Научная статья на тему 'TIL MADANIY MEROSINING O’LMAS TARIXI'

TIL MADANIY MEROSINING O’LMAS TARIXI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o’zbek tili / davlat tili / muloqot / ijtimoiy hodisa / madaniy meros / Alosher Navoiy / “Muhokamat-ul-lugʻatayn” / jadidchilar / krill imlosi / lotin imlosi / Farobiy.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Boboqulova Xurshida Erkinovna, Eshnazarov Murodjon Shuhrat O‘G‘Li

Til kishilik jamiyatida kishilarning aloqa qilishiga xizmat qiladigan ijtimoiy hodisa bo’lib, insoniyatning tarixiy taraqqiyot jarayonida yaratgan barcha madaniy-ma’naviy va ilmiy boyliklarini ifodalaydigan, uni avloddan avlodga meros qoldiradigan asosiy vosita hisoblanadi. Bu tarixiy merosni asrab avaylab kelgusi avlodlarga etkazish millatning oliy burchidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TIL MADANIY MEROSINING O’LMAS TARIXI»

TIL MADANIY MEROSINING O'LMAS TARIXI

1Boboqulova Xurshida Erkinovna,2 Eshnazarov Murodjon Shuhrat o'g'li

1SamDChTI "Gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari" kafedrasi dotsenti Boboqulova, 2SamDChTI Ingliz tili fakulteti I-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11217239

Annotasiya. Til kishilik jamiyatida kishilarning aloqa qilishiga xizmat qiladigan ijtimoiy hodisa bo'lib, insoniyatning tarixiy taraqqiyot jarayonida yaratgan barcha madaniy-ma'naviy va ilmiy boyliklarini ifodalaydigan, uni avloddan avlodga meros qoldiradigan asosiy vosita hisoblanadi. Bu tarixiy merosni asrab avaylab kelgusi avlodlarga etkazish millatning oliy burchidir.

Kalit so'zlar: o'zbek tili, davlat tili, muloqot, ijtimoiy hodisa, madaniy meros, Alosher Navoiy, "Muhokamat-ul-lug'atayn", jadidchilar, krillimlosi, lotin imlosi, Farobiy.

Аннотация. Язык - социальное явление, служащее общению людей в человеческом обществе, это главный инструмент, выражающий все культурные, духовные и научные богатства, созданные человечеством в процессе исторического развития, и оставляющий его в наследство отпоколение за поколением. Высший долг нации - сохранить это историческое наследие и передать его будущим поколениям.

Ключевые слова: узбекский язык, государственный язык, общение, социальное явление, культурное наследие, Алошер Навои, «Мухокамат-ул-лугатайн», Джадидчилар, написание криля, латинское написание, Фараби.

Annotation. Language is a social phenomenon that serves the communication of people in the human society, it is the main tool that expresses all the cultural, spiritual and scientific wealth created by mankind in the process of historical development, and leaves it as a legacy from generation to generation. It is the supreme duty of the nation to preserve this historical heritage and pass it on to future generations.

Keywords: uzbek language, state language, communication, social event, cultural heritage, Alosher Navoi, "Muhokamat-ul-lughatayn", fighters, Krill spelling, Latin spelling, Farabi.

Bizga ma'lumki, dunyoda insonlar xilma xil tillarda muloqot qiladilar va o'zlarining fikrlarini boshqalarga og'zaki yokida yozma ko'rinishda yetkazadilar. 2023-yil 24-oktabr statistik holatiga ko'ra hammasi bo'lib taxminan 5621 ta til va sheva mavjud bo'lib, shundan 1400 ta tilni yo'qolib ketish xavfi kuzatilmoqda. Shuningdek, mutaxassislarning so'zlariga qaraganda, bugungi kunda har ikki xaftada bitta til yo'qolib, o'sha tilda so'zlashuvchi xalqlarning o'zlari ham boshqa millat tarkibiga singib, yo'q bo'lib ketishi xavfi kuzatilmoqda.

Qachonki millatning tili yo'qolsa uning tarixi ya'ni madaniy merosi kishilik jamiyatida kishilarning aloqa qilishiga xizmat qilishdan to'xtaydi. Sababi til ijtimoiy hodisa bo'lib, insoniyatning tarixiy taraqqiyot jarayonida yaratgan barcha madaniy-ma'naviy va ilmiy boyliklarini ifodalaydigan, uni avloddan avlodga meros qoldiradigan asosiy vositasi hisoblanadi.

Dunyodagi barcha xalqlar o'zining milliy rasmiy tiliga ega emas, chunki bu o'sha xalqning milliy mustaqilligi bilan bog'liq jarayomdir. O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va maqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida 2019 yil 21 oktyabr, PF-5850-sonli o'zbekiston Respublikasining prezidentining farmoniga ko'ra "O'zbekistonda 1989-yil 21-oktabrda el-yurtimiz asrlar davomida orzu qilib, intilib va kurashib kelgan davlat tili haqidagi qonunning qabul qilinishi mamlakat suvereniteti va mustaqilligi sari qo'yilgan dastlabki dadil qadam edi. Aynan

ana shu tarixiy hujjatga binoan o'zbek tili mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega bo'ldi. Istiqlol yillarida ona tilimiz tom ma'noda davlat tiliga aylanib, xalqimizni yurtimizda erkin va ozod, farovon hayot qurishdek buyuk marralarga safarbar etadigan beqiyos kuch sifatida maydonga chiqdi.Bugun O'zbekistonimiz "Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari" degan bosh tamoyil asosida taraqqiyotning yangi, yanada yuksak bosqichiga ko'tarilmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o'rni va nufuzi tobora oshib bormoqda. O'zbek tili siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy jabhalarda faol qo'llanib, xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda. Xorijiy mamlakatlarda tilimizga e'tibor va uni o'rganishga qiziqish kuchaymoqda. Bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o'z milliy manfaatlarini ta'minlash, bu borada avvalo o'z madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratishi tabiiydir"[1].

Shuningdek, hozirgi kunda insonlar global tillar hisoblanayotgan ingliz tili, rus tili, fransuz tili, xitoy tili, hind tili, ispan tili va arab tillarni ko'proq o'rganishmoqda. Chunki ijtimoiy tarmoqlar, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning yo'riqnomalari mana shu tillardan foydalanilmoqda. Tabiiyki, bu tillarni o'rganishga bo'lgan ehtiyoj kuchayishi boshqa tillarning yo'qolishiga sabab bo'ladi. Tarixda esa o'ziga qaram qilib olgan davlatlarida bosqinchilar tomonidan o'zlarining tillarida so'zlashishga majburlashgan. Xususan, o'zbek xalqining sovet hukumatiga mustamlaka davrlarida o'zbek tilini yo'q qilish holatlari tarixchlarimizning darsliklarida, asarlarida manbalarga tayanib, arxiv materiallariga asoslanib bayon qilingan: "sovetlar hukmronligi yillarida o'zbek tili fundamental ilm-fan tili sifatida O'zbekistonda o'z ahamiyatini yo'qotdi. Barcha ilmiy ishlar faqat rus tilida olib boriladigan bo'ldi".[2-397]

Ilm-marifat sohasidagi barcha jarayonlar kommunizm tarixi loyhasiga yo'naltirilib, barcha eski o'zbek tilida yozilgan ko'p adabiyotlar yo'q qilindi. Qolgan adabiyotlar esa krill alifbosida yozila boshlandi. Bu orqali o'zbek tilini o'rniga rus tilini ustun qo'yib, o'zbek tilini yo'qotishmoqchi edi. Lekin ular bu ishni amalga oshira olmadilar. O'zbek tili qadimdan mavjud bo'lib, madaniy meroslarimiz, qo'yozmalar, asarlar orqali saqlanib qolindi.

O'zbek tili deb asosan XV arslardan atala boshlangan. Undan oldin esa bu til qadimgi turk tili (miloddan avvalgi davrlardan to X asrgacha bo'lgan davr), eski turkiy til (XI asrdan to XIV asrgacha bo'lgan davr), eski o'zbek adabiy tili (XV asrdan XIX asrning ikkinchi yarmigacha bo'lgan davr), hozirgi o'zbek adabiy tili (XIX asrning ikkinchi yarmidan hozirgi davrga qadar bo'lgan davr) deb nomlangan. O'zbek tili XI asrdan til ko'rinishida shakllanib boshladi va XIII asrda eski o'zbek tili shakllanib bo'ldi. Eski o'zbek tilining rivojlanishi buyuk alloma Alisher Navoiy nomi bilan bog'liq bo'lib, uning eski o'zbek tilida yirik asarlar yaratdi. Xususan, "Muhokamat-ul-lug'atayn" nomli ilmiy asari orqali o'zbek tilini boshqa tillardan kam emasligini asoslab berdi. Navoiy xamsanavislik ichida ilk bor eski o'zbek tilida ijod qilib, ushbu asar juda kata masshtabga ega, turkiy tilda yozilgan ilk yagona asar hisoblanar edi. Alloma bu yirik asari orqali o'zbek tilining bag'oyat boy til ekanligini isbotlab o'lmas tarixiy burilish yaratdi.

O'zbek xalqi mustaqilkka erishish arafasi 1989 yilning 21-oktabrda "o'zbek tiliga davlat tili maqomi"[4] berildi. Endilikda davlat hokimiyati, mahalliy hokimiyatlar, korxona va muassasalarning hisob kitoblari, hujjatlari o'zbek tilida yuritiladigan bo'ldi. Respublikaning ma'muriy hududiy birliklariga, ko'chalarning nomlariga o'zbek tilida yozib qo'yildi. Natijada o'zbek xalqining milliy qadr-qiymati qayta tiklandi. O'zbek tiliga davlati tili maqomi berilsa ham haligacha krill yozuvida yozilar edi. 1940-yildan krill yozuvi asosida yozish boshlangan bo'lsa,

1991-yilga qadar 50 ming nom ostida 50 mln nusxada kitoblar chop etildi. Ya'ni madaniy meroslarimizning o'rganish bilan bog'liq jarayonlar o'z navbatida to'xtab qolmadi.

Lotin alifbosiga asoslangan hozirgi o'zbek adabiy tili alifbosi, 21 dekabr 1995 yildagi O'zbekiston Respublikasining 167-I-son qonuniga ko'ra davlat tilini izchil joriy etish jarayonini takomillashtirish va lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosiga mukammal o'tishini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi "O'zbekiston Respublikasining 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasining davlat tili haqida"gi qonunga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1989-yil, № 26-28, 453-modda) o'zgartish va qo'shimchalar kiritib, uning yangi tahriri tasdiqlanishi" to'g'risida qaror qabul qilindi.[5]

Lotin alifbosiga o'tish masalasini o'tgan asrning boshlarida yashab ijod etgan jadidlarimiz ham ko'tarib chiqqan bo'lib, ular millatning millat sifatida shakllanishi, tanilishida ma'lum qonun-qoidalar asosida tizimlashtirilgan, ma'lum me'yorga keltirilgan adabiy til zarurligini anglab yetganlar. Boshqa turkiy xalqlarda bo'layotgan lotinlashtirish harakatiga jadidlar ham bejizga o'z hissalarini qo'shishmaganlar. "1926-yil 26-fevral - 3-mart kunlari Bokuda Birinchi Butunittifoq turkologiya qurultoyi o'tkaziladi. Qurultoyda O'zbekistondan Abdurauf Fitrat, Rahim In'omov, Ashurali Zohiriy, Shokirjon Rahimiy, Elbek, G'ozi Yunus va boshqalar vakil bo'lib boradi. Qurultoyda turkiy xalqlarning lotin alifbosiga o'tishlari haqida qaror qabul qilingan. Shu yilning o'zida O'zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo'mitasi "Yangi alifbo markaziy qo'mitasi"ni tuzish to'g'risida qaror chiqargan".[7]

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 maydagi 312-son "Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" qarori[6] ishlab chiqildi. Ushbu qaror ijrosiga ko'ra mamlakatimizda xorijiy tillarni o'rgatishni ta'lim siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida rivojlantirish, ushbu yo'nalishda ta'lim sifatini tubdan oshirish, sohaga malakali pedagoglarni jalb etish hamda aholining xorijiy tillarni o'rganishga bo'lgan qiziqishini oshirish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilib kelmoqda.

Tarixdan ham ma'lumki buyuk mutafakkir allomalarimiz ham bir necha tillarni mukammal bilib ijod qilganlar. "Muallimi soniy" deb ulug'langan Abu Nasr Farobiy 70 dan ziyod tilni va jadidchilar (Is'hoqxon Ibrat, Behbudiy, Abdurauf Fitrat) esa 10ga yaqin tillarni bilgan va so'zlasha olgan. Behbudiy inson bir yokida ikki til bilan cheklanib qolmasligi va boshqa chet tillarini o'rganishni aytib "Oyna" jurnalida shunday deb yozadi: "Ikki emas, to'rt til lozim" deb insonlarni marifatga chorlab, tilni madaniy meros sifatida asrab avaylab avlodlarga etkazishga da'vat etganligidan dalolatdir. [3]

Bu gapning dolzarbligi bugungi kunda ham yo'qolgani yo'q. Hozirgi davrga kelib Respublikada chet tillarini o'zbek tili bilan birga o'qitish, insonlarga dunyo hamjamiyatida sodir bo'ladigan voqealar bilan tanishtirish uchun jadal ishlar amalga oshirilmoqda. Mustaqillik davridan beri 50000 dan ziyod xorijiy tillarni o'qitish uchun o'qituvchilar tayyorlandi. 2021-yilda o'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida video assambliya bo'lib o'tdi. Anjumanda o'qituvchilardan til bilish sertifikatlari talab qilinishi haqida aytib o'tildi.[6] Bu Respublikada chet tillarni o'qitish rivojlanayotganining yaqqol namunasi. Qaysi tilni o'rganishga qarab inson o'sha xalqning madaniyatini ham ozmi-ko'pmi o'ziga o'zlashitirib oladi. Keyin esa o'sha insonlar davrasida bo'lishga va o'sha davlatda yashashga qiziqish uyg'onadi va milliy

vatanparvarlik tuyg'usi yo'qolib boradi. Yoshlarga birinchi navbatda o'zining ona tili hisoblanmish o'zbek tilini yaxshi o'rgatib, ularda vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirish lozimdir. Albatta o'z ona tillari bilan birga xorijiy tillarni mukammal o'zlashtirish eng dolzarb masala hisoblanib, hozirda bog'chalarda ham asosan ingliz va rus tillarini o'rgatish yaxshi yo'lga qo'yilganligi shundan dalolatdir. Bu kabi ilg'or, samarali sa'y-harakatlar vatanimiz ona tili hisblanmish o'zbek tilini yanada ravnaq topib, jahon hamjamiyati tomonidan ham keng o'rganilishiga ham qiziqish uyg'otadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Sh.Mirziyoyev. O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va maqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida. -T., 2019 yil 21 oktyabr, PF-5850-son.

2. Shamsutdinov R., Karimov Sh. Vatan tarixi. 3-kitob, Toshkent.: 2010

3. "Ойна" журнали, 1913 йил, 1-сон, 12—14-бетлар.

4. https://lex.uz/. O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 21.10.1989 yildagi 3561-XI-son. O'zbekiston Respublikasining davlat tili to'g'risida qonuni.

5. https://lex.uz/. 21 dekabr 1995 yil, 167-I-son "O'zbekiston Respublikasining davlat tili haqida"gi qonuniga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritish to'g'risida qonuni.

6. https://oyina.uz/uz/article/. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 maydagi 312-son "Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" qarori

7. Https://lex.uz/ru/docs.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.