Научная статья на тему 'TO‘QIMACHILIK KORXONALARIDA ZAMONAVIY MARKETING FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING NAZARIY VA USLUBIY ASOSLARI'

TO‘QIMACHILIK KORXONALARIDA ZAMONAVIY MARKETING FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING NAZARIY VA USLUBIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
marketing / strategiya / to‘qimachilik / ip-kalava / sanoat / bozor / konyuktura / savdo / eksport.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Mamatqobilov Sherali Normuminovich

Ushbu maqolada respublikamizda faoliyat olib borayotgan to‘qimachilik korxonalarida marketing faoliyatini takomillashtirish yuzasidan o‘tqazilayotgan tadqiqotlar natijalari yoritilgan. So‘ngi yillarda jahonda haridorlar bilan ishlash, tovarlar assortimenti diversifikatsiyasi, sotuv hajmi oshishi uchun yangi bozorlarning o‘zlashtirilishi, xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi natijasida tovar bozorlari sig‘imi ham keskin o‘zgaruvchan bo‘lib bormoqda. Dunyo miqyosida korxonalar tomonidan yangi bozorlarni egallash, sotuv bozorlarini diversifikasiya qilish, xaridorlar ehtiyojini qondirish darajasini oshirishga e’tibor kuchaymoqda. Bunda, tashqi bozorlarga chiqishda strategik marketingni rivojlantirish, bozor konyunkturasiga moslashuvchan marketing strategiyalarini ishlab chiqish, korxonalarda marketing faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TO‘QIMACHILIK KORXONALARIDA ZAMONAVIY MARKETING FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING NAZARIY VA USLUBIY ASOSLARI»

TO'QIMACHILIK KORXONALARIDA ZAMONAVIY MARKETING FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING NAZARIY

VA USLUBIY ASOSLARI

Mamatqobilov Sherali Normuminovich

Toshkent davlat agrar universiteti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.13955063

Annotatsiya. Ushbu maqolada respublikamizda faoliyat olib borayotgan to'qimachilik korxonalarida marketing faoliyatini takomillashtirish yuzasidan o'tqazilayotgan tadqiqotlar natijalari yoritilgan. So'ngi yillarda jahonda haridorlar bilan ishlash, tovarlar assortimenti diversifikatsiyasi, sotuv hajmi oshishi uchun yangi bozorlarning o'zlashtirilishi, xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi natijasida tovar bozorlari sig'imi ham keskin o'zgaruvchan bo'lib bormoqda. Dunyo miqyosida korxonalar tomonidan yangi bozorlarni egallash, sotuv bozorlarini diversifikasiya qilish, xaridorlar ehtiyojini qondirish darajasini oshirishga e 'tibor kuchaymoqda. Bunda, tashqi bozorlarga chiqishda strategik marketingni rivojlantirish, bozor konyunkturasiga moslashuvchan marketing strategiyalarini ishlab chiqish, korxonalarda marketing faoliyatini takomillashtirish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Kalit so'zlar: marketing, strategiya, to'qimachilik, ip-kalava, sanoat, bozor, konyuktura, savdo, eksport.

Аннотация. В данной статье освещены результаты исследования по совершенствованию маркетинговой деятельности текстильных предприятий, действующих в нашей республике. В последние годы в результате работы с покупателями в мире, диверсификации ассортимента товаров, освоения новых рынков для увеличения объемов продаж, привлечения иностранных инвестиций резко меняется емкость товарных рынков. В глобальном масштабе компании уделяют больше внимания захвату новых рынков, диверсификации рынков сбыта и повышению уровня удовлетворенности клиентов. В связи с этим проводятся научные исследования по развитию стратегического маркетинга при выходе на зарубежные рынки, разработке маркетинговых стратегий, гибких к рыночным условиям, совершенствованию маркетинговой деятельности на предприятиях.

Ключевые слова: маркетинг, стратегия, текстиль, пряжа, промышленность, рынок, конъюнктура, торговля, экспорт.

Abstract. This article highlights the results of a study on improving the marketing activities of textile enterprises operating in our republic. In recent years, as a result of working with buyers in the world, diversifying the range of goods, developing new markets to increase sales volumes, attracting foreign investment, the capacity of commodity markets has changed dramatically. On a global scale, companies pay more attention to capturing new markets, diversifying sales markets and increasing customer satisfaction. In this regard, scientific research is being conducted on the development of strategic marketing when entering foreign markets, developing marketing strategies that are flexible to market conditions, and improving marketing activities at enterprises.

Keywords: marketing, strategy, textile, yarn, industry, market, situation, trade, export.

Kirish.

Jahon iqtisodiyotidagi globallashuv jarayonlari natijasida to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish markazlari ham o'zgarib, Yevropa va AQShdan rivojlanayotgan Janubiy-

Sharqiy, Markaziy Osiyo va Janubiy Amerikaga ko'chdi. Bu esa so'nggi 10-15 yil davomida to'qimachilik sanoati rivojlanishida sezilarli o'zgarishlarga olib kelmoqda. Shu bilan birga, so'nggi ikki yilda, ya'ni 2021-2022 yillarda jahon bozorlarida paxta va kalava ip narxlari keskin oshdi. Natijada jahon to'qimachilik bozor konyunkturasida keskin o'zgarishlar yuz berdi. An'anaviy to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi davlatlarda paxta va ip-kalavaga ehtiyoj ortdi. Jahon to'qimachilik va tikuvchilik mahsulotlari bozoridagi globallashuv jarayonlari, tarmoq bozorlarida bozor konyunkturasining keskin o'zgarishlari, iqtisodiy faoliyat turlari raqamlashtirilishi, to'qimachilik va tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda marketing faoliyatini samarali tashkil etish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Sanoat, qayta ishlash, qishloq xo'jaligi va xizmatlar hajmi ortishida jahon iqtisodiyoti real sektorlarining marketing faoliyati muhim ahamiyatga ega. XXI asrning birinchi o'n yilligidan boshlab marketing faoliyatida internet va raqamli texnologiyalarning ta'siri sezilarli darajada ortgan. So'ngi yillarda jahonda haridorlar bilan ishlash, tovarlar assortimenti diversifikatsiyasi, sotuv hajmi oshishi uchun yangi bozorlarning o'zlashtirilishi, xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi natijasida tovar bozorlari sig'imi ham keskin o'zgaruvchan bo'lib bormoqda. Dunyo miqyosida korxonalar tomonidan yangi bozorlarni egallash, sotuv bozorlarini diversifikasiya qilish, xaridorlar ehtiyojini qondirish darajasini oshirishga e'tibor kuchaymoqda. Bunda, tashqi bozorlarga chiqishda strategik marketingni rivojlantirish, bozor konyunkturasiga moslashuvchan marketing strategiyalarini ishlab chiqish, korxonalarda marketing faoliyatini takomillashtirish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. «O'zbekiston-2030» strategiyasida belgilangan maqsadlarda sanoatning «drayver» sohalarini

rivojlantirish va hududlarning sanoat salohiyatini to'liq ishga solish, jumladan, to'qimachilikda ip-kalavani qayta ishlash darajasini 100 foizga yetkazish hamda yuqori sifatli matoga talabni qondirish uchun 400 ming tonna sun'iy va aralash tola ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish belgilangan1. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 16 martdagi «To'qimachilik sohasida eksport va investitsiya hajmlarini oshirish masalalari» yuzasidan videoselektor yig'ilishida mamlakatimizda 1 kilogramm ip-kalavaning tannarxi jahon

narxlaridan o'rtacha 28 foiz arzonligi, bizdagi xomashyo bilan kamida 15 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqarish, yana 500 mingta yangi ish o'rni yaratish imkoniyatlari mavjudligi, so'ngi oylarda to'qimachilik mahsulotlarimiz 3 ta yangi bozorga chiqqanligi, eksport

geografiyasi 83 ta davlatga kengayganligini ta'kidlab o'tdi.

Bu borada mavjud xomashyoni to'liq qayta ishlash orqali yuqori qo'shilgan qiymat yaratish va an'anaviy «arzon» bozorlardan - yangi «qimmat» bozorlarga kirib borish vazifasi qo'yildi2 Mazkur vazifalarning samarali ijrosini ta'minlash to'qimachilik korxonalarida marketing faoliyatini takomillashtirish bo'yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishni taqozo etadi.

Korxonalarda marketing faoliyatini takomillashtirishning nazariy masalalari A.Sh.Bekmurodov, N.K.Yo'ldoshev, A.Soliyev, A.A.Fattaxov, Sh.J.Ergashxodjayeva, M.S.Qosimova va boshqa iqtisodchi olimlarning ilmiy ishlarida tadqiq etilgan. Mamlakatimizda yengil sanoat, xususan, to'qimachilik korxonalarida marketing faoliyati samaradorligini oshirish masalalari M.R.Boltaboyev, B.O.Tursunov, Z.A.Hakimov, S.Sh.Yusupov8ning ilmiy ishlarida o' z ifodasini topgan.

1O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi ««O'zbekiston - 2030» strategiyasi to'g'risida»gi PF-158-sonli farmoni// www.lex.uz

2O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-martdagi «To'qimachilik sohasida eksport va investitsiya

hajmlarini oshirish masalalari» yuzasidan o'tkazgan bideoselektor yig'ilishi. http:// review.uz

Ammo yuqorida qayd etilgan iqtisodchi olimlarning ilmiy tadqiqotlarida to'qimachilik korxonalarida marketing faoliyatini takomillashtirish tadqiqot obyekti sifatida o'rganilmagan. Mazkur tadqiqot ishida to'qimachilik korxonalarida marketing faoliyatini takomillashtirish masalasi o'rganilgan bo'lib, bu tanlangan tadqiqot mavzusining dolzarbligini belgilab berdi.

Tadqiqotning maqsadi: To'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda marketing faoliyatini va zamonaviy marketing strategiyalarini takomillashtirish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Olib borlayotgan tadqiqot vazifalari quyidagilardan iborat: to'qimachilik korxonalarida marketing faoliyatini takomillashtirishning nazariy jihatlarini o'rganish;

to'qimachilik korxonalarida marketing faoliyati samaradorligini oshirishning uslubiy asoslarini tadqiq etish;

to'qimachilik korxonalarida marketing faoliyatini tashkil etish va boshqarish usullari hamda yo'nalishlarini o'rganish;

to'qimachilik korxonalarida ichki va tashqi marketing muhiti holatining tahlili; O'zbekiston to'qimachilik korxonalarining raqobat muhitidagi holati va ustunligini baholash;

to'qimachilik korxonalarida marketing faoliyati tizimi samaradorligi tahlili; to'qimachilik korxonalarida marketing faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari; to'qimachilik korxonalarining bozor faoliyatini rivojlantirish bo'yicha

marketing strategiyalarini ishlab chiqish;

to'qimachilik korxonalarida marketing faoliyatini takomillashtirishda munosabatlar marketingi konsepsiyasidan foydalanish bo'yicha tavsiya va takliflar ishlab chiqish.

Tadqiqot ob'ekti: «O'zto'qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi «Real TeksTashkent» MCHJ hamda «Billur Teks» MCHJ lar.

Zamonaviy marketing, savdo, mijozlarni qo'llabquvvatlash va kommunikatsiya kanallarini integratsiyalashga ixtisoslashgan, to'qimachilik korxonalarining onlayn bozor faoliyatida axborotdan foydalanish va kommunikatsiya darajalarini, modernizatsiyalash jarayonining interaktivligini oshirish orqali raqobatbardoshlikni ta'minlash imkonini beruvchi mijozlar bilan munosabatlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi faoliyatini yo'lga qo'yish bo'yicha berilgan takliflar «O'zto'qimachiliksanoat» uyushmasi tizimidagi ishlab chiqarish korxonalari faoliyatiga joriy etib kelinmoqda. Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida to'qimachilik korxonalarida onlayn muhitda mijozlar ma'lumotlar bazasini yaratish, mijozlar sonini 1,5 barobarga oshirish va biznes jarayonlarida marketing xarajatlarini tejalishiga olib kelishi kutilmoqda .

«Real TeksTashkent» MCHJning yangi bozorlarda diversifikatsiya imkoniyatlari faoliyatiga ta'sir etuvchi omillarning ta'sirini ekonometrik modellashtirish asosida 2027 yilga qadar mahsulot ishlab chiqarish hajmining prognoz ko'rsatkichlari ishlab chiqilgan. Natijada, to'qimachilik mahsulotlarini 2027 yilgacha ishlab chiqarish prognoz ssenariylari «O'zto'qimachiliksanoat» uyushmasining kompleks rivojlantirish chora-tadbirlar yo'l haritasini ishlab chiqishda qo'llanilgan.

Hozirgi raqobatli bozor sharoitida har qanday koxona marketing faoliyatiga alohida e'tibor bermoqda. Ayniqsa, marketing tadbirlari, marketing kompleksi elementlaridan korxona faoliyatida samarali foydalanish amaliyoti joriy qilinib borilmoqda. Shuning uchun ham hozirda to'qimachilik korxonalarida marketing faoliyatini takomillashtirish muhim masalalardan biriga aylanib bormoqda.

To' qimachilik korxonalari marketing faoliyatini takomillashtirish va raqobatbardoshlikni oshirish uchun marketing faoliyati samaradorligini muntazam baholab borishlari lozim. Marketing bo'yicha mutaxassislarning marketing faoliyati samaradorligini, uning asosiy nazariy jihatlari, marketing faoliyati samaradorligini baholash va aniqlovchi ko'rsatkichlar bo'yicha yondashuvlari turli-tumandir.

«O'zto'qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi ichki va tashqi sotuv bozorlariga ega korxonalarning marketing boshqaruvi tashkiliy tuzilmasi bozorning iste'molchilik va texnologik ehtiyojlar tez o'zgaradigan muhitiga moslashish imkonini beradigan kombinatsiyalashgan «funksional-tovar-bozor» tashkiliy tuzilmasi muallif tomonidan taklif etilgan (1-rasm).

1-rasm. To'qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida marketing boshqaruvining «funksional-tovar-bozor» kombinatsiyalangan tashkiliy tuzilmasi.

Marketing xizmatining tashkiliy tuzilmasi bevosita marketing faoliyati samaradorligiga ta'sir qiladi. Marketing funksiyalari taqsimoti va ularning bajarilish darajasi yakuniy faoliyat natijasiga ta'sir qiladi. Shuningdek, korxonada marketing faoliyatini takomillashtirishning asosiy yo'nalishi hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, marketing faoliyatining tashkiliy tuzilmasi takomillashtirildi.

O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan to'qimachilik korxonalarining marketing faoliyatini takomillashtirishda quyidagilarga e'tibor qaratish maqsadga muvofiq:

korxonaning faoliyat ko'lami, ishlab chiqarish hajmi, tovar assortimenti, sotuv kanallarining tarkibi, bozor qamroviga qarab marketing faoliyatini tashkil etishning tashkiliy tuzilmalarini shakllantirish; to'g'ridan-to'g'ri eksport bilan shug'ullanuvchi korxonalarda marketing

xizmatini mintaqaviy yo'nalishda tashkil etish; yuqori bilimga ega marketing mutaxassislarini tayyorlaydigan oliy ta'lim

muassasalari bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish; korxonalar marketing faoliyatida marketing xizmatini tashkil etishga alohida

e'tibor berish lozim.

To'qimachilik korxonalarida ichki va tashqi marketing muhiti holati tahlil qilingan. O'zbekiston to'qimachilik korxonalarining raqobat muhitidagi holati va ustunligi o'rganilgan. To'qimachilik korxonalarida marketingni boshqarish tizimi samaradorligi tahlili amalga oshirilgan.

Mamlakatimizda to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi keyingi yillarda klasterlarni tashkil etilishi, sohaga innovatsion texnologiyalarning joriy etilishi natijasida oshib bormoqda. 2015-2023 yillarda O'zbekiston Respublikasida to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va dinamikasi 1-jadvalda keltirilgan.

Jadval ma'lumotlariga ko'ra, 2015-2023 yillar davomida ip mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2,8 martaga, tayyor mato ishlab chiqarish 1,9 martaga, trikotaj gazlama ishlab chiqarish hajmi 5,2 martaga, tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 3,1 martaga va paypoq mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 9,9 martaga oshgan. Ushbu ma'lumotlar «O'zto'qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalar bo'yicha asosiy iqtisodiy ko'rsatkichlarning o'sish tendensiyasini aks ettiradi.

1-jadval

O'zbekiston Respublikasida to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va dinamikasi

Yil lar Ip- kalava (ming tonna) Tayyo r mato (mln.kv. m.) Trikotaj gazlama (ming tonna) Tikuv-trikotaj mahsulotlari (mln. dona) Paypo q mahsulotlari (mln. juft)

201 5 257,8 246,9 37,3 294,8 39,2

201 6 307,2 258,3 41,2 339,6 47,9

201 7 348,6 285,7 51,1 391,6 64,0

201 8 403,7 302,6 69,9 452,3 102,0

201 9 448,9 348,9 89,9 536,0 135,0

202 0 515,8 380,7 112,3 622,4 184,8

202 1 592,7 415,4 140,4 722,8 252,9

202 2 669,6 450,1 168,5 823,2 321,0

202 3 746,8 485,3 196,6 924,3 391,3

To'qimachilik korxonalarida marketing samaradorligini baholash korxonalarning ichki va tashqi marketing holatini o'rganishdan boshlandi. Korxonalarning ichki va tashqi marketing holatini tahlil qilish uchun «O'zto'qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibida faoliyat yuritayotgan Toshkent shahridagi ilg'or korxonalardan «Real Teks Tashkent» MCHJ, «Billur Teks» MCHJ larda tadqiqot olib borilmoqda.

Tadqiqotning dastlabki bosqichida korxonalarning ichki muhiti o'rganildi. Ichki muhitni o'rganishda asosiy e'tibor korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ko'rsatkichlari tahlil qilindi. Chunki, har qanday korxonaning muhim ichki muhiti moliyaviy-iqtisodiy salohiyatiga bog'liq. Tadqiqot uchun tanlab olingan korxonalarning uchta muhim ko'rsatkichlari yalpi daromad, jami xarajatlari va sof foydasining qiyosiy tahlili amalga oshirildi (2-jadval).

Tadqiqot olib borilgan «Real Teks Tashkent» MCHJ va «Billur Teks» MCHJ korxonalarining moliyaviy-iqtisodiy ko'rsatkichlarida o'zgarishlar mavjud. Ya'ni, asosiy moliyaviy ko'rsatkichlar pasaygan.

2-jadval «Real Teks Tashkent» MCHJ va «Billur Teks» MCHJlarning asosiy moliyaviy-iqtisodiy ko'rsatkichlari

(mln. so'm hisobida)

Yillar «Real Teks Tashkent» MCHJ «Billur Teks» MCHJ

Yalp i daromad Ja mi xarajatlar S of foyda Yalp i daromad Ja mi xarajatlar Sof foyda

2G18 б788 ,2 553 4,6 1 253,6 4072 5,7 339 58,8 6766 ,9

2G19 1533 7,3 126 92,0 2 645,3 6872 7,2 597 38,8 8988 ,4

2G2G 1G99 9,2 949 7,2 1 502,0 4098 9,9 333 45,3 7644 ,6

2G21 15б9 4,1 112 82,6 4 411,5 3995 6,2 344 33,7 5522 ,5

2G22 2124 б,3 166 40,1 4 606,2 3609 5,3 299 33,6 6161 ,7

2G23 269g G,5 219 97,6 4 902,9 4012 2,1 333 21,2 6800 ,9

«Billur Teks» MCHJning yalpi daromadi va sof foydasi 2018 yilga nisbatan 2023 yilda 2,G foiz atrofida pasaygan. Mazkur pasayishning asosiy ichki sabablari korxonada mahsulot assortimenti, narx siyosati, reklamaning to'g'ri tashkil etilmasligi natijasida, ishlab chiqarish va sotish hajmining pasayishi hisoblanadi. Bu esa korxonalarning ichki va tashqi muhitini chuqurroq o'rganish zarurligini asoslab berdi. Shundan kelib chiqqan holda, korxonalarning ichki va tashqi muhitini o'rganish uchun ekspert so'rovi tashkil etildi. Ekspert so'rovi natijalarini tahlil qilish asosida « Real Teks Tashkent » MCHJ va «Billur Teks» MCHJ korxonalarining marketing faoliyati samaradorligini oshirishga to'sqinlik qiluvchi ichki va tashqi marketing muhiti omillari aniqlandi.

XULOSA

Marketing faoliyatini takomillashtirishning nazariy asoslarini o'rganish natijasida «marketing samaradorligi» va «marketing faoliyati samaradorligi» tushunchalariga aniqlik kiritildi. Marketing samaradorligi biznes subyektining butun bozor faoliyati bilan bog'liq bo'lgan, bozorni iste'molchi nuqtai nazaridan o'rganish, iste'molchilar ehtiyoji qondirilishi darajasi, bozor ko'rsatkichlari darajasida aniqlanadi. Marketing faoliyati samaradorligi korxona darajasida, korxonaning marketing faoliyati ko'rsatkichlari asosida aniqlanadi. Marketing faoliyati samaradorligi marketing bo'yicha menejerlar tomonidan marketing strategiyalarini boshqarish va bozor samaradorligini nazorat qilishda qo'llaniladi. To'qimachilik korxonalarida marketing faoliyatini marketing kontseptsiyasiga asoslangan munosabatlarni oshirish vositasi sifatida takomillashtirish, mijozlarga xizmat ko'rsatish va qo'llab-quvvatlash, sotishni avtomatlashtirish va marketingni avtomatlashtirish uchun CRM (Customer Relationship management - mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish) va uning standart ilovalaridan foydalanish usullari asoslanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Bekmurodov A.Sh., Qosimova M.S., Ergashxadjaeva Sh.J. Strategik marketing. O'quv qo'llanma. - T.: TDIU, 2010. -220 b.

2. Yo'ldoshev N.K. Savdo korxonasi iqtisodiyoti. O'quv qo'llanma - T.: TGEU. 2005. - 164 b.

3. Soliyev A., Buzrukxonov S. Marketing, Bozorshunoslik. Darslik. - T.: Iqtisod-Moliya, 2010. - 424 b

4. F.I.Umidova. To'qimachilik korxonalarida marketing faoliyatini takomillashtirish i.f.f.d. (PhD) ilmiy daraj. olish uchun yozilgan avtoreferat. - Toshkent: TDIU, 2024. - 24 b.

5. Tursunov B.O. To'qimachilik korxonalarida ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni boshqarish samaradorligini oshirish yo'llari. IFFD (PhD) ilmiy daraj. olish uchun yozilgan avtoreferat. Toshkent: TDIU, 2019. - 24 b.

6. Xakimov Z. Yengil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini oshirish yo'llari. Monografiya, T.Iqtisod-2017.

7. Kuchli raqobat sharoitida O'zbekiston to'qimachilik sanoati korxonalarini rivojlantirish strategiyalari. I.f.f.d. (PhD) ilmiy daraj. olish uchun yozilgan avtoreferat. - Toshkent: TDIU, 2018. - 24 b.

8. To'qimachilik sanoati korxonalarida ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashni boshqarish samaradorligini oshirish: i.f.b. falsafa doktori doktori ... dissertatsiyasi. - T.:TDIU, 2017. -146 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.