Научная статья на тему 'TILSHUNOSLIKDA MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARINI LINGVODIDAKTIK XUSUSIYATLARI'

TILSHUNOSLIKDA MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARINI LINGVODIDAKTIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
22
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lingvodidaktik / pedagogik ta’lim / talaba / mustaqil hayot / ilmiy-nazariy / asos / takomillashtirish / modul-kredit / gibrit / tilshunoslik

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Axmedova Maloxat Ergashevna

Maqolada jahonda globallashuv va axborotlashish jarayonlari, innovatsion ta’lim muhitida yuzaga keladigan mustaqil ta’lim topshiriqlarida pedagogik-metodik o‘zgarishlar kiritishni taqozo etib, bu borada modul-kredit tizimida o‘qitishning ahamiyati ortib bormoqda. Modul-kredit tizimi o‘qitish amaliyotida gibrid ta’limda tilshunoslik fanlarini o‘qitish hamda lingvodidaktik kasbiy tayyorgarlikkacha bo‘lgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish muammolari OTM’larda kesimida tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TILSHUNOSLIKDA MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARINI LINGVODIDAKTIK XUSUSIYATLARI»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 21ST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz

TILSHUNOSLIKDA MUSTAQIL TA'LIM TOPSHIRIQLARINI LINGVODIDAKTIK XUSUSIYATLARI

Axmedova Maloxat Ergashevna

Toshkent amaliy fanlar universiteti "Pedagogika" kafedrasi mudiri professori., p.f.d.

[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13148401 Annotatsiya: maqolada jahonda globallashuv va axborotlashish jarayonlari, innovatsion ta'lim muhitida yuzaga keladigan mustaqil ta'lim topshi riqlarida, pedagogik-metodik o'zgarishlar kiritishni taqozo etib, bu borada modul-kredit tizimida o'qitishning ahamiyati ortib bormoqda. Modul -krediti tizimi o'qitish amaliyotida gibrid ta'limda tilshunoslik fanlarini o'qitish hamda lingvodidaktik kasbiy tayyorgarlikkacha bo'lgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish muammolari OTMlar kesimida tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: lingvodidaktik, pedagogik ta'lim, talaba, mustaqil hayot, ilmiy-nazariy, asos, takomillashtirish, modulkredit, gibrit, tilshunoslik

1 KIRISH

Jahonda globallashuv va axborotlashish jarayonlari, innovatsion ta'lim muhitida yuzaga keladigan mustaqil ta'lim topshiriqlarida, pedagogik-metodik o'zgarishlar kiritishni taqozo etib, bu borada modul -kredit tizimida o'qitishning ahamiyati ortib bormoqda. Modul-krediti tizimi o'qitish amaliyotida gibrid ta'limda tilshunoslik fanlarini o'qitish hamda lingvodidaktik kasbiy tayyorgarlikkacha bo'lgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish muammolari OTMlar kesimida o'rganilmoqda. Rivojlangan davlatlardagi, ta'lim jarayonida mustaqil ta'lim topshiriqlari hamda o'quv topshiriq ishlarni tashkil qilish tizimi (nutqiy ko'nikmalarni rivojlantirish bilan bog'liq muammolar yuzasidan kuzatishlar olib borilgan (Bright Hub Education) til o'qitishda kompitensiyaviy yondashuvlar olib borilayotgan oliy ta'lim muassasalarida nutqiy kompetensiyalarining rivojlantirish darajasini oshirib borish zarurligini ko'rsatadi.

Dunyoda bo'lajak tilshunos o'qituvchilarni, didaktik-metodik kompetentligini rivojlantirishda gibrid ta'lim modellarini samarali qo'llash mexanizmlarini rivojlantirish, metodik o'qitish vositasida tilning ta'limiy jarayonida, mustaqil ta'lim topshiriqlari va mustaqil o'quv topshiriqlarini rivojlantirish orqali, ilmiy adabiyotlarda mustaqil topshiriqlarning mazmuniga, foydalilik darajasiga alohida e'tibor beriladi. Jumladan, talabalarning modul-kreditda metodik kompetentligini rivojlantirishning amaliy-metodik va ilmiy metodik ta'minotini rivojlantirish, masofaviy va mustaqil ta'lim olish imkoniyatlarini kengaytirishning an'anaviy va noan'anaviy shakllarini filologik ta'lim sohalariga adaptiv qo'llash, lingvometodik tizimini ishlab chiqish muhim dolzarblik kasb etadi.

Ayniqsa, gibrid ta'lim sharoitida oliy ta'limdagi o'qituvchilarning modul-kredit tizimidagi metodik tayyorgarligini jadallashtirish, didaktik-pedagogik faoliyatini samarali tashkil etishga tayyorlashning mustaqil topshiriqlar tizimini takomillashtirish yanada dolzarblik kasb etadi. O'zbek tili metodikasida bugunga qadar mustaqil ta'lim topshiriqlari va mustaqil o'quv topshiriqlarini rivojlantirish lingvistik, kommunikativ, tahliliga doir keng tadqiqotlar olib borilgan. Lekin modul-kredit tizimida tilshunoslikda pragmatik, lingvodidaktik xususiyatlari tizimli o'rganilgan emas. O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha 2017-2021 yillarga mo'ljallangan Harakatlar strategiyasida "ta'lim tizimini takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish" alohida ta'kidlangan. Zero modul-kredit ta'limida mustaqil ta'lim topshiriqlari global masalalar sirasida markaziy o'rinni egallaydi.

Shunga ko'ra, modul-kredit tizimida tilshunoslik fanlaridan mustaqil topshiriqlar tuzish, pragmatik, leksikografik jihatdan o'rganib, ularning pedagogik-didaktik qiymati va ijtimoiy ahamiyatini aniqlashga qaratilgan mazkur tadqiqot katta ahamiyatga ega. Respublikamizda oliy ta'lim pedagogikasida modul-kreditni keng joriy etish, yangi Renesans pedagogikasi sharotida talabalarni mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Tilshunoslik fanlari, ona tili o'qitish metodikasi kompetensiyaviy yondashuvga asoslanmoqda, dars mashg'uloti jarayonida lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirish nutqiy kompetensiyalarning takomillashishiga olib kelish ko'zda tutilmoqda. Ona tili ta'lim mazmunini o'rganishga qo'yilgan aniq malaka talablari asosida (tinglab tushunish), (gapirish), (o'qish) va (yozish) ko'nikmalari metodik imkoniyatlarini yanada

. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of

I Li I ™e^centurv

TASHKENT, 6-8 MAY 2004

kengaytirish zarurligini ko'rsatip turibdi. Bu esa, modulkredit ta'limi sharotida Ona tili o'qitishda metodik kompetentligini rivojlantirishning didaktik tizimi va texnologik modelini ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etishning, didaktik shart-sharoitlarini takomillashtirishni taqozo etadi. 2 METADOLOGIYASI

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 13 maydagi "Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi PF-4997-son Farmoni, 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-son Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 fevraldagi "Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-2789-son Qarori, 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2909-son Qarori, 2017 yil 22 maydagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta'limdan keyingi ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi VM-304-son Qarori 2019 yil 4 oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi Qonuni qabul qilinganligining o'ttiz yilligini keng nishonlash to'g'risida"gi PQ-4479-son Qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktyabrdagi "O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5850-son Farmoni, 2020 yil 24 yanvardagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 20 oktyabrdagi "Mamlakatimizda o'zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6084-son Farmoni, hamda ijrosini ta'minlashga hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi. Modul-krediti tizimi o'qtitish amaliyotida gibrid ta'limda tilni o'qitish, uni lingvodidaktik kasbiy tayyorgarlikkacha bo'lgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish va undagi muammolarini o'rganishga yo'naltirilgan ilmiy izlanishlar jahonning yetakchi ilmiy markazlari hamda oliy ta'lim muassasalari, jumladan, University of Pennsylvania, University of California, Northwestern University, Boston University (AQSh); Australian National University (Avstraliya); University of Nice Sophia Antipolis, University of Bordeaux (Fransiya); Oxford University Language Centre (Angliya); Peking

University (XXR); Sophia University, University of Tokyo (Yaponiya); Baki Dövlat universiteti (Ozarbayjon); Moskva davlat universiteti, Boshqirdiston davlat universiteti (RF); Qozoq milliy universiteti (Qozog'iston); shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti, O'zFA O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti(O'zbekiston)da olib borilmoqda. Modul-krediti tizimida o'qitish, uni lingvodidaktik kasbiy tayyorgarlikkacha bo'lgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish umumiy tamoyillari, til sistemasi va nutq masalasida dastlabki pragmatik g'oyalar amerikalik faylasuf va pedagog Djon Dyui., Skatkin M.N fanlarni o'qitilishida muammoli o'quv topshiriqlarini tadqiq qilgan. Uning o'quv topshiriqlari tavsifi va tasnifiga doir yondashuvlaridan dunyo miqyosida foydalaniladi.[1:5-6].Til birliklarini izohlash, ularning pedagogik va psixologik talqini bo'yicha Rubenshteyn S.L. metodik amaliyoti bo'yicha Leontev A.N. ruhshunoslikdagi sezish, anglash kategoriyalari Ponomarev Ya.A. tadqiqotlarida atroflicha o'rganilgan.

Markaziy Osiyo mamlakatlarida ona tilini o'qitish, uni avaylab-asrash, milliy qadriyat sifatida ulug'lashga doir ilmiy izlanishlar uzluksiz ravishda olib boriladi. Jahonning yetakchi ilmiy markazlari va oliy ta'lim muassasalari, jumladan, Mugla Üniversitesi (Turkiya), Indiana University (AQSh), Centre of increasing to pedagogical qualification on base Manchesters, Oxfords university (Buyuk Britaniya), Belfield pedagogical university Germany (Germaniya), Nauchntiy sentr gumanitarntix issledovaniy (Rossiya) kabi ko'plab ilmiy markazlarda amalga oshirilmoqda. Kasbiy tayyorgarlikkacha bo'lgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish muammolari, ona tili matni ustida ishlash orqali o'rganishning o'ziga xos xususiyatlari tizimli ishlab chiqilgan. (Ulyanovskiy gosudarstvenntiy universitet); nutqiy ko'nikmalarni rivojlantirish bilan bog'liq muammolar yuzasidan kuzatishlar olib borilgan (Bright Hub Education); til o'qitishda kompitensiyaviy yondashuvlar olib borilayotgan (Payomi Donishgohi Milliy Tochikiston), (Janubiy Qozog'iston pedagogika universiteti oliy ta'lim muassasalarida nutqiy kompetensiyalari rivojlanatish ustuvor vazifa sifatida qo'yilgan. Jahon ta'lim tizimida interaktiv o'qitish tizimidan foydalanish (interactive E-learn) bo'yicha tadqiqotlar yetakchi oliy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlarda amalga oshirilmoqda. Jumladan, Purdue University (AQSh), interaktiv ta'limni amalga oshirish BMTning International Institute for Sustainabie Development (IISD), ona tilini o'qitish muammolari (Baku: Azerbaycan Dövlet Pedagoji Universiteti) mavzularida ilmiy izlanishlar olib borilgan. 3 ADABIYOTLAR TAHLILI

. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF

I Li I ™ ^ЭТ CENTURY

TASHKENT, e-e MAY 2024

Mamlakatimizda keyingi yillarda bir qator ona tili o'qitish metodikasiga doir ilmiy-metodik tadqiqotlar olib borildi. Jumladan, Sh.Yusupova va N Dadajonovakabi tilshunoslar o'z tadqiqotlarida o'zbek tili ta'limi jarayonida talabalarning nutqi ustida ishlash metodikasi asosida o'qitishni targ'ib qilgan. A.G'ulomov, M.Qodirov, M.Ernazarova,

A.Bobomurodova, N.Alavuddinova,V.Karimjonova kabi tilshunos olimlar esa ona tili o'qitish asosida mustaqil ta'lim topshiriqlarini ishlash, ijodiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish metodikasi ustida izlanishlar olib borgan. T.Yusupova gapning bosh bo'laklarini o'qitish metodikasi bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borgan. Ona tili ta'lim mazmunida metodik va nazariy ta'limi bo'yicha tadqiqotchi olimlar H.Ne'matov, A.G'ulomov, M.Qodirov, A.Nurmonov, A.Sobirov, B.Mengliev, L.R.Raupova, B.To'xliev, Yusupova Sh, Ziyodova T, Oxunjonova O, D.Jumashev kabi tilshunos olimlarning ishlari shular jumlasidandir. Shu bilan birga, mazkur tadqiqotlarning yozma va og'zaki nutqini rivojlantirishga yo'naltirilgan. O.Roziqov, N.Mahmudov, R.Safarova, U.Tursunov, A.Muxtorov, Sh.Rahmatullaev, H.Alavuddinova, R.R.Sayfullaeva, B.R.Mengliev, L.L.Raupova kabi tilshunos olimlar ham shular jumlasidandir. Tadqiqotchi A.Bobomurodova ona tili ta'lim mazmunida o'yin-mustaqil ta'lim topshiriqlardan foydalanish, metodist T.Ziyadova ona tili ta'limi jarayonida talabalarning so'z boyligini oshirish imkoniyatlarini tadqiq etgan va ona tili ta'lim mazmunida matn tahliliga murojat qilgan. Jumladan, K.Turdieva, G.Axmedovalarning o'zbek tili darsligi (tibbiyot institutlarining rus guruhlari uchun)da, o'zbek tili ta'limi jarayonida tafakkurni rivojlantiruvchi mustaqil ta'lim topshiriqlari va ulardan foydalanishga oid ishlangan metodik yondashuvlari OTM uchun muhim ahamiyatga ega. Metodikaga doir T.T.G'aniev ona tilidan mashq bajarish jarayonida talabaning bilish faolligini oshirish masalalarini tadqiq qilgan. A.Hamraev ona tili ta'lim mazmunida ta'lim oluvchining ijodiy faoliyatini loyihalashtirish muammosini tadqiq qilish asosida, ijodiy faoliyatni loyihalashtirishda ona tili ta'limida uzviylik, uzluksizlik, onglilik, o'zaro bog'liqlik va aloqadorlikni ta'minlash tamoyillari asosida o'quvchilarning intellektual salohiyatini tizimli tarzda rivojlantirish ilmiy-metodik jihatdan asoslangan.

Bu borada metodist K.Mavlonovaning "Ona tili fanini adabiyot fani bilan badiiy matn asosida integratsiyalab o'qitish metodikasini takomillashtirish" mavzusidagi tadqiqot ishini alohida ta'kidlash lozim. Olim tomonidan ona tili ta'lim mazmunining bugungi yondashuvlariga mos ravishda eng murakkab bo'lib turgan matn ustida ishlash, uni o'qiy olish, tushuna olish

va, eng muhimi, matn yarata olish ko'nikmalarini adabiyot fani bilan integratsiya qilgan holda rivojlantirish texnologiyasi ishlab chiqilgan. Shuningdek, tadqiqot mavzusiga doir izlanishlar I.A.Allayorov, O.R.Roziqov, R.Ibragimov

M.H.Mahmudov, A.G'ulomov, M.Qodirov, B.R.Adizov M.Mirtojievlar kabi tilshunos, metodist-pedagoglar tomonidan ta'lim oluvchining o'quv-biluv faoliyatini rivojlantirish, uning faolligi va mustaqilligini tarbiyalash muammolari ham o'rganilgan. Ayniqsa, professor R.R.Sayfullaeva ona tili ta'limi mazmuni, maqsadi va mazmunini ishlab chiqqan professsor H.Ne'matov g'oyalariga tayanib, ona tili o'qitishda yangi - ortiqcha grammatizmdan voz kechib, talabalarda nutqiy ko'nikmalarni rivojlantirish, lug'at va matn asosida milliy tilni, milliy ma'naviyatni talaba ongiga singdirish, talabani turli nutq vaziyatlariga tayyorlash, ijodiy tafakkur sohiblarini tarbiyalash yo'nalishni birinchilardan bo'lib boshlab berdi. [1:35]. 4 TAHLIL VA NATIJA

Rus pedagoglari S.L.Rubenshteyn, A.N.Leontev ta'lim jarayonida umumiy pedagogik-psixologik yondashuvlar asosida amaliyotga mustaqil tatbiq etishni taklif etadi. J. A. Ponomarev va O.R Roziqov kabilar mustaqil o'quv topshiriqlari va ularning didaktikada tutgan o'rni, vazifalari haqida kuzatishlar olib borgan. Jumladan, A.N.Leontev "mustaqil ta'lim topshiriq" tushunchasini quyidagicha xarakterlaydi: "Mustaqil ta'lim topshiriq -muayyan shartlarga asoslanib oldinga qo'yilgan aniq maqsaddir". L.R.Raupova o'zbek adabiy tili mazmunida tilshunoslikning ilmiy nazariy asoslarini o'rgatishni nazarda tutilishini, nutqiy ko'nikmalarni rivojlantirishga xizmat qilishi bilan ta'kidlaydi. Jahon pedagogikasida mustaqil ta'lim topshiriqlarining metodik, psixologik-pedagogik tadqiqi bilan Avstraliyalik olim, professor Jak Richards maxsus shug'ullangan. Shuni ta'kidlash joizki, G'arb pedagogikasining didaktik jarayoni amaliylikka asosiy e'tiborni qaratadi. Dastlabki pragmatik g'oyalar amerikalik faylasuf va pedagog D. Dyui tomonidan ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan. Fanda taraqqiyotni belgilovchi va davlatni, millatni, bunyodkorlarini jahonga mashhur qiladigan ilmiy maktabu yo'nalishlar tadqiq manbaiga yangicha talqin etishning qat'iy metodologik tamoyillari asosida yondashish natijasi o'laroq rivojlanadi va takomillashadi. 2020 yil 23 sentyabrdagi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunning hayotga tatbiqi sharofati bilan o'zbek tilshunosligida ona tili (o'zbek tili ) qurilishi yevropacha shakllar asosida formal talqin etish asoratidan qutulib, hozir jahon tilshunoslari diqqatiga ham sazovor bo'layotgan substansial tahlil metodologiyasi asoslariga - tom ma'noda o'zbekona tahlil usullariga - to'la ko'chirildi. Tadqiqotlarimiz

. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF

I Li I ™ ^ЭТ CENTURY

TASHKENT, 6-8 MAY 2004

jarayonida o'qituvchi va talaba o'rtasidagi ona tili ta'lim jarayoniga kompetensiyaviy yondashuv asosida DTSda belgilangan OTMda barcha o'zbek tili fanlar bo'yicha tayyorgarlik darajasiga qo'yilgan talablar hamda ona tili ta'lim mazmunidan kelib chiqqan holda OTMda didaktik tizimni mazmuni va tarkibiy tuzilishini ilmiy-nazariy nuqtai nazardan metodik-didaktik asoslanildi. O'qituvchi va talaba o'rtasidagi mustaqil ta'lim topshiriqlari, lingvodidaktik-psixologik va pragmatik xususiyatlarini rivojlantirishning pedagogik tuzilmasini rivojlantirishda muhim rol o'ynaydigan quyidagi yo'nalishlarni: -o'quv-biluv faoliyati va ona tili ta'limiy dars mashg'ulotlarni tashkil qilishda, o'z shaxsiy taraqqiyot yo'nalishida pedagog vazifalarini kengaytirish; - didaktik tizim bo'yicha milliy va xalqaro tajribaga oid materiallar (masalan, ilg'or pedagogik g'oyalar, yangi zamonaviy axborot texnologiyalari, pedagogik soha hayotidagi yangiliklarga oid materiallar va b.q.);- talabalarning o'zlashtirilgan bilim va ko'nikmalarini amaliy faoliyatida qo'llay olishga tayyorligi; - o'qituvchi va talabalarning birgalikdagi intellektual-emotsional o'zaro harakati ona tili ta'lim mazmuni va usullarining variativligi, interfaollik, dialoglik, muammolilik, amaliy yo'naltirilganlik tamoyillari asosida ishlab chiqilganligini OTMda ona tili ta'lim jarayoniga kengroq yoritish kerakligini maqsadga muvofiq deb topdik. Shuningdek tadqiqotimiz davomida yuqoridagi vazifalarning amaliyotda hal etilishiga doir mavjud ahvolni o'rganish pedagogik, lingvodidaktik-psixologik va pragmatik xususiyatlarini rivojlantirish tuzilmasini tahlil qilishga harakat qildik. Tadqiqot ishlari shundan dalolat beradiki, OTMda "Tilshunoslik asoslari", "O'zbek tili o'qitish metodikasi", "Ona tili" fanlarni kredit modul tizimida o'qitish bo'yicha davlat talablaridan kelib chiqqan holda mazmunan mukammal yaratilgan modul o'quv dasturlarining o'qituvchi tomonidan talabalarning mustaqil ta'lim topshiriqlarini pedagogik, lingvodidaktik-psixologik va pragmatik xususiyatlarini rivojlantirish muhim ekanligini tahlil qildik. Yuqoridagi fikrlarga tayanib aytishimiz mumkinki, pedagog faoliyati keng qamrovlidir. U o'qitishning uchta muhim ijtimoiy funksiyasi - ta'lim berish, tarbiyalash va shaxsni rivojlantirish bilan bog'liq vazifalarni bajarishga mas'ul. Aytish o'rinliki, bugungi kunda OTM ta'lim jarayoniga qaratilayotgan e'tibor talabalar rivojlanishiga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatayotgani, oliy ta'lim tizimi bo'g'inida mustaqil ta'limning talaba hayotida tutgan o'rnini, talabalarning kredit modul tizimida qanday bilimga ega bo'lishda pedagogik tuzilmani o'rganmasdan, rivojlantiriladigan bilim, ko'nikma-malaka, ijodiy faoliyat tajribasi,

munosabatlarini tahlil qilish amri-maholdir. Biz tadqiqotlarga tayanib, mustaqil ta'lim o'quv topshiriqlarini takomillashtirishning pedagogik, lingvodidaktik-psixologik va pragmatik xususiyatlarini didaktik tizimni modellashtirish asosida o'qituvchi va talaba o'rtasidagi ta'lim jarayonini metodik yondashuv asosida takomillashtirish tuzilmasini quyidagicha ko'rinishda ifoda etdik. Shuning uchun ham oliy ta'lim mazmuni va metodikasi har bir talabaning to'la lingvodidaktik rivojlanishini, ona tili ta'limini qiynalmay davom ettirishga imkoni beradigan ta'limda bilimga oid ko'nikmalarini rivojlantirishni ta'minlashga qaratilmog'i lozim. Bugungi kunda oliy ta'limning to'rt yil muddatda davom etishi o'qituvchiga nisbatan ham talablarning ortib borayotganligini ko'rsatadi. Bu masalani ongli va savodli anglamasdan turib, pedagogik-metodik faoliyatga oid yangicha qarashlarni o'zlashtirib bo'lmaydi. Bu qarashlar markazida talabaning psixolingvistik rivojlanishiga ko'maklashish vazifasi va shu vazifa doirasiga nutqiy kompetentsiyasini jalb etish muammosi turadi. Hozir o'quv-metodik majmualarni yangilash munosabati bilan respublikamizda oliy ta'lim tizimida o'qitilayotgan 50 dan ortiq tillar bo'yicha lingvistik talqinlarni o'zbekona (substansial) talqin usullariga ko'chirib, birinchidan, o'rta ta'limda ona tili qurilishi bo'yicha olinadigan talqinlar bilan OTMda beriladigan talqinlarni uyg'unlashtirishga, ikkinchidan, jahon tilshunosligi silsilagida o'zbek lingvistik maktabi o'rnini barqarorlashtirishga real imkoniyatlar mavjud. Bu oliy ta'limda nutqiy kompetensiyani rivojlantirishga asosiy e'tibor qaratish lozimligini ko'rsatadi. Nutqiy qobiliyatni o'zlashtirish muvaffaqiyati motivatsion omillar va talabaning umumiy ta'lim ko'nikmalarini rivojlantirish darajasiga bog'liqdir. Nutq a'zolarining harakati jarayonida paydo bo'ladi. Ruhiy hodisa bo'lgan tilning ifoda vositalari nutq ixtiyoriga o'tgach, haqiqatga aylanadi. M.B.Elkonin.[5:45].

konsepsiyasiga ko'ra, shaxsni shakllantirish jarayonida, avvalo, faoliyatning motivatsion tomonini, keyin esa texnik jarayonni o'zlashtirish amalga oshirilishi kerak. -ijtimoiy-siyosiy (tilning davlatga xosligi, maktabda o'qish majburiyati);- kasbiy qiymat (kasbga o'qitish davlat tilida olib boriladi); - ijtimoiy obro', jamoaviy mas'ullik; - kommunikativ (ona tilida muloqot qilish zaruriyati); - o'z-o'zini tarbiyalashga ehtiyoj, o'zini takomillashtirish istagi bilan bog'liq sabablar; - utilitar (ma'lum hayotiy manfaatlarga erishish vositasi sifatida tilni bilish zarurati); - xavotirlanish sabablari (darsni orqaga tortmaslik, past baho olmaslik); - ona tili va adabiyoti o'qituvchisiga hurmat motivi. Til tashuvchisining rivojlanish darajasiga ta'sir qiluvchi psixologik shartlar orasida lisoniy qobiliyat alohida

. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF

I Li I ™ ^ЭТ CENTURY

TASHKENT, e-e MAY 2024

ahmiyatga ega. Shunday qilib, til tashuvchisining shakllanishi va rivojlanishi faqatgina umumiy o'rta ta'limi jarayoni bilan cheklanib qolmaydi, balki insonning butun ongli hayotida davom etadi. Ko'pchilik zamonaviy olimlar "til tashuvchisi" tushunchasinining tuzilish tarkibiga quyidagilarni kiritadilar: - til kompetensiyasi; - nutq kompetensiyasi; - fan kompetensiyasi; - pragmatik kompetensiya;-kommunikativ kompetensiya; - doimiy intellektual rivojlanish: ruhiy jarayonlar (xotira - vizual va eshitish, fikrlash - mavhum va majoziy, kuzatish, tasavvur -reproduktiv va ijodiy); - insonning ma'naviy boyligi -doimiy ma'naviy rivojlanish, axloqiy me'yorlar, avvalo,muloqot me'yoriga rioya qilish; - til an'analarining yig'ilib borishi. Odam ongida nutqi rivojlanishi bilan bir qatorda, ong ostida mumkin bo'lgan harakatlarning ichki rejasi tuziladi, muayyan vaziyatda amalga oshiriladigan harakatlar modellari yaratildi. Bu borada L.S.Vigotskiy, I.Ya.Zimnyay, A.A.Leontev, Ya.A. Ponomarevning ishlarida aks etgan.

S.L.Rubenshteynning psixologik tadqiqotlar tahlili til tashuvchisini shakllantirishning muvaffaqiyati ta'limda kommunikativ rivojlanish darajasiga bog'liqligi haqida gapirishga imkon beradi. "Ta'limda kommunikativ rivojlanishi" iborasi I.Ya.Zimnyayaning fikricha, quyidagilarni ta'minlaydigan murakkab ko'p qirrali hodisa sifatida ko'rib chiqilishi kerak:

- lug'at hajmi;

- nutq qoidalarini egallashning mohirlik darajasi;

Mazkur talablarni amalga oshirish uchun ona tili

ta'limida pragmatik yondashuvga asoslangan mustaqil ta'lim topshiriqlari tizimini ishlab chiqish lozim. Buning uchun turli nutq vaziyatiga mos fikr ifodalash imkonini beruvchi, o'zaro muloqotning samarali bo'lishiga xizmat qiluvchi kognitiv-pragmatik ta'limning afzalliklarini o'rganib chiqish kerak bo'ladi. Oliy ta'limda modul-kredit tizimi, mustaqil ta'lim topshiriqlarining o'ziga xos xususiyatlarini quydagi metodik yondashuv asosida izohlaymiz. Bu borada Jahon pedagogikasi mo'tadillik, amaliylik va erishuvchanlik tamoyillariga tayanadi. Pragmatizm -ta'limni hayotga yaqinlashtirish, ta'lim maqsadlariga amalda erishish tarafdori bo'lgan falsafiy-pedagogik yo'nalishdir. Pragmatik falsafa asoschilari V.V.Bogdanov va V.S Grigoreva idealizm va materializmdan tashqarida turgan yangi falsafani yaratishni talab qilishdi. Dastlabki pragmatistlarning g'oyalari Amerikalik faylasuf va pedagog D. Dyui tomonidan ishlab chiqilgan. Ma'lumki, jahon pedagogikasida "ta'lim uchburchagi" degan tushuncha mavjud, bu ta'lim jarayonining uchta asosiy komponenti hisoblanadi.

Bu haqida bir qancha olimlar o'z fikrini bildirgan. Jumladan, ingliz olimi Jon Orlando "o'quv rejasi DTS, o'quv dastur, o'qitish va baholash ta'limning uchta asosiy tarkibiy qismi", - degan. Milton Chenesa obrazli mustaqil ta'lim topshiriqlari jarayonini uch oyoqli kursiga o'xshatib, birortasida xatolik yuz bersa, butun bir ta'lim qulaydi, degan fikrni ilgari suradi. Ingliz olimi Deylan Viliam tavsifi bo'yicha, "mustaqil - o'qitishda topshiriqlar va ta'lim maqsadi o'rtasidagi ko'prik", ya'ni mustaqil o'qitishning ta'lim maqsadiga mosligini o'lchovchi, tekshiruvchi mezon bu rag'batlantirish, baholash ekanligini uqtiradi. Pragmatik pedagogika hayotdan olingan maqsadlarni himoya qiladi. Amerika maktabi pragmatik ta'lim zarurligini isbotlay olgan va umumiy aholining taraqqiyoti va manfaatlariga mos keladigan ta'lim maqsadlarini taklif qila olgan. Mustaqil ta'lim, D.Dyuining fikricha, insonni hayotga tayyorlash vositasi emas, u hayotning o'zi. Tarbiya odamlarni birlashtirishi, yoshlarni ijtimoiy tinchlik va totuvlik ruhida tarbiyalash lozim. D. Dyui ta'lim tizimi ijtimoiy muhitni yaxshilash, jamiyat turini inqilobiy o'zgarishlarsiz o'zgartirishning hal qiluvchi vositasi sifatida namoyon bo'ladi. O'quv maqsadlari D.Dyuining uslubiy ko'rsatmalari zamonaviy nazariyalar bilan hamohang.

Bu nazariyotchilarning fikrlarini umumlashtirib, pragmatik pedagogikani tarbiyalashning umumiy maqsadi shaxsning o'z-o'zini tasdiqlashi, tan olishi, degan xulosaga kelish mumkin. Uning fikriga ko'ra, ta'lim hayotiy muammolarni qanday hal qilishni o'rgatishi kerak. Ona tili ta'lim mazmunida har bir dars mashg'ulot asosida beriladigan mustaqil savol, topshiriq va mashqlar ham xuddi shunday talabaning hayotiy muammolarini yechishga yo'naltirishi lozim.

Bu borada o'zbek tilshunosligida olib borilayotgan tadqiqotlardan ham foydalanish lozim. Bunday tadqiqot ishlarga biz M.R.Hazratqulov, K.M.Mavlonova, N.Z.Umarova va G'.H.Hamraev kabi tilshunos-metodistlarning tadqiqotlarini kiritishimiz mumkin. .[1:22-23].

Shu o'rinda O'zbekistondagi OTM o'zbek tilining sohada qo'llanilishi, O'zbek tili o'quv predmetini o'qitishning vazifalari, tabiiyki, o'zbek tili kredit-modul tizimida ta'lim mazmuni bilan uyg'un holda belgilab berilgan. Bular - 1) o'zbek tilini fan sifatida aloqa tili va bilim olish vositasi sifatida o'qitishni, so'z, so'z birikmalari, gaplarning matn hosil qilishdagi xizmatini tanitish, til birliklarining o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda matnlar hosil qilishga, matn hosil qilishdagi qonuniyat va qoidalarga amal qilishga o'rgatish, til faoliyati davomida og'zaki va yozma nutq me'yorlarini o'zlashtirish; 2) fikrlash salohiyati, aqliy

. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF

I Li I ™ ^ЭТ CENTURY

TASHKENT, 6-8 MAY 2004

rivojlanish, mantiqiy tafakkurini o'stirishda pragmatik maqsadga muvofiq amalga oshiriladi.

Tilni faqat muayan belgi sifatida emas, balki real hayotda amaliy faoliyatda qo'llanishini o'rganish muhimdir. Pragmatika tilshunoslikning yangi bir nazariy va amaliy tarmog'i sifatida insonning ijtimoiy faoliyatini o'zida mujassamlashtirgan nutqiy jarayon, nutqiy vaziyat ta'siri bilan namoyon qiluvchi nutq ishtirokchilariga xos kommunikativ niyat bilan aloqador masallarni o'rganadi. "Pragmatika" (yunoncha pragma -ish, harakat, amalga oshirilgan, bajarilgan ma'nolarni anglatadi) aslida falsafiy tushuncha bo'lib, bu oqimning asosiy taraqqiyot davri XIX-XX asrlardir. Fanga ilk bor "pragmatika" atamasini amerikalik olim Charlz Sanders Pirs kiritgan. Ayniqsa, XX asrning 1930-1940 yillarida pragmatizm g'oyalarining keng targ'ibi aniq sezila boshladi. Amerika va Yevropada bu targ'ibotning keng yoyilishida Ch.Pirs, R.Karnap, Ch.Morris, L.Vitgenshteyn kabilarning xizmatlarini alohida qayd etmoq kerak. "Pragmatika" atamasi dastlab tilshunoslik faniga XX asrning 30-yillarida mashhur nazariyotchi Ch.U.Morris tomonidan kiritilgan. U pragmatikani semiotikaning tarkibiy qismlaridan biri deb ta'kidlaydi.

Olimlar fikricha, "semantika" belgilar (til birliklari)ning ularda ifoda etgan narsalarga munosabatini, "sintaktika" belgi (til birligi)ning belgi (til birligi)ga munosabatini nazarda tutadi. Demak, pragmatika lingvistik belgilarning nutqdagi funksional qo'llanishini o'rganadi. Pragmalingvistika

(lingvopragmatika) til va undan foydalanuvchilar o'rtasidagi aloqadorlikni o'rganadi. Ya'ni bu aloqalar oddiy nutqiy dalolat beruvchi murakkab kommunikativ holatlarda (diskurs) namoyon bo'ladi. Pragmalingvistikaning nazariy asoslarini

XX asrning 60-yillarida Oksford maktabining vakillari, tilshunos faylasuflar B.Rassel, J.Ostin, P.Grays va J.Syorl yaratdilar. Rus tilshunosligida lingvistik pragmatikaga oid ilk tadqiqotlar 1980-yillarda paydo bo'la boshlandi (N.Arutyunova. Y.E.Paducheva). O'zbek tilshunosligida ham o'tgan asrning 80-yillaridan boshlab semantik va pragmatik tadqiqotlar mutaxassislar diqqatini tortdi. R.Qo'ng'urovning" Sub'ektiv baho formalarining semantik va stilistik xususiyatlari", N.Mahmudov "O'zbek tilidagi sodda gaplarda semantik-sintaktik asimmetriya" hamda "Presuppozitsiya va gap", M. Saidxonov "Noverbal vositalar va ularning o'zbek tilida ifodalanishi" (nomzodlik dissertatsiyasi 1993y), U.Rahimov "O'zbek tilida yuklamalar presuppozitsiyasi" (nomzodlik dissertatsiyasi 1994), Z. Tohirov "O'zbek tilida pragmatik semalarning hosil bo'lishi va ularda sub'ektiv munosabatning yuzaga chiqishi" (nomzodlik

dissertatsiyasi 1994), M.Hakimovning "O'zbek tilida matnning pragmatik talqini" (doktorlik dissertatsiyasi 2001) ga bag'ishlangan tadqiqotlar maydonga keldi. 2008 yilda Sh.Safarovning "Pragmalingvistika" asari o'zbek tilshunoslari orasida tilshunoslikning yangi yo'nalishi bo'lgan pragmatik lingvistika masalalari bilan atroflicha tanishtirdi.

Demak, pragmalingvistika til birliklaridan foydalanuvchi shaxs yoki so'zlovchining til belgilariga munosabatini o'rganuvchi tilshunoslik aspektlaridan biri bo'lib, uning maqsadi- tilni matnda (kontekst) o'rganishdir, ya'ni tilni axborot- kommunikativ vositachi sifatida o'rganishdir. Pragmalingvistika ritorika (notiqlik), stilistika, semiotika, sotsiolingvistika, psixolingvistika, kommunikativ sintaksis,

etnolingvistika kabi sohalar bilan o'zaro bog'liqdir. [7:128].Pragmalingvistikaning ikki yo'nalish metodikasi mavjud: funksional (diskurs, lisoniy birliklar usuli) va yashirin (muloqot hulqi me'yorlari, muloqot odobi usuli) pragmalingvistika.

Ona tili ta'lim mazmuniga, xususan, mustaqil ta'lim topshiriqlarini takomillashtirishga yordam beradigan pragmalingvistikaning metodik jihati quyidagilarda namoyon bo'ladi:

Masalan, bayonning oshkora va yashirin maqsadlari (fikrni yetkazish, so'roq, buyruq, iltimos, maslahat, uzr so'rash, tabriklash, shikoyat va b.);

- nutq taktikasi hamda nutq odobi turlari, usullari;

- suhbat, so'zlashishning metodik qoidalari;

- so'zlovchining metodik maqsadi.

Shu o'rinda - mashq usullari - talabaning real amaliy harakatlarini ta'minlovchi, uning ichki munosabatini mujassamlashtiruvchi, munosabatni moddiylashtiruvchi, ikkinchisiga ko'rinadigan ta'sirlar turidir.

Mashq va topshiriqlar yordamida talabalarning faolligi tashkil etiladi va uning ijobiy motivlari (ishtiyoq) (topshiriqlar, talablar, musobaqalar shaklida alohida va guruh faoliyati uchun turli xil vazifalar, namunalar va misollar ko'rsatish, muvaffaqiyatli vaziyatlarni yaratish) rag'batlantiriladi.

Ijodiy tafakkur sohiblariga ta'lim-tarbiya beruvchi darslikning asosini fikrlashga yo'naltiruvchi o'quv topshiriqlari tashkil qiladi. Bunday zamonaviy darslik asosida dars mashg'ulotida olib borilishi kerak bo'lgan umumiy talablar quyidagilardan iborat:

1. Eng yangi ilmiy yutuqlardan, eng yaxshi pedagogik amaliyotdan foydalanib, ta'lim jarayoniga moslashtirilgan savol-javob va topshiriqlar asosida darslik yaratish.

2. Darsliklardagi zamonaviy metodik yondashuvlar, dars mashg'ulotida mustaqil ta'lim topshiriqlaridan

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, в-8 may 2004 www.in~academy.uz

o'rinli va maqsadli foydalangan holda amalda qo'llashni taqqozo etadi.

3. Talabalarning bilish faoliyati uchun tegishli bo'lgan barcha shart-sharoitlarni yaratish, ularning qiziqishlari, mayllari va ehtiyojlarini hisobga olib matnga yoki mavzuga o'quv topshiriqlari mexanizmini ishlab chiqish.

4. Savol va topshiriqlar tuzishda fanlararo bog'lanishlarni e'tiborda tutish.

Ma'lumki, har bir dars mashg'uloti uch maqsadga erishishga qaratilgan: o'rgatish, ya'ni bunda yangi mavzuning bayoni ta'limiy maqsad, mavzuni hayotga bog'lab tarbiyaviy ta'sir etish, tarbiyaviy maqsad va rivojlantiruvchi maqsad o'tilayotgan mavzuni savol-javob asosida mustahkamlash. .[15:67]. 5 MUHOKAMA

Xulosa sifatida shuni aytish kerakki ona tili ta'lim mazmunida, asosan, grammatik bilimlarni rivojlantirish nazarda tutiladi, to'g'ri, grammatikasiz dars mashg'uloti ham, darslik ham bo'lmaydi, biroq me'yor darajasida rivojlantirilishi kerak. Til o'rganishni murakkab jarayonga aylantirib qo'yganmiz, kasbiy malaklar alohida masala, nega ona tili o'qituvchilarining bilimi past baholanmoqda, chunki biz noto'g'ri mezonlar asosida o'lchayapmiz. Ona tili o'qituvchisidan fan tilshunosning bilim va ko'nikmasi so'ralmaydi, aslida soha mutaxassisi bo'lgan olimlar ham tilshunoslikning kichkina bir sohasini tadqiq qiladi (biladi) xolos. O'qituvchidan lingvistikaning hamma sohasini bilishni talab qilish noto'g'ri, albatta.

Muloqot davomida odatda savollarga to'g'ri javob bergani uchun talabalarga rag'bat yoki noto'g'ri javob bergan taqdirda ularga dashnom beriladi. Dars mashg'ulotida talabani savol berishga undash mumkinmi, ko'p hollarda bunga e'tibor berilmaydi, imkoniyat yaratilmaydi. Talabalar tomonidan o'qituvchiga savol berilsa, aksariyat holatda rag'batlantirilmaydi. Ona tili dars mashg'ulotlarida va boshqa fanlarda ham talabalar, asosan, javob beruvchidir. Aslida talabaga ko'proq savol berishni, savol tuzishni, savollar dallilarga tayanishni o'rgatish lozim (Muallif fikri). Majmuadan foydalangan holda savollarni mantiqiy, murakkab tuzishga undash. Muloqot jarayonida savolning qanday berilganiga bog'liq bo'ladi, mustaqil - o'qitishdagi topshiriqlar, ta'limning asosiy maqsadini qamrab olishi lozim. Oliy ta'limda modul-kredit tizimi uchun mustaqil ta'lim topshiriqlarning o'ziga xos didaktik-metodik xususiyatlariga tavsif maqsadga muvofiqdir.

Aslida, grammatik qoidalar emas, ona tilida matn bilan ishlashga o'tish, so'zning matndagi ma'no tovlanishlarini, talaffuzi va yozilishini, matn muallifi aslida nima demoqchiligini anglashga olib boruvchi

savol va topshiriqlar tizimini yaratish, talabaning adabiyotga mehr qo'yishini ta'minlaydi, ta'limda bo'y-u bastini ko'radi. Grammatik nazariyalar - qoliplardir, ona tili ularga sig'maydi. Biz tilning nutqiy imkoniyatlarini ko'rsatib berishimiz kerak, bu imkoniyatlar grammatika bilan o'lchanmaydi.

Fikrlash qobiliyati faqat savollarga javob berish qobiliyati bilan emas, balki ularni so'rash qobiliyati bilan ham belgilanadi. Talabalarda to'g'ri va mantiqli savol bera olish ko'nikmasini hosil qilish zarur. Bu kelajakda to'g'ri qaror qabul qiladigan, erkin fikrlovchi filolog mutaxassislarni tarbiyalash uchun juda muhimdir. Bugun talabaga OTMga kirish uchun ona tili grammatikasidan taqdim etilayotgan test savollariga tadqiqotchi, tilshunoslar ham qoniqarli javob bera olmaydi, chunki mustaqil ta'lim o'quv topshiriqlari noto'g'ri shakllantirilgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

[1] Axmedova M. E. Modul kredit tizimida mustaqil topshiriqlar tuzishning ilmiy-nazariy asoslari.T.: "Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi MCHJ. 115-b

[2] Axmedova M.E (hammualliflikda) Pedagogik mahorat va tibbiy pedagogikaning kasbiy kompetentligi. O'quv-uslubiy qo'llanma T.: "Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi MCHJ, 2021-62-63b.(126)

[3] Axmedova M. (hammualliflikda) -Pedagogika. O'quv qo'llanma. T.:, Fan va texnologiya nashriyoti. 2018. — 393 b (102-b).

[4] Asqarova M., Qosimova K. O'zbek tili. 5-sinf uchun darslik. -17-nashr. - T.: O'qituvchi, 1992. - 192 b.

[5] Antonova YE.S. Metodika prepodavaniya russkogo yazika: kommunikativno-deyatelnostniy podxod Tekst.: ucheb. Posobie dlya stud., aspir. i prepodavateley ped. ucheb. zavedeniy / Antonova Ye. S. M.: KnoRus, 2007. - 464 s.

[6] Babayseva V. V. Lingvometodicheskie osnovbi prepodavaniya russkogo yazbika v obsheobrazovatelnoy shkole Tekst.: posobie dlya uchitelya / Babayseva V. V., Chesnokova L. D., Yeremeeva A. P. M. : Izd-vo NII shkol ministerstva prosveщeniya RSFSR, 1980. - 79 s.

[7] Bloom B.S., (Ed.). 1956. Taxonomy of educational objectives: The classification of educational goals: Handbook I, cognitive domain. New York:. Bloom B.S., (Ed.). 1956. Taxonomy of educational objectives: The classification of educational goals: Handbook I, cognitive domain. New York: Longman.

[8] Jamolxonov H. Hozirgi o'zbek adabiy tili darslik. -T., 2014. 96-b.

[9] Ziyodova T. Talabalarni mustaqil fikrlashga o'rgatish. - Toshkent: RTM, 2000. - 163 b.

[10] Mirzaqulov T. Grammatika o'qitishning lingvistik asoslari. -T.: O'qituvchi, 1994. - 56 6.

[11] Ne'matova G. Ijodiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi va o'qituvchining mustaqil faoliyati. Ona tili o'qituvchilari uchun metodik tavsiyalar. - Toshkent, 2001. -96 b.

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, в-8 may 2004 www.in~academy.uz

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

[12] Nurmonov A., Sobirov A., Qosimova N. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining 1-bosqich talabalari uchun darslik.- Toshkent: Ilm ziyo, 2010. - 160 b.

[13] Qodirov M., Ne'matov H. Mengliyev B. Va boshq. Ona tili 8-sinflar uchun darslik. - T.: Cho'lpon. 2019. 6-b.

[14] Qosimova K. , Matchonov S.M, G'ulomova X., Yo'ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o'qitish metodikasi. Boshlang'ich ta'lim fakulteti talabalari uchun darslik. — T.: "NOSHIR", - 2009. 340 b.

[15] G'ulomov A., Qodirov M., Ernazarova M., Bobomurodova A., Allavutdinova N., Karimjonova V. Ona tili o'qitish metodikasi (Universitet va pedagogika institutlarining filologiya fakulteti talabalari uchun) Darslik. T.:T.Fan va texnologiya 2012. - 380 b.

[16] G'ulomov A., Ziyodova T. Talabalar so'z boyligini oshirish. O'qituvchilar uchun metodik qo'llanma. - T.: O'qituvchi,1996. - 125 b.

[17] G'ulomov A., Ne'matov H. Ona tili ta'limi mazmuni: Ona tili o'qituvchilari uchun qo'llanma. - T.: O'qituvchi, 1995. - 128 b.

[18] Hojiev A. Lingvistik terminlarning izohli lug'ati. -T.: O'qituvchi, 1985. - 65 bet.

[19] Hojiev A. O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati. - Toshkent: Uqituvchi, 1974. -308 bet.

[1] Hasanboev J., To'raqulov X. va boshqalar Pedagogika fanidan izohli lo'g'at. T.: "Fan va texnologiya" nashriyoti, 2008 y. 250 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.