Научная статья на тему 'PARAMERIK JANRLAR VOSITASIDA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA PSIXOLOGIK YONDASHUV'

PARAMERIK JANRLAR VOSITASIDA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA PSIXOLOGIK YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
29
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ekol ogiya / dastur / bolalar / bilim / ko‘nikma / malaka / ekologik savodxonlik / topishmoqlar / paremik janr / dunyoqarash / ekologik madaniyat / urf-odat / an’ana / folklorshunoslik. / экология / программа / дети / знания / умения / компетенции / экологическая грамотность / загадки / паремический жанр / мировоззрение / экологическая культура / обычай / традиция / фольклор.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — G.A. Kamilova

maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirishda paremik janrlardan foydalanish muammolari, psixologik yondashuv, topishmoqlarni tanlash tamoyillari, mashg‘ulotlarda turli xil metodlardan foydalanishdagi o‘yinlar to‘g‘risida fikr yuritiladi. Maktabgacha ta’lim-uzluksiz ta’limning mustahkam poydevori ekan, ta’lim tizimini isloh qilish, yangi. zamonaviy yondashuvlar foydalangan holda ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etish, sifatli ta’lim asosida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PSYCHOLOGICAL APPROACH TO THE FORMATION OF ECOLOGICAL CULTURE BY MEANS OF PAREMIC GENRES

в статье рассматриваются проблемы использования паремических жанров в формировании экологической культуры у дошкольников, психологический подход, принципы выбора загадок, игр с использованием различных методов обучения. Поскольку дошкольное образование является прочной основой непрерывного обучения, реформирование системы образования является новой задачей. организация воспитательной работы с использованием современных подходов, подготовка детей к школьному обучению на основе качественного образования остается одной из важных задач.

Текст научной работы на тему «PARAMERIK JANRLAR VOSITASIDA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA PSIXOLOGIK YONDASHUV»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© G.A. Kamilova1^_

1Buxoro davlat pedagogika instituti, Buxoro, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirishda paremik janrlardan foydalanish muammolari, psixologik yondashuv, topishmoqlarni tanlash tamoyillari, mashg'ulotlarda turli xil metodlardan foydalanishdagi o'yinlar to'g'risida fikr yuritiladi. Maktabgacha ta'lim-uzluksiz ta'limning mustahkam poydevori ekan, ta'lim tizimini isloh qilish, yangi. zamonaviy yondashuvlar foydalangan holda ta'lim-tarbiya ishlarini tashkil etish, sifatli ta'lim asosida bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash muhim vazifalardan biri bo'lib qolmoqda.

MAQSAD: maktabgacha ta'lim tashkilotlarida mashg'ulotlarga tayyorgarlik ko'rish, uni o'tkazish va tahlil qilish talablari maktabgacha ta'limning maqsadlari, mazmuni va tashkiliy shakllariga bog'liqdir. Har qanday mashg'ulot ta'limning ilmiy, tizimli, tushunarli, ongli va faol shaklda bo'lishi, bilmlarning mustahkam o'zlashtirilishi, tarbiyalanuvchilarning yakka xususiyatlarini e'tiborga olib ish tutish asosida tashkil etilishi kerak.

MATERIALLAR VA METODLAR: paremik janrlar o'zining qiziqarliligi va jo'shqinligiga ko'ra bolalarda ekologik madaniyatni tarbiyalashda muhim didaktik vosita sanalanadi.Shuning uchun maktabgacha ta'lim tashkilotlarida " Ilm fan va tabiat" markazida paremik janrlarni o'rganish bolalarning tabiatni his etish, ulardan ma'naviy zavq olish, go'zallikka intilish kabi xislatlarining shakllanishida alohida ahamiyatga ega.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: topishmoqlar xalq og'zaki ijodining yo'nalishlaridan biridir. Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirish usullari, vositalarini, ekologik tarbiyaning pedagogik-psixologik imkoniyatlarini ochish zaruriyati alohida dolzarblik kasb etmoqda. Chunki ekologik ta'limning ushbu yo'nalishi bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirishga oid nazariy va amaliy bilimlarni, badiiy-musiqiy, estetik tafakkurni shakllantirishda, ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda dolzarb muammolardan hisoblanadi.

XULOSA: shunday qilib, topishmoqlar ko'proq bolalarning diqqatini tarbiyalaydi, ularning fikrlash doirasini kengaytiradi. Shuningdek, ular bolalarning mantiqiy hamda ko'rgazmali nutqini o'stirish uchun qulay vosita sifatida ham ahamiyatlidir. Bolalar topishmoq javobini topgandan keyin o'z fikrlarini ko'rgazmali vositalar orqali asoslashga o'rgatilsa, foydadan xoli bo'lmaydi. Bu bolalarning mustaqil fikrlash qobiliyatini o'stiradi hamda topishmoq javobining to'g'riligiga nisbatan hech qanday shubha uyg'otmaydi.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Kalit so'zlar: ekologiya, dastur, bolalar, bilim, ko'nikma, malaka, ekologik savodxonlik, topishmoqlar, paremik janr, dunyoqarash, ekologik madaniyat , urf-odat, an'ana, folklorshunoslik.

Iqtibos uchun: Kamilova G.A. Paramerik janrlar vositasida ekologik madaniyatni shakllantirishda psixologik yondashuv. // Inter education & global study. 2024. №5. B. 564-573.

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЙ ПОДХОД К ФОРМИРОВАНИЮ ЭКОЛОГИЧЕСКОЙ

КУЛЬТУРЫ СРЕДСТВАМИ ПАРЕМИЧЕСКИХ ЖАНРОВ_

© Г. А. Камилова1Н

1 Бухарский государственный педагогический институт, Бухарa, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в статье рассматриваются проблемы использования паремических жанров в формировании экологической культуры у дошкольников, психологический подход, принципы выбора загадок, игр с использованием различных методов обучения.

Поскольку дошкольное образование является прочной основой непрерывного обучения, реформирование системы образования является новой задачей. организация воспитательной работы с использованием современных подходов, подготовка детей к школьному обучению на основе качественного образования остается одной из важных задач.

ЦЕЛЬ: требования к подготовке, проведению и анализу обучения в дошкольных образовательных организациях зависят от целей, содержания и организационных форм дошкольного образования. Любое обучение должно быть организовано на основе научной, систематической, понятной, осознанной и активной формы обучения, прочного усвоения знаний с учетом уникальных особенностей обучающихся.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: паремические жанры считаются важным дидактическим средством в воспитании экологической культуры у детей благодаря своей заинтересованности и увлеченности. Поэтому изучение паремических жанров в дошкольных образовательных организациях в центре «Наука и природа» позволяет детям почувствовать природу, получая от них духовное наслаждение, стремление к красоте имеет особое значение в формировании их качеств.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: загадки - одно из направлений фольклора. Сегодня особую актуальность приобретает необходимость раскрытия методов, средств и педагогико-психологических возможностей экологического воспитания детей дошкольного возраста. Потому что данное направление экологического воспитания является одной из актуальных проблем формирования теоретических и практических знаний, художественно-музыкального, эстетического мышления, духовно-нравственного воспитания детей.

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: таким образом, загадки больше воспитывают внимание детей, расширяют диапазон их мышления. Они важны и как удобное средство для развития логической и наглядной речи детей. Найдя ответ на загадку, детей учат обосновывать свои мысли с помощью наглядных пособий. Оно развивает у детей способность мыслить самостоятельно и не вызывает сомнений в правильности ответа на загадку.

Ключевые слова: экология, программа, дети, знания, умения, компетенции, экологическая грамотность, загадки, паремический жанр, мировоззрение, экологическая культура, обычай, традиция, фольклор.

Для цитирования: Камилова Г.А. Психологический подход к формированию экологической культуры средствами паремических жанров. // Inter education & global study. 2024. №5. С. 564-573.

PSYCHOLOGICAL APPROACH TO THE FORMATION OF ECOLOGICAL CULTURE BY MEANS OF PAREMIC GENRES_

© Gulmira A. Kamilova1®

1Bukhara State Pedagogical Institute, Bukhara, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: the article examines the problems of using paremic genres in the formation of environmental culture in preschoolers, a psychological approach, principles of choosing riddles, games using various teaching methods. Since preschool education is a solid foundation for lifelong learning, reforming the education system is a new challenge. Organizing educational work using modern approaches, preparing children for school based on quality education remains one of the important tasks.

AIM: requirements for the preparation, implementation and analysis of training in preschool educational organizations depend on the goals, content and organizational forms of preschool education. Any training should be organized on the basis of a scientific, systematic, understandable, conscious and active form of training, solid acquisition of knowledge taking into account the unique characteristics of students.

MATERIALS AND METHODS: paremic genres are considered an important didactic tool in the education of environmental culture in children due to their interest and passion. Therefore, the study of paremic genres in preschool educational organizations in the Science and Nature center allows children to feel nature. , receiving spiritual pleasure from them, the desire for beauty is of particular importance in the formation of their qualities.

DISCUSSION AND RESULTS: riddles are one of the areas of folklore. Today, the need to reveal the methods, means and pedagogical and psychological possibilities of environmental education of preschool children is especially relevant. Because this area of

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал 2024, №5

Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

environmental education is one of the pressing problems of forming theoretical and practical knowledge, artistic and musical, aesthetic thinking, spiritual and moral education of children.

CONCLUSION: thus, riddles educate children's attention more, expand their range of thinking. They are also important as a convenient tool for the development of logical and visual speech of children. Having found the answer to the riddle, children are taught to substantiate their thoughts with the help of visual aids. It develops children's ability to think independently and does not raise doubts about the correctness of the answer to the riddle.

Keywords: ecology, program, children, knowledge, skills, competencies, environmental literacy, riddles, paremic genre, worldview, environmental culture, custom, tradition, folklore.

For citation: Gulmira A. Kamilova. (2024) 'Psychological approach to the formation of ecological culture by means of paremic genres', Inter education & global study, (5), pp. 564-573. (In Uzbek).

Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari faoliyatini integratsiyalash, mashg'ulotlarning mazmunini boyitish bilan birgalikda tarbiyalanuvchilarning bilim olishga bo'lgan qiziqishini ham oshiradi.

«Intergratsiya»so'zi lotincha integratio-tiklash, o'rnini to'ldirish , «integer); butun so'zidan kelib chiqqan.Integratsiya-bu mashg'ulotlarning differensial jarayon davomida yaqinlashuvi va bog'liqligidir. Differensiatsiya (frans. differentiation, lot. Differentia-farqlanish, farq), ixtisoslashish-dastlab bir xil elementlardan iborat bo'lgan tizimning sifat jihatidan farq qiladigan bir qancha qismlarga ajralib ketishi hisoblanadi.

Integratsion jarayon mashg'ulotlar orasidagi bogliqlikni yangi, yuqori darajada o'zaro aloqadorlik bosqichi bo'lib, o'zini yuqori ko'rinishda namoyon etadi, deb ta'riflaydi taniqli pedagog Nargiza Abdusamatova. U maktabgacha yoshdagi bolalarning kognitiv qobiliyatini rivojlantirishda integratsiyadan foydalanish bo'yicha qimmatli fikrlar bildirgan.

Shularga muvofiq maktabgacha ta'lim tashkilotlarida integratsion yondashuv asosida mashg'ulotlarni tashkil etish shart-sharoitlarini quyidagicha belgiladik: 1 .Tarbiyachi-pedagoglarning zamonaviy innovatsion ta'lim jarayoniga tayyorgarlik darajasi. 2. Integratsion ta'lim bo'yicha ta'lim muassasasining moddiy-texnika bazasi holati. 3.Integratsion ta'limni tashkil etishda tarbiyalanuvchilar faolligini oshirish. 4.Integratsion ta'limni tashkil etishda bolalar yosh xususiyatlarini inobatga olish

"Ilk qadam»Davlat o'quv dasturi, O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablarida shunday bilim va malakalar doirasi ajratib ko'rsatiladiki, ular uyushtirilgan mashg'ulotlar jarayonida tarbiyachining rejali ta'lim berishi sharoitida o'zlashtirib boriladi. Ayniqsa ekologik mavzudagi xalq topishmoq, maqol, aforizmlarni tanlash va ulardan foydalanish tasodifiy hol emas, albatta. Pedagog-tarbiyachi ayniqsa bolalar uchun qiziqarli bo'lgan topishmoqlarni tanlashda muayyan tamoyillarga asoslanadi. Bu tamoyillar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin.

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Discussion and results: Riddles are one of the areas of folklore. Today, the need to reveal the methods, means and pedagogical and psychological possibilities of environmental education of preschool children is especially relevant. Because this area of environmental education is one of the pressing problems of the formation of theoretical and practical knowledge, artistic and musical, aesthetic thinking, spiritual and moral education of children.

1 .Topishmoqlarning tushunarlilik tamoyili. Topishmoqlarning bolalar uchun tushunarli bo'lishi uchun tanlashning eng muhim tamoyilidir. Zero, bola topishmoqning mazmuni, talabi, nimaga o'xshatilayotganligi bilan tanish bo'lmasa, uning javobini topolmaydi. Bu tamoyil bolalarning bilio' imkoniyatlarini hisobga olishni, imkoniyatlar o'sishi bilan topishmoqlarni murakkablashtirish borishni talab etadi. Osondan mrakkabga, ma'lumdan noma'lumga qarab borish, ko'rgazmalilikdan unumli foydalanish topishmoqlarning tushunarliligini ta'minlaydigan vositadir.

2.Topishmoqlarning bolalarni ruhiy-ma'naviy asosda rivojlantirish va tarbiyalashga qaratilganligi. Har qanday topishmoq boladan aqliy fikrlashni, o'z miya faoliyatini tarbiyalab borishni, hayotdagi narsa va hodsalarning o'ziga xos belgi-xususiyatlarini zukkolik bilan kuzatib, uning inson va turmush tarzi bilan bog'liq chegaralarini aniqlab olishni, shuningdek, har bir narsa-hodisaning hayotdagi o'rnini baholay bilishni talab etadi. Bu esa bolalarning diqqatini, kuzatuvchanligini, tevarak-atrofga nisbatan ziyrakligini, bilimni muntazam ravishda oshirib borishni taqozo etadi.Paremik janrlarning boshqa namunalari singari topishmoqlar ham o'ziga xos ruhiy-ma'naviy dunyoqarashni rivojlantirishgaqodir. Jumladan, aksariyat tabiat hodisalari, o'simliklar va hayvonlar haqida yaratilgan xalq topishmoqlari bolalarning Ona-Vatan bilan bog'liq tuyg'usini uyg'otib, ularni Ona-vatan va uning boy hamda go'zal tabiatiga nisbatan muhabbatini oshiradi. Shuningdek, xalq topishmoqlari bolalarning estetik didini, ya'ni go'zallikni his etish va tushunish qobiliyatini tarbiyalaydi hamda shu orqali ularning murg'ak qalbida axloqiy fazilatlarning qaror topishi zamin hozirlaydi. Mazkur tamoyilning voqelanishi topishmoqlarning milliyligi, ularning ona tabiat va bu tabiatniasrashga undovchi mohiyatga egaligi, tevarak-atrofni sevish va ardoqlashga yo'naltirilganligidan iborat tarbiyaviy ta'sir etish ko'lami bilan chambarchas bog'langan. Ushbu tamoyil dasturga bolalarning topishmoq vositasida voqelikka munosabatini shakllantiradigan, ko'nikmalari tizimini rivojlantiradigan bilmilarni kiritishni zaruriyatga aylantiradi.

3.Topishmoqlarning ko'rsatmalailigi tamoyili. Topishmoqlarda garchi narsa yoki hodisalarning belgisi, shakli, hatti-harakati, holati vazifalari atayin yashiringan holda yoki boshqa o'ziga o'xshash nara-hodisaga badiiy qiyoslab berilsa-da, baribir, ularda o'sha topishmoq mavzuiga singdirilgan narsa-hodisaning badiiy obrazi ko'zga yorqin tashlanib turadi. Katta guruh tarbiyalanuvchilari uchun xalq topishmoqlarini tanlashda ko'rsatmalilik muhim ahamiyat kasb etadi.Avvalo, ko'rgazmali qurollar bolaning qiziqishini oshiradi; topishmoq mazmunining tushunilishini osonlashtiradi va unga javob topishda ko'maklashadi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

4.Topishmoqlarning faoliyat mavzusi bilan aloqadorligi tamoyili. Topishmoqlar ma'lum mavzu doirasida aniq tizimga solinib, bolalarga nimanidir o'rgatish maqsadida tizimlashtirib aytilishi bolalarning dunyoqarashi va bilimini rivojlantirishda qo'l keladi va mashg'ulot mazmunining tushunilishini ancha osonlashtiradi.\

5.Topishmoqlarning real bilish imkoniyatlariga hamda ularning qiziqishlariga asoslanganligi. Bu tamoyil, avvalo, bolalarning oldindan topishmoq bilan ishlashga o'rgatilganligi bilan bog'liq. Agar ular maktabgacha ta'lim tashkilotining kichik yoshidan boshlab bolalarbop, sodda va oson topishmoqlar ustida ishlashga o'rgatilgan bo'lsa, keyinchalik ular ustida ishlash oson kechadi. Bolalarning real bilish imkoniyati ularning yosh va shaxsiy ruxiy xususiyatlari bilan ham chambarchas bog'langan. Shubhasiz, tanlanadigan topishmoq bolalarning yosh xususiyatiga mos kelishi va ularning qiziqishlarini oshirishga yo'naltirilishi lozim. Ekologik mavzuda shunday topishmoqlar borki,, kichik maktabgacha yoshdagi bolalar u yoqda tursin, hatto katta maktab yoshidagi bolalar ham ularda javob topishda qiynalishadi. Chunonchi: "Qora tuyam qochayapti, qumalog'in sochayapti" (bulut, do'l); "Shunday urdim qilichni, Buxoro borib zangor oshdi " ( yashin) ; "Ding-ding cho'loq, ding cho'loq, otasiga go'r qazir " (tomchi), " Opon-opon,eski chopon, yorug' yulduz, egri qo'biz" ( tuya, oyog'i, o'rkachi, ko'zi, dumi); " Jumboq aytdim yo'l-yo'l, tomizig'i tol-tol, to'qson yeldan yurakli, buni top-chi, chirog'im "( yo'lbars); " Go'ng tepada o't yonar"(bo'ri) singari topishmoqlar shunday topishmoqlar sirasiga kiradi. Topishmoqlarda, odatda, bolalarga tanish hamda ularni bevosita o'rab turgan jonli va jonsiz tabiat hodisalari, shuningdek, ularning kundalik faoliyati bilan bog'liq narsalar ataylab yashiringan holda badiiy ifoda etiladiki, bu holat bolalardan mustaqil fikrlashni, topqirlikni, ziyraklik va zukkolikni, tevarak-atrofga nisbatan e'tiborli va diqqatli bo'lishni taqozo etadi. Natijada, bolalarning qiziqish doirasi yanada kengayadi. Ma'lumki, deyarli barcha xalq topishmoqlarida yashiringan narsa yoki hodisalarning obrazli tasviri bolalar uchun tanishdir.Chunki bola ularni o'z hayoti davomida real ko'rib, kuzata boradi. Shuning uchun ham xalq topishmoqlari har xil badiiy tasvir bilan hamisha muvofiq keladi. Qolaversa, bolaga tanish va qadrdon bo'lgan narsa, hodisalarning yashirin shaklda topishmoqda berilishi, sirlashtirilishi unga cheksiz zavq va shavq bag'ishlaydi hamda uning qiziqish doirasini yanada kuchaytiradi.

6.Topishmoqlarning bosqichma-bosqich murakkablashib borish tamoyili. Topishmoqlarni bolalr hukmiga havola etayotganda ularni bosqichma-bosqich murakkablashtirib borish muhim ahamiyatga egadir. Chunonchi, kichik yoshdagi bolalar uchun ko'rinishi sodda, kam so'zli topishmoqlardan foydalanilsa, katta yoshdagi bog'cha bolalariga o'ylash, fikrlash, qiyoslash va xulosalar chiqarishni talab qiladigan murakkab tuzilishli topishmoqlar tavsiya etiladi.

7.Topishmoqlarning bolalar faolligini oshirishga qaratilganligi tamoyili. Bu tamoyil, avvalo, xalq topishmoqlariga qiziqish uyg'otish bilan belgilanadi. Chunki, har qanday faollikning zamirida qiziqish uyg'otadi. " Qiziqish",-deb qayd qiladi A.Shukshina,-bilimga bo'lgan intilishdir".

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Intilish shaxsning psixik xolati bo'lib, u noma'lumdan ma'lumga qarab borish yo'li sanaladi. Tanlanadigan xalq topishmog'i bolalarda qiziqish uyg'otsagina, tarbiyachilar faollashadi. Qiziqish-tanlanadigan topishmoqning murakkablik darajasi, jumboqlangan narsaning bolaga tanish yoki notanishligi, oqqorani, yaxshi-yomonni taniy boradilar.

Bolalarning aytilayotgan topishmoqning mazmunini puxta o'zlashtirishlarini ta'minlash maqsadida quyidagi usullardan foydalanish mumkin: a) topishmoqning matnini aniq, ravon qilib yoddan aytish. So'ngra yana bir bor takrorlash; b) topishmoqni aytayotganda jumboqlangan narsaning belgilari sharti ko'chim orqali boshqa narsaga qiyoslab ko'chirilgan bo'lsa, qiyosdagi narsani qiyoslanuvchi narsaga nisbatan mimikalar va hatti-harakatlar yordamida tasvirlab ko'rsatish; v) topishmoqda yashiringan narsaning ta'kidlanayotgan eng muhim belgilarini alohida ohang bilan takrorlab aytish; g) topishmoqda yashiringan narsani topishga yordam beruvchi qo'shimcha savollar tuzishtva bolalarga berish hamda ularga javob olish.

Masalan: Uzun terak, Soyasi yo'q.

Topishmog'ini yechish uchun "terak qanaqa daraxt?", " U qanday o'sadi ?", " Uzunligi jixatidan yana nimani terakka o'xshatish mumkin?" kabi savollardan foydalanish mumkin.

Shu bilan birgalikda mashg'ulotda o'qitish metodlari va usullarini aniq tanlash kerak. Faoliyatlarda, ayniqsa maktabgacha ta'limning tayyorlov guruhlarida mashg'ulotda mavzuni o'rganish usullarining rang-barangligi tarbiyachi oldindan nazarda tutgan muayyan tizim va tartibga bog'liq. Tarbiyalanuvchilar bola kabi aniq tizim va tartib bilan fikr yuritsalar, ular materialni oson va yaxshi o'zlashtiradilar.

Mashg'ulotga yaxshi tayyorgarlik ko'rilgan, mashg'ulot yaxshi tashkil etilgan va jihozlangan bo'lishi lozim. O'qituvchi mashg'ulotning rejasi va ishlanmasini tuzadi, mashg'ulot qismlari va bosqichlarining ketma-ketligini: mashg'ulotni qanday boshlash va qay tarzda tugatish lozimligini, mashg'ulotda qaysi ko'rsatmali o'quv qurollari va texnika vositalaridan foydalanish mumkinligi va hokazolarni belgilab oladi. Hatto pedagogik mahoratni to'la egallagan tajribali tarbiyachi ham mashg'ulotga ishlanmasiz, tayyorlanmay kirishga jur'at qilmaydi.

Tarbiyachilarning ish tajribasidagi eng yaxshi, ilg'or metod va usullarni o'rganish va o'zlashtirish, yangi bilmlarni tushuntirish va o'tilgan mavzuni takrorlashning samaraliroq yo'llarini izlab topishga shaxsan intilish zarur. Ijodkorlik bugungi kun tarbiyachisi faoliyatining xarakterli xususiyatidir. Maktabgacha ta'lim tashkilotining tayyorlov guruhida mashg'ulot tashkil etishda tashabbuskorlik,topqirlik, ijodkorlik ko'rsatish ayniqsa muhimdir.

O'quv materialini o'rganishning turli vazifalari, yo'llari, usul va formalari vujudga keladi, buning natijasida mashg'ulotning juda ko'p turlari, uning har xil ko'rinishlari paydo bo'ladi. Mashg'ulotlarni tipiga qarab turkumlash aniq ma'lum sharoitlarda mashg'ulotning eng maqsadga muvofiq tipini tanlashga yordam beradi. Har bir mashg'ulot tipining ma'lum tuzilishi va xususiyatlari bor, bu narsa tarbiyachining o'quv materialini to'g'ri va samarali tushuntirishiga, takrorlashiga va uning o'zlashtirilishini nazorat qilib borishiga yordam beradi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Mashg'ulotlarni o'quv materialini o'rganishning didaktik maqsadlariga qarab turkumlash eng ko'p tarqalgan, maqsadga muvofiq va foydali usuldir. Ana shunday turkumlash asosida mashg'ulotlar quyidagi tiplarga bo'linadi6 tarbiyachi bir mashg'ulotning o'zida yangi mavzu bo'yicha ma'lumot beradigan, bilimlarni mustahkamlaydigan yoki takrorlaydigan, ularning bilimini nazorat qiladigan integratsion mashg'ulotlar; yangi ma'lumotlarni tushuntirib berish mashg'ulotlari; bilimlarni mustahkamlash mashg'ulotlvari, bilmilarni takrorlash mashg'ulotlari; tarbiyalanuvchilar bilimini nazorat qilib, tekshirish va baholash mashg'ulotlari.

Integratsion mashg'ulotlar ayniqsa maktabga tayyorlov guruhlar uchun juda muhimdir. Tarbiyachi integratsion mashg'ulotda bolalarni uyushtiradi, ularni yangi materialni o'rganishga tayyorlik darajasini nazorat qiladi. Yangi mavzuni tushuntiradi va uni bolalar xotirasida yaxshi qoldirish uchun topshiriqlar beradi, ilgari o'tilgan mavzuni takrorlashga harakat qiladi, bolalarning mashg'ulotni qanday o'zlashtirganini tekshiradi va ularning eng yaxshi javoblarini baholaydi, mashg'ulotni boshqa mashg'ulotlar bilan bog'lab o'tadi. Bunday mashg'ulotlar bolalar uchun qiziqarli bo'ladi.

Didaktik maqsadga qarab, integratsion mashg'ulotning ma'lum qismi vaqti va ahamiyati jihatidan asosiy qism bo'lishi va natijada u boshqa tipdagi mashg'ulotga, masalan, yangi mavzuni takrorlash mashg'ulotiga aylantirish mumkin.

Tarbiyachining mahorati va tajribasi, uning bolalar psixologiyasini va bilish faoliyati qonuniyatlarini bilishi mavzuni tushuntirish vaqtidayoq uning bolalar o'quv materialini qanday o'zlashtirib olganini bilib olishga imkoniyat beradi. Bolalar tarbiyachining tushuntirishlarini osonlik bilan tez anglab olishsa, o'quv materiali eslab qolish shuncha oson kechadi. Mashg'ulotda mavzuni tushuntirishga sarflanadigan vaqt mazkur guruhlardagi bolalarning psixologik, yosh xususiyatlariga bog'liq: ular bir xil aqliy ish ustida uzoq vaqt diqqat bilan ishlashga qiynaladilar. Shuning uchun tarbiyachi yangi tushunchalar, fikrlar va qoidalarni qisqacha qilib tushuntirishga intiladi, so'ngra esa bolalar faoliyatining xarakterini o'zgartirib, ularga mashqlar, mustaqil bajariladigan va amaliy topshiriqlar beradi.

Tarbiyachi integratsion mashg'ulotlar davomida mavzuni takrorlab boradi. Mashg'ulotning bu bosqichida u tevarak-atrofdagi narsalar, ularning ish-harakatlari va belgilari to'g'risida bolalarda umumlashtirilgan tasavvur paydo qiladi. Bolalar bir nechta narsalarning nomini ralash-quralash qilib emas, balki muayyan tizimda aytadilar6 tosh, daryo, qirg'oq, o'tloq, gullar, daraxtlar, bug'doy, qio'loq, shahar va hokazo. Bu holda mazkur narsalarning tasviri bolaning xotirasida yaxshiroq saqlanib qoladi, chunki uning ongida tevarak-atrofdagi dunyoning har xil tomonlari haqida umumlashgan tasavvur paydo bo'ladi. Bola daryodagi baliqlarni ko'z oldiga keltirganida daryodagi turli xil turdagi baliqlar va qushlarni ham esga olishga intiladi.

Tarbiyachi bolalarning e'tiborini o'zlari tilga olayotgan narsalarning ish-harakatiga qaratadi: tosh yemiriladi, daryo oqmoqda, o'tloq ko'm-ko'k bo'ladi. Bolalarda tevarak-atrofdagi voqelikda bo'lgan narsalarning ish-harakatini umumlashtirib tasavvur qilish an'anasi hosil bo'ladi. So'ngra ularda narsalarning belgilari to'g'risida obrazli umumlashgan

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

manzara paydo bo'ladi: tosh og'ir, daryo tez oqar, o'tloq chiroyli, daraxtlar baland va hokazo. Natijada, bolalarda narsa, ish-harakat va ularning belgilarini umumlashtirib tasavvur qilish an'anasi paydo bo'ladi.

Tarbiyachi ta'lim vazifalarini aniqlashda dastur talablari va tarbiyalanuvchilarning rivojlanganlik darajasidan kelib chiqishi kerak. U yoki bu mashg'ulotning mazmunini tanlashda ish tizimidagi mazkur mashg'ulotning o'rnini boshlang'ich bilimlarning shakllanishi yoki ularning boyitilishi, bilimlarni tizimga solish, bilimlarni amalda qo'llashga bolalarni mashq qildirish va hokazolarni aniqlash kerak bo'ladi.

Dastur mazmunini bolalar asta-sekin o'zlashtirganlari sababli, turli metodlarni qo'llagan holda uni takrorlab turish kerak. "Ilk qadam»davlat o'quv dasturida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda bolalarning yoshi, individual xususiyatlari va ehtiyojlari, mintaqaning madaniy va tarixiy xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi.Katta guruh tarbiyalanuvchilari bilan " Ilm-fan va tabiat" markazida "Mavsumiy o'zgarishlar " mavzusida "Ko'prikcha " texnologiyasi asosida tashkil etilgan mashg'ulot

Tarbiyachi: Bolajonlar, sizlar bilan "Mavsumiy o'zgarishlar" mavzusida suhbatlashamiz.

Hozir qaysi fasl? Bu faslda o'lkamizda qanday o'zgarishlar yuz beradi ?

Bolalarning javoblari tinglanadi.

Tarbiyachi: to'g'ri bolajonlar, kuz faslidagi o'zgarishlarni bilar ekansizlar.

Siz nimani rasmini ko'rayapsiz? ( tarbiyachi ko'prikcha rasmini ko'rsatadi) Ha, bu ko'prikcha. Ko'prikchada nimalarni ko'rayapsizlar? To'g'ri, zinachalarni.

Sizlar menga kuz faslida qanday o'zgarishlar bo'lishini aytsangiz, men ko'prikchaning har bir pog'onasiga siz aytgan javoblarni yozib chiqaman. Natijada, biz kuz faslidagi mavsumiy o'zgarishlarni yana bir bor takrorlab olamiz. Ko'prik pog'onachalari tugagach, biz boshqa faslga qadam qo'yamiz. Qani boshlay5.miz. Mavsumiy o'zgarish - havolar biroz soviy boshlaydi Mavsumiy o'zgarish-daraxt barglari sarg'ish tusga kiradi Mavsumiy o'zgarish-ba'zida kam-kam yomg'ir yog'a boshlaydi Mavsumiy o'zgarish-bulutlar pag'a-pag'a bo'lib, osmonda suzib yuradi. Mavsumiy o'zgarish-issiqsevar qushlar issiq o'lkalarga uchib keta boshlaydi Mavsumiy o'zgarish-poliz va sabzavotlar to'liq pishib yetiladi Mavsumiy o'zgarish-daraxt barglari butunlay sarg'ayib to'kila boshlaydi. Mavsumiy o'zgarish-daraxtlar yalang'och bo'lib qoladi Mavsumiy o'zgarish-dalalarda ish ancha kamayib qoladi . Mavsumiy o'zgarish-paxtalar pishib yetiladi.

Demak, bu o'zgarishlar kuz faslida sodir bo'ladi. Ana qaranglar, ko'prikchamiz ham to'lib qoldi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Tarbiyachi: Men sizlarga topishmoq aytaman, qani bilasizlarmi?

Oyog'Iyo'q,qo'liyo'q, eshik ochar. (Shamol)

Ko'zgako'rinmas, qo'lga tutilmas. (Havo)

Bolalarga topishmoqlar haqida ko'p ma'lumot berilgani sabab, javobini tez topadilar.

Barakalla bolajonlar, bugun sizlar bilan kuz mavsumida bo'ladigan o'zgarishlarni yana bir bor takrorlab oldik.

Yuqorida berilgan texnologiya orqali bolalarga ta'limiy markazlarda mustaqil topshiriqlarni bajarishga o'rgatib boriladi. Bolalar aynan o'rganilayotgan mavzu bo'yicha topishmoq, maqollarni biladi va mazmunini tushunib yetadi. Bolalar ko'z o'ngida ma'lum bir ma'noda tasvir paydo bo'ladi. Bu bolalarda markazlarda ishlash ko'nikmasini oshiradi, ularda qiziqish va topshiriqlarni bajarish istagi paydo bo'la boshlaydi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Такомиллаштирилган "Илк кадам " Давлат укув дастури. Тошкент.2022 йил.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2. Ф.Р.Кодирова. Мактабгача таълимда замонавий ёндашувлар модули буйича укувуслубий мажмуа. Тошкент-2018 й

3. Г.Камилова . Халк Ofзаки ижоди-мактабгача ёшдаги болаларда экологик маданиятни шакллантириш воситаси сифатида. Ta'lim va innovatsion tadqiqotlar (2023 йил № 10)

4. Г.Камилова . Мактабгача ёшдаги болаларни халк Ofзаки ижоди намуналари билан таништириш муаммолари.Pedagogik mahorat.ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2023, № 10

5. Г.Камилова. Мактабгача ёшдаги болаларда паремик жанрлар воситасида экологик маданиятни ривожлантириш модели. "Pedagogik akmeologiya" xalqaro ilmiy-metodik jurnal. 5(7)2023

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

HKamilova Gulmira Alimovna, maktabgacha ta'lim kafedrasi professori v/b, p.f.n, [Камилова Гульмира Алимовна, профессор и/о кафедры дошкольного образования, к.п.н.], [Gulmira A. Kamilova, Professor of the Department of Preschool Education and/or, PhD in Pedagogical Sciences.]; manzil: O'zbekiston, Buxoro sh. X. Mushkin ko'chasi 37 uy [адрес: Узбекистан, ул. г. Бухара.улица Х. Мушкина 37 дом], [address: Uzbekistan, Bukhara, street H. Mushkina 37 house]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.