Научная статья на тему 'TIJORAT BANKLARI CHAKANA XIZMATLARINING NAZARIY VA HUQUQIY ASOSLARI'

TIJORAT BANKLARI CHAKANA XIZMATLARINING NAZARIY VA HUQUQIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
609
91
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bank xizmatlari / bank infratuzilmasi / bank mahsuloti / masofaviy bank xizmatlari / internet banking / mobil banking.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Abduraxmonov A.

Mazkur maqolada tujorat banklarida chakana xizmarlarning nazariy va huquqiy asoslari, bankalr raqobatchiligini ta’minlash, banklarda aholiga ko’rsatilayotgan bank xizmatlarining tahlili ko’rib chiqilgan hamda tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TIJORAT BANKLARI CHAKANA XIZMATLARINING NAZARIY VA HUQUQIY ASOSLARI»

TIJORAT BANKLARI CHAKANA XIZMATLARINING NAZARIY VA

HUQUQIY ASOSLARI

Abduraxmonov A.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, "Bank ishi" kafedrasi assistenti

Annotatsiya: Mazkur maqolada tujorat banklarida chakana xizmarlarning nazariy va huquqiy asoslari, bankalr raqobatchiligini ta'minlash, banklarda aholiga ko'rsatilayotgan bank xizmatlarining tahlili ko'rib chiqilgan hamda tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: bank xizmatlari, bank infratuzilmasi, bank mahsuloti, masofaviy bank xizmatlari, internet banking, mobil banking.

Kirish. Shiddat bilan rivojlanib borayotgan "XXI asr axborot texnologiyalari" asrida bank faoliyatini zamonaviy texnologiyalarsiz tasavvur etish qiyin. Zamonaviy texnologiyalarni qo'llash, taklif etilayotgan xizmat turlari bank xarajatlarini kamaytirish bilan birga, mijozlar vaqtini tejash imkonini ham beradi.

Ma'lumki, banklar moliya tizimining ajralmas qismi bo'lib, bozor va ishlab chiqaruvchilar talablari bilan chambarchas bog'liq holda faoliyat olib boradi. Ular jahon iqtisodiy hayotining markazida joylashgan bo'lib, ishlab chiqaruvchi va iste'molchilarning ehtiyojlariga xizmat ko'rsatish orqali sanoat va savdoni, qishloq xo'jaligi va aholini o'zaro bog'laydilar.

Tijorat banklarining raqobatbardoshlikni ta'minlashida eng samarali yo'li mijozlarning unga bo'lgan ishonchini qozonish va ular uchun barcha qulayliklarni yaratish, shuningdek, xizmatlar turi, sifati va tezkorligini oshirish hisoblanadi. Banklar raqobatbardoshlikni ta'minlashi uchun zamonaviy bank xizmatlarini joriy etishga, yangi texnologiyalardan foydalanishga yanada ko'proq ehtiyoj sezmoqdalar.

Aholining turmush darajasi yaxshilanishi, zamonaviy bilimlarni egallashi natijasida ularning yangi moliyaviy xizmatlarga bo'lgan talablari ortmoqda. Tijorat banklari xizmatlarning tezkorligi, sifati, to'g'riligi, xavfsizligi va ishonchliligi bank mijozlarining talabidir. Zamonaviy masofaviy bank xizmatlari ana shu talablarga javob bera oladi.

Keyingi yillarda respublikamiz tijorat banklari chakana operatsiyalarni rivojlantirish orqali o'z mijozlariga taqdim etiladigan xizmatlar turlarini ko'paytirishga va o'z faoliyatini diversifikatsiya qilishga harakat qilmoqda. Ushbu maqsadda banklar tomonidan bankomatlar, mobil telefonlar va internet orqali o'z hisob raqamlarini masofaviy boshqarish kabi elektron xizmat ko'rsatish texnologiyalari faol tarzda amaliyotga joriy etilmoqda. Masofaviy bank xizmatlarini hayotga tadbiq qilish orqali kredit tashkiloti o'zining an'anaviy operatsiyalariga qo'shimcha ravishda, mijozlar ehtiyojini to'laroq va sifatliroq qondiradigan yangi bank mahsulotlarini ham qo'llamoqda. Lekin buning o'zi etarli emas, chunki 21-asr axborot texnologiyalar asrida shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonda, real vaqt

rejimida bank operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog'liq hali ham yechimini kutayotgan bir qator muammolar mavjuddir.

Respublikamizda bank infratuzilmasining kengayib borishi banklar o'rtasidagi raqobat muhitining kuchayishi hamda bank xizmat turlari sifati va ko'lamining oshishiga xizmat qilmoqda.

Tijorat banklari yangi bank xizmatlarini rivojlantirish, mijozlarga taqdim etadigan xizmatlar turlarini ko'paytirish orqali o'z faoliyatini diversifikatsiya qilib borishi banklar tomonidan zamonaviy axborot texnologiyalari, yangi bank mahsulotlari paydo bo'lishining asosiy omili, binobarin, bank xizmatlari bozori rivojlanishiga sharoit yaratish hisoblanadi. Bank xizmatlari bozorida raqobat muhitining to'liq shakllanmaganligi esa bank xizmatlarini rivojlanishiga ta'sir etadi.

O'zbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan ko'rsatilayotgan chakana xizmatlarni takomillashtirish borasida dolzarb muammolarning mavjudligi va ularni hal qilishning yo'llarini ishlab chiqishning zarurligi mavzusining dolzarbligi belgilaydi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Iqtisodiy tizimning asosiy tarmog'i sanalgan banklarning xizmatlari soni kundan kun ortib bormoqda. An'anaviy bank xizmatlarini masofadan turib amalga oshirish imkoniyatining mavjudligi banklar uchun yangi zamonaviy xizmatlar ko'rsatish davrini boshlab berdi. Hozirda bank xizmatlari bozori O'zbekiston moliya bozoridagi eng yaxshi rivojlanayotgan bozor sifatida faoliyat ko'rsatmoqda. Banklar faoliyatining samaradorligi hamda raqobatbardoshligi ko'p jihatdan yangi bank mahsulotlarini va xizmatlarini joriy etishiga bog'liq.

Hozirgi vaqtda zamonaviy iqtisodiy adabiyotlarda "chakana bank xizmatlari bozori" tushunchasiga etarlicha aniq ta'rif berilmagan. Masalan, S.V. Bichik, A.S. Damoratskaya kabi mualliflar "Xizmatlar bozori" deganda chakana savdo xarakteridagi xizmatlarni sotish bo'yicha tovar-pul munosabatlariga asoslangan bozor tushuniladi1.

Muallif A.N.Azriliyan aholiga xizmat ko'rsatish bozori xizmat ko'rsatuvchilar - sotuvchilar, iste'molchilar va xaridorlar o'rtasida vujudga keladigan munosabatlar (ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, moddiy, moliyaviy) yig'indisidir, deb taxmin qiladi. Belarus iqtisodiy adabiyotida "bank xizmati" va "bank operatsiyasi" tushunchalari ko'pincha ajratilmaydi. Masalan, quyidagi ta'riflar berilgan: bank xizmatlari -mijozlar topshirig'i bo'yicha amalga oshiriladigan bank operatsiyalari; bank xizmati -mijozga xizmat ko'rsatish uchun bevosita bank operatsiyasi2.

Chakana bank xizmati ostida M.S.Maramygin va A.V.Povarovdan so'ng biz "bozordagi muayyan mahsulot takliflarida bank xizmatlarining namoyon bo'lish shakli" ni tushunamiz3. Chakana savdoda bank xizmati bir qator o'ziga xos xususiyatlarga ega: u chakana bank bozorining barcha ishtirokchilari o'zaro ta'sir qiladigan jarayon sifatida ishlaydi; xizmat ishlab chiqarishning iste'moldan ajralmasligini ko'rsatadi; vaqt uzunligi bilan tavsiflanadi; pul va moliyaviy

1 Бичик С.В., Даморацкая А.С. Словарь экономических терминов. - Мн.: Ушверсггэцкае, 1998. - 237с.

2 Лукьяненко В.З. Банковские услуги для каждого // Банковский вестник. - 2004. - №13. - С.10-13.

3 Марамыгин М. С., Поваров А. В. Понятие розничного банковского продукта URL: https://cyberleninka.m/artide/n/ponyatie-razmchnogo-bankovskogo-pradukta.

vositalardan foydalanadi; mijozlarning ma'lum bir madaniy-ma'rifiy saviyasini, binobarin, banklarning ularni tayyorlash shaklida qo'shimcha maqsadli harakatlarini talab qiladi.

Aksariyat mualliflar bank xizmatlarini bank operatsiyalarining kombinatsiyasi yoki xilma-xilligi deb hisoblashadi. Masalan, I.S.Didenko "Bank xizmati - bu bank tomonidan mijozga shartnoma asosida amalga oshiriladigan va mijozning bank xizmatlariga bo'lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan bank operatsiyalarining o'zaro bog'langan majmui", deb ta'kidlaydi. D.E.Shvedning fikricha, "bank xizmatlari deganda qo'shimcha xususiyatga ega (xizmat, xizmat) mijozlarga xizmat ko'rsatish bo'yicha bank operatsiyalari tushunilishi kerak".

«Xizmat» tushunchasi turli mualliflar tomonidan turlicha talqin etilgan. Ba'zi xolatlarda ushbu tushuncha muayyan maqsadlarga erishishga mo'ljallangan funktsiya sifatida ochib berilsa, boshqalarida muayyan sifatlar to'plamiga ega ob'ekt sifatida qaraladi.

Masalan, taniqli marketolog F.Kotler «xizmat» tushunchasini bir tomon ikkinchisiga taklif qiladigan, asosan sezilmaydigan va biror narsani egallab olishga olib kelmaydigan istalgan tadbir yoki manfaat sifatida izohlaydi.4

Zamonaviy iqtisodiy adabiyotlarda bank xizmatlarining «ommaviy operatsiyalar» sifatidagi ta'rifi keng tarqalgan. Ammo bu ta'rifda xizmatlar boshqa bank operatsiyalaridan nimasi bilan farq qilishiga aniqlik kiritilmagan. Yagona iqtisodiy natijaga erishishga qaratilgan bankning majmuaviy ish-xarakatlaridan iborat bank operatsiyasidan farqli ravishda bank xizmati bank operatsiyalariga yo'ldosh bo'ladigan muayyan vazifalarni bajaradi5. E.F.Jukov bank operatsiyalarini aktiv va passivlarga ajratadi xamda banklarning moliyaviy xizmatlariga lizing, faktoring, forfeyting, trast operatsiyalari kabi faoliyat turlarini kiritadi6.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, bank xizmati - bu bank mijozining ehtiyojini qondirishga yo'naltirilgan o'zaro kelishuv asosida amalga oshiriladigan texnik bog'langan bank operatsiyalari majmui deb hisobladik.

Tahlil va natijalar. XX asrning 60-70 - yillari bank xizmatlari nazariyasi rivojlanishining boshlang'ich bosqichi hisoblanadi. Bu paytda X.Duglas7 Michigan universitetining «Kreditlash sohasidagi bank siyosati» (1971 y.), D.Revel Uels universitetining «Raqobat va bank faoliyatini boshqarish» (1978 y.), Jeneva universitetining «Jamg'arma banklarining kredit xizmatlari» (1974 y.) tadqiqotlari, Sh.Dereyning «Britaniya banklari strategiyasi va xalqaro raqobat» asari (1977 y.) xamda G.Brayanning8 «Bank sohasidagi raqobat» tadqiqoti (1970 y.) chop etiladi. Yuqorida qayd etilgan ilmiy ishlar bank xizmatlari bozori va uning bank xizmati segmentini o'rganishga bag'ishlangan.

XX asrning 80-yillarini bank xizmatlari nazariyasi rivojidagi ikkinchi bosqich deb xisoblash mumkin. Ushbu davr alohida mamlakatlarning kredit-moliya tizimlari

4 Котлер Ф. Основы маркетинга. - Новосибирск: Наука, 2012. - С. 638

5 Банковская система России. Настольная книга банкира. Книга I. - М., 2015. - С. 688.

6 Жуков Е.Ф. Банки и банковские операции / Под ред. Е.Ф.Жукова. - М.: Банки и биржи, 1997. - С. 196.

7 Дуглас X. Банковская политика в области кредитования. - М.: Слово, 2001. -508 с.

8 Брайан Г. Конкуренция в банковской сфере. - М.: Экономика и финансы, 1970.-428 с

faoliyatining o'ziga xos xususiyatlarining xamda bank kapitali globallashuvi va markazlashuvining bank xizmatlari bozoriga ta'sirining ehtimoliy oqibatlarini tadqiq etishga urinishlar sifatida tavsiflanadi.

Bank xizmatlari nazariyasi rivojlanishining uchinchi bosqichi XX asrning 90-yillarida boshlanib, yangi ming yillik boshigacha davom etdi. 1992 yili Evropa iqtisodiy va valyuta ittifoqini tuzish to'g'risidagi Maastrixt shartnomasining imzolanishi va 1999 yil yanvar oyidan Evropada yagona valyuta - evroning muomalaga kiritilishi mijozlarga majmuaviy bank xizmatlarini ko'rsatish ishlarini qayta ko'rib chiqishga asos bo'ldi.

«Moliyaviy supermarket» va «moliyaviy butik» g'oyasi hamda tor yo'nalishga ixtisoslashgan banklarning universal banklar qatoriga qo'shilishi dolzarblik kasb etdi. Ssuda kapitali bozoridagi xizmatlar, elektron xizmatlar keng tarqaldi, banklarning birlashish va singib ketish xolatlari ko'paydi. Bu boradagi mashhur tadqiqotlar orasida K.Fabrining «Bozor iqtisodiyoti shakllanishi sharoitlarida banklar» (1991 y.), D.Jentlening9 «Moliyaviy xizmatlar industriyasi» (1993 y.), J.Sinkining10 «Tijorat banklarida moliyani boshqarish» (1994 y.), P.Rouzning 11«Bank menejmenti, moliya xizmatlarini taqdim etish» (1995 y.) kabi ishlarni qayd etish mumkin.

Bugungi kun bank sohasining rivojlanish tendentsiyasini xususiyati - bu biznesni elektron tarzda yuritishga o'tishdir. Bu bank bozorlari tuzilmasidagi tub o'zgarishlarga olib keladi, shu bilan birga banklar duch keladigan risklarning turli ko'rinishlari orasidagi nisbatning va hatto bank mohiyatining o'zini o'zgartirishga ham qodir. Bu borada ilk fundamental tadqiqot Xalqaro hisob-kitoblar banki qoshida 1974 yili tashkil etilgan Bank nazorati buyicha Bazel qo'mitasi tomonidan o'tkazildi. Mazkur qo'mita tomonidan elektron bank xizmatlari bo'yicha ishchi guruh tashkil qilindi. «Cross-Border Electronic Banking Issues for Bank Supervisors» (2000 y.) ma'ruzalari ushbu guruh faoliyatining natijasiga aylandi12. Mazkur muammoning turli jihatlariga boshqa nufuzli davlatlararo tashkilotlar, ya'ni Xalqaro valyuta jamg'armasi (XVJ) va O'nlik guruhining (G10) tadqiqotlarida xam sezilarli darajada e'tibor qaratilgan13. Rivojlangan mamlakatlarning markaziy banklari va bank assotsiatsiyalari, jumladan, Germaniya banklarining federal ittifoqi ushbu masalalarni o'rganib, "Studie zum Internet-Online-Banking/E-Commerce" (2000 y.)14, «ECommerce als Bankdienstleistung» (2000 y.)15 kabi ilmiy ma'ruzalarida natijalarni bayon etgan.

Bank mahsuloti - bu bank xizmati orqali alohida bank faoliyati turlarida mijozlar ehtiyojini qondirishga yo'naltirilgan o'zaro bog'liq xizmat va operatsiyalar

9 Джентле Д. Индустрия финансовых услуг. - M.: Экономика и финансы, 1993. -284 с

10 Синки Дж. Финансовый менеджмент в коммерческом банке и в индустрии финансовых услуг. Пер. с англ./ Дж.Синки. - Москва: Альпина Бизнес Букс, 2007. - 1018 с.

11 Роуз П. Банковский менеджмент, предоставление финансовых услуг. - Москва: Дело, 1995. -438 с.

12Electronic Banking Group Initiatives and White Papers. - Basel Committee for Banking Supervision. - Basel, October 2000. - 27 p.

13 http://www.bis.org sayti ma'lumotlari asosida tayyorlangan.

14 http://www.bis.org Studie zum Internet-Online-Banking/e-Commerce // Electronic banking from a prudential supervisory perspective. - Deutsche Bundesbank Monthly Report, October 2000. - 5S p.

15 http://www.elsevier.com/locate/jie Federal Association of German Banks (Bundesverband deutscher Banken), ECommerce als Bankdienstleistung, Daten, Fakten, Argumente, - October 2000. - 34 p.

jamlanmasidir. Bank mahsuloti deb, bankning moliya bozorida sotish uchun mo'ljallangan his qilinadigan shaklga ega o'zaro bog'liq xizmatlar va operatsiyalar majmuasi tushuniladi, ya'ni bank mahsuloti bank operatsiyasining natijasi sifatida quriladi, bank xizmati esa, bank operatsiyalarini o'tkazishda unga yo'ldosh bo'ladi.

Bank xizmati bank operatsiyalarini optimal darajada bajarishga ko'maklashadi, ishlab chiqilgan va sotilgan bank xizmatlari esa bank operatsiyalari bilan birgalikda bank mahsulotini yaratadi.

Hozirda jahon amaliyotida qo'llanilayotgan zamonaviy bank xizmatlariga ularning o'z xarakteriga ko'ra kredit, operatsion, investitsion xizmatlarga bo'linadi, bundan tashqari, faktoring xizmatlari, lizing xizmatlari, trast operatsiyalari bo'yicha xizmatlar, konsultatsiya - maslahat xizmatlari va axborot xizmatlari mavjud.

A.N.Ivanov o'z asarida bank xizmatlarini mijozlarga ko'rsatilishi xususiyatlarini xarakterlovchi bir qator kriteriyalariga ko'ra quyidagicha tasniflaydi:16

a) Mijozlar ehtiyojini qanoatlantirishga yo'naltirilganligi

- bevosita xizmatlar - to'lovlar bo'yicha xizmatlar, tijorat xizmatlari va investitsion xizmatlar;

- bilvosita xizmatlar - kliring xizmatlari, hisob raqamlarni telefon orqali boshqarish bo'yicha xizmatlar, konsultatsiya - maslahat xizmatlari, depozit hisob raqamlar asosida plastik kartochkalar bo'yicha xizmatlar;

- eksportni kreditlash Agentligi kafolati ostida bitimlar tuzishda bank xizmatlari, overnayt xarajatlarini kamaytirish yoki qo'shimcha daromadlarni keltiruvchi xizmatlar;

b) Mijozlar guruhi buyicha segmentatsiya.

Bank xizmatlari va mahsulotlari qiyinligi darajasidan kelib chiqib quyidagicha darajaga ajratiladi:

1-darajali xizmatlar - ko'plab mijozlar tomonidan talab qilinuvchi mahsulot va xizmatlar (hisob raqam ochish, naqd pulni boshqarish, kliring xizmatlari);

2-darajali xizmatlar - bank xodimlarining maxsus tayorgarligini talab qiluvchi xizmat va mahsulotlar (aktivlarni boshqarish, investitsion xizmatlar);

3-darajali xizmatlar - foydalanish sohasida professional bilimlarni talab etuvchi xizmatlar (korporativ moliyalash sohasidagi xizmatlar, aralash aktivlarni boshqarish);

4-darajali xizmatlar - maxsus malakani talab qiluvchi xizmatlar (moliyaviy rejalashtirish sohasidagi xizmatlar, moliyaviy injiniring xizmatlari).

Hozirda zamonaviy bank xizmatlari tushunchasi xizmatlarning masofadan turib zamonaviy texnologiya uskunalari asosida boshqarilishi bilan bevosita bog'liqlikka egadir.

Masofaviy bank xizmati - bu bankning mijozlari bank ofisiga bormasdan turib amalga oshirish imkonini beruvchi turli xil aloqa vositalari orqali bog'lanib uyg'unlikda zarur bo'lgan operatsiyalarni bajarish mumkin bo'lgan xizmatlar majmuidir. Masofaviy bank xizmatlarining rivojlanishi bank xizmatlari tizimida yangi hajmdagi va yangi shakldagi turli xizmatlarni yuzaga kelishiga sabab bo'ldi. Masofadan turib boshqariladigan bank xizmatlari bevosita elektron vositalar

16 Иванов А. Банковские услуги: зарубежный и российский опыт. М.: Финансы и статистика, 2012

yordamida amalga oshirilishi tabiiy holga aylanib bordi. Natijada barcha masofaviy bank xizmatlariga yangicha elektron banking degan ta'rif ham ishlatila boshlandi.

Elektron bankingning quyidagi turlari mavjud:

Bank-Mijoz - bu kompyuter orqali amalga oshiriladigan tizim bo'lib, bunda mijozning kompyuteriga maxsus dastur o'rnatiladi. Ushbu dastur kompyuterda barcha mijoz ma'lumotlarni saqlaydi (asosan to'lov hujjatlar va hisobvaraqlardan ko'chirmalar). Bank va mijozning kompyuteri o'rtasida modem orqali to'g'ridan -to'g'ri aloqa amalga oshiriladi.

Internet-banking - bu mijozlarning depozit hisobvaraqlarini, jumladan plastik kartalarga ochilgan hisobvaraqlarini, internet orqali boshqarish huquqini beruvchi tizimdir. Bu xizmat turi mijozning masofadan bank bilan bog'langan holda real vaqt davomida to'lovlarni o'tkazish uchun mo'ljallangan tizimdir. Foydalanuvchi tizimga veb-brauzer orqali qiradi. Internet-banking tizimi bankning veb-serverda joylashtiriladi. Foydalanuvchi bankning veb-saytida barcha o'z ma'lumotlari (to'lov hujjatlar va hisobvaraqlardan ko'chirmalar)ni ko'rib chiqish imkoniyatiga ega.

Internet-banking xizmati orqali mijoz o'z ish joyida yoki boshqa o'ziga qulay sharoitda:

• to'lovlarni o'tkazish;

• to'lov o'tishi bosqichlarini kuzatish;

• barcha hisobotlarni olish kabi barcha amaliyotlaridan istalgan vaqtda foydalanish imkoniyatini yaratadi.

Internet-banking orqali mijoz o'z ish joyidan internet orqali bank saytiga ulanib o'z hisob raqamiga tushayotgan pullarni ko'rishi, pul o'tkazmalarini tayyorlab bankka uzatishi mumkin bo'ladi.

Huquqiy tomondan Internet-banking tushunchasi keng ma'noda, bank xodimi vazifasining engillashishi hamda mijoz (yuridik yoki jismoniy shaxs)ning o'z hisob raqamiga masofadan turib kirish va uni boshqarish imkonini berish, turli tashkilotlari tomonidan har xil operatsiyalarni amalga oshirishni tijorat banklarida hozirgi haqiqiy vaqt rejimida internet tarmog'iga ulangan holda foydalanish imkoniyatini yaratishdir.

Tor ma'noda esa, Internet-banking - internet orqali ishlaydigan Bank-mijoz tizimiga o'xshash, uning zamonaviylashtirilgan shaklidir. Huquqiy tomondan elektron to'lovlarning bank hamda mijoz o'rtasidagi masofaviy to'lovlarni amalga oshirish hamda ahborot almashinuv imkonini yaratuvchi maxsus xizmat.

Mobile-banking - bank kartalari yoki hisob-raqamlarini cho'ntak ixcham kompyuterlari, kommunikatorlar va smartfonlar orqali boshqarish hisoblanadi. Onlayn tizimida ishlaydi. Barcha turdagi moliyaviy hujjatlar bilan ishlash imkonini beradi. Shifrlash mexanizmi hamda elektron raqamli imzo (ERI)ni o'z ichiga olgan holda jamoa bo'lib ishlash imkoniyatini ham yaratadi. Mobile-banking "Kaftingizdagi bank" kontseptsiyasini amalga oshirgan holda tunu kun ishlaydi, tezkor va mijozlarning elektron banking xizmatlari spektridan to'liq funktsiyada foydalanishni ta'minlaydi. Ushbu xizmat turi ayniqsa so'nggi yillarda butun dunyo bo'ylab taraqqiy etishini kuzatishimiz mumkin.

Xususan bizning mamlakatimizda ham ushbu xizmat turini faol taklif etayotgan banklar soni yildan yilga ortib bormoqda, mijozlar soni esa kun sayin ko'paymoqda. Xususan, birgina "Hamkorbank" chet el kapitali ishtirokidagi ochiq aktsiyadorlik-tijorat bankining o'zida zamonaviy android dasturi asosida ishlovchi smartfonlar uchun juda qulay bo'lgan Mobile-Banking xizmati joriy etildi.

Phone-banking - bank hisob-raqamlariga hamda kartalariga telefon orqali kirish dasturi. Bu xizmat orqali joriy qoldiqlar haqida ma'lumot, faksga ma'lum muddat uchun ko'chirma, kartalarni hisobini to'ldirish yoki blokda qoldirish, telefon to'lovlari va hokazolarni bilish imkoniga ega bo'linadi. Phone-bankingdan foydalanilayotganda mijoz berilgan raqamga telefon qiladi hamda bog'langandan keyin telefonni tovushli rejimga o'tkazadi. Ovozli menyuning instruktsiyasiga amal qilgan holda, hamda tegishli punktni tanlagach, mijoz kerakli ma'lumotni ovozli habar yoki faks bo'yicha hujjat ko'rinishida olish imkoniga ega bo'ladi.

Video-banking - videokonferentsiya, ya'ni bankdagi xodim bilan mijozning interaktiv muloqot tizimidir. Odatda videobankingda "Kioska" (do'koncha) deb nomlanuvchi kurilma ko'llaniladi. Sensor ekranli bu apparat mijozga turli ma'lumotlarga kirish imkonini beradi, shu bilan birga bank xodimi bilan jonli mulokot kilib, istalgan operatsiyani amalga oshirish mumkin bo'ladi. Bu kurilma uyga emas, supermarketlarga, universitetlarga va boshqa odamlar gavjum joylarga o'rnatiladi. Odatda kioskalar bankomatlar (ATM-Automatic teller machine) bilan bir joyga o'rnatiladi. Ushbu xizmat turi biroz xarajat va sifatli internetga ulanish yoki tarmoqda ishlash sharoitini talab etadi.

Web-banking - Internet-bankingning engillashtirilgan ko'rinishi bo'lib, elektron raqamli imzo (ERI) mexanizmiga ega emas, bank kartalari hamda hisob-raqamlariga kirish imkonini Internet orqali hamda istalgan Web-brauzer orqali berishga mo'ljallangan.

SMS-banking - SMS yordamida bank kartalari hamda hisob-raqamlariga kirish xizmati. Ushbu xizmat turida joriy qoldiqlar, hisob hamda kartalardagi mablag'lar harakati, hisob-raqamidan ko'chirma ma'lumotlarini SMS-xabar tarzida olish mumkin. SMS-xabarlari jo'natmalarini mijoz o'zi mustaqil ravishda Internet-Banking va PC-Banking orqali sozlashi mumkin. Bu xizmat turining dastlabki ko'rinishlari AQShda qo'llanilgan.

Bank xizmatlarini faqat telefon orqali ko'rsatish imkoniyatini birinchi bo'lib ingliz banki First Direct (1989 yil) taklif qildi. Bu bank ishi tarixida ilk marotaba faqat telefon orqali xizmat ko'rsatadigan bankning yuzaga kelganligini alohida ta'kidlash joiz, chunki bu bankning birorta ham bo'limi yo'q edi.

Xulosa. Iqtisodiy tizimning asosiy tarmog'i sanalgan banklarning xizmatlari soni kundan kun ortib bormoqda. An'anaviy bank xizmatlarini masofadan turib amalga oshirish imkoniyatining mavjudligi banklar uchun yangi zamonaviy xizmatlar ko'rsatish davrini boshlab berdi. Hozirda jahon amaliyotida qo'llanilayotgan zamonaviy bank xizmatlariga ularning o'z xarakteriga ko'ra kredit, operatsion, investitsion xizmatlarga bo'linadi, bundan tashqari, faktoring xizmatlari, lizing

xizmatlari, trast operatsiyalari bo'yicha xizmatlar, konsultatsiya - maslahat xizmatlari va axborot xizmatlari mavjud.

Masofaviy bank xizmati - bu bankning mijozlari bank ofisiga bormasdan turib amalga oshirish imkonini beruvchi turli xil aloqa vositalari orqali bog'lanib uyg'unlikda zarur bo'lgan operatsiyalarni bajarish mumkin bo'lgan xizmatlar majmuidir.

Elektron bankingning quyidagi turlari mavjud: Internet-banking, MobileBanking, Phone-Banking, Video-Banking, Web-Banking, WAP-Banking, SMSBanking, RC-Banking.

Chakana bank xizmatlaridan banklarning bir qator bank mahsulotlari va xizmatlarini ajratib ko'rsatish mumkin. Olimlar fikriga ko'ra, ular qatorida shaxsiy hisob raqamlar bo'yicha operatsiyalar, kreditlash, bank kartalari, turli o'tkazmalar, seyf yacheykalari bilan ishlash, qimmatbaho metallar bilan ishlash, xorijiy valyuta bilan ishlash va kommunal xizmatlar bo'yicha imtiyozli xizmat ko'rsatish bo'yicha operatsiyalar ham ajratiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Bank tizimini isloh qilishga doir qo'shimcha chora - tadbirlari to'g'risida"gi Qarori. - T.: "O'zbekiston",

2000. 24 mart.

2. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankning 2015 yil 13 avgustdagi 2709-sonli "Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qo'yiladigan talablar to'g'risida"gi Nizomi.

3. Abdullaeva Sh.Z., Safarova Z.B. "Tijorat banklarining moliyaviy resurslarini boshqarish". T: "Iqtisod-Moliya"2007. -200 b.

4. Дуглас X. Банковская политика в области кредитования. - М.: Слово,

2001. -508 с.

5. Брайан Г. Конкуренция в банковской сфере. - М.: Экономика и финансы, 1970.-428 с

6. Джентле Д. Индустрия финансовых услуг. - М.: Экономика и финансы, 1993. -284 с

7. Синки Дж. Финансовый менеджмент в коммерческом банке и в индустрии финансовых услуг. Пер. с англ./ Дж.Синки. - Москва: Альпина Бизнес Букс, 2007. - 1018 с.

8. Роуз П. Банковский менеджмент, предоставление финансовых услуг. -Москва: Дело, 1995. -438 с.

9. Котлер Ф. Основы маркетинга. - Новосибирск: Наука, 2012. - С. 638

10. Банковская система России. Настольная книга банкира. Книга I. - М., 2015. - С. 688.

11. Жуков Е.Ф. Банки и банковские операции / Под ред. Е.Ф.Жукова. - М.: Банки и биржи, 1997. - С. 196.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

12. Иванов А. Банковские услуги: зарубежный и российский опыт. М.: Финансы и статистика, 2012.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.