Научная статья на тему 'TILSHUNOSLIKDA IJTIMOIY YO’NALISHNING TARAQQIYOTI'

TILSHUNOSLIKDA IJTIMOIY YO’NALISHNING TARAQQIYOTI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
968
65
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
til / kishilik jamiyati / tarixiy taraqqiyot / itimoiy hodisa. / language / human society / historical development / social phenomenon.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — D. Ubaydullayeva, M. Raxmonqulova

Tilshunoslik fan tarixida tilning tabiati, ijtimoiy mohiyati kabi eng muhim masalalarni o‘rganishda turli nazariyalar va oqimlar mavjudligi va bu bo’yicha olimlarning fikrlari bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF SOCIAL DIRECTION IN LINGUISTICS

This article deals with the existence of various theories and currents in the study of the most important issues such as the nature and social essence of language and the opinions of scientists.

Текст научной работы на тему «TILSHUNOSLIKDA IJTIMOIY YO’NALISHNING TARAQQIYOTI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

TILSHUNOSLIKDA IJTIMOIY YO'NALISHNING TARAQQIYOTI

D.Ubaydullayeva

Fardu Ingliz tili kafedrasi o'qituvchisi M.Raxmonqulova

Fardu magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7192715 Annotatsiya. Tilshunoslik fan tarixida tilning tabiati, ijtimoiy mohiyati kabi eng muhim masalalarni o'rganishda turli nazariyalar va oqimlar mavjudligi va bu bo'yicha olimlarning fikrrlari bayon etilgan.

Tayanch so'z va iboralar: til, kishilik jamiyati, tarixiy taraqqiyot, itimoiy hodisa.

РАЗВИТИЕ СОЦИАЛЬНОГО НАПРАВЛЕНИЯ В ЯЗЫКОЗНАНИИ Аннотация. В истории науки языкознания описано существование различных теорий и течений в изучении таких важнейших вопросов, как природа и социальная сущность языка и мнения ученых по этому поводу.

Ключевые слова и фразы: язык, человеческое общество, историческое развитие, социальное явление.

DEVELOPMENT OF SOCIAL DIRECTION IN LINGUISTICS Abstract. This article deals with the existence of various theories and currents in the study of the most important issues such as the nature and social essence of language and the opinions of scientists.

Key words and phrases: language, human society, historical development, social phenomenon.

KIRISH

Tilning paydo bo'lishi, uning takomil topib borishida, odamzotning bu ne'matga moyil bo'lishida ijtimoiy muhitning, kishilik jamoasining hal qiluvchi omil ekanligi inkor etib bo'lmaydigan haqiqat.

Professor N. Mahmudovning aytishicha, eramizdan oldin ham, bizning eramizda ham dunyoning turli burchaklarida ana shu haqiqatni izlab turli tajribalar o'tkazilgan. Masalan,"Mo'g'ullar lmperiyasining umumiy tarixi" (Parij, 1705) nomli kitobda XVI asrda Akbarshoh tomonidan o'tkazilgan bir g'aroyib tajriba haqida batafsil yozilgan. Masalan,"Mo'g'ullar lmperiyasining umumiy tarixi" (Parij, 1705) nomli kitobda XVI asrda Akbarshoh tomonidan o'tkazilgan bir g'aroyib tajriba haqida batafsil yozilgan. Ulug' shoh "Biror-bir tilga o'rgatilmagan odamning tabiiy tili yahudiy bo'ladi" degan g'ayri ilmiy gapni eshitib qoladi va shuni isbotlash maqsadida tajribani boshlaydi. Shunda Akbarshoh bolaga hech qanday til ataylab o'rgatilmasa, u qaysi tilda gapiradigan bo'lishini bilishni istaydi. Ana shu maqsadda shoh o'n ikki emizikli bolani ajratib olib, Agradan 6 mil uzoqlikdagi qal'aga joylashtiradi, ularni tarbiyalashni o'n ikki soqov enagaga topshiradi. Ular doimo nazoratda turishadi va hattoki undagi enagalardan tortib qorovulgacha soqov bo'ladi. Tilsiz qorovulga qal'a darvozasini ochish qat'iyan ta'qiqlanadi, darvoza ochilsa, uning boshi sapchaday uzib tashlanishi aytiladi. Bolalar o'n ikki yoshga yetganda, shoh ularni huzuriga keltiradi. Hind faylasuflari bu bolalarning tili sanskrit bo'lib chiqadi deb hisoblaydilar. Ammo bolalar shoh huzuriga kelganda, barcha hayratdan tosh qotib qoladi. Chunki bola bechoralar hech bir tilda gapirmas edilar.Ular voyaga yetgan muhit so'zsiz bo'lgani uchun ham ularda insonga xos bo'lgan nutqni topish juda mushkul edi. Ochilmay turgan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

bu tillarning tuguni yechmoq tamoman mushkul edi. Bu tillarga nutq tovushlarini ayttirmoqlik zamoni o'tib bo'lgan edi. Ulug' shoh tomonidan o'tkazilgan bu tajriba jamiyatsiz hech qaysi til rivojlana olmasligini bizga aniq va ravshan ko'rsatib beradi.

TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI

Bu misollarga yana qo'shimcha ravishda juda katta shov-shuvga sabab bo'Igan Tarzan haqidagi "Mutloq hukmronlik" filmidagi voqealar, bo'ri uyasidan topilgan Kamola va Amola taqdiri til jamiyatdagina shakllanadi, tilsiz jamiyat, jamiyatsiz til bo'lmasligini yana bir bor tasdiqlaydi. Til jamiyatga xizmat qilar ekan, jamiyatdagi barcha o'zgarishlar tilda o'z ifodasini topadi va til jamiyat hayoti bilan bog'liq ravishda rivojlanadi hamda taraqqiy etadi. Til jamiyatga xizmat qilar ekan, jamiyatdagi barcha o'zgarishlar tilda o'z ifodasini topadi va til jamiyat hayoti bilan bog'liq ravishda rivojlanadi hamda taraqqiy etadi. Tarixiy taraqqiyot jarayonida vujudga kelgan yirik davlatlar yemirilishi bilan, ularning aloqa vositasi bo'lgan tillar, chunonchi qadimiy fors tili , finikiylar tili, sug'dlar tili, lot. tili iste'molda bo'lib, keyin o'lik tillarga aylangan.Shundan xulosa kelib chiqadiki, agar ma'lum bir tilda so'zlashadigan jamiyat tanazullga yuz tutsa, ana shu til ham yo'qlikka mahkumdir. Lekin bu tillar butunlay dom-daraksiz yo'qolib ketmagan. Tilshunoslik fan tarixida tilning tabiati, ijtimoiy mohiyati kabi eng muhim masalalarni o'rganishda turli nazariyalar va oqimlar mavjud bo'lgan.Nemis olimi August Shleyxer o'zining "Darvin nazariyasi va tilshunoslik" asarida tilni tirik organizm sifatida ta'riflagan ya'niki til xuddi tirik mavjudotlar kabi tug'iladi va o'ladi va bu tabiat qonuni asosida amalga oshiriladi. Keyinchalik o'tkazilgan tajribalar va amaliyotlar Shlexerning nazariyasini mutloqo aksini ko'rsatib berdi. Til jamiyat bilan uzviy bog'langan hodisa bo'lib bir mavjud bo'lmasa ikkinchisi ham yo'qlikka mahkumdir. Umuman, tilning asosiy va muhim xususiyati shundan iboratki, til kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan bo'lib, eng muhim aloqa vositasi sifatida xizmat qiladigan ijtimoiy hodisadir.

TADQIQOT NATIJASI

Til ijtimoiy hodisa sifatida tabiiy hodisalardan ajralib turadi.Insonning biologik rivojini oladigan bo'lsak,misol uchun inson jamiyat omilisiz ham nafas oladi, o'sadi va rivojlanadi va bu rivojlanish tabiat qonunlariga to'liq mos keladi, lekin til bunday tabiiy hodisa emas u ijtimoiy hodisa bo'lib uning paydo bo'lishi va rivojlanishi uchun albatta jamiyat juda ham zarur. Til kishilarning bir-biri bilan aloqa qilish va fikr almashish ehtiyojlari natijasida paydo bo'lgan. Til nasldan-naslga, avloddan-avlodga o'tadigan irsiy hodisa ham emas, aksincha, til jamiyat taraqqiyotining mahsulidir. Bolaning qaysi tilda so'zlay boshlashi, uni o'rab turgan til muhitiga bog'liq. Masalan, o'zbek bolasi go'dakligidan xitoylar orasida tarbiyalansa, u faqat xitoycha so'zlab o'z ona tilini bilmasligi mumkin. Ammo bolaning biologik belgilari: yuz tuzilishi, sochining rangi va boshqalar o'zgarmagan holda saqlanib qoladi. Bunga yorqin dalil sifatida hindistonlik psixolog Rid Sing 1920-yilda bo'ri inidan odam bolalarini topib oladi. Qizchalarning kattasi Kamola o'zini xuddi bo'ridek tutgan. U bo'rilar bilan hayot kechirgan, gapirishni butunlay bilmagan. Uni "odamlashtirish"jarayoni juda sekinlik bilan amalga oshgan. Qizchaning qiliqlari bo'rinikidan farq qilmas edi. Uni tik turishga, ovqatni qo'l bilan ushilab yeyishga o'rgatish juda qiyin kechdi 1923-yil 10-iyun kuni u birinchi marta birovning ko'magisiz 5 minut qaddini rostladi, ayniqsa Kamolaning gapira olish va gaplarni tushunish borasidagi taraqqiyoti katta ahamiyatga ega bo'Idi. U faqat bo'riga o'xshab tovush chiqara olardi, xolos. 1926-yilning boshiga kelib 11 yoshga yetganda Kamola 30 ga yaqin so'z o'rgandi. 1929-yil 26-sentyabr kuni Kamola ich terlama bilan og'ridi. Ana shu kasallik mobaynida u tilni o'zlashtirishda ancha taraqqiyotga erishdi. U

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

faqat so'zlarni aniq talaffuz etibgina qolmay idrok etib gapirishni ham o'rgandi. Kamola shu yilning 13-noyabrda vafot etadi.Berilgan shu ma'lumotlar jamiyatning til rivoji uchun naqadar muhimligini isbotlab beradi. Yuqorida keltirilgan dalillar ham tilning jamiyat bilan bog'liqligini, uni jamiyatdan ajratish mumkin emasligini ko'rsatib turibdi. Shunday qilib, til o'z tabiatiga va kishilik jamiyatida bajaradigan vazifasiga ko'ra ijtimoiy hodisadir.

Ammo ijtimoiy hodisa sifatida til boshqa ijtimoiy hodisalardan ajralib turadi, ya'ni til o'ziga xosligi bilan jamiyat faoliyatining barcha sohalariga xizmat qiladi. Til sinfiy xarekterga ega emas. Dastlabki davrlarda jamiyatning qarama-qarshi guruhlarga bo'linishiga qaramay, til birgina guruh ehtiyojini qondirish uchun xizmat qilmaydi, u jamiyat a'zolarining barchasiga bab-baravar xizmat qiladi. Chunonchi, til kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyoti jarayonida ma'lum bir guruh tomonidan emas, balki butun jamiyat tomonidan yaratilgan, sayqal topgan ijtimoiy hodisadir. Shu bilan birga, til biror davrning, biror ijtimoiy-iqtisodiy jamiyatning mahsuli bo'lmay, balki butun jamiyat tarixi jarayonidagi bir qancha davrlarning mahsulidir. Til doimo jamiyatda rivojlanadi. Til kishilik jamiyatigagina xos hodisasidir. Odamlar til orqali axborot oladi, munosabat bildiradi. Shuning uchun, til paydo bo'lgandan boshlab, taraqqiyot jarayonida jamiyatda tilni har tomonlama o'rganishga ehtiyoj ortib bordi.

MUHOKAMA

XX asr boshlarida tilshunoslikda tilni ijtimoiy hodisa deb hisoblashga asoslangan sotsiologizm ta'limoti yaratildi. Bu ta'limotning asoschilari Ferdinand de Sossyur va uning shogirdi fransuz tilshunosi Antuan Meyelardir. Ular yangi tilshunoslik yo'nalishiga "sotsiologik lingvistika" nomini berdilar. Sotsiolingvistikaning rivojlanishida A. Meyerning ishlari salmoqli o'rin tutadi. Uning "So'z semantikasining o'zgarishi" nomli asarida jamiyat va til o'rtasidagi bog'lanishlar mavjudligi yorqin ko'rsatib beriladi. Uning fikricha "Til insonlar uchun jamiyatning asosiy mezoni bo'lib, u jamiyatda eng kerakli (muomila) qurolidir. A.Meys tilni jamiyatdan tashqarida tasavvur qilinishi mumkin bo'lmagan ijtimoiy fakt deb hisoblaganida, tilsiz kishilik jamiyatining ham mavjud emasligini ta'kidladi. A.Meyening fikricha, tilda yuz beradigan hodisalarni ijtimoiy sharoit yuzaga keltiradi; tildagi o'zgarishlarni kishidagi fiziologik va psixologik sabablar emas, jamiyat tuzumidagi o'zgarishlar belgilaydi. Til faktlarning bir tildan ikkinchi bir tilga o'tishiga ham Meye sotsiologik pozitsiyadan yondoshdi.

Sotsiolingvistika (lot. societas - jamiyat, lingvistika) tilshunoslik va sotsiologiya fanlari aloqasi asosida yuzaga kelgan bo'lib, tilning ijtimoiy tabiati, ijtimoiy vazifalarini, til taraqqiyotidagi ekstralingvtstik omillarni, til siyosatini, lisoniy muhitni tilning jamiyat hayotidagi o'mi bilan bog'liq muammolami o'rganuvchi soha. Ilmiy manbalarda va tilshunoslikka oid termninologik lug'atlarda sotsiolingvistika lingvosotsiologiya va lingvistik sotsiologiya, til sotsiologiyasi, sotsiologik lingvistika, sotsial tilshunoslik, lingvistik sotsiologiya, lingvosotsiologiya kabi nomlanib kelgan. O'zbek tilshunosligida esa bu termining ekvavalenti sifatida ijtimoiy tilshunoslik atamasi ham qo'llanilib keladi. Sotsiolingvistika o'z mohiyat-mazmuniga ko'ra sotsiologiya, etnologiya, psixologiya, geografiya, tarix kabi fanlar bilan chambarchas bog'liq bo'lib, shu fanlar tutashmasida rivojlanib boradi. Uning fan sifatidagi vazifasi jamiyatning til bilan bog'liq barcha qirralarini ilmiy tadqiq etishdan iborat. Bundan tashqari, mazkur fan jamiiyatning o'zgarib borishi natijasida tilda kuzatilayotgan o'zgarishlarni ham tadqiq etadi.

O'zbek tilshunosligida tilning ijtimoiy tabiati, jamiyatning tilga ta'siri masalasiga o'tgan asrning 80-yillarida "Tilshunoslikka kirish" qo'llanmasida alohida to'xtalgan bo'lsa ham, til va jamiyat muammolari ancha avvalroq tilga olina boshlangan. Fitrat, Elbek, Botu singari

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

jadidlarning asarlarida bu masala xususidagi qaydlar bor. Tilshunos olim S. Mo'minovning "O'zbek muloqot nutqining ijtimoiy-lisoniy xususiyatlari" nomli doktorlik dissertatsiyasini sotsiolingvistik aspektdagi ilk ish sifatida qayd etish mumkin. Ilmiy-nazariy manbalar tahlili shundan dalolat beradiki, sotsiolingvistikada tilning uch vazifasi mavjud bo'lib, ular tayanch, etnoijtimoiy va ijtimoiy tarzida tasnif etiladi.

XULOSA

Jahonda esa sotsalingvistikaga ahamiyat ertaroq boshlangan. Uning jamiyat va til

o'rtasidagi, umumiyo'zgarishlami o'rganuvchi fan ekanligi va uni tilshunoslikda termin sifatida ilk bor 1952 yilda amerikalik tadqiqotchi X. Karri tomonidan tadbiq etilgan bo'lib, bu termin ostidagi tushunchalar, umuman, tilshunoslikning allaqachon paydo bo'lganligini anglatish bilan birga, undan asosiy ko'zlangan maqsad tilning umumbashariy tushuncha sifatida paydo bo'lganligini e'tirof etishdir. 20-30 yillarda rus tilshunos olimlari ikki xil nomlash asosida o'rganib keldilar. "Sotsialnaya lingvistika" va "sotsiolingvistika" kabi atamalar o'sha davr ruhi bilan bog'liq tarzda hosil qilingan edi.

REFERENCES

1. Azizov O. "Tilshunoslikka kirish "T.1996

2. Mahmudov N. Til,-Toshkent.1998

3. икольский Л.О предменте социолингвистика. М1974

4. R.Normurodov.Sotsalingvistika.Termiz 2008

5. Юсупова, С. А. (2022, September). УЗБЕК ТИЛИ ТИПОЛОГИЯСИДА ^УРМАТ КАТЕГОРИЯСИ. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE" THE TIME OF SCIENTIFIC PROGRESS" (Vol. 1, No. 1, pp. 10-14).

6. Юсупова, С. А. (2022, September). УЗБЕК ТИЛИДА ХУРМАТ ИФОДАЛАШНИНГ ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИК ХУСУСИЯТЛАРИ. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE" INNOVATIVE TRENDS IN SCIENCE, PRACTICE AND EDUCATION" (Vol. 1, No. 1, pp. 10-14).

7. Yusupova, S. (2022). ИЖТИМОИЙ ГУРУХ,ЛАРДА ХУРМАТ КАТЕГОРИЯСИ ИФОДАЛАШ. Science and innovation, 1(B5), 350-352.

8. Sultonova, M. (2022). Implementing initiatives of women's empowerment in Higher Education of Uzbekistan: challenges and successes. Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and Humanities, 8, 4-7.

9. Sultonova, M. (2022). INNOVATIVE TECHNIQUES FOR EFFECTIVE TEACHING TO FOREIGN LANGUAGE LEARNERS. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(3), 659-662.

10. Yunusovna, S. M. (2022). Implementing multiple strategies to foster reading comprehension in teaching English. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 5, 147-149.

11. Tursunovich, S. E. (2022). Classification of compliments as speech acts and their basic characteristics in Uzbek and English languages. Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching, 4, 77-79.

12. Tursunovich, S. E. (2022). Student engagement activities for captivating a classroom in teaching interactive and pragmatic skills. Integration of Pragmalinguistics, Functional Translation Studies and Language Teaching Processes, 104-106.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

13. Sadikov, E. T. (2021). Teaching pragmatic skills and abilities through activities. ISJ Theoretical & Applied Science, 11(103), 1139-1141.

14. ^pKaH, M. B., & Kai3ep, I. ro. (2020). Communicative approach during professionally oriented teaching of Ukrainian as a foreign language. The Scientific Heritage, (47-3 (47)), 22-24.

15. Tursunovich, S. E. (2021). IMPLEMENTING AND ASSESSING PRAGMATIC SPEECH ACT DIVERGENCES IN THE ESL CLASSROOM. Eurasian Journal of Academic Research, 1(9), 220-223.

16. Sadikov, E. T. (2021). TEACHING PRAGMATIC SPEECH ACTS THROUGH THE RECEPTIVE AND PRODUCTIVE SKILLS. Academic research in educational sciences, 2(11), 463-476.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.