EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz
CHARACTERISTICS OF THE PUZZLE GENRE D.M. Buzrukova
FarDU teacher https://doi.org/10.5281/zenodo.10972632
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 07th April 2024 Accepted: 14th April 2024 Online: 15th April 2024
KEYWORDS Folk riddles, genre, literal and figurative meaning, theme, subgenres of oral creativity, metaphorical art, puzzle.
The article discusses riddles and their genre classification, the importance of the tasks performed in teaching children to be clever, have a good memory, think, be united, and be careful through riddles.
ХАРАКТЕРИСТИКА ЖАНРА ЗАГАДКИ Бузрукова Д.М.
Преподаватель ФарДУ https://doi.org/10.5281/zenodo.10972632
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 07th April 2024 Accepted: 14th April 2024 Online: 15th April 2024 KEYWORDS
Народные загадки, жанр, прямое и переносное значение, тема, поджанры устного творчества,
метафорическое искусство, головоломка.
В статье рассматриваются загадки и их жанровая классификация, значение выполняемых заданий в обучении детей сообразительности, хорошей памяти, мышлению, сплоченности, осторожности посредством загадок.
TOPISHMOQ JANRINING XUSUSIYATLARI D.M.Buzrukova
FarDU o'qituvchi https://doi.org/10.5281/zenodo.10972632 ARTICLE INFO ABSTRACT
Received: 07th April 2024 Accepted: 14th April 2024 Online: 15th April 2024 KEYWORDS
Maqolada topishmoqlar va ularning janriy tasnifl, bolalarni topishmoqlar orqali ziyrak, yaxshi xotirali, fikrlovchi, birdam bo'Hshga, sinchkovlikka o'rgatishda
é
Ws,
Xalq topishmoqlari, janr, o'z va amalga oshiriladigan vazifalarning muhim ahamiyati
ko'chma ma'no, mavzu, og'zaki haqidafikryuritilgan. ijodning kichik janrlari, istiora san'ati, topmacha.
Xalqimiz og'zaki ijodining kichik janrlaridan biri topishmoqlardir. Bu janr ko'proq bolalarni kuzatuvchanlikka, hayotni mukammalroq bilishga, sinchkovlikka o'rgatadi. Topishmoqlarni faqat yosh bolalargagina taalluqli deb hisoblash to'g'ri emas, chunki topishmoq aytish va topish musobaqalarida kattalar ham qiziqish bilan ishtirok etaveradilar. O'tgan zamonlarda topishmoqlarni qish faslida uzoq kechalarni zerikmay o'tkazish uchun aytganlar. Topishmoq aytgan odamning topishmog'iga javob topilsa, u musobaqada yutqazgan, topilmasa g'olib chiqqan hisoblangan. Har ikki holatda ham mag'lub bo'lgan taraf yo g'azal aytgan, yoki biron hayvonga taqlid qilib ovoz chiqargan, yo qo'shiq kuylagan, yoki biron jismoniy ish qilgan: suv olib kelgan, qor kuragan, eshik supurgan va hokazo.
Topishmoqlar xalq orasida jumboq, topmacha, top-top, cho'pchak, ushuk atamalari bilan atab kelinadi. Ilmiy asarlarda «topishmoq» termini «top» buyruq fe'liga «ish» harakat nomini hosil qiluvchi shakl va «moq» qo'shimchalarini qo'shish orqali hosil bo'lgan, deb ko'rsatiladi. Natijada «topishmoq» so'zi xalq og'zaki ijodidagi alohida janr nomini bildirgan. Keyingi paytlarda shevalardagi yuqorida ko'rsatilgan atamalar deyarli yo'qolgan. Asosan «topishmoq» nomi saqlanib qolgan. Xalq topishmoqlari badiiy jihatdan ham yuksak so'z san'ati namunasi hisoblanadi. Ular badiiy tasvir vositalarining qo'llanishi jihatidan boy va rang-baranglikka ega. Avvalo aytish kerakki, shakl jihatdan topishmoqlar maqollar kabi ixchamdir. Ayrim olimlar ta'kidlashicha, topishmoq va maqollarning yaratilishi davr jihatidan bir-biridan u qadar farq qilmaydi. Shuning uchun ham asrlar davomida matn qayta-qayta ishlanganda topishmoqlarning badiiyati mukammal darajaga yetgan. Bu janrda xalq og'zaki ijodidagi boshqa turlarda uchramaydigan tasvir vositasi bor. Topishmoq janrining asosiy tasvir vositasi metafora. Xalqimiz orasida «Kichkina dekcha, ichi to'la mixcha» (anor), «Qoziq ustida qor turmas» (tuxum), «Otdan baland, itdan past» (egar) kabi mashhur topishmoqlar bor.
Topishmoq aytish musobaqasida yashiringan narsani aniqlash uchun bir necha savollar berish an'anasi ham mavjud. Javob axtaryotgan taraf aytuvchidan «joni bormi, yo'qmi?» «yeyiladimi?», «o'sadimi, usta yasaydimi?» kabi savollar berib narsa nomini topishga uringan.
O'zbek topishmoqlarining bugungi kunda bizgacha yetib kelgan matnlarini o'rganish yaratilish davri jihatdan ikki xil namunalar borligi tasdiqlangan. Ko'pchilik asarlar an'anaviy topishmoqlardan iborat. Ularning tili ham, yashiringan narsa ham aksari maishiy hayotda uchraydigan predmetlardan iborat bo'ladi. Jumladan, mo'ri, qozon, o'choq, baqa, qushlar va hokazolar ana shunday namunalar qatoriga kiradi. Masalan: «Yamog'i bor, yirtig'i yo'q, Qaychilamay qiygan Ignalamay tikkan» (ola sigir terisi).
XX asrda fan-texnika taraqqiyoti bilan yangi topishmoqlar ham yaratildi. Ularda kitob, radio, telefon, samolyot kabi narsalarni topish talab qilinadi. Masalan:
«O'zi oddiy bir karnay,
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz
Tili yo'q, so'zlar hay-hay, Dunyoning to'rt burchidan, Xabar beradi tinmay» (radio).
Bugungi kun topishmoqlarida fan-texnika yangiliklari ham munosib o'ringa ega. Fan-texnika yangiligi aks etgani sababli ular maktab o'quvchilari uchun ham tavsiya etiladi. Natijada, yangi topishmoqlarni ommalashtirish ishlarida ham ma'lum ijobiy siljishlar amalga oshirildi. Yana topishmoqlarning yaratilishida an'anaviy namunalarning ahamiyati katta. Ko'pincha ularning matniga bir oz o'zgarish kiritish bilan yangi topishmoq vujudga keladi. Jumboqlar ko'ngil ochish uchun ishlatilgan bo'lsada, ularni kundalik hayotning bir bo'lagi bo'lgan tushunchalar va ma'nolarga nisbatan bolalarni tarbiyalash uchun o'qitish tizimlarida ishlatilishi ham haqiqat. Boshqa tomondan, jumboqlarni qo'llash guruhlarni birlashtirishga va ommaviy madaniyatni saqlashga yordam beradi. Umuman olganda, jumboqlarning ma'lum bir muallifi yo'q, ammo ularni ma'lum qilish usuli (og'zaki an'ana) va shu bilan birga yillar davomida erishgan mashhur xarakteri tufayli noma'lum hisoblanadi. Demak, bitta topishmoqning turli xil versiyalari bo'lishi mumkin.
Topishmoqlar xalq hayotida ma'lum e'tiborga ega bo'lgan narsa-predmetlar nomini topishga bag'ishlanadi. Badiiy jihatdan mukammallik xalq topishmoqlarining fazilatlaridandir.
References:
1. Imomov K., Mirzayev T., Sarimsoqov B., Safarov O. O'zbek xalq og'zaki poetik ijodi. T., «O'qituvchi», 1990.
2. Husainova Z. O'zbek topishmoqlari. T., «Fan» 1966.
3. Topishmoqlar. O'zbek xalq ijodi. Ko'p jildlik, T., 1983.
4. Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti va folklor. Darslik. O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg'armasi nashriyoti, 2006.
5. Buzrukova D.M. "Adabiyot darslarida interfaol metodlarni qo'llash metodikasi". Fiolologiya ta'limi masalalari: Muammo va uning innovatsion yechimlari 1(1..2022)
6. Buzrukova D.M. " Tarbiyachi va ota-onalarning o'zaro hurmatga asoslangan muloqotining kalit faktorlari". Oriental Renaissance: Innovative,educational, natural and social sciences 3 ..., 2023.