Scientific Journal Impact Factor
OLIY TA'LIMDA RUSIYZABON GURUH TALABALARIGA "O'ZBEK TILI-DAVLAT TILI", "O'ZBEK TILINING IMLO QOIDALARI" MAVZUSINI O'RGATISH BO'YICHA AYRIM TAVSIYALAR
Maqolada talabalarning davlat tilida og'zaki va yozma matn yaratish savodxonligini shakllantirish, tilimizning ma 'no yaratish - birlamchi xususiyatini his qilish, jamiyatning barcha sohalari rivojida istiqbolli ezgu so 'zning asos bo 'lishini anglash zaruriyati haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, pedagoglarga talabalarda orfografik me'yor ko 'nikmasini mustahkamlash bo 'yicha ayrim tavsiyalar beriladi.
Kalit so 'zlar: Asos va qo 'shimchalar imlosi, tovush o 'zgarishlari, bosh harflar imlosi, chiziqcha bilan yozish, so'zlarni qo'shib va ajratib yozish talablari, bo'g'in ko 'chirish qoidalari, orfografik me'yor, savodxonlik.
В данной статье излагается необходимость формирования устной и письменной грамотности на государственном языке, формирования смысла нашего языка - чувства первозданности, понимания того, что будущее - это основа благородного слова в развитии всех сфер жизни общества. Также для педагогов приводятся несколько рекомендаций по укреплению орфографических норм у учащихся.
Ключевые слова: Правописание основ и суффиксов, изменение звука, правописание заглавных букв, использование черточки, требования к слитному и раздельному правописанию слов, правила переноса слогов, орфографические нормы, грамотность.
This article outlines the need for the formation of oral and written literacy in the state language, the formation of the meaning of our language - a sense of primacy, understanding that the future is the basis of a noble word in the development of all spheres of society. Also, for teachers, there are several recommendations for strengthening the spelling norms in students.
Keywords: Spelling of bases and suffixes, sound change, spelling of capital letters, use of a dash, requirements for continuous and separate spelling of words, rules for transferring syllables, spelling norms, literacy.
O.R.Iskandarova
Toshkent davlat transport universiteti f.f.n.
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
АBSTRACT
Scientific Journal Impact Factor
KIRISH
O'qituvchi darsni kirish suhbatidan boshlaydi: Agar xalqdan uning tili va shu tilda yaratiladigan badiiy adabiyotini olib tashlasangiz, u xalqdan hech narsa qolmaydi, o'sha xalq hech bir bir giyoh o'smaydigan taqir cho'lga o'xshab qoladi. Chunki har bir xalqning dunyoda borligini, qadriyatlarini uning tili va adabiyoti ko'rsatadi. R.Hamzatov va Ch.Aytmatov asarlari orqali dunyo ahli dog'iston va qirg'iz millatini, ularning o'ziga xos qadriyatlarini tanigan. Bunday misollar ko'p.
Alisher Navoiy 15 asrdayoq 51 ming 230 misradan iborat "Xamsa" ni turkiy tilda yozib, uning ma'no ifodalashdagi ichki imkoniyatlarini dunyoga mashhur qildilar. Dunyo miqyosida tilimizning nufuzini balandlatdilar. 1499- yilda yozgan "Muhokamat-ul lug'atayn" asarida turkiy tilning forsiy tildan kam emasligini hayotiy misollar bilan ilmiy isbotlab berdilar.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Shuningdek, turkiy - o'zbek tilida Z.M.Boburning "Boburnoma", A.Qodiriyning "Otkan kunlar", "Mehrobdan chayon", P.Qodirovning "Yulduzli tunlar", O.Yoqubovning "Ulug'bek xazinasi"... E.Vohidov, A.Oripovlarning doston va she'riy to'plamlari yaratildi, bu asarlar dunyo adabiyot bo'stonida abadiy muhrlandi.
Albatta, har bir fuqaro, birinchi navbatda, o'z tilida savodli bo'lishi kerak, qachonki inson o'z tilida savodli bo'lsa, boshqa tillarga ham mehr va hushyorlik bilan munosabatda bo'ladi.
O'qituvchi : Til va unda jilolanadigan so'z, uning mohiyati haqida hikmatlarni eslaymiz.
Birinchi talaba: "Insonni so'z ayladi judo hayvondin,
Ikkinchi talaba: "Til-millionlarcha avlodlar tomonidan yaratilgan tirik
Bilkim, guhari sharifroq yo'q ondin".
A.Navoiy.
jondir".
A.N.Tolstoy
Uchinchi talaba: So'zdan halol foydalanish kerak.
N.V.Gogol.
To'rtinchi talaba: "Qalbdan chiqqan so'z qalbga yo'l soladi".
N.Ganjaviy.
Beshinchi talaba: "So'z- buyuk narsa. Shuning uchun ham buyukki, so'z bilan odamlarni birlashtirish, so'z orqali ularni bir-birlari bilan yuzko'rmas qilib yuborish mumkin, so'z bilan mehr qozonish, so'z bilan nafrat va adovatga yo'liqish mumkin. Odamlarni bir-biridan ajratadigan so 'zni aytishdan saqlan.
L.N.Tolstoy.
O'qituvchi "O'zbekiston Respublikasining davlat tili haqida"gi Qonuni moddalari bilan ishlayotgan talabalarga quyidagi savollar bilan murojaat qiladi:
1. Davlat tili haqidagi Qonunning "O'zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslarga ta'lim olish tilini erkin tanlash huquqi beriladi.
O'zbekiston Respublikasi davlat tilida, shuningdek, boshqa tillarda ham umumiy, hunar-texnika, o'rta-maxsus va oliy ma'lumot olishni ta'minlaydi",- deyilgan 6-moddasini tushuntiring.
2. Davlat tili haqidagi Qonunning 15-moddasini qanday izohlaysiz? Bu moddaga mos hayotiy misollar keltiring: "O'zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslar, o'z millatidan qat'iy nazar, o'z ismini, otasining ismi va familiyasini milliy-tarixiy an'analarga muvofiq yozish huquqiga egadirlar"
3. Davlat tili haqidagi Qonunning 19 moddasini tushuntiring. Ya'ni, "O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan xalqaro tashkilotlar va muassasalar, qo'shma korxonalarning, shuningdek, milliy, madaniy jamiyatlar va markazlarning muhrlari, tamg'alari, ish qog'ozlari matnlarining tarjimasi davlat tilida takrorlanadi" Qo'shma korxonalar ish faoliyatida ishlatilayotgan muhr va tamg'alar haqida nimalarni bilasiz?
4. O'zbekistonda boshqa millat tillariga e'tibor va hurmat haqida so'zlab bering.
5. Davlat tili haqidagi Qonunning 22-moddasi, ya'ni "Respublikaning ma'muriy-hududiy birliklari, maydonlari, ko'chalar va geografik obyektlarning nomlari davlat tilida aks ettiriladi" Bu moddaga FSMU texnologiyasi asosida munosabat bildiring.
F Fikringizni bayon qiling
S Fikringizning bayoniga biror sabab ko'rsating
M Ko'rsatilgan sababga tushuntiruvchi misol keltiring
U Fikringizni umumlashtiring
II. Yangi mavzu bayoni. Pedagog talabalarga "O'zbek tilining asosiy imlo qoidalari" haqida nazariy ma'lumot beradi.
1993-yil 2-sentabrda O'zbekiston Respublikasining "Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to'g'risida" qonuni qabul qilindi. O'zbek xalqi , bunga
1041
Scientific Journal Impact Factor
qadar, 1940 -yil may oyidan boshlab kirill yozuvidan foydalanib kelar edi. Orfografiya qoidalari ham shu yozuv xususiyatlarini aks ettirgan edi.
Lotin yozuviga asoslangan imlo qoidalari 1995-yil 24-avgustda qabul qilindi, u quyidagi bo'limlami o'z ichiga oladi:
1.Harflar imlosi:
a) Unlilar imlosi;
b) Undoshlar imlosi.
2.Asos va qo'shimchalar imlosi.
3.Qo'shib yozish.
4.Chiziqcha bilan yozish.
5.Ajratib yozish.
6.Bosh harflar imlosi.
7.Ko'chirish qoidalari.
Fuqarolarimizning davlat tilida savodxonligini ta'minlovchi qoidalar majmui imlo qoidalaridir. Qachonki har bir shaxs imlo qoidalarini nazariy va amaliy jihatdan o'zlashtirsa, orfografik me'yor ko'nikmalarini puxta egallasa, savodxonlikka erishadi.
Buning uchun qanday nazariy talablarni bilishimiz va ko'nikmaga ega bo'lishimiz kerak?
O'qituvchi talabalarga imlo qoidalari bo'yicha tarqatmalar beradi.
Birinchi talaba: Biz davlat tilida savodxon bo'lishimiz uchun "Asos va qo'shimchalar imlosi"ni o'zlashtirishimiz kerak:
Ya'ni:
1. A unlisi bilan tugagan fe'llarga -v, -q, -qi qo'shimchalari qo'shilganda a unlisi o tarzda aytiladi va yoziladi: sayla+v= saylov; qayna+q= qaynoq, sayra+qi= sayroqi.
2. Shuningdek, o'qi+vchi= o'quvchi, sovi+q= sovuq, to'qi+vchi= to'quvchi so'zlarida i unlisi u ga aylanadi.
3. K k harfi bilan tugagan so'zlarga egalik qo'shimchasi qo'shilsa, ular g va g' ga aylanadi; yurak-yuragi, bilak-bilagim, tilak-tilagim; buloq-bulog'im, quloq-qulog'ing, qishloq-qishlog'i kabi. Erki, ishtiroki, huquqi, ravnaqi kabi so'zlarda bunday o'zgarish bo'lmaydi;
4. Singil, o'rin, ko'ngil, o'g'il, shahar kabi so'zlarga egalik qo'shimchasi qo'shilsa asosda tovush tushish hodisasi sodir bo'ladi; singli, ko'ngli, o'g'li, shahri.
Qayir, ayir so'zlariga il nisbat qo'shimchasi qo'shilsa asosda tovush tushish hodisasi sodir bo'ladi:
Qayril, ayril.
Ikki, olti, yetti sonlariga ov, ovlon jamlovchi qo'shimchalari qo'shilsa, o'zakda tovush tushish hodisasi ro'y beradi: ikkov, yettovlon.
5. U, shu, o'sha kabi olmoshlarga -da,-dan,-day,-dagi,-dosh,-cha qo'shimchalari qo'shilsa, bitta n tovushi orttiriladi; men, sen olmoshlariga -ni, va -ning qo'shimchalari qo'shilsa, bitta n harfi tushurib qoldiriladi: bunda, shundan, o'shancha, meni, sening.
6. Parvo, obro', mavqe so'zlariga egalik qo'shimchalari qo'shilsa, bitta y tovushi orttiriladi va shunday yoziladi: Parvoyi, obro'yim, mavqeyim...
Ikkinchi talaba : Shuningdek, biz so'zlarning qay hollarda qo'shib yozilish qoidalarini ham bilishimiz kerak.
1. Ya'ni agarda so'z tarkibida xona, noma, poya, bop, ham, baxsh, kam, umum, rang, mijoz, sifat, talab kabi so'zlar bo'lsa, bunday so'zlar qo'shib yoziladi: oshxona, tabriknoma, bedapoya, hammabop, xushbichim, hamshahar, kamhosil, umumdavlat, bug'doyrang.
2. Agar so'zning tarkibida r,-ar,-mas qo'shimchasi bilan yasalgan so'zlar bo'lsa, bunday so'zlar qo'shib yoziladi: o'rinbosar, buzoqboqar, ertapishar, ishyoqmas.
3. Narsani boshqa bir narsaga qiyoslash orqali hosil qilingan qo'shma otlar va sifatlar qo'shib yoziladi: toshbaqa, oybolta, qo'yko'z, sherdil, otquloq.
4. Narsaning rangi, mazasi, nima uchun mo'ljallanganligi kabi ma'nolarni bildiruvchi qo'shma so'zlar qo'shib yoziladi: ko'ksulton, achchiqtosh, ko'zoynak kabi
5. Ikkinchi qismi turdosh ot yoki obod so'zi bilan yasalgan joy nomlari qo'shib yoziladi: Oqtepa, Uchqo'rg'on, Davlatobod, Xo'jaobod, lekin Markaziy Osiyo, Ko'hna Urganch, G'arbiy Yevropa kabi joy nomlari ajratib yoziladi.
6. Ruscha, baynalmilal yoki so'zma-so'z tarjima qilingan qo'shma so'zlar qo'shib yoziladi: telestudiya, radioto'lqin, elektrarra kabi.
Uchinchi talaba : Biz so'zlarning qaysi hollarda ajratib yozilish qoidalarini ham bilishimiz kerak.
1. Olib keldi, oshkor etdi, ogoh qildi kabi qo'shma fe'llar ajratib yoziladi.
2. Har, kech, bir, u, shu, o'sha, hamma kabi so'zlar o'zi birikib kelgan so'zdan
ajratib yoziladi: har kim, hech narsa, bir zum, bu yerda, o'sha joyda, hamma
vaqt kabi.
3. Ko'makchilar o'zi bog'langan so'zdan ajratib yoziladi: Vatan uchun, siz
bilan, shahar tomon.
Scientific Journal Impact Factor
4. Sifatning orttirma darajasini yasovchi to'q, och, tim, jiqqa kabi so'zlar ajratib
yoziladi: tim qora, och ko'k, to'q sariq.
5. Qo'shma sonlar ajratib yoziladi: o'n to'qqiz, bir yuz yigirma besh, ellik olti.
O'qituvchi: Biz, shuningdek, qachon so'zlar bosh harf bilan yoziladi? So'zlar qaysi hollarda bo'g'inga to'g'ri ko'chiriladi? Qaysi hollarda chiziqcha bilan yoziladi? kabi talablarni ham o'zlashtirishimiz kerak. O'qituvchi talabalarga multimediyadan foydalangan holda bu haqda nazariy ma'lumotlarni beradi.
III. Darsni mustahkamlash. Talabalar topshiriqlarni bajarishadi va quyidagi matnlar ustida mulohaza yuritadilar.
I.Topshiriq. Matnni o'qing va unga sarlavha qo'ying.
"Muhabbat" degan so'z hamma tillarda bor. Inglizlarda-"Love", nemislarda-"Libe", fransuz tilida "Amur", rus tilida "Любовь"..."Любовь к матери"..."Любовь к Родине". Albatta, barcha tillarda bu so'zning bir necha xil ifodasi ham bor.
Ammo o'zbek tilida "muhabbat" degan so'z shu qadar rango-rang ma'nolarga egaki, hayratda qolasiz. "Yoqtirib qolmoq", "Ko'ngil bermoq", "Moyil bo'lmoq", "Xushtor bo'lmoq", "Oshufta bo'lmoq', "Dil bermoq", "Bedil bo'lmoq","Mubtalo bo'lmoq", "Maftun bo'lmoq","Mahbub bo'lmoq", "Oshiq bo'lmoq","Yaxshi ko'rmoq", "Ishq", "Ishqi tushmoq", "Ishqi foniy","Ishqi boqiy", "Sevgi", "Muhabbat", "Mehr" va hokazolar... Tabiiyki, bular orasida boshqa tillardan kirganlari ham bor. Biroq ularning barchasi-teng huquqli o'zbek so'zlari! Gap faqat bunda ham emas. Bu iboralarning hammasi umumma'noni anglatadi va. har biri alohida ma'no tashiydi. Tilimiz naqadar rango-rang! Tilimiz naqadar boy!
(O'zbekiston xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimov)
II. Topshiriq. So'zlarning juftlarini topib ko'chiring. Namuna: o'y-xayol, mehr-muhabbat.
O'y, muhabbat, sinoat, kuch, sadoqat, ona, do'st, mulk, suron, ulov, ahvol, qobil, qarindosh, yer, arava, qoida, fozil, sotiq, narx, nasl, non, noz, ovqat, havas, armon, jahd, istak, armon, farog'at, xarajat, do'st, ijtimoiy, totuv, namak, mehr,sir, qudrat, sevgi, ota, yor, mol, shovqin, ot, hol, mo'min, urug', osmon, olim, qonun, savdo, navo, nasab, nasiba, ne'mat, oziq, orzu, jadal, rohat, sir, totuv, tinch, asror.
III Topshiriq. Matnni o'qing. Ularga munosabat bildiring. Qaysi fikrlar siz uchun yangilik bo'ldi? Matnda lotin alifbosigagina xos tovushlar haqida, ularning talaffuzi haqida ma'lumot bering.
So'nggi bekatdagi bitiklar
Biron ishga kirishganda bilaman deb kirishmang. Bilmayman deb kirishsangiz, ko'proq narsani bilib olasiz. Bilib bilmagandan ko'ra, bilmay bilgan yaxshiroq.
Tor ixtisoslikni chuqur egallang. Keng bilimli bo'lishga intiling.
Faol dam oling, badanni toza tuting, imon-e'tiqodli bo'ling. Uxlaganda tiniqib uxlang.
Bosh omborxona yoki osori atiqalar muzeyi (ajoyibxona) ham emas. Uni har xil keraksiz narsalar bilan to'ldirib tashlamang.
Bardam bo'ling. Bo'lar-bo'lmas gaplarga parvo qilmang. Xafagazak, savdoyi bo'lib qolishdan saqlaning.
Ona tilida fikrlashga, toza gapirishga, nutqingizni har xil yot unsurlardan saqlashga harakat qiling. Qayerda va kim bo'lmasin, ona tilini kamsitishlariga aslo yo'l qo'ymang. Til mavsumiy libos emaski, ob-havoning o'zgarishiga qarab almashtirilsa. Onayizor, Vatan, millat har biri bittadan, Ona tili ham bitta. Agar o'z xalqingiz orasida gungalak-soqov va yot bo'lib qolishni istamasangiz, ona tilini puxta o'rganing, boshingizga ko'taring. Kishi boshqa tilda bilimli bo'la oladi, faqat ona tilidagina bekam-u ko'st bo'lishi mumkin. Ona tilini e'zozlashni, qadrlashni va asrashni ma'rifatli millatlardan o'rganing.
(Filologiya fanlari doktori, professor G'aybulla Salomov)
IV. Uyga vazifa.
l.Topshiriq. Konseptual jadvalni to'ldiring.
Tushunchalarga yondashuvlar Tavsiflar, misollar
Orfografiya bo'limi nimani
1 o'rgatadi?
Unlilar va undoshlar imlosi
2 deyilganda nimani tushunasiz?
Asos va qo'shimchalar imlosida
3 qachon tovush tushish va orttirilish
hodisasi ro'y beradi?
So'zlar qachon chiziqcha bilan
4 yoziladi?
So'zlar qaysi hollarda ajratib
5 yoziladi?
So'zlar qaysi hollarda qo'shib
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
6 yoziladi?
7 Bo'g'in ko'chirish qoidalarida nimalarga e'tibor berishimiz kerak?
8 Bosh harflar bilan yoziladigan so'zlarga misollar keltiring.
II.Topshiriq. Adabiy o'qish. Muhammad Yusufning "Kechir meni, ona tilim" she'rini o'qing. She'rda ifodalangan g'oya haqida og'zaki va yozma matn yarating.
Garchi zug'um qilganlarni yoqtirmadim, She'r yozdim-u, bo'lak ishni qotirmadim. Tilim turib o'z tilimda gapirmadim, Bir eslasam eziladi bag'ri dilim, Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Onam "erkam" deb quchganda tunlar yarim, Erkim yo'q deb zirqirardi bir joylarim, Parovozni hansiratgan bug'doylarim, Oltinlarim, ma'danlarim, ipaklarim, Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Kimlar uchun biz edik bir badaviylar, O'zbekni qon qatshatganni o'zbek siylar, Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar, Topganimiz handalakdek tilim-tilim, Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Kimdir mayda millat bo'ldi, kimdir katta, Katta millat Afandisi yo'qdir hatto, Biz piyoda, biz boqqanlar yurdi otda, Zulm o'tsa, faqat sendan o'tdi zulm, Ona tilim, kechir meni ona tilim.
Scientific Journal Impact Factor
Sen bo'lmasang nima bizga silliq she'rlar, Bu dunyoda tili yo'qda, dil yo'q derlar, Bahoing-ku berib ketgan Alisherlar, Yuragimning to'ridagi so'lmas gulim, Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Bir qarasam, har shevangda ming jilolar, Har novdangda, har mevangda ming jilolar, Qodiriylar, Cho'lponlar-u, Abdullolar... Sening qaytgan kuning tug'ilgan yilim, Ona tilim, kechir meni, ona tilim
REFERENCES
1. Mirziyoyev Sh. "O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida 2019-yil 21 oktabrdagi PF-5850 -son Farmoni. https://www.lex.uz
2. Mirziyoyev Sh. "Mamlakatimizda o'zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmoni. https://www.lex.uz
3. "O'zbekiston Respublikasining davlat tili haqida"gi Qonuni. https://www.lex.uz
4. Dastur. Oliy o'quv yurtlari uchun. "O 'zbek tili ". -T.: O'zDJTU, 2013.
5. Husanboyeva Q.P. "Oliy ta'lim muassasalarida davlat tilini o'qitish bilan bog'liq muammolar va ularning yechimi" "Texnika oliy o'quv yurtlarida o'zbek va xorijiy tillarni o'qitishning dolzarb masalalari (nazariya, metodika, texnologiya ) mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. T.2020-y. 5-bet.
6. Enazarov T., Shakarova F. "Texnika oliy o'quv yurtlarida o'zbek tilini o'qitishning dolzarb masalalari (Nazariya va amaliyot, metodika va texnologiya). Texnika oliy o'quv yurtlarida o'zbek va xorijiy tillarni o'qitishning dolzarb masalalari. T. 2020. 18-bet.
7. O'tkir Hoshimov. "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" T.2018. 235 b.
8. "Tafakkur gulshani".T.1989. 459 b.