Научная статья на тему 'TOSHKENT VILOYATI HUDUDINI EKOTURISTIK RAYONLARGA AJRATISH HAMDA USHBU RAYONLARDA EKOTURISTIK MARSHRUTLARNI ISHLAB CHIQISH USULLARI VA TAVSIYALAR'

TOSHKENT VILOYATI HUDUDINI EKOTURISTIK RAYONLARGA AJRATISH HAMDA USHBU RAYONLARDA EKOTURISTIK MARSHRUTLARNI ISHLAB CHIQISH USULLARI VA TAVSIYALAR Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ekoturistik rayonlar / ekoturistik marshrutlar / turistik salohiyati / tabiiy sharoit / ekzotika / turistik marshrut / mehmonxona / ekskursiya / turistik xizmatlar. / Ecotouristic regions / ecotouristic routes / tourist potential / natural conditions / exotic / tourist route / hotel / excursion / tourist services.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Abdurayimov To‘Lqin Do‘Stbekovich

Ushbu maqolada ekoturizmni rivojlantirishda ekoturistik rayonlashtrish, ekoturistik marshrutlarni ishlab chiqish, turistik marshrutni o‘tkazish, ularni tashkil qilish va marshrutda belgilangan tadbirlar qayd qilish kabi masalalarning ahamiyatli jihatlariga batafsil to‘xtalib o‘tgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE TERRITORY OF THE TASHKENT REGION IS DIVIDED INTO ECOTOURISTIC REGIONS AND DEVELOPED ECOTOURISTIC ROUTES IN THESE REGIONS EXIT METHODS AND RECOMMENDATIONS

In the development of ecotourism, this article touched in detail on such significant aspects of such issues as ecotouristic zoning, development of ecotouristic routes, conducting a tourist route, organizing them and recording the activities established on the route.

Текст научной работы на тему «TOSHKENT VILOYATI HUDUDINI EKOTURISTIK RAYONLARGA AJRATISH HAMDA USHBU RAYONLARDA EKOTURISTIK MARSHRUTLARNI ISHLAB CHIQISH USULLARI VA TAVSIYALAR»

ARTICLE INFO

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

THE TERRITORY OF THE TASHKENT REGION IS DIVIDED INTO ECOTOURISTIC REGIONS AND DEVELOPED ECOTOURISTIC ROUTES IN THESE REGIONS EXIT METHODS AND RECOMMENDATIONS Abdurayimov Tolkin Dostbekovich Independent researcher (PhD) of the Department of Ecology and Botany, Tashkent State Agrarian University, 2 University Street, Kybrai District, Tashkent Region. Abdurayimov2023@bk.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.11195992

ABSTRACT

Received: 06th May 2024 Accepted: 14th May 2024 Online: 15th May 2024 KEYWORDS

Ecotouristic regions,

ecotouristic routes, tourist potential, natural

conditions, exotic, tourist route, hotel, excursion, tourist services.

In the development of ecotourism, this article touched in detail on such significant aspects of such issues as ecotouristic zoning, development of ecotouristic routes, conducting a tourist route, organizing them and recording the activities established on the route.

TOSHKENT VILOYATI HUDUDINI EKOTURISTIK RAYONLARGA AJRATISH HAMDA USHBU RAYONLARDA EKOTURISTIK MARSHRUTLARNI ISHLAB

CHIQISH USULLARI VA TAVSIYALAR Abdurayimov To'lqin Do'stbekovich

Toshkent viloyati Qibray tumani Universitet ko'chasi 2-uy, Toshkent davlat agrar universiteti, Ekologiya va botanika kafedrasi (PhD) mustaqil tadqiqotchisi. Abdurayimov2023@bk.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.11195992

ARTICLE INFO

Received: 06th May 2024 Accepted: 14th May 2024 Online: 15th May 2024

KEYWORDS Ekoturistik rayonlar, ekoturistik marshrutlar, turistik salohiyati, tabiiy sharoit, ekzotika, turistik marshrut, mehmonxona, ekskursiya, turistik

xizmatlar.

ABSTRACT

Ushbu maqolada ekoturizmni rivojlantirishda ekoturistik rayonlashtrish, ekoturistik marshrutlarni ishlab chiqish, turistik marshrutni o'tkazish, ularni tashkil qilish va marshrutda belgilangan tadbirlar qayd qilish kabi masalalarning ahamiyatli jihatlariga batafsil to'xtalib o'tgan.

Kirish: Biz tadqiq etayotgan boy tabiati, mo'tadil iqlimi bilan mashhur bo'lgan Toshkent viloyati respublikamizning shimoli sharqiy qismida, Sirdaryo bilan G'arbiy Tyanshan tog'lari

é

Ws,

oralig'ida joylashgan. Tabiiy geografik okrug G'arbiy Tyanshan tog'larining bir qismini hamda Chirchiq va Ohangaron vodiylarini, shuningdek, Dalvarzin cho'lini o'z ichiga oladi.

Barcha tabiiy fanlarda bo'lgani kabi geografik tadqiqotlarda ham hududiy klassifikatsiyalash va muayyan tasnifiy belgilariga muvofiq ravishda hududlarni qismlarga ajratish, tabaqalash va nomlash masalasi doimo dolzarb muammo bo'lib kelgan. Bunga misol qilib tabiiy geografik rayonlashtirishni olish mumkin. Zero ekoturizm geografiya singari tabiat va jamiyat o'rtasida yuzaga keladigan o'zaro munosabatlarining ekoturistik jihatlarini tadqiq qiladi.

Rus olimlaridan R.I.Abolin (1929), L.N.Babushkin, N.A.Kogay (1964), N.A.Gvozdeskiy (1979), F.N. Milkov (1984), A.G.Isachenko (1991), V.L.Baburin (2006), o'zbek olimlaridan N.A.Kogay (1981), L.I.Babushkin, Sh.S.Zokirov (1982), I.Muminov (2004), A.N.Nigmatov (2004, 2010), M.M.Mamatqulov (2004), A.S.Soliev va R.Y.Maxamadaliev (2004), Sh.S.Zokirov, R.A.Ibragimovalar (2010) tabiiy va iqtisodiy geografik rayonlashtirishning ilmiy-amaliy tomonlarini yoritib berganlar. Ularning tadqiqotlari natijasida olingan ma'lumotlarni amaliy tadbiq etishda hududiy rayonlashtirishning nechog'lik zarurligini isbot qilib berishgan. Lekin ekoturistik rayonlashtirishdan tashqari fanda muayyan ekotizimlar doirasida amaliy rayonlarga ajratish zamon talabidir (Nigmatov, 2010).

Rayonlashtirish muayyan hududni ma'lum bir maqsadda, uning tegishli ko'rsatkichlariga binoan o'ziga xos "joy" yoki "hudud"larga yoinki taksonomik birliklarga ajratish va ularni nomlash. Ekoturistik rayon esa ekotizimzlarni turistik ko'rsatkichaliriga qarab hududiy qismlashtirish va ularni nomlashdir.

O'zbekiston hududini ekoturistik va agroturistik rayonlarga ajratish va ularni nomlash bilan ilk bor A.Nigmatov, N.Shomuratova (2006, 2007), A.Nigmatov, Sh.Yakubjanovalar (2009, 2018) shug'ullanishgan va mamlakatimiz hududini 14 ta ekoturistik va 15 ta agroturistik rayonlarga ajratganlar.

Ekologik turistik marshrut yoki "ekoturistik marshrut" to'rt atamalar yig'indisidan: "oikos" (makon) + "logos" (ta'limot) + "route" (yurish) + "marche" (harakatlanish yo'li) olingan. Keng ma'noda ekoturistik marshrut - ekologik maqsad yoki maqsadlarni ko'zlagan holda shaxsning ekotizimlarga avvaldan belgilangan harakatlanish yo'li bo'yicha uyushtirilgan sayyohati. Tor ma'noda ekoturistik marshrut - sayyohlarning ekologik yo'nalishdagi ekotizimlardagi harakatlanish yo'li. Keng ma'nodagi tushunchadan kelib chiqqan tarzda ekoturistik marshrutlar.

• sayohatchi o'z oldiga aniq bir maqsad (masalan, ekoturizm bilan shug'ullanish) yoki maqsadlarni (ekoturizm bilan bir qatorda tarixiy, diniy turizm kasbi sayohatni yo'lga qo'yish) qo'yadi;

• turistik guruh (yuridik shaxs) yoki yakka tartibdagi turist (jismoniy shaxs) uchun mo'ljallanadi;

• ekotizimlar doirasida tabiiy yoki antropogen o'zgargan ekoturistik ob'ektlar aniqlanadi;

• ob'ektlar bo'yicha ma'lumotlar to'planadi va gidlar tayyorlanadi;

• mutaxassislar tomonidan maxsus ishlab chiqilgan harakatlanish yo'lishlari belgilanadi. Ekoturistik marshrutlarni tashkil etish va olib borishda V.S.Volkov va K.Ye.Shapakinalar

(1985) sayyohlarning imkoniyatlariga qarab ularni: bir to'g'ri chiziqli, radial, aylanma turlarga

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

ajratishni ma'qul ko'radi. N.Tuxliev va T.Abdullaevalar (2006) har qanday turistik marshrutlar geografik nuqtalar bo'yicha avvaldan belgilangan muayyan bir tartibda tavsiflangan turistik ekskursiya yoki sayohat yo'llaridir, deb bilishadi. Lekin ekoturistik ob'ektlarning barchasini geografik nuqta deb qaralmaydi, ya'ni unda geografik joylashuv koordinatalari berilmaydi.

S.R.Yerdavletov (2016) turistik marshrutlar avvaldan belgilangan grafik, karta yoki chizmalarda ko'rsatilgan yo'llar bo'yicha olib borishni maqsadga muvofiq deb biladi. Buni inkor etib bo'lmaydi, chunki avvaldan marshrut grafiklari tuzilgan va yo'llari aniqlangan ekoturistik marshrutlarning samarasi yuqori.

A.N.Nigmatov (2016) ekoturistik marshrutlarni rejalashtirish va ularni amalga oshirishda xavfsizlik masallarini xal etish, sayyohlarning hayot faoliyati xavfsizligini nuqtai nazradan minimal tavakkalchilikni ta'minlovchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishni maqsadga muvofiq deb biladi. Muallif har bir ekoturistik ob'ektning xavfsizlik holatini 4 darjada (xavfsiz, xavfli, o'ta xavfli, fojiali) baholash, ularga ta'sir etuvchi omillarni yoki kuchlarni aniqlash (tabiiy, tabiiy-antropogen, antrpogen) sayyohlikni olib borishning eng optimal yo'llarini ishlab chiqishni tavsiya etgan.

Shuningdek turistik marshrutlarni ishlab chiqishda R.Hayitboev va A.Sattarovlar (2009) tomonidan tavsiya etilayotgan prinsiplarni ekoturistik marshrutlarga qo'llash mumkin. Masalan, "jozibadorlik, betakrorlik, imkoniyatlilik, mazmundorlik, faoliyatlilik, alternativlik, majmualilik, axborotlanganlik". Unga qo'shimcha tarzda ekoturlarning xavfsizlik prinsipini kiritish O'zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarga mo'ljallangan Harakatlar strategiyasining

5.1-bandi 6-xatboshida aks ettirilgan "Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish" vazifasiga mos tushadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib aytganda Toshkent viloyati qulay geografik joylashishi, xushhavo iqlimi, toza ekologik sharoiti, yuqori sifatli qishloq xo'jalik mahsulotlari, ularni yetishtirish jarayoni, ular bilan bog'liq aholining urfodatlari nafaqat ekoturizm va agroturizmni balki, uning tarixi, qadimiy obidalari, arxeologik manbalari turizmni boshqa turlarini ham rivojlantirish imkoniyatlarini beradi.

Ekoturistik rayonlarga ajratish va marshrutlar ishlab chiqishda dastlabki talab marshrutdagi jozibadorlik, turistlarning diqqatini tortadigan va qiziqtiradigan turistik obhektlar hisoblanadi. Marshrut ishlab chiqilgandan keyin ham ushbu tur haqida imkon darajasida rangli bukletlar ishlab chiqishga ehtibor beriladi. Aslida ham har qanday turning jozibadorligi, qiziqarli ekanligi haqida ana shu bukletlar dastlabki turizm bozoriga chiqariladigan reklama mashuloti ham hisoblanadi.

-Ekoturistik marshrutlarini ishlab chiqishda turist va sayohlarning hayoti xavfsizligini tahminlash;

-ikkinchi vazifa sifatida belgilangan tartibda ekoturistik marshrut uchun yo'riqnoma ishlab chiqish;

-marshrutga transport turlari marshrut yo'nalishi, ekskursiya turi, yo'lning holati (avtomagistral, tosh yo'l, shosse) sifatli qilish;

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

-Toshkent viloyatini quyidagi ekoturistik rayonlarga ajratish Chotqol-Qurama tog'li ekoturistik, Qorjantov, Ugom, Piskom tog'li ekoturistik, Piskent-Parkent-tog' oldi hamda Sirdaryo o'ng sohilidagi tekislik ekoturistik rayonlarga ajratish hamda ularda ekoturistik marshrutlarni tashkil etish;

ekologik resurslardan foydalanishning intensivligi ortib, atrof-muhit xavfsizligi va ekologik barqarorlik ta'minlash;

-ekoturistik xizmatlar ko'rsatish bo'yicha xalqaro talablarga mos keluvchi viloyat ekoturistik dasturini ishlab chiqish;

Ugom-Chotqol davlat tabiat milliy bog'i , chotqol bisfera tog'-o'rmon davlat qoriqxonasi hamda muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni rivojlantirish va ularni boshqarish sohasida faoliyatning asosiy istiqbolli yo'nalishlarini belgilash;

biologik xilma-xillikni saqlab qolish va undan foydalanish samaradorligini oshirishga va iqlim o'zgarishiga moslashishga, o'rmon xo'jaligini rivojlantirishga, suv resurslarini muhofaza qilishga tegishli tarmoq rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish;

Uyushtirilgan ekologik turizm tashkil etish tadbirlarini amalga oshirish zarur. Birinchi navbatda normativ-huquqiy bazani takomillashtirish zarur, tegishli kadrlar tayyorlash masalasi ham muhim hisoblanadi va tavsiya etiladi.

References:

1. Nigmatov A.N "Ekoturizm va uning geografik hususiyatlari" (Namangan viloyati misolida) Monagrafiya Toshkent-2019 "Navro'z nashryoti" 148 bet.

2. Ekoturistik marshrutlar va ularni ishlab chiqish usullari. Elyorjon G'ayratovich Mahkamov, Dilafruz Baxromjon qizi Karimqulova.

3. Yoqubjonova N.Y, Boyto'rayev O.U. Fargona vodiysining Ekoturistik salohiyati va undan foydalanish holati tahlili. Monagrafiya "Fan ziyosi" nashryoti Toshkent 2013 172 bet.

4. Hamidov O.X. Ozbekistonda Ekologik turizmni rivojlantrishni boshqarishni takomillashtirish: muammo va echimlari. - T.: Iqtisodiyot 2016. - 203 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.