Научная статья на тему 'O’QUVCHILARINING FIKRLASH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHDA TOPISHMOQLARNING O’RNI'

O’QUVCHILARINING FIKRLASH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHDA TOPISHMOQLARNING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
563
98
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o’quv jarayoni / mantiqiy fikrlar / savol-javob / tez aytish / mantiqiy tafakkur.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nigora Safarova, Mexrigul Yusupova

Topishmoqlar yosh bolalar uchun juda qiziqarli bo’lib, ularning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda ular juda katta rol o’ynaydi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’QUVCHILARINING FIKRLASH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHDA TOPISHMOQLARNING O’RNI»

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

O'QUVCHILARINING FIKRLASH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHDA TOPISHMOQLARNING O'RNI Nigora Safarova

filologiya fanlari nomzodi,dotsent Mexrigul Yusupova

BuxDUPI 2-kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7339583 Annotatsiya. Topishmoqlar yosh bolalar uchun juda qiziqarli bo'lib, ularning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda ular juda katta rol o'ynaydi.

Kalit so'zlar: o 'quv jarayoni, mantiqiy fikrlar, savol-javob, tez aytish, mantiqiy tafakkur.

Oquv jarayonida ertaklar bilan bir qatorda topishmoq, tez aytishlardan keng foydalaniladi. Boshlangich sinf darsliklarida bir necha mavzularga va narsa-buyumlarga oid maqollar, topishmoq va tez aytishlar berilgan. Bular, albatta, o'quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantiradi.

Mantiqiy tafakkurni o'stirishda topishmoqlarga javob topish matematik masala, misol yechish bilan teng kuchga ega. Ba'zi o'quvchilar topishmoqlarga javob topishni ermak deb biladilar. Afsus, bunday o'ylashlari noto'g'ri. Chunki har bir topishmoq aytilganda o'quvchi aqlni ishga soladi, o'ylaydi, fikrlaydi. Topishmoqlarni o'quvchilar solishtirish va qiyoslash yo'li bilan javobini topishga intiladilar. Topishmoq matnini o qish orqali o quvchilar avvalo, topishmoq janriga xos xususiyatlari o'rganadilar, to'g'ri o'qish malakasini egallab beradilar. Topishmoq javobini topishda yashirin berilgan belgi, predmet, voqea-hodisalarga asosiy e'tiborini qaratadi. O'qituvchi, topishmoqni o'qiyotganda uni doskaga yozib qo'yadi yoki topishoq yozilgan kartonni doskaga ilib qo yadi. Topishmoqning mazmuni tushuntirib bo'lingach, uni o'quvchilar daftariga kochirib oladilar, o'quvchilar topishmoqning javobini topgach, uning to'g'rimi yoki noto'g'ri ekanligini topishmoq mazmunidan va qoshma ma'lumotlardan bilib oladilar. Topishmoqqa javob topish oquvchini tetiklashtiradi, Charchagan vaqtda dam beradi. Ba'zi bir oqish darslarini kuzatganimizda, juda ham zerikarli o'tilganligiga guvoh bo'lganmiz. Shunday paytda, ya'ni oquvchilarda zerikish, toliqishni sezganda "Topishmoq topish" o'yini o'tkazilsa, o'quvchilar tetiklashib, darsga qiziqishlari ortadi, hamda ular madaniy xordiq ham oladilar. Topishmoqlar 1-4 sinflarning savod o'rgatish, imlo va nutq o'stirishga doir darslarida o'rganiladi. Asosan, o'quvchilar 1-4 sinflarning o'qish va nutq o'stirish darslarida topishmoqlarni ogzaki aytish bilan oz nutqlarini boyitadilar.

Masalan: "Alifbe" kitobidagi Rangi oppoq, qor emas, Yumshoqqina par emas. Topishmoqning mazmuni tushuntirilgach, javobni topish o quvchilarga topshiriladi. "Paxta" javobini topishmoq matniga asosan to g riligi aniqlanadi. Topishmoq matni yordamida, javobni tekshirib bolingach, ifodali oqish mashqi otkaziladi. Topishmoqni ifodali oqishda uning mazmuniga e'tibor beriladi. Masalan, 2-sinf "o'qish kitobi"da mavzular bo'yicha berilgan topishmoqlarni ko rib o taylik. Bu topishmoqlarni o qituvchi ifodali o qib beradi, o quvchilar bunda topishmoq mazmunini tushunib olishlari kerak. Har bir topishmoq oqilgach, qisqacha chuhbat o tkaziladi. - Topishmoqda nimalar deyilgan? - Qani, topishmoqni kim esda saqlab qoldi? kabi Topishmoqda berilgan belgilariga qarab topishmoqning javobi topilgach, uning javobi tekshirib koriladi.

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

Oyog'i yo'q qochadi, Qanoti yo'q uchadi.

Bu topishmoqning javobini yozib qoyiladi. Topishmoq javobi matn mazmuniga qarab tekshiriladi va o'quvchilar havroning xususiyatlari haqida ma'lumotga ega boladilar.

Topishmoq matnida ayrim oqilishida xatoga yo'l qo yilishi mumkin bo'lgan holda ma'nosi tushunarsiz bo'lgan sozlar ham uchrab turadi. Mana shunday sozlar ustida ishlanadi.

Masalan: Kichkina dekcha, Ichi tola mixcha.

Bu topishmoqda "dekcha" so'zining ma'nosiga o'quvchilar tushunmasligi mumkin, bundan dekcha - quticha degan ma'noda berilgan deb tushuntiriladi.

Topishmoqlarni qayta oqish orqali asosiy ma'noni bildirgan sozlarni aniqlash juda ham muhim.

Masalan: Pak-pakana bo'yi bor, Etti qavat toni bor.

Bu topishmoqda yashirin predmetning asosiy ma'nosini bildirgan sozlar "pak-pakana", "etti qavat toni "deb ko'rsatiladi. o'quvchilar topishmoqlarning yaratilishi tarixi haqida ham bilimga ega bo lishi kerak. Xalqimiz oz qilgan mehnatlari davomida, yashash tarzidan kelib chiqqan holda, tabiat hodisalarning kuzatib ulardan xulosa chiqarib, mana shunday topishmoqlar yaratganliklarini, hozirda esa fan texnikaning rivojlanishiga asosan koplab yangi topishmoqlar yaratilayotganini ma'lumot beradi. Topishmoq matnini o'qish davomida o'quvchilar she'riy va nasriy asarlarni o'qish metodikasi bilan ham tanishtirib boriladi.

Ba'zi topishmoqlar she'riy uslubda yozilgan boladi.

Masalan, 3-sinfda berilgan she'riy uslubdagi topishmoqlar shular jumlasidandir.

Agar men sizga aytsam, Toni yashil beqasam.

Toni ustida oq yo'l, Hosil sersuv, mol-kol.

Yulduzchadek guli bor, Urug'i ichra qotor.

Chanqoqni bosar biling, - Aytaylik, bu.....

Bunday topishmoqlarni o'quvchilargsha mfodali qilib o'qish va yodlash mumkin.

Topishmoqlarning javobini topish o'quvchilar uchun diqqatni bir joyga to'plab, o'ynashni talab qiladi.

Bunda topishmoqlarda yashirin berilgan predmetni eslatish juda muhim. o quvchilar uchun ba'zan topishmoqlarning javobini topish qiyinchilik tug'diradi. Bunday vaqtda o'sha predmetni ko'rsatish mumkin yoki bolmasa yashirin predmeni boshqa predmetlar bilan birgalikda korsatilib, topishmoq matni oqiladi.

Oquvchilar topishmoqda ifodalangan predmet xususiyatini berilgan predmetlar orasidan qidiradilar va mos kelganini topib topishmoqning javobi ekanligini tekshirib, koradilar. Topishmoqning javobini topishda eslatish yo'lini aytib o'tgan edik. Biror bir topishmoqning javobini topishdan oldin, o'qilgan matndan yoki she'rdan predmetni izlash tavsiya etiladi. 3-sinfda berilgan topishmoqlar.

Qorday oppoq, Yungday yumshoq.

Bu topishmoqlarning javoblarini topishdan oldin, o'tilgan "Paxta boyligimiz" mavzusi eslatiladi.

Paxta haqida suhbat otkazilib, uni qanday yig'ib-terib olinadi, uning mehnati juda og irligi haqida qisqacha gapirib o tiladi. Bunda o'quvchilar to'g'ri va aniq fikr yuritishga o'rganadilar, asosiy fikr noma haqida ekanligini tushunib oladilar, topishmovni darslikdagi mavzuga bog'lab o'rganish imkonini beradi.

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

Topishmoqlarning javobini topishda o'quvchilar mustaqil fikrlaydilar, tez va to'g'ri javobni topish talab etiladi. o'qish darslarida topishmoq oqib beriladi yoki yoddan aytiladi, o quvchilar o ylab, javob topadilar. Bunday topishmoqlarga matni murakkab bolmagan topishmoqlar kiradi. 3-sinf darsligidagi topishmoqlar shular jumlasiga kiradi. 1. Qo l bilan sochar, Ogiz bilan orar. 2. Qolsiz, oyoqsiz eshik ochar.

Topishmoqlarni kartochkalarga yozib ham tarqatish mumkinn, bunda o quvchilarga topishmoqning javobini topishni aytiladi. o'quvchilar topishmoq javobini topishga kirishadilar va topgach, shu o'quvchi topishmoqni sinfga baland ovozda oqib beradi, so'ng uning javobini aytiladi. Bu usul juda foydali bo lib, sinfdagi hamma o quvchilar e'tibor bilan topishmoqni eshitadilar, darsda osoyishtalik vujudga keladi, ozlashtirmovchi o'quvchilarning fikralshga, darsda ishtirok etishlariga zamin yaratiladi.

Topishmoqning javobini topishni uyga vazifa qilib berish mumkin. Bunday holda o'quvchi qiynalsa, ota-onasi yoki aka-opalaridan yordam so'raydi. Kelgusi darsda bu topshiriqni o'qituvchi, albatta, tekshirishi lozim. o'tilgan mavzuni so'rash davomida topishmoq javoblari ham soraladi. To'g'ri yoki noto'g'ri topilganligi o'quvchilar yordamida solishtirib tekshiriladi. oquvchini baholash jarayonida topishmoqqa berilgan javoblar hisobga olinadi.

REFERENCES

1. Gafforova T., Shodmonov E., Eshturdiyeva G. Oqish kitobi: 1-sinf uchun darslik.-Toshkent: Sharq,

2007.- 128 b.

2. Shojalilov A., Toshmatova G., Matjonov S., Sariyev Sh. Oqish kitobi: 4-sinf uchun darslik. - Toshkent: O'qituvchi, 2002. - 336 b.

3. Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti va folklor. - Toshkent: Adabiyot jamg'armasi, 2006. - 216 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.