Научная статья на тему 'DISKURS TUSHUNCHASI VA UNGA LINGVISTIK YONDASHUVLAR'

DISKURS TUSHUNCHASI VA UNGA LINGVISTIK YONDASHUVLAR Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
273
62
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
diskurs / matn / nutq / og‘zaki diskurs / yozma diskurs / discоurse / text / spеech / spоken discоurse / writtеn discоurse

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Mohigul Komilovna Ibotova

Ushbu maqоlada diskurs tushunchаsi va uning kеlib chiqishi, jahоn va о‘zbek tilshunоsligida diskurs tushunchаsi bоrasidagi fikrlar va ulаrning mazmuni keltirib о‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this аrticle, the cоncept of discоurse and its оrigin is stated and the ideаs and their cоntent abоut the cоncept of discоurse in wоrld and Uzbek linguistics are also prеsented.

Текст научной работы на тему «DISKURS TUSHUNCHASI VA UNGA LINGVISTIK YONDASHUVLAR»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

DISKURS TUSHUNCHASI VA UNGA LINGVISTIK YONDASHUVLAR

Mohigul Komilovna Ibotova

Buxoro davlat universiteti Lingvistika: ingliz tili mutaxassisligi 1-kurs magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada diskurs tushunchasi va uning kelib chiqishi, jahon va o'zbek tilshunosligida diskurs tushunchasi borasidagi fikrlar va ularning mazmuni keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: diskurs, matn, nutq, og'zaki diskurs, yozma diskurs

ABSTRACT

In this article, the concept of discourse and its origin is stated and the ideas and their content about the concept of discourse in world and Uzbek linguistics are also presented.

Key words: discourse, text, speech, spoken discourse, written discourse

Diskurs ijtimoiy amaliyotning bir turidir (Fairclough 2001). Bu shaxsiy maktubdan gazeta xabarigacha, oilaviy suhbatdan siyosiy nutqgacha bo'lgan har qanday og'zaki va yozma muloqotga qaratilgan bo'lib, kommunikativ hodisaning bir qismini tashkil qiladi (Van Deyk 1997). Bunda fikrlar va his-tuyg'ular tildan foydalanish orqali yetkaziladi yoki almashinadi.

Zamonaviy tilshunoslikda diskurs tushunchasi lingvistik atama sifatida o'tgan asrning o'rtalarida qo'llanila boshlandi. U dastlab gap yoki nutqda bog'langan va kelishilgan oqibat sifatida tushunilgan bo'lsa zamonaviy lingvistikada murakkab kommunikativ hodisa sifatida izohlanmoqda. Sohada diskursni turlicha talqin etishadi. Ko'pchilik tilshunoslar diskursni nutqiy faoliyat jarayoni hamda so'zlashish uslubi kabi mazmunlarda talqin etishadi. Diskurs lotincha "diskursus" - "muhokama" so'zidan olingan bo'lib, hissiy, bevosita, intuitiv, ya'ni muhokama orqali vosita bilan hosil qilinadigan mantiqiy dalil - isbotli bilim demakdir.

Diskurs - aktual aytilgan matn, ya'ni faol nutqiy harakat, matn esa til tizimiga yoki shakliy lisoniy bilimlarga tegishli fikrlarning mavhum grammatik tuzilishidir. Diskurs -aniq suhbat, aniqlik esa diskurs tushunchasi qo'llanadigan vaziyatga, matnga va obyektga ham birday taalluqlidir. Diskurs - suhbat turi (T.A. van Deyk). Diskurs murakkab kommunikativ hodisa bo'lib, u matndan farq qiladi. U matnga qo'shimcha ravishda uni tushunishda zarur bo'lgan fikrlar, dunyo haqidagi bilimlar, qabul qiluvchining maqsadi va munosabati kabi qo'shimcha lingvistik omillarni o'z ichiga oladi.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Tarixiy jihatdan bu atama ilk bor amerikalik tilshunos Z.Xarrisning 1952-yilda nashr etilgan "Diskurs tahlili" nomli maqolasida qo'llanilgan. Ushbu maqolada u matn nima ekanligini qanday aniqlash mumkinligi haqidagi savolni ko'tardi. Z.Xarris tilda sintaksisdan bir pog'ona yuqori bo'lgan tizim mavjudligini, matn tushunchasi ham ushbu tizimga oid degan fikrni ilgari surgan. Diskurs tahlili, uning fikricha, tilning qoliplarini (strukturasini,) gapdan ko'ra kengroq elementlarda ko'rib chiqadi. U nutqni "muayyan vaziyatda bir yoki bir nechta shaxs tomonidan yozilgan yoki aytilgan bayonotlar ketma-ketligi" deb ta'riflagan.

Tilshunoslikda tilni mazmuniy, yaxlit o'rganish asnosida diskurs atamasi keng qo'llanila boshlandi. Jumladan, 1960-yillar boshlarida antropolog Dell Humes ilk bor diskurs tushunchasi va uning mohiyati bilan shug'ullana boshlagan. U ilmiy ishlari asosida diskurs tushunchasini lingvistik termin sifatida o'tgan asrning o'rtalarida tilshunoslik sohasiga olib kirgan. Dell Humes mulohazasiga ko'ra diskurs kishilarning og'zaki nutqda bir-birilari bilan muloqotga kirishishidir. Uning fikriga ko'ra diskurs bu nafaqat muloqot, balki matn bilan ham o'zaro uyg'unlikda sodir bo'ladigan holat ekanligini unutmaslik kerak. Tilshunoslikda "diskurs" tushunchasi nisbatan yaqinda o'rganila boshlandi. Biroq, faqat 1970-yillarga kelib, diskursiv tahlil alohida fan sohasiga aylandi. Bu davrda tilshunos olimlarning T.A.van Deyk, P.Chilton, U.Cheyf va boshqalarning ushbu konseptsiyaga doir asarlari nashr etilgan. Diskurs tushunchasiga lingvistik yondashuvlar va uning mazmun-mohiyatini ochib berish borasida ko'plab tadqiqotlar amalga oshirilgan. V.E.Chernyavskaya diskurs tushunchasini matn tushunchasi bilan bog'liq holda ko'rib chiqib, quyidagi ta'rifni beradi: "Diskursni situatsion kontekst bilan chambarchas bog'langan matn(lar) sifatida tushunish kerak" deb ta'kidlaydi. V.Z.Demyankov esa diskurs haqida bir nechta gapdan yoki gapning mustaqil qismidan tashkil topgan matnning ixtiyoriy qismi deb izoh beradi.

Shunday qilib, diskurs matnga nisbatan kengroq tushunchadir. Yu.S.Stepanov diskursni muqobil dunyo, fakt, sabab tushunchalari bilan bog'laydi. U, shuningdek, diskursga alohida ijtimoiy borliq ko'rinishida namoyon bo'lgan "til ichidagi til" sifatidagi keng lingvofalsafiy izoh beradi. Bunda diskursni shunchaki til sifatida grammatika, stil yoki leksikon kabi hisoblab bo'lmaydi. U avvalambor o'zida alohida grammatika, alohida leksikon, alohida so'z ishlatilish va sintaksis qoidalari va alohida semantika mavjud bo'lgan matn bo'lib, bir so'z bilan aytganda diskurs alohida dunyodir. Garchi Yu.S.Stepanov diskursni matnlarda mavjudligi haqida aytgan bo'lsa-da, uning diskursni alohida dunyo sifatida ko'rishi diskurs matn doirasidan tashqari tushuncha deb xulosa qilishga olib keladi. Professor Karasik esa "Diskurs - bu matn va kommunikativ vaziyatning birligi" deya ta'rif beradi.

Debora Shafrin bu tushunchaga uch tomonlama yondashadi. Birinchi yondashuv tilshunoslikning formal yo'naltirgan pozitsiyasidan diskursning shunchaki gap yoki

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

so'z birikmasi darajasidan yuqorida turadi deb hisoblaydi - "language above the sentences or above the clause". Ikkinchi yondashuv diskursga "the study of discourse is the study of any aspect of language use" - "tilning turli-tuman ishlatilishi" sifatida funksional ta'rif beradi. Bu yondashuv tilning keng ijtimoiy-madaniy konteksdagi vazifasini o'rganishni nazarda tutadi. Uchinchi yondashuv shakl va funksiyaning o'zaro harakatini ta'kidlaydi: diskurs - fikr "discourse as utterances". Unga ko'ra diskurs "gapdan ko'ra kattaroq bo'lgan lisoniy tuzilmalarning yig'indisi emas, balki tilning qo'llanilishini funksional tashkil qilgan, matn holiga kelgan birliklarning majmuidir.

O'zbek tilshunosligida diskurs borasida lingvistik tadqiqotlar tilshunos Sh.Safarov tomonidan amalga oshirilgan. U matn va diskurs muammolari to'g'risida quyidagilarni bayon etadi: "Agarda matn va diskursning har ikkalasi ham inson lisoniy faoliyatining natijasi bo'lsa, ularni faqatgina zohiriy - formal ko'rsatkichga asosan "og'zaki" va "yozma" sifatlari bilan farqlash imkoniga gumonim bor. Shu bilan birga, ularning birini moddiy ko'rinishli hodisa, ikkinchisini esa bu xususiyatdan xoli ko'rinishda tasavvur qilish biroz qiyin masala. Axir bularning ikkalasi ham natijali faoliyat mahsuli bo'ladigan bo'lsa, erishilgan natija moddiy ko'rinish olishi kerak emasmi? Maqsadli ifodalangan komminikativ mazmun va so'zlovchining istagi bilan bog'liq bo'lmagan holda tinglovchi idrokida hosil bo'ladigan informativ mazmun bir-birini inkor etmaydi, balki ular o'zaro birikib muloqotning samaradorliligini ta'minlovchi muhim omilga aylanadi.

Boshqa manbalarda diskursning janr kabi ekanligi, nutqiy janr - tipik tuzilishi, lisoniy vositalardan foydalanishning o'ziga xosligi, aniq adresatga qaratilganligi, ma'lum kommunikativ maqsad va ma'lumot yetkaza olishi, etiketlik kabi jihatlari bilan ajralib turuvchi nutq turi ekanligi ifodalanadi. Shuningdek, maxsus olib borilgan tadqiqotlarda diskursning ijtimoiy tabiati orqali publitsistik diskurs, siyosiy diskurs, ilmiy diskurs, badiiy diskurs, baholovchi diskurs kabi yangi tushunchalarning yuzaga kelganligi qayd etiladi. Bundan ko'rinib turibdiki, talqin va izohlarning xilma-xilligi diskurs tushunchasining ko'p qirrali va keng qamrovli ekanligini yaqqol ifoda etadi. Eng avvalo, diskurs ifodalanish vositasiga ko'ra, ikki boshlang'ich guruhlarga - og'zaki va yozma diskursga bo'linadi. Og'zaki nutq ko'proq takrorlash, ikkilanish va qisqartirishni o'z ichiga oladi, chunki u real vaqtda ishlab chiqariladi, yozma nutq esa buning aksi. Og'zaki nutqdagi takrorlash so'zlovchi nimani anglatishini qayta keltirib o'tish va tushunmovchiliklarni oldini olish kabi bir nechta funksiyalarga ega. Og'zaki diskurs uchun intonatsiya juda muhimdir. Ayniqsa buni siyosiy nutqlarda kuzatishimiz mumkin. Bu orqali ma'ruzachilar nutqning ma'nosini tinglovchilarga tushunarli qilib ifodalab beradi.

M.Hallidey diskursni uning parametrlari, elementlari, mavzusi, uslublari orqali talqin etadi. Diskurs tushunchasi mohiyatida odamlarning ijtimoiy muloqotga kirishishi

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

uchun asosiy qurol tushuniladi. So'ngi paytlarda zamonaviy lingvistik tadqiqot materiallarida diskursning quyidagi tiplari ajratiladi: pedagogik, siyosiy, tanqidiy, harbiy, diniy, iqtisodiy, ilmiy, o'quv, publitsistik, reklama va h.k. Ya'ni inson faoliyatining har qanday jabhasiga taalluqli bo'lgan diskurs turlari mavjud.

Yuqoridagi tilshunos olimlarning fikrlaridan xulosa qilib aytish mumkinki, diskurs bir paytning o'zida ham lisoniy faoliyat jarayoni, hamda ushbu faoliyatning mahsulidir. Shuningdek, diskurs bu insonlarning o'zaro fikr almashinishi, muloqot qilishi, bir-biriga turli fikrlarni va ma'lumotlarni yetkazishi va bularni yetkazishda turli vositalardan foydalanishi, ikkala suhbatdosh uchun ham tushunarli bo'lgan jarayon hisoblanadi.

References

1. Teun A. van Dijk (1997). Discourse Studies. SAGE Publications

2. Norman Fairclough (2001). Language and Power (2nd edition). London: Longman

3. Zellig S.Harris (1952). Discourse Analysis (Journal article). Linguistic Society of America

4. Safarov Sh. Pragmalingvistika. Toshkent 2008.

5. Chudinov A.P. Politicheskaya Lingvistika: Uchebposobie. Moskva: Nauka 2006

6. Stepanov Yu.S. Alternative world, Discourse, Fact and the principle of Causality. Language and science of the end of the XX century: Collection of articles / Edited by Yu. S. Stepanov Moscow: RSUH, 1995

7. Schiffrin Deborah (1994). Approaches to discourse. Oxford, England: Blackwell

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.