Научная статья на тему 'TIJORAT BANKLAR FAOLIYATIDA ONLAYN TIZIMLAR VA XIZMATLARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLAR VA KAMCHILIKLARI'

TIJORAT BANKLAR FAOLIYATIDA ONLAYN TIZIMLAR VA XIZMATLARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLAR VA KAMCHILIKLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
12
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
onlayn tizim / onlayn bank mahsulotlari va xizmatlari / raqamli banklar / dasturiy ta`minot / avtomatlashtirilgan texnologiyalar / interaktiv platformalar / mobil ilovalar / veb-saytlar onlayn kreditlar / onlayn depozitlar.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Raxmataliyev Muzaffar Eshdavlatovich

Ushbu maqolada tijorat banklar faoliyatida onlayn tizimlar va xizmatlardan foydalanishda banklar va mijozlar uchun afzalliklar va kamchiliklari tahlil qilingan. Ushbu tadqiqotning tijorat banklar faoliyatida onlayn tizimlar va xizmatlarining rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish va muammoli holatlarni bartaraf etishda ahamiyat kasb etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TIJORAT BANKLAR FAOLIYATIDA ONLAYN TIZIMLAR VA XIZMATLARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLAR VA KAMCHILIKLARI»

TIJORAT BANKLAR FAOLIYATIDA ONLAYN TIZIMLAR VA XIZMATLARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLAR VA

KAMCHILIKLARI

Raxmataliyev Muzaffar Eshdavlatovich

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, "Statistika" kafedrasi dotsenti., PhD.

Telefon (93)-568-33-50, e-mail: rakhmataliev.muzaffar1984@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.11032419

Annotatsiya. Ushbu maqolada tijorat banklar faoliyatida onlayn tizimlar va xizmatlardan foydalanishda banklar va mijozlar uchun afzalliklar va kamchiliklari tahlil qilingan. Ushbu tadqiqotning tijorat banklar faoliyatida onlayn tizimlar va xizmatlarining rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillarni o'rganish va muammoli holatlarni bartaraf etishda ahamiyat kasb etadi.

Kalit so'zlar: onlayn tizim, onlayn bank mahsulotlari va xizmatlari, raqamli banklar, dasturiy taminot, avtomatlashtirilgan texnologiyalar, interaktiv platformalar, mobil ilovalar, veb-saytlar onlayn kreditlar, onlayn depozitlar.

Аннотация. В данной статье анализируются преимущества и недостатки для банков и клиентов при использовании онлайн-систем и услуг в коммерческом банкинге. Данное исследование важно для изучения факторов, влияющих на развитие онлайн-систем и сервисов в деятельности коммерческих банков, а также для устранения проблемных ситуаций.

Ключевые слова: онлайн-система, продукты и услуги онлайн-банкинга, цифровые банки, программное обеспечение, автоматизированные технологии, интерактивные платформы, мобильные приложения, веб-сайты, онлайн-кредиты, онлайн-депозиты.

Abstract. This article analyzes the advantages and disadvantages for banks and clients when using online systems and services in commercial banking. This study is important for studying the factors influencing the development of online systems and services in the activities of commercial banks, as well as for eliminating problematic situations.

Keywords: online system, online banking products and services, digital banks, software, automated technologies, interactive platforms, mobile applications, websites, online loans, online deposits.

Kirish:

Bugungi kunda bank faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishda asosiy omillaridan biri bolgan onlayn tizimlari va xizmatlarini muntazam modernizatsiya siyosatini olib bormoqda. Banklar onlayn tizimlari va xizmatlaridanfoydalanishda interfeysni soddalashtirish, to'lovlarning shablonlarni yaratish, ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va mijozlar bazasini yanada kengaytirish kabi kopgina innovatsion xizmatlarni amalga oshirib kelmoqda. Bu esa, mijoz uchun bank muassasalari bilan hamkorlik qilish uchun qulay shart-sharoitlarni ta'minlash imkoniyatini beradi. Tijorat banklar faoliyatida onlayn tizimlar va xizmatlarining ko'payishi va tizimning keskin tarzda rivojlanishi natijasida filiallar va shaxobchalar ochmasdan faoliyat ko'rsatuvchi raqamli banklarning ahamiyati ortishi, xavfsizlik darajasi kuchaytirilgan biometrik texnologiyalarning rivojlanishi, shaffofligi kuchli bo'lgan innovatsion texnologiyasining ommalashishi, qulay navigatsiyaga ega mobil ilovalarning foydalanuvchilar tanlovi bo'layotganligi, sun'iy intellekt yordamida ma'lumotlarni avtomatik tahlil qilish hamda xizmat ko'rsatishda xarajat va vaqtni tejashga erishiladi. Bu esa tijorat banklar faoliyatida onlayn tizimlar

va xizmatlardan foydalanishda banklar va mijozlar uchun afzalliklar va kamchiliklari organish asosida kompleks ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borishni taqozo etmoqda.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili:

Iqtisodchi olimlar Beloglazova G.N., Krolivetskaya L.P. talqiniga kora, tijorat banklarida onlayn xizmat ko'rsatish "mijozlarga bankka kelmasdan, turli telekommunikatsiya kanallaridan foydalangan holda bank operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyatini taqdim etishdir" [1].

Shuningdek, Tavasiev A.M. yondashuviga ko'ra, tijorat banklarida onlayn xizmat ko'rsatish "mijoz va bank xodimlari o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aloqa qilmasdan, bank ofisidan tashqarida, masofadan turib bank mahsulotlarini taqdim etish (bank xizmatlarini ko'rsatish)" [2] Trofimov D.V. esa "tijorat banklarida onlayn xizmat ko'rsatish odatda masofadan turib, mijozlar bank ofisiga bormasdan, bank xodimlari bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqa qilmasdan - uydan ("uy" deb ataladigan) bank xizmatlarini ko'rsatish (bank mahsulotlarini taqdim etish)" [3] tushunchalarini bergan bo'lsa, Vanin A. va Summanen K. lar tijorat banklarida onlayn xizmat ko'rsatish "tranzaksiyalarni amalga oshirish mijozning bankka shaxsiy tashrifini talab qilmaydigan texnikani anglatadi" [4] deb tarif bergan.

Mahalliy olimlarimizdan professor Sh.Z.Abdullayeva tijorat banklarida onlayn xizmat ko'rsatish bo'yicha, "Innovatsion axborot texnologiyalarining rivojlanishi internetda moliyaviy xizmatlar ko'rsatish imkoniyatini kengaytirayotganligi, ilg'or firmalar va tijorat banklari bugungi kunda bu imkoniyatdan foydalangan holda mijozlarga masofadan turib xizmat ko'rsatish, elektron pullar hisobini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'layotganligiga, mamlakatimiz tijorat banklarida bank hisobvaraqlarini masofadan turib boshqarishni rivojlantirish" [5], Tijorat banklarida masofadan bank xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan olimlarimiz professor Z.T.Mamadiyarov fikricha, "...bank tizimida masofaviy bank xizmatlarining rivojlanishi, birinchidan, odamlar hayotidagi o'zgarishlar, yangi axborot texnologiyalarning joriy etilishi, ikkinchidan, bank operatsiyalarning avtomatlashtirilgani bilan bog'liq" [6], X.Xudoyarova "bank chakana xizmatlari bozorini takomillashtirishga qaratilgan strategik maqsadga erishishda, chakana bank xizmatlarini yetkazib berish jarayonini bir standartga solish asosida zamonaviy, innovatsion "online" xizmat turlarini joriy etish orqali, bank chakana xizmatlari bozorini yanada takomillashtirish hamda bank mijozlari talabini qondirish" [7], bugungi kunning eng muhim masalalaridan biri ekanligiga e'tibor qaratgan.

Bizningcha, bank va mijoz o'rtasidagi munosabatlarda zamonaviy innovatsion texnologiyalarini keng joriy etish, shu jumladan xarajati nisbatan kam bo'lgan elektron onlayn tizimlarga asoslangan moliyaviy xizmatlarni joriy qilish, respublikamiz bo'ylab ko'plab bank filiallarini bank xizmatlari markaziga aylantirish va kam rentabellik bilan ishlayotgan infokiosklarni sekin-sekin muomaladan chiqarish orqali xarajatlarni tejash, 24/7 rejimidagi onlayn tizimlar va xizmatlarning ko'paytirish bank mijozlari va mamlakatimiz aholisi uchun qulay xizmatlarni taklif etish bugungi kunning dolzarb masalasi sanaladi.

Tadqiqot metodologiyasi:

Tijorat banklar faoliyatining samaradorligini oshirishda banklarning onlayn tizimlari va xizmatlarining banklar va mijozlar uchun afzalliklar va kamchiliklarni o'rganishni hamda analitik tahlillar olib borishni taqozo etadi. Ilmiy maqolani tayyorlash jarayonida ma'lumotlarni qiyoslash, ma'lumotlarni guruhlash hamda ekspert baholash usullaridan ham unumli foydalanildi.

Tahlil va natijalar:

Bugungi kunda axborot texnologiyalari jadal sur'atlar bilan rivojlanib va takomillashib borayotgan bir davrda, bank o'z mijozlari uchun qulay, sodda va tez xizmatlarni ko'rsatish maqsadida onlayn tizimlarini takomillashtirib borish zarur. Avtomatlashtirilgan texnologiyalar va interaktiv platformalar, masalan, mobil ilovalar va veb-saytlar, mijozlar uchun turli onlayn xizmatlarni tez va oddiy ravishda taqdim etish imkoniyatini yaratadi. Bu esa bankning o'z mijozlariga qulay, sifatli va professional bank xizmatlarini ko'rsatish bankning raqobatbardoshligini va iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatini beradi.

Bunda, banklar onlayn tizimlarini ishlab chiqishda qo'yidagi 3 ta asosiy afzalliklarini hisobga olish maqsadga muvofiqdir:

- Texnologiyalar sohasida chuqur bilim talab qilmaydigan eng oddiy dasturiy ta'minot;

- Dizaynning soddaligi;

- Ishonch va maxfiylikning eng yuqori darajasi:

Tijorat banklar faoliyatining samaradorligini oshirishda banklarning onlayn tizimlari va xizmatlarining banklar va mijozlar uchun afzalliklar va kamchiliklarni o'rganishni ham maqsadga muvofiqdir. Onlayn tizimlar, banklar va mijozlar uchun bir nechta afzalliklarga ega. Ba'zi eng muhim afzalliklardan quyidagilardan iborat:

Mijozlar uchun afzalliklar:

- onlayn tizimlar, 24/7 xizmat ko'rsatish imkonini beradi. Bu, mijozlarga bank tizimlariga har qanday vaqtda kirish imkonini ta'minlaydi, shuningdek, ularning moliyaviy muammo va savollarini hal qilishga yordam beradi;

- mijoz onlayn mablag'lar harakatini kuzatish, depozitlar va kreditlar kiritish, ko'chirmalarga buyurtma berish va kvitansiyalarni saqlash va boshqa barcha moliyaviy operatsiyalarni nazorat qiladi;

- mijozlar navbatsiz onlayn tizim orqali bank kartasini olish, omonat hisobini ochish yoki depozitni yopish imkoniyatini yengil va tez bajarish orqali moliyaviy operatsiyalarni tez va qulay bajarishini ta'minlaydi;

- banklar, onlayn xizmatlarga ko'proq mijozlarni jalb qilish uchun ko'plab foydali shartlar (Masalan, banklar kredit mahsulotlari bo'yicha pasaytirilgan foiz stavkasini berish, omonat bo'yicha yuqori foiz stavkasini taklif qilish, xizmat haqisiz kartani chiqarish yoki xaridlar uchun oshirilgan naqd pul berish) taklif qilishadi. Bu shartlar mijozlarga onlayn bank xizmatlaridan maksimal darajada foydalanishga imkon beradi va ularni onlayn xizmatlarga tortisha ilhomlantiradi:

Banklar uchun afzalliklar:

- tez masshtablash, banklar uchun chekka hududlarga kirib borish orqali yangi mijozlarni jalb qilish imkonini beradi. Bundan tashqari xizmatlarni kengaytirish va xarajatlarni kamaytirish, shuningdek, iqtisodiy o'sib borishini ta'minlaydi;

- jarayonlarni avtomatlashtirish, onlayn tizimlarning samarali ishlashini ta'minlash, vaqt va resurslarni tejash, onlayn xizmat sifatini oshirish, mijozlar uchun qulaylik yaratish, xavfsizlikni ta'minlash va mijozlar bilan o'zaro aloqalarni oson va samarali boshqarishga imkonini beradi;

- xodimning ehtiyotsizligi tufayli yuzaga kelishi mumkin bo'lgan bank operatsiyalarini bajarishda xatolarni kamaytirish. Masalan, u hujjatlarga mijozning familiyasi yoki pasport seriyasini noto'g'ri yozib qo'ygan. Onlayn tizimining o'zi mijozning kerakli ma'lumotlarini to'ldiradi, chunki u bank tizimida saqlanad;

- bank xizmatlarini reklama qilish uchun pusht-bildirishnomalar, elektron pochta, mobil ilovalar, pusht-bildirishnomalar, mobil ilovalar orqali va chatbotlar kabi qulay xizmatlar orqali mijozlar uchun onlayn bank xizmatlaridan maksimal darajada foydalanish imkonini ta'minlaydi;

- raqamli ofis, banklar uchun mijozlar bilan munosabatlarni kuchaytirish va onlayn xizmat sifatini oshirishning kuchli vositasi bo'lib, mijozlar uchun qulay va samarali onlayn xizmatlar ko'rsatish imkonini yaratadi. Bu, banklar uchun menejerlar va operatsion xodimlarga yukni kamaytirish, mijozlar tomonidan berilgan arizalar va so'rovlarni tez va to'g'ri javob berish imkonini beradi va mijozlar uchun bank xizmatlaridan maksimal darajada foydalanish imkonini ta'minlaydi:

Shu bilan birga, onlayn tizimlarining kamchiliklari ham mavjud bo'lib, bu xavfsizlik muammolari, xizmat sifatining pasayishi, shaxsiy aloqalar yo'qligi, internetga ulanish, tizimga kirish muammolarni o'z ichiga oladi.

Bundan tashqari, keyingi paytlarda aholi o'rtasida bank kartalari yoki kredit xizmatlari bilan bog'liq firibgarlik holatlari ko'p uchramoqda. Bunday firibgarliklar nafaqat shaxs moddiy qimmatliklariga, balki bank obro'yining qadrsizlanishiga, aholining onlayn bank xizmatlariga bo'lgan ishonchi susayishiga, alaloqibat esa, jiddiy moddiy va ma'naviy zararlarga omil bo'lmoqda.

Xulosa qilib aytganda, tijorat banklarida kam mablag' sarflab, yuqori samaraga erishish onlayn tizimlar va bank xizmatlari tijorat banklarining samaradorligini belgilaydigan asosiy ko'rsatkichlardan biri hisoblanadi. Bunda, tijorat banklarida onlayn tizimlar va xizmatlarning tatbiq etilishida banklar va mijozlar uchun bir nechta afzalliklarini va kamchiliklarini organish hamda ushbu kamchililarni bartaraf etish banklarning iqtisodiy samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Фойдаланилган адабиётлар руйхати

1. G. N. Beloglazova, and L. P. Krolivetskaya, Banking: organization of a commercial bank's activities, 2rd ed., Moscow: Yurait Publ., 2012, 422

2. Tavasiev A. M. the Organization of activity of commercial banks. Theory and practice : the textbook for masters / M. A. Tavasiev, V. D. Mekhryakov, О. I. Larina. - Moscow: Yurayt Publishing House, 2016

3. Трофимов Д. В. Конкурентоспособност розничшх банков [Електроннш ресурс] / Управление eкономическими системами. - 2013. - №58.

4. Ванин А., Сумманен К. Банк, который всегда с тобой // Банковские технологии. - 1999. - №4. - С. 46-52.

5. Abdullayeva Sh. Z.. Bank ishi. T.: "IQTISOD-MOLIYA" 2017. 535-536 bb

6. Mamadiyarov Z. T. Tijorat banklarida masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirish. Iqtisod fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati.T.: 2019. 56 b.

7. Xudayarova X. A. O'zbekistonda chakana bank xizmatlari amaliyotini takomillashtirish. Iqtisod fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati.T.: 2020. 63 b

8. Мамадияров З.Т. Тижорат банкларида масофавий банк хизматларини ривожлантиришдаги муаммолар // «Иктисод ва молия» («Экономика и финансы») журнали, - Тошкент, 2019. - №3 (123), -18-27 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.