Научная статья на тему 'TILSHUNOSLIKDA DISKURS TUSHUNCHASI MOHIYATINING YORITILSHI'

TILSHUNOSLIKDA DISKURS TUSHUNCHASI MOHIYATINING YORITILSHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
21
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Diskurs tushunchasi / matn / antropotsentrik paradigma / lisoniy va nolisoniy (eksralingvistik) omillar / Концепт дискурса / текст / антропоцентрическая парадигма / лингвистические и нелингвистические (экстралингвистические) факторы.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Tuxtabayeva Zamiraxon Kozimovna

Mazkur maqola bugungi zamonaviy tilshunoslikda keng qamrovda o‘rganilayotgan diskurs tushunchasining mazmun-mohiyatini ochib berilishiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda “diskurs” atamasi ma’nosining tadrijiy rivojlanish jarayoni va diskursiv hodisalarni tadqiq qilishda antropotsentrik paradigmaning roli haqida so‘z yuritilgan. Shuningdek, maqolada diskursning yuzaga kelishi, ifodalanishi va to‘g‘ri tushunilishida muhim ahamiyat kasb etuvchi nolisoniy (ektralingvisik) omillarga ham alohida e’tibor qaratilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EXPLANATION OF THE CONCEPT OF DISCOURSE IN LINGUISTICS

В статье рассматривается понятие дискурса – широко изучаемая тема в современной лингвистике. Прослеживается эволюция термина “дискурс” и влияние антропоцентрической парадигмы на изучение дискурсивных явлений. Важно отметить, что в статье также подчеркивается роль неязыковых (экстралингвистических) факторов, имеющих решающее значение для возникновения, выражения и правильного понимания дискурса.

Текст научной работы на тему «TILSHUNOSLIKDA DISKURS TUSHUNCHASI MOHIYATINING YORITILSHI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 3 | Issue 16 | August, 2023 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org

Tuxtabayeva Zamiraxon Kozimovna

O'zbekiston Respublikasi Xalqaro Trayangl tadqiqot instituti filiali Texnik mutaxassis E-mail: [email protected] ORCID: 0000-0003-1280-1924

TILSHUNOSLIKDA DISKURS TUSHUNCHASI MOHIYATINING

YORITILSHI

ОБЪЯСНЕНИЕ СУЩНОСТИ ПОНЯТИЯ ДИСКУРС В ЛИНГВИСТИКЕ EXPLANATION OF THE CONCEPT OF DISCOURSE IN LINGUISTICS

Annotatsiya: Mazkur maqola bugungi zamonaviy tilshunoslikda keng qamrovda o'rganilayotgan diskurs tushunchasining mazmun-mohiyatini ochib berilishiga bag'ishlangan bo'lib, unda "diskurs" atamasi ma'nosining tadrijiy rivojlanish jarayoni va diskursiv hodisalarni tadqiq qilishda antropotsentrik paradigmaning roli haqida so'z yuritilgan. Shuningdek, maqolada diskursning yuzaga kelishi, ifodalanishi va to'g'ri tushunilishida muhim ahamiyat kasb etuvchi nolisoniy (ektralingvisik) omillarga ham alohida e'tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar: Diskurs tushunchasi, matn, antropotsentrik paradigma, lisoniy va nolisoniy (eksralingvistik) omillar.

Аннотация: В статье рассматривается понятие дискурса - широко изучаемая тема в современной лингвистике. Прослеживается эволюция термина "дискурс" и влияние антропоцентрической парадигмы на изучение дискурсивных явлений. Важно отметить, что в статье также подчеркивается роль неязыковых (экстралингвистических) факторов, имеющих решающее значение для возникновения, выражения и правильного понимания дискурса.

Ключевые слова: Концепт дискурса, текст, антропоцентрическая парадигма, лингвистические и нелингвистические

(экстралингвистические) факторы.

Annotation: The article examines the concept of discourse, a widely studied topic in modern linguistics. It traces the evolution of the term "discourse" and the influence of the anthropocentric paradigm on the study of discursive phenomena. Importantly, the article also highlights the role of non-

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 3 | Issue 16 | August, 2023 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org

linguistic (extralinguistic) factors that are crucial for the emergence, expression, and proper understanding of discourse.

Key words: Concept of discourse, text, anthropocentric paradigm, linguistic and non-linguistic (extralinguistic) factors.

KIRISH

Diskurs tushunchasi bugungi zamonaviy tilshunoslikda keng qamrovda o'rganilayotgan o'ziga xos fenomendir. "Diskurs" atamasini nafaqat tilshunoslikda, balki ilm-fanning adabiyotshunoslik, sotsiologiya, falsafa, siyosatshunoslik, tibbiyot, huquqshunoslik va jurnalistika kabi boshqa sohalarida ham ko'p uchratish mumkin. Bu sohalarida olib borilayotgan tadqiqotlar diskurs murakkab ijtimoiy hodisa ekanligini hamda insonning shaxsiy rivojlanishi va jamiyatning taraqqiyotida alohida o'rin tutishini ko'rsatib kelmoqda.

Oxirgi 20 yillik davomida tilshunoslik sohasida "diskurs" atamasiga qayta-qayta murojaat qilinayotganiga qaramay, hanuz, bu so'zning olimlar tarafidan bir to'xtamga kelingan, uning hamma qo'llanilish holatlarini o'z ichiga oluvchi aniq va yagona ta'rifi mavjud emas. Yuqorida aytilganidek, lingvistika bilan birgalikda boshqa ilmiy yo'nalishlarda ham diskurs tushunchasining aktualligi oshib bormoqda. Tabiiyki, bu tendensiya diskurs hodisasining mazmuni va mohiyatini ochib berishda turlicha yondashuvlarni keltirib chiqaradi hamda uning izohi yuzasidan yakdil xulosaga kelishni qiyinlashtiradi.

ASOSIY QISM

Diskurs tushunchasi mohiyatini yoritishda tilshunoslikdagi turli paradigmalar (o'lchovlar) katta ahamiyat kasb etgan. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab bugungi davrdagacha tilshunoslik sohasida yangi ilmiy paradigmalar vujudga keldi. Bu davrda tadqiqot olib borgan til mutaxassislari o'z yondashuv va qarashlarini ana shu paradigmalar asosida olib bordi. Ammo hozirgacha tilshunos olimlar orasida ilmiy paradigmalar soni haqida yakdil xulosa mavjud emas. Aksariyat tilshunoslar til sohasida uchta asosiy: qiyosiy-tarixiy, sistem-struktur va antropotsentrik paradigmalar borligini e'tirof etadi [1: 144].

Hozirgi zamonaviy tilshunoslikda antropotsentrik, ya'ni tadqiqotlar markazida inson omilini markaziy o'ringa qo'yuvchi yondashuvga alohida

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 3 | Issue 16 | August, 2023 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org

e'tibor qaratilyapti. Antropotsentrizm atamasi yunoncha "antropos" - inson, lotincha "sentrum" - markaz so'zlarini anglatib, olamning markazi bo'lgan insonga o'zining asosiy o'rganiluvchi masalasi sifatida qaraydi. Bunday yondashuvni ilm-fanning har qanday yo'nalishida ko'rishimiz mumkin. Jumaladan, tibbiyot, huquqshunoslik, sotsiologiya, falsafa, siyosat, ekologiya kabi sohalarda ham inson omili va uning manfaatlari hamma narsadan ustun qo'yilgani yaqqol ko'rinadi. Ayniqsa til inson hayotida sodir bo'ladigan har qanday faoliyatda asosiy muloqot obyekti sifatida muhim o'rin tutar ekan, tilshunoslikda shaxs omiliga alohida e'tibor qaratish tadqiqotlarning o'z oldiga qo'ygan bosh vazifasiga aylandi. Tilshunoslikda antropotsentrizm prinsipining qabul qilinishi tilni keng ko'lamdagi ijtimoiy-madaniy kontekstda o'rganilishini taqozo etdi.

Zamonaviy diskurs nazariyasi paydo bo'lgunga qadar, diskurs tushunchasining mohiyatini ochib berish uchun ko'p harakatlar bo'lgan. Bu atamaning qadimiy ma'nolaridan biri fransuz tilidagi "discours" so'zidan olingan bo'lib, dialogik nutqni anglatgan. Tarixiy jihatdan o'rganilsa, diskurs so'zining umumiy ma'nolari murakkablashib, vaqtlar osha o'zgarib borganini ko'rish mumkin. Ingliz tilining qisqacha izohli lug'ati "Collins Concise English Dictionary"da (1988) diskurs atamasining yetti xil ma'nosi keltirilgan. Ot so'z turkumiga oid ma'nolari:

1) og'zaki muloqot, suhbat;

2) (tanlangan yoki muhokama etilayotgan) mavzuga nisbatan og'zaki yoki yozma munosabat;

3) tilga oid hodisalarni tahlil qilish uchun tilshunoslar tomonidan foydalaniladigan birdan ortiq gapni o'z ichiga oluvchi matn;

Fe'l so'z turkumiga oid ma'nolari:

4) biror narsani mantiqiy asoslay olmoq (arxaizm);

5) biror narsa haqida rasmiy tarzda gapirmoq yoki yozmoq;

6) muhokama olib bormoq;

7) musiqa yaratmoq, musiqani uzatib bermoq (arxaizm)" [2: 13]. Ushbu lug'atda diskurs so'zining etimologiyasi ham keltirilgan bo'lib, u lotin tilida discurere - bir joydan boshqa joyga yugurish; XIV asr lotin tilida discursus - bahs-munozara ma'nolarini anglatgan.

Elektron shakldagi zamonaviy izohli lug'at "Cambridge Dictionary"da diskurs so'zining ot va fe'l so'z turkumlariga oid quyidagi beshta izohi taqdim qilingan:

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 3 | Issue 16 | August, 2023 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org

1) og'zaki yoki yozma tarzda muloqot qilish uchun tildan foydalanish yoki shunday muloqot namunasi;

2) muhokama yoki debat (rasmiy yoki siyosiy tortishuv), muhokama yoki debat namunasi;

3) maxsus jiddiy mavzu yuzasidan so'zlangan nutq yoki matn;

4) fe'l: ma'lum bir mavzu haqida uzoq vaqt nuqt so'zlamoq yoki yozmoq (bunda nutq yoki matn muallifining mavzu yuzasidan ko'p ma'lumotga ega ekanligiga ishora bor);

5) og'zaki yoki yozma muhokama [3].

Mazkur diskurs so'ziga berilgan izohlarni "Collins Concise English Dictionary" izohli lug'atida keltirilgan diskurs so'zining ma'nolariga solishtirsak, ma'lum bir davr ichida bu so'zning ma'nolarida sezilarli o'zgarish bo'lganligini ko'rishimiz mumkin.

Amerikalik tilshunos Pensivaniya universiteti professori Z. Harris 1952 yilda birinchi marta diskurs tahlili bo'yicha maqola chop etdi. U tilshunoslikda birinchilardan bo'lib til birliklarini sintegmatik yondashuv asosida analiz qiluvchi distribyutiv tahlil metodini ommalashtirishga harakat qildi [4]. Ya'ni, tilshunos gapdagi til birliklarining har biri alohida o'rganilmasdan, balki ma'noviy jihatdan bog'langan bir butun matn sifatida tahlil qilinishi kerakligini o'z ishlarida ko'rsatib berdi.

Tilshunos D. Makdonnel "Diskurs nazariyalari" kitobida tilshunoslikda diskurs nazariyasining rivojlanishida katta ahamiyat kasb etgan bir necha tilshunoslarni keltirib o'tadi. Olima diskurs tushunchasiga M. Fuko, B. Hindes, P. Hirst, L. Alsuser, V. Voloshinov va M. Baxtinlar tomonidan berilgan izohlar o'rtasidagi farqlarni chuqur tahlil qiladi. Makdonnel diskurs hodisasining mavjud jamiyat va ijtimoiy kontekstga bog'liqligi ushbu olimlarning har birining qarashlarida muhim o'rin tutganligini e'tirof etadi. Jumladan, u "Dialog diskursning eng birinchi shartidir: har bir nutq va matn ijtimoiy hodisadir. Diskurs kim gapirayotgani va kim tinglayotgani, ularning tutgan mavqei, ular tegishli bo'lgan jamiyat va mavjud kontekstga ko'ra farqlanadi," deb yozadi [5: 146]. Demak, diskurs bu ma'lum bir ijtimoiy voqelik bilan yuzaga kelgan, shu voqelik bardavomligi uchun hissa qo'shadigan muloqot natijasi yoki jarayoni hisoblanadi va uning yuzaga kelishi hamda amalda qo'llanilishida ijtimoiy institut va kontekstlar muhim o'rin egallaydi.

Golland tilshunosi T.A. van Deyk diskurs tushunchasini keng qamrovda, bosqichli tahlil qilish lozimligini ta'kidlaydi. O'z kuzatishlari asosida, olim

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 3 | Issue 16 | August, 2023 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org

diskursni keng ma'nodagi talqininini ma'lum bir davr, makon va boshqa ijtimoiy kontekstda yuzaga kelgan, so'zlovchi va tinglovchi (kuzatuvchi) o'rtasida sodir bo'ladigan murakkab kommunikativ hodisa sifatida tushuntiradi. Ushbu kommunikativ hodisa verbal hamda noverbal elementlardan iborat og'zaki yoki yozma tarzda amalga oshirilgan voqelik bo'lishi mumkin [4: 24]. Masalan, o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi dialog, biror mavzu yuzasidan taqdimot, transportda ketayotgan yo'lovchilarning suhbati, biror bir saytdan yoki gazetadan ma'lumot o'qish jarayoni kabilarni mazku kommunikativ hodisaga misol sifatida olishimiz mumkin.

Deykning e'tiroficha, tor ma'noda diskurs verbal tarkibdan iborat og'zaki yoki yozma matn hisoblanadi. Bu ma'noda diskurs kommunikativ hodisaning tugallangan yoki davom etayotgan "mahsuloti" hamda og'zaki yoki yozma natijasini anglatadi. Tilshunosning konsepsiyasiga shuni aytish mumkinki, jamiyatda tilning ishlash prinsiplarini ko'rib chiqish diskursni faqat pragmatik yondashuv asosida emas, balki ma'lum ijtimoiy omillarni (so'zlovchilarning fikr-mulohazasi, ijtimoiy va etnik statusi va boshqalar) ham e'tiborga olgan holda amalga oshirilishi kerak [4: 25]. Ya'ni, bunday tahlilda so'zlovchilarning maqsad, hissiyot, emotsiyalari bilan birgalikda ularning o'ziga xos shaxsiy xarakteristikasiga ham alohida fokus qaratilishi lozim.

Diskurs hodisasining tushunish modeli uning kognitiv tarafdan ko'rib chiqish modeli bilan o'zaro bog'liqdir. Bu diskursning kognitiv lingvistikaning predmetiga aylantiradi. Nutqning yuzaga kelishi uchun ham, tushunilishi uchun ham zarur bo'lgan bilimlarning mohiyati diskursda aks etar ekan, bu jarayonda mavjud konteks va kommunikantlar uchun ahamiyatli bo'lgan ma'lumotlarni tanlash strategiyasi amalga oshadi. Demak, tilshunos E.V. Temnovaning fikriga ko'ra, diskurs juda keng qamrovli tushuncha bo'lib, lisoniy va nolisoniy xususiyatlarga ega juda ko'plab omillarni qamrab oladi. Bu tadqiqotchilarga diskursni ma'noviy jihatdan izchil, aktual hamda ma'lum bir kontekst, janr va qarashlarga bog'langan nutq harkatining maxsuloti sifatida ko'rib chiqishga imkon beradi. Qo'shimcha sifatida aytish joizki, bu nutq harakatining amalga oshishida shu harakat sodir bo'layotgan jamiyat, madaniyat va hatto tarixiy davr e'tiborga olinadi [4]. Demak, diskurs ijtimoiy normalar, madaniy qadriyatlar, tarixiy voqeliklar ta'siri va ma'lum bir kommunikativ maqsadlar asosida shakllanadi. Rasmiy yoki norasmiy, yozma yoki og'zaki ko'rinishga ega diskurs atrofimizdagi olamni tushunish va qabul qilishda juda muhim rol o'ynaydi.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 3 | Issue 16 | August, 2023 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yozma diskursni tahlil qilamizmi yoki og'zaki diskursnimi, shu diskursni to'g'ri tushunish va tadqiq qilish uchun unda foydanilgan lisoniy birliklar bilan birga mana shu diskursiv muloqot yoki diskursiv matnga tegishli kontekst yoki ularga ta'sir o'tkazadigan barcha fizik va abstrakt ektralingvistik omillar ham muhim rol o'ynaydi. O'zaro og'zaki yoki yozma muloqot qilayotganda, kommunikantlar muloqot qilish uchun ham, aytilgan yoki yozilgan diskurni to'g'ri tushunish uchun ham mana shu omillardan bevosita va bilvosita foydalanadi. Demak, diskurs to'g'ri tushunilishi uchun diskursda foydalanilgan til unga tegishli sotsiologik, pragmatik, psixologik, kulturologik va siyosiy omillar bilan bir butunlikda tahlil qilinishi kerak. Bundan kelib chiqadiki, diskurs bu murakkab ijtimoiy voqelik, insonlar hayotining ajralmas qismi, insonni shaxs sifatida shakllanishi va o'zini ifoda etishi uchun muhim bo'lgan muloqot hodisasidir.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Хомутова Т.Н. Научные парадигмы в лингвистике. Вестн. Челябин. гос. ун-та. № 35. Филология. Искусствоведение. Вып. 37, 2009. - C. 142-151.

2. Mills S. Discourse. The New Critical Idiom. Taylor & Francis e-Library, 2001. - Pp. 177.

3. https://dictionary.cambridge.org/dictionary/english

4. Темнова Е. В. Современные подходы к изучению дискурса. Язык, сознание, коммуникация. Вып. 26. М., 2004. - С. 24-32.

5. Makdonnel D. Theories of Discourse. Oxford: Basil Blackwell, 1986. - Pp. 156.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.