Научная статья на тему 'LANDSHAFT OMILI ASOSIDA AHOLI HUDUDIY TAKRIBINI TAKOMILLASHTIRISH'

LANDSHAFT OMILI ASOSIDA AHOLI HUDUDIY TAKRIBINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
100
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
aholi / ishlab chiqarish / landshaft / aholi me’yori / aholi zichligi / demografik bosim / tabiiy demografik imkoniyat. / population / production / landscape / population rate / population density / demographic pressure / natural demographic opportunities

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Abduvaliyev, Hayitboy Abdug‘aniyevich, Hamdamova, Feruzaxon Alijon Qizi, Eraliyev, Zilolaxon Zoxidjon Qizi

Muallif maqolada aholini joylashtirishda hududning tabiiy imkoniyatlaridan foydalanish aholini joylashtirishdagi iqtisodiy harajatlarni kamaytirishini taxlil etadi. Kamroq mablag‘ sarflab aholiga qulay, ishlash va yashash uchun sharoitlarni yaratish mumkinligi hamda bu vaziyat ekologik muammolar kelib chiqishini oldini olishini ta’kidlaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING THE POPULATION'S TERRITORIAL APPROACH BASED ON THE LANDSCAPE FACTOR

The author analyzes the use of the natural resources of the region during the resettlement of the population, which reduces the economic costs of resettlement. He emphasizes that with lower costs it is possible to create comfortable working and living conditions for the population, and such a situation will prevent the emergence of environmental problems.

Текст научной работы на тему «LANDSHAFT OMILI ASOSIDA AHOLI HUDUDIY TAKRIBINI TAKOMILLASHTIRISH»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

О

R

VOLUME 1 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

LANDSHAFT OMILI ASOSIDA AHOLI HUDUDIY TAKRIBINI TAKOMILLASHTIRISH

Hayitboy Abduvaliyev Abdug'aniyevich

Farg'ona davlat universiteti geografiya kafedrasi katta o'qituvchisi, g.f.f.d.

(PhD). [email protected].

Feruzaxon Hamdamova Alijon qizi

Farg'ona davlat universiteti, geografiya mutaxasisligi magistranti. Zilolaxon Eraliyev Zoxidjon qizi

Farg'ona davlat universiteti, geografiya mutaxasisligi magistranti.

ANNOTATSIYA

Muallif maqolada aholini joylashtirishda hududning tabiiy imkoniyatlaridan foydalanish aholini joylashtirishdagi iqtisodiy harajatlarni kamaytirishini taxlil etadi. Kamroq mablag' sarflab aholiga qulay, ishlash va yashash uchun sharoitlarni yaratish mumkinligi hamda bu vaziyat ekologik muammolar kelib chiqishini oldini olishini ta 'kidlaydi.

Kalit so'zlar: aholi, ishlab chiqarish, landshaft, aholi me'yori, aholi zichligi, demografik bosim, tabiiy demografik imkoniyat.

The author analyzes the use of the natural resources of the region during the resettlement of the population, which reduces the economic costs of resettlement. He emphasizes that with lower costs it is possible to create comfortable working and living conditions for the population, and such a situation will prevent the emergence of environmental problems.

Keywords: population, production, landscape, population rate, population density, demographic pressure, natural demographic opportunities.

Автор анализирует использование природных ресурсов региона при расселении населения, что снижает экономические затраты на переселение. Он подчеркивает, что создать комфортные условия для жизни, работы и проживания населения можно при меньших затратах, что предотвратит экологические проблемы.

Ключевые слова: население, производство, ландшафт, численность населения, плотность населения, демографическое давление, естественные демографические возможности.

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

KIRISH

Bugungi iqtisodiy geografik tadqiqotlar qatoriga aholini hududiy tashkil etilishini takomillashtirishda tabiiy-landshaft imkoniyatlaridan maksimal foydalanish masalalari tegishli bo'lmoqda. Hududlarning tabiiy-landshaft imkoniyatlaridan o'ziga xos iqtisodiy geografik yondoshuv sifatida qaralmoqda. Bunday yondoshuv bugungi kunimizdagi 2 ta dolzarb muammoni yechimiga qaratilgan. Birinchidan, aholini joylashtirishda hududning tabiiy imkoniyatlaridan foydalanish aholini joylashtirishdagi iqtisodiy harajatlarni kamaytiradi. Ozroq mablag'lar bilan aholiga qulay, ishlash va yashash sharoitlari yaratiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ikkinchidan, aholi va ishlab chiqarishni landshaft imkoniyatlaridan kelib chiqib joylashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlarni tabiiy-landshaft talablarga moslashtirish ekologik muammolar kelib chiqishini oldini oladi. Hududga tushadigan demografik bosim miqdorini me'yorlashtirish imkoniyatini beradi [1].

Har bir sug'oriladigan landshaft uchun ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan samarali, ekologik jihatdan xavfsiz bo'lgan demografik yuk (1 km2 maydonga to'g'ri keladigan aholi zichligi ko'rinishida) miqdorining optimal ko'rsatkichlari hisoblab chiqildi. Bugungi iqtisodiy rivojlanish darajasi va urbanizatsiya jarayonidan kelib chiqib, Farg'ona vodiysida eng yuqori tabiiy-landshaft ko'rsatkichlariga ega bo'lgan konussimon yoyilmalar tekisliklarida aholi zichligini qishloq tumanlaridagi maksimal zichligi 650 kishi atrofida bo'lishi belgilangan [1]. Demografik yukning eng kichik ko'rsatkichi past tog'lar, tog' oldi prolyuvial tekisliklari va adir landshaftlari uchun qayd etildi [2].

Aholining hududiy tashkil etilishini landshaft omili asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar ma'muriy tumanlar kesimida, har bir landshaft balandlik mintaqasi uchun alohida kartografik usulda bajarildi (1-rasm). Masalan, Jalaquduq tumanida 2 ta landshaft balandlik mintaqasida (adir va adir oralig'i allyuvial-prolyuvial tekisliklari) aholi zichligi mos ravishda 190,3 va 671,3 kishini tashkil etadi. Baholash shkalasi bo'yicha adir landshaftlarda aholi zichligini optimal ko'rsatkichi 422 kishi bo'lishi belgilangan. Demak, Jalaqudud tumanida landshaftli rejalashtirish dasturi doirasida aholi zichligini 204 kishiga ko'paytirish imkoniyati mavjudligi bashorat qilindi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Farg'ona vodiysi tabiiy-demografik imkoniyati (TDI) ma'muriy tumanlar bo'yicha hisoblanib, tasnifiy jadval ishlandi. Tasnifiy jadval yordamida Farg'ona vodiysidagi ma'muriy tumanlar aholi zichligi ko'rsatkichida ifodalangan demografik

bosim miqdori me'yordan juda yuqori (Asaka, Shaxrixon, Buloqboshi, Izboskan,

1220

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Oltinko'l, To'raqo'rg'on, Norin, Paxtaobod, Toshloq, Namangan, Buvayda), me'yordan yuqori (Andijon, Uchko'prik, Uychi, Baliqchi, Marhamat, Xo'jaobod, Rishton, Jalaqudud), me'yordagi (Bog'dod, Quva, Qo'rg'ontepa, Qo'shtepa, Chortoq, Farg'ona), me'yordan past (Dang'ara, Bo'ston, Yangiqo'rg'on, Uchqo'rg'on, Kosonsoy, Oltiariq, Furqat, So'x, Yozyovon, Quvasoy sh.), me'yordan juda past (O'zbekiston, Chust, Beshariq, Ulug'nor, Mingbuloq, Pop) bo'lgan ma'muriy tumanlari ajratildi. Chust, Beshariq, Ulug'nor, Mingbuloq, Pop tumanlarida TDIning yuqori darajada saqlanib qolayotganligi aniqlandi [3].

Shuni alohida aytib o'tish zarurki, TDI saqlanib qolayotgan ma'muriy tumanlarda aholi yashashi va xo'jalikni tashkil etishi nuqtai-nazardan imkoniyat past bo'lganligi sababli yuqoridagi holat yuzaga kelganligi ochib berildi. Olingan natijalarni batafsil taxlil qilish maqsadida ma'muriy tumanlarning amaldagi aholi zichligini, ma'muriy tumanning TDIni, ma'muriy tuman aholisini landshaft omili bo'yicha takomillashtirish taklifini o'zida ifodalagan hamda ma'muriy tumanning me'yor darajalarini ifodalovchi Farg'ona vodiysi aholisi hududiy tarkibini landshaft omili bo'yicha takomillashtirish xaritasi ishlandi.

Landshaft doirasida berilgan tavsiya va takliflarni amalga oshiruvchi (hayotga tadbiq etuvchi) ma'muriy boshqaruv markazlarining mavjud emasligi sababli tadqiqotda tabiiy va ma'muriy bo'linishni umumlashtirish yo'nalishda tavsiyalar berildi.

Buning uchun har bir landshaft balandlik mintaqasining qaysi ma'muriy tuman va QFY hududida joylashganligi aniqlandi. Bu yondoshuv ma'muriy tumanlarda aholini hududiy tarkibini takomillashtirishda landshaft omilini to'la inobatga olish imkoniyatini berdi.

Vodiyning 7 ta landshaft balandlik mintaqalarining 3 tasida (konus yoyilmalarining prolyuvial-allyuvial tekisliklari, allyuvial tekisliklar, adir oralig'i allyuvial-prolyuvial tekisliklari) TDI dan to'liq foydalanib bo'lingan, 4 tasida (tog' oldi prolyuvial tekisliklari, qadimgi allyuvial tekisliklar, adirlar, past tog'lar) TDI saqlanib qolganligi va bu mintaqalarda aholini hududiy tashkil etish imkoniyati mavjud ekanligi aniqlandi. TDI to'liq foydalanib bo'lingan deb hisoblangan 3 ta landshaft balandlik mintaqasida sanoatning aholi katta qatlamini band qilishi mumkin bo'lgan mexnattalab tarmoqlarini rivojlantirish, urbanistik vaziyatni shakllantirish orqali mavjud demografik yukni bir oz kamaytirish bo'yicha tavsiyalar berish imkoniyati yuzaga keldi.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

1-pacM. ^apFOHa BOflHHCHflaru MatMypufi TyMaH^apu aoiipaciiga ^aHgma^T 6a.iaHg.niK MiiHTaKa.iapii öyHHna ax,o^H 3HH^Hrn (KapmaHU^ MyannufynuK Hycxacu 1:200000 Macmmaôda my3umaH. Ey epda Kunpaûmupuô ôepumaH).

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

О

R

VOLUME 1 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

XULOSA

Aholining hududiy tashkil etilishini takomillashtirishda landshaft balandlik mintaqalarining tabiiy imkoniyatlaridan maksimal foydalanish hamda landshaftlarning «demografik yuk» ko'tarish darajasini aniqlash maqsadida har bir landshaft balandlik mintaqasiga oid «tabiiy-demografik imkoniyati» aniqlandi. Baholash jarayonida hisoblash va kartalashtirishning ilmiy-uslubiy asoslari takomillashtirildi. Bu aholini hududiy joylashtirishda har bir landshaft balandlik mintaqasining «demografik yuk» ko'tarish darajasini e'tiborga olish imkoniyatini yaratadi. Aholi zichligida ifodalangan amaldagi «demografik yuk»ni optimal miqdorlarini aniqlash, eko va sotsio-demografik muammolarni oldini olish uchun har bir landshaft balandlik mintaqasining tabiiy-demografik imkoniyatlaridan kelib chiqadigan demografik yuk ko'tarish me'yorlari aniqlandi. Mavjud 7 ta landshaft balandlik mintaqasining 3 tasida tabiiy-demografik imkoniyatdan to'liq foydalanib bo'linganligi, ko'rsatkichlar hisoblangan me'yordan bir necha barobar yuqoriligi qayd etildi. Tabiiy-demografik imkoniyatdan foydalanib bo'lingan mintaqalarda aholini hududiy tarkibini takomillashtirishning iqtisodiy-ijtimoiy imkoniyatlaridan kengroq foydalanishni tavsiya etish lozim.

REFERENCES

1. Abduvaliyev H. A., Jarqinova M. X. AHOLINING HUDUDIY TARKIBINI TABIIY-LANDSHAFT BIRLIKLARI BO 'YICHA TADQIQ ETISHNING NAZARIY ASOSLARI //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. 12. - С. 33-38..

2. Ахмадалиев Ю. И., Абдувалиев X,. А., Алимджанов Н. Н. ABOUT THE ETHOGEOGRAPHIC ROOTS OF PROBLEMS OF THE CONSUMING WATER AND GROUND RESOURCE //Геоэкологические проблемы бассейна Аральского моря: научные идеи, исследования, инновации. Сборник материалов Международной научно-практической конференции. - 2019. - С. 107-111.

3. Ахмадалиев Ю. И. НЕОБХОДИМОСТЬ ПРОБЛЕМНОГО ПОДХОДА К ИССЛЕДОВАНИЮ ЗЕМЕЛЬНЫХ РЕСУРСОВ РЕГИОНА //Актуальные вопросы современной науки. - 2015. - №. 3. - С. 24-28.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.