Научная статья на тему 'TIL FORMADIR, TIL MOHIYAT EMAS, BALKI FORMADIR: FERDINAND DE SOSSYUR VA VILGELM FON GUMBOLDT NAZARIYALARINING "TAQQOSIY TAHLILI"'

TIL FORMADIR, TIL MOHIYAT EMAS, BALKI FORMADIR: FERDINAND DE SOSSYUR VA VILGELM FON GUMBOLDT NAZARIYALARINING "TAQQOSIY TAHLILI" Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sossyur / Gumboldt / til nazariyasi / forma va mohiyat / strukturalizm / ijodiy til / til va tafakkur / tilshunoslik / dunyoqarash.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Samiyeva Ozoda Olimjon Qizi

Ushbu maqolada Ferdinand de Sossyur va Vilgelm Fon Gumboldtning til tabiati haqidagi qarashlari, xususan, forma va mohiyat tushunchalari bo‘yicha taqqosiy tahlil keltirilgan. Strukturalist bo‘lgan Sossyur tilni asosan belgilarning tizimi sifatida qabul qilgan va uning formasiga katta urg‘u bergan holda, mohiyatni ikkinchi darajali deb hisoblagan. Unga ko‘ra, tilning ma’nosi belgilar o‘rtasidagi farqlardan kelib chiqadi. Gumboldt esa tilni nafaqat forma, balki mohiyat sifatida ham ko‘rib, uni inson tafakkuri va dunyoqarashining ifodasi deb hisoblagan. U tilning ijodiy va dinamik tabiati orqali tafakkurni shakllantiruvchi vosita ekanligini ta’kidlaydi. Maqolada ushbu ikki yondashuvning asosiy farqlari tahlil qilinib, ularning lingvistika va falsafa sohalaridagi ahamiyati yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TIL FORMADIR, TIL MOHIYAT EMAS, BALKI FORMADIR: FERDINAND DE SOSSYUR VA VILGELM FON GUMBOLDT NAZARIYALARINING "TAQQOSIY TAHLILI"»

YANGI OZBEKISTONDA O'ZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

TIL FORMADIR, TIL MOHIYAT EMAS, BALKI FORMADIR: FERDINAND DE SOSSYUR VA VILGELM FON GUMBOLDT NAZARIYALARINING "TAQQOSIY TAHLILI"

Samiyeva Ozoda Olimjon Qizi

Ozbekiston Milliy Universiteti O'zbek Filologiyasi fakulteti:Filologiya va tillarni o'qitish,

O'zbek tili https://doi.org/10.5281/zenodo.13968564

Annotatsiya. Ushbu maqolada Ferdinand de Sossyur va Vilgelm Fon Gumboldtning til tabiati haqidagi qarashlari, xususan, forma va mohiyat tushunchalari bo'yicha taqqosiy tahlil keltirilgan. Strukturalist bo'lgan Sossyur tilni asosan belgilarning tizimi sifatida qabul qilgan va uning formasiga katta urg'u bergan holda, mohiyatni ikkinchi darajali deb hisoblagan. Unga ko'ra, tilning ma'nosi belgilar o'rtasidagi farqlardan kelib chiqadi. Gumboldt esa tilni nafaqat forma, balki mohiyat sifatida ham ko'rib, uni inson tafakkuri va dunyoqarashining ifodasi deb hisoblagan. U tilning ijodiy va dinamik tabiati orqali tafakkurni shakllantiruvchi vosita ekanligini ta'kidlaydi. Maqolada ushbu ikki yondashuvning asosiy farqlari tahlil qilinib, ularning lingvistika va falsafa sohalaridagi ahamiyati yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Sossyur, Gumboldt, til nazariyasi, forma va mohiyat, strukturalizm, ijodiy til, til va tafakkur, tilshunoslik, dunyoqarash.

Abstract. This article presents a comparative analysis of Ferdinand de Saussure's and Wilhelm von Humboldt's views on the nature of language, specifically focusing on the concepts of form and essence. Saussure, a structuralist, posited that language is primarily a system of signs, emphasizing its form while considering essence as secondary. He argued that meaning arises from the differences between linguistic signs rather than any inherent essence. Conversely, Humboldt viewed language as both form and essence, seeing it as an expression of human thought and worldview. He emphasized the creative and dynamic nature of language, which shapes and reflects individual cognition and perception of the world. The article explores the fundamental differences between these two perspectives, highlighting their significance in the fields of linguistics and philosophy.

Key words: Saussure, Humboldt , Theory of language ,Form ,Essence , Structuralism Creative language , Language and thought , Linguistics ,Worldview

Ferdinand de Sossyur yondashuvi

Ferdinand de Sossyur (1857-1913) tilni ijtimoiy hodisa sifatida o'rganib, strukturalistik yondashuvning asoschisi sifatida tanilgan. Uning asosiy nazariyasi shuki, til bu belgilarning tizimi bo'lib, u ikki asosiy komponentdan iborat: belgi va belgilangan narsa. Masalan, "daraxt" so'zi (belgi) va uning ifodalayotgan obyekti (daraxt) o'rtasidagi bog'liqlik ijtimoiy ravishda shartli ravishda belgilanadi. Sossyurga ko'ra, til faqat belgilarning kombinatsiyasi orqali mavjud bo'ladi va til va tafakkur o'rtasida o'zaro aloqadorlik mavjud, ammo bu aloqadorlik belgilarning o'zaro farqli ma'nolarda ishlatilishi bilan cheklangan. F.de Sossyur o'zining mashhur «Umumiy tilshunoslik kursi» asarida (1916) strukturalizmning eng asosiy, bosh g'oyalarini ta'kidlab o'tdi. Bular: 1 .Til spetsifikasi (o'ziga xosligi), ya'ni, tilshunoslikning mutlaq tekshirish obyekti tildir. 2. Til sistemasi, ya'ni, til o'ziga xos tuzilishga, «qiyofaga» ega bo'lgan sistemadir.3. Til formasi, ya'ni, til mohiyat emas, balki formadir. Til u yoki bu mazmunni, fikmi ifodalash vositasidir. 4. Til munosabati, yani tilning har bir holatida, ko'rinishida, qo'llanishida barcha jarayonlar til birliklarining o'zaro munosabatiga, mantiqiy bog'lanishga asoslanadi, shu munosabatga quriladi.

YANGI OZBEKISTONDA OZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

Tilshunoslik tarixida Ferdinand de Sossyur va Vilgelm Fon Gumboldtning tilga bo'lgan qarashlari o'ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ularning tilning mohiyat va forma bilan bog'liq qarashlari ham bir-biridan sezilarli farq qiladi. Sossyure tili asosan forma (struktura) bilan cheklanishini ta'kidlasa, Gumboldt esa tilda nafaqat forma, balki uning mohiyati ham juda muhim ekanligini ilgari suradi. Quyida bu ikki tilshunosning tilga oid qarashlari taqqosiy tahlil qilinadi. Sossyur o'zining strukturalistik yondashuvida tilni asosan formal tizim sifatida ko'radi. U tilni belgilardan tashkil topgan, ichki tuzilmasiga ega bo'lgan murakkab tizim sifatida talqin qilgan. Tilning mazmuni yoki mohiyati bilan bog'liq masalalarga kamroq e'tibor berib, uning shakli va tuzilishi tilning asosiy qismidir, deb hisoblaydi. Saussur fikricha, til - bu belgilar tizimi va u belgilarning bir-biri bilan bog'lanishidan tashkil topadi. Bunda belgilar o'zlarining absolut ma'noga ega emas, balki o'zaro farqlari orqali mazmun oladi. Misol uchun, "ota" va "ona" so'zlarining ma'nolari bir-biridan farqlanishi orqali belgilanadi, ularning mohiyati esa til tizimida ikkinchi darajali hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, Saussur tilni birinchi navbatda forma sifatida o'rganish kerakligini ta'kidlaydi. Saussur uchun tilning shakli va tuzilishi markaziy rol o'ynaydi, chunki ularning o'zaro munosabati orqali tildagi ma'no shakllanadi. Tilning mohiyatini izlash yoki uni chuqurroq talqin qilishdan ko'ra, u tilning ichki qonuniyatlari va belgilar o'rtasidagi munosabatni tahlil qilishni maqsad qilib qo'ygan.Sossyure asosiy g'oyalari:Til - bu formal struktura: Tilning o'ziga xosligi belgilar tizimiga asoslanadi va belgilar o'rtasidagi farqlar tilning shaklini belgilaydi.Maqsad - shaklni o'rganish: Tilning shakli va ichki tuzilmasi, ya'ni tilning qoidalari va grammatikasi eng muhim hisoblanadi. Mazmun va mohiyat ikkinchi darajali: Tilning mohiyati yoki ichki mazmuni emas, balki uning tashqi ko'rinishi, ya'ni belgilarning formasi asosiy ahamiyatga ega.

Vilgelm Fon Gumboldt yondashuvi

Vilgelm Fon Gumboldt (1767-1835) tilni tafakkurning ifodasi deb bilgan. Uning fikricha, til va tafakkur bir-biriga uzviy bog'liq va til insonning dunyoni qabul qilishiga, tushunishiga va ifodalashiga ta'sir qiladi.V.Gumboldt lisoniy ta'limotining eng muhim nuqtalaridan biri til shakli (formasi) haqidagi ta'limot yoki, boshqacha aytganda, tilning ichki tuzilishi haqidagi nazariyadir.V.Gumboldt ta'limotiga ko'ra til formadir (shakldir). U til formasining bir qancha xususiyatlarga ega ekanligini aytadi. Shulardan biri til formasining nutq tovushlaridan tashkil topishidir, ya'ni, nutq tovushlari tilning formasini hosil qilishidir. Yana biri til formasining sistema sifatida namoyon bo'lishidir, ya'ni, har bir til elementi, birligi boshqa elementga ko'ra mavjuddir, u bilan o'zaro bog'liqdir, aloqadordir. Shuningdek, til formasi ikki jihatning, ikki tomonning: moddiy va ruhiy, tashqi va ichki tomonlaming birligidan, bog'liqligidan iboratdir.Tilning tashqi formasi tilning materiyasi, ashyosidir, uning tovush sistemasidir. Aytilganidek, nutq tovushlari tilning shaklidir.Nutq tovushlari muayyan ma'no ifodalovchi til birliklarini hosil qilishda qo'Ilanadigan, ishlatiladigan shakldir.Tilning ichki formasi til strukturalarining tashkil qilinish, fikmi tilda obyektivlashtirish usulidir, xalq ruhining ifodasidir. V.Gumboldt tilning ichki formasi haqidagi ta'limotida ichki formani xalqning ruhi bilan bog'laydi, ya'ni, ichki forma xalq ruhining qandayligini ko'rsatadi hamda so'z orqali ifodalanadigan ma'nodir. Gumboldtning asosiy g'oyalari shundan iboratki, har bir til o'ziga xos dunyoqarashni yaratadi va bu til va tafakkur o'rtasidagi o'zaro aloqani ta'minlaydi. U tilni nafaqat kommunikatsiya vositasi sifatida, balki tafakkur uchun zarur bo'lgan vosita deb ham hisoblagan. Gumboldt tilning nafaqat shakli, balki uning mohiyatini ham chuqur o'rganish kerakligini ta'kidlaydi. U tilni inson tafakkurining va dunyoni tushunishning ifodasi sifatida ko'radi. Gumboldt tilni ijodiy jarayon sifatida qabul qilib, tilning ichki mazmunini yoki mohiyatini o'rganish tilni to'liq tushunish uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini aytadi.

YANGI OZBEKISTONDA OZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

Gumboldtga ko'ra, til nafaqat belgilar tizimi, balki dunyoqarashni ifoda etuvchi vositadir. Har bir til o'ziga xos dunyoqarashni yaratadi va bu dunyoqarash tildan kelib chiqadigan mazmun yoki mohiyat bilan bog'liqdir. U tilni shakl va mazmunning birlashgan tuzilmasi sifatida ko'radi, bunda shakl (grammatika, qoidalar va struktura) va mazmun (tilning ma'nosi va insonning til orqali dunyoni qanday tushunishi) bir butunlikda mavjud.

Gumboldtning asosiy g'oyalari:

Til - bu ijodiy jarayon: Til ijodiy hodisa bo'lib, u faqat forma bilan cheklanmaydi, balki uning ichki mohiyati ham mavjud.Mohiyat va forma bir butun: Tilning shakli va mazmuni bir-biriga bog'liq va ularni ajratib o'rganish to'liq tasavvurni bermaydi. Til tafakkur va dunyoqarashni ifodalaydi: Til nafaqat aloqa vositasi, balki inson tafakkurining, dunyoqarashining va ongining ifodasidir.

Taqqosiy tahlil: Sossyur va Gumboldt yondashuvlari

Sossyur va Gumboldt nazariyalarining asosiy farqi ularning tilni qanday qabul qilishlarida yaqqol ko'rinadi. Saussur tilni faqat formal tizim sifatida talqin qilib, uning ichki mazmuni yoki mohiyatini ikkinchi darajali deb hisoblaydi. U uchun tilning shakli va uning belgilari o'rtasidagi munosabat tilning asosiy mazmunidir. Bu yondashuvda tilning o'rganilishi belgilar tizimi orqali amalga oshiriladi, va mohiyat faqat struktura orqali anglanadi.Boshqa tomondan, Gumboldt tilni shakl va mazmunning bir butunligi sifatida qabul qilib, tilning nafaqat formasi, balki uning ichki mohiyatini ham muhim deb hisoblaydi. U tilni ijodiy jarayon sifatida ko'rib, har bir tilning o'ziga xos dunyoqarash va tafakkur yaratishini ta'kidlaydi. Gumboldt uchun tilning mazmuni va mohiyati inson tafakkurini shakllantiruvchi asosiy omil hisoblanadi.

Asosiy farqlar:

Sossyur: Til - bu shakl va formal tizim. Mohiyat ikkinchi darajali va tilning mazmuni belgilar o'rtasidagi farqlardan kelib chiqadi. Gumboldt: Til - bu mohiyat va shaklning bir butunligi. Til nafaqat forma, balki inson tafakkurining ifodasi bo'lib, mazmun va dunyoqarashning shakllanishida muhim rol o'ynaydi.

Umumiy jihatlar:

Ikkala olim ham tilning ahamiyatini tan olishadi, ammo bu ahamiyat turlicha yondashuv bilan izohlanadi. Sossyur tilni grammatik va formal belgilarning o'zaro munosabati orqali talqin qilsa, Gumboldt tili inson tafakkurining ijodiy kuchi va dunyoni tushunish jarayoni bilan bog'laydi.

Xulosa

Xulosa sifatida aytagigan bolsak ikki buyuk tilshunos nazariyalari asosida fanda yangi yo'nalishlar :naturalizm ,strukturalizm, psixolingvistika va boshqa sohalar vujudga keldi Sossyur va Gumboldtning tilga oid qarashlari tilshunoslikda muhim nazariy maktablarni tashkil etadi. Saussur tilni formal struktura sifatida qabul qilgan holda uning mohiyatini ikkinchi darajali deb hisoblaydi. Gumboldt esa tilning ichki mazmuni va mohiyatini asosiy e'tibor markaziga qo'yadi, uni inson tafakkuri va dunyoqarashining ifodasi sifatida ko'rdi va Gumboldtning nazariyasi haqiqatga yaqinroq edi .:. Uning fikricha, til nafaqat aloqa vositasi, balki inson tafakkuri va dunyoni idrok etishning ifodasi hamdir. Til va tafakkur uzviy bog'liq bo'lib, til insonning dunyoqarashini shakllantiradi. Gumboldtning til mohiyatiga oid fikrlarini tasdiqlovchibir nechta misollarni keltirish mumkin :

1. Grammatika orqali dunyoni idrok qilish:

Gumboldt fikriga ko'ra, tilning grammatikasi ham inson tafakkurini shakllantiradi. Masalan, nemis tilidagi urg'u va sintaktik tuzilmalar orqali aytilgan gapni aniq ifodalash zarurati tufayli, ushbu tilda fikrlash jarayoni ham strukturali va izchil bo'lishi talab qilinadi. Bunda

"YANGI O'ZBEKISTONDA O'ZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

tilning grammatik shakli tafakkurni qanday tartiblayotgani va inson dunyoni qanday ko'rayotganiga ta'sir qilayotganini ko'rishimiz mumkin. Demak, til mohiyatini faqatgina so'zlar emas, balki grammatika va uning ma'nosini shakllantirish usullari ham tashkil etadi.

2. Metafora va til ijodiyligi:

Turli tillardagi metaforalar tilning mohiyatini ko'rsatadi. Masalan, ingliz tilidagi "time is money" (vaqt - bu pul) iborasi ingliz tilida vaqtni resurs sifatida qabul qilish mohiyatini aks ettiradi. Boshqa tillarda vaqtni tabiiy jarayon sifatida qabul qiladigan metaforalar mavjud. Bu esa til orqali dunyoga qanday qarashimiz va uning qanday idrok etilishi tilning mohiyatini ochib beradi.

3. Tilning ijodiy kuchi:

Til orqali yangi tushunchalar va atamalar yaratilishi ham tilning mohiyatini ko'rsatadi. Masalan, texnologiya yoki ilm-fan sohasida yangidan yangi so'zlarning paydo bo'lishi inson tafakkurining rivojlanishiga ta'sir qiladi va til nafaqat muloqot vositasi, balki fikrlash va tushunchalarni yaratish qudratiga ega ekanligini namoyon qiladi. Bu tilning ijodiy va dinamik kuchini ko'rsatib, til mohiyatga ega ekanini tasdiqlaydi.

4. Tuyg'ularni ifodalash:

Gumboldtning fikricha, til insonning his-tuyg'ularini ifodalashda muhim rol o'ynaydi. Masalan, turk tilida "güzellik" (go'zallik) so'zi qanchalik chiroyli bo'lsa, "çirkin" (badbin) so'zida ham o'ziga xos ifoda mavjud. Bunda turk tilining so'z boyligi va tuzilishi, insonning go'zallik va yovuzlik haqidagi tasavvurlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Bu misol, turk tilidagi so'zlarning mohiyati va uning ifoda etuvchi his-tuyg'ulari bir-biri bilan bog'liqligini ko'rsatadi.

5. Madaniyat va til o'rtasidagi aloqalar:

Gumboldtning fikriga ko'ra, har bir til o'z madaniyatining mohiyatini aks ettiradi. Masalan, arab tilida "karam" so'zi mehmondo'stlik va xushmuomalalikni bildiradi. Arab madaniyatida mehmondo'stlikning ahamiyati juda yuqori bo'lib, bu til orqali mehmondo'stlik tushunchasining aks etishi mumkin. Buning natijasida, til va madaniyat o'rtasidagi uzviy bog'liqlikni ko'rsatadi. Bu misollar Gumboldtning til mohiyatiga oid fikrlarini qo'llab-quvvatlaydi, ya'ni til inson tafakkurini shakllantiruvchi asosiy omil bo'lib, u orqali dunyoni idrok qilishimiz farqlanadi va mazmunli bo'ladi. Ushbu ikki yondashuvning taqqosiy tahlili tilni o'rganish jarayonida har ikki qarashning ahamiyatini ko'rsatadi, va ularning tadqiqotlari tilshunoslikdagi turli nazariy yo'nalishlarga asos soladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Gumboldt, Wilhelm von. Til haqida: Inson tilining xilma-xilligi va uning inson tafakkuriga ta'siri. Tahririy nashr, 1999.

2. Sosyur, Ferdinand de. Umumiy tilshunoslik kursi. Tahririy nashr, 1966.

3. Gumperz, Jon J., va Dell Hayms, tahrir. Sosiolingvistika yo'nalishlari: Muloqot etnografiyasi. Wiley, 1972.

4. Mey, Jeykob L. Pragmatikaning qisqa ensiklopediyasi. Elsevier, 2001.

5. Chandler, Daniel. Semiyotika: Asoslar. Routledge, 2002.

6. Lyons, Jon. Til va lingvistika: Kirish. Cambridge University Press, 1981. 1. 7.R.Rasulov ."Umumiy tilshunoslik" darslik

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.