Научная статья на тему 'TOPISHMOQNING PRAGMADIKTAL BELGILARI "TOG'AY MUROD ASARLARI MISOLIDA"'

TOPISHMOQNING PRAGMADIKTAL BELGILARI "TOG'AY MUROD ASARLARI MISOLIDA" Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

96
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
prgamadiktal belgilar / umumiy yashirin ma'nolar / xususiy yashirin ma'nolar / topishmoq.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mexrinoz Yaxyojon Qizi Yoqubjonova

Ushbu maqolada pragmadiktal ma'nonining tarkibiga kiruvchi topishmoqlar haqida so'z boradi.Tog'ay Murod asarlaridagi topishmoqlardan namunalar beriladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TOPISHMOQNING PRAGMADIKTAL BELGILARI "TOG'AY MUROD ASARLARI MISOLIDA"»

TOPISHMOQNING PRAGMADIKTAL BELGILARI "TOG'AY MUROD

ASARLARI MISOLIDA"

Ushbu maqolada pragmadiktal ma'nonining tarkibiga kiruvchi topishmoqlar haqida so'z boradi.Tog'ay Murod asarlaridagi topishmoqlardan namunalar beriladi.

Kalit so'zlar: prgamadiktal belgilar,umumiy yashirin ma'nolar, xususiy yashirin ma'nolar,topishmoq.

Matnda so'zlovchi nazarda tutgan axborot har doim ham verbal ifoda tarkibida to'liq ma'noda oshkora bayonga ega bo'lavermaydi. Ko'pincha oshkora bayon qilinmagan,ammo so'zlovchi ichki maqsadi aks etgan yashirin mazmun ko'rinishlarini matn mazmuniy strukturasidan ilg'ab olish,tinglovchi,nutq ishtirokchilariga katta mas'uliyat yuklaydi.Buning uchun so'zlovchi,tinglovchi hamda nutq ishtirokchilari nutq vaziyati va sotsial kontekstdan to'liq xabardor bo'lish bilan birga verbal ifodaning mazmuniy tuzilishidagi nozik ifoda qirralarini anglash uchun o'sha tilga xos ma'no ottenkalarini bilishi shart.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Umumyashirin atamasi lingvistik tushuncha sifatida bayon qilingan yashirin ma'noning barchasini qamrab oluvchi mazmunni anglatadi.Ta'rifdan anglashiladiki,yashirin ma'no ko'rinishi faqat bir shakldan iborat bo'lib qolmasdan,u bir necha ko'rinishlardan iborat bo'ladi.Umumyashirin atamasining lug'aviy ma'nosi matnda verbal ifodalab bo'lmaydigan yoki verbal bayon maromiga yetmagan holatda so'zlovchi ishora qilgan va tinglovchi anglab olishi lozim bo'lgan noshakliy mazmun ko'rinishidir.

Umuman, yashirin mazmun ifodalash shakllari turlicha ko'rinishlardan iborat bo'lganligi uchun ularni dastlab ikki guruhga ajratib olamiz.

1.Umumiy yashirin ma'nolar.

2.Xususiy yashirin ma'nolar.

Umumiy yashirin ma'nolar so'zlovchi,tinglovchi va barcha

Mexrinoz Yaxyojon qizi Yoqubjonova

Andijon davlat universtiteti talabasi

ANNOTATSIYA

KIRISH

nutq ishtirokchilari anglab olishi mumkin bo'lgan yashirin

April, 2022

ma'nolardir.Ularga ibora,replika,matal,maqol,topishmoq va shu kabilar kiradi. Bunday matnlar orqali ifodalangan tagma'nolar har qanday nutq ishtirokchisi uchun ma'lum bo'lishlik belgisi bilan xarakterlanadi.

Topishmoqlar xalq og'zaki ijodining eng qadimgi va ommaviy janri bo'lib, jahondagi barcha xalqlar folklorida uchraydi. Topishmoqlar qo'llangan matnlarda diktal mazmunning o'zi yashirin ma'no ifodalash uchun xizmat qiladi. Shuning uchun topishmoqdagi yashirin ma'no pragmadiktal yashirin ma'no deb yuritiladi. Tog'ay Murod asarlari misolida topishmoqdagi pragmadiktal ma'nolarga e'tiborimizni qaratsak.

-Kelinglar, topishmoq aytamiz,-dedi.-Xo'p binoyi gap,-ma'qulladi ayollar.

Aytishuvni Xoldon momo boshlab berdi.

-Men aytsam,uzun-uzun iz ketdi ,uzun bo'ylik qiz ketdi-qasavasi qarsillab,manglayi yerga tarsillab.Bu nima?

-O'rmak (T.Murod.Oydinda yurgan odamlar B-85)

Topishmoqqa e'tiborimizni qaratsak yashirin ma'noni yuzaga chiqarayotgan so'zlarga uzun-uzun, iz, qasava, manglay kiradi.

Bilamizki qasava uzun dokadan ayollar boshiga qo'yiladigan karton tutqich va unga o'ralgan ro'mol.Manglay esa peshona.Aynan shu qasavaning qarsillashi va manglayning tarsillashi pragmadiktal ma'noni bildiryapti ya'ni, qarsillash va tarsillash orqali uning dastgoh ekanligiga ishora qilyapti. O'rmak sholcha yoki gilam to'qiydigan mahalliy dastgoh hisoblanadi.

-Kichkina qozonning oshi shirin.

-Yong'oq (T.Murod Oydinda yurgan odamlar B-85)

Topishmoqdagi pragmadiktal ma'noni yuzaga chiqaradigan so'zlarga qozon va shirin so'zlari daxldor. Bevosita qozon va shirin so'zini eshitganda insonning miyasiga tanovul qilinadigan narsa keladi. Tinglovchi o'z-o'zidan o'ylanishni boshlaydi va tanavvul doirasidagi barcha narsalarga ahamiyatini qaratadi.

-Bukri momom buk etdi,yugurib uyiga kirib ketdi.

Matndagi yashirin ma'noni yuzaga chiqargan eng kuchli so'z bu yugurib.Yugurib so'zini eshitish bilan insonning ongida odam va jamiki hayvonlar yugura olishi yuzaga keladi.Lekin topishmoqda odamning so'ralishi g'alizligi sabab, tinglovchi topishmoqning javobi hayvon ekanligiga ishorani anglaydi.

-Tog'ni talaydi

-Bolta (T.Murod.Oydinda yurgan odamlar B-85)

-Sichqon

April, 2022

Keyingi topishmoqqa ahamiyat bersak, ikki so'zdan iborat bir qarashda murakkab bolgan, pragmadiktal ma'noni ko'ramiz.Talamoq so'zidan kelib chiqib pragmadiktal ma'noni aniqlashimiz kerak .Talamoq so'zini biz turlicha talqin qilishimiz, albatta bu matndan kelib chiqqan holda bo'lishi lozim. Tog'ni talaydigan yulib-yulqiydigan predmet bu tig'li metall asbob ekanligini,chuqur mulohaza bilan aniqlashimiz mumkin.

-It emas,irillamas,odam emas,uyga qo'ymas.

-Qulf (T.Murod Oydinda yurgan odamlar B-86)

Topishmoqdagi pragmadiktal ma'nolarni yuzaga kelishiga asos bo'lgan so'zlarga it hamda uy so'zlari misol bo'la oladi. Bu so'zlarni eshitganimizdayoq,o'z-o'zidan uyga bog'liq detal xayolimizga keladi.Bu esa o'z navbatida topishmoqning javobi topilishiga imkoniyat yaratadi.

Xulosa qilib aytganda,maqol, matal, replika kabi janrlar muayyan davrada bir xilda tushunilsa,topishmoq asosidagi mazmun faqat tinglovchining pragmatik imkoniyati darajasida tushuniladi. Shuning uchun undagi pragmadiktal ma'nolar faqatgina zukko va topqir insonlar tomonidan topiladi deya olamiz.

REFERENCES

1. M.Hakimov O'zbek pragmalingvistikasi asoslari.T-2013

2. Sh.Safarov Pragmalingvistika T-2008

3. Tog'ay Murod "Oydinda yurgan odamlar" T-2017

XULOSA

April, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.