Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
DAVLAT BOSHQARUVI TYERMINLARIDAGI SINONIMIYA HODISASI
L. S. G'aniyeva
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti.
O'zbekiston.
Terminlar sinonimiyasi bugungi kunda o'z mohiyati jihatidan zamonaviy yondashuvni talab qilayotgan paradigmadir. Shu paytga qadar o'tgan davr mobaynida terminlardagi sinonimlik hodisasi xususida bir qancha ilmiy-nazariy asosli qarashlar, fikr-mulohazalar bildirilgan bo'lsada, jamiyatning rivoji, tilning takomillashuvi bilan chambarchas bog'liq holda rivojlanayotganligi sababli sinonim terminologik birliklar tadqiqiga yangicha yondashuvni talab qilmoqda. Negaki terminlar tushunchani aks yettirish bilan birga voqelantiruvchi hamdir.
Lingvistikada bir umumiy ma'noga yega (denotativligi bir xil)" [9.79-b] " aytilishi va yozilishi har xil, birlashtiruvchi semasi bir xil, umumiy bo'lgan, qo'shimcha ma'no nozikligi, emotsionallik bo'yog'i, qo'llanishi kabi bir qator xususiyatlari bilan o'zaro farqlanadigan so'zlar" [10.3-b], "til birliklari" [7.103-b] yoki leksemalarning bir xil ma'no anglatishiga ko'ra guruhlanishiga sinonimlar deyilishi ta'kidlangan [2.32-b]. Davlat boshqaruvi terminlari sistemasida keltirilgan talabga, nazariy qarashlarga javob bera oladigan daxlsiz hudud-xavfsiz hudud; prezident-hukumat rahbari; xalq-el; suveren-mustaqil; departament-boshqarma; davlat zahirasi-davlat xazinasi-davlat budjeti; demokratiya-xalq hokimiyatchiligi; garov-kafolat-tovon; da'vat xati-da'vatnoma singari leksik birliklar talaygina. O'zbek tilshunosligida lug'aviy sinonimiya, shuningdek, sinonim birliklar bir qancha tadqiqotlarning asosiy obyekti bo'lib xizmat qilgan bo'lsada bu borada hal qilinishi kerak bo'lgan masalalar talaygina. Negaki, har bir individda madaniy saviya, til bilimi va mahorati oshgan sari uning til xotirasida sinonim birliklar qatoriga kiruvchi so'zlar miqdori ham oshib boradi. Bu yesa sinonim lug'aviy paradigmalar qatorining ochiqligidan dalolat beradi [4.43-b]. Bu fikrning davomi sifatida aytishimiz mumkinki, terminologiya ham zamon taraqqiyoti bilan barobar takomillashib boradi, terminlarning takomillashish jarayoni ham sinonimlar miqdorining ko'payishiga sabab bo'ladi. H. Shamsiddinovning qarashlariga ko'ra, Sinonimlar fikrning aniq va rang-barang bo'lishini, nutq ob'ektiga nisbatan sub'ektning ijobiy, salbiy, xolis munosabatini ta'minlovchi muhim omillardan biridir. Sinonimlardagi bu xususiyatlar inson bilan inson, inson bilan jamiyat, inson bilan narsa-hodisalar o'rtasidagi
May 15, 2024
505
Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
murakkab munosabatlarning zohir bo'lishi natijasidir. Ko'rinadiki, sinonimlardagi aks yetishi mumkin bo'lgan juda nozik jihatlarning hammasi inson omili bilan bog'liqdir [8.12-b]. Keltirilgan fikrlar asosida aytishimiz mumkinki, terminologik sinonim birliklar qatorini tuzish, ulardan ma'lum nutqiy vaziyatlarda foydalanish insonning faoliyat tajribasi va tilining mental xususiyatlari bilan ham mushtarak. Fikrimiz isboti sifatida aytishimiz muminki, masalan, nikoh termini uylanish, turmush qurish, yerga tegish leksemalari bilan sinonim bo'lib, asosan, rasmiy nutqda davlat idoralari xodimlari tomonidan ishlatilsa, uning sinonimlari norasmiy nutqda, oddiy aholi tomonidan faol qo'llaniladi. Bu terminning ishlatilishida insonning faoliyat jarayoni birlamchi omil bo'lib xizmat qilmoqda. Shuningdek, bu o'rinda sinonimlarning ishlatilishida gender xususiyat (uylanish yerkak kishi uchun, yerga tegish ayol kishi uchun) ham mavjud.
Lingvistikada sinonimiya ijobiy hodisa, ya'ni tilning so'z boyligi sifatida qaralib, terminshunoslikda yesa salbiy nuqta'i nazar bilan baholanadi. Shunday bo'lsada terminologiya hanuz bu hodisadan holi bo'la olganligi yo'q. Bunga sabab yesa sinonimiyaning tildagi tabiiy jarayon yekanligidadir. Fikrimizcha, terminologiya ham lingvistikaning, tilshunoslikning katta bir tarmog'i. Tilshunoslikning boshqa sohalaridan farqli o'laroq terminshunoslik tabiiy tildagi so'zlardam maxsus tushuncha anglatishi uchun tanlab olinadi va shu tariqa sohada yangi termin shakllantiriladi. Vaholanki, shunga yaqin yoki aynan shunday tushunchani ifodalovchi boshqa so'zlar ham tilda faolligini yo'qotmagan bo'ladi. Bunday holatda tabiiy ravishda sinonimiya holati yuz beradi. Tilshunos Sh. Ko'chimovning fikriga ko'ra "Bir tushuncha har doim bir nomga yega bo'lishi lozim, aks holda bu holat terminning terminlilik xususiyatiga zid hisoblanadi" [3.182-b]. Albatta, bu qarashni inkor yetib bo'lmaydi. Bugungi kunga kelib sohalar terminologiyasiga tegishli sinonimlarni tahlil qilish muhim sanaladi. Terminologiyada sinonimlar bir xil tushunchaga denotatsiyaga ishora qilsada konseptual terminlar so'z yasovchi yelementlarning semantikasi, yetimologiyasi, zamonaviylik darajasi va faoliyat ko'rsatish xususiyatlariga ko'ra farqlanadi degan qarashlar mavjud [ 6.181-b]. Bu jarayonni davlat boshqaruvi terminlari misolida ham ko'rishimiz mumkin. Masalan, oqsoqol va rais so'zlari o'zaro sinonim bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining beshinchi bo'lim, XXI bob 105-moddasida shu terminlar bir ma'noni, ya'ni fuqarolar yig'ini saylaydigan, mahalliy davlat hokimiyatining yeng kichik bo'g'ini mahallani boshqaradigan shaxs tushuniladi. Ammo aytib o'tish kerakki, oqsoqol so'zi xalqning ijtimoiy hayotida yoshi ulug' insonga ham ishlatiladi. Bu so'zning bugungi kunda aynan mahalla raislariga nisbatan ishlatilishining etnik sabalari mavjud. Tarixdan ma'lumki,
May 15, 2024
506
Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
qabilachilik davrlarida qabila boshliqlariga nisbatan oqsoqol termini ishlatilgan, bunga sabab yesa qabila sardoriligiga rostdan ham oq soqol, ya'ni yoshi katta, hayot tajribasiga yega donishmand inson tanlangan. Bugungi kunda ham bu so'z o'zining ma'nosini to'liq saqlab qolgan. Terminlar sinonimiyasida ham yo'qorida aytib o'tilganidek, sinonim terminlar bir tushunchani ifodalasada, bir qancha xususiyatlariga ko'ra bir-biridan farqlanib turadi.
Shartnoma, kontrakt, bitim,pakt singari sinonim terminlar davlat boshqaruvida faol ishlatilayotgan so'zlar qatoriga kiradi. Barcha davlat tashkilotlari bir birlari bilan turli xil shartnomalar tuzadilar, tashqi siyosatda yesa, davlatlararo kelishuvlar imzolanadi. Terminlar sinonimik qatoridan ko'rinib turibdiki, sinonimik qatorni o'z qatlam va o'zlashgan qatlamga oid so'zlar tashkil qilgan. Bu ham terminlar sinonimiyasidagi o'ziga xos holatdir. Bu holat bizga til barcha imkoniyatlardan kelib chiqib rivojlanadi degan xulosani beradi. Shu o'rinda unitmaslik kerakki, o'zlashayotgan so'z tilning ruhiga va xalqning mentaletiti va qarashlariga mos bo'lsagina, doimo amalda qo'llanilsa va xalq uchun tushunarlilik darajasi yo'qori bo'lsa yashovchan bo'ladi. Sinonimlar haqida fikr yuritar ekanmiz, o'zbek terminologiyasining barcha shakllanish va rivojlanish bosqichlarida mavjud bo'lgan termin-sinonimlarning salmoqli qismini mutlaq sinonimlar tashkil qilishi aytilgan [1.99-b]. Shunga ko'ra quyida mutlaq sinonimlar ustida tahlil olib boramiz.
Jamiyatimizning asosiy bo'g'inini tashkil qiladigan oliy ta'lim muassasasi o'quvchisi, ya'ni talaba, student teгminlaгi semalari jihatidan hech qanday fa^larsiz bir tushunchani ifodalaydi. Bu ikki termin ikki davrda tilimizga o'zlashgan bo'lib, talaba ya'ni tolibi ilm arab^ bosqinidan so'ng, student (lotin) termini yesa Rossiya bosqinidan so'ng tilimizga o'zlashgan. Ikki teimin ham bñ ma'nonini anglatsada yashovchanlik nuqtai nazaridan teng va faol. Shunday sinonimiyadan yana biri boshliq, rahbar terminlari ifodasida o'z aksini topgan bo'lib, hamisha sinonim holatda bugungi kunda yonma yon ishlatiladi. Boshliq idora, muassasa, tashkilotlarga rahbarlik qiladigan shaxs [5.39-b] tushunchasini anglatib, sof turkiy yasama so'z hisoblanadi. Rahbar forsiydan o'zlashgan so'z bo'lib, yo'lboshchi, yo'l boshlovchi, boshliq semalariga ega. Boshliq va rahbar leksemalari ichki, integral semalari asosida o'zaro sinonimlik hosil qiladi. Ularni farqlab, ajratib turuvchi yagona belgi ikki xil tilning biriigi yekanligida. Ya'ni boshliq o'zbekcha termin bo'lsa, rahbar fors-tojik tiliga tegishli. Ularning ishlatilish chastotasi haqida aytadigan bo'lsak, rahbar termini, asosan, rasmiy hujjatlarda, rasmiy nutqda boshliq leksemasiga nisbatan faol ishlatiladi. Boshliq termini ko'pincha norasmiy nutqda, og'zaki muloqotda uchraydi. Ko'p o'rinlarda davlat boshlig'i yemas, davlat rahbari yoki tashkilot boshlig'i yemas,
May 15, 2024
507
Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
tashkilot rahbari shaklida ishlatilganligiga guvoh bo'lamiz. Shu o'rinda aytib o'tish kerakki, sohaga doir terminlarni tadqiq yetish jarayonida kuzatilmoqdaki, lingvistik nuqtai nazardan o'zlashgan leksemalarning terminlashish darajasi o'z qatlamdagilariga qaraganda ustunroq. Lekin aytish joizki, semantik nuqtai nazardan ikki termin ham farqlarga yega yemas. Shu sababli ham bu ikki so'z nutqiy faoldir. Biznes va tadbirkorlik terminlari ham xuddi shunday lingvistik belgilarga yega. Ya'ni biznes o'zlashma so'z. Tadbirkorlik yesa o'z qatlamga tegishli. Har ikkala terminni birlashtiruvchi umumiy sema ishbilarmonlik. Ana shu ishbilarmonlik semasi asosida Biznes va tadbirkorlik terminlari sinonimlikni hosil qilmoqda.
Ish haqi, maosh, oylik har uchala leksema ham bugungi kunda aynan davlat boshqaruvida sinonim holatda ishlatiladi. Ish haqi mehnatga pul shaklida to'lanadigan haq [5.109-b], maosh arabchadan o'zlashgan so'z bo'lib, lug'aviy ma'nosi turmush, tirkchilik; xizmat, ish uchun muassasa tomonidan belgilanadigan pul [5.142-b], oylik bir oy mobaynida qilingan mehnat uchun tegadigan haq [5.173-b]. Bu terminlarni birlashtiruvchi umumiy sema bajarilgan ish uchun ma'lum miqdorda belgilangan, mehnatga to'lanadigan to'lov. Ishlatilish chastotasiga ko'ra yesa ish haqi termini davlat boshqaruvida maosh va oylik leksemalariga nisbatan faol.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, tadqiqotimiz tahlillari shuni ko'rsatmoqdaki, sinonimlik hodisasi, asosan, o'zlashgan va o'z qatlamga oid terminlar o'rtasida vujudga kelmoqda. Vaholanki, sinonimik qatordagi terminlarning hech biridan voz kechib bo'laydi, sababi ularning har biri iste'molda qo'llanilib kelinmoqda. Shuningdek, sinonimik qatordagi terminlardan yeng faol qo'llaniladiganlari o'zlashgan qatlamni tashkil qiladi.
REFERENCES
1. Dadaboyev H. O'zbek terminologiyasi. -Toshkent: Nodirabegim. 2020.
2. Jamolxonov H. Hozirgi o'zbek adabiy tili, 2-kitob. - Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2008. -B. 32.
3. Ko'chimov Sh.N. Huquqiy normalarni o'zben tilida ifodalashning ilmiy-nazariy muammolari. F.f.d...diss. - Toshkent. 2004. -B. 182.
4. Orifjjonova Sh. O'zbek tilida lug'aviy graduonimiya. F.f.n.diss. - B. 1996. -B. 43.
5. Madvaliyev A.[va boshq] Ijtimoiy-siyosiy terminlarning qisqacha izohli lug'ati. - T: "Sahhof", 2020.
6. T.I. Panko, I.M. Kochan, H.P. Matsyuk, Ukrainian terminology: a textbook. Lviv: Svit, 1994, p181.
508
May 15, 2024
Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
7. Tursunov U., Rahmatullayev Sh., Muxtorov J. Hozirgi o'zbek adabiy tili. -Toshkent: O'qituvchi, 1994. -B. 103.
8. Shamsiddinov H. So'zlarning funksional-semantik sinonimlari. F.f.d. Diss. -Toshkent, 1999. -B. 12
9. Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug'ati. - Toshkent: -B. 79.
10.Hojiyev A. O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati. - Toshkent:O'qituvchi, 1974. -B.3.
509
May 15, 2024