Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 3 | Issue 13 | February, 2023 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org
Tuxtabayeva Zamiraxon Kozimovna
O'zbekiston Respublikasi Xalqaro Trayangl tadqiqot instituti filiali texnik mutaxassisi E-mail: [email protected] ORCID: 0000-0003-1280-1924
DEVIANT DISKURS - DEVIANT XULQ-ATVORNING TILDA AKS ETISHI ДЕВИАНТНЫЙ ДИСКУРС - ОТРАЖЕНИЕ ДЕВИАНТНОГО
ПОВЕДЕНИЯ В ЯЗЫКЕ DEVIANT DISCOURSE - REFLECTION OF DEVIANT BEHAVIOR IN
LANGUAGE
Annotatsiya: Mazkur maqola bugungi kun muloqot jarayonlarida ko'p uchrayotgan deviant diskurs, ya'ni odob-axloq normalaridan chetga chiqishning tilda aks etishiga bag'ishlangan bo'lib, unda "deviant" so'zining mohiyati har taraflama ochib beriladi. Xususan, muallif maqolada ayrim insonlarning qizg'in bahs-munozara paytida boshqa bir insonga yoki voqelikka nisbatan salbiy hislarini turli haqoratomuz, tahqirlovchi, tahdid qiluvchi va hatto tabu so'zlar bilan ifodalashini tildan foydalanishdagi deviatsiya holati sifatida ko'rsatib beradi.
Kalit so'zlar: Deviant diskurs, deviant xulq-atvor, nuqtdagi deviatsiya, odob-axloq normalari.
Аннотация: В данной статье рассматриваются языковые проявления девиантного дискурса, то есть отклонений от норм этикета, которые стали распространены в современных социальных взаимодействиях. В статье исследуется многогранное значение термина "девиантный" в данном контексте. В частности, автор подчеркивает, как некоторые люди выражают свои негативные эмоции по отношению к другому человеку или реальности посредством использования оскорбительной, унизительной, угрожающей и даже табуированной лексики во время горячих дискуссий. Такое языковое поведение представлено как состояние отклонения от стандартных коммуникативных практик.
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 3 | Issue 13 | February, 2023 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org
Ключевые слова: Девиантный дискурс, девиантное поведение, девиация в речи, нормы этикета.
Annotation: This article examines the linguistic manifestations of deviant discourse - that is, deviations from the norms of etiquette - which have become prevalent in contemporary social interactions. The paper explores the multifaceted meaning of the term "deviant" in this context. Specifically, the author highlights how some individuals express their negative emotions towards another person or reality through the use of insulting, humiliating, threatening, and even taboo language during heated discussions. This linguistic behavior is presented as a state of deviation from standard communicative practices.
Key words: Deviant discourse, deviant behavior, deviation in speech, norms of etiquette.
KIRISH
Zamonaviy lingvistik tadqiqotlar hayotimizning har bir jabhasiga kirib bormoqda. Ushbu tadqiqotlarning aksariyatida tilning xususiyatlarini ochib berish uchun diskursiv hodisalarning yuzaga kelish va ishlash mexanizmini o'rganish maqsad qilingan. Ushbu diskursiv hodisalar asosan ijtimoiy hayotning turli sohalaridagi muloqot jarayonlarida namoyon bo'ladi. Bu jarayonlarni tadqiq qilishning qamrovi hayotimizning ajralmas qismiga aylandi va jadal sur'atda rivojlanayotgan texnologiya sababli yana ham kengaydi.
Hozirgi kunda teledasturlar, onlayn platformalar yoki ijtimoiy tarmoqlarni kuzatar ekanmiz, jamiyat tarafidan qabul qilingan odob-axloq normalaridan chetga chiqish holatlarini va bunday deviant xulqning tilda ham aks etishini tez-tez uchratamiz. Ayrim insonlar qizg'in bahs-munozara paytida, boshqa bir insonga yoki voqelikka nisbatan salbiy hislarini ifodalaganda turli haqoratomuz, tahqirlovchi, tahdid qiluvchi va hatto tabu so'zlardan foydalanadi. Ba'zi bir insonlar uchun esa so'zlashish etikasi talablarini buzgan holda suhbat qilish kundalik hayot tarziga aylangan. Agar mana shunday deviant diskurs, ya'ni kommunikatsiya jarayonida muomala madaniyati me'yorlaridan chiqib ketish hodisalari o'rganilib, preventiv choralar ko'rilmas ekan, bu holat jamiyatda yana ham ommalashib, o'zaro hurmat, ma'naviy barkamollik tushunchalari zaiflashib boraveradi.
ASOSIY QISM
Deviant atamasi lotincha "deviant" so'zidan olingan bo'lib, "yo'ldan
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 3 | Issue 13 | February, 2023 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org
chetga chiqish" ma'nosini bildiradi. Ilmiy tadqiqotlarda "deviant" atamasi, asosan, jamiyat tarafidan ma'qullangan norasmiy odob-axloq qoidalari yoki yozma ravishda qayd etilgan ijtimoiy va qonuniy normalardan og'ishga nisbatan ishlatiladi. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, deviantlik bu nisbiy tushunchadir. Shaxsning yoshi, kontekst va situatsiyaga ko'ra hatti-harakat deviant hisoblanishi yoki hisoblanmasligi ham mumkin. Masalan, odatda jamoat joylarida cho'milish kiyimida yurish axloq etikasiga to'g'ri kelmaydi. Lekin sohil bo'ylarida, cho'milish havzalarida bunday kiyinib yurishga tabiiy holat sifatida qaraladi. Bundan kelib chiqadiki, birorta hatti-harakatni deviant xulq sifatida baholash shu hatti-harakatga tegishli bo'lgan barcha omillar bilan chambarchas bog'liqdir. Deviant xulqni tushuntirishda psixologik, biologik va sotsiologik nazariyalarga asoslaniladi. Shuning uchun, deviant xulq-atvor sotsiologiya, psixologiya, genetika, meditsina va kriminologiya oid tadqiqotlarda keng qamrovda yoritilganligini ko'rish mumkin.
Sotsiologiya fanida deviant xulq-atvor deb ijtimoiy, axloqiy normalar va umuman jamiyat tarafidan qabul qilingan har qanday odob-axloq qonun-qoidalariga muvofiq kelmaydigan hamda boshqalar tarafidan negativ reaksiyaga sabab bo'luvchi hatti-harakatga nisbat beriladi. Zamonaviy sotsiologiyaning asoschisi hisoblangan amerikalik sotsiolog R.K. Merton bu sohani chuqur o'rganadi va "Ijtimoiy bosim tipologiyasi" (Social Strain Typology) nomli nazariyani ishlab chiqadi. Ushbu nazariyaga ko'ra, insonning oldiga qo'ygan maqsadi va jamiyatda unga erishish yo'llari o'rtasida o'ziga xos bosim mavjud. Agar inson o'z oldiga qo'ygan maqsadiga qonuniy yo'l bilan erisha olmasa, bu maqsadni amalga oshirish uchun u axloqiy va qonuniy talablarga to'g'ri kelmaydigan yo'lni tanlaydi. Masalan, qonuniy yo'l bilan o'zi boyib keta olmagan odam o'g'irlik yoki poraxo'rlik yo'llari bilan bunga erishishga harakat qilishi mumkin. Merton tarafidan ilgari surilgan bu paradigma "insonlarda nega deviant xulq-atvor sodir bo'lishini tushunishga yordam beradi hamda nima sababdan ba'zi axloqsizlik yoki qonunbuzarlik holatlari boshqalariga nisbatan ko'proq uchrashini ilmiy asoslashda qo'l keladi" [1]. Ushbu o'rinda ta'kidlash joizki, olimning bu borada olib borgan ishlari kriminologiya sohasiga ham katta hissa qo'shdi.
Psixologiya va tibbiyotning psixiatriya yo'nalishi deviant xulq-atvorni keltirib chiqargan bilogik, ruhiy va ijtimoiy omillarni o'rganib, bu holatni ruhiy buzilish yoki ruhiy kasallik sifatida tasniflaydi. Jinoyatchilar va deviantlar (axloq normalarini buzganlar)ning shaxsiyatida odatda noodatiy ruhiy
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 3 | Issue 13 | February, 2023 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org
jarayonlar kuzatiladi. Turli jismoniy va ruhiy travmalar, miyadagi kimyoviy buzilishlar, atrof-muhitning ta'siri, insonning hayotida o'rnak olish mumkin bo'lgan insonlarning yo'qligi va aksincha, atrofda insonga salbiy ta'sir qiluvchi shaxslarning mavjudligi kabi holatlar bunday jarayonlarga sabab qilib ko'rsatiladi [2].
Genetiklar insonda deviant xulqni yuzaga kelish sabablarini tushuntirish uchun uning biologik xususiyatlari, ya'ni genetikasini tadqiq qiladi. Kriminologlar esa sotsiologiya, psixologiya va jinoyat huquqi mutaxasassislari bilan birgalikda sodir etilgan jinoyat yoki deviant xulqqa sabab bo'lgan omillarni aniqlab, kelgusidagi jinoyatlarni oldini olish uchun profilaktika ishlari olib boradi. Bundan xulosa qilib aytish mumkinki, ushbu aytib o'tilgan sohalar: sotsiologiya, psixologiya, genetika, meditsina va kriminologiya deviant xulq-atvorni keltiruvchi chiqaruvchi sabablarini aniqlashda va ularga yechim taklif qilishda birga ish olib boradi.
Tilshunoslikka oid tadqiqotlarda yuqoridagi sohalardagidek deviantlik tushunchasini ko'p uchratmaymiz. Lingvistikada deviant til tushunchasi "og'zaki yoki yozma diskursdagi ma'lum bir leksik, semantik va sintaktik fenomenlar tildan foydalanish standardlariga muvofiq kelmasligi" sifatida izohlanadi [3]. Badiiy asarlarda ham muallif qahramonning deviant tili orqali o'quvchilarga uning o'ziga xos nutqi, qiziqishlari, bilim saviyasi, faoliyat turi, ijtimoiy-iqtisodiy holati, kim bilan muloqot qilayotganligi, qayerdanligi, qaysi yoshdaligi, qaysi ijtimoiy guruhdan mansubligi, gapirilayotgan til qahramon uchun qanday til (ona tilimi yoki chet tili) ekanligi haqida bir qator ma'lumotlarni yetkazib berishga harakat qiladi [4]. Bundan kelib chiqadiki, deviant til, ya'ni tildan ma'no, leksik, talaffuz va tuzilish (struktura) jihatdan noto'g'ri foydalanilishi bizga suhbatdoshimiz yoki notiq haqida bir qancha ma'lumotlar beradi. Masalan, o'zbek tilida suhbatlashayotgan kommunikantlardan birining "katta" so'zining ikkinchi bo'g'iniga ("-ta") urg'u qo'yib talaffuz qilishi yoki "pichoq" so'zidagi "q" harfini "k" deb aytishi o'zbek tili unga birinchi til emasligini ko'rsatib beradi. Bunday deviant tilning yozuvda ifodalangan holatiga quyidagicha misol keltirishimiz mumkin. Kommunikantlardan biri sherigiga ingliz tilida "Two girls lives here now" (fe'lning ega bilan shaxs-sonda mos emaligi) deb xabar yozsa, bu gapdagi deviant struktura bizga ingliz tili xabar muallifiga chet tili hisoblanishi va u bu tilni o'rganishning dastlabki bosqichida ekanligi to'g'risida xabar beradi. Lekin bunday deviatsiya kichik bolalarda ham namoyon bo'lishi mumkin. Ulardagi
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 3 | Issue 13 | February, 2023 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org
bu holat aksariyat holda ularning yoshi, tilni o'rganayotgan bosqichi yoki og'iz bo'shlig'idagi fiziologik holatlar bilan bog'liq bo'ladi.
Til bu inson ongi va tafakkuri bilan birgalikda namoyon bo'ladigan murakkab muloqot tizimi, o'ziga xos biologik, psixologik va ijtimoiy voqelikdir. Har bir til ma'lum bir jamiyatga taalluqli bo'ladi va shu jamiyat a'zolarining ijtimoiy hayotida muhim o'rin egallaydi. Til taraqqiyoti u xizmat qilayotgan jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bog'liqdir. Bu taraqqiyot natijasida tilning grammatik strukturasi takomillashadi, unda yangi so'zlar paydo bo'ladi yoki boshqa tillardan kirib keladi, ba'zi so'zlar esa iste'moldan chiqib ketadi. Ushbu o'rinda shuni ta'kidlash joizki, "insonning tabiiy-biologik xususiyatlari kishilik jamiyatidan tashqari, jamiyatga bog'liq bo'lmagan holda, masalan, yangi tug'ilgan go'dak hayotining takomili (nafas olishi, ko'rishi, ovqat yeyishi, asta-sekin yurib ketishi va hokazolar) tabiat qonunlariga muvofiq holda taraqqiy etaveradi, o'saveradi. Ammo til bunday tabiiy hodisa emas. So'zlashish, fikrlash uchun kishilik jamiyatining bo'lishi shart," deb yozadi tilshunos Z.T. Xolmanova o'zining "Tilshunoslikka kirish" nomli o'quv qo'llanmasida [5: 27]. Demak, til til bo'lib shakllanishi va yashab ketishi uchun undan faqat ayrim shaxs emas, balki butun jamiyat foydalanishi kerak. Til jamiyatning har bir bog'inida asosiy aloqa vositasi bo'lib, u orqali insonlar o'zaro muloqot qiladi, borliqni o'rganadi, tafakkur qiladi, his-tuyg'ularini ifodalaydi, jamoa sifatida birlashib biror bir faoliyat bilan shug'ullanadi, keyingi avlodlarga bilim va tajribalarini yetkazadi.
Inson jamiyatdagi boshqa insonlar bilan farovon yashashi, jamiyatda o'z o'rniga ega bo'lishi uchun o'zi egallagan tillardan oqilona foydalana olishi talab etiladi. Lekin, afsuski, inson tildan foydalanar ekan, u tilning faqatgina jamiyatga manfaat keltiruvchi vazifalaridan foydalanmaydi, balki o'z hissiyotlari va qarashlarini ifodalash uchun uning haqoratlovchi, tahdid qiluvchi va la'natlovchi funksiyalaridan ham foydalanadi. Keyingi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar, ta'lim tizimi, ba'zi televizion ko'rsatuvlar va hatto siyosiy davralardagi bahs-munozara (polemika) paytida yoki biror bir voqelikka shaxsiy munosabat bildirilganda nutq madaniyati normalari va muloqot etikasidan chiqib ketish holati oddiy voqelikka aylanib bormoqda.
Namuna sifatida Gazeta.uz o'z elektron sahifasida "Lo'lichilik qilmang". Rasul Kusherbayev va Alisher Qodirov nima sababdan tortishib qoldi?" nomli maqolasida tasvirlangan holatni keltirishimiz mumkin. Bu maqolada Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2022 yil 21 iyundagi majlisida ikki deputat
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 3 | Issue 13 | February, 2023 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org
o'rtasida yuzaga kelgan "dahanaki tortishuv" haqida xabar beradi [6].
Mazkur bahs jarayonida deputatlardan biri nafaqat hamkasbining shaxsiyatiga tekkan, balki yurtimizda yashovchi bir millat nomi bilan bog'langan salbiy ma'nodagi iborani ishlatib yuborgan. Jumaladan, videoni to'liq o'rganib chiqqan bloger, huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev "Alisher Qodirovning yurtimizda ham ko'pchilikni tashkil etadigan millatga nisbatan hurmatsizlik ma'nosini uyg'otuvchi iborani ishlatgani noto'g'ri bo'ldi. Imkon qadar bunday iboralarni ishlatishdan barchamiz qochishimiz kerak", -deb yozadi [6]. Ushbu o'rinda shuni ta'kidlash joizki, ba'zi deviant diskurs hodisasi oilalar, qo'shnilar va millatlar o'rtasida dushmanlik kayfiyatini yuzaga keltirishi va hatto siyosiy tartibsizliklarga sabab bo'lishi mumkin.
Zamonaviy internet olamida deviant diskursning o'ta qo'pol namunalarini juda ko'p sonda uchratish mumkin. Hozirgi kunda jamiyat tarafidan qabul qilingan odob-axloq va muomala madaniyati talablarini buzgan holda ifoda etilgan shaxsiy fikr-mulohazlarga YouTube media plaformasida, Facebook, Twitter, Instagram va Telegram kabi ijtimoiy tarmoqlarda duch kelamiz. Ayniqsa, ko'zga ko'ringan siyosiy arboblar va diniy ulamolarga nisbatan, hurmatsizlik, har xil uydirma va bo'hton gaplar ham shunday tarmoqlarda boshlanib xalq orasida keng yoyilishi oddiy holga aylandi. Hatto, internet foydalanuvchilari orasida salbiy izoh qoldiruvchilarga nisbatan qo'llanuvchi "negativchilar", "heyterlar" (ing., "hate" - nafratlanmoq) kabi atamalar yuzaga keldi.
YouTube platformasi va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez uchrab turadigan deviant diskursing bir necha sabablari bor deb o'ylaymiz. Birinchidan, aksariyat foydalnuvchilar ijtimoiy tarmoqlarda o'z shaxsini ochiqlamaydi, ya'ni tarmoqdan boshqa nom ostida foydalanadi va shuning uchun ham ular bildirgan fikrlari oqibatlaridan xavotir olmaydi. Ikkinchidan, internet tarmog'idan foydalanuvchilar bu tizimga dunyoning turli burchaklaridan ulanadi. Aksariyat hollarda ular bir-birini tanimaydi va fikrini ochiq-oydin bayon qilishdan hijolat chekmaydi. Uchunchidan, shaxsiy adovat, siyosiy yoki diniy qarashlardagi tafovutlar, hasad va boshqalarning yutug'ini ko'rolmaslik kabi illatlar ham foydalanuvchilarning o'z hissiyotlarini haqoratomuz fikrlar yoki la'natlash orqali bayon qilishiga turtki bo'ladi. To'rtinchidan, foydalanuvchilar internet tarmog'ida ko'rsatilgan voqea-hodisalarni faqat bir taraflama tahlil qiladi. Bu voqea-hodisa haqiqatda sodir bo'lganmi, u aslida qanday sodir bo'lgan, uning orqasida qanday tashqi
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454
Volume 3 | Issue 13 | February, 2023 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org
omillar yotibdi kabi savollarga (ing., fact checking) juda kamdan-kam odam javob topishga harakat qiladi.
XULOSA
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, insonlarda internet ham ijtimoiy hayotning bir ko'rinishi ekanligi, bu yerda ular butun bir jamiyat bilan muloqotga kirishayotganligi va bunda o'zaro hurmatni saqlab, odob-axloq hamda nutq madaniyati normalariga rioya qilgan holda faoliyat yuritish kerakligi haqida tushuncha hosil qilish juda muhim masalalardan biri hisoblanadi. Til xulq-atvor singari insonning ma'naviy barkamolligini ko'rsatib beruvchi asosiy mezonlardan hisoblanadi. Inson nutqidagi deviatsiya uning xulq-atvoridagi deviatsiya bilan chambarchas bog'liq. Aslida, nutqdagi qo'pol, haqoratomuz, masxaromuz yoki tahdid qiluvchi so'zlar bu deviant xulq-atvorning tilda o'zini aks ettirishidir. Har bir inson o'zaro bahs-munozaraga kirishar ekan yoki biror bir voqelik to'g'risida fikr bildirar ekan, u, albatta, mulomala madaniyati va nutq etikasi chegaralarini yodda tutishi lozim.
ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. https://www.simplypsychology.org/deviance-examples-sociology.html
2. Crossman A. How Psychology Defines and Explains Deviant Behavior. ThoughtCo, Jul. 31, 2021. thoughtco.com/psychological-explanations-of-deviant-behavior-3026268.
3. Condamines A. How can one explain "deviant" linguistic functioning in terminology? Terminology. International Journal of Theoretical and Applied Issues in Specialized Communication, 27 (2). - 2021. Pp. 322343.
4. Mona A. Deviant language in the literary dialogue: An English-Romanian translational view. Open Linguistics, vol. 8, no. 1, 2022. Pp. 328-340. https://doi.org/10.1515/opli-2022-0197
5. Xolmanova Z.T. Tilshunoslikka kirish. O'quv qo'llanma. - Toshkent, 2007. - 177.
6. https://www.gazeta.uz/oz/2022/06/21/debat/