Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIKLARIDA SERVIS XIZMATLARINI SIFATLI TASHKIL ETISHGA OID XORIJ TAJRIBASI
Sh. A. Yuldosheva
Qarshi muhandislik- iqtisodiyot instituti. O'zbekiston.
Jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, uy-joy binolarini saqlash xarajatlari tarkibida tashkilotning xizmatlarini boshqarish qiymati 6-8 foiz, boshqaruv kengashi boshqariladigan shirkatdagi boshqaruv xarajatlarining ulushi 18-20 foizgacha bo'lishi mumkin.
Uy-joy kommunal xo'jaliklarida servis xizmatlarining faoliyatidagi xorijiy tajribani tahlil qilish bizga bir nechta asosiy tendensiyalarni aniqlash imkonini berdi:
- kommunal infratuzilma obyektlarini boshqarish tizimini mahalliy hokimiyat organlari darajasiga o'tkazish bilan markazlashtirilmagan suv ta'minoti kommunal xizmati;
- issiqlik ta'minoti kommunal xizmati;
- gaz ta'minoti kommunal xizmati;
- elektr energiyasi ta'minotini xususiylashtirish;
- potensial raqobatbardosh sektorlarda raqobatni rivojlantirish maqsadida ushbu bozorda faoliyat yurituvchi kompaniyalar faoliyatini taqsimlash (ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash) bo'yicha aholiga kommunal xizmat ko'rsatish tizimini isloh qilish;
- tariflarni tartibga solish tizimini takomillashtirish. Uning asosiy maqsadi ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilarning manfaatlarini hisobga olgan holda uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun optimal sharoitlarni yaratishdir.
Tahlillar shuni ko'rsatadiki, dunyoning turli mintaqalarida globallashuv, integratsiya, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi iqtisodiy, texnologik va ijtimoiy rivojlanishning turli darajalari bilan ajralib turadi. Shu bilan birga, kommunal servis xizmati ko'rsatish tizimida hududiy va shahar darajasida foydalanish uchun zarur bo'lgan umumiy yondashuvlarni ajratib ko'rsatish zarur. Unga binoan, kommunal xizmat ko'rsatish tizimi infratuzilmasini bir maromda rivojlantirish, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, qurilish va modernizatsiya ishlariga investitsiyalarni jalb qilish, ijara uyini qurish va rivojlantirish kabi yo'nalishlarni takomillashtirishni taqozo etadi.
May 15, 2024
657
Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
Xorij mamlakatlarida aholiga kommunal servis xizmati ko'rsatish tizimini isloh qilish tajribasini tahlil etish ular faoliyatining uchta turini aniqlash imkonini berdi:
Angliya uy-joy kommunal servis xizmat ko'rsatish sohasi obyektlarini to'liq xususiylashtirish yo'lidan o'tdi;
"Fransiya modeli" uzoq muddatli ijara shartnomalari va tegishli investitsiya shartnomalari asosida aholiga kommunal xizmat ko'rsatish tizimiga kommunal mulkni va ularni xususiy biznes tomonidan boshqarishni o'z ichiga oladi;
Germaniyada kommunal servis xizmat ko'rsatish sohasidagi korxonalar munitsipalitetga tegishli bo'ldi, aksionerlik jamiyatlariga aylandi. Ularning asosiy paketi Yevropa mamlakatlaridagi aholiga kommunal xizmat ko'rsatish.
Uy-joy kommunal xo'jaliklarida servis xizmati ko'rsatish sifatini oshirishning obyektiv talablaridan biri xorijiy mamlakatlarning ilg'or tajribalarini o'rganish, rivojlangan mamlakatlardan ushbu sohadagi xizmatlar sifatini tahlil qilishdir. Chunki, sobiq ittifoq davridagi uy-joy kommunal xo'jaliklarida servis xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha avvalgi yo'naltirilgan boshqaruv iqtisodiyotidan bizga qolgan meroslar hali kutilgan natijalarni bermadi. Aksincha, yangi bozor munosabatlari bunday xizmat turlarini ko'rsatishning yetarli mexanizmi hali shakllanmaganini ko'rsatdi. Biroq shuni ta'kidlash kerakki, sobiq sovet ittifoqidagi uy-joy kommunal xizmatlari va kommunal tizimlar aholiga xizmat ko'rsatishda eng samarali tashkil etilgan tuzilma bo'lib, u hatto jahon amaliyotida ham uchramaydi. Ushbu sohadagi xizmatning o'ziga xos xususiyati - arzonligi bilan ajralib turgan va ba'zi hollarda aholiga bepul xizmat ko'rsatishga ruxsat berilgan.
Ammo, afsuski, bu tizim obyektiv sabablarga ko'ra, faqat tovar va pul o'rtasidagi munosabatlar yuzaga keladigan bozor munosabatlari sharoitida o'zini oqlamadi. Rejali iqtisodiyotning qulashi asta-sekin tizimning yomonlashishiga olib keldi va bularning barchasi asta-sekin mamlakatda uy-joy kommunal infratuzilmani isloh qilish sohasida yangi yechimlarni izlashga olib keldi.
Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, ko'plab xorijiy davlatlarda kommunal xizmatlar tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlarning narxi juda katta farq qiladi. Yevropa ittifoqida suvdan foydalanganlik uchun to'lovlar ikki marta to'lanadi. Bunda sovuq suv to'g'ridan-to'g'ri hisoblagich va drenajlar orqali yetkazib beriladi. Xonadonlarga yetkazib beriladigan barcha suv avtomatik ravishda ishlatilgan hisoblanadi. Aholi ichimlik suvini iste'mol qilishi, gullarga suv quyishi, xullas undan qanday foydalanishi muhim emas, ammo kanalizatsiya uchun haq to'liq to'lanishi kerak. Germaniyada chiqindi suv narxi kubometri uchun taxminan 3,22 yevroni tashkil etadi,
658
May 15, 2024
Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
sovuq suv uchun o'rtacha hisobda mamlakat aholisi yiliga atigi 69-75 yevro to'laydi [1, 28-b].
Elektr energiyasining narxi har bir mamlakatda har xil. Masalan, Bolgariyada 1 kVt energiya uchun 0,01 yevro to'lansa, Chernogoriyada tarif kunduzgi vaqtga qarab o'zgaradi - tunda elektr energiyasi 0,06 yevro, kun davomida 0,08 yevro bo'ladi. Ispaniyada ham aholi har bir kilovatt elektr energiyasi uchun 0,08 yevro to'laydi. Shunday bo'lsa-da, ispanlar oyiga 0,54 yevro to'laydilar. Daniya elektr energiyasi qimmat davlatlar orasida yetakchi hisoblanadi. Bu yerda 1 kVt uchun 0,44 yevro to'lanadi. Germaniya ikkinchi o'rinda - 0,42 yevro. Sovuq suv uchun to'lov holati ham har bir mamlakatda farq qiladi. Chernogoriyada 1 m3 suv (ichimlik suvi) 0,54 yevroga, Ispaniyada esa atigi 0,16 yevroga teng, ammo oylik obuna to'lovi oyiga 6,79 yevroda baholangan [1, 39-b].
O'zbekiston Respublikasi va MDH davlatlarining boshqa respublikalaridagi narxlar bo'yicha quyidagilarni e'tirof etishimiz mumkin. 1 m3 gazning narxi Rossiya Federatsiyasida 10,7 sent, Qozog'istonda 9,37 sent, Qirg'izistonda 20,7 sent. Elektr energiyasining 1 kVt/soati Rossiya Federatsiyasida 5,8 sent, Qozo g'istonda 4,6-7,6 sent, Tojikistonda 1,79 sent. 1 litr benzinning narxi Rossiya Federatsiyasida 62 sent, dizel yoqilg'isi 69 sent, Qozog'istonda o'rtacha 52 sent, Qirg'izistonda 1,12-3,15 sent, Tojikistonda benzin 90 sent, dizel yoqilg'isi 83 sent. O'zbekistonda 1 m3 gaz 320 so'm (3,9 sent), elektr energiyasining 1 kVt/soati 250 so'm (3 sent), benzinning 1 litri 400 so'm (48 sent) [2, 124-b].
Xorijiy tajribalardan foydalanish maqsadida mamlakatimizda neft va neft mahsulotlari, gaz, elektr energiyasi hamda suv ta'minoti tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda ularni aholining iste'mol talablariga mos ravishda rivojlantirishga istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab katta hajmda chet el investitsiyalari jalb etildi. Hozirgi davrga kelib, ana shu xorijiy investitsiyalarni qaytarish bilan bog'liq to'lovlar ushbu tarmoqlar korxonalari hisobidan qoplanmoqda. Shu bois gaz, elektr energiyasi hamda suv ta'minoti korxonalari katta zarar bilan ishlasa-da, aholini boshqa davlatlarga nisbatan arzon yoqilg'i, elektr energiyasi, issiq suv hamda issiqlik bilan ta'minlab kelinmoqda.
Albatta, aholi ta'minoti bilan shug'ulanuvchi bunday korxonalarning katta zarar bilan ishlashi nafaqat mamlakat iqtisodiyoti uchun xavfli xisoblanadi, balki bu aholining kundalik hayotini ham qiyinlashtiradi. Korxonalardagi asbob-uskunalar eskirishi zarur dastgohlarning favqulodda ishdan chiqishiga olib keladi. Natijada gaz, elektr energiyasi yoki suv uskunalarini ta'mirlash yoki yangisini o'rnatish qo'shimcha mablag'ni talab etadi. Bunday paytda zarar bilan ishlayotgan korxonaning
May 15, 2024
659
Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
qo'shimcha mablag' manbai uning aholiga sotayotgan mahsulotlari tarifini oshirish evaziga olinadigan daromad hisoblanadi.
Bizning fikrimizcha, yuqoridagi tahlil ma'lumotlariga tayangan holda uy-joy kommunal servis xizmati bugungi kunda gaz, elektr energiyasi, suv ta'minotining ist'emol tariflari oshishiga sabab bo'layotgani katta shaharlarda muhim omil hisoblanadi. Viloyat, shahar, tumanlar korxonalarida raqamli axborot texnologiyalariga asoslangan integratsion platforma aloqasini rivojlantirish maqsadga muvofiq.
Amerikalik ba'zi bir olimlarning fikriga ko'ra, raqamlashtirish inson kapitali tanqisligi nuqtai nazaridan, "telekommunikatsiya texnologiyalari Amerikaning qishloq joylarida rivojlanishga qodir emas"[3, 145-b]. Bu qishloqlarning o'sishi uchun zarur, ammo yetarli darajada majburiy emas [4, 78-b]. Agar universal xizmat tushunchasi keng polosali ulanishlarni qamrab olmasa, qishloq joylarida raqamli aloqaga yetarlicha talab mavjud emas. Keyinchalik raqamli texnologiyalardan foydalanishning samarali yondashuvi mahalliy firmalarning imkoniyatlarini oshirishga va shaharlarda yashashni istamaydigan tajribali tadbirkorlarning ulushini qishloqlarga jalb qilish uchun maqbul bo'ldi.
Olib borgan tahlillarimizdan ko'rinib turibdiki, rivojlangan mamlakatlarda uy-joy kommunal servis xizmatining o'ziga xos xususiyati - bu yuqori texnologiyali ilmiy intensivlik va uning xizmatlarini amalga oshirishda innovatsion yondashuvni kompleks rivojlantirishdir.
Xorijiy kommunal servis xizmat ko'rsatish tizimidagi kommunal xizmat ko'rsatish samaradorligini oshirish maqsadida ijtimoiy ijara to'g'risida to'rtta usulni aniqlashga imkon berdi:
- uy-joy fondini saqlash xarajatlariga asosan kommunal to'lovlarni belgilash;
- uy-joylarning hajmi, sifati va joylashishini hisobga oladigan formulaga muvofiq;
- ijarachining daromadiga nisbatan foiz sifatida;
- uy-joy bilan ta 'minlash uchun chegirmaga asoslangan bozor kursi asosida.
REFERENCES
1. Брискер О.П. Система управления жилищно-коммунального хозяйства в странах центральной и восточной Европы / О.П. Брискер // Социально-экономические и правовые основы развития экономики. - Уфа. ЭТЕРНА, 2015. - С. 3-14.
660
May 15, 2024
Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
2. B.B.Berkinov, M.S.Qosimov,M.T. Asqarova / "O'zbekistonda gaz, elektr energiyasi, kommunal xizmatlar va boshqa to'lovlar tariflari oshishi sabablarini keng jamoatchilik o'rtasida targ'ib etishga bag'ishlangan" Amaliy qo'llanma "Iqtisodiyot''-2018.-3b.
3. Glasmeier, A.K., Howland, M., 1995. From Combines to Computers: rural services and development in the age of information technology. State University of NewYork Press,Albany
4. Fox, W.F., Porca, S., 2000. Investing in rural infrastructure. In: Centerfor the Study of Rural America, Beyond Agriculture: New Policies for Rural America. Federal Reserve Bank of Kansas City, KansasCity, pp. 63-89 (also in International Regional Science Review24(1), 103-133).
661
May 15, 2024