Научная статья на тему 'TOPINAMBUR (Helianthus tuberosus) OʻSIMLIGINING OʻSISH DINAMIKASINING TAHLILI'

TOPINAMBUR (Helianthus tuberosus) OʻSIMLIGINING OʻSISH DINAMIKASINING TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

30
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Topinambur oʻsuv davri / variantlar / “Vadim” navi / “Beliy” navi / yerni ekin ekishga tayyorlash / ekish sxemasi / unib chiqishi / dinamikasi / tahlil qilish. / Jerusalem artichoke growing season / variants / "Vadim" variety / "Beliy" variety / land preparation for planting / planting scheme / germination / dynamics / analysis.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Shahnoza Turgʻun Qizi Pardayeva

Topinambur yer ustki organlarining tuzilishiga koʻra kungaboqarga oʻxshash oʻsimlik hisoblanadi. Topinambur oʻsimligining oʻsish dinamikasini tahlil qilishni, ekish sxemasini, yerni ekin ekishga tayyorlash va ekish jarayonini, topinambur oʻsimligining navlari orasidagi farqlarni, oʻsuv davrining har bir bosqichida variantlar oʻrtasidagi farqlarni oʻrganish toʻgʻrisida ma‟lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Jerusalem artichoke is a sunflower-like plant according to the structure of its above-ground organs. Information on the analysis of Jerusalem artichoke growth dynamics, planting scheme, soil preparation and planting process, differences between Jerusalem artichoke varieties, differences between variants at each stage of the growing season is presented.

Текст научной работы на тему «TOPINAMBUR (Helianthus tuberosus) OʻSIMLIGINING OʻSISH DINAMIKASINING TAHLILI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

TOPINAMBUR (Helianthus tuberosus) O'SIMLIGINING O'SISH DINAMIKASINING TAHLILI

Shahnoza Turg'un qizi Pardayeva

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali magistranti

ANNOTATSIYA

Topinambur yer ustki organlarining tuzilishiga ko'ra kungaboqarga o'xshash o'simlik hisoblanadi. Topinambur o'simligining o'sish dinamikasini tahlil qilishni, ekish sxemasini, yerni ekin ekishga tayyorlash va ekish jarayonini, topinambur o'simligining navlari orasidagi farqlarni, o'suv davrining har bir bosqichida variantlar o'rtasidagi farqlarni o'rganish to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Topinambur o'suv davri, variantlar, "Vadim" navi, "Beliy" navi, yerni ekin ekishga tayyorlash, ekish sxemasi, unib chiqishi, dinamikasi, tahlil qilish.

ABSTRACT

Jerusalem artichoke is a sunflower-like plant according to the structure of its above-ground organs. Information on the analysis of Jerusalem artichoke growth dynamics, planting scheme, soil preparation and planting process, differences between Jerusalem artichoke varieties, differences between variants at each stage of the growing season is presented.

Keywords: Jerusalem artichoke growing season, variants, "Vadim" variety, "Beliy" variety, land preparation for planting, planting scheme, germination, dynamics, analysis.

АННОТАЦИЯ

Топинамбур-растение, похожее на Подсолнух по строению надземных органов. Представлены данные по изучению анализа динамики роста растения топинамбура, схемы посадки, подготовки земли к посеву и процесса посева, различий между сортами растения топинамбура, различий между вариантами на каждой стадии вегетационного периода.

Ключевые слова: период роста топинамбура, варианты, сорт Вадим, сорт Белый, подготовка земли к посеву, схема посадки, всхожесть, динамика, анализ.

May 12-13

725

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Kirish. Topinambur tuganaklari mart oyining ikkinchi o'n kunligida o'rtacha havo harorati 12-150 C ga yetganda ekilib, birinchi poyalar o'ninchi aprelda unib chiqa boshladi. O'simlikni o'suv davrining birinchi bosqichida barcha variantlar orasida kuchli farq kuzatilmadi.

1-rasm. Topinambur dalasini ekishga tayyorlash va sug'arish jarayoni.

Birinchi biometrik o'lchovlar maysalar unib chiqqandan keyingi yigirmanchi kun 30 aprelda o'tkazilib, bunda "Vadim" navida 70x20 va 70x50 sm kuchat qalinligida amalga oshirilgan bo'lmalardagi o'simliklarning o'rtacha balandligi 23 sm, 70x30 va 70x40 sm ko'chat qalinligida amalga oshirilgan, bo'lmalardagi o'simliklarning o'rtacha balandligi esa, 24 sm ni tashkil etdi.

May 12-13

726

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

2-rasm. Topinamburning unib chiqish jarayoni.

"Beliy" navida o'tkazilgan tadqiqotlar bo'yicha quyidagi natijalar olindi: 70x20 sm ko'chat qalinligida amalga oshirilgan bo'lmalardagi o'simliklarning o'rtacha balandligi 23 sm, 70x30 70x40 sm va 70x50 ko'chat qalinligida amalga oshirilgan bo'lmalardagi o'simliklarning o'rtacha balandligi esa, 24 sm ni tashkil etdi.

Ikkinchi muddat 20 mayda amalga oshirilib, 20 kun davomida "Vadim" navining barcha variantlarda o'simlik bo'yi 53-55 sm ni tashkil etgan bo'lsa, bu ko'rsatgich "Beliy" navida 58-61 sm ni tashkil etdi. Oziqlanish maydonining o'simlik o'sishiga ta'siri birinchi qirq kunlikda "Vadim" navini barcha variantlarda deyarli sezilmagan bo'lsa, "Beliy" navida esa, aksincha oziqlanish maydoni ortib borishi bilan o'simlikning o'sishi tezlashib bordi.

Uchunchi biometrik o'lchovlar 10-iyunda amalga oshirilib, har ikkala navda ham o'sish tezligi maksimal holatga ega bo'ldi. Ya'ni 20 kun orasida "Vadim" navi 75-77 sm, "Beliy" navi esa 70-72 sm o'sishi kuzatildi. Bu umumiy o'simlik balandligini 20-21 % ni tashkil etadi. Bu davrga kelib umumiy ko'rinishda esa, har ikkala navda oziqlanish maydoni ortib borishi bilan o'simlik bo'yi ham nisbatan baland bo'lishi qayd etildi.

To'rtinchi biometrik o'lchovlar 30-iyunda amalga oshirildi va quydagilar qayd etildi: o'simlik balandligi "Vadim" navida 70x20; 70x30 sm tup qalinligida ekilgan variantlarda 189 sm, 70x40 variantda 190 sm, 70x50 sm tup qalinligida ekilgan variantda esa, 192 sm ni tashkil etdi. Umumiy xulosa shuki, o'suv davrining bu bosqichida o'simliklar yetarlicha oziqlantirilganda tup qalinligining o'simlik balandligiga ta'siri kuchli sezilmadi.

Beliy" 70x20 sm va 70x30 sm tup qalinligida ekilgan

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

variantlarda 191-193 sm, 70x40 variantda 192 sm, 70x50 sm tup qalinligida ekilgan variantda esa, 195 sm ni tashkil etdi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, "Beliy" navi oziqlanish maydoniga ta'sirchanligi boshqa navlarga nisbatan kuchliroq bo'lib, tup qalinligi kamayishi bilan o'simlik balandligi 191 sm dan 195 sm gacha ortib bordi.

Beshinchi biometrik o'lchovlar 20-iyulda amalga oshirildi. Vegetatsiyaning bu davriga kelib har ikkala navlarda ham o'sish nisbatan sekinlashganligi kuzatildi. "Vadim" va "Beliy" navlarining barcha variantlarida bir xil holat- ya'ni, tup qalinligi kamayishi bilan o'simlik bo'yiga nisbatan tez o'sayotganligi kuzatiladi (1-jadval). Topinamburning har ikkala navlarida ham 20-iyuldan-10- avgustgacha poyalarning o'sish tezligi bir maromda davom etishi ya'ni, har yigirma kunda o'rtacha "Vadim" navida 60-70 sm, "Beliy" navida esa 50-55 sm o'sishi qayd etildi.

1-jadval

"Vadim" va "Beliy" navlarining bo'yiga o'sish dinamikasi

Ekish sxemasi Kunlarda o'simliklaming o'sishi, sm.

30/IV 20/V 10/VI 30/VI 20/VII 10/VIII 30/VIII 20/IX 10/X 30/X

"Vadim" navi

70x20 23 55 114 189 250 310 367 401 412 415

70x30 24 55 115 189 252 309 372 400 413 415

70x40 24 54 114 190 254 312 381 403 410 417

70x50 23 53 115 192 261 320 390 410 415 417

"Beliy" navi

70x20 23 58 120 191 261 314 370 406 410 410

May 12-13

728

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

70x30 24 60 125 193 260 314 370 410 414 415

70x40 24 61 125 192 264 317 371 410 420 420

70x50 24 63 125 195 264 320 375 411 420 420

Oltinchi biometrik o'lchovlar 10-avgustda amalga oshirildi va quyidagi natijalar qayd etildi: "Vadim" navining 70x20 sm, 70x30 sm va 70x40 sm tup qalinligida o'simliklar ekilgan variantlarda o'simlik balandligi 310 -312 sm, oxirgi variantda esa 320 sm ga tengligi qayd etildi.

"Beliy" navida esa, tup qalinligining kamayib borishi bilan o'simlik balandligi 314 sm dan 320 sm gacha ortib borishi kuzatildi.

Biometrik o'lchovlar har yigirma kunda (30-avgust, 20 sentyabr, 10 va 30-oktyabr kunlari) amalga oshirilib, har ikkala navlarda olib borilgan kuzatishlar natijasiga asoslangan holda quyidagi xulosaga kelindi: topinamburning o'rganilayotgan "Vadim" va "Beliy" navlarida oziqlanish maydonining ortib borishi o'simlikning o'sish tezligiga va o'simlik balandligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Topinambur o'simligi gulga kirgandan keyin o'sishi sekinlashishi, tanasida antatsion dog'lar nisbatan kuchayishi kuzatiladi.

Barcha variantlarda o'suv davrining 140-150 kunlaridan boshlab o'simliklarning o'sishi sekinlashishi kuzatiladi. Bu paytda ildiz tuganaklar shakllangan bo'lib rivojlanishi tezlashadi.

Topinambur navlarining poyasi uzunligiga oziqlanish maydonini ta'siri turlicha bo'lib, bu navlarning biologik xususiyatlariga bog'liq holda o'zgarishi kuzatildi. Ya'ni, "Vadim" navida oziqlanish maydoni ortib borishi bilan o'simlik balandligi juda kam (2-3 sm) o'zgarishi kuzatilgan bo'lsa, "Beliy" navi esa, aksincha oziqlanish maydoni ortib borishi bilan o'simlik balandligi ham sezilarli (43 sm gacha) ortib bordi.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, O'rganilayotgan barcha variantlarda oziqlanish maydonining poyalar soniga ta'siri kuzatilganda aniq korrelatsion bog'liqliklar aniqlanmadi. Har ikkala navlarda ham samarali natijalarga erishildi. Lekin ''Beliy'' navi ''Vadim'' navidan ko'ra yuqoriroq samaraga ega ekanligini ko'rishimiz mumkin.

May 12-13

729

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

REFERENCES

1. Elmuradov A. Topinambur seleksiyasi urug'chiligi va etishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish. Samarqand 2009.

2. Сайтов Б., Сафарав А.К., Перспективы исползования топинамбура (Хдуберосус Л) Националный университет Узбекистана Хорезмское академия Маъмуна.

3. Komilova M.M Zarafshon vodiysi sharoitida topinamburning o'sishi,rivojlanishi va hosildorligiga tup qalinligi va ekish sxemalarining ta'siri.Aftorefarat.Samarqand

4. Музычук А.С.,Лапин А.А.,Паско Н.М.,Федосеева Г.П.,Бaгayтдиновa Р.И., Зеленков В.Н., Топинамбур-сенное култура .ж —Картофел и овош,и1№о6 2008.

2008.

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.