Научная статья на тему 'PAREMIOLOGIYANING FRAZEOLOGIYA BILAN MUNOSABATI'

PAREMIOLOGIYANING FRAZEOLOGIYA BILAN MUNOSABATI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

5
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PAREMIOLOGIYANING FRAZEOLOGIYA BILAN MUNOSABATI»

Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

PAREMIOLOGIYANING FRAZEOLOGIYA BILAN MUNOSABATI

A. A. Badridinova

O'zMU Xorijiy filologiya fakulteti. O'zbekiston.

Ma'lumki, frazeologik birliklar o'zining turg'unlik xususiyati bilan boshqa til birliklaridan ajralib turadi. Bir qator rus olimlari tomonidan frazeologizmlarning turg'unligi tog'risida turli fikrlar keltirilgan. Tilshunos D.Niyazmetova avtoreferatida ta'kidlashicha: "Frazeologizmlarning turg'unligi deganda V.L.Arxangelskiy, A.V.Kunin, V.M.Mokienko, A.I.Molotkov, Y.A.Rubinchik kabi bir guruh olimlar frazeologizmlar "tayyor holda qo'llanishi", "qo'llanilishining barqarorligi", va "tayyor konstruksiya" sifatida qo'llanilishini e'tirof etishgan bo'lsa, I.A.Melchuk, V.P.Jukov, M.M.Kopilenko, Z.D.Popovalar komponentlari oldindan tayyor yoki semantik jihatdan birga bo'lgan, ajralmas komponentli til birliklari degan fikrlarni bildirishgan."[1.11b.]

Bundan tashqari, o'zbek tilshunosligida ham frazeologiya sohasida izlanishlar olib borgan va yutuqlarga erishgan Sh. Rahmatullayevni ham ta'kidlash joiz. U frazeologiyaning birligi ibora xususida quyidagicha fikrlagan: "Bittadan ortiq leksik negizdan tarkib topgan, tuzilishi jihatdan birikmaga, gapga teng, mazmunan so'zga ekvivalent, yaxlitligicha ustama ko'chma ma'no anglatuvchi lug'aviy birlik ibora (frazeologik birlik) dir."[2.28b.] Keyinchalik frazeologizmlarni so'z birikmalaridan ajrata olish va unga ta'rif berishda bir muncha munozarali fikrlar tilshunoslar tomonidan paydo bo'ldi. Shu bilan birga, o'zbek tilshunosligida frazeologizmlarni keng va tor ma'noda qarashlar mavjud bo'ldi. Frazeologiyaning o'rganish obyektini tor ma'noda tushunuvchilar iboralarni maqol va matallardan ajratib, ularning o'ziga xos xususiyatlarini va ularning farqini ilmiy jihatdan izohlaydilar.[3.56b.]

Biroq, o'zbek frazeologiyasiga ulkan hissa qo'shgan olim A.Mamatov frazeologik birlikka quyidagicha ta'rif beradi: "Frazeologiyani "keng" va "tor" ma'noda tushunish noto'g'ri, uni bitta ma'noda tushunish kerak. Ular qanday til birliklari deb klassifikatsiya qilinishidan qat'iy nazar, aforizm, maqol yoki matal, turg'un so'zlashuv formulalar, "qanotli so'zlar"mi, xullas, agar ular frazeologizmning biz bergan ta'rifiga mos tushsa, undagi talablarni bajara olsa, ya'ni tuzilishi jihatidan so'z birikmasiga yoki gapga teng bo'lgan, obrazli, umumlashgan ma'no anglatadigan, leksik elementlari qisman yoki to'liq ko'chma ma'noga ega bo'lgan, lug'atlarda qayd etilgan har qanday turg'un leksik semantik birliklar frazeologik birliklar doirasiga

May 15, 2024

493

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

kiritilishi shart".[4.212b.] Bunga qo'shimcha ravishda tilshunos D.Nizaymetova o'zining doktorlik dissertatsiyasi avtoreferatida olim A.Mamatovni frazeologik birlik xususiyatlariga bergan ta'riflariga quyidagicha ijobiy fikr bildiradi: "A.E.Mamatovning frazeologizmlarga bergan ta'rifi maqsadga muvofiq, binobarin olim frazeologizmlarga quyidagi yettita mezon, ya'ni turg'unlik, ikki yoki undan ortiq komponentlilik, obrazlilik, motivlashganlik, emotsional-ekspressivlik, ongimizda qayta in'ikos etishlik va eng muhimi qisman yoki to'liq ko'chma ma'nolilik mezonlari xos ekanligini e'tirof etgan..."[5.11b.]

Frazeologiya hamda paremiologiya ikkisining obyekti tildagi barqaror birikmalar bo'lsa-da, bu birliklarning umumlashtiruvchi va farqlovchi xususiyatlari talaygina. Bu xususda, tilshunos B.Jo'rayeva o'zining dissertatsiyasida maqolning iboradan etimologik, ma'noviy, sintaktik, idiomatik farqlarini yaqqol ko'rsatib berdi. Uning etimologik jihatdan izlanishida xulosa qilishicha, maqol shunchaki so'zlar tizmasi bo'lmay, balki o'tkir kuzatuvchanlik asosida vujudga kelgan fikrlarning xulosasi bo'lishi darkor. Frazeologizm uchun esa, odatda, tayyor so'z tizmalarining ko'chma ma'no ifodalashi va shu holatda turg'un so'z bog'lanmasiga aylanishi kifoya. Shuningdek, "Maqol ibora singari tayyor til birligi emas, balki omma tomonidan yaratilgan kichik janrli badiiy asardir", deya fikrlaydi tilshunos.[6. 23b.]

Bunday fikrlardan kelib chiqib, biz ham tilshunosning paremalarni asl vujudga kelishi uzoq tarixga ega bo'lishini va avval har bir parema bir shaxs tomonidan yaratilib so'ngra ommalashib, jamoa tomonidan tan olinishi fikriga qo'shilamiz. Ibora esa bir qancha olimlarimiz fikrlashganidek, tildagi tayyor turg'un birikma bo'lib, u so'z singari ma'lum bir tushunchani ifodalaydi.

Bu kungacha paremalarning semantik jihatdan turli tahlillariga nazar solsak, maqollar o'z va ko'chma ma'nolarda qo'llana olish xususiyati bilan iboralardan farq qiladi. Maqollarni o'z va ko'chma ma'nolarda kela olishiga juda ko'p misollar keltirishimiz mumkin. Maqollarning bu xususiyatiga, Z.Masharipova "U yoki bu maqolning ko'chma ma'nosini, unda nima deyilmoqchi bo'layotganligini aniqlash uchun maqolda keltirilgan obrazlarning mohiyatini to'g'ri anglamoq lozim"[7.38b.], deya fikrlaydi va quyidagicha misol beradi: "O'tin ayirgan bolta maydonda qolar maqolida yuzaki qaraganda jonsiz narsa - bolta haqida gap ketayotganday tuyuladi. Aslida esa "bolta" obrazi orqali adolatsiz, odam ayiradigan, odamlar o'rtasiga rahna soladigan buzg'unchi kishilar nazarda tutilganligi ma'lum bo'ladi. Shunisi xarakterliki, ushbu maqolda polifoniya ko'p ovozlik, ko'p ma'nolilik ham ko'zga tashlanib turibdi. Maqolni yuqorida tahlil qilinganidan butunlay boshqa ma'noda ham tushunish mumkin: Bolta o'tin yoradi, ish bitiradi. Uning maydalagan o'tinlari

May 15, 2024

494

Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

foydalanish uchun olib ketiladiyu o'zi esa o'sha joyda chang bosib, e'tiborsiz holda tashlab ketiladi. Demak, masalaga shu nuqtai nazardan yondashadigan bo'lsak, bolta obrazini hammaga manfaat yetkazadigan, biroq mehnati qadrlanmaydigan, nihoyatda kamsuqum va hokisor inson timsoli sifatida ham tushunish mumkin." [8.37b.] Bunga qo'shimcha qilib, O.Madayev va T.Sobitovalar tomonidan yaratilgan darslikda Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda maqolini o'z va ko'chma ma'nolarda qo'llanishiga quyidagi misol keltirilgan: "Agar Farg'ona vodiysidagi dehqon qaysi bir sabab bilan kuzda yer haydamagan bo'lsa-yu, bahorda qayta-qayta ekin maydonini haydagani bilan yaxshi hosil olmasa, yuqoridagi maqol o'z ma'nosida qo'llangan bo'ladi. Ammo biron bir shaxs tomonidan biron tadbirning amalga oshirilishi kechiktirilsa va keyingi harakatlar natija bermasa ham Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda maqoli misol sifatida qo'llanishi mumkin. Endi bu namuna ko'chma ma'noni anglatadi."[9.36b.] Bu misollarga hamohang tarzda biz ham quyidagi misolni keltirdik. Qadimdan xalqimizning sevimli mash g'ulotlaridan biri chorvachilik bo'lgan. Chorvachilikda nasilni ko'payishi, ya'ni hayvonlarning naslini ko'payishi va yashab ketishi tabiatan bir qancha omillarga bog'liq bo'lgan. Shulardan eng muhimi fasllar almashinuvi va obi havoning o'zgarishidir. Barcha hayvonlar turlichi fasllarda tullanadi, ko'payadi va ularga yetarli sharoit bo'lmaganda nobud bo'ladi. Agar jo'jalarni misol keltiradigan bo'lsak, ular tabiatan nozik va sovuq obi havoga chidamsiz bo'lishi xalqimiz tajribasida kuzatilgan. Shuning uchun chorvadorlar tomonidan jo'jalarning sanog'ini oldindan hisoblash va biror natijani reja qilish doimo qiyin bo'lgan. Bu sharoitda dono xalqimiz tomonidan Jojani kuzda sanaymiz maqoli vujudga kelgan, ya'ni, issiq havoda o'sib kelayotgan jo'jalarning sanog'i kuz kelib sovuq tushishi bilan keskin kamayishi va nobud bo'lishini tasvirlagan. Bu holatda maqolni chorvachilar tomonidan o'z ma'noda qo'llanishini ko'rishimiz mumkin, ammo, biron kimsa tomonidan biror vaziyatga avvaldan ortiqcha baho berilsa va oldindan xulosa qilinsa, bunday kishilarga ham ogohlantirish sifatida yuqoridagi maqolni ishlatiladi. Ushbu holatda maqolni ko'chma ma'noda qo'llanilishi deya bemalol aytishimiz mumkin.

REFERENCES

1. Niyazmetova D.D. Ingliz va o'zbek tillarida oziq-ovqat komponentli frazeologizmlarning lingvokulturologik xususiyatlari. f.f.f.dok. (PhD) diss. avtoref. T.: 2021. - B.11.

2. Rahmatullaev Sh. Frazeologik birliklarning asosiy ma'no turlari. - T.: "Fan", 1955. -B.28.

495

May 15, 2024

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

3. Rahmatullaev Sh. Nutqimiz ko'rki, T.: "Fan", 1970. - B.56.

4. Mamatov A.E. Hozirgi zamon o'zbek adabiy tilida leksik va frazeologik norma muammolari. - T.: "Fan" 1991 - B.212.

5. Niyazmetova D.D. Ingliz va o'zbek tillarida oziq-ovqat komponentli frazeologizmlarning lingvokulturologik xususiyatlari. f.f.f.dok. (PhD) diss.Avtoreferat T.: 2021. - B.11.

6. Jo'raeva B.M. O'zbek xalq maqollari shakllanishining lingvistik asoslari va pragmatik xususiyatlari. f.f.f.dok. (DsC) diss.- Sam.: 2020. - B.23-24.

7. Masharipova Z. O'zbek xalq og'zaki ijodi. O'quv qo'llanma. T.: 2007. - B.38.

8. Masharipova Z. O'zbek xalq og'zaki ijodi. O'quv qo'llanma. T.: 2007. - B.37.

9. Madaev O, Sobitova T. Xalq og'zaki poetik ijodi. T.: "Sharq"- 2010.- B.36.

496

May 15, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.