Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
TILSHUNOSLIK TERMINLARNING TURLI TIZIMDAGI TUTGAN O'RNI VA DISKURSDA VOQELANISHI
G. Sh. Absalamova
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
O'zbekiston.
Terminlarning qo'llanish, tarqalish ko'lami muayyan terminologik sistema bilan cheklangan bo'lib, ular insonning faoliyati doirasidagi aniq uslubda harakat qiladi, voqelanadi. Terminologik korpus, terminologik ma'lumot bazalari yaratishda terminni modellashtirish asosiy bosqichlardan sanaladi va bu jarayonda ham, terminni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilishda ham murakkab tarkibli terminlar turli qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi mumkin. Bu esa tilshunoslik terminologiyasi oldiga lingvistik terminlarni qayta ishlash, tizimlashtirish va tartibga solish vazifasini qo'yadi.
Analyse ascendante (n.f) jenskoy rod oti o'zbek tilida pastdan yuqoriga tahlil qilish deb nomlanib fransuz tilida sinonim sifatida bottom-up parsing, bottom-up analysis qo'llanilsa vazifasiga ko'ra tabiiy tilni qayta ishlash, tahliliy algoritmda foydalaniladi. Aytish joizki, gaplarni tahlil qilish strategiyasi, u duch keladigan barcha tarkibiy qismlarni birlashtirgan holda ma'lumotlardan tahlil gipotezalarini ishlab chiqadi.
Analyse ascendante qo'llanilish vazifasiga ko'ra ikki xil sanaladi. Pastdan yuqoriga qilingan tahlil o'zi topgan barcha tarkibiy qismlarni ko'r-ko'rona birlashtiradi, xuddiki, tizilib turgan so'zlardan jumla paydo qilishga harakat qiladi[3].
Ikkinchi holatda pastdan yuqoriga tahlil qilish kirish satridagi so'zlarni chapdan o'ngga qarab tekshiradi va tahlil qilish jarayonida joriy so'zning chap tomonidagi barcha mumkin bo'lgan tuzilmalarni tuzadi[4].
Kuzatuvlarimizga ko'ra, pastdan yuqoriga tahlil o'ng a'zosi chap a'zo tarkibidagi yagona tarkibiy qismga birlashtirilishi mumkin bo'lgan o'xshash so'zlarni o'z ichiga olgan qoidalarni so'zlardan jamlaydi.
Pastdan yuqoriga tahlil qilish ma'lumotlarga asoslangan bo'lib, tahlil qiluvchi sintaktik tuzilmadagi so'zlardan, ya'ni o'zakga erishish uchun tahlil qilinadigan gapdan boshlab quradi. Usul grammatikaning boshlang'ich belgisiga kelgunicha, har bir qadamda chap qisqartirishni qo'llash uchun jumladan boshlashdan iborat.
Tahlil daraxti
469
May 15, 2024
Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
SENTENCE (GAP) -NOUN, VERB ADJECTIVE
NP-DET NP1
N-NP1
NP1-ADJ NP1
NP1-NOUN
VP-VERB ADV
Noun-program
Verb-compiles
Adjective-new
Determinatif-the
Adverb-slowly
The new program compiles slowly
Analyse lexicale (n. f.) leksik tahlil sinonim sifatida lexical parsing, lexical analysis deb ham nomlanadi. Morfologik tahlil gipotezalarini tasdiqlovchi va leksik tarkibidagi so'zlarni tekshirib, ularning lug'aviy kategoriyasini, semantik va sintaktik xususiyatlarini aniqlaydigan gap tahlili strategiyasi sanaladi.
Shuningdek, leksik tahlil, u har bir so'zning qaysi leksik turkumga mansubligini aniqlashdan iborat (masalan: ot yoki sifat) va affikslar tomonidan ko'rsatilgan grammatik xususiyatlarni, masalan, ko'plikni aniqlashdan iborat.
Ma'lumki, leksik tahlil har qanday tipografik yoki imlo xatolarini aniqlashga harakat qiladi. Leksik tahlil leksika deb ataladigan ma'lumotlar tuzilmasida saqlanadigan til so'zlarini hisobga oladi. Bu so'zlar (terminal) turkumlarga ko'ra ot, sifat, fe'l, ergash gap va bog'lovchi, yuklama, olmosh, kesim tasniflanadi.
Leksik tahlil jarayonida leksikada qo'llaniladigan standart shaklni olish uchun belgilarga ma'lum transformatsiyalar amalga oshiriladi. Masalan, barcha katta harflar kichik harflarga o'zgartiriladi [1].
Leksik tahlil har biri so'zga mos keladigan pastki ro'yxatlar [[c,o,n,n,a,i,s,s,e,z], [v,o,u,s] , [l,e], [m,o,t], ([m, o, t]) qatorini shakllantiradi.
470
May 15, 2024
Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
Analyse morphologique (n.f.) morfologik tahlil sinonim sifatida morphological parsing, morphological analysis ataladi. Tilning hosilaviy yoki flektiv morfologiyasi qoidalariga ko'ra qatordagi barcha so'zlarni qismlarga ajratib gaplarni tahlil qilish strategiyasi hisoblanadi.
Morfologik tahlil kirish satridagi lug'atda bo'lmagan barcha so'zlar uchun amalga oshiriladi, xususan: a) fe'l mayllarini tanib olish arrivera-arrive, arriver-arrive ularning qoidaga mosligini aniqlaydi. Shuningdek, otlarning ko'pligini ularning birlik soni bilan almashtiradi. Ushbu ikkita jarayon lug'atdagi keng ko'lamdagi yozuvlarni tejaydi; v) bitta keng miqdordagi so'zlarning maxsus birikmalarini tanib olish imkonini beradi, masalan: est-ce, existe-t-il, L'oiseau, d'avion va tinish belgilarini so'zning oxiridan ajratish imkonini beradi.
Morfologik tahlilda morfemalar (o'zak va qo'shimchalar) ko'pincha sintaktik va semantik toifalariga qarab tahlil qilinadi. Morfologik tahlil jumladagi so'zlarni aniqlash uchun (ot, fe'l, sifat va boshqalar) qo'llaniladi. Shuningdek, ushbu bosqichda asosiy tarkibiy qismlarga lug'atdan asosiy qiymat beriladi.
Morfologik tahlil so'zlarni ma'lum bir asosiy qoidalarga muvofiq fransuz tilida -s yoki - ant tugashi kabi o'zak va qo'shimchalarga ajratadi: masalan, "toiser" so'zining o'zagi "toise", "boiser" so'zining o'zagi esa "bois". Ushbu qoidalardan istisnolar, masalan, "être" fe'lining ba'zi shakllari alohida guruhlangan. Boshqa qoidalar affikslar shaklini so'z shakllari bilan bog'laydi, masalan, "en marchant" dagi "ant", bu sifatdoshga mos keladi va sodir bo'layotgan harakatni ko'rsatadi.
Analyse pragmatique (n. f.) pragmatik tahlil sinonim sifatida pragmatic parsing, pragmatic analysis ni keltirish joiz. Gapni tahlil qilish strategiyasi, gap yoki gapning bir qismini nutq konvensiyalarini hisobga olgan holda ijtimoiy-madaniy matnga joylashtiradi.
Pragmatik tahlilning vazifasi matn, suhbat va boshqalar bo'lishi mumkin bo'lgan jumlani kontekstga to'liq kiritishdir.
Pragmatik tahlil kamdan-kam hollarda joriy mavzuga kiritiladi, chunki u qo'yadigan muammolar juda murakkab. Biroq, tushunish muammosiga pragmatikaga bo'lgan qiziqish muhim bir narsani ta'kidlash imkonini berdi. Tushunilishi kerak bo'lgan matn faqat "differensial" bo'ladi: muallif vaziyatni ifodalamaydi, u o'zi tasvirlab bergan vaziyat bilan o'zi bilgan, muallif allaqachon bilgan vaziyat o'rtasidagi farqni ifodalaydi.
Pragmatik tahlil ko'pincha semantik tahlil bilan o'zaro bog'liq bo'lib, uning natijasi kontekstdan tashqaridagi elementlarni hisobga olgan holda matnni o'zgartirishga intiladi.
May 15, 2024
471
Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, mavjud lingvistik terminlar tizimidagi murakkab terminlarning aksariyati umumnutqda so'z birikmasi sifatida ham ishlatiladi va ular tarkibidagi har bir lug'aviy ma'noli birlik o'z avtosemantikligini saqlab qoladi bir ilmiy-lingvistik tushunchani anglatishi, ba'zilarining boshqa tillarga bir so'z bilan tarjima qilinishi kabi xususiyatlar ularni termin-birikmalar safiga kiritishga asos bo'ladi. Shuningdek, Analyse ascendante, analyse lexical, analyse morphologique, analyse pragmatique tilshunoslik terminlari tuzilishiga ko'ra nom+adjective sintagmatik qatorida ekanligi aniqlandi.
REFERENCES
1. Auger, Pierre (1979b) : «La syntagmatique terminologique, typologie des syntagmes et limite des modèles en structure complexe» , dans Table ronde sur les problèmes de découpage du terme, Ve congrès de l'Association international de linguistique appliquée, Montréal, Éditeur officiel du Québec, pp. 11-26.
2. Bonnard, Henri (1978) : «Le syntagme», dans Grand Larousse de la langue française, Paris, Librairie Larousse, vol. 7, pp. 5899-5902.
3. Revue québécoise de linguistique, vol. 14, n° 2, 1985, p. 35
4. William B. Gevarter Artificial Intelligence. Expert Systems. Computer Vision and Natural Language Processing. 1984, p. 119.
5. Pour la Science, no 85, novembre 1984, p. 99.
472
May 15, 2024