R 0#
XITOY TILIDA TOPISHMOQ VA RIVOYATLI TOPISHMOQLAR
TAHLILI
d https://doi.org/10.5281/zenodo.6653504
Quliyeva Durdona Asliddinovna
Samarqand davlat chet tillari instituti o'qituvchisi, ilmiy rahbar
Niginabonu Jurabekovna Vaxabova
Samarqand davlat chet tillari instituti, Sharq tillari fakulteti,filologiya va tillarni o'qitish (xitoy tili) yo'nalishi talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola hozirgi xitoy tilida topishmoqlarning ifodalanishiga qaratilgan bo'lib, jumboqli matnlarning kelib chiqish tarixi va ularning turlarga bo'linishi haqida o 'rganilgan. Shunning bilan birga, maqolada xitoy topishmoqlarining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari haqida fikr yuritiladi. Topishmoqlarning semantik-funksional tuzilishi va struktur tuzilishi o 'rganib chiqilgan.
Kalit so'zlar: topishmoq, rivoyatli topishmoq, yasalish va javobni aniqlash metodlari.
This article focuses on the expression of riddles in modern Chinese and explores the history of the origin of puzzle texts and their classification. At the same time, the article discusses the formation and development stages of Chinese riddles. The semantic-functional structure and structural structure of puzzles are studied. Keywords: riddles, narrative riddles, construction and answer methods.
В данной статье основное внимание уделяется выражению загадок в современном китайском языке, а также исследуется история происхождения текстов-загадок и их классификация. В то же время в статье рассматриваются этапы становления и развития китайских загадок. Изучена семантико-функциональная структура и структурная структура головоломок.
Ключевые слова: загадки, сюжетные загадки, способы построения и решения.
ABSTRACT
АННОТАЦИЯ
KIRISH
Har bir xalq o'zining xalq og'zaki ijodiga ega bo'lib, ular o'z navbatida bir necha turga bo'linadi. Xitoy folklorida keng uchraydigan topishmoq va rivoyatli topishmoqlar tarixi bundan 3500 yil oldingi vaqtga borib taqaladi. Yozma va og'zaki adabiyot rivojlangani sari, topishmoqlar ham xalq orasida keng tarqalib borgan. Ma'lum davrga kelib esa, topishmoqlarni ilm-fan darajasiga chiqarishgan.
Topishmoqlarda xalq hayoti, turmush tarzi, urf-odatlari yoritilib berilgani uchun, asosan, oddiy xalq tomonidan tez-tez foydalanilgan. Boylar va kambag'allar o'rtasidagi adolatsizlik o'sha davrlarda topishmoqlar orqali ifodalab berilgan.
Topishmoqlar xitoy xalqining rivojlangan folklor janrlaridan biri hisoblanib, tuzilishi va ma'no jihatidan bir necha turlarga bo'lingan. Yozma adabiyotda ham, topishmoqlardan tez-tez foydalanilgan bu esa, o'z navbatida, asarning yanada chuqur mazmunga ega bo'lishini ta'minlagan. Xitoyda topishmoq janri Min va Sun sulolalari davrida rivojlangan hamda shu davr oralig'ida topishmoqlar soni ortib borgan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Xitoyda topishmoq janrining o'rganilishi XX asrning 10-30-yillari davrida bo'ldi, bunda nafaqat xalq og'zaki ijodidan yig'ilgan topishmoqlar to'plami yaratildi balki, topishmoqlar ilmiy jihatdan tahlil etilgan kitoblar ham yozildi. Topishmoqlarning tuzilishiga ko'ra, ko'p usuldagi turlari yaratildi. 1908-yilda " ("Topishmoq") kitobi nashr qilindi. Xitoy adabiyotida topishmoq bo'yicha mutaxassis ^ Zhang qalamiga mansub " Tuo yuan chun deng hua
("Bahor payti bog'da taqillagan ovoz") kitobi ommaga taqdim etildi.
Topishmoqlarning tarixi, ularning kelib chiqishi haqida ham kitoblar nashr etilgan, xususan, 1928-yilda Xitoyning janubiy qismi "Topishmoqlar tarixi kitobi" chop etildi. ^^ Chen guang tomonidan "Topishmoqlarni o'rganish" kitobi xitoy tilida ("ii^^" Miyu yanjiu) nashr etildi. Ushbu asar xitoy tilidagi topishmoqlarni aniqlovchi vazifasini bajarishini, xitoy tarixini rivojlantirishini bayon etib o'tgan.
Xitoyda topishmoqlar rivojlanishining yangi bosqichi XX asrning 80-yillaridan boshlandi. Bunga asosiy sabab, reformaning o'zgarishi insonlarning fikrlashiga turtki bo'lganligidir. O'tgan asrlarda topishmoqqa oid bir nechta umumiy jamlanma kitoblar nashr etilgan bo'lsa, endilikda ya'ni 1989-yilda (Shiyong
dengmi xiao cidian) "Amaliy topishmoqlar to'plami" asari yartildi va ilk bor xitoy topishmoqlar tarixida ilmiy kitob bilan topishmoqlar birlashtirildi. Bu yillarda topishmoqlarga oid ko'plab ilmiy izlanishlar olib borildi sababi, yildan-yilga topishmoqchilik sohasiga qiziquvchilar soni ortib bordi.
293
Hozirgi davrga kelib topishmoqlarning rang-barang turlari mavjud bo'lib, xitoy topishmoqlarining eng keng tarqalgan turlaridan biri bu, iyerogliflarga yashiringan jumboqli matnlar hisoblanadi.Bunday topishmoq turlarida, asosan, iyeroglif yasovchi tayoqchalar "bi hua" (^0)larga yoki iyeroglif kalitlariga jumboq javobi yashirilgan bo'ladi.
Quyida bir necha misollarni ko'rib o'tsak:
1. Chi zhong méiyôu shuï Ushbu topishmoqning javobini topish uchun uni tarjima qilib olamiz. Ko'lmakda suv yo'q deb tarjima qilsak va ko'lmak so'zidan "H,^^"(san dian shui) uch tomchi suv kalitini olib tashlasak, topishmoqning javobini topgan bo'lamiz. Ya'ni, javob "tà" (ye) iyeroglifi ekan.
2. Cuôshôubùji. Bu topishmoqning javobini toppish uchun esa, chap tomonda berilgan (ti shou pang) qo'l kalitini tushurib qoldiramiz, shunda javob "^"(xi) iyeroglifi bo'ladi.
Xitoy adabiyotida hozirgi kunda topishmoqlarning ko'p turlari tarqalib borishi bilan ularning javobini topish usullari ham bir nechani tashkil etadi.
1. "èffe" Huiyi fa tushuntirishsiz topishmoq javobini toppish usuli. Masalan, " Lian shàng dài gouzi, tou jiao guà shànzi. Si gen cu zhùzi, yïtiao xiao biànzi0 Ushbu topishmoqda bir hayvonning tana a'zolari haqida aytilgan bo'lib, o'g'iz, yelpig'ich, uzun dum kabi so'zlar keltirilgan. Mana shu so'zlardan kelib chiqib javobni aniqlasak bo'ladi. Topishmoq javobi: fil-^^(da xiang).
2. Jiafa qo'shish usuli orqali topishmoq javobini topsak bo'ladi. Bunday usulda asosan, iyerogliflarni bir-biriga qo'shish orqali javob aniqlanadi. Misol uchun, "—^p—^^^" o Yï jia yï bùshi èr . Topishmoqning javobi :ï(wang) qirol.
3. Bïjiào fa qiyoslash usuli bilan topishmoq javobi topiladi. Bu usulda topiladigan topishmoqlar tarkibi antonym so'zlardan tashkil topadi. Masalan, "—-^io Yïbian bai, yïbian huang. Yïbian rou, yïbian gang. Yïbian baonuan, yïbian liang. Bir tomoni oq, bir tomoni sariq, bir tomoni kesilgan, bir tomoni isitadi, bir tomoni sovutadi. Javobi: f^(jin) —kapron.
Topishmoq va boshqotirma. Bu ikki so'z bir-biriga o'xshab ketsa-da, ularning farqli tomonlari mavjud. iii^(miyu) topishmoq oddiy xalq tomonidan soda tuzilgan
bo'lib, unda so'zlar faqat bir ma'noda ishlatiladi. Masalan,
^M^Piifi^" Xiongdi qTba ge, weizhe zhuzi zuo, dajia yi fenshou, yTfu dou che po. Yetti aka-uka bir cho'ponning atrofida yig'ilgan, biri bo'linsa, barchasi kiyimsiz qoladi. Topishmoq javobi:^(suan) sarimsoq.
ffi(deng mi) boshqotirmaga keladigan bo'lsak, unda keltirilgan iyerogliflar bir necha ma'noni anglatib keladi. Yashirilgan predmet haqida to'liq ma'lumot beriladi, uning hajmi, rangi, ovozi, harakati tushuntirilib beriladi. Misol qilib quyidagi boshqotirmani keltirsak bo'ladi; Mi^^ffi^Io @
^{S^lRIP" o Jiemei gaodT shiba ge, zhan zai yTqi ba huashuo. YTnwei haoshuo zhu zhukou, zhu zhu zhege wen nage. Tarjimasi: Opa singillar balandligi 18 songa teng, ular turgan holatda gaplashishadi, chunki gaplashayotganlarida o'g'izlarini to'sib qo'yishadi, to'sishganda unisi bunisidan so'raydi. Uning tuzilishi guyidagicha: ^ § ^ ^ (jumu wu qin) hech kimni tanimaydigan joyda paydo bo'lib qolish. Buning ma'nosi shunday: (gege) (2 ta
ge iyeroglfi) va unga ^ (sheng) iyeroglifini qo'shsak "^"(sheng) nay iyeroglifi hosil bo'ladi.
Boshqotirmalar xitoy tarixidagi har bir sulola davrida turlicha nomlangan va rivojlanib borgan. Hozirgi kunda ^Ti(dengmi),^T^(deng hu),#^T(chundeng) kabi nomlaridan foydalaniladi.
Boshqotirmaning tuzilishida qat'iy qonun mavjud bo'lib, tarkibi 3 qismga bo'linadi. Ya'ni, ^M(mimian)-boshlang'ich qism; (mimu)-nechta iyeroglifdan tashkil topganlik qismi; ii^(midi)-javob qismi. Boshlang'ich qismi uning javobini tasvirlaydi, ba'zida javob bilan boshlang'ich qism o'rin almashadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Xitoy tilida iyeroglifli topishmoqlar " ^ii"(zimi) Xitoy madaniyatida va yozuvining o'ziga xos xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Xitoy iyerogliflari jumboqli va qiziqarli hamda kalitlardan tashkil topganligi uchun ularning alohida o'rni bor. Xitoyda iyeroglifli topishmoqlardan tashqari belgili topishmoqlar ham mavjud bo'lib, ularning javobini aniqlash birmuncha murakkabdir. Topishmoqning javobini tez va oson toppish uchun uning yaratilish usullarini o'rganish kerak. Belgili topishmoqlarning tuzulish usullaridan bir nechtasini ko'rib chiqsak.
1. Iyerogliflar yordamida tuzish;
2. Ma'no ifodalanishiga qarab tuzish;
3. Chiziqlarning ifodalanishiga qarab tuzish;
4. Jonlantirib tasvirlash.
Rivoyatli topishmoqlar xitoy tilining qiziqarli ko'rinishidir, ular hayotiylikni tasvirlaydi, metafora orqali inson aqlini charxlaydi; rasm orqali narsalarning asosini tushuntiradi. Rivoyatli topishmoqlarning kelib chiqishi qadimgi Xitoy xalqining hayotiga bog'liq bo'lgan, ming yillar davomida rivojlangan va Xitoy millatiga, madaniyatiga katta aql boyligi sifatida kirib keldi. Rivoyatli topishmoqlar bolalarning fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi, ularning aqlini o'sishiga yordam beradi, ularni hushmuomala, o'yin o'ynashga va tahlil qilishga o'rgatadi. Quyida rivoyatli topishmoqlarga misol keltiramiz va tahlil qilamiz:
fr^w, fiAo mwMM^mtt,
^mim
^^m^o
^f^Ho
mfrn^f,
Tarjimasi: Vuzi Suy va vazir o'rtasidagi topishmoq
Vuzi Suy Chu davlatidan edi. Kurashuvchi podsholiklar davrida Wu davlati shifokori, harbiysi va strateg olimi bo'lgan. U birinchi marta ertalab ko'chaga chiqqanida, og'ir bo'lgan temir qilichini olib chiqdi, qirol vazirning bilimini sinab ko'rmoqchi bo'ldi. Vazir vaziyatni tushundi va o'ylanib turib,javob berdi:
Aka va uka bir jinsda,
Uka va akaning ismi bir.
Akasining tog'da sharpasi bor,
"Sharq tillarini o'qitishning dolzarb VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 24
masalalari" mavzusidagi ilmiy-amaliy ^ ISSN 2181-1784
konferensiya SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7
Ukasining yorqin kelajagi bor.
Bu to'rt qator she"r topishmoqdir. Avvaliga u Vuzi Suy javobini topishini aytdi. Vuzi Suy vazirni ko'rganida o'zicha o'yladi, inson o'zining qobiliyatini ko'rsatishi kerak. U umuman javob bermadi, lekin kulib to'rt misra she"r o'qiy boshladi:
Qor parchalari bor qor yo'q, Qutisi bor sandig"i yo'q. Senda bori menda yo'q, Hayrli ish qilsang bo'ladi.
Vazir bu gapni eshitib, hayron qoldi va Vuzi Suyga to'xtamasdan qo'lini ko'tarib ta"zim qildi: "Kechirasiz!" "Kechirasiz!" . Aslida vazir va Vuzi Suy topishmoqlarining javobi bitta iyeroglif. Ikkalasining javobi ham Xiang
iyeroglifidir. Ma"nosi: ministr. Vazirning she"ridagi ÄXiöng va Di iyerogliflari ajraladi. ^Mu va |Mu iyerogliflarini birlashtirsak. Xiang hosil bo'ladi. Vuzi Suy aytgan "#" NT iyeroglifi vazir so'ziga ishora qiladi. ^SXiängguo yoki SShuäng,^Xiäng hamma iyerogliflarda "xiang" mavjud.
Ao
m?
Tarjimasi: Tambur topishmog'i
Gao Shuang ismli Janub tomondagi sulolarning saroyida aqlli kuchli, hazilkash, hech kim bilan ortiqcha gaplashmaydigan va o'ziga ishongan odam yashagan. Uning yaqin do'sti Sun Bao ham bor edi; u semizroq beli ham o'nta kelardi. U saroyning ya"ni qirollikning boshlig'i bo'lgandan so'ng, Gao Shuang do'stiga e'tiborsizroq bo'lib qoldi. Bir kuni Gao Shuang Sun Baoni yana ko'rishga borganida, Sun Bao unga umuman e"tibor qilmadi va qaramadi. Gao Shuangning juda ham jahli chiqadi, eshikdan tashqariga chiqib ketayotganida, tamburni olib ustiga she"rli topishmoq yozdi:
Migratsiya sakkiz "chi" ga teng,
Qorin oshqozonday bir, "cun"ga teng.
Yuz terisi juda qalin bo'lsa,
Kutilmaganda qiyinchiliklar boshga tusharkan.
Gao Shuang bu so'zlarni yozib bo'lib, jimgina ketdi. Bu to'rt misra she"r birinchidan tambur ustiga katta-kichik tartibida yozilgan, ikkinchidan yurak bo'm-bo'shligini bildiradi, uchinchidan ular chuqur ma"noga ega.Bu to'rt misra she"r topishmoqdir va tambur ustiga yozilgan bo'lib ular topishmoq tartibini yasaydi. Gao Shuangning she'rli topishmog'ining ma"nosi unchalik chuqur yozilmagan.She"rli topishmoqning ishorasi tamburga Sun Baoning xarakterini solishtirib hajviya bilan yomon odamligi tushuntirilgan.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xalq topishmoqlari ko'p asrlar davomida yosh avlodning aqliy, axloqiy va estetik tarbiyasida muhim manba bo'lib keldi. Ayniqsa, xalq donishmandligining qomusi bo'lmish topishmoqlar xalq pedagogikasida katta o'rin egallaydi.
Xalq og'zaki janrlari orasida topishmoqlar o'ziga xos o'rin tutadi. Topishmoqlar shakl jihatdan ixcham bo'lib, ularda fikr chuqur, aniq, ravshan ifodalangan bo'ladi.
Xitoy tilidagi topishmoqlarda moddiy olam o'zining g'oyat rang-barangligi, turfa xil ko'rinishi bilan aks etgan. Shuning uchun topishmoqlarda aniq predmet nomlari va shunday predmetlarning belgi-xususiyatini keng manoda bildiruvchi so'zlar nihoyatda keng ifodalangan. Topishmoqlar ko'zda tutilgan mazmun yoki fikrni iloji boricha ixcham, ta"sirchan, odatdagidan boshqacha, o'ziga xos yashirin
298
ifodalashga intiladi. Undagi obrazlilik ham shunga xizmat qiladi. Shu bilan voqelikdagi narsa-hodisalarni qiyosan anglash, his etish, o'rganishga keng imkon yaratadi. Mantiqiy, obrazli-poetik tafakkur rivoji uchun eng qulay va muhim vosita bo'lib xizmat qiladi.
REFERENCES
1. "^ШПМШ" 1989 ^o
2. ¥o
3. Пш^ФШГ №)\mmrn o 2013 ^
4. -i^ffl^-o^M^faffiitto 2014^0
5. www.twirpix.com
6. Джураев, Д. (2020). Талабаларни таълим жараёнида хитой тилига укитиш самарадорлигини ошириш методлари. Иностранная филология: язык, литература, образование, (1 (74)), 124-127.
7. Джураев, Д. (2021). ХИТОЙ ТИЛИНИ У^ИТИШ0ДА ТАЛАБА ХАРАКТЕРИНИНГ АДАМИЯТИ. АКТУАЛЬНОЕ В ФИЛОЛОГИИ, 1(1).
8. Джураев, Д. М. (2017, January). ИСТОРИЧЕСКИЕ ПРЕДПОСЫЛКИ ОБУЧЕНИЯ И МЕТОДЫ ПРЕПОДОВАНИЯ КИТАЙСКОГО ЯЗЫКА В УЗБЕКИСТАНЕ. In Актуальные вопросы преподавания китайского и других восточных языков в XXI в. (pp. 84-88).
9. Odil ogli, T. I. (2021, October). Qadimgi Xitoy Madaniyatining Shakllanishi. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 137-139).
10. Tojiboev, I. O. U. (2021). CHINESE ARCHITECTURE. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(8), 40-42.
11. Odil o'g'li, T. I. The history of the origin of the Chinese language and the work done to date.