392 m, Navbahor 400 m., Dang'ara 394 m., Buvayda, Bachqir, G'urumsaroy, Jumashuy 388 m.) tashkil etib, mintaqaning yuqori qismidagi shaharlarda dengiz sathidan balandligi 400-650 m. ni (Uchko'prikda 413 m., Bag'dodda 420 m., Yaypanda 445 m., Marg'ilonda 495 m., Asakada 500 m., Uchqo'rg'onda 500 m., Paxtaobodda 515 m., Izboskanda 630 m.) tashkil etadi. Hudud relyefi aholi maskanlari va xo'jalik yuritish uchun qulay bo'lib, yer osti va yer usti oqar suvlarining harakatiga, transport va qurilish sohasini rivojlantirishga eng qulay hisoblanadi. Farg'ona vodiysidagi dastlabki temir yo'lning o'tkazilishi, yirik shaharlarning shu hududda vujudga kelishi hududning eng yuqori ko'rsatkichga ega ekanligini anglatadi.

Navbatdagi adir landshaftlari mintaqasi P.Baratovning (1996) ta'rifi bo'yicha mutlaq balandligi 400-500 m dan 1200 m gacha, ayrim joylarda esa 1500 m gacha bo'lgan, o'ziga xos gipsometrik hududlar bo'lib, hosil bo'lishi jihatdan yosh relyef shakllari hisoblanadi. Hududiy joylanishi jihatdan Farg'ona vodiysining adirlari vodiyni o'rab olgan tog'lardan keyin ikkinchi halqani hosil qiladi. Hudud relyefining Markaziy Farg'onaga nisbatan balandligi tufayli yog'in miqdori ortadi, yozgi harorat cho'lga nisbatan pastroq bo'lib, tipik va to'q bo'z tuproqlar tarqalgan. Bular esa o'simliklarni zieh va baland o'sishiga sabab bo'ladi [1].

Adirlarni aholi maskanlarini qurish va yashash nuqtai-nazaridan baholaganda K.Boymirzayevning tasnifi bo'yicha ularni 2 turga bo'lib o'rganish maqsadga muvofiq. Birinchi tur past adirlar 500-800 m, ikkinchi tur yuqori adirlar 900-1200 m gacha ajratadi [2; 8-b.]. Albatta past adirlar relyefi tekis qirlardan iborat bo'lib aholi manzillari tashkil etish uchun qulaydir. Adirlar mintaqasida aholi maskanlari u qadar ko'p bo'lmasa-da, biroq tabiiy resurslardan foydalanishni (neft-gaz va mineral suvlar) kengayishi bilan bu hududda yirik aholi maskanlari vujudga kelgan. Sho'rsuv, Chimyon, Mindon, Arsif, Polvontosh, Janubiy Olamushuk, Chust, Pop, Kosonsoy, Uychi, Chortoq kabilar shular jumlasidandir. Bu mintaqadagi relyefning parchalanganligi va qiyaligi aholi hamda xo'jalikning joylanishiga salbiy ta'sir etuvchi omildir.

Farg'ona vodiysiniing adirlari va past tog'lari oralig'ida faqatgina ushbu hudud uchun xos bo'lgan adir orti va adir oralig'i botiqlari landshafti joylashgan. Bu hududlarga Oyim-Xo'jaobod-Marhamat botig'i va Shimoliy Farg'onadagi adir oraliq botiqlarini kiritish mumkin. Relyefning qulayligi adir oldi tekisliklariga o'xshab ketadi. Biroq, yer osti suvlarining to'planib qolishi bu hududlar uchun muammolarni keltirib chiqaradi. Vodiyning bu hududini 4 ta qismga ajratish mumkin. Bular Olmos-Chust-Varzak adir orti cho'kmasi, Kosonsoy adir orti cho'kmasi, Iskovot-Zarkent-Peshqo'rg'on adir orti cho'kmasi va Oyim-Xo'jaobod-Marhamat adir orti cho'kmasi (2; 8-b.(. Mazkur hududlarda Marhamat, Buloqboshi, Kulla, Avval, Log'on, Sufon, Axcha, Olmos, Varzik, Karnon kabi yirik aholi punktlari mavjud.

Past tog'lar mintaqasi bevosita tog' oldi tekisliklari va adir oralig'i botiqlariga ulanib ketadi. Bu zona Farg'ona vodiysining Turkiston, Oloy, Farg'ona, Qurama, Chotqol tizmalarining etaklarini tashkil etib, uncha katta bo'lmagan kengliklarda joylashgan. Ayniqsa, vodiyning janubiy qismidagi tog' oldi zonasi 30-40 km ni tashkil etadi. Shimoliy va shimoli-sharqiy hududlarda esa 30-50 km gacha masofalarni egallaydi. Hudud relyefida kuchli parchalanganlik, yonbag'ir yemirilish jarayonlarining faolligi, ularning etaklarida esa yemirilgan yirik va dag'al jinslarning tartibsiz joylashganligi kuzatiladi.

Xulosa. Bu mintaqa aholining yashashi va xo'jalik yuritishi uchun noqulay. Tik relyef shakllari, jarlik va parchalanishlar bu hududda ko'p qiyinchiliklarni tug'diradi. Biroq, daryo vodiylarida yashash uchun qulay sharoitlar vujudga

kelgan. Bunday daralarda So'x, Shohimardon, Obshir ota, Vodil, Nanay, Chodak, Kosonsoy, Chorkesar kabi aholi punktlari shakllangan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Ахмадалиев, Ю. И., Абдувалиев, X,. А., & Алимджанов, Н. Н. (2019). ABOUT THE ETHOGEOGRAPHIC ROOTS OF PROBLEMS OF THE CONSUMING WATER AND GROUND RESOURCE. In Геоэкологические проблемы бассейна Аральского моря: научные идеи, исследования, инновации. Сборник материалов Международной научно-практической конференции (pp. 107-111).

2. Abduganiyevich, A. H., & Xasanovna, J. M. (2021). THEORETICAL BASIS OF STUDYING THE TERRITORIAL STRUCTURE OF THE POPULATION ON NATURAL LANDSCAPE OBJECTS. Thematics Journal of Geography, 6(1).

3. Abduganievich, A. H. (2020). Application Of The Landscape Approach To The Study Of The Population Distribution Of The Fergana Valley. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(07), 291-297.

4. Абдувалиев, Х. А. (2020). ГЕОГРАФИЧЕСКИЕ НАПРАВЛЕНИЯ ИЗУЧЕНИЯ ТЕРРИТОРИАЛЬНОЙ ОРГАНИЗАЦИИ НАСЕЛЕНИЯ. Научный вестник Наманганского государственного университета, 2, 255-261.

5. Abdug' aniyevich, A. X. (2023). TOSHLOQ TUMANI AHOLISI JOYLANISHINING AYRIM MASALALARI. SO 'NGIILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI, 6(6), 173-176. ^

6. Баратов П. Узбекистан табиий географияси. - Т.: Укитувчи, 1996. - 196 б.

7. Боймирзаев К. Фаргона водийси воха ландшафтларидан фойдаланиш ва мухофаза килиш. - Т.: Фан, 2007. - 130 б.

8. Тухтаева Х.Т. Махаллий сув манбаларидан рационал фойдаланиш асосида чулланишга карши кураш (Марказий Кизилкум мисолида) // Геог. фан. буй. фал. док. илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация. Т.: 2019. -142 б.

9. www.google.earth.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.