Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz
3(4/2), April, 2023
TOPISHMOQLARDA MA'NO KO'CHISH TURLARI
Mahmudova Nargiza Ravshanovna
Farg'ona davlat universiteti Ingliz tili kafedrasi katta o'qituvchisi
Xoshimova Mashxuraxon Shuxratjon qizi
Farg'ona davlat unioversiteti Lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligi magistranti E-mail : mashkhurakhoshimova909420gmail .com
Ushbu maqolada o'zbek xalq topishmoqlarida ma'no ko'chish turlari, topishmoqlarning struktur semantik jihatlari hamda ularning uslubi haqida so'z boradi. Xalq og'zaki ijodining eng ixcham va quvnoq janrlaridan biri bo'lgan topishmoq janri azal-azaldan barcha xalqlarda ham donolik, zukkolikni aniqlovchi hamda aqlni charxlovchi va insonlarda xushyorlikni oshirishga xizmat qiluvchi eng asosiy vositalardan biri sifatida e'tirof etiladi. Ular inson kamolotida muhim o 'rin tutuvchi unsurlardan biridir.
Kalitso'zlar. Topishmoq, jumboq, xalq og'zaki ijodi, metafora, istiora, ko'chma ma'no, shakl va mazmun, obrazlilik, badiiy tasvir, jonlantirish.
In this article we try to give some information about types of transferring the meaning in Uzbek folk riddles, the structural semantic aspects and the style of riddles. The riddles which is one of the most concise and funny genres offolk art, has been recognized as one of the main tools for determining wisdom, ingenuity, and increasing people's vigilance in all nations since time immemorial. They are one of the elements that play an important role in human development.
Key words. Riddle, folk literature, metaphor, transferring the meaning, structure and meaning, characterization, literary exposition.
O'zbek xalq topishmoqlarini ilmiy asosda o'rganish jarayonida ushbu xalqning milliy o'ziga xosligi, qadriyatlari, mentaliteti bilan bog'liq holda, yaratilgan topishmoqlarni tadqiq qilishga harakat qildik va xalqimiz folklorining boshqa xalqlar folklori bilan o'zaro mushtarak hamda o'ziga xos bo'lgan farqli jihatlari mavjudligiga guvoh bo'ldik. Bu maqolamizda biz ushbu ishimizdagi asosiy tadqiqot obyektimiz bo'lgan topishmoqlarning tuzilishi, mazmuni hamda ularga xos bo'lgan leksik, sintaktik va grammatik hodisalarni tahlil qilamiz.
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(4/2), April, 2023
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Topishmoqlar shakl va mazmun jihatdan xilma-xildir. Ularga nazar tashlaydigan bo'lsak bir qatorli darak gap shaklidagi, bir qatorli so'roq gap shaklidagi, to'rt qatorli, so'zlari o'zaro qofiyadosh bo'lgan she'r shaklidagi, o'zaro savol javob -javob asosiga qurilgan aytishuv shaklidagi, va hattoki topishmoq asosiga qurilgan ertak va dostonlarni ham uchratishimiz mumkin.
Masalan: "Yer tagida oltin qoziq -
U hammaga bo'lar oziq ". (Sabzi)
Mazkur ikki misrali she'r shaklidagi topishmoq o'zbek xalqi orasida mashhur bo'lib, uning javobi sabzi ekanligi ko'pchilikka ma'lum. Yuqoridagi topishmoq ham boshqa ko'plab topishmoqlar singari metafora asosiga qurilgan bo'lib, "oltin qoziq" o'xshatishi orqali sabzining tus jihatidan oltin rangiga yaqinligi, shaklan qoziqqa o'xshash bo'lib, uning asosiy qismi tuproq ostida bitishi va tanovul qilish mumkinligiga ishora qilinadi. Shu asnoda topishmoqni topishi kerak bo'lgan tinglovchilar aytilgan belgilarga tayangan holda topishmoqning javobini topishga harakat qiladilar.
Topishmoqlar shaklan nihoyatda ixcham, muxtasar bo'lishiga qaramay, badiiy tasvir vositalariga juda boydir. Topishmoqlarning uslubi metafora (istiora), ko'chim, kinoya, qochirma yo'li bilan so'zlarni ko'chma ma'noda ishlatish orqali, yashirilayotgan narsa va hodisalarning belgilariga ikkinchi bir narsa-hodisalarning belgilarini qiyoslash, o'sha belgilarga imo-ishora qilishdan iboratdir.
O'zbek xalq topishmoqlarining asosiy qismini metaforaga asoslangan topishmoqlar tashkil etadi. Metafora bu - muayyan bir narsa yoki hodisaning tashqi ko'rinishi jihatidan boshqa bir narsaga o'xshashligi asosida ma'no ko'chish turi bo'lib, u topishmoqlarda tasvirdagi obrazlilikni ta'minlashga xizmat qiladi. Masalan: "Atrofi chakalakzor, o'rtasi yorug' yulduz", bu topishmoqda jumboqlanayotgan narsalardan birinchisi kipriklar, ko'chim esa "chakalakzor", ikkinchi jumboq ko'z bo'lib, unga nisbatan "yorug' yulduz" ko'chimi mohirona ishlatilgan. Ya'ni "Atrofi chakalakzor" ta'rif bilan ko'z atrofidagi kipriklar ko'zni xuddi chakalakzordek o'rab turishiga ishora qilinsa, "o'rtasi yorug' yulduz" deya, kipriklar o'rtasida chaqnab turguvchi ko'z nazarda tutiladi.
Yoki: "Yer tagida qizil ximich", bunda jumboqlanayotgan narsa chuvalchang, ko'chim esa ximich.
Metaforaga asoslangan topishmoqlarning ancha murakkab, savol-javob tarzida tuzilgan turlari ham uchraydi. Masalan:
U nimadir quv yog 'ochdan og 'zi bor, U nimadir o'rtasida mag 'zi bor,
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(4/2), April, 2023
U nimadir yelkasida og'zi bor, U nimadir suv ostida qimirlar?
Ko'rinib turganidek, yuqoridagi topishmoqning har bir qatorida bittadan savol tarzidagi jumboq yashirilgan. Bu topishmoqning javobi ham xuddi qo'yilgan savol kabi she'riy shaklda, ko'p tarkibli bo'lib, quyidagicha ifodalanadi: U tandirdir, quv yog 'ochdan og 'zi bor, Bug 'doy bo 'lar, o 'rtasida mag 'zi bor, Tegirmondir, yelkasida og 'zi bor, Baliq bo 'lar, suv ostida qimirlar.
Bu xildagi savol-javobga asoslangan topishmoqlar anchayin murakkab bo'lib, ulardagi jumboqlanayotgan narsani topish tinglovchidan topqirlik va ziyraklikni talab qiladi.
Ba'zi bir topishmoqlarda metafora jonlantirish usuli bilan namoyon bo'ladi. Masalan:
Qora botir otdan tushdi, Askarlari o'rab olishdi.
Ushbu topishmoqda metafora jonlantirish usuli bilan namoyon bo'lgan. Topishmoqning javobi qozon va kosalar bo'lib, "qora botir" birikmasi metafora asosiga qurilgan bo'lib, u orqali qora qozon nazarda tutiladi. "Otdan tushdi" birikmasi esa jonlantirishga yaqqol misol bo'la oladi, ya'ni topishmoqning birinchi misrasida qozonning o'choqdan olinishini "qora botirning otdan tushishi" misolida obrazli ifodalanyapti. Ikkinchi misrada ham xuddi shunday ham metafora ham jonlantirish usuli qo'llangan.
Yuqorida ta'kidlaganimizdek, topishmoqlarning aksariyati o'xshatish san'ati asosiga qurilgan. Buning sababi topishmoqlarda ikki yoki undan ortiq tushunchani farqli jihatlarini qiyoslash, taqqoslash orqali jumboqlangan predmetni topishga ishora qilinadi. Odatda qiyosning ikki turi farqlanadi, bunda qiyoslashning maqsadidan kelib chiqiladi. Agar ikki predmet yoki tushuncha ular o'rtasidagi farqni ko'rsatish maqsadida qiyoslangan bo'lsa, sof qiyosiy konstruksiya shakllanadi.
Masalan: Otdan baland, itdan past. (Egar)
Qiyoslash, o'xshatish maqsadini ko'zda tutganda esa o'xshatish konstruksiyasi shakllanadi.
Masalan: Po 'sti qalin, qovoqday, Beli bog'li tanobday, Mevasi sarig' yog 'day. (Yong 'oq)
Yoki:
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz
3(4/2), April, 2023
Oqligi sutday,
Ko 'kligi nilday, O 'tirishi bekday. (Zag 'izg 'on)
Ba'zi topishmoqlar narsaning bajaradigan vazifasiga, harakatiga, uning nimadan yoki qanday ishlanganligiga qarab, shu xususiyatlar asosida yaratilishi mumkin.
Masalan: "Qo 'li yo 'q, oyog'i yo'q, uy poylar" (qulf).
Mubolag'a yo'li bilan yaratilgan topishmoqlar ham anchagina bo'lib, ularda ma'no ko'chish xodisasi bo'rttirish orqali sodir bo'ladi.
Masalan: "Bir chuqurda ming chuqur" (angishvona).
Yoki, "O 'zi bir qarich, soqoli ming qarich " (igna-ip) kabi.
Ba'zi topishmoqlar so'zlarning ohangdosh bo'lib kelishiga ya'ni qofiyadoshligiga asoslanadi. Bunday turdagi topishmoqlar shaklan she'rga o'xshash bo'lib, ularni aytilishi ham eshitilishi ham ayniqsa bolalar uchun qiziqarlidir.
Masalan: "Zuv-zuv borar,
Ko'rinib turganidek, topishmoqlar shakl va mazmun jihatidan rangbarang bo'lishi bilan birga, ularning yaratilish usuli va maqsadi ham farq qiladi. Shu bilan birga topishmoqlarni tadqiq qilish ham tilshunoslikning eng qiziqarli va dolzarb masalalaridan biridir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Z.Husainova. O'zbek topishmoqlari. Toshkent, Fan. 1966
2. Topishmoqlar. O'zbek xalq ijodi, ko'p tomlik, T.,1983.
3. M.Jo'rayev, G'.Eshonqulov. Folklorshunoslikka kirish. Toshkent, Turon-Iqbol
4. M.Sapamiyozova. O'zbek xalq topishmoqlarida gap bo'laklari tartibi /"O'zbek tili va adabiyoti"/ 2005, 3s.
5. Umida Qobulova. Topishmoqlarning struktur tahlili /O'zbek tili va adabiyoti/, 2005, 4-son.
6. Nargiza Maxmudova, Khoshimova Mashkhura, The meaning of riddle in folklore.
Zuv-zuv kelar, Doston o 'qir,
G 'alvir to 'qir " (ari).
Yoki, "Osti tosh, usti tosh,
O 'rtasida jonli bosh " (toshbaqa).
2018.