Azimova D.
O'zbekiston Milliy universiteti o'qituvchisi
Axmadaliyev A.
O'zbekiston Universiteti Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti 4-kurs
geografiya yo'nalishi talabasi
O'ZBEKISTONDA EKOTURIZMNING NAZARIY JIHATLARI
Annotasiya. Zamonamizda turizm shunchalik ommalashib ketyaptiki, u nafaqat son, balki sifat jihatdan ham o 'zgarmoqda. XX-asrning o 'rtalariga kelib tabiiy turizm va uning turli ko'rinishlari rivojlangan bo'lsa, yetmishinchi yillarning boshlarida undan ekoturizm ajralib chiqishini boshladi. Ekoturizm o 'zining mazmun-mohiyatiga ko'ra insonlarni nafaqat ona tabiat qo 'ynida dam olishi, hordiq chiqarishiyoki muayyan sog 'lomlashtirish bilan shug 'ullanishi, shu bilan birga atrof muhitni muhofaza qilishga qaratilgan ishlarni bajarishga undaydi. Ma 'lumotlarga ko 'ra umumiy turizm ichida ekoturizm 7 % da 60 % gacha bo 'lgan turistlar sonini egallaydi. Bunday ko 'rsatkichlarni bir tomonlama mualliflarning yetarli ma 'lumotga ega bo 'lmasligi yoki ekoturizm bilan boshqa turizmni aralashtirib yuborishlari bo 'lsa, ikkinchi tomondan har bir davlatning ekoturistik imkoniyatlaridan kelib chiqadi. Hozirda barcha industriyasi ichida ekoturizmning mavqei oshib bormoqda.
Kalit so 'zlar: Ekoturizm, ekologik sayyohlik, ekoturizm ob 'ekti, ekoturizm predmeti, ekoturizm maqsadi, ekologik sayyohlik, ekoturistikprisiplari.
Azimova D. teacher Akhmadaliyev A.
4th-year geography student Faculty of Geography and Geoinformation Systems National University of Uzbekistan
Uzbekistan
THEORETICAL ASPECTS OF ECOTOURISM IN UZBEKISTAN
Abstract. Nowadays, tourism is becoming so popular that it is changing not only in quantity, but also in quality. By the middle of the 20th century, natural tourism and its various forms were developed, and at the beginning of the seventies, ecotourism began to separate from it. According to its essence, ecotourism encourages people not only to rest in the bosom of mother nature, to have fun or to engage in certain health care, but at the same time to do things aimed at protecting the environment. According to the data, ecotourism occupies 7% to 60% of the total number of tourists. On the one hand, such indicators are caused by the lack ofsufficient information of the authors or by mixing ecotourism
with other tourism, on the other hand, they arise from the ecotourism potential of each country. Currently, the position of ecotourism is increasing among all industries. For example, at the end of the 90s of the 20th century, the number of ecotourists in the world is from 10% to 30%.
Key words: Ecotourism, ecological tourism, object of ecotourism, subject of ecotourism, purpose of ecotourism, ecological tourism, principles of ecotourism.
KIRISH. Butunjahon turistik tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra, ko'pgina Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlarida ekoturizmni alohida turizm turi sifatida qaralmagan. Bularda ekoturistik marketing va menejment ishlari hanuzgacha amalga oshirilmagan.
O'zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishga hissa qo'shayotgan asosiy omillardan biri uning ekzotik tabiatidir. Respublikada o'ta quruq landshaftlardan tortib, doimiy qorliklar va muzliklar bilan band bo'lgan Tyanshan, Pomir-Oloy tog' tizmalari, ekologik inqirozga misol bo'la oladigan Orol dengizi va uning atrofi, uzoq o'tmishi tabiiy tarixga ega bo'lgan Janadaryo quruq vohasi, biologik xilma-xillikga ega bo'lgan Hisor, Ugom, Chotqol tog' tizmalari namoyon bo'ladi.
Agarda UNESCO ning Butunjahon meroslar ro'yxatiga 754 ta ob'ekt kiritilgan bo'lsa, ularning 4 tasi O'zbekistonda joylashgan (Ichanqala - Xiva, Buxoroning tarixiy markazi, Shahrisabzning tarixiy markazi, Samarqand -madaniyatlar chorrahasi). Ushbu noyob tarixiy turistik ob'ektlardan foydalanishda ekoturistik marshrutlarni birga qo'shib olib borish o'ta muhim ahamiyatga ega. Xuddi shunday ekoturistik imkoniyatlar nafaqat tarixiy, balki folklor, madaniy va diniy markazlar orqali ham rivojlanishi mumkin.
Ekoturizm - shaxslarning doimiy yashash joyidan sog'lomlashtirish, ma'rifiy yoki boshqa maqsadlarda "Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida"gi va boshqa ekologik qonunchilik hujjatlari bilan qo'riqlanadigan ob'ektlarda haq to'lanadigan faoliyat bilan shug'ullanmagan holda uzog'i bilan bir yil muddatga sayohat qilishdir [48].
Ekologik turizm atrof tabiiy muhit bilan tanishish va hordiq chiqarishning eng qulay shakllaridan biri sifatida tan olingan munosabatlar kompleksi hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda ekotizimlarga va atrof tabiiy muhitga ta'sir ko'rsatmaydi. Bir vaqtning o'zida esa mamlakatimiz iqtisodiyoti, xalqimiz farovonligini ko'tarishda sezilarli hissa qo'sha oladigan soha hamdir.
- Mavzuga oid adabiyotlar tahlili (Literature riview).
Ekoturizm kanadalik mutaxassislarning fikricha, tabiatni o'rganish (bilish) bilan bog'liq va mahalliy aholini qiziqishidan kelib chiqib ekotizimlarni saqlashga hissa qo'shadigan turizmning bir turi yoki ko'rinishidir. Ular ekoturizmning 3 ta asosiy komponentini ajratadilar:
"Tabiatni bilish" ya'ni sayr-sayohatda tabiatni o'rganishning elementlari bo'lishini, turistlarning yangi bilimlar va malakalar olishini taqozo qilishi kerak.
"Ekoturzimni saqlash" bu nafaqat guruhni marshrutda o'zini tuta bilishi bo'lib qolmay, balki turistlarni, turoperatorlarni atrof muhitni muhofazasiga bag'ishlangan dasturlarda, tadbirlarda qatnashishlari hamdir.
Rossiyalik olim V.V.Xrabovchenkoning (2003) fikricha "Ekoturizm turistik talabga asoslangan, turistlarni tabiatni bilishga qiziqishi bilan bog'liq va mahalliy aholining qiziqishidan kelib chiqib, ekotizimni saqlashga hissa qo'shadigan turizmning ko'rinishi, turi" [48].
A.Y.Aleksandrovskayaning (2002) fikricha ekoturizmni rivojlanishida 3 ta prinsip asos hisoblanadi.
Turistlarga xizmat ko'rsatish orqali olingan foydaning bir qismi shu joyning o'zida qoldirilib, atrof muhitni muhofaza qilishga yo'naltiriladi.
Tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan talablar asosiy qonun darajasiga ko'tarilishi lozim.
Turistik safarlar izlanishi maqsadlarini ko'zlab amalga oshiriladi.
AQSHning ekoturizm jamiyati "Ekoturizm"ga quyidagicha ta'rif beradi: "Ekoturizm joyning tabiiy va madaniy-etnografik xusuiyatlari haqida ma'lumot olish maqsadida tabiiy muhit yaxshi saqlangan hududlarga qilinadigan sayohatdir. Bunda ekotizimning bir butunligi buzilmaydi va unda tabiatni muhofaza qilish mahalliy aholi uchun foydali bo'lib qoladi"
A.N.Nigmatov va N.T.Shamuratovalarning (2003) yozishicha "Ekologik turizm (ekoturizm) shaxslarning doimiy yashash joylaridan dam olish, sport bilan shug'ullanish yoki maqsadlarni ko'zlagan holda atrof tabiatga yoki muayyan tabiiy ob'ektlarga ekologik yo'sindagi sayohatlaridir"[30].
- Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology).
Avvalombor turizm so'ziga to'xtaladigan bo'lsak, u fransuz tilida "tourizme"- sayohat qilish, dam olish biln bir qatorda sport va umumtarbiyaviy yoki siyosiy-ma'rifiy vazifalarni bajarish degan ma'noni anglatadi.
Birinchidan, ekoturizm sub'ekti yoki uning qatnashchilari bo'lib jismoniy va yuridik shaxslar hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga binoan jismoniy shaxslarga - muayyan davlat fuqarolari, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo'lmagan insonlar kiradi. O'zbekiston Konstitutsiyasining 50-moddasida esa barcha fuqarolar, qanday faoliyat bilan shug'ullanmasinlar, atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdirlar, deyilgan. Ma'lumotlarga qaraganda6 ekologik turizm bilan band bo'lgan jismoniy shaxslar atrof tabiiy muhitga yuridik shaxslarga nisbatan 3-4 barobar ko'proq zarar keltirar ekanlar. Ekologik chora sifatida mahalliy ekologik boshqaruv organlari jismoniy shaxslarni «ekologik sertifikatlash» va «ekologik sug'urtalash»ga majbur etishni yo'lga qo'ymoqdalar.
Ikkinchidan, ekoturizm o'z mazmun va mohiyatiga ko'ra shaxslarning turg'un yashab turgan joylaridan ma'lum bir (to'g'rirog'i, ekologik) maqsadlarni ko'zlagan holda o'zga tabiiy ob'ektga (joy va makonga) qilgan sayohatlari. Bu
6 Отчет Межправительственной Комиссии по туризму.- Гаага, 1999.- 123 с.
o'rinda ikki masalaga aniqlik kiritib olish maqsadga muvofiq. Avvalambor, sayohatchi va sayyohlik tushunchasiga.
Ekoturizmning ob'ekti. Ekoturizm ob'ekti bo'lib faqatgina tabiat komponentlari yoki ularning tizimlari olinishi mumkin. Kishilarning o'zlari yashamaydigan tabiat ob'ektlariga qilgan sayohatlari ekoturizmga kiritiladi. Ushbu tabiat ob'ektlari ikki ko'rinishda namoyon bo'lishi mumkin:
1. Nisbatan tegilmagan yoki o'zgarmagan va o'z tabiiy kelib chiqishi xususiyatini yo'qotib qo'ymagan tabiat komponentlari va komplekslari (landshaftlar, suv akvatoriyalari, quruqlik yuzasi, atmosfera qatlami) hamda tabiat yodgorliklari (sharsharalar, g'orlar, daraxtlar va ularning kompozitsiyalari, noyob turdagi o'simlik va hayvonot dunyosi, yer osti boyliklari va topilmalari, o'ziga xos shakldagi qoyatoshlar va h.k.).
2. Tabiat komplekslariga asosan alohida muhofaza etiladigan hududlar -biosfera qo'riqxonalari, rezervatlar, buyurtma qo'riqxonalar, milliy tabiat bog'lari kabi davlatning alohida e'tibor bilan "mutlaq" ravishda qo'riqlanadigan joylar kiradi.
Ekoturizmning predmeti - ekologik tavsifdagi sayyohlik. Bu degan so'z turizm sub'ektlarini atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishi va uni asrash, buzilgan tabiat unsurlari va komplekslarini qayta tiklash, tabiiy boyliklaridan oqilona foydalanishiga yo'naltirilgan sayyohlik.
Mazkur predmet ekoturizmning maqsadini belgilab beradi - hozirgi va kelajak avlodlarning ekologik xavfsizligini ta'minlash uchun ekologik turizm ob'ektlaridan turistik yo'nalishda foydalangan holda tabiatni muhofaza qilish va uning boyliklaridan oqilona foydalanish.
- Tahlil va natijalar (Analysis and results)
Ekoturistik prinsiplar umumiy turizm prinsiplarini umumiy ekologik prinsiplar bilan uyg'unlashtirish orqali yaratilgan hamda ularning aksariyati milliy va xalqaro turistik huquq normalarida o'z aksini topgandir.
Ekoturistik prinsiplar jahon turizm tashkiloti ekspertlarining 1997-yilda ishlab chiqqan turizmning global etika kodeksida hamda Shvetsiya atrof muhitni muhofaza qilish agentligining qabul qilgan 10 ta prinsiplarida o'z aksini topgan [6]. Shuningdek, A.V.Drozdov (2002), A.B.Kosolapov, N.G.Miz (2003) ishlarida ham ekoturistik prinsiplar haqida ma'lumotlar berilgan. Ularning ayrimlari quyidagilardan iborat.
Ekoturizmda tabiatni muhofaza qilish masalasining ustivorligi prinsipi, ya'ni ekoturistik sayohlikdan maqsad - ekoturizm orqali mahalliy, milliy, regional va global miqyosda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish.
Ekoturizmdan tushgan foydaning ekologik maqsadlarga yo'naltirish prinsipi.. Mazkur ekoturistik prinsip ekoturizmdan kelayotgan daromadning bir qismini ekologik maqsadlarga, ya'ni hozirgi va kelajak avlodlarning ekologik xavfsiz muhitini ta'minlashga qaratilganligidir. Ekologik xavfsiz muhit -organizmlarning qulay sharoitda ko'payishi, o'sishi va rivojlanishi uchun toza, sog'lom va qulay atrof tabiiy muhit holatidir.
Ekoturizmning tarixiy, madaniy, diniy turizm kabi boshqa turizm turlari bilan uzviy bog'langanligiprinsipi. O'zbekistonning Xiva, Buxoro, Sama^and, Shaxrisabz, Toshkent, Qo'qon kabi shahariari va qishloqlaгida 4000 dan ziyod tarixiy, madaniy, diniy yodgorliklar hamda ziyoгatgoЫaг mavjud bo'lib, икг millionlab fuqaгolaг va chet ellik turistlami o'ziga jalb qiladi. Biïgina Samaгqandning Ulug'bek madгasasiga yiliga 100 minglab tuгistlaг kelib ketadi.
Ekoturizmda tabiatni muhofaza qilish masalasining ustuvorligi Ekoturizmdan tushgan foydaning ekologik maqsadlarga yo ■naUinlganUgi
Ekoturizmning tarixiy, madaniy, diniy turizm kabi boshqa turizm turlari bilan uzviy bog'langanligi Turizmning barcha yo'nalishlarida ekoturistik ta ■ Imming majburiyligi
Noekologik harakatlaming qat'ian cheklanganUgi Ekoturizmda ekologik-ijtimoiy-iqtisodiy manfaatdorlikning yagonaligi
Ekoturizm prinsiplari
Qadamjoylarning barqaror rivojlanishida ekoturiztnning ulkan ahatmyat kasb etishi MahaWy aholining ekologik ongi va madaniyatini ko'tarishda ekoturizmni jalb qilish
Tabiatdan oqilona foydatanish va tabiatni muhofaza qilishmng mazmunim ekoturistik marshruttarda aks ettirish Buzilgan tabiat komplekslari ham ekoturistik ob *ekt
Davlat, jamiyat, mahaüiy boshqaruv organlarining ekologik turizmdan manfaatdorligi Ekoturizmda mitliy g 'unir va ißixorni s hakäantiris fining zarurligi.
1-rasm. Ekoturizm prinsiplari (yo'naltiruvchi qoidalari)
Turizmning barcha yo'nalishlarida ekoturizm ta'limining majburiyligi prinsipi. Bu degan so'z, turizm va servisga oid barcha o'qitish muassasalarida o'quvchilarning yoshi, ixtisosligi, mutaxassisligidan qat'iy nazar ekologik ta'lim bilan bir qatorda ekoturistik ta'limni berilishi shart. Aks holda insonlar yashab turgan hayotiy zarur atrof tabiiy muhitni saqlab qolish qiyindir. Zero, 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan va amaldagi O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonunining 4-moddasida ekologik o'quvning majburiylik prinsipi kiritilgandir. Turizm ta'limiga oid barcha me'yoriy hujjatlarda ham ekoturistik ta'limning majburiylik prisipini kiritish maqsadga muvofiqdir.
Noekologik harakatlarning qa'tiyan cheklanganlik prinsipi ekoturlarning barchasida, albatta, tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, buzilgan tabiat komplekslarini qayta tiklash vazifalarining turishi lozim. Negaki, ushbu vazifalarni inobatga olmaslik ekoturizmni tabiiy turizm yoki sport turizmiga aylanib ketishiga olib keladi. Turizmning ekologik talablarga mos kelmagan harakatlari noekologikdir.
Qadamjoylarning barqaror rivojlanishida ekoturizmning ulkan ahamiyat kasb etish prinsipi. Har qanday holatdagi ekoturistik ob'ektda to'g'ri tashkil etilgan ekologik sayyohlik, albatta, o'sha joyda yashovchi aholining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy va ma'rifiy rivojlanishi uchun xizmat qiladi. Ma'lumotlarga ko'ra G'arbiy Tyanshan rezervatiga uyushtirilgan sayohatlar tufayli Toshkent viloyatining tog'li hududlarida keyingi 10 yil ichida iqtisodiy yuksalish 2-2,5 barobarga oshgan. Aholining ish bilan ta'minlanganlik darajasi ham deyarli shu darajaga ko'paygan.
Xy^oca va takliflar (Conclusion/Recommendations.). Umuman olaganda, ekoturizm prinsiplari juda xilma-xil va keng qamrovlidir. Ekoturizm prinsiplari ekologik xavfsizlikni ushlab turuvchi zaruriy hodisa va jarayonlar turkumiga kiradi. Bundan bir vaqtning o'zida ham sayyohlik, ham tabiatni muhofaza qilish qoidalari kelib chiqadi. Shunday qilib, ekoturistik yo'naltirilgan harakatlar ekologik prinsiplarga yondashgan va chuqur ilmiy asoslangan bo'lishni talab etadi. Ekoturizm aholining ekologik bilimi, ongi, madaniyatini oshirish orqali atrof muhit holatini optimal holatda ushlab turish (tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, buzilgan tabiiy komplekslarni qayta tiklash) yo'naltirilgan turizm shaklidir.
Ekoturizmni rivojlantirish uchun Butunjahon yovvoyi tabiat fondi, Tabiiy resurslar va tabiat muhofazasi xalqaro ittifoqi kabi xalqaro tashkilotlar jalb etilmoqda. Bundan tashqari xalqaro va regional darajada kongresslar, simpoziumlar va seminarlar o'tkazilmoqda, firmalar soni oshib bormoqda, turizmning barcha turlaridan ko'ra ekologik turizm afzal ko'rilmoqda. Ekoturizm turistlarni o'zini tutishini ma'lum darajada qat'iy tartib qoidalari bo'lishini taqozo etadi. Ularga rioya qilish ekoturizmni muvaffaqiyatli rivojlanishining prinsipial shart-sharoitlaridan hisoblanadi.
Ekoturizm talabiga ko'ra, mahalliy aholi faqatgina xizmat ko'rsatish xodimlari sifatida faoliyat ko'rsatmasdan, balki muhofaza etiladigan hududlarda yashayveradilar va o'zlarini an'anaviy oldingi tarzlarini davom ettirib tabiatdan ehtiyotkorona foydalanishni ta'minlaydigan an'anaviy xo'jalik turlari bilan shug'ullanadilar. Tabiiyki, bu aholiga ma'lum miqdorda daromad keltiradi va hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun imkon yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. "Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi" T.: 2001.
2. Eraliyev B., Ostonaqulov I., Abdulaxatov N. "Ozbekiston ziyoratgohlari va qadamjolari" III bob, "Turon zamin ziyo" T.: 2015.
3. Jo'rayev Z., Masaliyeva O. "Zarkentdagi Avliyo ota". T.: "Toshkent islom universiteti" 2015.
4. Husommidinov S., Shermatov M. "Parkent tumani" T.: "Oqituvchi" 2006.
5. Abdig'aniyev I. Farg'ona viloyatining diqqatga sazovor tabiat ob'ektlari va ularni muhofaza qilish // Qo'riqxona xo'jaligini rivojlantirishning geografik muammolari: Bitiruv malakaviy ishi, di hisobot umumittifoq. ilmiy konf. 1986 yil 26-30 may. Samarqand: 1986. B. 124-125.
6. Dudura I.M.va boshqalar. O'zbekiston tabiat yodgorliklari. - Toshkent: O'zbekiston. 1980. -96 b.
7. Tetyuxin G.F., Mamatqulov M.M., Batunskaya B.A. O'zbekistonning jonsiz tabiatidan oqilona foydalanish va muhofaza qilishning ayrim jihatlari. - Toshkent: Muxlis. 1987. -148 b.
8. Shamuratova N.T. O'zbekistonda ekoturizm va uning tabiiy geografik jihatlari. Geografiya fanlari olishi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya. - T.: 2011 yil.
9. Shomurodova Sh. G. Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsion zonasida turizm rivojlashtirishning tabiiy geografik asoslari. Geografiya fanlari bo'yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya. - T.: 2020.
10. Ergashev A., Yarulin R. O'zbekiston tabiatidagi noyob biologik yodgorliklar va ularni muhofaza qilish.-Toshkent: o'qituvchi. 1995. -135 b.