Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
UDK 330.342.3/4 YASHIL RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA SUN'IY INTELLEKTNI SAMARADORLIGI M. X. Muxiddinova
PhD, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti.
O'zbekiston.
Kirish. Yangi O'zbekistonda Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi "Sun'iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-4996-sonli qarori qabul qilingan. Xozirgi kunda dunyo aholisining katta qismi shaharlarda istiqomat qiladi, aholi sonining ko'payishi jiddiy muammolarga, xususan, transport tirbandligiga, boshqaruv tashkilotlari va boshqa xizmatlarning ortiqcha yuklanishiga, energiya va boshqa resurslarning ko'payishiga, ekologik vaziyatning yomonlashishiga olib keladi. Tashkilotlar raqamli texnologiyalar, jumladan sun'iy intellekt yordamida bu qiyinchiliklarga qarshi kurashishga harakat qilmoqda, buning natijasida dunyo bo'ylab tobora ko'payib borayotgan yirik aholi punktlari aqlli uy va aqlli shaxarlarga aylanmoqda. Bu esa yashil iqtisodiyotdan yashil raqamli iqtisodiyotga o'tish afzalliklarini taxlil qilishni talab etadi.
2015-yil sentyabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo 193ta davlat rasman "Dunyoni o'zgartirish: 2030-yilgacha barqaror rivojlanish kun tartibi" nomli yangi dasturni qabul qildi. Ushbu kun tartibiga 17 ta maqsad va 169 ta vazifa kiritilgan. Ushbu keng ko'lamli kun tartibida barqaror rivojlanishning o'zaro bog'liq uchta elementi - iqtisodiy o'sish, ijtimoiy integratsiya va atrof-muhitni muhofaza qilish muhim ahamiyatga ega ekanligi aytib o'tildi.
Mavzuga oid adabiyotlar taxlili. Hozirda raqamlashtirish O'zbekiston milliy iqtisodiyotini rivojlantirishning asosi hisoblanadi. Shu maqsadda hukumat tomonidan "Raqamli O'zbekiston - 2030" dasturi ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda, bu dastur birinchi navbatda raqamli texnologiyalarni qo'llash orqali aholi turmush darajasini oshirish, mamlakatni rivojlantirishga qaratilgan.
Raqamli iqtisodiyot texnologiyalari bo'yicha bir qancha xorij olimlari ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishgan.
Rus olimlaridan Stefanova N.A. raqamli iqtisodiyot samaradorligini baholash mumkin bo'lgan asosiy mezonlarni ko'rib chiqqan va ularning zamonaviy ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarga ta'sirini ko'rsatib bergan1. Kox L.V. esa Raqamli
Stefanova N.A. Osenka effektivnosti sifrovoy ekonomiki. Jurnal "Ekonomicheskiye nauki" Tom 8, 2017.
May 15, 2024
540
Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
iqtisodiyotni o'lchash usullari, shuningdek, raqamlashtirilgan iqtisodiyot faoliyatining ayrim turlarini o'lchash imkoniyatlarini ko'rsatib bergan.
O'zbek olimlari xam bu soxada o'zlarining ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishmoqda. Jumladan, akad. Gulyamov S.S. raxbarligida raqamli iqtisodiyot bo'yicha izoxli lug'at ishlab chiqilgan, bir qancha o'quv qo'llanmalar, sun'iy intellekt texnologiyalari bo'yicha darslik tayyorlangan.
Bu adabiyotlarda raqamli iqtisodiyot texnologiyalari va ulardan turli soxalarda foydalanish masalalari batafsil yoritib berilgan.
Tadqiqot metodologiyasi. Maqolada mantiqiy fikrlash, mantiqiy tahlil usullaridan foydalanilgan bo'lib, nazariy va metodologik asosi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga oid respublikada ishlab chiqilgan umumiy strategiya, mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning qabul qilgan farmonlari hamda tadqiqot mavzusiga oid ilmiy-metodologik adabiyotlar bo'lib hisoblanadi. Axborot bazasi sifatida O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi ma'lumotlaridan foydalanildi.
Tahlil va natijalar. Xozirgi kunda iqlim o'zgarishi aholi salomatligi, oziq-ovqat va suv xavfsizligi, migratsiya, tinchlik va xavfsizlikka ta'sir ko'rsatmoqda. Barqaror rivojlanish uchun kiritilgan sarmoyalar iqlim o'zgarishi muammosini hal qilishga yordam beradi.
21- asr boshidan boshlab bilim va yuqori texnologiyalarga asoslangan moddiy boyliklarni ishlab chiqarishning yangi tizimining keng tarqalishi natijasida hayotning barcha jabhalarida global o'zgarishlar ro'y berdi. Xususan, yangi yashil iqtisodiyot -insonlarning Yer resurslariga mas'uliyat bilan munosabatda bo'lishini nazarda tutuvchi iqtisodiy rivojlanish modeli shakllandi. Bu farovonlikni oshirish va tabiiy resurslarni saqlash o'rtasida oqilona murosa topishga qaratilgan.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit bo'yicha dasturida yashil iqtisodiyotni "inson farovonligini oshiradigan va ijtimoiy tenglikni yaxshilaydigan, shu bilan birga ekologik xavfni sezilarli darajada kamaytiradigan iqtisodiyot" deb keltirilgan.
Yashil iqtisodiyot uchta sektordan, ya'ni qayta tiklanadigan energiya, yashil binolar va inshootlar, barqaror transport, suv va er resurslari, xamda maishiy chiqindilarni boshqarishdan iborat. U uchta aksiomaga asoslanadi:
1) cheklangan makonda ta'sir doirasini cheksiz kengaytirish mumkin emas;
Kox L.V. Analiz su^estvuyu^ix podxodov k izmereniyu sifrovoy ekonomiki. Jurnal "Ekonomicheskiye nauki" Tom 12, 2019
May 15, 2024
541
Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
2) cheklangan resurslar sharoitida cheksiz o'sib borayotgan ehtiyojlami qondirishni talab qilish mumkin emas;
3) Yer yuzasidagi hamma narsa bir-biriga bog'langan.
Bugungi kunda Xalqaro tashkilotlar tomonidan butun dunyoda va alohida mamlakatlarda yashil iqtisodiyotning rivojlanish holatini va yashil o'sishga o'tishni baholash imkonini beruvchi turli ko'rsatkichlar majmuasi ishlab chiqildi va amaliyotga joriy qilinmoqda.
Jumladan, butun dunyoda yashil iqtisodiyot samaradorligini baholovchi yashil iqtisodiyotning Global indeksi va Yashil o'sish indeksi kabi xalqaro reyting ko'rsatkichlaridan keng foydalanilmoqda.
Ushbu indeks to'rtta o'lchov toifalari bo'yicha baholanadi:
1) boshqarish va iqlim o'zgarishi;
2) samaradorlik sektorlari;
3) bozor va investitsiyalar;
4) atrof-muhit.
Yashil o'sish indeksiga ko'ra, Shvetsiya, Daniya, Chexiya va Germaniya kabi mamlakatlarda yashil o'sish ko'rsatkichlari eng yuqori xisoblanadi. O'zbekiston esa Osiyo davlatlari orasida 33-o'rinni egallab turibdi.
Tadqiqotlarga ko'ra, O'zbekiston har yili uglevodorod energiyalari - neft, gaz va ko'mirdan foydalanish hisobiga yalpi ichki mahsulotining kamida 4,5 foizini yo'qotadi. Bundan tashqari, mamlakat ishlab chiqarish quvvatlarining deyarli yarmi eskirgan. Ularni tiklash yoki modernizatsiya qilish katta mablag' talab qiladi. Mutaxassislarning qayd etishicha, muqobil energetikaga tayanish O'zbekistonga elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko'paytirish va talabni qondirish imkonini beradi. Aholining tez o'sishi va iqtisodiyotning ko'tarilishi elektr energiyaga bo'lgan talabning kuchayishiga sabab bo'ldi [5].
2-dekabr 2022-yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2030-yilgacha O'zbekiston Respublikasining "yashil" iqtisodiyotga o'tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida" gi PQ-436 sonli qarori qabul qilingan. Dasturda yashil iqtisodiyotga o'tishning strategik maqsadlari quyidagilardan iborat:
- issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan solishtirma ajratmalarini 2010-yildagi darajadan 35 foizga qisqartirish;
- qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ishlab chiqarish quvvatini 15 GVtga oshirish va ularning ulushini elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 30 foizidan ko'prog'iga yetkazish;
May 15, 2024
542
Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
- sanoat sohasida energiya samaradorligini kamida 20 foizga oshirish;
- yalpi ichki mahsulot birligiga to'g 'ri keladigan energiya sarfi hajmini, shu jumladan, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish hisobiga 30 foizga kamaytirish;
- iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida suvdan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirish, bir million gektargacha maydonda suv tejovchi sug'orish texnologiyasini joriy etish;
- yiliga 200 million ko'chat ekish va ko'chatlarning umumiy sonini bir milliarddan oshirish orqali shaharlardagi yashil maydonlarni 30 foizdan ortiqroqqa kengaytirish;
- respublika o'rmon fondi zaxiralari ko'rsatkichini 90 million kub metrdan ortiqroqqa yetkazish;
- hosil bo'ladigan qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash darajasini 65 foizdan oshirish.
O'zbekiston elektr energiya ishlab chiqarish bo'yicha yuqori texnik salohiyatga ega, uning 97 foizga yaqini quyosh energiyasiga to'g'ri keladi. Quyosh energiyasini ishlab chiqarish potensiali 525 - 760 milliard kVt / soatni tashkil etadi. Buning sababi, yiliga quyoshli kunlar soni 320 kun va faol quyosh soatlari soni o'rtacha 3000 soatni tashkil qiladi.
O'zbekistonning yashil iqtisodiyotga o'tishdagi ustuvor yo'nalishlarini sanab o'tamiz:
- Favqulodda vaziyatlar va o'zgarishlarga munosabat bildirish
- Tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish
- Barqaror va inklyuziv urbanizatsiya
- Yashil, kam uglerodli sanoat va iqtisodni rivojlantirish
- Innovatsiyalar va samarali, yashil davlat investitsiyalari
- Yashil moliyalashtirish
- Institutlar uchun samarali siyosat muhitini yaratish
- Imkoniyatlarni oshirish va inson kapitalini rivojlantirish
- Iqlim o'zgarishidan eng ko'p zarar ko'rgan joylar va insonlarni qo'llab-quvvatlash
O'zbekistonda Ipak yo'li, Hamkorbank, Sanoat qurilish banklari birinchilardan bo'lib, xususiy kompaniyalarni kreditlash uchun umumiy qiymati 60 million dollarlik yashil kreditlarni olishdi. Kreditlar issiqlik izolyatsiyasi, fotoyelektrik quyosh panellari, issiqlik nasoslari va suvni tejaydigan sug'orish tizimlari bo'lmish yashil texnologiyalarga kiritilgan investitsiyalarni qoplaydi. Bugungi kunga qadar O'zbekiston iqtisodiyotiga 121 ta loyiha orqali 3,8 milliard yevro sarmoya kiritildi.
543
May 15, 2024
Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
Sun'iy intellekt tizimlari ekologik muammolarni hal qilishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ma'lumki, global isishda issiqxona gazlari katta rol o'ynaydi, ularning aksariyati qazib olinadigan yoqilg'ilarning yonishi natijasida hosil bo'ladi. Sun'iy intellekt ushbu ta'sirni quyidagi imkoniyatlar orqali kamaytirishi mumkin, jumladan:
1. Quyosh va shamol kabi ekologik toza manbalardan foydalangan holda ishlab chiqariladigan elektr energiyasi ulushini oshirish. Hozirgacha ushbu manbalarning ob-havoga bog'liqligi ulardan foydalanish samaradorligini pasaytirmoqda. SI texnologiyalaridan foydalanish quyosh va shamol elektr stansiyalaridan energiya ishlab chiqarishni bashorat qilish imkonini beradi. Sun'iy intellekt ularning energiya tizimlariga integratsiyalashuvini kamaytiradi, bu esa ancha uzoq vaqt davomida (1 yilgacha) optimal quvvat balansini yaratish imkonini beradi. Bundan tashqari, ushbu imkoniyatlar tufayli shamol va quyosh energiyasidan olinadigan elektr energiyaning tannarxi arzonlashadi.
2. Yoqilg'i elektr stansiyalarining ishlashini optimallashtirish. Xususan, elektr energiyasi ishlab chiqarish samaradorligini oshiradigan, shuningdek, yoqilg'ining yonish chastotasini kamaytiradigan va elektr stantsiyalarining ishlashini optimallashtiradigan echimlar allaqachon mavjud. "Aqlli elektr stansiyasi" loyihasi aqlli energiya tizimiga aylanayotgan kelajak energiya tizimining muhim elementi sifatida tan olingan.
3. Elektr energiyasini ishlab chiqarish joyidan iste'molchilarga tashishda yo'qotishlarni kamaytirish. Mamlakatlarning energetika strategiyasi allaqachon aqlli tarmoqlardan foydalanish elementlarini o'z ichiga olgan, xususan, sun'iy intellekt texnologiyalari asosida magistral elektr tarmoqlarini rivojlantirish jarayoni boshlangan;
4. Binolar va ko'chalarni yoritish va isitishni nazorat qilish orqali energiya sarfini kamaytirish, shuningdek, loyihalash bosqichlari asosida binolarda energiya samaradorligini optimallashtirish. Tarmoq kompaniyalarida aqlli o'lchash tizimlari va aqlli podstansiyalar kabi aqlli shahar elementlaridan foydalanilmoqda.
Yashil iqtisodiyotga o'tish dasturini raqamli texnologiyalar asosida amalga oshirish ushbu sohada parallel ravishda kadrlarni tayyorlashni taqozo etadi. Shunga asosan bugungi kunda Respublikamiz oliy o'quv yurtlari yashil iqtisodiyotga o'tish uchun eng zarur bo'lgan mutaxassisliklar bo'yicha kadrlar tayyorlashni yo'lga qo'ymoqdalar: biotexnolog; qayta tiklanadigan energiya manbalari, muqobil (quyosh va shamol) energetika bo'yicha muhandis; yer va suv resurslaridan samarali foydalanish bo'yicha muhandis; bioiqtisodiyot, iqlim xavfini baholash va boshqalar bo'yicha mutaxassis. Bundan tashqari energiya tejaydigan texnologiyalarni, shu
May 15, 2024
544
Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
jumladan sun'iy intellektni loyihalash, ishlab chiqarish va foydalanish bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash amalga oshirilmoqda.
Zamonaviy texnologiyalar inson hayotining ajralmas qismiga aylandi, insonlar sun'iy intellekt tomonidan bajariladigan vazifalarning soni va murakkabligi haqida o'ylamay qo'ydilar. Bugungi kunda nyeyron tarmoqlari sog'liqni saqlash, sanoat va qishloq xo'jaligida qo'llaniladi va allaqachon ko'p sohalarda insonlar o'rnini muvaffaqiyatli almashtirmoqda.
Xulosa va takliflar. Aytish mumkinki, sun'iy intellekt - bu muammolarni hal qilishning an'anaviy aqlli modellari va usullarini ishlab chiqadigan tadqiqot sohasi. Unda muayyan dasturlash texnologiyalari va maxsus arxitekturadagi hisoblash vositalaridan foydalaniladi. Ushbu tabiat hodisalarining har biri o'ziga xos xususiyatlarga ega, masalan, sug'orish ishlarida suvni boshqarish tizimlarini takomillashtirish, suvdan foydalanish va iste'molni hisobga olishda Smart Water va shunga o'xshash raqamli texnologiyalarni joriy etish; qishloq xo'jaligi ekinlarini yetishtirishda suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalarini joriy etishni yanada kengaytirish va rag'batlantirish, ushbu sohaga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish; suv xo'jaligida davlat-xususiy sherikchilik va autsorsingni joriy etish, yirik suv obektlarini raqamli texnologiyalar asosida boshqarishni avtomatlashtirish, elektr energiya va boshqa resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish.
Respublikada kadrlar tayyorlashning kontent-tahlili natijalari bo'yicha quyidagi xulosalarni keltirish mumkin:
- Respublika oliy o'quv yurtlari yashil iqtisodiyotga o'tish uchun eng zarur bo'lgan mutaxassisliklar bo'yicha kadrlar tayyorlashni boshlashlari kerak.
- Respublikaning ishsiz aholisi uchun energiya tejamkor inshootlarni loyihalash, ulardan foydalanish va qurish bo'yicha xamda energiya tejamkor texnologiyalarni, shu jumladan sun 'iy intellektdan foydalanish bo'yicha o'qitish kurslarini tashkil qilish kerak.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi "2030-yilgacha O'zbekiston Respublikasining "yashil" iqtisodiyotga o'tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida" gi PQ-436 son qarori.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi "Sun'iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-4996-son qarori.
May 15, 2024
545
Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
3. Begalov B.A., Abdullayev M. Raqamli iqtisodiyot, Darslik. Toshkent, 2023.
4. Sifrovaya ekonomika: innovatsionnbie sifrovbie texnologii: uchebnoye posobiye/ Gulyamov S.S., Shermuxamedov A.T., Xolboyev B.M., Kursk: Izd-vo ZAO "Universitetskaya kniga", 2022, - 293 s.
5. Iskusstvennbiy intellekt i kognitivnbie texnologii v ekonomike: uchebnoye posobiye / S.S. Gulyamov, A.T. Shermuxamedov, B.M. Xolboyev. - Moskva: RUSAINS, 2022. - 280 s.
6. Gulyamov S.S., Djumaniyazova M.Yu., Mirzanova N.M. Texnologiya prombishlennogo intellekta i ekonomika. Uchebnik. T. TFI. 2022.
7. Teshabayev T,, Gulyamov S.S. Xayitmatov U.T., Ayupov R.X. Raqamli iqtisodiyot va dasturlash asoslari.. Izoxli lug'at. Toshkent. 2021 y ."Davr Matbuot Savdo" MCHJ, 15.5 b.t.
8. Gulyamov S.S., Shermuxamedov A.T., Xayitmatov U.T. Statisticheskiy analiz sifrovoy ekonomiki v Uzbekistane. "O'zbekiston transport tizimida raqamli va innovatsion texnologiyalarni iqtisodiy samaradorligini baxolashning dolzarb masalalari" Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman maqolalari to'plami. Toshkent, 2021, 6-11 b.
9. Gulamov S.S., Shermukhamedov A.T., U.T. Haitmatov U.T. Methodological aspects of statistical analysis of the digital economy in Uzbekistan. // International Sciyentific Journal Theoretical & Appliyed Sciyence. 2021, Issuye 03, Volume 95. -70-76 pp. SKOPUS 2.0
10. Indikatorbi sifrovoy ekonomiki: 2019: stat. sb. / G.I. Abdraxmanova, K.O. Vishnevskiy, L.M. Gochberg; Nas. issled. un-t "Vbisshaya shkola ekonomiki".- M.: NIU VSHE, 2019.- 248 s.
546
May 15, 2024