Научная статья на тему 'AGRESSIV XULQ ATVOR SPORTCHILAR FAOLIYATIGA TA’SIR ETUVCHI PSIXOLOGIK OMIL SIFATIDA'

AGRESSIV XULQ ATVOR SPORTCHILAR FAOLIYATIGA TA’SIR ETUVCHI PSIXOLOGIK OMIL SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
127
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Agressiya va agressiv xulq-atvor / shaxsning agressiv xulq atvorining shakllanish sharoitlari / sport / individual.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Shaxista Mamatqulovna Tadjibaeva, Аzamjon Muxtarovich Maxmudov

Mazkur maqolada agressiv xulq atvor sportchilar faoliyatiga ta’sir etuvchi psixologik omil sifatida ekanligi va namoyon bo‘lish shakllari batafsil tahlil qilingan. Shaxsga doir individual taraqqiyot samarasini hamda shaxslararo munosabatlarni belgilovchi xulq-atvor va xatti-harakatlarning eng muhim xususiyatlaridan biri agressivlikdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AGRESSIV XULQ ATVOR SPORTCHILAR FAOLIYATIGA TA’SIR ETUVCHI PSIXOLOGIK OMIL SIFATIDA»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-11-476-482

AGRESSIV XULQ ATVOR - SPORTCHILAR FAOLIYATIGA TA'SIR ETUVCHI PSIXOLOGIK OMIL SIFATIDA

Shaxista Mamatqulovna Tadjibaeva Azamjon Muxtarovich Maxmudov

O'zDJTSU Sport psixologiyasi va pedagogika kafedrasi tayanch doktoranti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada agressiv xulq atvor - sportchilar faoliyatiga ta'sir etuvchi psixologik omil sifatida ekanligi va namoyon bo'lish shakllari batafsil tahlil qilingan. Shaxsga doir individual taraqqiyot samarasini hamda shaxslararo munosabatlarni belgilovchi xulq-atvor va xatti-harakatlarning eng muhim xususiyatlaridan biri agressivlikdir.

Kalit so'zlar: Agressiya va agressiv xulq-atvor, shaxsning agressiv xulq atvorining shakllanish sharoitlari, sport, individual.

ABSTRACT

In this article, aggressive behavior as a psychological factor influencing the activity of athletes and its manifestations are analyzed in detail. Aggressiveness is one of the most important characteristics of behavior and behavior that determine the effect of individual development of a person and interpersonal relations.

Keywords: Aggression and aggressive behavior, conditions of formation of aggressive behavior of a person, sport, individual.

KIRISH

Respublikamizda oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, imkoniyatlari cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitatsiyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta'minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora tadbirlari to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-11-476-482

amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini ta'minlash, shuningdek sport sohasida xalqaro standartlarga muvofiq kompleks bilimlarga ega malakali kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash, sportda ilm-fanni jadal rivojlantirish, yuqori malakali raqobatbardosh trener-o'qituvchilar, mutaxassislar hamda ilmiy xodimlarni tayyorlash jarayonlarini yanada takomillashtirish maqsadidagi farmonlari aloxida taxsinga loyiq[1]. Mamlakatimizda yoshlarning jismoniy va ruhiy uyg'unlikda kamolotini, ularda psixik barqarorlik va irodaviy sifatlarni tarkib toptirishda sport va jismoniy tarbiya, sport maktablari va to'garaklari faoliyatini oshirish orqali ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Agressiya - bu odamlar, odamlar guruhiga nisbatan jismoniy va ruhiy zarar yetkazishga qaratilgan individual yoki jamoaviy xatti-harakatlar majmui hisoblanadi. Bugun insoniyat tarixi ishonchli tarzda shuni isbotlamoqdaki, agressiya shaxs va jamiyat hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Bundan tashqari, agressiya ulkan tortishish kuchi va yuqumlilik xususiyatiga ega - ko'pchilik o'zining agressiv ekanini inkor etadi, ammo o'zining kundalik hayotida esa, uni keng namoyish qiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Insonning agressiv xatti-harakatlarga moyilligini turlicha tushuntirishga qaratilgan dastlabki nuqtai nazarlar ichida U.Makdaugoll, Z.Freyd, G.Marrey va boshqa olimlarning «inson va hayvonlarda agressiyaning tug'ma instinkti mavjud bo'ladi», degan qarashlaridir. Agressiv xulq-atvor haqidagi fikr-mulohazalar XX asrning boshlarida frustratsiya nazariyasi bilan bog'liq ravishda yuzaga keldi. Unga ko'ra, agressivlik frustratsiyaning oqibatidir. Bunday qarashni birinchi bo'lib J. Dollard ilgari surdi. Ammo, ushbu ikki xil nuqtai nazar ham amaliyotda o'z tasdig'ini topmadi.

Agressiv xulq-atvor xususidagi yana bir nuqtai nazar L.Berkovichning ijtimoiy bilish nazariyasida bayon qilingan. Unga ko'ra, maqsadga yo'naltirilgan faoliyat davomida vujudga keladigan to'siq shaxsda agressiv xatti-harakatlarni hosil qiladi. Nihoyat, agressiv xulq-atvorning kelib chiqish sabablari haqidagi eng zamonaviy nuqtai nazar bilishning kognitiv nazariyasi bilan bog'liq holda ifodalanadi. Bu konsepsiyada agressiv harakatlar quyidagi jarayonlarning natijalari sifatida baholanadi:

l.Sub'yektning o'z agressiv xulq-atvorini ijobiy deb baholashi;

2.Frustratsiyaning mavjudligi;

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-11-476-482

3.Affekt yoki stress tipidagi emotsional qo'zg'alishning kuchliligi.

R. Kratchfild va N. Livson agressiyaning bir-birini inkor etmaydigan va birday maqbul ikki tavsifini keltirganlar. Birinchisi, xulq-atvorning zohiriy (tashqi) alomatlariga asoslanadi: «Agressiya - kimgadir ziyon yetkazuvchi xulq-atvorning har qanday ko'rinishidir». Ikkinchisi, odamning botiniy (niyatlari) bilan bog'liq, ya'ni insonni harakatga undovchi kuchlar bilan mushtarak: «Agressiya -boshqa bir insonga ziyon yetkazishni maqsad qilib olgan har qanday xatti-harakatdir». Agressiyaning yuqorida zikr etilgan tavsiflariga monand tushunchalarga tayangan ko'plab psixologlar agressiyani mavjudotning yashash uchun kurash bilan bog'liq uzviy xususiyati deb hisoblaydilar. D.Bass taklif etgan ta'riflardan biriga ko'ra, boshqalar uchun xavf tug'diruvchi va ularga ziyon yetkazuvchi har qanday fe'l-atvor agressiyadir.

Bir necha taniqli tadqiqotchilar tomonidan taklif etilgan ikkinchi ta'rif esa quyidagicha: u yoki bu harakatlar agressiya sifatida tasniflanishi uchun ular oxir-oqibat xafa qilish yoki haqoratlashga olib kelishi emas, balki xafa qilish va haqoratlarni maqsad qilib qo'yishi lozim. Nihoyat, uchinchi nuqtai nazar X.Zilman tomonidan bildirilib, unga ko'ra, agressiya o'zgalarga tan jarohati va boshqa jarohatlar yetkazish demakdir. 'Agressiya' tushunchasining talqinidagi kelishmovchiliklarga qaramay, ijtimoiy fanlar sohasidagi ko'plab mutaxassislar uning ikkinchi nuqtai nazarda bayon etilgan ma'nosiga ko'proq tayanadilar.

NATIJALAR

Agressiyaning quyidagi qisqacha klassifikatsiyasi mavjud:

1. Agressiyaning dardmandlik darajasidagi alomatlari (tutaqib ketish, jahl kelganda o'zini yo'qotib qo'yish);

2. Agressiyaning jismoniy, og'zaki va boshqa, butun jamiyat uchun nomaqbul sanalgan axloq qonun-qoidalari bilan bog'lik shakllari (odatda, ular ijtimoiylashuv xususiyatlari, aksli ijtimoiy xulq-atvor normalarining mustahkamlanishi bilan bog'lik bo'ladi);

3. Jamiyatda qabul qilingan axloq qonun-qoidalarini yetarlicha o'zlashtirilma-ganligi yoki xatti-harakatlarini idora qilish imkonini beruvchi xususiy sifatlarni to'liq shakllanmaganligi bilan bog'lik agressiyaning turli ko'rinishlari (ta'lim - tarbiya ko'rmaganlik);

4. Ayrim kuzatuvchilar tomonidan agressiv (xaq-huquqlarini poymol qilish, birovga ziyon yetkazish gumonini paydo qiladigan) boshqa bir kuzatuvchilar

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-11-476-482

tomonidan qat'iylik, faollik sifatida talqin qilinadigan barcha xatti-harakatlar.

Individual taraqqiyotni o'rganishga doir tadqiqotlar agressiv xulq-atvordagi jinsiy farqlar ilk bolalik davrdan: o'rtacha uch yoshdan, ko'zga tashlanar ekan. Louber va Stoutmaxer-Louber bola taraqqiyotining turli davrlaridagi agressiv xulq-atvordaning jinsiy tafovutlarini quyidagi jadvalda keltirganlar:

Individual taraqqiyot bosqichlari Alomatlar Jinsiy tafovutlar

Ilk bolalik Frustratsiya va jahl y°'q

2-3 yosh Instrumental agressiya Kichik farqlar

Maktabgacha yosh davri Shaxsiy agressiya Jismoniy agressiya Mavjud

Boshlang'ich sinflarda Bilvosita agressiya Mavjud

O'rta maktab Guruhiy tajovuz Og'ir tajovuz Seksual tajovuz Mavjud

Jadvaldan agressiv xulq-atvordagi jinsiy farqlar maktabgacha yosh davrdan ko'zga tashlanadi. Louber va Stoutmaxer-Louber, bundan tashqari, o'g'il bolalar va qizlardagi agressiv xulq-atvor rivoji ham farqlanishini kuzatgan: qizlarning aksariyati o'smirlik yoshiga kelib agressivlashadi, oldingi yosh davrlarida bunday xulq-atvor unchalar ham kuzatilmasada qizlar jinoyatining avji o'gil bolalarnikidan ilgariroq qayd etiladi. agressiyadan nizoni yechish vositasi sifatida ma'qullanishida ham qiz bolalar va o'g'il bolalarda agressiv xulq-atvorning jinsiy farqlari mavjud.

MUHOKAMA

Yuqorida keltirilgan agressiya klassifikatsiyasi Bass prologiyasida ham o'z aksini topganini ko'rishimiz mumkin. Biz bu zo'ravonliklarning barchasini destruktiv, jismoniy agressiya yoki atayin boshqa birovga yo ob'ektga zarar yetkazish maqsadida amalga oshirilgan harakat deb ta'riflasak bo'ladi. Agressiv xulq-atvor: uzoq davom etuvchi yoki qisqa muddatli, juda tez sodir etiluvchi yoki o'zini boshqara oladigan darajalarda farqlanishi kuzatiladi. Rolbf Leber va Magda Shtutxamer Leberlarning ta'kidlashicha, agressivlik ochiq va yashirin holatlarda bo'lib, bu ikki agressiya o'z navbatida quyidagi turlarga ajratib o'rganiladi [2]:

1. Pattern xulq-atvor.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-11-476-482

2. Emotsiyalar.

3. Kognitiv jarayon.

4. Rivojlanish.

Ochiq agressiv xulq-atvorda jabrlanuvchiga to'g'ridan-to'g'ri ochiq hujum qilinishi, jismoniy zarba orqali zarar yetkazish kuzatiladi. Yashirin agressiya esa gap-so'zlar, mish-mishlar, aldov va yolg'onlar asosida ifodalanadi. Ko'p hollarda ochiq agressiya yosh o'tishi bilan kuchsizlanib borsa, yashirin agressiya esa aksincha kuchayib boradi. Ma'lumotlarga ko'ra agar inson bolaligida ochiq agressiyani tez-tez kuchli namoyon etgan bo'lsa, u yoshi ulg'ayganda ham zo'ravonlik qilishi, jinoyatlarga qo'l urishi mumkin ekan. Ochiq agressiya asosan emotsional holatlar jumladan, g'azab, qahr, jahl, his-hayajon bilan xarakterlanadi. Yashirin agressiyada kishi holati neytral bo'lib, his-tuyg'ularsiz ifodalanadi. Kognitiv jarayonda ham ochiq va yashirin agressiyada bir biridan farqlanadi. Ochiq agressiv xulq-atvorli, zo'ravonlikka moyil bo'lgan insonlarda 'kognitiv defitsitarnost' ya'ni oldin o'ylab keyin qaror chiqarish qobiliyati mavjud bo'lmaydi. Shu bois ular chuqur o'ylab o'tirmay 'agressiv' harakat asosida vaziyatni hal etadilar.

XULOSA

Shunday qilib, agressiya ichki qo'zg'alish tendensiyasi sifatida - bu shaxs dinamikasining ajralmas bo'lagi (meyordagi holatida ham, turli darajada namoyish etilgan buzilishlarda ham). Agressivlik - individual xususiyat, u aniq insonning moyilligi ushbu tendensiyani ichki va tashqi harakatlar shaklida namoyon etishi. Ushbu individual xususiyatni o'lchash qiyin, bu borada agressiv tendensiyani asosiy baholash usuli - bu uning xulq-atvordagi namoyishlarini baholash. Agressiya va agressiv xulq-atvor orasidagi o'zaro bog'liqlik xarakterini aniqlashga urinib ko'raylik. Balki insonning agressiya kechinmalari uni vayrona harakatlarga olib keladi. Boshqa tomondan, zo'ravonlik sodir etib, inson o'tkir emotsional qo'zg'alish holatida ham, shu bilan birga to'liq sovuqqonlik holatida ham bo'lishi mumkin.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni.

2. ArpeccmHOCTb // збука психолога. [Электронный ресурс]. Режим доступа:

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-11-476-482

http://psychlib.ru/mgppu/KAS/KAS-001 .HTM/ (дата обращения: 13.01.2017).

3.Агрессивность //Социальная психология http://www. hiperinfo.ru/blog/ 201204-16-3217/

4. Керр [Керр, Ж. X,.. Спортдаги тажовуз ва зуравонликни кайта куриб чикиш. Лондон: (2005)

5. Жуковская В. И. Воля / В. И. Жуковская. Минск, 1970.

6. Ильин Е. П. Психология спорта / Е. П. Ильин. СПб.: Питер, 2009.

7. Ильясов Ф. Н. Политический маркетинг. Искусство и наука побеждать на выборах. М.: ИМ -пресс, 2000. С. 42, 44.

8. Калин В. К. Классификация волевых качеств В. К. Калин // Эмоционально-волевая регуляция поведения и деятельности. Симферополь, 1983.

9. Коломейцев Ю. А. Социальная психология спорта: учеб.-метод. Пособие / Ю. .Коломейцев. Мн.: БГПУ, 2004.

10. Лесняк В. Защита чести, достоинства и деловой репутации в гражданском законодательстве России / В. Лесняк // Юрист, 1999. № 1.

11 .http://www.vashpsixolog.ru/psychodiagnostic-school psychologist/69diagnosis-

emotional-and-the-personal-sphere/293-basa-darki-method-fordiagnosing-the

aggressiveness

12. Muhabbat, G. "ISLOMDA AXLOQIY QADRIYATLAR." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 385-393.

13. Xushvaqtov, Zoxid. "ESTETIKASI SHAXS KAMOLATI VA RIVOJLANISH VOSITALARI." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 394-401.

14. Бекназаров, Ш. К "ФУТБОЛЧИЛАР АНТРОПАРАМЕТРИК УЛЧАМЛАРИ ВА ТЕЗЛИК СИФАТИ ОРАСИДАГИ КОРРЕКЦИЯСИНИ УРГАНИШДА АКТДАН ФОЙДАЛАНИШ." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 402-409.

15. Бозоров, Сирожиддин Рустам Угли. "СПОРТЧИЛАРНИ ШУЕУЛЛАНГАНЛИК ДАРАЖАСИНИ АНИКЛАШНИНГ ЗАМОНАВИЙ УСУЛЛАРИНИ ТАХЛИЛИ (ФУТБОЛ СПОРТ ТУРИ МИСОЛИДА)." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 410-419.

16. Курязов, Р. "ЁШ ФУТБОЛЧИЛАРНИ МУСОБОКА ШАРОИТИДА ТУПНИ УЗАТИБ БЕРИШ ХАРАКАТЛАРИНИ УРГАНИШ." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 420-427.

17. Пирматов, Ойбек Зенетович. "ЁШ ФУТБОЛЧИЛАРНИ УЙИН ЖАРАЁНИДАГИ ТЕХНИК ВА ТАКТИК ХАРАКАТЛАР ТАХЛИЛИ." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 428-433.

18. Рахмонбердиев, Эркин Бахтиёрович. "ФУТБОЛЧИ АЁЛЛАРНИ

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-11-476-482

МУСОБАКД ФАОЛИЯТИНИ ТАДЛИЛ ^ИЛИШ." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 434-440.

19. Турдибоев, Исомиддин Хуснидинович. "УЗГАРУВЧАН ВАЗИЯТЛИ МАШ^ЛАР ЁРДАМИДА ЗАРБА БЕРИШ ДАРАКАТЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ САМАРАДОРЛИГИ." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 441-447.

20. Хакимжонов, Зохиджон Ахматкул Угли. "БОШЛАНЕИЧ ТАЙЁРЛОВ ГУРУДИ ФУТБОЛЧИЛАРИНИ ТЕХНИКТАКТИК ТАЙЁРГАРЛИГИНИ УРГАНИШ." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 448-456.

21. Шаяхмитов, Равиль Саетгереевич. "ЁШ ФУТБОЛЧИЛАРНИНГ МАШЕУЛОТЛАРДА КУЧ ВА ЧИДАМЛИЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРШ ХУСУСИЯТЛАРИ." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 457-463.

22. Частоедова, А. Ю., et al. "ПОВЫШЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ ПРОЦЕССА СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ КОНДИЦИОННЫХ КАЧЕСТВ ЮНЫХ ВОЛЕЙБОЛИСТОВ." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 464-472.

23. Кадиров, М. А. "ЭФФЕКТИВНОСТЬ ФОРМИРОВАНИЯ СПЕЦИАЛЬНОЙ БЫСТРОТЫ И ТОЧНОСТИ УДАРОВ У ЮНЫХ ФУТБОЛИСТОВ С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ РЕЗКО МЕНЯЮЩИХСЯ СИТУАЦИОННЫХ УПРАЖНЕНИЙ." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 473-480.

24. Ishtayev, Javlon Mavlonboyevich, et al. "EFFECTIVENESS OF THE NEW DEVELOPED SPORTS AND HEALTH PROGRAM IN SPORTS GYMNASTICS IN THE PREPARATION OF 3-7 YEAR OLD BOYS." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.3 (2022): 94-99.

25. Ёкубова, Д. М., & Усманова, Ш. Ш. (2021). ТАЛАБАЛАРДА СТЕСС ДОЛАТИ ВА УНИ БАРТАРАФ ЭТИШ ЙУЛЛАРИ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(3), 207-211.

26. Ёкубова, Д. М., & Усманова, Ш. Ш. (2022). БОЕЧА ЁШИДАГИ БОЛАЛАРДА БИЛИШ ЖАРАЁНЛАРИНИНГ РИВОЖЛАНИШИ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(3), 155-161.

27. Усманова, Ш. Ш., & Ёкубова, Д. М. (2022). ДЕВИАНТ ХУЛИЛИ У^УВЧИЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ПСИХОКОРРЕКЦИОН ИШЛАРНИНГ НАТИЖАЛАРИ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(3), 170-175.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.