Научная статья на тему 'TIZIMLI SKLERODERMIYA KASALLIGIDA OSTEOPOROZNI DAVOLASHDA KOMPLEKS YONDASHUVLARNI KLINIK VA EPIDEMIOLOGIK XUSUSATLARI'

TIZIMLI SKLERODERMIYA KASALLIGIDA OSTEOPOROZNI DAVOLASHDA KOMPLEKS YONDASHUVLARNI KLINIK VA EPIDEMIOLOGIK XUSUSATLARI Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
790
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Osteoporoz / gastro-intestinal / vaskulopatiya / suyak / densitometriya / sklerodermiya / gipovitominoz / fibroz.

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Sardor Azamatovich Tuychiyev, Shaxnoza Elmurotovna Xaydarova

Osteoporoz kasalliklari va bemorni baholash ko'plab kasalliklarning belgisi sifatida sinish darajasidan olinadi. Ammo suyak mineral zichligi (SMZ) ham kasallik va sinish xavfi bilan bog'liq. Ikkilamchi osteoporoz bilan bog'liq bo'lgan metabolik kasalliklar ayollarda va kestirib, umurtqa pog'onasi singan erkaklarda 2-3 baravar yuqori. Dunyo miqyosida osteoporoz eng keng tarqalgan metabolik, suyak kasalligi bo'lib, butun dunyo bo'ylab 200 milliondan ortiq odamga ta'sir qiladi. Evropa, AQSh va Yaponiyada 75 million kishi osteoporoz bilan kasallangan. SMZ kamayishi bilan osteoporoz yoshga qarab kuchayadi. Keksalik osteoporozi 70 yoshdan oshgan odamlarda ko'proq uchraydi. Ikkilamchi osteoporoz har qanday odamda paydo bo'lishi mumkin. Ayollarda suyaklarning yo'qolishi asta-sekin boshlangan bo'lsa-da, menopauzani tezlashtiradi, 50 yoshda va undan keyin tug'iladi. Postmenopozal osteoporoz bilan kasallanish darajasi 50-70 ayolda eng yuqori. Ayollarda osteoporoz ko'proq uchraydi. Postmenopozal ayollarning yarmi hayot va osteoporoz bilan bog'liq yoriqlarga ega; Ush ayollarning 25 foizida umurtqa pog‘onasi deformatsiyasini rivojlantiradi, 15 foizida esa son suyagi sinishi kuzatiladi. Kestirib, sinish turli millatlarda o'xshashdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TIZIMLI SKLERODERMIYA KASALLIGIDA OSTEOPOROZNI DAVOLASHDA KOMPLEKS YONDASHUVLARNI KLINIK VA EPIDEMIOLOGIK XUSUSATLARI»

TIZIMLI SKLERODERMIYA KASALLIGIDA OSTEOPOROZNI DAVOLASHDA KOMPLEKS YONDASHUVLARNI KLINIK VA EPIDEMIOLOGIK XUSUSATLARI

Sardor Azamatovich Tuychiyev Shaxnoza Elmurotovna Xaydarova

Qarshi davlat universiteti Tibbiyot fakulteti

ANNATATSIYA

Osteoporoz kasalliklari va bemorni baholash ko'plab kasalliklarning belgisi sifatida sinish darajasidan olinadi. Ammo suyak mineral zichligi (SMZ) ham kasallik va sinish xavfi bilan bog'liq. Ikkilamchi osteoporoz bilan bog'liq bo'lgan metabolik kasalliklar ayollarda va kestirib, umurtqa pog'onasi singan erkaklarda 2-3 baravar yuqori. Dunyo miqyosida osteoporoz eng keng tarqalgan metabolik, suyak kasalligi bo'lib, butun dunyo bo'ylab 200 milliondan ortiq odamga ta'sir qiladi. Evropa, AQSh va Yaponiyada 75 million kishi osteoporoz bilan kasallangan. SMZ kamayishi bilan osteoporoz yoshga qarab kuchayadi. Keksalik osteoporozi 70 yoshdan oshgan odamlarda ko'proq uchraydi. Ikkilamchi osteoporoz har qanday odamda paydo bo'lishi mumkin. Ayollarda suyaklarning yo'qolishi asta-sekin boshlangan bo'lsa-da, menopauzani tezlashtiradi, 50 yoshda va undan keyin tug'iladi. Postmenopozal osteoporoz bilan kasallanish darajasi 50-70 ayolda eng yuqori. Ayollarda osteoporoz ko'proq uchraydi. Postmenopozal ayollarning yarmi hayot va osteoporoz bilan bog'liq yoriqlarga ega; Ush ayollarning 25 foizida umurtqa pog'onasi deformatsiyasini rivojlantiradi, 15 foizida esa son suyagi sinishi kuzatiladi. Kestirib, sinish turli millatlarda o'xshashdir.

Kalit so'zlar: Osteoporoz, gastro-intestinal, vaskulopatiya, suyak, densitometriya, sklerodermiya, gipovitominoz, fibroz.

Tizimli sklerodermiya - no'malum etiologiyali, geterogen klinik kechishlar bilan surunkali va ko'pincha progressiv kechuvchi biriktiruvchi to'qimaning autoimmun yallig'lanishi, qaysiki teri va ichki organlarning fibrozlanishi va qon tomirlarning tarqalgan zararlanishidir(vaskulopatiya).[14,15]

Tizimli sklerodermiya kasalligi terida (skleroderma) va boshqa ichki organlarning ayniqsa o'pka , meda ichak tizimi(gastro-intestinal), yurak va buyrakning biriktiruvchi to'qimasida kallogen sintezi va to'planishini kamayishidir. Kasallikni erta davrlarida yaqqol yallig'lanish belgilari bilan birlashib namoyon bo'ladi. Vaqt o'tgan sari bemorlarda fibrozlanish sababli qon tomirlar va ichki organlarning rivojlanib boruvchi struktur va funksional buzilish belgilari namoyon bo'ladi. Qo'shimcha qilish mumkinki bemorlar o'pka fibrozidan, arteriya pulmonariyning gipertenziyasi va yurak ko'rsatkichlaridan, shuningdek ayniqsa kam ovqatlanish, depressiya, osteoporoz, kechki

bosqichlardagi davo muolajasi foydasizlikldan aziyat chekadigan kasallikdir.[10] Tizimli sklerodermiya butun dunyoda sporadik tarzda tarqalgan va barcha irqlarda uchraydi. O'zbekistonda har yili mingdan ortiq aholiga 9-19 yangi holat tug'ri keladi. Angilya, avstraliya va Yaponiyada Tizimli sklerodermiya ko'rsatkichlari AQSH dan pastroq ekanligini ko'rsatdi.[15,16]

Tizimli sklerodermiya ham boshqa biriktiruvchi to'qima kasalliklari singari ayollarda ayniqsa bola tug'ish yoshda va menapauzadan keyin ko'proq uchraydi.[5] Polshada ot'kazilgan tadqiqotlarga ko'ra 4 yil davomida kasalxonaga birinchi marta murojat qilganlarning 9049 tadan 3653 tasida Tizimli sklerodermiya tashxisi qo'yilgan. Ularning o'rtacha yoshi 53 yosh, 84% ayollar va 16% erkaklardir.[14] Bu degani yiliga 1,9 ta hodisa har 100,000 aholiga nisbatan va eng ko'p kuzatiladigan yosh esa 55 yoshdir.

Shuningdek O'zbekistonda o'tkazilgan kagort tadqiqotda aniqlanishicha 2 ta tibbiyot markazlaridan olingan natijaga ko'ra, 185 ta tizimli sklerodermiya bemorlardan 167 tasi ayol, 18 tasi esa erkaklardir.

No'malum sabablarga ko'ra Tizimli sklerodermiya kasalligi ham boshqa brirktiruvchi to'qimaning tizimli kasalligi singari ayol jinsida ko'proq uchraydi.[5] Klinik belgisidan ko'rinadiki- Tizimli sklerodermiya deyarli har bir organga tasir etadi. Klinik belgilarini variabilligi yuqori ekanligi sababli 2 ta kichik guruhlarga bo'linadi.[12]

Yapon olimlari takidlashicha Chegaralangan tizimli sklerodermiya va Diffuz tizimli sklerodermiya alohida kasalliklar va ular rivojlanishi davomida bir biriga o'tmaydi. Shunga qaramay ularda bir qancha umumiy belgilar bor, bular endotelial hujayralar disfunksiyasi, Th2-dominant immun aktivlanish va terida ortiqcha fibroz to'qima rivojlanishi.[5,8]

Chegaralangan Tizimli sklerodermiya ko'pincha Reyno sindromi bilan davom etadi. Diffuz Tizimli sklerodermiya esa albatta ichki organ zararlanishi bilan kechadi. Tizimli sklerodermiya Chegaralangan shakli hamma yoshda (20-50) uchraydi. O'tkazilgan izlanishlarga ko'ra har 100,000 individga 0,4-2,7 tagacha va ayol va erkak nisbati mos ravishda 2,4-4,2:1 nisbatda. SD diffuz shakli 35-55 yoshlarda va kamdan-kam hollarda bolalarda va 35 yoshdan kichik og'il bolalarda rivojlanadi. Shuningdek yoshlarda Tizimli sklerodermiya ning chegaralangan shakli harakterlidir.[9]

Dastlabki klinik belgilar bu ikki shaklda judayam farq qiladi. Diffuz tizimli sklerodermiya bemorlarda Reyno fenomeni va boshqa klinik belgilar orasidagi interval odatda qisqa (haftadan oylargacha).[4]

Diffuz tizimli sklerodermiya ning erta edematoz yallig'lanish fazasida barmoqlar, qo'l-oyoqning distal qismlari va yuz birinchi bo'lib tasirlanadi. Edematoz yallig'lanish fazasi ichida fibrozlanish fazasi bo'lib, terini induratsiyasi, tanadagi sochlarni tushishi va

teridagi yog' bezlarini produksiyasi kamayishi bilan terlash imkoniyatlari ham pasayadi. [8]

Dastlabki 4 yilda sistemali ravishda zararlanish, buyrak va o'pka jarohatlanish havfi juda yuqori bo'ladi. Bemorlarda kardiologik jarohatlanish va izolirlangan o'pka arteriyasi gipertenziyasi rivojlanishi 10-15% dir. [7]

Tizimli sklerodermiya da uchta kardinal belgi: vaskulopatiya, hujayraviy va gumoral autoimmun jarayon va ko'plab organlarda vaskulyar va viseral fibrozlanish. Autoimmun jarayon va tomirlar buzilishi ertaroq namoyon bo'ladi.[13]

Tizimli sklerodermiya klinikasi namoyon bo'lishida asosan qon tomir endoteliysini immun hujayralar tomonidan shikastlanishi sababdir. Sirkulyatsiyalanuvchi CD4+T hujayralari xemokin retseptorlari va alfa 1 -integrin adgezialovchi molekulasi darajasi yuqoriligi va bu hujayralarni qon tomir endoteliysi va fibroblastlar bilan bog'lanish qobilyati yuqoridir.[14]

Gumoral immunitetni taminlovchi B hujyaralar ishlab chiqargan antitanachalar antinuklear va hujayra ichi proteinlarga , shuningdek hujayra yuzasidagi antigenlar yoki proteinlarga qarshi ishlaydi. Bu antitanachalar kasallik aktivlashishi bilan qondagi titri oshadi. Bir qancha antitanalar chegaralangan sklerodermiyada anti-single-stranded DNA, anti-giston va anti-topoizomeraza II alfa antitana namoyon bo'ladi. Bu antitanalar tizimli sklerodermiyada juda kam miqdorda topiladi. Tizimli sklerodermiya general shaklida anti-topoizomeraza I anti-body, antisentromer antitana va anti-RNK polimeraz III antitana aniqlanadi. [6,8]

Fransiyada o'tkazilgan tadqiqot natijalariga ko'ra 133 SSD bemorlar RNK-P III ga qarshi tekshirilgandilar va ushbu bemorlarning 6-9% aniqlangan. Ushbu aholi populyatsiyasida anti-RNK-P III tarqalishi juda o'zgaruvchan (0-41% oralig'ida). Anti-RNK-P III ning umumiy tarqalishi 11% ni tashkil etdi. Lekin tadqiqotlarda geterogenlik yuqori edi. Geografik omillar qisman ushbu geterogenlikni tushuntirib beradi. Boshqa boshlang'ich Tizimli sklerodermiya ko'rsatkichlari anti-RNK-P III tarqalishi bilan sezilarli darajada bog'liq bo'lgan. [8]

Kagort tadqiqot va meta-tahlil malumotlariga ko'ra Tizimli sklerodermiya bemorlarda anti-RNK polimeraza-III antitelasi tarqalganligi geografik, genetik fond va atrof-muhit omillariga bog'liqligini ko'rsatmoqda. Lekin geterogenlik hususiyati ko'p jihatdan tushunarsiz qolgan. [10,]

Bazi olimlar fikricha LSD Tizimli sklerodermiya kasalligini teri jarohatlanishi bilan kechishidir deb bilishadi. Chunki LSD noyob kasallik bo'lishiga qaramasdan, TSD taxminan 4% da LSD kuzatiladi. Aksincha , boshqalar LSD ni Tizimli sklerodermiya ni teri shikastlanishi deb hisoblashmaydi. Chunki Tizimli sklerodermiya va LSD progressi bir xil kechmaydi.[9]

Lekin Yaponiyada o'tkazilgan tatqiqot natijalariga ko'ra Tizimli sklerodermiya diagnozi qo'yilgan bemorlar 5 yil davomida kuzatilgan. Shu davr mobaynida LSD

belgisi qaysidir bemorda oldin yoki keyin paydo bo'lgan va deyarli barcha bemorlarda Tizimli sklerodermiya bo'g'liq autoantitana aniqlangan. Bu shuni tasdiqlaydiki LSD Tizimli sklerodermiya ning teri jarohatlanish shaklidir.[5]

SD bemorlarda dermal fibroz rivojlanishi patogenezida endothelial tuqimani mezenximal tuqimaga o'tishi sodir bo'ladi. Natijada endoteliy disfunksiyasi va dermal fibroz rivojlanadi.

Tizimli sklerodermiya da Reyno sindromi uchraydigan simtomlardan LSD va Tizimli sklerodermiya shaklida 99%- 100% holatda uchraydi. Reyno sindromi Tizimli sklerodermiya bilan kasallangan bemorlarda epizodik qo'l va oyoq barmoqlari qon tomirlani vazokonstriksiyasi, shuningdek quloq va burun qismalarida ham. Sovuq tasiri, temperature pasayishi, emotsional stess holat va vibratsiya bu sindrom uchun trigger omil bo'lib hisobalanadi.[12]

Reyno sindromi umumiy populyatsiyani 3-5% tashqiladi va bu ko'rsatkichni ko'proq qismi ayollarga tug'ri keladi. Reyno sindromini birlamchi va ikkilamchi shakli bo'lib, ikkilamchi shakli Tizimli sklerodermiya tasirida va boshqa biriktiruvchi to'qima kasalliklari, gematologik, endokrin va kasbiy kasallilarida , shuningdek doriga bog'liq betta blokatorlar, rakka qarshi preparatlar tasirida kelib chiqadi.[11]

Reyno sindromi patogenezida bir qancha mexanizmlar( nerv, qom tomir , mediatorlar va immun tizimi) ishidagi muvozanat buziladi. Patogenezida reperfuziya , erkin kislorod radikallari va shuningdek ishimiya rivojlanadi. Tizimli sklerodermiya bemorlar qonida antioksidant fermentga qarshi antitanalar aniqlanadi.[9]

Aniqlanishicha IgG and IgM anticardiolipin (aCL), IgG and IgM anti-beta-2-glycoprotein-I (aß2GPI) antitelolari Tizimli sklerodermiya bemorlarda o'pka arteriya gipertenziyasi, infarkt/ishemiya, tromboz va buyrak kasalliklari uchrash holati bu antitelolar manfiy bo'lgan Tizimli sklerodermiya bemorlarga qaraganda yuqori.[12]

Tizimli sklerozdagi me'da-antral tomir ektoziyasi Oshqozon antral tomir ektazisi (Gastric antral vascular ectasia-GAVE) ham tashxis va davolashda qiyinchilik bilan davom etmoqda. GAVE turli xil kasalliklar guruhlari bilan qushilib kelishi mumkin: sirroz, surunkali buyrak etishmovchiligi va autoimmün biriktiruvchi to'qimalar kasalliklari. [9]

Anemiya va telangiektaziya tizimli sklerozning birinchi ajoyib namoyishi bo'lishi mumkin. Renal arter stenozi, aorta stenozi, keng tarqalgan teri va mukozal telenjiektaziya va gipertenziya yomon prognoz bilan bog'liq bo'lib, tezkor aralashuv va ehtiyotkorlik bilan kuzatishni talab qiladi. [4]

Tizimli sklerodermiya diagnostikasida laborator tahlillar odatda nisbiy diagnostik ahamiyatga ega. SSD uchun spesifik hisoblangan anti-Scl-70 (spetsifikligi 81-98%, sezgirligi 28-70%), antisentromer antitela ( musbat natija-60-90%) va anti-nuklear antitana ( 40-90% bemorlarda).[2,8]

Kasallik diagnostikasida morfologik tekshiruvlar ( teri, sinovial parda va mushak, fibrozga aylangan to'qima va qon-tomir bioptatlari) asosiy rol o'ynaydi.[4] Anti-sitrullinli peptid antitelasi (ACPA) musbat bo'lishi eroziv artrit, o'pka fibrozi, qizilo'ngach jarohatlanishi va terida diffus o'zgarishlar rivojlanish havfini oshiradi. ACPA si Tizimli sklerodermiya bilan kasallangan bemorlarning 9,2 % da topiladi. Kasallikni kechishini baholab borib uchun tekshiruv rejasiga ACPA aniqlashni kiritish kerakligini met-analiz tahlillari ko'rsatib turibdi.[8]

Tizimli sklerozdagi prognostik omil sifatida boshlang'ich usulining ahamiyatini aniqlash uchun ma'lumotlar 2006 yilda yaratilgan milliy miqyosli retrospektiv ko'p markazli ma'lumotlar bazasi bo'lgan Ispaniya skleroderma registrida (RESCLE) to'plandi. Birinchi alomat sifatida Raynaud fenomeni (RP), teri sklerozi, artralgiya / artrit, o'pka qo'llari, interstitsial o'pka kasalligi (ILD) pulmoner arterial hipertansiya (PAH) va oshqozon gipomotorikasi olindi. Jami 1625 bemor qabul qilindi. Bir ming uch yuz qirq ikki bemor (83%) birinchi belgisi sifatida RP bilan, 283 bemor (17%) esa bu namoyon bo'lmadi. RPning birinchi simptom bo'lib namoyon bo'lgan bemorlarni yashash davomiyligi boshqa belgilar ilk belgi sifatida namoyan bo'lgan SSD bemorlarga qaganda yuqoridir. 97% va 90% 5 yil, 93% va 82% 10 yil, 83% va 62% 20 yoshda va 71 yoshdan 50 yoshgacha bo'lgan bolalarda 30 yoshda edi (p <0.001). Tahlillarga ko'ra o'lim bilan bog'liq bo'lgan omillarga yoshi, erkak jinsi, dcSSc tipi, ILD (interstitial lung disesea), PAH(pulmonary arterial hypertension), sklerodermik buyrak krizi, jarayonga yurak va Raynaud fenomeni bilan boshlanmagan holatda, ayniqsa, o'pka qo'llari yoki o'pkaning ham jarohatlanishi kiritildi. Shuningdek boshlang'ich davrda Reyno sindromi bilan bog'liq bo'lmagan holatlarda kasallik prognozi yomon kechishi aniqlandi.[5]

Meta-tahlil natijalariga ko'ra vitamin D yetishmovchiligi Tizimli sklerodermiya kasalligini prognoziga tasiri o'rganilganda shunday hulosaga kelindiki diffuz turida vitamin D miqdori organizmda pasayishi kasallikni tezlashishiga tasir etmaydi.[11]

Tizimli sklerodermiya umumiy aholiga qaraganda ko'proq o'lim ko'rsatkichini ko'rsatadi (SMR = 2.72). Tashxisdan jami omon qolish 5 yil ichida 74,9% va 10 yilda 62,5% deb baholandi. Oshqozon ishtiroki o'limning asosiy sababini ifodalaydi.[13]

Agar Tizimli sklerodermiya bilan kasallanganlarda O'pka arteriyasi gipertenziyasi qushilsa ularning hayot davomiyligi prognozi 3 yilni tashkil etgan. [6] Tizimli sklerodermiya ga davo muolajalri hozirgi kunda uning patogeneziga bog'liq ravishda olib boriladi.

- Autoimmun jarayonga qarshi immunsupressorlar

- Anti-fibrotik terapiya

- Vaskulyar terapiya va zararlangan organlarga bog'liq ravishda preparatlar tanlanadi.

Tizimli sklerodermiya reyno sindromi bilan kelgan holatlarda quyidagi dorilar met analiz tahlillariga ko'ra tavsiya qilanadi. Kaltsiy kanal blokerlari, prostanoidlar, tadalafil va bosentan ularning samaradorligi bo'yicha eng yuqori tavsiya darajasini oldi.

I SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 3 I 2022 _ISSN: 2181-1601

bulardan tashqari nifedipin, nikardipin, kinnapril, IV iloprost, bosentan, tadalafil va MQx-503 uchun A sinf; Beraprost, cicaprost, DMSO, siklofenil va atorvastatin uchun B darajasi; misoprostol, prazosin, OPC-2826, enalapril, sildenafil, antioksidant va stanazolol uchun S darajasi dorilar tekshiruvdan o'tkazilib shu darajalarni olgan.[3]

REFERENCES

1. Antonelli A, Ferri C, Fallahi P, Cazzato M, Ferrari SM, Sebastiani M/Clinical and subclinical autoimmune thyroid disorders in systemic sclerosis//Eur J Endocrinol -2007.Vol.156- P.431-437

2. Akesson A, Fiori G, Krieg T, van den Hoogen FHJ, Seibold JR/Assessment of skin, joint, tendon and muscle involvement//Clin Exp Rheumatol-2003. Vol.29-P.5-8

3. Atteritano M, Sorbara S, Bagnato G, Miceli G, Sangari D, Morgante S/Bone mineral density, bone turnover markers and fractures in patients with systemic sclerosis//a case control study.-2015. PLoS One

4. Avouac J, Koumakis E, Toth E, Meunier M, Maury E, Kahan A/Increased risk of osteoporosis and fracture in women with systemic sclerosis: a comparative study with rheumatoid arthritis//Arthritis Care Res (Hoboken)-2012.Vol.64-P.1871-1878

5. Arnson Y, Amital H, Agmon-Levin N, Alon D, Sanchez-Casta-n o'nM,Lo'pez-Hoyos M/Serum 25-OH vitamin D concentrations are linked with various clinical aspects in patients with systemic sclerosis// a retrospective cohort study and review of the literature. Autoimmun Rev -2011 .Vol.10-P.490-494

6. Antico A, Tampoia M, Tozzoli R, Bizzaro N/Can supplementation with vitamin D reduce the risk or modify the course of autoimmune diseases//A systematic review of the literature. Autoimm Rev-2012.Vol.12-P.127-136

7. Agmon-Levin N, Theodor E, Segal RM, Shoenfeld Y/Vitamin D in systemic and organspecific autoimmune diseases//Clin Rev Allergy Immunol-2013.Vol.45-P.256-266

8. Amital H, Szekanecz Z, Szucs G/Serum concentrations of 25-OH vitamin D in patients with systemic lupus erythematosus (SLE) are inversely related to disease activity: is it time to routinely supplement patients with SLEwith vitaminD//Ann Rheum Dis-2010.Vol.69-P.1155-1157

9. Arnson Y, Amital H, Agmon-Levin N/Serum 25-OH vitamin D concentrations are linked with various clinical aspects in patients with systemic sclerosis//a retrospective cohort study and review of the literature. Autoimmun Rev-2011 .Vol.10-P.490-494

10. Atteritano M, Sorbara S, Bagnato G/Bone mineral density, bone turnover markers and fractures in patients with systemic sclerosis: a case control study//PLoS One-2013. 8:e66991Corrado

11. Artaza JN, Norris KC/Vitamin D reduces the expression of collagen and key profibrotic factors by inducing an antifibrotic phenotype in mesenchymal multipotent cells//J Endocrinol-2009.Vol.200-P.207-221

12. Avouac J, Koumakis E, Toth E / Increased risk of osteoporosis and fracture in women with systemic sclerosis // a comparative study with rheumatoid arthritis. Arthritis Care Res (Hoboken)-2012.Vol.64-P.1871-1878.

13. Atteritano M, Sorbara S, Bagnato G / Bone mineral density, bone turnover markers and fractures in patients with systemic sclerosis: a case control study // PLoS ONE8,-2013.

14. Al-Dhaher FF, Pope JE, Ouimet JM / Determinants of morbidity and mortality of systemic sclerosis in Canada // Semin Arthritis Rheum-2010.Vol.39-P.269-277.

15. Asano Y, Sato H // Vasculopathy in scleroderma // Seminars in Immunopathology-2015.Vol.35-P.489-500.

16. Asano Y, / Epigenetic suppression of Fli1, a potential predisposing factor in the pathogenesis of systemic sclerosis // International Journal of Biochemistry &Cell Biology-2015 .Vol.67-P.86-91.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.